Ba'zi kitoblarni o‘qir ekansiz, ularning ichida yashagingiz keladi...
@gullayotganyurak
Omina Shenliko'g'lining "Nasroniy atirguli" kitobini o'qib tugatdim. 🥱shunday holda mutolaa qildim, shaxsan mani adashtiradigan, chuqur o'ylashga majbur qiladigan syujetga duch kelganim yo'q.
Haqiqatan ham zo'r yozilgan diniy kitoblarni o'qimay turib, ular ham shunaqa zerikarli, deya shoshib qaror chiqarishga majbur qilib qo'ydi bunaqa asarlar.
Asar mavzusi faqat kimnidir o'z diniga kirg'izish, e'tiqodiga majburlashdan iborat. Bu jiddiy masala har kimning o'zining o'ta shaxsiy ishi bo'lishi kerak, degan fikrdaman. Mayli, dinga kirishni bir martagina aytish kerak, amal qilish yoki qilmaslik esa aytilgan kishiga bog'liq.
Tolerant bo'lishni o'rganganman. Avval kimdir ateistman desa, voy tovba bu odam nimaga Xudoga ishonmaydi, shunaqalaram borakanda, derdim. Hozir buni to'g'ri qabul qilaman. Darvin nazariyasini ham inkor etmayman, odamning yaralishi borasidagi diniy qarashlarni ham.
Asarda bitta syujetga to'xtalmoqchiman: bir nasroniy kelinchak farzand dunyoga keltirish arafasida musulmon qaynonasi ovqat bermaydi, issiq xonaga kiritmaydi, hattoki to'lg'oq vaqtida doya chaqirmaydi.
Insoniylik kishining qaysi dinga e'tiqod qilishi yoki qilmasligi bilan o'lchanmaydi.
Xullas, Omina Shenliko'g'lining shu asarida bitta narsa hadeb chaynalavergan, katta ehtimollar bilan boshqalari ham shundaydir.
@gullayotganyurak
Inson hayotida yozish qanchalik muhim?
✨16 yoshimdan beri kundalik tutaman. Ko'nglimdan o'tgan barcha narsani qog'ozga to'kaman. Kechasi uxlolmayman ba'zida: miyam tinchimaydi o'ylayverib. Xayol degani ham oqiiiib kelaveradi. Shunda yana turib yozaman. Qo'lim og'rib qoladi va uxlayman.
✨Orzular daftarim bor. Kattaroq bloknot. Hozir nima orzu qilsam, yozib qo'yaman. 10 yildan keyin biiir ochib o'qib chiqaman, Xudo xohlasa.
✨Kichkina bloknotchaga ertalab uyg'onganimdan kun bo'yi qilishim kerak ishlarni yozib qo'yaman va reja bilan ish qilaman. Kun oxirida hisob kitob esdan chiqmaydi, albatta.
✨Shukronalik daftari ham tutaman. Har kuni ertalabdan 5ta shukronalik yozaman. Masalan, "Xudoga shukr, chiroyli va shinam kitob javonim bor", - deb. Keyin kechgacha xursand yuraman o'tgan yili shu narsa yo'q edi, kitoblarimni divanning tagiga yashirib qo'yardim deya. Shukronalik hissini so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi.
✨Har oyda o'qigan kitoblarimni ro'yxat qilib yozaman bitta daftarga. O'tgan yili Avgustda nechta kitob o'qiganman, bu yilchi. Boshqalar bilan emas, o'tgan yilgi o'zim bilan musobaqalashaman. Natijalar qoniqtirsa, demak, o'syapman, bir yil avvalgi o'zimdan ancha oldindaman.
P/s - afsuski mana shularni ikki haftadan beri yozmayotgandim. Yana boshlashim kerak. Bir o'zim xonamda kundalik yozib o'tirishni sog'indim.
@gullayotganyurak
Ilm olish uchun tinch va sokin joylardan biri - kutubxona. Birorta kutubxonaga a'zo bo'lsangiz, kitob harid qilish uchun mablag' shart emas, borib, xohlagan asaringizni o'qiyverasiz.
