Ba’zan nima his qilayotganingni unutib, nimaga loyiqligingni anglashdan boshlash kerak barini.
Читать полностью…#ishq_va_rim
Яна кетдинг.
Истадим шуни.
Яна сўлди кўксимдаги гул.
Бўлмас ахир мени тушуниб!
Хайр энди.
Хайр, омон бўл...
Балки насиб эмас ҳар кимга
Севилмоклик бунчалар тоза,
Юзим босдим, ям - яшил чимга,
Шудринг бўлди.
Йиғладим роса....
Менга шундай бахтни бердингки,
Энди тинмас кўзимда наво -
Сен шунчалар яхши эдингки!
Кўролмадим...
Ўзимни раво...
✍️Мурувват
@Gulbashakkar
Majnundan so‘radilar:
–Nega Laylini olib qochmading?
Majnun javob berdi:
–Bundan Onasining jahli chiqardi, men Layli ismi bor qalbning azob chekishini istamayman…
@Gulbashakkar
Умрнинг бетартиб бир бекатида,
Қишдан омон чиққан ниҳолдай ташна.
Ғуборлар қоплаган гавжум шаҳарда
Бир Гул яшар эди, қувониб, яшнаб.
Бу Гул бахтли эди, бахтиёр эди,
Ҳар тонг салом берар кунга, кундузга.
Бағрига босарди гулғунчаларни
Дардини билмасди Ўзидан ўзга.
Борлиқ мавҳ этилган юртдай безабун,
Руҳ сурон солади, жимлик – муваққат.
Ғуборлар қоплаган гавжум шаҳарда
Фақат шу Гул яшар, яшнарди фақат.
Гулнинг гўзаллигин кўнгилда асраб
Исмини ёд этиб такрор ва такрор.
Кўнглими, умрими жуда ҳам яқин
Қўл етмас жойларда бир Одам ҳам бор.
©️Дадахон
@Gulbashakkar
Mukammal duet chiqibdi!
Ayniqsa, Xurshid Inog’omovning so‘zni his etib aytishi yoqdi, Nazarbekov undan neojadid obrazini yarata olibdi, chindan.
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo inson o‘zing, inson o‘zing.
Erkin Vohidov bobomdan)
@Gulbashakkar
Sening vazifang sevgini izlash emas, balki muhabbatga zid bo'lgan ichingdagi to'siqlarni topishdir.
Rumiy
–Hayotingda hammasi joyidaligini qanday holat bilan izohlaysan?
–Menimcha, bu gallyutinatsiya)
Menga qara, tagingda jarlik bordek harakat qilishing kerak. O‘lib ketaverasanmi?!
Sening kuching–qat'iyatingda. Bir kun taslim bo‘lib dam olging kelsa, bu oxiri bo‘ladi.
Nahanglar haqida eshitganmisan? Ularning suzish pufaklari bo‘lmaydi. Agar ular to‘xtab qolishsa, cho‘kib ketishadi. Shuning uchun ular o’lguncha suzishadi. Senam shundaysan!
”Ibtido" filmidan
Мужикlar ko‘rishi kerak bo‘lgan kino ekan. Lekin ayni vaqtida oldimdan chiqdi)
@Gulbashakkar
Baliq suvda bo‘g‘ilardi. Chunki uning vatani AKVARIUM emasdi.
Uning vatani DENGIZ edi.
–Biz sen bilan ishqiy munosabatda emasmiz!
–Unda nega menga qarab tabassum qilding?
–Kundalik tabassum qilib yurish omad keltiradi deb o'ylagandim...
(Filmdan)
Kulish ham xavfli bo‘lib qoldi🤦♀️
@Gulbashakkar
Baloyi ishqu yolg‘uzluq, dag‘i hijronu g‘urbatda,
Otim – Majnun, kishim – mehnat, ishim – zori, yerim – gulxan.
O‘qung birla xayoling, dardingu mehringg‘a Boburdek,
Tanim – manzil, ko‘zum – maskan, ko‘kus – ma’vo, ko‘ngul – maxzan.
@Gulbashakkar
(Shunday chiroyli she’r topdiiiim!)
Ritorik soʻroq
Soʻngra iztiroblar aylaydi yakun,
Baxtning yelkasiga osilib sevgi;
Koʻzimizga sokin inadi uyqu,
Aytaman:
— Azizim, men nima devdim...
Boʻronli haftalar, oylar va yillar
Oʻtib ketajakdir kapalakdek jim;
Labingning burchida qamarlar gullar —
Kulasan:
— Sevgilim, men nima devdim?..
Ufqni qizdirib qochadi quyosh,
Keyin tun tushadi sochlaringdek tim;
Oyogʻing ustiga tashlagancha bosh,
Mudrayman:
— Quyoshim, men nima devdim?..
Chappar tutib gullar majnuntol shoxi,
Mevalari bukar chinorning boshin;
Koʻzimga tikilib, erkalab gohi
Porlaysan:
— Hayotim, men nima devdim?..
Oʻngdan kelaverar baxtiyor tushlar,
Shaharlar, dengizlar, bulutlar sokin;
Hayqirib aytaman seni ogʻushlab:
— Baxtim, baxtsizligim, men nima devdim!..
Kamoliddin Azzamov
@Gulbashakkar
O’zbekistonda adolat yo’qligini bilardim-u, lekin bu darajada ochiqdan ochiq nepotizm yuz beradi deb o’ylamagandim. Xalqning ko’z o’ngida.
O. Nazarbekov ijodiga yarasha emas, shaxsiyat 0 ekan.
Хуршид ака, вы были лучше, я за вас болела. Думаю, что в Узбекистане нет места великолепным голосам.
Я былa очень разочарована…
@Gulbashakkar
– Қалбингдан кетишни истайман!
Тишларим чархланар исёндан...
Кўршапалакмисол
Ўзимни ураман ҳар томон.
Қанотим борлиги азоб беради
Гоҳ кўзларимнинг кўрлиги...
✍Дилрабо Мингбоева
@Gulbashakkar
Retro qo'shiqlarni topib kelaman, bilasizlar–ku)
Mana shu qiz boshqacha Sevimli❤️Shu qo'shig'ini adashmayotgan bo'lsam, 17 yoshida aytgan.
GULning to'ni qirq yamoq,
Yoqimli xushbo'y biroq.
Guldayin Ko'nglimga boq–
Yuragingdan joy olay...
@Gulbashakkar
#sevgi_va_rim_
–Ba'zida insonlar bir-birini qanchalik kuchli sevmasin, bu faqat baxtsizlik keltirishi mumkin. Shuning uchun yaxshisi uni qo‘yib yuborish kerak.
–Lekin...qo‘yib yuborish juda azobli bo‘lsa–chi?
–Agar haqligingga ishonsang, o‘zing o‘ylaganingdan ham ko‘prog‘iga dosh berasan!
“Save me” asari asosidagi “Makston Hall” dan
@Gulbashakkar
Ko‘ksingga bir atirgulni sanchib yasha. Uning go‘zalligi seni devona etsin–u, rashki–tikani ko‘ksingni qiymalab tashlasin!
O‘rniga o‘tqazilgan har qanday gul uzilib tushaversin. O‘sha atirgul Men bo‘lay…
Sen o'z ertagingdagi baliq kabi suzarding, bo'talog'im. Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va Issiqko'lgacha suzib borolmaysan, oq kemani ham ko'rolmaysan va unga “SALOM OQ KEMA, BU MEN!” deb aytolmaysan. Sen oqib ketding. Endi shuni aytishim kerakki, sening go'dak qalbing nimani noxush ko'rgan bo'lsa, hammasini rad etding. Mening ovunchim ham, quvonchim ham shunda-da. Sen bir chaqnab so'ngan yashin kabi hayot kechirding. Yashin esa osmonda kukunlanib ketdi. Osmon esa abadiydir. Mening ovunchim ham, quvonchim ham shunda-da. Insondagi go'daklik vijdoni xuddi urug'dagi ilk kurtakning o'zginasi, kurtaksiz urug' unib chiqmaydi. Biz olamga kelmasdan ilgariyoq, toki tug'ilish va o'lim bor ekan, haqiqat tantana qilib kelmoqda. Bo'talog'im, sen bilan vidolashar ekanman, sening so'zingni yana bir bor takrorlayman: “Salom oq kema, bu men!”
