gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

​​​​"O'zingni ijodkor deb bilganingda "ming lan'at shu adabiyotga" deging keladi, o'quvchi bo'lib yaxshi narsani - shedevrlarni o'qisang, yaxshi adabiyot bor ekan deysan".
✍Tillaniso

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Birovga tuhmat qiladigan, kamiga aybini tan olmaydigan gnida bo'lmanglar.

Lekin haqqingizni ajratmasdan ham qo'ymang. O'sha gap:

"Haq olinur, berilmas!"
-- Behbudiy --

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qaysidir ishni qilishga qo'rqayotgan bo'lsang o'sha ishni qil va boshqa qo'rqma. Duxing yetsa oxirigacha bor.

P/s - ertalabdan motivatsiya beryapman sizlarga💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Beruniy bobomiz, Xorazmiy bobokalonimiz, Navoiy ota-bobomiz deb maqtanishni bas qilaylik.

Bunday deb aytish uchun yetarli sabab yo'q. Biz ko'klarga ko'taradigan allomalarimiz bizga hech qanaqasiga bobo bo'lolmaydi. Ular bizga bobo bo'lish uchun katta ehtimollar bilan o'zlaridan avlod va nasl qoldirmagan.

Yoshlar ko'pchiligimiz bilimsiz ekanligimizga allomalarni aybdor ham qila olmaymiz ular farzand ko'rmagan deb, ammo o'zimiz ilm-fanda nimanidir qoyillatmay men allomalarimizning avlodiman deyishimiz ham xato.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Oʻzbekistonliklar taʼlimga ko'proq pul sarflamoqda📚.

Manba: Markaziy bank

Mayli, balki super kontrakt to'lashayotgandir, balki menga o'xshab kontrakti qimmat joyda o'qishar. Ammo bu statistikani o'qigandan so'ng ko'zimdan yosh chiqay dedi.

Nahotki biz o'zbeklar to'yga kamroq, ta'limga esa ko'proq pul sarflashimiz kutilmoqda🥹.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Ayrim o'zbek xalq ertaklari eskirdi. Ularni qaytadan yozish yoki tahrirlash kerak, degan fikrdaman.

Masalan, "Zumrad va Qimmat" ni olaylik. Yaxshi qiz bo'lish uchun hammaga yordam berishga majbur Zumrad o'z istaklarini ochiq ayta olmaydi, bemalol dam olgani haqida bir og'iz gap ham yo'q.

Ertakda o'ta yaxshi Zumrad va o'ta yomon qimmat obrazi. Ikkalasi ham ruhan zaif personajlar.

Biri hammani xursand qilaman, deb o'zini unutgan bo'lsa, ikkinchisi opasini maqtagani uchun hasad qilganidan ovqatga ko'ppaley tuz solib yuboradigan darajada ahmoq. Uvol bo'ladi, degan gapdan keyin tug'ilgani aniq.

Zumrad faqat ish qilgan sahnalar maqtalgan. O'rmonda adashib qolganida ham kampirning ishini qoyillatib bajargani uchun ham sovg'a bilan uyiga qaytadi.

Bu bilan dangasa bo'lish kerak, uyingizning rasvosi chiqib yotgan bo'lsa ham dam oling, demoqchimasman.

Nega Zumrad vaqtida dam olgani maqtalmagan? Nega kitob o'qigani, bilimli ekanligi uchun maqtalmagan Zumrad?

Nega Qimmat Zumradga u kitob ko'p o'qidi, man kam o'qidi deb hasad qilmaydi yoki sog'lom raqobat qilmaydi?

Ko'pgina o'zbek xalq ertaklarida qiz bolani hech qo'liga kitob olgani haqida o'qimaganman. Balki shuning uchun ham jamiyatimizda qiz bolaning ta'limiga emas, ko'proq ro'zg'or tutishiga e'tibor berilar.

Ko'pgina ertaklarimiz oxiri ikki sevishganning qirq kecha-yu qirq kunduz to'yi o'tibdi, ular baxtli bo'libdi, deya yakunlanadi. Mana nimaga hozirgi to'ylar ortiqcha dabdaba bilan o'tadi.

