"Raqamlar uchun yaralgan idrok" kitobini 1,5 kunda o'qib tugatdim.
Instagramda o'tgan hafta yakshanba kuni 23:59 gacha shu kitobni o'qib tugata olmasam, 1-qavatdan 15-qavatga zinada chiqib, yana qaytib tushaman, deb stories qo'ygandim.
Juma kuni kechgi soat 6da boshlab, shanba 23:50 da tugatdim kitobni. Hammaning oldida shart belgilab kitob o'qish odamga ko'proq mas'uliyat yuklar ekan.
Shanba kuni kechqurun endi kitobni tugatishimga 120 bet qolganida parkka aylangani chiqamiz deb qoldi dadam, soat 22:50 da uyga mehmon kelib qoldi va man kitobim bilan do'konga tushib chiqdim.
Jiyanim tinch qo'ymadi, kitob o'qiyabman, u esa sochimni tortib o'ynab o'tiribdi. Shunaqa "qulay" sharoitda tugatdim kitobni😂.
Oukli opam kitobni zo'r yozgan, o'qib miyam zo'r ishlab ketdi, demaymanu, lekin dars qilayotganimizda biz e'tibor bermaydigan oddiy, ammo foydali usullar haqida o'rgandim.
Barbara opaginam ham avval ijtimoiy sohada o'qib, keyin kasbi tufayli aniq fanlarni o'rganishiga to'g'ri kelgan ekan. Bu kitobni o'qigunimcha dasturlash man uchun emasmikan, matematika va algoritmlarga tushunmayapman, deb nolib yurardim.
Endi kitobdagi usullarni birma-bir sinab ko'ryapman, foydasini seza boshladim. Diqqatimni jamlash biroz osonlashdi.
@gullayotganyurak
Barbara Oukli opaginamni shu kitobini ertaroq o'qimabman. Man uchun o'ta foydali ekanini tushimda ko'rganimda nashrdan chiqishi bilanoq yugurib borib сразу sotvogan bo'lardim.
Rostdanam jonimni berib o'qiyman, yangi bilimlarni чотки o'rganaman degan ilm sevarlar o'qishi shart bo'lgan kitob. Mutolaani tugatishim bilan fikrlarimni aniq asoslab beraman.
Kutinglar, opalaring silarga zo'r taqriz tayyorlab qo'yadi.
Ungacha @thekholbekova kanalimdagi postlarni o'qib turishlaring majburiy🥂.
Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" asari qo'lma-qo'l o'qilmoqda. Ushbu asarni ilk bor ikkinchi sinfimda o'qigan edim.
Blefuskuliklar va Liliputiyaliklar tuxumni poynak qismidan yoki boshqa tomonidan chaqish to'g'risida bir mulohazaga kela olmay tinimsiz jang qilishadi. Asarda odamlarning kamchiligini ochib beruvchi sahnalar ko'p.
Masalan, Gulliver Brobdingneg mamlakatiga tushib qolganida u o'zini qanchalar jiddiy tutishga urinmasin, darozlar Gulliver qancha kuyib pishgani sayin, shunchalik uning ustidan kulishardi. Bizning jamiyatimizda ham liliputlarga o'xshab arzimagan narsaga tortishib, hattoki bu tortishuvni sudgacha olib boradigan odamlar yoki bo'lmasam o'zidan bir necha pog'ona past, kambagʻal aholi ustidan kuladigan, ularga past nazar bilan qaraydigan zodagonlar yo'q emas.
Asarni o'qib tushunmagan odam juda qiziqarli sarguzasht asar ekan deb o'tiraveradi (huddi men birinchi marta o'qiganimdagi kabi).
@gullayotganyurak
Yozganlarimiz ko'p emas, yozishni istasakda yoza olmayotganlarimiz ko'p...
@gullayotganyurak
Yangi kitob olganimda singlim bilan har doim tortishamiz birinchi man o'qiyman, deb.
Frans Kafkaning "Labirint" asarini mandan avval o'qib qo'ygani haligacha yuragimga og'ir botadi😆.
@gullayotganyurak
Oz bilimim bilan haddan ortiq ko'p gapirib yubormayapmanmikan deb qo'rqib ketaman ba'zida.
@gullayotganyurak
Mani hamma qarindoshlarim malades, zo'r kitoblar o'qiyapsilarakan.
Man haliyam "Bir varaqli marketing reja" ni tugatolganim yo'q. Endi jiddiyroq kirishamiz mutolaaga ham, boshqa ishlarga ham.
https://www.instagram.com/reel/CzGoEjRMGbF/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
Instagramga shkalad video joyladim, borib поддержка qib kelamiz, qarindoshlar✨.
Oktyabr oyida atigi bitta kitob o'qidim, u ham kichkinagina kitobcha. Gulhayo Anorovaning she'riy to'plami edi.