Chingiz Aytmatov ”Oq kema" sidan
@Gulbashakkar
Onchaki...
(Turkum)
Qayg‘u
Chekaman, tutunday o‘rlaydi alam,
Ichimda timdalab o‘rmalar og‘u.
Ko‘kragim achishib terlaydi ba’zan,
Bu yurak yig‘isi
Biladimi u...
Qo‘lim sochlarida tun talashsaydi,
Lablarim yuzida tersa yuzta noz.
Kiprigim kiprigi chigallashsaydi,
Aslo uzilmasa qolsa shu alfoz.
Aslida oldinroq kelib qo‘yganman,
Va uni kutganman
Ishqni maydalab.
Sahrodan sahroga ko‘chib kelganman,
Mangu sevmak uchun
Porlab qaytadan.
Damlar juda qisqa, taxir va tig‘iz,
Toshib bormoqdaman,
Guvillar yohu.
Qaddim yerga bukar xarsangtosh bag‘ir,
Qattiq sog‘inganman,
Biladimi u...
Abduvali Qutbiddin
@Gulbashakkar
Ikkilanayotgan odam jang qiladi, qaror qilgan odam esa bu o‘yinning ichiga tushmaydi.
Читать полностью…Go'zal Begimning “Yoki” kitobini olgandim. Ruhim tortqilagandi, olmasang bo'lmaydi, deb. Dissertatsiya, ish bilan bo'lib o'qishga vaqtim bo'lmagandi. Bir kuni Onamning qo'llarida kitobni ko'rdim. Varaqlab chiqdilar-da, keyin “Mening Xudoyim” ni o'qidingmi?” deb so'radilar.
“Yo'q, hali”.“O'qi...”.“Xo'p”.
Har safar o'qisam, ichim yorishadi, poklanaman. Yaxshiyam U bor, O'ZIga shukr! Ming shukr! Sizlarga ham badihadan bir parcha ilingim keldi:
“Mening Xudoyim! Sen tug'ilganimdan buyon mening Xudoyimsan! Sen meni hamisha ko'rding, har lahza tushunding, yuragimning har bir varag'ini buklamasdan, xatcho'p qilib o'qiding. Hozir ham kesilgan sochlarim chandiqlaridan tikilib men tushirayotgan harflarni ko'rib turibsan. Yuragimning qay taxlit alag'da bo'lishini, tuyg'ularimning nafasi qisib qolishini, dukurlar chang-to'zonini bir maromda kuzatyapsan. Har kuni–har kuni yuragimning yiqilishiga, qayta kuch to'plab oyoqqa qalqishiga, qo'llarini silkiy–silkiy ko'chaga chiqishiga tikilasan. Sen hamma–hammasini ko'rib turibsan! Yig'laganimda ko'zyoshlarimni qaynoqqina qilding. Yo'q esa yonoqlarim to'nglab qolishi mumkin edi–ku! Yuragimning tubigacha bo'lgan pillapoyalarni uzundan uzoq qilding! Men o'z yuragimga yetib borish uchun butun boshli umrim davomida yo'l bosdim. Haytovur, o'zing uni chuqur qilding. Sayoz bo'lganidami edi, unda suza olmay qiynalardim.
Yana O'zing baxtli bo'lish istagini yuragimga ming o'rim sochday o'rib qo'yding. Yuragim tars yorilib ketsa–da, baxtli bo'lgim kelaverdi, kelaverdi. Dard chekish san'atini tomirlarimga muhrlading. Suydim, suyindim, sirpandim Yuragim sirpanib yiqildi uning yuragini ko'rib. Zirapchalar ildiz otdilar. Yuragimda olmalar oqizdim. Qolgan–qutganlarni kemirayotgan qurtlarga ko'z qisib qo'ydim. Xudoyim, men ularga SENI ko'rsatishni xohladim!”
Ishoninglar, ichida o’zining dunyosi, go’zal musiqasi bor qizga birovning musiqasi shart emas)
Men avval ham hozirgidek Hayotni qattiq sevarmidim?
@Gulbashakkar
Biz ertaklarni haqiqatga aylantirish uchun dunyoga kelganmiz!
“Chingizxonning oq buluti”
Chingiz Aytmatov
@Gulbashakkar