gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

​​@ceotony - ushbu kanalga qachon qanday qilib qo'shilganimni aniq eslay olmayman, ammo iliq kutib olishgani esimda. Kanalga qo'shilgan ko'plab ilmtalab obunachilarning ismlarini yozib, Tony xush ko'rganini eshitib ancha xayron bo'lgandim.

O'zim taniydigan ko'plab ilmli insonlar ham kuzatib boradi ushbu kanalni. Chuqur mulohazaga undaydigan postlar ko'p, tik-tok, instagramda saviyasiz videolar ko'rib o'rganib qolgan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun emas.

Boisi bu sahifani kuzatish uchun baland IQ darajasi va mazmunli uzun postlarni o'qish uchun sabr talab etiladi.

Saviyali postlarni o'qimoqchi bo'lsangiz, marhamat.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Kutubxonachamga yangi mehmonlar kelgan. Nargiza Odinayevaning "Muallaq lahza" she'riy to'plamini o'zim oldim, yonidagisini esa akam sovg'a qildi😊.

Tinchlikmikan, deb o'ylab qoldim, chunki akam anchadan beri sovg'a bermay qo'ygandida🤔.

Jon Kolemanning kitobi rosa qiziq tuyulyapti, siyosiy mazmundagi kitob ekan. Tez-tez ishlarimni tugatib, mutolaaga qattiq kirishishim kerak.

P/s - izohlarda hammamiz yangi olgan kitoblarimizni maqtanamiz, ketdik😇.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Ayni damda nima xohlayapman?

- Tinch va sokin tabiat qo'ynida kitob o'qib o'tirgim kelyapti. Daryo bo'yi ham ideal variant📝.

- Bir o'zim eplab ko'tara olmaydigan darajada kitob sotib olishni xohlayapman. Toshkentda "Xazina books" va "Topar uz" dan aynan man xohlayotgan ruscha kitoblarni topsa bo'ladi. Jizzaxdagi "Deli" ham yaxshi variant✈️.

- Kitoblarni chiroyli qilib rasm yoki videoga olish uchun kamerasi шкалад telefon, stoyka va estetik sham ham kerak😊.

- Kindle olgim kelyapti😭.

- Videodagidek kaaaatta xonada kitoblarim bo'lishini esa kitoblarni sevib qolganimdan beri orzu qilaman.

Afsus, uyimdagi kutubxonachamda esa atigi to'rt yuztagina kitobim bor🥲. Shuning uchun ham "Sohibjamol va maxluq" multfilmidagi Bellga havas qilsam kerak.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Bordi-yu, tushlarda kelsak ro'baro,
Iltimos,
Qo'limdan mahkam ushlagin!"

Nodira Nazar

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Bugun qora tufli sotib oldim,
Bemaqsad kezaman keng ko'chalarda.
Maqtanaman o'tgan ketganga...
Bilmaysizlar,
Shu ham bir baxt asli men uchun.
Shodlikdan ichimga sig'may ketyapman.
Chang bosgan yo'llarni o'taman chetlab
Asrayin deb tuflim g'ubordan.

Kechir, ko'nglim,
Seni avaylab
Asrolmadim oyoq kiymimdek!

Qaniydi vaqtni ortga qaytsaydi...
Seni qiynar yo'lga bosmasdim qadam,
Huddi chang yo'llardan yurishni istamaganim kabi.

Menga g'azab va jahl to'la ifoda ila
Xo'mrayib nazar tashlaydi tuflim...

✍Iroda Xolbekova

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hamma orzularingizga erishing.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Men seni Xudodan so'rayveraman..."

Zebo Mirzo

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Ilm olish uchun tinch va sokin joylardan biri - kutubxona. Birorta kutubxonaga a'zo bo'lsangiz, kitob harid qilish uchun mablag' shart emas, borib, xohlagan asaringizni o'qiyverasiz🥳.

Ammo men kutubxonadan umuman kitob olmayman. Chunki, o'qigan kitobim o'z uyimda turishini istayman, ularni hech kimga bergim kelmaydi, agar kimdandir olgan bo'lsam, egasiga boshqa kitob berib, rozi qilaman yoki yangisini sotib olaman😠.

Kitobning elektron variantini o'qimoqchi bo'lsam, darrov printerdan chiqartirib kelaman. Agar o'qigan kitobim menda yo'q bo'lsa, huddi telefonimni yo'qotib qo'ygandek his qilaman o'zimni🥺.