Hechqisi yo'q, ertaga 1-noyabrdan boshlab mutolaaga ham e'tiborli bo'lamiz.
Siz bu oyda nechta kitob o'qidingiz?
Koreyada xalqaro munosabatlar sohasida o'qish uchun 80% grant yutganman, lekin Yangi O'zbekiston universitetida o'qishni tanladim.
Disclaimer: chunki chetga ketishimga uydagilar qarshi bo'lgan va o'zim ketishim uchun pulim yo'q edi😂😂😂 .
2019-yil, Zomin yosh ijodkorlari seminari. Ijod borasida ko'p ibratlar olgan vaqtim.
Chop etilgan birinchi she'riy to'plamim "Bahorni qo'msab" kitobim uchun 4mln so'm qalam haqi olganman.
Hozir negadir she'r yozmay qo'yganman. O, ota, makonim, deb bor ovozi bilan she'r o'qiydigan qizcha hozir aniq fanlarni o'zlashtirishga va hayotga real ko'z bilan qarashga intilyapti.
Ulg'aymoqda u.
Endi uni kimdandir ko'proq sertifikat va diplom olish emas, kelajakda kim bo'lishi, ruhiy sog'lig'i ko'proq qiziqtiradi.
Ha, u sog'lom fikrlashni boshlagan.
Endi u tadbirlarda Vatanparvarlik haqida quruq she'r o'qib paxta qo'ymaydi, haqiqiy adabiyot nima ekanini anglashga harakat qilyapti.
U sekin-sekin o'zgaryapti...
@thekholbekova
Kimdir manga kitob sovg'a qilaman deb o'lib turgan bo'lsa, Alisher Umirdinovning "Talaba do'stimga 78+ tavsiya", "Xorijda magistratura'' va "Kuchli akademik blogpost yozish uchun 27 qadam" kitoblarini sovg'a qilinglar:)
@gullayotganyurak
Jadidlarni negadir boshqacha yaxshi ko'raman🥹. Qodiriyni ayniqsa. Qandey tushuntirsam: pinhona yaxshi ko'rishmas, qandaydir boshqacha yaxshi ko'raman.
Balki juda qattiq achinganimdandir. H. Olimjon va Zulfiya er-xotin qo'sh ho'kiz bo'lib rosa birovlarni ustidan yozgan deb eshitganman, G'. G'ulom Qodiriyni sotgan.
Manimcha Qodiriyga achinganim uchun uni boshqacha yaxshi ko'rsam kerak.
ТАҚРИЗ
Ақлинг бўлди бошингга бало,
Қалбинг маҳкум оғир жазога.
Энди қайдан излайсан даво,
Ўз ичингдан чиққан балога.
Эҳ, бедаво дардга йўлиқдинг
Ва умрингни айладинг хазон.
Номинг чиқди, китобинг чиқди,
Сендан шоир чиқади қачон?..
©Одил Икром
@gullayotganyurak
"Bir varaqli marketin reja" kitobini vanihoyat tugatdim.
Kitobni biznes boshlamoqchi yoki uni rivojlantirmoqchi bo'lgan tadbirkorlar uchun ajoyib o'quv qo'llanma bo'la oladi, deb bemalol ayta olaman.
Kitobni 88 mingga olgandim, adashmasam. Voybo'o'o', buncha qimmat bu, degandim o'zimga-o'zim, ammo kitobdagi berilgan ma'lumotlar shu pulga arziydi.
Tadbirkorlar biznesimda sotuvni 10 baravar oshiraman, deb turli biznes treninglarda qatnashadi. Vaholanki, bunday treninglarning narxi kamida besh yuz dollar turadi. O'zim qatnashib ko'rmoqchi bo'lgan marketing kurs 8.5 million edi.
Bir nechta kichkina bizneschalar qilib ko'rgan talaba sifatida ayta olamanki, shu kitobni o'zidagi bilimlar bilan ham biznesni bemalol gullatvorsa bo'ladi.
@gullayotganyurak
Opalaring yangi kitob oldi😎.
"Bir varaqli marketing reja" kitobi tugay deb qoldi. Endi "Binafsharang sigir" kitobiniyam o'qib tugatsam, mani kursimda o'qiganlar qir yuzi besh million so'm topadi, deb biznes trening o'tvorsam ham bo'ladi😂.
@gullayotganyurak
O'zingiz qiziqqan mavzuda kitob o'qish kerak. Bog'bonga Java dasturlash tili haqidagi kitobni berib qo'yish baliqqa daraxtga chiqishni o'rgan, deb aytish bilan barobar.
Ba'zida o'zimni mandan baland daraxtga chiqishimni so'rashayotgan baliqchaga o'xshatib yuboraman.
@gullayotganyurak
Hammaga salom. Ismim Alisher, yoshim 19'da. Ayni damda, Amerikada o'qiyman.
"😅", "😂", "🤣" bu stikerlar kanalimda eng ko'p ishlatiladi, kanalimdan pozitiv postlar ko'rishingiz mumkin va Amerikada student hayotini ham. Qayerda ishlab, nech pul topganimgacha yozaman, xullas join'inglar😅
/channel/+WrGeksgF2E4yZjIy
Kitob o'qiy olmaydigan paytlar kuzatilsa kerak hamma kitobxonlarda. O'zimda bu yil ushbu holat judayam ko'payib ketdi.
Akademik stress, asabiylashish ham sabab bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Yanayam bilmadim.
Kitob o'qiy olmay qolgan paytda kitob do'konlarini aylanish eng yaxshi yechim ekan.
Asal kitoblarni ko'rib ishtaham rosa ochilib ketdi.
@gullayotganyurak
* * *
Dod dedim, shu kecha dod dedim
Tushuning odamizot dedim,
Isyonkor shamollar elchidek
U endi hijrondan shod dedi!
Avvalim...
oxirim,
oxirim,
Ko‘ksimga muhabbat o‘qlarin,
Bexato qadagan mohirim.
Bu dardlar ichinda tentisam,
Sen izlab, sensizlik faryod dedim.
Yursam-u, yo‘llardan gul unsa.
Men boqsam, ko‘zlaring nur bo‘lsa
Va senga eltuvchi yo‘l bo‘lsa,
Xudo deb O‘ziga yolvorsam
Baxtlarga to‘lsaydi xotirim.
Avvalim...
oxirim
oxirim...
Ko‘klamlar ko‘z ochar ko‘nglimda
Bodomzor ochadi ishq sirin
Ko‘ksimda she’r hidi gupillar.
Ichimda yashagan shoirim...
Yuz boshli ayriliq kelyotir,
baringa «o‘liiiim»deb
baqirdim!
Qanchalar kuchlisan sog‘inchdan
shart tortib olsangchi botirim...
Dod dedim,
shu kecha dod dedim.
Tushunar odami zot dedim.
Tushimga kirasan jilmayib,
Men seni...
Umrbod...
Umrbod...
Umrbod dedim...
Xonzodabegim Jamolova (1999-2021)
@gullayotganyurak
Endi kichik qizcha she'rlarining saviyasizligini ich-ichidan his qilsa ham ko'proq she'rlari gazetada bosilishini xohlamaydi.
Saviyasiz she'r va hikoyalar yozgandan ko'ra vaqtincha yozmaslikni ma'qul ko'radi.
Endi bu kichkina qizcha qurilish maydonidagi tadbirlarga ham borib Vatan haqida she'r o'qib paxta qo'yishni emas, biror foydali ish bilan mashg'ul bo'lishni ma'qul ko'radi.
Endi bu qizcha falon millionga saviyasiz she'rlarini kitob qilib chiqartirishni xohlamaydi.
U o'zi va boshqalar uchun foydaliroq ish qilishni to'g'ri deb biladi.
Saviyasiz ijodiy ishlarini respublika nashrlariga yuborib, nashr etilishini kutmaydi.
U o'qiydi, yozadi, lekin hech kimga ko'rsatmaydi. Biladi hali yoziqlarini ommaga taqdim etish uchun ertaligini.
Oshga tushgan pashshadek har bir davrada o'zim yozgan she'rimni o'qiberaman, deb turvolmaydi.
Shunaqa gaplar.
@thekholbekova
2020-yil, adashmasam 26-dekabrda Yoshlar forumida nutq so'zlagandim.
Tarjimalarim endi-endi Qozog'iston, Ukraina va Rossiyadagi jurnallarda chop etilayotgan paytlar edi.
Yodlatilgan balandparvoz gaplarni chiqib, o'zim aytishim kerak deb hisoblaganlarimni gapirib bergandim.
O'shanda Qoraqalpog'istonlik qizchaga "Zulfiya" mukofoti muddatidan avval berilgan, barakalla, qandini ursin, eplagan, qo'lidan kelgan, oldi.
Man esa yetarlicha paxta qo'yib gapira olmaganim uchun ancha tanbeh eshitganman.
"Zulfiya" mukofotining respublika bosqichigacha chiqqanman 10-sinfda hujjat topshirib, ololmaganim uchun xafa bo'lmaganman.
Yutuqlarim kamligini o'zim ham bilardim, shunchaki tajriba orttirganman va hali o'z ustimda juda ko'p ishlashim kerakligini anglagandim.
@thekholbekova
Ertalab 20 bet kitob o'qigandim, kechgacha ishimni tugatib, yana 30 bet kitob o'qishim kerak.
Siroklarni shu ishlarimni tugatganimdan keyin yemoqchiydim, ammo siroklar kutib qomasin dedimda. Qaranga, naqadar mehribonman.
@gullayotganyurak