Men ming marotaba senga qaytmasligimni aytaman
va ming marotaba o‘zim qo‘ygan to‘siqlarni buzaman.
Shunday o‘zini o‘zi tushunmaydigan biriman.
@Gulbashakkar
#motivatsiya_aslida
Ichingda tushkunlik bormi, katta qorong'ulik bormi, demak, u yorug'lik istayapti!
#янги_ҳайратлар
Нега мен ҳар сафар унинг картиналарига соатлаб тикиламан?
Эҳтимол, эркни суратларида очиқ ифодалай олгани туфайлидир?
Ёки чизганларини номлашда“оғриқ” сўзига кўпроқ мурожаат қилгани учундир...
Балки унинг исёнкор руҳи суратларига кўчганидадир ҳамма сабаб. Исёнкор бўлмаса, катта ташкилотдаги катта “раҳбар”ларга бош эгмасдан, ҳаммасига қўл силтаб, ўз (ички) оламини танлаган бўлармиди?
Серекеевга оғриқ қаердан юққан? Мусаввир Отасиданми? Демак, оғриқ ҳам отамерос бўларкан-да!
Драматизм, импрессионизм, услуб ва шахсият. Унинг суратларини фақат шу гармония тўлдириб туради.
Беихтиёр Рассомнинг ичидаги бўшлиқлари ҳақида, қачон бу бўшлиқни тасвирлай олишга қодир бўла бошлагани ҳақида ўйлай бошлайман.
Билганим–Бахтиёр Серекеев ностандарт туйғуларни тўлалигича ифода эта олади.
Тўғри, биргина рассомга мухлис бўлиш бу ҳаваскорликдан бошқа нарса эмас, нейтраллик керак. Аммо руҳият ва дид масаласи борасида тортишилмайди. Шахсан мен учун унинг ижоди уникал.
P/s: Surat nomi-„Качели Арала“
✍️Gulbashakkar
Kimdir seni yaqindan tanimay turib, ruhing unga yoqishi, qalbing qalbiga avvaldan begona emasligi va uning kerakli o‘rinda, kerakli vaqtda bitgan maktubi bu.
Kafka aytgandi “Men qilgan hamma narsa yolg‘izlikning mevasi” deb. Lekin menimcha, u uning millionlab ruhiyatiga yaqin insonlar borligini, shular uchun ham yozishi kerakligini xayoliga ham keltirmagan)
Bizga o‘xshaganlar bizning atrofimizda. Yaqinimizda.
Behuda “chang”larga e'tibor qilmasdan ularni qoqib tashlab, davom etishimiz lozim)
Bizga Davom kerak.
Sizlarni yaxshi ko‘raman!
t.me/questianonbot?start=465257971
Agar tanlash imkoningiz bo‘lganida, nima sizni baxtli qilgan bo‘lardi?
Javobingiz men uchun muhim.
Xayrlashing.
Ular xayrlashishingizga arziganlari uchun emas, siz osuda va baxtli hayotga munosib bo’lganingiz uchun.
Erkin tarjima
Negadir Bobom menga hech qachon o‘lmaydigandek tuyulardi.
Uzumzorlar oralab ham uni sog’inaveraman. Qadrdon hovli. Bobomning noklari yer o’pib yotibdi. Har gal borganimda o’zlari terib berardilar.
„Sen yegin“ Yosh boladek his qilardim o’zimni. Menga 5 yashar qizaloqqa qilinadigan munosabat bo’lgan doim. „To‘xta, buni ham olib qo’ygandim senga. Yegin…“
Hammasi yomon tushga o‘xshaydi. Birdan uyg‘onib ketasan va yoningda bobong bo‘lmaydi…Sen esa hazillashging, unga qotib-qotib kulging keladi. Hammasi joyida, faqat bobong yo‘q. Senga eng yaxshisini ilinadigan bobong yo‘q.
#azizim
Gi de Mopassanning “Azizim“ romani jamiyatdagi axloqsizlik mavzusini ochib beruvchi realistik roman. Jamiyatning shaxsga ta'siri, axloqiy tamoyillar, omma ichida obro‘ga erishishga intilish, burjua turmush tarzining asl fojiasi va o‘lim bor dahshati bilan ochib berilgan.
Bosh qahramon Jorj Dyurua o'zining ko‘rkam ko'rinishi va ayyorligi tufayli o'z maqsadlariga erishish uchun o‘ziga maftun bo‘lgan ayollardan foydalangan holda ijtimoiy zinapoyaga ko'tariladi. Mopassanni odamzot tabiatidagi chirkin illatlar va bema'nilikni tasvirlashdagi mahoratini o‘zim uchun kashf etdim.