Ayrim ertaklar yaxshilikka yetaklamayotgandek nazarimda...

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Biz lux sharoitli masjidlarda namoz o'qiymiz, ammo maktab o'quvchilari va talabalar qishda sovuq xonada dars o'tishadi.

Savol berganimda davlat masjid qurish uchun mablag' ajratmasligi, masjidlar asosan xayriya fondlari va ko'ngillilar tomonidan qilingan ehsonlar hisobiga quriladi, deb aytdi ko'pchilik.

Chekka qishloqlarda maktablarda qishda sovuq bo'lishi, isitish tizimlari har doim ham ishlamasligi hech kimga sir emas. Ayrim maktablarda qishda oshxona ishlamaydi, ochiq maydonga klyonka o'rab oshxona qilingan maktablarni ham televizorda ko'rsatishgan.

Hattoki viloyat markazidagi shahar maktablarida ham informatika darsida kompyuter yetishmaydi, fizika, kimyo va biologiya fanidan laboratoriya ishlari bajarilmaydi hisob.

Kutubxonada o'qiydigan kitob yo'qligidan o'quvchilar kitob ham o'qiy olishmaydi.

Masjid qurish va ta'mirlash uchun xalq ehson qilganini ko'p eshitganman. Ammo yigirma yoshga kirib hali kimdir maktabni ta'mirlash uchun ko'nglidan chiqarib pul ajratganini eshitmaganman. Balki bundaylar bordir, ammo juda kam.

To'g'ri, maktablar davlat hisobidan ta'mirlanishi kerak. Ammo masjidlar qurish uchun ehson qilingan pullarning hech bo'lmaganda yarmi maktab qurish va ta'mirlash uchun sarflanganda O'zbekistonda ta'lim sifati sezilarli darajada yaxshilangan bo'lardi balki.

Ayrimlar hammaga masjid qurish uchun ehson qildim, deb maqtanib aytish uchun ham katta summa ajratadi o'z hisobidan. Shu pulga moliyaviy sharoiti yo'q talaba yoki o'quvchiga ta'lim olishi kompyuter olib bersa, qo'shimcha darsining to'lovini qilib bersa savobi masjidga ehson qilgandan kam bo'lmaydi.

“Ilm olish, unga rag‘bat uyg‘otish va sharoit yaratishning ham savobi kattadir” --- muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ---

P/s - pulim ko'payib katta odam bo'lib ketsam ibodat uchun emas, ilm uchun ehson qilaman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​​​Sen
umrimdagi eng go‘zal
Kitobim bo‘lding...

Anglash og‘ir bo‘lsayam,
Tushinish azob bo‘lsayam,
Ruhim huzurlanib,
aqlim qaqshab,
o‘qiyverdim men...

Men Sening umringni
eng chirkin,
eng g‘amgin
sahifasi bo‘loldim xolos...

Yoqib yuboramiz, kel...

✍Guljamol Asqarova

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Odamlarning qalbi o'lgan: kitob o'qishmaydi, mazmunli kino ko'rishmaydi. Hech bo'lmaganda sovg'a qilgan kitoblarining ichiga bildirmasdan gul ham solib qo'yishmaydi...

#kundalikdan
@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Shu kitobni o'qib tugatdim. Men bilgan, ammo har doim ham amal qilmaydigan etiket qoidalarini o'rgandim. Kechroq yozaman bu haqida.

Siz qaysi kitobni o'qiyapsiz?

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​2023-yilda meni xafa qilganlarga chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Sizning sharofatingiz bilan ruhan kuchliroq insonga aylandim.

Tugayotgan yilda kimni xafa qilgan bo'lsam, sizlar battar bo'linglar, shunga loyiq ish qigansilar🤣.

P/s - har ikki toifadagilarga ham bitmas-tuganmas (aqliy) sog'liq tilayman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

https://www.instagram.com/reel/C065Z04M_qh/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==


Instagramga zo'r video qo'yib keldim, borib layk bosib kelish majburiy😂.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hozir qaysi kitobni o'qiyapsiz?

