Qachonlardir Xudodan juda ko’p sevilishni so’raganman (me’yoridan ortiq sevilyapman) Va dilxonam maktublarga to’lib ketishini…
Bu axir Ustoz-ku, demaydi bular. Shunchaki keladi va quchoqlaydi. Tamom.
Sabab-yaxshi ko’rgani.
Qachon shulardek yashashni o’rganarkinman men)
✍️Gulbashakkar
***
To‘lib-toshgan qo‘llarning lanj iztirobida
Bo‘m-bo‘sh qo‘llar halovati bo‘lmagay zinhor,
Oh, go‘zaldir sukunati vayronalarning...
Furug‘ Farruxzod
Doim barmoqlar e’tiborimni tortgan. Sizda ham shunaqasi bo’ladimi?
@Gulbashakkar
O’quvchim: “Ustoz, ko’zlariz biram chiroyli, mushuklarning ko’zlaridek katta-katta”
degandan keyin men o’zimni qanday tasavvur qilaman:
Xullas, Selena opam bilan Rema akam bekorga Ichki xotirjamlik(calm down) demagan-ku, to’g’rimi? O’tadi shu kunlar, buncha vahima qilmasak?!
O’tadi-da, zoooooo'rg'aaaaginnaaa "fan doktor"i bo'lib olgan qo'shtirnoq ichidagilarni joyiga o’tkazib savoliga javob ham berarmiz, bergan savolidan ensamiz ham qotar)
@Gulbashakkar
Қай бир шўришлардан чўкиб қолганман,
синиқлардан бутлайсиз кимни?
Кўнглимиз боғланган тушлардан буён
менда мен қолдимми?
Йиғлайман. Бўғзимдан отилар гуноҳ,
гунг бўлиб ҳайқирар мискин сизсизлик.
Наҳот кўксингизга оғир ботмайди,
изтиробларимнинг узлуксизлиги?!
✍Гулҳаё Уралова
@Gulbashakkar
Nafas olishga vaqt topayotganingni o’zi katta gap. Rost.
Lekin juda yaqindan ichki ovozing tinglagisi kelayotgan qo’shiq beixtiyor eshitiladi.
Faqat bir narsa qiziq, sen Avvalgi o’zingni sog’inyapsanmi yoki hislaringnimi?
@Gulbashakkar
Kechagi dissertatsiya Ichki himoyasidan so’ng men:
–Aya, xavotir olmang, muhimi tirikman)
✍️Gulbashakkar
Asl baxt bu-
Sen boshing garang bo’lib, 2 sutkadan buyon uxlamay dissertatsiyang kamchiliklarini to’g’rilayotgan paytingda singling hamdardlik bildirib qahva damlab kelishi)
Yuragim tovondir–To'layman!
***
Endi men kirmasman tushning tushiga,
umid mendan umidin uzsin.
Oq qilaman ko‘ngil qushini
So‘zsiz.
Hasratlarim yovvoyilashar,
Alamlarim chekar o‘zini.
Yurak zindonidan ta’qiqlar osha
Men ozod etaman «sevgi» so‘zini.
✍Faxriyor
@Gulbashakkar
Endi bir-birimizni ko‘rmaymiz, lekin umrim davomida sizni unutmayman, harakat qilsam ham, menimcha, menda bir bo‘lagingiz hamisha tirik qoladigandek…
Frans Kafka "Milenaga maktublar"
Turg’izib qo‘yishdi. Baribir yig‘lay berdim. Yupataman
deyishsa qo’llarini tishlab oldim. Keyin ovozimni chiqarmasdan piqqillab yig‘ladim. Faqat ko‘z yoshimning о’zi oqib kelaverdi, xolos. Mozorga borgandayam,bechora Bobojonimni qabrga qo’yishganda ham hiqillashim hecham bosilmadi, kechasi tirilib qolsa tepaga qanday chiqadi, deb о’ylab battar hiqillayverdim.
Xudoyberdi To’xtaboyevning “Jannati odamlar” idan
Bugun ko’ringan odamni quchib, “men Himoyadan o’tdiiiim!” deb suyunchi olgim kelyapti) rasman Magistraturani tugatdim🫠
O’rtoqlaaar, haligi masalada baribir kuldim-daaa)))
Eng zo’r chiqish sizniki bo’ldi deyishdiii🥹это так мило)
Bugun muhrlanib qolsin shu yerda.
Guli, sen bilan faxrlanaman.
#trend_ashula
(Kimnidir shunaqa sog’ingim kelyapti)
Birinchi menda, keyin boshqalarda, deymi)))
@Gulbashakkar
Xudojon, iltimos qilaman, emotsiyam (ensam qotishi va kulib yuborishim)ni belgilangan kunda umuman ko’rsatmasligimga (tiyilishimga) O’zing yordam bergin…
Читать полностью…Yomg’ir-tushkunlik in’ikosimas)
Ko’tarinki ruhdagi qo’shiqlarga loyiqmiz biz😉
@Gulbashakkar
Kulgichi bor qiz va uning tabassumi ortidagi fojiasi.
