Ba'zida erksizlikdan bo'g'ilib ketaman: xohlagan vaqtim kitob o'qiyolmayman, beeemalol kino ko'rib o'tirolmayman.
Dars o'tish o'zimga juda yoqadi, ayniqsa o'quvchilarim uyga vazifalarni man xohlagan ideal darajada bajarsa mazzada.
Lekin man xohlagan ishimni xohlagan vaqtimda bajarishni xohlayman, umrimni uy yumushlari bilan o'tib ketsachi, deb o'ylasam miyam qizib ketadi😢.
Shu mani tashlab ketgan laylak qiz bola ish qilishi kerak, degan fikrdan yiroq jamiyatga tashlab ketsa nima qilardi-ya?!
Hozir o'tirib o'n besh daqiqa kitob o'qisam hamma asabiylashganim o'tib ketadi, degan umiddaman🥲.
@gullayotganyurak
Kitob bilan bog'liq inglizcha atamalar
Booktrovert - hayotdagi insonlardan ko'ra kitob qahramonlari bilan ko'proq suhbat qurishni istaydigan inson.
Bibliophile - mutolaa qilishni va kitoblarni to'plashni yoqtiradigan inson.
Binge-reader - katta hajmdagi kitobni bir qisqa muddatda o'qib tugatuvchi chaqqon kitobxon.
Book hangover - avval o'qigan kitobi ta'sirida yurib, yangi kitob mutolaasini boshlay olmay yurgan kitobsevar.
Abibliophobia - mutolaa qilish uchun kitobsiz qolib ketish sabab paydo bo'lgan qo'rquv.
Librocubicularist - Divanda yotib kitob o'qiydigan inson.
P/s - Men bibliophile va book hangoverman. Yuqoridagi qaysi sifatlar sizga mos kelarkan?
Ha, aytgancha, librocubicularist bo'lishni maslahat bermayman. Yotib kitob o'qish ko'z uchun zarar🥲🥲🥲.
@gullayotganyurak
"Jarohatlaring endi joningni olgudek azob bermaydi. Hammasi o'tib ketdi, ammo qolgan chandiqlar baribir avvalgi og'riqlarni yodingga solaveradi..."
P/s - bu "yozilmagan asarlarim" turkumimdan, shunaqa chala yarim yoziqlarim judayam ko'p.
@gullayotganyurak
Oxirgi olti oy ichida yo'qotganlarim ko'p bo'ldi: vaqt, umid, ishonch... Topganlarim ham yetarlicha va bundan minnatdorman.
Charchagan vaqtim hammasini yig'ishtirsammi, deb o'ylab qolaman ba'zida, lekin vaqt kutib turmaydi. Ozgina dam olish kerak, xolos.
Java Script haqidagi tarjimamni tugatsam, social media detox qilaman. Kamida 2ta kitob o'qiyman tanaffus davomida, hammaning oldida o'zimga so'z beryapman☕️.
@gullayotganyurak
Asar qahramonlarini sevib qolganlar oramizda ko'p bo'lsa kerak.
"Otalar va bolalar" asaridagi Bazarovni yuqori intellekti uchun yoqtirganman. Xarakteri ozgina injiqroqligini aytmasa, mani o'ziga tortgan narsa undagi bilim va saviya edi❤️.
"Buyuk Getsbi" asaridagi Deyziga juda havasim kelgan. Getsbidek sevoladigan odamlar judayam kam yoki yo'q🤔.
"Chorshanba uchun binafsha" hikoyasidagi bosh qahramon yigitni rostakamiga sevganman😂. Lekin unaqa indamay yuuuuraverish yo rad etilishdan qo'rqib o'ziga ishonmaslikdan yoki hali tanlamoqchi bo'lgan insoni haqida ikkilanish borligidan. Asar qahramoni har kuni aktrisaga gullar jo'natadi, yakun ham achinarli va shu bilan birga ajoyib.
Siz qaysi asar qahramonini nima uchun sevib qolgansiz?
@gullayotganyurak
Bugun @kitob_house bilan ovqatlandik, kitoblar, til o'rganish va adabiyot haqida ajoyib suhbat bo'ldi. Ilhom aka sentyabrgacha rus tilidan B2 darajaga chiqishni va man bilan ruscha gaplashishni maqsad qildi.
Umid Alining "Ikki qutb" kitobi esa zo'r sovg'a bo'ldi👍. Kattakon rahmat. Baribir sovg'a sifatida kitob olish boshqachada...
Oxirgi marta kimdan qaysi kitobni sovg'a sifatida oldingiz yoki kimga qaysi kitobni sovg'a qildingiz?
@gullayotganyurak
Van Gog suratlarini tomosha qiladigan, shunaqa sokin musiqalarni tinglaydigan, mazmunli kino ko'rib yoki xotirjam kitob o'qib o'tiradigan kayfiyat manda hozir...
🥲🥲🥲
@gullayotganyurak
@Irodakhans_blog - ingliz va rus tillaridagi bilimlarimni bo'lishib borayotgan kanalim. Hozirgina darajalar uchun mo'ljallangan inglizcha kitoblarni joylab keldim😇.
Читать полностью…Nabijon Boqiyning kitoblariga ko'p ko'zim tushyapti oxirgi paytlar. "Qatlnoma" asari ham shu muallifniki edi, adashmasam.
Kitob muqovasidagi "To'rt devor orasida yuz yil saqlangan muhabbat qissasi" deya yozilgan izoh e'tiborimni tortdi.
Ushbu adibning asarlarini o'qiganlar bormi? Fikrlaringiz qanday?
@gullayotganyurak
Demak, o'rtoqlar, sizlarni kutdiravermasdan rus tilidan bepul darslarimizga hoziroq start beramiz👩🎓.
Tarjimamning bugungi normasini yakunlashim bilan birinchi rus tili darsimiz uchun prezentatsiya tayyorlashni boshlayman🥰.
Sizlardan kichkinagina iltimoscham bor, bilaman, yo'q demaysizlar😍.
Mana shu xabarni o'nta rus tilini o'rganmoqchi bo'lgan do'stingizga va bilimlarini oshirish niyati bor yaqinlaringiz yig'ilgan ikkita guruhga jo'natib qo'yasiz😊.
Siz bu yerda ruschani o'rganayotganingizda ular bexabar qolib ketsa, adolatdanmi shu? Qancha ko'p kishi o'rgansa, shuncha yaxshi🤓.
Skrinshotlarni @irodakhankholbekova ga yuborasiz va alohida guruh uchun link beriladi. Darsimiz zoom da bo'lib o'tadi🆗.
Давайте вместе начнём изучать русский❤️.
@Irodakhans_blog
O'qishga berib turgan kitobingizni yana o'sha odamning o'zidan kitobingizni ertaga bervoraman, deb o'z qo'lingizga qaytarib berishi baxt emasmi?
@gullayotganyurak
"Everybody lies" kitobini o'qimagunimcha o'zimni tolerant odamman, deb o'ylardim. Yo'q, adashgan ekanman. Yoshligimda yosh bo'ganmanda😂.
Yer yuzidagi deyarli barcha odan kunlik foydalanadigan narsalar haqida falon marta ishlataman haftasiga, deb ko'pirtirib aytgan, ba'zilar juda kamaytirib. Lekin ishlab chiqarilgan mahsulot haqidagi ma'lumotlarga asoslanganda ikkala javob bergan odamning ham aytganlari xato bo'lib chiqadi.
Kitobda AQSh, Yevropa hamda Islomiy davlatlarda ham LGBT ga nisbatan fuqarolarning munosabatlari ham yoritib o'tilgan. Kitobda man silarga gapirib berolmaydigan infolar ham juda ko'p.
Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, bu kitob har qanday ma'lumotni o'qib "a yo'g'e shunaqa ekanda rostdanam", deb ishonib ketavermaslikni o'rgatdi.
Kitobni sovg'a qilgan @tarjimon_daftari Zilola opaga katta rahmat. Fevralda yuborgandilar, endi o'qidim🌚.
@gullayotganyurak
Kichkina chaqaloqcha opasini qo'lidan kitobini talashib, o'zicha mutolaaga kirishmoqchi bo'lyapti.
San qachon kitob o'qiysan, Lalitto?
@gullayotganyurak
Eng yaxshi odamlar: bu sizga quvonch va tabassum ulasha oladigan odamlardir. Masalan, kitob sovg'a qiladiganlari ham...
@gullayotganyurak
@Irodakhans_blog kanalimda bugun 21:00 da rus tili darsi bo'ladi, barcha qiziquvchilarni kutib qolamiz❤️😇.
Читать полностью…"O'zingni ijodkor deb bilganingda "ming lan'at shu adabiyotga" deging keladi, o'quvchi bo'lib yaxshi narsani - shedevrlarni o'qisang, yaxshi adabiyot bor ekan deysan".
✍Tillaniso
IT sohasida o'qiyapman, ijod tugul hatto kitob o'qishni ham yig'ishtirib shu sohaga bor e'tiborimni qaratsammikan, deb o'yladim. Inson yaxshi ko'rgan ishini qilmasa, hamma narsadan ko'ngli sovuydi❣️.
O'n besh-o'n sakkiz yoshim adabiyotdagi ichiqoralik va o'zim nima deb atashni bilmaydigan yana boshqa narsalarni ko'rib ko'zim ochilgan vaqt bo'ldi. Shu paytdagi qora sarguzashtlarim asosida "Adabiyot saboqlari" degan hikoya boshlab, yakunlamagan ekanman. Hali boshlab qo'yib, oxirigacha yetkazmagan hikoyalarim ko'p📞.
Ayrim ijodkorlarning asl yuzini ko'rib ham, ulardan uzoqroq bo'lish uchun ijoddan yiroq sohada o'qishga qaror qildim va bundan afsuslanmayman👨💻.
@gullayotganyurak
👨💻Maktabni bitirgandan so'ng xalqaro munosabatlar sohasida o'qish uchun Koreyaga ketmoqchi edim, ammo ayrim sabablarga ko'ra O'zbekistonda qolishimga to'g'ri keldi.
Toshkentdagi TIQXMMI MTU ga, qisqa qilib aytganda Irrigatsiyaga ingliz tili filologiyasiga, rus guruhiga 162.3 ball bilan grant kirib bir oy o'qidim. Ielts im borligi uchunmi, inyazda zerikdim ancha. Yangi narsa o'rganishni xohlardim.
Keyin Yangi O'zbekiston universiteti imtihonlari javobi chiqdi, ielts im va maktabdagi yaxshi baholarim uchun kontrakt o'qiy olishim mumkin edi va tavakkal qildim.
5 yil Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida gumanitar fanlariga ko'proq fokus qaratib, birdan aniq sohaga o'tish qiyin bo'ldi, bo'lyapti ham. Asosiy qiziqishim adabiyot, ammo bu bilan cheklanib qolishni xohlamadim👨💻.
🎙Hozir Yangi O'zbekiston universitetining “Dasturiy ta'minot muhandisligi” yo‘nalishida o'qiyapman. Universitetimizda mandan intervyu olishgandi, uydagilar bilan qayta-qayta ko'rdik🫰.
🎞 To‘liq videoni ko‘rish
@Irodakhans_blog
"Qorin to'yishidan avval aql to'q bo'lishi lozim. Shuning uchun har kuni ertalab nonushta qilishdan avval kitob o'qiyman".
Bir necha oy ilgari shunaqa mahmadona va noreal o'ylarimni yozgan ekanman. Hozir esa avval iqtisod, keyin siyosat degan fikrdaman. Hayotga real ko'z bilan qarashni boshladim, shekilli👨💻.
✅@gullayotganyurak
“Sen, badiiy asarni yaxshi ko’rgan kishing bilan birga o’qisang, yaxshiroq lazzat topasan”.
👨💻“Sarob”, Abdulla Qahhor
P/s - birga kitob o'qiydigan insoningiz bormi?
@gullayotganyurak
"Dod dedi o'shal tun yuragim,
Ko'zimdan yosh emas, qon oqdi..."
Ikki yildan oshyapti: na she'r, na hikoya yoza olaman. O'tgan hafta tuni bilan mazam bo'lmay chiqqan vaqt shu satrlar miyamda aylanib qoldi. Ammo og'riq kuchlilik qilib, kelgan ilhomni ham quvib yubordi.
Yetarlicha kitob o'qimayotganim ham sababdir hech narsa yozolmayotganimga. Adabiyotdan uzoq sohada tahsil olayotganim bahona bo'la olmaydi: Chexov vrach bo'lgan, Balzak adashmasam advokat edi.
Ko'p o'ylanayotganimdanmi miyamda dialoglar, turli fikrlar aylanadi: sekingina faqat o'zim o'tiradigan "yozilmagan asarlar" shaxsiy kanalchamga qoralab qo'yaman.
Yaxshiyam kundalik bor, hikoya, she'r yozolmasamda hech bo'lmaganda kunlik kechinmalarimni yozib boraman.
O'zim hech narsa yozmayotgan bo'lsamda, kimdir yozganini o'qiyapman. Yaxshiyam kitoblar bor...
P/s - shu kunlarda rosa she'r o'qigim kelyapti🥹.
@gullayotganyurak
Bugun Mixail Bulgakovning "Yosh vrach kundaligi", "Xosiyatsiz tuxumlar" hamda Aleksandr Grinning "Alvon yelkanlar" kitoblarini sotib oldim💕.
"Xosiyatsiz tuxumlar" ni qishda singlimning tug'ilgan kuniga sovg'a qilgandim, uyda bor edi, lekin yana oldim. Chunki birovning kitobi baribir birovning kitobi📞.
Shuningdek o'zim o'qigan hamma kitoblarimni nasib qilsa sepimga qo'shib, olib ketmoqchiman👨💻.
Kitob ham man uchun o'ta shaxsiy buyum🥰.
✅@gullayotganyurak
Vashingtonda joylashgan AQSH kongressi kutubxonasida 38 milliondan ortiq kitoblar saqlanarkan,😍.
Qo'lyozmalar, noyob buyumlar va xaritalar qanchadan qancha hali...
Kitobxonlar, mana shu manzilni ham wish-listga qo'shish kerak bir yaxshilab shu kutubxona haqida research qilib).
@gullayotganyurak
Rus tilini 0 dan o'rgatish uchun bepul kurs tashkil qilyapman. O'rganmoqchi bo'lganlar qo'shilishingiz mumkin✨.
Читать полностью…Oxirgi uch oyda rosa sudralib kitob o'qidim. Yetar, dangasalikni yig'ishtiramiz🤓.
Rus adabiyotini boshladim. Turgenevning "Otalar va bolalar" romanini rus tilida maza qilib o'qigandim. Endi navbat Gogolga. "Вечера на хуторе близ Диканьки" asaridan boshladim👩🎓.
Ko'pchilik tarjimada asarning asl ta'mi yo'qoladi, deb ta'kidlaydi. Gogolning bir nechta hikoyalarini o'zbek tilida o'qiganman, asliyatda o'qib ko'rmaganim uchun Gogolning asarlari tarjimasi borasida biror narsa deyolmayman.
Nasib qilsa rus adabiyotini to'liq asliyatda o'qiyman👨🎓.
@gullayotganyurak
O'zini hurmat qilish nima?
O'zini hurmat qilish boshidanoq ma'qul kelmagan saviyasiz kitoblarni vaqtingizni bekorga sarf qilmasdan va asablaringizni buzmasdan mutolaani to'xtatish.
Dik Frensisning "Последний барьер" kitobini oxirigacha o'qimadim. Yoqmadi, vaqt sarflashimga arzimasligini his qilib mutolaani to'xtatdim.
Oxirgi payt o'zi manga yoqmagan ishlarni bajarmayapman. Bu ish shunaqangi ajoyib tuyg'u...
P/s - Oxirigacha o'qimagan kitobingiz bormi?
@gullayotganyurak
Kanalga yozmasam, kitob o'qimasam, demak kayfiyatim yo'q. Yetarlicha muammolar sabab bir haftadan ortiqroq asabiylashib yurdim. Endi o'tib ketdi.
Shunaqa paytlarni deyarli hech kimga bildirmay yurish ham bir san'at, ammo xafagarchiliklarni uzoq vaqtda ichga yutish insonni ham ruhan, ham jismonan charchatadi.
Sessiya yaqinlashgani sari dars qilishga bo'lgan ishtiyoq ham oshib boryapti😂. Endi doim kayfiyatimni ko'tarib, doimiy rivojlanishda bo'lishga harakat qilaman.
Aytgancha, qaysi kitobni o'qiyapsizlar?
@gullayotganyurak
Kitobxonlar - shunchaki qahva ichib, xotiram kitob o'qib o'tirganlari uchun ham xursand bo'lib ketadigan insonlardir.
Ularga o'zlari o'qimoqchi bo'lgan kitobni sovg'a qilib qo'ysangiz, kitobxonning samimiy rahmat va tabassumiga guvoh bo'lasiz.
Kitobini olib, yirtilgan holda qaytarib bersangiz bormi, eng yomon ko'rgan asar qahramonlaridan ham battar yomon ko'rib qolishadi sizni.
Ashaddiy kitobsevarlarning kitobini yoki so'ramang yoki mutolaa davomida ko'z qorachig'ingizdek asrang.
@gullayotganyurak
Kitobxoblarning turlari:
✨Mutolaani tez tugatadiganlar
✨Kitob yig'uvchilar
✨Birovdan kitob olib hech qachon qaytarib bermaydiganlar
✨Kutubxonada yashaydiganlar
✨Faqat chiroyli muqovasi uchun kitob harid qiladiganlar
✨Uxlaganida ham kitob haqida tush ko'rib chiqadiganlar
P/s - siz qaysi turiga kirasiz?
@gullayotganyurak