P/s - video eski)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Oxirgi marta aytyapman:
Har qanday sharoitda o'zingga ehtiyot bo'lishni o'rgan.

Soddaligingdan osongina foydalanadigan odamlar orasida yashayapsan)

✍Pretty Ishbekova

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O’zbekiston ilk bor PISA - ta’lim sifatini o’lchashda ishtirok etdi.

Kutilganidek, but reytingda “o’qish”qobiliyati bo’yicha bizni maktab o’quvchilari dunyoda eng oxiridan bitta oldingi o’rin egalladilar.

Ilm-fan bo’yicha ham shunday ko’rsatkich. Bizdan yomonroq yagona mamlakat bu Kambodjiya.

Albatta achinarli raqamlar. Lekin hayriyatki o’lchadik.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Bo'lajak qizimga maktub

Asal qizim, hozircha hayotimda yo'qsan, chunki o'zim endigina 20 yoshdaman. Bu xatni o'qiyotganingda necha yosh bo'lasan, bilmadim.

Sendan umidlarim ko'p, onang sifatida qo'limdan kelguncha qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman. Masalan, chet elda o'qimoqchisan. Dadang (hali dadangni tanimayman) yo'q, qiz bola bir o'zini chet elga yubormaymiz, desa san uchun turib beroladigan darajaga yetish uchun hozir qattiq harakat qilyapman. Avvalasi eskicha stereotiplar miyasida o'rnashib qolmagan insonni tanlayman, nasib qilsa.

Seni o'qimishli bo'lishingni xohlayman, o'zing xohlagan sohangda o'qitaman, xohlagan joyingda ham o'qiysan Xudo xohlasa. Senga ishonaman: har qanday joyda o'z haqingni ajratib, o'zingni yig'ishtirib yuroladigan darajada ruhan va aqlan sog'lom inson bo'lib ulg'ayasan. Seni shunday tarbiyalash uchun o'zim ham o'zimni tarbiyalapman hozir.

Sen bilan kelajakda dugonadek yaqin sirdosh bo'lishni xohlayman. Biror muammo bo'lsa, ayam urushadi deb mendan qo'rqishingni emas, ayam maslahat berishi mumkin, deb menga bemalol hamma mavzuda gapira olishingni xohlayman.

O'smir yoshga yetasan, biror yigitni yoqtirib qolasan. Bunday mavzularda men ham o'zimning ayamga, ya'ni buvingga hozir bemalol gapiraman, aya, shu bola shunaqa dedi, lekin buni prinsiplari manga to'g'ri kemaskan, yoki shu xislati yoqdi deb bemalol aytaman.

Yoningda men turganimda ko'chadan mehr qidirishingni istamayman. Avval o'ylardim man hozir o'qiyapman, ishlayman, farzandli bo'lsam bolam 1 yoshdan oshgandan keyin enaga yollab сразу ishga chiqib ketaman, deb reja qilardim. Hozir sen haqingda qayg'uryapman: ishda vaqtim nima yerkan, nima qilarkansan, deb.

Seni pedofillardan, abyuzerlardan o'zingni himoya qilishni o'rgatish uchun ham hozir sport bilan shug'ullanyapman. Umid qilaman, sen bilan bunday noxush vaziyat sodir bo'lmaydi.

Mana shu ayol mani ayam deb g'ururlanib, mandan o'rnak olishing uchun ham ishni, ham oilani birdek olib borishga harakat qilaman. Unutmagin: eng katta e'tiborni senga va opa-ukalaring yo akalaringga qarataman.

Senga baxtli bolalikni hadya qilish uchun hozir qattiq harakatdaman, I hope dadang ham shunday niyatda yuribdi qayerdadir❤️‍🔥.

Hali yana senga yozadigan maktublarim judayam ko'p!

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Nega kitob o'qish va bir vaqtning o'zida sport bilan ham shug'ullanish kerak?

Ko'p kitob o'qisangiz, konflikt vaqtida to'g'ri muzokara qila olasiz. Tilingiz kalimaga kelmay, bir gapni chaynab o'tirmaysiz nima gapirishingizni bilmay.