Ayol qalbini anglay olmaysiz hech qachon.
Anglay olmaysiz...
@Gulbashakkar
#uning_ovozi
Йўқ, сен билан хайрлашмайман.
Елкам оша қарайман сўнгсиз.
РУҲИМ ЭГИЗИСАН, эй чексиз!
Сен ҳам видо айтма, эй денгиз!
Менман балки,
балки арвоҳим ҳар тун –
Ўйловлардан букилган қадди –
Соҳилингда кезар бетиним
Ойдан тушган кўланка каби.
Кезар, кезар... селларда,
ҳатто
Чақинлардан ёрилганда Ер.
Сен ОЙГАЧА сапчийдирсан, воҳ!
Бир сувсану, тилаганинг ЭРК.
Бир сувсану, тилаганинг ЭРК!
Мен не дейин? Мен, ахир, ОДАМ
Қўрқинчлисан...
шундан балки сен
Қўрқинчлисан, тағин МУҲТАШАМ.
Қора қушлар учиб келмиш бу оқшом қайдан.
Бу сўнг оқшом кўк қаъридан шамоллар эсар.
Кетаяпман... ўз овозим бағримни эзар:
Мен сен билан хайрлашмайман...
Нодира Афоқова
@Gulbashakkar
Hayot davom etadi. Uning senga berayotgan, ravo ko’rayotgan go’zalliklari haqida o’ylaysan. Bobong o’rnidagi BO’SHLIQni esa hech nima va hech kim bilan to’ldirolmaysan.
Buving bilan qo’ng’iroqlasharkansan, asl muhabbat Parijda emas, bobong va buvingning birgalikda kechirgan soddagina Umrida ekanligini anglab yetasan.
Ha, hatto kola va sevgan nastarinlaring ham yordam berolmaydi ba’zan.
✍️Gulbashakkar
Hali ham o’zimga kelolmayapman. Butun dunyo bu voqeadan larzaga kelgan. Qozog’istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bishimbayev xotini Saltanat Nukenovani urib o’ldirgani haqidagi xabar. Ishim boshimdan oshib yotgan bo’lsa ham sud ishini ko’rib chiqdim. Bishimbayev tergovda shunchalar sookin gapiryaptiki, xuddi xotini emas, balki uyidagi keraksiz hayvoni o'lib qolgandek(!)
NAFRATLANIB ketdim. Bir holat meni hayratlantirdi, ochig’i: Nukenova juda zamonaviy, astrolog qiz bo’lgan ekan. O’zi uchun telefoniga yozgan qaydlarini ham o’qib eshittirishdi. Unda “Sen istaganingdek bo’laman, aytganingdek bo’ladi hammasi” degan. Chinakamiga ABYUZER Eriga yozgan buni. Eri esa siqishda, “chegara” qo’yib berishda, o’z yo’rig’ida yurdirishga harakat qilgan Saltanatni.
Iltimos, qizlar, ayollar, KETINGLAR!
Majbur emassizlar! Sizlar ham bir marotaba kelasizlar hayotga.
Tinimsiz zug’um o’tkazadigan, Sizni SHAXS sifatida, AYOL sifatida hurmat qilmaydigan unday “Inson”dan ketinglar! Hech qaysi “erkak” sizning ko’kargan yuzingizni yashiradigan darajadagi qurbonligingizga ar-zi-may-di!
Hissiyotlarga ortiqcha berilib ketishni istamayman. Ammo O’zbekistonda ham indamay, chidab yashab kelayotgan Saltanatlar yetarlicha.
✍️Gulbashakkar
Senin kokunu özlerim
Hep yollarını gözlerim
Götür beni gittiğin yere
Dardi borlar bir xil faryod chekarkan
@Gulbashakkar
Bu tun hayotimdagi eng baxtsiz tunni yashadim… Bolaligimning chin do’sti–Bobomdan ayrildim.
“Ko’z yoshlarim quriguncha yig’ladim” iborasini endi tanamda his etib tushunayotgandekman.
Navro’zda ko’rgani borganimda “Uyalmaysizmi shuuncha kelinlaringiz, kuyovlaringizning yonida bunaqa yotvolgani” deb kuldirib-kuldirib kelgandim…
O’limni yomon ko’raman. Lekin bobom hatto o’limni ham kulib qarshilabdilar. Shifokor bilan kulib gaplashib turib jon beribdilar
Qalbim huvillab qoldi
Bobojonim jannati Odam edilar…