Xullas, jonimni so'rasangiz, so'rang, lekin mendan kitob so'ramang🫶.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

6. Birinchi bor o'qigan kitobingiz?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

4. Siz tarjimalarini maza qilib o'qigan tarjimon?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

2. Sevimli yozuvchingiz?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​«Гитара"

Начинается
плач гитары.
О, не жди от неё
молчанья,
не проси у неё
молчанья!

Federiko Garsia Lorkaning "Gitara" nomli she'ridagi yuqoridagi satrlar juda yoqib qoldi:

"Boshlar
Gitara nolasin.
So‘rma endi
Jimlikni!"


Xullas, jim bo'lmaslik(imiz) kerak...
@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​"Biroq, o'sha daqiqadan boshlab uzil-kesil angladimki, hamonki vijdoning yodda tutar ekan, hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas".
✍Stefan Sveyg
📚Qalb besabrligi

"Qalb besabrligi" asari mana shunday achchiq haqiqat mujassam bo'lgan satrlar bilan yakunlandi. Eng achingan narsam - bechora Edit birgina askar yigit uni sevmagani uchun o'zini o'ldirdi. To'g'ri, qiz nogiron bo'lsa ham sevishga, sevilishga haqli edi, ammo rad etilgan yoki javobsiz sevgiga o'lim malham bo'la olmaydi. Shu o'rinda Gofmillerni ham ayblab, ham yonini olmoqchiman.

Bu holatga boshqa tarafdan qaraydigan bo'lsak, Gofmiller yigirma beshga kirgan ko'rkam leytenant. Uning ham o'z orzu-istaklari bor va majruh qiz uni sevib qolgani uchun albatta unga uylanishga majbur emas, o'ziga yoqmagan ishni qilib. Sizni sevishsayu, lekin siz sevib qololmasangiz ham qiyin😭...

Lekin baribir Edit o'zini o'ldirmasligi kerak, chunki bir yigit uni sevmagani bilan hayot to'xtab qolmaydi, baxtni muhabbatdan boshqa narsalarda ham topish mumkin🍫.

Asarda men eng yoqtirgan qahramon - shifokor Kondor. Uning ko'r ayolga uylangani chinakam qahramonlik va Gofmiller undan ibrat olsa arziydi. Kondorning o'z kasbiga mas'uliyat bilan yondashishi uning nutqidan ham sezilib turadi. Menimcha, bo'lajak shifokorlar ham kitobni o'qib chiqishlari kerak🥰.

To'g'risini aytsam, Gofmiller sevgini ko'tara olmaydigan qo'rqoq qahramon sifatida tasavvur qoldirdi menda. Bechora Edit, kelib - kelib shunaqa odamniyam sevib qolasanmi?...

Yana o'sha fikrimda qolaman, Edit sevilishga arziydigan qiz edi...

P/s - bu o'tgan yili yozilgan eski yozgan taqrizim. Hozir aqlli rejimini yoqib, fikrimni aytaman: qizlar, bitta yigit sizni sevmagani uchun o'zingizni qiynaydigan darajada latta bo'lmang. Birinchi qadamni tashlab, sevishini aytmasligi ham shart, degan fikrdaman. Qadrimizni bilaylik. Biz bebahomiz🫶.

Kimdir sizni va sevgingizni qabul qilmasligi normal holat, bu sizning yomon insonligingizni anglatmaydi. Shunchaki, vaziyatni boricha qabul qilib, yaxshi kayfiyatda davom etish kerak, xolos.

Uh, bitta psixologik trening qivorsam bo'larkana😂.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Shunchaki izohsiz❤️‍🔥

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Kim bilan muloqot qilishimdan qat'iy nazar suhbatdoshimning ko'ziga qarab gapiraman. Odamlarda men birinchi e'tibor qaratadigan va e'tiborimni tortadigan narsa ham ularning nigohi.

Rus shoiri Yesenin, fors shoirasi Furug' Farruxzod va o'zbek shoirasi Halima Ahmedovadagi yonib turgan ko'zlarni va o'tkir nigohni hech qaysi ijodkorda uchratmadim.

Yozuvchilardan esa Lev Tolstoyning qalin qoshlari orasidan boqib turgan ko'zlarini "Iqrornoma"ni o'qiganimda ko'p bor tushimda ko'rganman.

Yuqorida sanab o'tilgan ijodkorlardan o'rganganman hamma narsaga tik boqishni, ammo hozircha o'z kamchiliklarimga ham haqiqat ko'zi bilan qarashni eplay olganim yo'q.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Qizimga maktub

Qizim, hozircha hayotimda yo'qsan, bu xatni qachon o'qiysan, bilmadim, chunki o'zim endigina o'n to'qqiz yoshdaman, dadangni ham tanimayman hali.