Ammo men kutubxonadan kitob olib o'qimayman! Chunki, o'qigan kitobim o'z uyimda turishini istayman, ularni hech kimga bergim kelmaydi, agar kimdandir olgan bo'lsam, egasiga boshqa kitob berib, rozi qilaman yoki yangisini sotib olaman.
Kitobning elektron variantini o'qimoqchi bo'lsam, darrov printerdan chiqartirib kelaman. Agar o'qigan kitobim menda yo'q bo'lsa, huddi telefonimni yo'qotib qo'ygandek his qilaman o'zimni. (Birdan yomon fikrga bormang, telefon hamma uchun doim kerak).
Xullas, jonimni so'rasangiz, so'rang, lekin mendan kitob so'ramang.
@gullayotganyurak
O'qiyotgan kitobimda kimdir o'lsa, ja yig'lash darajasiga bormayman-u, ammo ozgina achinaman. Oxirgi marta "Buyuk Getsbi" ni o'qigan vaqtim shunday xafa bo'lgandim.
P/s - siz qaysi asar qahramoni o'lganda qattiq xafa bo'lgansiz?
@gullayotganyurak
"Bizning davramiz odamlarining hayoti bekorchilik ichida ermaklar bilan o'tadi va yana hamma hayotdan norozi bo'ladi".
✍Lev Tolstoy
"Iqrornoma" hayot va unda yashashdan maqsad haqida fikrlarimni bir tartibga keltirgan asarlardan biri bo'ldi. Dunyoga kelamiz, ulg'ayamiz, o'qiymiz, ishlaymiz, oila, bola-chaqa tashvishlari va hammamiz oxirida o'lamiz. "Nima uchun yashayapmiz?" Asar qahramoni ham shu savolga javob topolmay uzoq qiynaladi.
Nima uchun yashaymiz o'zi? Nimaga shuncha yelib yuguramiz? Jimgina, hech narsa qilmasdan yashab o'tqizib yuborsak bo'lmaydimi hayotimizni? Yo'q!
Kitobda aytilganidek: "Nadomatlar bo'lsinki, dono odam ham ahmoq bilan barobar dunyodan o'tadi". Ammo men bu fikrga qo'shila olmayman, donolar ahmoqlar bilan barobar olamdan o'tsada, muhimi ahmoqligicha o'lib ketmaydi.
Siz "nima uchun yashayapman?" - degan savolga javob topganmisiz?
@gullayotganyurak
Asablarni tinchlantirish uchun ajoyib retsept:
📚Mazmunli kitob
✍ma'noli satrlarni belgilab ketish uchun qalam yoki flomaster
☕️ kofe yoki choy
🍫 siz yoqtirgan shirinlik
📵eng muhimi telefoningizni atigi bir-ikki soatga parvoz rejimiga qo'yib, unga dam olish uchun ruxsat bering.
Kitoblarning ham sabr kosasi to'lgandir, qachon o'qilarkanman deb.
@gullayotganyurak
Yangi kitob olganimda singlim bilan har doim tortishamiz birinchi man o'qiyman, deb.
Frans Kafkaning "Labirint" asarini mandan avval o'qib qo'ygani haligacha yuragimga og'ir botadi😆.
@gullayotganyurak
Mehmet Olaqoshning "Peshonamdagi nur" asarini o'qib tugatdim. Saviyasiga yuqori baho bera olmayman.
Bosh qahramon Saljuqbey peshonasida paydo bo'lgan o'simta sabab atigi olti oy umri qolganini eshitganida avvaliga tushkunlikka tushib qoladi. Said domla ismli kishidan diniy bilimlarni o'rganib, xastaligimda ham bir hikmat bordir, deya taqdiriga rozi bo'ladi.
Bosh qahramon boshidagi o'simta paydo bo'lmaganida men diniy bilimlarni chuqur egallab, chinakam musulmon bo'lolmasdim, deya ta'kidlaydi. Shuning uchun ham Saljuqbey o'simtani peshonamdagi nur, deb atashga qaror qiladi.