Befarq o‘tib ketolmaganim ayrim jumlalarni sizlar bilan bo‘lishgim keldi:
***
Odmi odamlarga qarang : ular boshlariga bir baxtsizlik tushmaguncha o’z taqdirlaridan g’oyatda mamnun yashaydilar, ular dunyoning g’amini chekib o’tirmaydilar.
***
Men yaxshi bilaman, muhabbat sizga ochlikka o’xshagan bir holat, men uchun esa u ruhiy munosabatga o’xshash bir narsa, siz- erkaklar bunga ishonmaysizlar. Sizlar ishqning zohiriy ko’rinishiga e’tibor berasizlar, menga esa uning ruhiy jihati kerak.
***
Hech qachon birovlarning ishiga aralashmaslik kerak. Odamlarni o’z vijdoni bilan ish qilishga qo’yib berish kerak. Hamma shu qoidaga rioya etishi lozim.
***
-Nega bugun uni Azizim demading? -so’radi onasi. Qizaloq xuddi unga nisbatan g’oyatda kechirib bo’lmas beadablik qilib qo’yishganday, u haqda sira ham aytish kerak bo’lmagan narsani aytib yuborishganday, go’yo uning pinhona va ardoqli, jindek nomunosib sirini oshkor qilishgan kabi lov qizarib ketdi.
***
Umr-tog’. Ko’tarilib borarkansan, o’zingni baxtiyor sezasan, cho’qqilarga nazar tashlaysan, lekin cho’qqiga chiqib ulgurmasingdan darrov pastga tushadigan vaqt bo’lib qoladi, oldinda esa faqat o’lim bor. Sizning yoshingizda biz hammamiz sho’x-quvnoq edik. Ko’ngillarimiz umidlar bilan to’la edi, lekin umidlar ro’yobga hech qachon chiqmas ekan, doimo armon bo’lib qolaverarkan. Odam mening yoshimga yetgandan keyin hech narsa kutmay qo’yadi…o’limdan boshqa.
***
Xayoli dengiz sohillari kabi keng va dengiz havosi kabi toza odamlarni topish juda qiyin bo’lib ketdi!
***
Men birovni yaxshi ko’rib qolsam, dunyodagi hamma narsani unutaman.
✍️Gulbashakkar
Shu qog'oz uchun qancha nerv tolalarim chirt–chirt uzildi.
Arziydi, mo'miyolab ramkaga solib osib qo'ysammikan–a, nima deysizlar?!
#yangi
Суратга ишонма, суратим-денгиз*
ишонма,
бу кўзлар-ўкирик.
мана бу лабларда қайғу таъми бор.
Ҳар тун ҳисларимга муҳрлар босиб,
ҳазин куйларини чалар мусиқор.
Ёлғиз ой гувоҳлик қилар барига:
елкаларим чўккан, синиқ табассум.
суратга сўзлайсан ҳайрат-ла бот-бот
“Нурамоқ бўлурми шунчалар масъум?!”
Юрагимнинг олис деворларига (кимдир)
Ишқимиз номидан битар қорахат.
Кетмоқ ва қолмоқнинг оралиғида
Яшайман. Тушларим-аросат.
О билсанг, товонимдан сочим қадар ўрлаган ғамни
Ҳақдан ўзгасига арз-дод қилмадим.
Ёлғизлик жонимга буров солган дам,
улуғвор тоғларни қучдим. йиғладим…
Кўзимнинг қаърига кўмиб соғинчим,
иқрорим бўйнимга олиб айтаман.
Ҳаётингдан кетдим. Бори айбим шу:
Аёлман. Ожизман. Қайтаман.
Суратга ишонма. Суратим-денгиз…
Г. Уралова
*Н. Афоқова сатри
@Gulbashakkar
–Hayotida men bor kishiga nima sovg‘a qilish mumkin?
–Psixoterapevt uchun yo‘llanma.
Erkin tarjima)
#самооценка_вип
O‘tgan hayotimda Raqqosa (San'at asari) bo‘lganman.
Videoda esa jismim emas, Ruhiyatim raqs tushyapti.
Gruzincha raqs. Birinchi marotaba)
У тебя новый анонимный вопрос:
Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Bilasizmi, men sizga xabar yuborish yóllarini qidirganman? Milliyda óqishizni bilganimdan keyin bitta oliygohdan bólganimizdan quvonib: \" Qaniydi shu qizni kórib, tanisam, qattiq bir quchoqlayman\",-- deganman. Qanaqadir kónglimga yaqindeksiz, ba'zida óylab yurgan narsamni sizning kanalizda óqib qolaman, yoki sizda she'rlarni o'qib, takror-takror óqiyveraman. Biror musiqani yoqtirib tinglasam, ertasiga ostida chiroyli yozuv bilan aining kanalingizdan topaman yoki siz joylagan qóshiqlarni tinglash uchun qayta-qayta \"Musiqa\" bólimga kiraveraman. Anchadan beri sizni kuzataman, kanalni bir necha bor ilk boahdan óqib chiqqanman. Gohida insondagi qarashlarning, fikrlarning bunchalik óxshash bólishishidan hayratga ham tushganman. \nGaplarimni notóğri tushunmaysiz degan umiddaman. Men uchun balki hech qachon qarshilashmaydigan, lekin gohida kónglimga kóngli juda yaqin his etadigan gózal bir insonsiz. \n \nSavolga kelsam, javobim men uchun vijdon.
„Menga YOVVOYI MUSHUKlar yoqadi“
Shu iborasi uchun ham bu kino ko‘rishga ortig‘i bilan arziydi)))
Kichkinaligimda eendi premyerasi chiqqanida Hind kinosining „jinnisi“ligimni bilgan tog‘am diskini tug‘ilgan kunimga sovg‘a qilgandilar. O‘shanda men uchun bundan ortiq sevinchdan osmonga sakrashimga arziydigan baxt bo‘lmagan ekan, o‘ylab qarasam)
P/s: yuqoridagi ibora esa chindan hayotiy)))
✍️Gulbashakkar
Tashqarida yomg‘ir yog‘guday,
Xonam uzra daraxtlar bo‘ylar.
Yuragimga boshim qo‘yaman,
Siz tomonga chorlaydi o‘ylar.
Tashqarida turgan atirgul ,
Ko‘rgan kabi ming yil narini.
Nimagadir qattiq ishonib,
Ochadirman eshiklarimni.
Demak nedir bo‘ladi sodir,
Shamol sachrab tegadi o‘qday.
Bu dunyoda sevgi bo‘lmasa,
Yashashni ham ma’nosi yo‘qday...
M. Musallam
@Gulbashakkar
#kuzbop_nostalgiya
Umr esa to'xtamay, davom etadi yo'lida,
Quvonch-u azobi, gunoh-u savobin
yozar u sinovli taqdirlar kitobin.
@Gulbashakkar
Bir nigoh bilan yig‘lashga, esdan og‘ishga, yoki xursand bo‘lishga unday oladigan inson men uchun bu–sensan!
„Ko‘z yoshlar yaratuvchisi“ filmidan
Chinakamiga mustaqil bo‘laylik!
Mustaqil fikrimiz, mustaqil qarashlarimiz bo‘lsin! Fikrimizni bo‘g‘ishmasin, mustaqil oyoqqa turaylik!
Va baralla jar sola olaylik:
Mustaqillik muborak, deya.
…menga Dengizni yuborasan. Bulutlarni men uchun suratga olasan. Yuborasan. Men esa erksiz qiyofam bilan ularga qarayman. Dunyoning eng badavlat qullarini har kuni kuzataman, ular yonginamda yashaydi, ulardan biri ekanligim esa yuragimga battar vahima soladi va senga qattiq havasim kelishini ich-ichimdan his etaman. Sen juda erkinsan. Ruhimga erkingdagi epkinni yuborging keladi.
Men ko’ksingdan itaraman.
Fojiamiz ulkanligini qara.
✍️Gulbashakkar
Olovlarga otding. Endi so’z dema.
Balki gulzor bo’lar. G’amimni yema.
Faqat Sen bilursan ruhimda ne hol,
Kerakmas…kerakmas hech kim, hech nima.
Rubobim to’la kuy, shikastadur gar,
Olisu, yorishar ufqim har sahar.
Faqat Sen bilursan, ruhim to’la oh!
Va lekin munavvar tublari qadar…
Har dam xatar bo’ldi har nafasim- oh,
Dor o’yindir umrim, tegram- o’yingoh.
Yo’llarim o’tmishlar ko’p balandlardan,
Faqat Sen bilursan…Alhamdulilloh!!!
N. Afoqova
@Gulbashakkar