Odamlarning ko'ziga tik qarab gapirishni ham o'rgatadi kitob o'qish. Bu bilan haqiqatga erisholmaysiz-u, ammo aybini juda yaxshi bilib turib, gapini olib qochgan, ko'zingizga qarashga botinolmay turgan kimsaga ichingizdagi hamma qolib ketgan gaplarni aytib yengil tortasiz.

Kuch nega kerak? Mayda gapni erkaklar ham ayollar kabi zo'r eplaydi. Kuchingiz va duxingiz yetsa bir musht tushirib, aylantirib teping, qaytib o'rnidan tura olmasin. Agar mard odam bo'lsa yana maydalashmaydi, yo'qsa ehtiyot bo'ling.

Ammo hech qachon faqat kitob o'qib, ilm-fan bilan mashg'ul bo'lgan, o'zini himoya qila olmaydigan luzerga aylanib qolmang.

Tishlagan joyingizni uzib oling!

P/s - haq olinur, berilmas, degan edi Behbudiy.

Nervingga o'ynagan odamni shunaqa aylantirib tepish kerak, qo'shimchasiga gapniyam joyiga va nuqtasiga aniq tekkizadigan qilib gapirishni o'rganish zarar qilmaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kim mani xafa qilgan bo'lsa, kechirdim. Kechirmasam ertaga oxiratda sovuq basharalaringni ko'rishga majbur bo'laman. A tak bir-biringdan sovuq turqilaringniyam ko'rgani hozir ham ko'zim uchib turgani yo'q.

Kimni xafa qilgan bo'lsam, battar bo'linglar. Bu ham kam silarga. Bundanam qattiqroq xafa qilishim kerak edi, lekin bu tarbiyamga to'g'ri kelmasdi.

Mandan o'z aybi bo'la turib mani aybsiz aybdor qilib xafa qilganlar, battar bo'linglar. Yurovringlar xafa bo'lib. Kechirim so'rash etikasini ham bilmaydigan darajada tupoysizlar.

Manga qilgan ishingiz o'zingizga o'n barobar bo'lib qaytsin, degan bo'lardim-u, qachon mani nervimga o'ynagan odamni boshiga kulfat tusharkan deb kutiiiib o'tiradigan darajada ruhan nosog'lom emasman. Xudo bor, o'zi biladi nima qilishni.

"Achchiqlaring bilan o'lib ketinglar", xullas.
-- Oli Imron surasi

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​"Men sezdirmay yig'lashni bilaman, bunday paytda atrofimdagilar ko'zimga nimadir kirib qolgan shekilli, deb o'ylashadi".

✍Jan-Dominik Bobi
📚"Skafandr va kapalak"

Hayotimdan ko'p nolir ekanman o'ylab qarasam. O'qishimiz juda qiyin, o'lgur imtihonlar kelyapti, har kuni issiqda universitetga borgim kelmayapti va hokazo.

Chetdan olib qaraganda faqatgina uy va o'qishdan стабильный hayot tarzi, ammo mana shunday kunlarim ham kimgadir orzuligini tushunmasdim.

Tasavvur qiling: etalabdan kechgacha to'rt devor orasidan chiqmay bir joyda yotish, yana oyoq-qo'lingiz ham ishlamaydi va gapira olmaysiz.

Chaqaloq yig'laydi, onasi qorni och qolgandir, balki tagligini almashtirish kerakdir yoki qorni dam bo'ldimikan deb ovutishga harakat qiladi.

Sog'lom bo'lish uchun ertalab yugurgani erinamiz. Har kuni o'qishga va ishga borishdan noliymiz.

Ammo asar qahramoni suv ichaman deb ham aytolmaydi, qimirlay olmaydi ham. Biz ertalab uyg'onib ko'rishga eringan quyoshni u o'zi mustaqil derazani ochib tomosha qila olmaydi.

''Skafandr va kapalak'' asari qahramoni aytadi: "Onda-sonda kimdir xonaga kirib qolmasa, kun bo'yi deyarli hech qanday voqea sodir bo'lmaydi..."

Biz esa har kunimizdan noliymiz.

Hayotning har lahzasidan zavqlanishni o'rganish kerak.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qaysi asar qahramoni yoki yozuvchi bilan suhbat qilishni xohlardingiz?