Asardan tushungan ikkita narsam: jonimiz og'rishida ham bir hikmat bor va besabab emas.
Va man anglagan ikkinchi muhim insight: ko'pchilik (hammani aytmayapman) din borasida o'ta ketgan darajada mas'uliyatsiz va dangasaki, kasal bo'lib, o'lishi esiga kelmaguncha oxirati haqida qayg'urmaydi, ikkita oyog'i bitta etikka tiqilgan vaqti shoshib qoladi. Maylida, hechdan ko'ra kech.
P/s - asar juda sodda tilda yozilgan, kitobxonni o'ylashga majbur qilmaydi. Muallif "ob qolinglar, keb qolinglar", degandek, kitob nega bunday nomlangan degan savolga javobni kitob oxirida osongina yozib qo'ya qolgan.
Kitobni endi mutolaa olamiga kirib kelgan kitobxonlar shunchaki проба uchun o'qib ko'rishsa bo'ladi.
@gullayotganyurak
"Buyuk Getsbi" asarini qayta o'qib, qahramonlar bilan birga kitobning oxiri nima bilan tugashini bilmay maza qilib azob chekish uchun xotiramni yo'qotishga ham tayyorman.
Asar nega "Buyuk Getsbi" deya nomlangan, nega telba Getsbi yoki ahmoqlarcha oshiq Getsbi emas? Getsbi har hafta butun shaharga shohona bazm uyushtirgani, boyligi uchun ham roman shunday nomlanganmi deya o'yladim boshida.
Ammo, Getsbining boyligi va Deyziga bo'lgan sevgisini taroziga solsa, uning muhabbati ko'proq tosh bosishi aniq.
"Tan olaman seni yaxshi ko’raman, lekin Tomni sevmaganman deyolmayman”. (Deyzi mana shu gaplarni aytgan vaqti yonida bo'lganimda edi, o'zim bilardim nima qilishni).
Haddan ortiq sevgan kishi qattiq azob chekadi, sevilganga esa balki umuman farqi yo'q.
Hayotda sevgidan qiynalmay deganlar, Getsbiga o'xshab hech kimni telbalarcha sevib qolmang.
P/s - endi kinosini ko'raman.
@gullayotganyurak
O'qib bo'lgach, kishining yig'lagisi keladigan o'nta kitob:
1. Erix Mariya Remark - "Uch og'ayni".
2. Jenni Daunxem - "Men tirik ekanman".
3. Jojo Moyes - "To seni topgunimcha".
4. Annabel Pitcher - "Mening opam kamin tokchada yashaydi".
5. Djon Boyn - "Yo'l-yo'l pijamali bolakay".
6. Stefan Sveyg - "Qalb besabrligi".
7. Viktor Gyugo - "O'limga mahkumlikning so'nggi kuni".
8. Deniel Kiz - "Eljernonga atalgan gullar".
9. Xaruki Murakami - "К югу от границы, на запад от солнца".
10. Mark Levi - "Soyalar o'g'risi".
P. S - faqatgina "Qalb besabrligi" ni o'qigan ekanman.
@gullayotganyurak
"Hamma narsani vaqt davolaydi, deganlar sevgi va muhabbatdan batamom bexabar insonlar bo'lsa kerak".
✍Fyodor Tyutchev
@gullayotganyurak
"Qo‘lga tushganini emas, obdon tanlab-saralab o‘qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang".
✍Ivan Turgenev
@gullayotganyurak
11-fevral - "Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni".
Qanchalik qiyin bo'lishiga qaramay astoydil o'qib ilm olayotgan qizlar, ham farzand, oila va o'qishni eplayotgan ayollar, sizlarni qancha maqtasak, shuncha oz. Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin.
P/s - ingliz, rus, koreys tillarini biladigan poliglot, tarjimon, ingliz tili o'qituvchisi, shoira, kitobxon, yozuvchi, sportchi hamda bo'lajak IT mutaxassisi sifatida iliq tabriklarni qabul qilaman😅.