Sendan judayam umidlarim ko'p, hech kimni xohishlaringga qarshi chiqishiga yo'l qo'ymayman. Masalan, chet elda o'qimoqchisan, maqsading yo'lida senga tirgak bo'lib beroladigan darajaga yetish uchun hozir qattiq harakat qilyapman. Qiz bola uyda o'tirsin kabi eskicha stereotiplar miyasida o'rnashib qolmagan insonni tanlayman, nasib qilsa.

Seni o'qimishli bo'lishingni xohlayman, o'zing xohlagan sohangda o'qiysan. Senga ishonaman: har qanday joyda o'z haqingni ajratib, o'zingni yig'ishtirib yuroladigan darajada ruhan va aqlan sog'lom inson bo'lib ulg'ayasan. Seni shunday tarbiyalash uchun o'zim ham o'zimni tarbiyalapman hozir.

Sen bilan kelajakda dugonadek yaqin sirdosh bo'lishni xohlayman. Biror muammo bo'lsa, ayam urushadi, deb mendan qo'rqishingni emas, ayam maslahat berishi mumkin, deb bemalol hamma mavzuda gapira olishingni xohlayman. Sen bilan ruhan yaqin bo'lish uchun ham o'z ustimda ishlayapman.

Yoningda men turganimda ko'chadan mehr qidirishingni istamayman. Avval o'ylardim man hozir o'qiyapman, ishlayman, farzandli bo'lsam bolam bir yoshdan oshgandan keyin enaga yollab сразу ishga chiqib ketaman, deb reja qilardim. Hozir sen haqingda qayg'uryapman: ishda vaqtim nima yerkan, nima qilarkansan, deb.

Ayam shunaqa joyda ishlaydi, mani ayamning kasbi unday deb mandan g'ururlanib, mandan o'rnak olishing uchun ham ishni, ham oilani birdek olib borishga harakat qilaman. Unutmagin: eng katta e'tiborni senga qarataman.

Senga baxtli bolalikni hadya qilish uchun hozir qattiq harakatdaman, ishonaman: dadang ham qayerdadir shunday niyatda yuribdi.

Hali yana senga yozadigan maktublarim judayam ko'p!

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Bugun mani dunyoga keltirgan ayajonimning tug'ilgan kuni, umrlari uzoq bo'lsin💘.

Ayamga ajinga qarshi kosmetika buyurtma qildik, ha, yuzidagi ajinlarga ancha katta ''hissa qo'shganman".

Suratdagi sovunli gulni esa o'zim yasadim🆗. O'zimni bir yil avvalgi Iroda bilan solishtiradigan bo'lsam, qo'limdan kitobdan o'qishdan boshqa narsa kelmaydigan taxta edim, ayamning aytishi bo'yicha😂. Topgan pulimga bunaqa sovg'a ham ololmasdim.

Birinchi marta ayamga o'zim uchun hozircha qimmatroq summada sovg'a olishim, hali bundan ham zo'r sovg'alar berish nasib qilsin, onalarimiz bundan ham ko'piga arziydi❤️.

✅️@Irodakhans_blog

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Muvaffaqiyat ko'p kitob o'qishda emas, yaxshi kitoblarni ko'p bora o'qishdadir.

Video o'zimga eslatma: uyda o'qilmagan kitoblarimni o'qib tugatib, keyin shularni olaman😇.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

#kundalikdan

"​​Yozish - azob, yozmaslik esa undan ham battar azob. Menimcha, har qaysi bemor kamroq azob chekishni ma'qul ko'radi".

Ijodkorlikka da'voyim yo'q, shunchaki onda-sonda she'r, hikoyalar qoralayman, tarjimalar qilaman. Hozir adabiyotdan umuman yiroq sohada o'qiyotganim uchun ba'zida kitob ham o'qishga vaqtim bo'lmaydi.

O'ninchi sinfda yozgan "Tilla baliqchaning xatosi" nomli hikoyam "Yoshlik" jurnalida chop etilibdi, e'tibor uchun rahmat😊.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Kecha besh yoshli jiyanim bilan kitob oldik. Rasmli kitoblarni ko'rishi bilan shuni obering, dedi, birga tanladik😘.

Hozir "Irkit o'rdakcha" ni o'qib berdim. Rasmlarini tomosha qilib, birga tahlil qilib ketdik. Jiyanim tog'dan olib gapirsa ham, birinchisiga yomonmas, indamay eshitgani katta natija🤗.

Irkit o'rdakchani yig'lagan rasmini ko'rsatib, qarang, tovuq buncha xunuksan, deganda rosa yig'labdi, bechora xafa bo'libdida, dedi. Ha, o'zing ham boshqa odamlarga xunuksan, deb aytma, desam, yo'q, man tovuqqa o'xshab yomon qizmasman, dedi🤗.

Kitobning atigi bitta bo'lsa ham muhim jihatini anglavoldi cheburashkacham, hali birga ko'p rasmli kitoblar o'qiymiz.

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kamtarona kitobxonamda 380 dan ortiq kitoblar bor ekan, hozir sanab chiqdim. Hali kitoblarimning soni ko'paysa ko'payadiki, nasib kamaymaydi🫶.

Kitoblarimni Xudo xohlasa sepimga ham qo'shib olib boraman🌷.

Sizning nechta kitobingiz bor?

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Ikki oydan oshdi: deyarli ko'chadan baklajkada gazlanmagan suv olib ichmayapman. Plastik idishlar va selofanlar tabiatga zarar, ularning chirishi uchun o'rtacha 500 yil vaqt kerak. Sayyoramiz esa kundan-kunga chiqindilar bilan to'lib bormoqda🥺...

Suratdagi termosni "Self-defense camp for women and girls'' loyihasini muvaffaqiyatli yakunlaganim uchun sovg'a sifatida taqdim etishgandi. Harna bir o'zim bo'lsam ham plastik idishlarning kamayishiga sabab bo'lyapman🫶.

Van Gogning rasmi tushirilgan shopperni esa @venera_shop dan buyurtma qo'ldim, albatta, shopper qo'lda tikilgan, rasmni ham chiroyli qilib chizib berishdi.

Endi paketlardan ham foydalanishni kamaytiraman. Sababi paketni uzog'i bir hafta ishlatib, yirtilgandan keyin tashlab yuborasiz, atrof-muhitni zararlaysiz. Shopperlarni esa kamida bir yil maza qilib ishlatasiz, sayyoramizni chiqindi bilan to'ldirishda davom etmaysiz.

Tabiatga mehribon bo'lishni boshlaylik!❤️

✅️@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

@Irodakhans_blog - study blogimda hozir rus tili darsimiz boshlandi. Ruschada sayrashni xohlaganlar, qatnashamiz🫶.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

5. Siz sevgan bastakor?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

3. Sevimli rassomingiz?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

1. She'rlarini sevib o'qiydigan shoiringiz kim?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"O'ynayotgan bolalar", 1872
✏️Gomer - Amerika realistik rassomchiligi asoschilaridan biri.

P. S - bolaligimizda oyoqyalang, ust-boshimiz kir ahvolda yurardik, ammo qalbimiz top-toza edi...

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ingliz yo rus tilida kitob o'qisam, e'tiborim tez chalg'ib ketadi. Ovoz chiqarib o'qisam fikrimni jamlash oson. Yo'qsa kitobni varaqlab ketaverib, nima o'qiganimni tushunmay qolaman.

Balki qattiq charchoqdandir, balki ko'p kitob o'qimay qo'yganimdandir bu hol. Endi chet tilida kitob o'qishni ko'paytiraman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Negadir kitob o'qiyotganimda doim narsa yeyishga odatlanib qolganman. Ko'chamiz boshidagi do'kondan kofelarning barchasini faqat o'zim sotib olmayapmanmikan deb o'ylab qolaman🥲.

Dietologlar ovqatlanayotgan vaqtda boshqa mashg'ulotga e'tibor qaratishni maslahat berishmaydi, chunki qorin to'yganligi haqidagi xabar miyaga tezroq yetib bormasligi mumkin. Miyamiz ko'p ovqatni paqqos tushirayotganimizni analiz qilolmay qoladi😫.

Mana shunaqa zararli odatlardan voz kechish lozim. Yo'qsa, alvido sog'lom turmush tarzi😭...

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Karantin vaqti kovid yuqtirib, o'rnimdan turishga ham holim bo'lmay qolgan🥺. O'shanda Jyul Vernning "Kapitan Grant bolalari" asarni o'qiyotgandim.

Jismonan uyda dimiqib o'tirsamda, xayolan asar qahramonlari bilan muzliklarda, tog'larda yurganman, kemada suzganman🫶.

Hozir shunaqa sarguzasht asarlarni o'qigim kelyapti yana. O'zim ham shunaqa voqealarni boshdan kechirsam yomon bo'lmasdi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel