✨Har bir insonga doim beshta sevimli mashg'ulot kerak:
1. Daromad qilish uchun: Tarjima qilaman.
2. Sog'lom bo'lish uchun: Qo'shiq eshitib yoki suhbatlashib piyoda yuraman.
3. Ijodkorlikni saqlab qolish uchun: Ba'zida she'r va hikoyalar qoralab turaman, hech qayerda e'lon qilmay qo'yganimga ham ancha bo'libdi.
4. Bilim olish uchun: Chet tillarini o'rganaman, yangi so'zlar yodlayman, matematikadan dars qilaman.
5. Dunyo qarashni kengaytirish uchun
Kitob o'qiyman.
Sizning eng sevimli mashg'ulotlaringiz qanaqa?
@gullayotganyurak
Hech o'ylab ko'rganmisiz: birorta muallif sizni o'z asarida qanday qahramon sifatida tasvirlagan bo'lardi?
Siz haqingizdagi kitobni nima deb nomlagan bo'lardingiz?
@gullayotganyurak
Sen kitoblarni yaxshi ko'raman, deganingdan so'ng men ham kitob sotuvchisiga aylandim...
@gullayotganyurak
Ernest Xeminguey yozadi: "Agar adabiyotni boks ringiga qiyoslasak, men unda Turgenevni birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratdim. Stendal bilan rosa jang qildim va oxiri durangga imzo chekdim. Graf Tolstoy bilan esa ringga chiqishni xayolimga ham keltirmadim".
Men po'latdek mustahkamman deb, issiq choyga solganda novvotdek erib ketgandan ko'ra, o'z xato va kamchiliklarini tan olgan ma'qul ekan. To'g'risi, Xemingueyga bo'lgan ehtiromim oshdi.
@gullayotganyurak
Muvaffaqiyat ko'p kitob o'qishda emas. Yaxshi kitobni ko'p bora o'qishdadir.
P/s - singiljon, videoni dadam bilan akamga tashavor😂.
@gullayotganyurak
Kitob bo‘lganimda sizga borardim,
Qizg‘anmay tutardim varoqlarimni.
Uyingizga Quyosh olib kirardim,
Tunlari yoqardim chiroqlarimni.
Chang yeb qurbon bo‘ldi qancha bechora,
Tafakkur taqdiri kimning dastida?
Javonda yaltirab turgandan ko‘ra
Baxtliroq bo‘lardim yostiq ostida.
Kitob bo'lganimda sizga borardim...
✍Behzod Fazliddin
@gullayotganyurak
Bu kitob jinnilariga tekkan la'nat. Bizni eng noo'rin lahzalarda yaxshi hikoya bilan maftun qilish mumkin.
Stiven King
@gullayotganyurak
Qiz bola qanaqa kayfiyatda yursa, boshqalar u haqida nima deb o'ylaydi?
Qiz bola xursand bo'lib, qo'shiq xirgoyi qilib yursa: yigiti yaxshi gapirib qo'ygan.
Oynaga qarab "chiroyli bo'lib ketyapman", deya o'zini maqtasa: yigiti sovchi jo'nataman degan.
Sal yaxshi gapga, chiroyli narsaga xursand bo'lib ketadi: yigiti tinmay sovg'a berganda, shu esiga tushib qolgani aniq.
Endi qiz bola darsi ko'pligidan asabiylashyapti: yigiti telefon qilmagan/xabar yozmagan.
Imtihonda nima qilaman deb bezovta: yigiti tashlab ketgan.
Umuman boshqa muammo sabab xafa kayfiyatda: yigiti xiyonat qilgan.
P/s - birodarlar va birodarkalar, qiz bola xursand yoki xafa bo'lishi uchun yigitdan boshqa sabab yo'qmi?
Qiz bola o'zini o'zi sevishi mumkinmasmi, именно yigit sevishi kerakmi? Вообще boshqa проблема asabini buzayotgan bo'lsa, bunga ham yigitni sababchi qilib qo'yaverasizlarmi?
Ehh, ko'p nafas olib qo'ymoqdaman shu kunlarda, yigitim manga aniq ko'pppaley подарка lar olib kelgan😂.
Iltimos, tovuqning miyasidan ham tor dunyoqarashingiz yigitdan boshqa muammo va sabablar borligini ham tushunib yetsin. Ehh, farosat bozorda sotilganida qancha tursa ham bir qop olib berardim shunaqa fikrlaydiganlarga.
Shunday og'ir ahvoldagi qizlarga jo'natib qo'yamiz😂.
@gullayotganyurak
Mart oyining birinchi o'n kunligi ham o'tib boryaptiyu, ammo hali yangi kitob mutolaasini boshlaganim yo'q.
O'ylab qarasam, rus tilida kitob o'qimaganimga ancha bo'lgan ekan. Dik Frensisning "Последний барьер" kitobi haqida ham, muallif haqida ham umuman ma'lumotga ega emasman.
Xullas, o'zimga notanish muallifning kitobini o'qib, tavakkal qilishga qaror qildim. Asar yoqmagan taqdirda ham keyinchalik o'ylab ish qiladigan bo'laman.
@gullayotganyurak
Yozish - azob, yozmaslik esa undan ham battar azob. Menimcha, har qaysi bemor kamroq azob chekishni ma'qul ko'radi.
#kundalikdan
@gullayotganyurak
"Inson uchun yo'qotish - aslida u uchun boshqatdan erishish ekan. O'zligimni topishga harakat qildim. Shuning uchun, azizlarim, yo'qotishlardan cho'chimang. Sizga yana bir imkoniyat beriladi".
✍Xuliyo Kartal
📚Yosh qizning kundaligi
Ba'zida shunday vaqtlar bo'ladiki, charchagan vaqtingizda kim bilandir suhbatlashib o'tirishni xohlaysiz, ammo siz eshitishni xohlagan taskinlarni hamma ham bera olmaydi.
Xullas, qiziqishimga tamoman teskari bo'lgan sohada o'qish va ruhiy charchoq bor kuchimni yeb bitirayotgan vaqtda "Yosh qizning kundaligi'' ajoyib suhbatdosh bo'ldi.
Kitob quruqdan-quruq motivatsion psixologik asar ham emas, siz hali zo'r bo'lib ketasiz, barchasini uddalaysiz, deya me'dangizga ham tegmaydi. Mutolaa vaqtida o'zimni huddi kimdir yupatib o'tirgandek his qildim.
Kitobning ilk sahifalaridanoq yuqorida keltirilgan yo'qotish haqidagi aforizmga duch keldim va o'sha gaplarni qayta-qayta o'qib, ozgina yengil tortgandek bo'ldim.
Ichidagilarini hech kimga aytolmay yurganlar uchun kitob mehribon suhbatdosh va yupatuvchi bo'ladi, albatta.
@gullayotganyurak
Ancha bo'libdi mutolaa sarhisobi qilmaganimga.
Yanvar:
1. Frensis Skott Fitsjerald, "Buyuk Getsbi"
2. Mehmet Olaqosh, "Peshonamdagi nur"
3. Lev Tolstoy, "Iqrornoma"
4. Omina Shenliko'g'li, "Nasroniy atirguli"
Fevral:
5. Jan-Dominik Bobi, "Skafandr va kapalak"
6. Tohir Malik, "Alvido, bolalik"
7. Xuliyo Kartal, "Yosh qizning kundaligi"
P/s - siz bir oyda nechta kitob o'qiysiz? Fevralda qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@gullayotganyurak
Kitoblardagi ba'zi satrlar yuragingizni teshib o'tib ketadi-ya?...
@gullayotganyurak
Shunday insonlar borki, ularni eslash uchun esdalik sovg'a olish shart emas.
@gullayotganyurak
"O'zgargan, voyaga yetgan odam tomonidan qayta o'qilgan kitob butunlay boshqacha hikoyadir."
✍️ Maks Fray
📖 Yolg'izlik kitobi
@gullayotganyurak
Bizlarda "seni sevaman", deb aytilmaydi, kitob sovg'a qilinadi, kutubxona qurib beriladi...
@gullayotganyurak
Kitob o'qishdan charchaganlar va zerikkanlar uchun ajoyib maslahat:
📚Boshqa janrda yozilgan kitob tanlang. Masalan, realizm bilan to'yintirilgan asarlarni o'qib, miyangiz biroz toliqqan bo'lsa, birorta fantastik yoki detektiv kitob o'qing. Har kuni osh yeyish ham medaga tegadi axir.
📚Sizni hajmi katta kitoblar zeriktirib qo'ydi, ammo asarni oxirigacha o'qishingiz kerak. Bunday paytda o'rtacha 200 sahifa yoki undan ham kichikroq qalinlikdagi hikoyalar to'plamini o'qing.
Shunda bir o'q bilan ikkitadan aaanchagina ko'p quyonni urgan bo'lasiz: ham yana bitta yangi kitob o'qidingiz, endi sizda eski kitobni o'qib tugatish uchun yetarli energiya bor, hikoyalar muallifining boshqa asarlarini o'qish fikri paydo bo'ldi sizda...
📚Har xil tillarda darajangizga qarab kitob o'qing. Siz bilgan xorijiy tilda so'z boyligingiz oshadi, yaqinlaringizga chet tilida kitob o'qiyapman deb maqtanasiz. Ham til o'rganib, ham kitob mutolaa qilish qanday ajoyib🥰.
@gullayotganyurak
Men bilan do'st bo'lishning ham yaxshi, ham yomon tomoni: qanday bayram bo'lishidan qat'iy nazar faqat kitob sovg'a qilaman.
@gullayotganyurak
Metroda kitob o'qib ketayotgan yigitlarni ko'rib, borib gap otgisi keladigan qitmir kitobxon qiz bitta menmi?😂
@gullayotganyurak
- Eng tushkun chog'laringda yashashga undovchi sabab nima?
- Hali o'qilmagan kitoblarning borligi.
✍Otabek Bakirov
@gullayotganyurak
Vafo
Buyuk rus yozuvchisi Fedor Dostoyevskiy sevgilisi Mariyaga shunday yozadi:
"Sen yashaydigan koʻchaning oʻzida sendan chiroyliroq toʻqqizta, sendan uzunroq yettita, sendan pakanaroq toʻqqizta ayol bor. Biri meni sendan ham koʻproq yaxshi koʻradi. Yana bittasi koʻrinishim bilan doim menga tabassum qiladi. Boshqa birovi esa meni gapirtirgisi keladi. Oshxonadagi ofitsiant qiz bo'lsa, hamisha mening choyimga shakar solish oʻrniga, asal solib beradi...
Ammo men faqat seni sevaman!”
Mariya unga turmushga chiqqanidan soʻng, ajoyib xotin boʻldi. Uning bemorligi, faqirligi, hozir-u gʻoyibiga sabr qildi. U bilan birga mashaqqatning barcha turini totdi. Mariya oʻlim toʻshagida yotar ekan, Dostoyevskiy unga shunday degan edi: “Men senga hatto xayolimda ham xiyonat qilmadim!”.
@gullayotganyurak
Assalomu alaykum barchaga🙌
Anchadan beri ushbu narsani o'ylab yurgandim va nihoyat amalga oshirishga qaror qildim.
Kitoblarni ummat yo'lida xizmat qilish uchun ulashmoqchimiz, InShaAllah foydali qilsin✨:
📚Kitoblar:
1. Kichkina shahzoda
2. Luiza Xey
3. O'lsang kim yig'laydi
4. Qalb halovat topmasa...
5. Sir
6. Ilm olish sirlari
7. Mo'minlarning onasi
8. Jadidlar to'plami
9. Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan
Va yana boshqa sirli kitoblar bor va bu ishtirokchi soniga qarab ko'payadi🤫
📌Shartlar:
1. @akilhan, @gullayotganyurak, @rruhshi_me @kh_amidova_m_unavvar kanallariga obuna bo'lasiz.
2. Ushbu postni kamida 10 ta do'stingizga yoki 3 ta guruhga jo'natasiz.
3. Skrinshot qilib shu akkauntga @bookgiving ga yuborasiz.
Bo'ldi✅
🖇Qanday qilib yutib olasiz?
-Shartlarni bajarib @bookgiving yuborasiz va sizga raqam beriladi. G'oliblarni random.org orqali 26.03.2023 kuni aniqlimiz.
🌵Diqqat, raqam olgandan keyin barcha kanallarda bo'lishingiz kerak.
G'oliblik aniqlanganda bu tekshiriladi.
Omad hammaga😊
@akilhan
@gullayotganyurak
@rruhshi_me
@kh_amidova_m_unavvar
"Odamzodga qayg'u-alam botmonlab berilib, misqollab olinadi, deganlaricha bor".
✍Tohir Malik
📚Alvido, Bolalik
Qahramonlarning so'nggi taqdiriga achinib o'qigan kitoblarimdan biri bo'ldi "Alvido, Bolalik". Qamariddin bor diqqatimni tortdi, desam mubolag'a bo'lmaydi.
Yoshligidan mehr qo'msab o'sgan farzand ulg'ayganda undan onaning mehr kutishi katta xato, axir odam o'zida yo'q narsani qayerdan olsin? Umuman olganda Qamariddin o'ta ketgan darajada yovuz emas.
Asrorga mening ham yaxshi odam bo'lgim keladi, o'qish niyatim bor edi, deganidan yuragining tubidagi mehr cho'g'lari kulga aylanib uchib ketmaganini his etish mumkin.
Bizda bir eskicha stereotip bor: inson bir marta xato qildimi, unga qayta imkon bermaslik kerak. Qamoqdan chiqqan odamga hamma yomon ko'z bilan qaraydi, lekin ichki dunyosiga nazar solish hech kimning xayoliga kelmaydi ko'p hollarda.
Asarda maqtovga arziydigan qahramonlar ko'p, ammo eng achinganim va qaysidir ma'noda mehrim tushib qolgani Qamariddin bo'ldi.
@gullayotganyurak
"Men sezdirmay yig'lashni bilaman, bunday paytda atrofimdagilar ko'zimga nimadir kirib qolgan shekilli, deb o'ylashadi".
✍Jan-Dominik Bobi
📚"Skafandr va kapalak"
Avvallari hayotimdan ko'p nolirdim: ertalabdan o'qishga, tushlikdan keyin qo'shimcha mashg'ulotlarga va kech bo'lganda uyga kelib yana uy vazifalarini qilish bilan kunim o'tardi.
Chetdan olib qaraganda faqatgina uy va o'qishdan iborat oddiy va стабильный hayot tarzi, ammo mana shunday kunlarim ham kimgadir orzuligini tushunmagan ekanman.
Tasavvur qiling: etalabdan kechgacha to'rt devor orasidan chiqmay bir joyda yotish, yana oyoq-qo'lingiz ham ishlamaydi va gapira olmaysiz.
''Skafandr va kapalak'' asari qahramoni aytadi: onda-sonda kimdir xonaga kirib qolmasa, kun bo'yi deyarli hech qanday voqea sodir bo'lmaydi...
Xullas, hayotning har lahzasidan zavqlanishni o'rganish kerak.
@gullayotganyurak