Men jadidlar bilan❤️‍🔥.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Мастер времени",
"Har bir qiz bilishi lozim bo'lgan 50 qoida to'plami"
"Latte omili"

Shu 3ta kitob haqida ham review yozishim kerak.

Avval shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblar ko'zimga safsatadek ko'rinardi, ammo yaxshisini tanlab o'qilsa ancha ko'p narsani o'rganish mumkinligini tushunyapman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Kitob o'qib o'tirish bilan aqliy va hissiy xotirjamlikni topish imkonsiz.

Oxirgi vaqtda miyam keraksiz axborotlardan charchab ketgandi. Instagramda qaysi bloger burnini operatsiya qildirgani, o'zimning reels imga keladigan bo'lmag'ur kommentariya va shu kabi bir tiyinga qimmat infolar miyamda izg'ib yurardi.

Istagramda men hayotda bir marta ham ko'rmagan insonlar hayoti ko'proq qiziq edi. O'zimning emas, boshqalarning hayoti haqida ko'proq o'ylardim.

1-aprel kuni instagramga kiradigan vaqtimning statistikasini ko'rib miyam portladi. Kuniga 3,5soat vaqtimni video ko'rib o'tqizar ekanman. 3,5 × 7 = 24,5 soat. Bir sutkadan ko'proq vaqtim va internet trafiklarimni men uchun foydasiz bo'lgan videolarga sarflab yurgandim...

1-aprel kunining o'zidayoq instagram, facebook va twitterni o'chirdim. Mana, bir oydan oshdi, o'zimni ancha xotirjam sezyapman.

- Uyqum yaxshilandi. Uxlashimdan avval ham yotvolib allamahalgacha reels ko'rmayman.

- Blogerlarga emas, o'zimga ko'proq e'tibor beryapman.

- Umuman foydasi yo'q qisqa reelslar emas, YouTube da foydali podkastlar ko'ryapman. Bugundan kerakli ma'lumotlarni daftarga yozib olyapman, birin-ketin hayotda qo'llashni boshlayman.

- Asablarim sezilarli darajada tinchlandi.

- Наушникda qo'shiq eshitmayapman bir haftadan beri. Boshim deyarli og'rimayapti. Hozir faqat mashq qilayotgan vaqtim eshitaman.

Keyingi oylardan knopkali telefon ham olishni reja qildim.

Umrim telefonga qarash bilan o'tib ketishini xohlamayman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​O'smirlik paytimda qing'ir ishlarim ko'p edi. Bularning barchasini yaxshilik yo'lida qilganman, albatta.

Ingliz va rus tillaridan repetitorga borardim. Ikkalasining ham narxi oyiga 180-200 ming atrofida edi. Dadamga har bir repetitorim pulini ustiga kamida yuz yoki 150 ming qo'shib aytardim.

Repetitor o'qituvchimiz kitoblar chiqarishimizni aytardi, ungayam pul bering deb yana o'ttiz-qirq ming qo'shib aytardim.

Xullas, oyiga 300-400 ming atrofida shunday qilib pul jamg'arardim va kitob sotib olardim. Boshqa bekorchi va zararli narsalarga sarflamasdim.

Uydan hech kim ustozlarimga telefon qilib rostdan ham darsingizning narxi shunaqami, deb so'ramagan. O'zim topardim o'qituvchini ham. Ota-onam ishonishgani uchun ko'p tergashmagan. Shu erkinlikni yo'qotib qo'ymaslik uchun ham ko'proq harakat qilardim.

Kitob sotib olish istagi meni yolg'on gapirishga ham undagan.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​What does sapiophile mean?

A sapiophile is someone who is attracted to intelligence or intelligent people.

Yoshligimdan sapiofil odam bo'lgan ekanman, o'ylab qarasam.

Sapiofil bo'lish bir tomondan qiyin,
ammo,
lekin,
biroq:

- O'zingga o'xshagan, balki bilimi, dunyoqarashi, intellekti senikidan ham keng va yuqori insonni topganingda hayoting monoton tarzda o'tmaydi.