@gullayotganyurak
NIYAT
(mitti hikoya)
Qaniydi sen o'qiyotgan kitoblarga aylanib qolsam. O'shanda tik boqishga uyalgan tim qora ko'zlaring bilan menga ham soatlab tikilib o'tirarding...
✍Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
"Yaxshi do'st, yaxshi kitoblar va uyg'oq vijdon. Bu - ideal hayotdir".
✍Mark Tven
@gullayotganyurak
Blog yuritish, boshqalar bilan fikr almashish judayam yoqadi. Dangasalik kasalim huruj qilib qolgan vaqti chuqur-chuqur nafas olib o'tkazib yuborishga undab turadi.
@gullayotganyurak - kitob blogim. Mana shu yerda kitoblar haqida yozaman.
@Irodakhans_blog - Ingliz tili borasidagi bilimlarimni qo'ldan kelgancha bo'lishaman bu joyda.
@mytranslationdiary - tarjima ishlarimni joylayman.
P/s - qani, kommentga siz ham blog(lar)ingizni share qilingchi.
@gullayotganyurak
Inson sevilishdan ham ko'ra tushunishlariga ko'proq muhtojdir.
©Jorj Oruell
@gullayotganyurak
Kitobga sarflangan pul harajat emas, balki kelajak uchun tikilgan investitsiyadir.
@gullayotganyurak
.....va.....
Turkcha o‘rganayotganimni
maqtanaman senga
xayolan...
©Tillaniso
@gullayotganyurak
Bugun uydan chiqmay o'tirgan joyimizda istalgan kitobimizni topib, elektron shaklda o'qishimiz mumkin. Quyida eng sara kitoblarni yuklab olish mumkin bo'lgan saytlarning manzili bilan bo'lishaman.
Twirpx.com - 2.5 mln dan ziyod kitoblar manbayi hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tganda 100 ball bonus beradi. Bu bonusga 10ta kitob tekin yuklab olishingiz mumkin.
audio.ziyonet.uz - Nafaqat kitob oʻqish, balki audiokitob eshitish ham maroqli. Ushbu manzil orqali durdona asarlarning audioshaklini topishingiz mumkin.
getabstract.com/ru/explore - Ushbu saytda badiiy bo'lmagan ruscha kitoblarning qisqacha mazmuni nashr etiladi. Kitob tanlay olmayotgan paytingizda ayni muddao.
http://pdfdrive.com/ - Bu sayt bepul kitoblar jamlanmasi, yuklab olishda cheklovlar yo'q. Ingliz va rus tilidagi kitoblarni topishingiz mumkin.
@MegaBooksbot - bu bot orqali ingliz, rus va o'zbek tilidagi kitoblarni topib o'qisangiz bo'ladi. O'zim ham shu botdan foydalanaman.
@s_knigibot - Mana bu bot esa rus tilidagi kitoblarni topib beradi. Ruscha kitoblarning koni bu manzil.
P/s - Atay topib keldim sizlar uchun💃.
@gullayotganyurak
Menimcha, hech qaysi hashamatli mebel, (narxi osmondek baland bo'lsa ham) oddiy va kamtarin kitob javonidek uyga ko'rk berib tura olmaydi.
@gullayotganyurak
Ayting,
Sizni qanday sevmaslik mumkin,
Qalbimni qo'riqlab turgan askarim!
✍Kumush O'sarova
@gullayotganyurak
Sen
umrimdagi eng go‘zal
Kitobim bo‘lding...
Anglash og‘ir bo‘lsayam,
Tushinish azob bo‘lsayam,
Ruhim huzurlanib,
aqlim qaqshab,
o‘qiyverdim men...
Men Sening umringni
eng chirkin,
eng g‘amgin
sahifasi bo‘loldim xolos...
Yoqib yuboramiz, kel...
✍Guljamol Asqarova
@gullayotganyurak