- Turmush qurganingdan keyin esa suhbatlaring faqat ro'zg'or mojarolari haqida gap tortishishdan iborat bo'lmaydi.

- Farzand ko'rib shunchaki biomassani ko'paytirishga hissa qo'shmaysan, balki ilmli insonlarni ham voyaga yetkizasan.

Shunaqa)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​O'zi odatda televizor ko'rmayman, bugun oshxonada ishim ko'payib ketgani uchun zerikmay deb oynayi jahonni o'chirmadim.

Bir kanalga qo'ysam, qaynona kelinini pul topmaysan, eringga qarashmaysan, bir toparmon-tutarmon ayolmassan, deb urushadi.

Keyin boshqa kanalga qo'ydim. Bir ayolning nevarasini davolatish kerak bo'ladi. Kelin doktorga borsa, homiladorlik vaqti kalsiy yetishmagani uchun qizining oyog'ida nuqsoni bilan tug'ilibdi.

Qaynona kelinini homiladorlik vaqtingizda og'zingiz tinmasdiku, qizizni davolatishga beradigan pulimiz yo'q. Qizingiz nogiron bo'lib qolsa, bitta cho'loq yigitga erga beramiz, deb turib oladi.

Xullas, har uchta kanalning ikkitasidagi mavzu hamon o'sha-o'sha qaynona va kelin mojarosi.

Urushqoq qaynonalar haqidagi gaplarni eshitib yoki yuqoridagi kabi kinolarni ko'rib, hamma qaynona shunaqamikan deb o'ylab qoladi odam.

Shunchalik maydalashib ketganimiz kanallardagi kinolarning saviyasidan ham bilinadi. Faqat bir xil va siyqasi chiqib ketgan mavzular kinoda olib chiqiladi, rolni esa boshqa aktyor va aktrisalar ijro etadi, xolos.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Uch yildan beri bo'yim tengi balandlikda kitob o'qishni maqsad qilyapman, lekin o'qigan kitoblarimni taxlaganimda tizzamga ham yetib bormayapti.

Balki 2024-yilda 170 sm balandlikda kitob o'qirman?

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​So'nggi hayvon

Dunyodagi barcha hayvonlarni qirib yuborgan odamlar dunyoda qolgan yagona hayvon – yo‘lbarsni izlab yurishgandi. Yo‘lbarsdan ham ko‘p emas, atigi bittagina qolgandi.
- Yo‘lbarsni ham topamiz, - dedi A odam.
- Topganimizda uni kim gumdon qiladi? - so‘radi B odam.
- Albatta, men-da, - dedi A odam.
- Nega endi sen? - baravariga so‘rashdi S va D odamlar.
- Chunki men boshliqman, - dedi A odam.
- Kim seni boshliq qildi? Hammamizning ham dunyoda qolgan oxirgi hayvonni o‘ldirib, tarixga kirgimiz kelyapti. Shuning uchun uni men o‘ldiraman! - dedi S odam.
- Yo‘q, men o‘ldiraman! - dedi B odam.
- Yo‘q, men, - dedi D odam.
Qarabsizki, ular orasida dahanaki jang boshlandi. Bu jang hech qancha vaqt o‘tmay mushtlashishga aylandi. Kim kimga musht tushirayotganini bilmasdi. Buni chetda kuzatib turgan yo‘lbars dunyodagi yagona hayvon o‘zi emasligini tushundi…

✍Mironshox Hasanov
@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kitobxonni xursand qilish uchun ko'p narsa kerak emas. Bitta kitob bo'lsa yetadi.

@asaxiybooks sovg'a uchun rahmat🥳.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qatag'on davrida "ziyoli ijodkorlar'' jadidlarni sotmaganida hech bo'lmasa "below" qatorida turarmidik?

Yanayam bilmadim.

Hattoki qo'shni davlatlardagi ko'rsatkichlar ham biznikidan ancha baland.

"Yig’la, yig’la, Turkiston, yig’la, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig’la, Turkiston".

✍Niyoziy

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O‘qiyvering!
Shunda qalbingiz qarimaydi!

✍Mubashshir Ahmad

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel