"Gulliverning sayohatlari" asarini bolalar uchun yozilmagan.
Asarni ilk bora o'qiganimda vauuv, Gulliver zo'r sarguzashtlarni boshdan kechirgan ekan, manam liliputlar yoki devlar yashaydigan mamlakatga tushib qolsam edi, degan fikr o'tgan.
Ammo vaqt o'tdi. Ulg'aydim, fikrlarim o'zgardi. Yaxshilab e'tibor berilsa, kitobdan hayotning achchiq haqiqatlarini topish mumkin.
Masalan, to'lqinlar sohilga oqizib kelgan Gulliverni liliputlar uxlab yotgan paytda oyoq-qo'lini bog'lab qo'yishadi. Hayotda ham har doim kuchsiz insonlar kuchlilarni uxlab yotgan paytda oyog'idan chalishgan.
Yoki ikkita shahar aholisi tuxumni qaysi tomonidan chaqish haqida ham tortishuv qilishadi. Tuxumni tepasidan chaqdi nima, pastki qismidan chaqdi nima? Qimmat vaqtini arzimagan narsaga tortishish uchun sarflaydiganlar atrofimizda yo'q emas.
@gullayotganyurak
Marry me marosimini qo'pollarcha o'zbekchalashtirganmiz.
Marry me aslida biror yigit yoqtirgan qizidan turmush qurishini chiroyli qilib so'rash uchun o'tkaziladi, bilasiz.
Chet elda kutilmagan vaziyatlarda marry me qilinadi: jamoat transportida, samolyotda, g'orlarda, xullas buyog'i yigitning kreativligiga bog'liq.
Bizda esa qizga sovchi kelib, ota-onalar non sindirib, fotiha qilib bo'lib, hamma narsa aniq bo'lib turganda qilinadi marry me.
Bilmadim, marry me ga ketadigan pulni qizg'onishadimi yoki qiz bola nomiga dog' tushirmaslikni o'ylashadimi, ammo hamma narsa aniq bo'lgandan keyingi o'tkazilgan marry me ning umuman qizig'i qolmaydi.
Bizda ko'p hollarda shunaqa zerikarli marry me qilinadi.
Aslida marry me qanaqa o'tkazilishi to'ydan keyingi baxtni belgilamaydi, ammo kutilmagan vaqtda qilingan syurprizlar ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan.
Mayli, qanday marry qilgan bo'lishsa ham hamma baxtli bo'laversin.
@gullayotganyurak
@withkholbekova - study blogimda ham foydali infolar ulashib borishni reja qilganman. Bu sahifamga ham ulanib oling.
Читать полностью…Jinsiy tarbiyani bolalikdan o'rganish shart va lozim. Bu narsa yosh bolalar/qizchalar o'zini ehtiyot qilishni o'rganishi uchun kerak.
Olti yoshli jiyanimga tana a'zolarining aynan qaysi qismini o'g'il bolalar yoki begonalar tegishi mumkin emasligini sodda tilda tushuntiraman.
Yosh boladan savol qaynab chiqadi. Kasal bo'lib qolganimda o'g'il bola do'xtirga ukol qildirmaymi, deb so'radi. Ayasi yoki buvisining oldida o'g'il bola doktorga ukol qildiraversang bo'ladi, deb javob berdim.
Yosh bolaga ham bola tilida tushunarli qilib uqtirib borish zo'ravonlikning oldini olish uchun kichik qadamcha.
Bu narsani faqat kichkina qizchalarga emas, o'g'il bolachalarga ham sodda va bola tilida yaxshilab tushuntirish kerak.
Mana shu videoni ko'rsangiz jinsiy zo'ravonlik haqida yosh bolalarga qanday tushuntirish kerakligi haqida multfilm ishlangan.
Ingliz tilini bilmaydiganlar ham bemalol tushuna oladi.
@gullayotganyurak
YouTube da bir video ko'rdim "how to become a highly valued woman" mavzusida.
O'zingizga ishoning, doim pardoz qilib yuring, tez-tez kiyinish va soch turmaklash stilingizni o'zgartirib turing kabi maslahatlar berilgan.
Highly valued woman bo'lish maqsadida videodagi maslahatning hammasiga amal qilish uchun ehee ancha mablag' kerak. Masalan, klassik uslubdan sport uslubida kiyinishga o'tish uchun boshdan oyoq kiyim qilasiz. Soch turmakni o'zgartirish, boshqa rangga sochga zarar yetkazmasdan bo'yash 30 dollardan boshlanadi.
Doim pardoz qiling, narsalarning qimmatidan oling, o'zingizdan qizg'onmang, deyilgan. Endi kosmetika masalasiga o'tamiz, Dior brendining ko'zga suriladigan original teni o'rtacha 800 ming so'm turadi. Hali yuzni parvarishlash vositalarini hisoblamadim.
Sizni atrofingizdagi odamlar qadrlashini xohlasangiz, tashqi ko'rinishingizni yaxshilash uchun yaxshigina mablag' sarflashingiz kerak.
Bunday videolarni millionlab ayol-qizlar ko'radi. Ha, mani qadrlashlari uchun pulim yetmasa ham shunaqa qimmat narsa ishlatishim kerak ekan, o'zimga yoqmasa ham doim pardoz qilishim shart ekan, degan fikrga boradi.
O'ziga ishonmagan ayol-qizlar shu maslahatlarga amal qilmasam meni qadrlashmaydi, degan fikrga borish ehtimoli katta. Videoda aytilgan qimmat narsalarni olishga mablag'i yetmasa yana battar siqiladi.
Islom dinida man ko'rgan videoda aytilgan maslahat to'liq bajarilmasa ham har bitta ayol-qiz highly valued woman, ya'ni qadrli ayol, faqat buni o'zi to'liq anglab yetmagan.
Din ayollarning hayotini osonlashtiradi, faqat biz buni hali anglamaganmiz. Islom dinini to'liq anglagan erkak ayolini har qanday sharoitda ham qadrlaydi.
Aytmoqchimanki, highly valued woman bo'lish uchun videoda aytilgan ishlarni qilmasak ham shunchaki ayol/qiz bola bo'lganimiz uchun ham dinimizda highly valued insonmiz.
Bu bilan ayol-qizlar o'ziga qaramasa ham bo'ladi, demoqchi emasman. Eshityapsizmi, shunchaki qiz bola yoki ayol bo'lishning o'zi yetarli, qolgani ikkinchi darajali.
@gullayotganyurak
"Choy damla"
Er har kuni ishdan kelib xotiniga faqat:
- Choy damla, - derkan.
Bir kuni xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol: "Bor choy damla", "Ovqating tayyormi?", - deyaverasiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o‘xshab gaplashib o‘tiramiz?! - debdi...
Ertasiga ishdan kelib xotiniga:
- Jonim, Sahobalar qissalardan o‘qiganmisan? - debdi.
- Yo‘q.
- Senga kimning qiroati yoqadi: Аbdulbositnikimi yoki Minshaviynikimi?!
- Kim ular?
- Muhammad payg'ambarimizning hadislaridan birortasini yodlaganmisan?
- Yo‘q, yodlamaganman.
- Hech bo'lmasa "O‘tgan kunlar"ni o‘qiganmisan?!
- Yo‘q.
- Tur, choy damla!
Bu hikoya biroz kulgili tuyulishi mumkin, lekin uning mazmuniga yaxshilab e'tibor bersangiz, insonni yig'lashga majbur qiladi.
Qiz bola nima uchun ilm olishi kerakligining yana bir sababi ham shunda mujassam.
@gullayotganyurak
Muvaffaqiyat har bir inson uchun individual mavzu va bir kishining muvaffaqiyat yo'li boshqa kishiniki bilan mos tushmaydi.
Ilon Maskning onasi Mey Maskning "Rejali ayol" kitobida o'zi muvaffaqiyatga erishguncha amal qilgan maslahatlarini berib o'tgan.
Mey Mask ajrashganidan so'ng bir necha marta boshqa shahar va davlatlarga ko'chib, ishini topib, o'zini eplab ketgan kuchli ayol. Uch farzandni yolg'iz katta qilish ham oson emas.
Mey Mask abyuziv munosabatni to'xtatishni, eri bilan siqilib yashashdan ko'ra yolg'iz baxtli bo'lishni maslahat beradi.
Jamiyatimizda erining besabab do'pposlashi, nosog'lom munosabatdan aziyat chekayotgan ayollar ko'p. Ammo hamma ayollar ham Mask xonim kabi ajrashganidan so'ng o'z yo'lini topa olmaydi.
O'qimagani, qo'lidan tayinli ish kelmagani uchun erim meni va bolalarimni boqyapti deb qancha do'pposlasa ham yashayveradi.
Kitobda hammasini boshidan boshlash uchun boshqa shahar yoki davlatga ko'chib o'tish maslahat beriladi.
Yuqorida aytganimdek har bir ajrashgan ayol o'zi mustaqil boshqa joyga ko'cha olmaydi, ham unday ayolning ota-onasi yolg'iz yashashiga ko'p hollarda ruxsat bermaydi.
Kamiga bizda ajrashgan ayol yolg'iz o'zi farzandlari bilan yashayotganini eshitgan odamlar tezda noto'g'ri fikrga borishadi.
Kitobda menga eng yoqqan maslahat ayol kishi qariganda o'zini cheklamasligi haqidagisi bo'ldi. Mask xonim 71 yoshida jurnal muqovasining yuzi bo'lgan, qaridim deb o'ziga qarashni va sog'lig'i haqida qayg'urishni to'xtatmagan.
Undan qanday qilib muvaffaqiyatli farzand tarbiya qilish haqida so'rashganida farzandlarining qiziqishlarini qo'llab-quvvatlagani haqida aytadi. Afsuski bizda futbolga qiziqqan bolani huquqshunos bo'lasan deb majburlaydigan ota-onalar yo'q emas.
Mask xonim muvaffaqiyatli ayol, ammo sevimli rafiqa emas. Mayli, bu taqdir. Har bir qizga muvaffaqiyat bilan oilaviy baxt ham nasib etishini tilayman.
Kitobda boshqa maslahatlar ko'p. Ma'lumotlarni filtr qilishni boshlaganimdan beri maslahat ichidan faqat o'zimga keragini olishni o'rganyapman.
@gullayotganyurak
Hozir ko'pchilik qisqa hamda "hazm qilish" oson postlarni o'qishga odatlangan.
Saviyali longread postlardan ko'ra estetik rasm-videolar, qisqa iqtiboslar yuboriladigan yoki kimdir har bir bosgan qadami haqida aytib beradigan lifestyle bloglarga talab kuchli.
Oxirgi vaqtda davomiyligi bir daqiqaga ham yetmaydigan qisqa videolar ko'paygani va kuniga soatlab reels ko'rish oqibati bu.
Instagramni telefonimdan o'chirib, qisqa videolarni ko'rishni to'xtatganimdan so'ng longread postlarni o'qishga erinadigan qoqbosh miyam tiniq fikrlashni boshlab, Iroda, kallamizni ishlatib, kel, bizam foydali uzun postlarni yozib ko'raylik, dedi vanihoyat.
YouTube da ham uzun podkastlarni ko'rib o'tirolmasdim, asablarim tamom bo'ldi, qachon tugaydi bu deb nolirdim. Hozir o'zim instagramda emas, YouTube da foydali video kontent qilsammikan, deb o'ylayapman.
Qisqa videolarni ko'rishni to'xtatganimga ikki oy bo'lyapti, shu vaqt ichida quyidagi natijalarni his qildim:
- Diqqatimni jamlash osonlashdi.
- Men uchun befoyda sahifalardan chiqib ketadigan bo'ldim, kuzatuvchanlik saviyam o'sdi.
- Birorta masalaga chuqurroq yondashadigan bo'ldim, avval yuzaki qarardim.
- Uyqum yaxshilandi, avval soatlab kechasi bilan ham reels ko'riiiib yotardim.
Eng muhimi miyamni мусор ma'lumotlar bilan to'ldiradigan bloglarni kuzatmaslikni o'rgandim.
Instagramda qaysi blogerning to'yi bo'layotgani, qanday mashina olgani haqida emas, o'zim, bilimam va kelajagim haqida ko'proq o'ylashni boshladim.
P/s - avgust oyidan yana instagramga kontent qilishni reja qilganman. Instagramda obunachi yig'ib, keyin ularno YouTube ga o'tqizganim yaxshimi yoki birato'la youtube da boshlaganim ma'qulmi?
@gullayotganyurak
SINFDOSH QIZ
Sinfdosh qiz, seni har kuni
Sochlaringdan tortaverardim.
Xatlar yozib partang ustiga
Qog'ozchalar otaverardim.
O'tirardim senga termulib,
Algebradan misol bahona.
Esiz, tez - tez ishlab berarding,
Men tushunmay qolardim yana.
Sinfdosh qiz, eh, sinfdosh qiz
Qo'ng'iroq ham bizni kutibdi.
Eng quvonchli lahzalarga boy
Maktab davri o'tib ketibdi.
Sinfdosh qiz, eh, sinfdosh qiz,
Qo'lda hassa, sochlarimda oq.
Yuragimni larzaga solib,
Jaranglardi soʻnggi qo'ng'iroq.
Eh, qaniydi yana maktabda
Kim o'zarga baholar olsak.
Takror yana o'n bir yil birga
Takror yana sinfdosh bo'lsak.
Eh, bunchalar mashaqqat hayot,
Taqdir buncha beshafqat nega?
O'n bir yillik qadrdon sevgim
Tashlab keldim sinfxonaga...
Iroda Xolbekova
P/s - maktabni bitirganimga ikki yil bo'libdi bir pasda.
@gullayotganyurak
3/3
Eshmat faqat kitob o'qiydigan botanik emas, deb aytdim. U judayam qiziq odam.
Kitob o'qishdan boshqa hobbilari ko'p. Qo'lida zo'r hunari bor. Yangiliklarni kuzatib boradi, sport bilan shug'ullanadi, u bilan gaplashgan odam zerikmaydi. U bilan deyarli istalgan mavzuda gaplashish mumkin.
Faqat uyda kitob o'qib o'tiravermagani sababli sarguzashtsevar inson, ma'lumki undan judayam qiziq voqealarni eshitish ehtimoli katta.
Eshmat muomala madaniyatini maromiga yetkazadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bekorga vaqt sarflab, o'zining ham, boshqalarning ham nerviga o'ynab, gnidalik qilmaydi. Xoh yuzma-yuz, xoh online suhbat bo'lsin, suhbatdoshiga hurmati baland. Shaxsiy chegaralarni hurmat qiladi.
Unda faqat aql va intellekt emas, farosat ham ishlaydi. Любой joyda o'zini yig'ishtirib yuroladi, shilqim yoki tarbiyasi buzuq emas. Kamiga qayerda bo'lmasin haq-huquqini himoya qiloladi. U bilan bemalol begona joyga ham birga borishdan qo'rqmaslik mumkin yoki bir o'zi qayerga ketsa ham uning to'g'ri va bexatar yurishiga bemalol ishonsa bo'ladi.
Eshmat hammani birdek ko'radi, ofitsantga ham, restoran boshlig'iga ham birdek muomala qiladi. Odam ajratmaydi. Xato qilsa, kechirim so'raydi.
Yaqinlari bilan kichik muammolar tufayli aloqani uzishga yoki oralaridagi munosabatga putur yetishiga yo'l qo'ymaydi. Muammodan qochishga emas, uni birga hal qilishga harakat qiladi.
Eshmat shunaqa zo'r odam. Bugundan boshlab hammamiz Eshmatdek yaxshi inson bo'lamiz.
P/s - tugadi shekilli💅
@gullayotganyurak
Botanik kitobxonlar haqida 1/3
Kitobxonlarni shaxsan o'zim ikkita toifaga ajrataman: botanik kitobxonlar va botanik bo'lmagan kitobxonlar.
Masalan, G'ishmat umuman kitobdan boshini ko'tarmaydi. Kitob o'qib hali zo'r bo'lib ketaman, deb o'ylaydi, afsuski kitob o'qishdan boshqa baloniyam eplolmaydi.
U o'qigan shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarda sport bilan shug'ullanish, tashqi ko'rinish va shaxsiy gigiyenaga e'tibor qilish, kiyinish va muomala madaniyati, yaxshi kadr bo'lish uchun bir nechta chet tillarini bilishi lozimligi, sohasiga doir yangi bilimlar olishdan to'xtamasligi haqida o'qigan.
Afsuski botanik va to'nka G'ishmat yoki G'ishmatoy bularning hech qaysiga amal qilmaydi. Yuqorida aytganimdek, u faqat kitob o'qiyverib oyga uchishni ham reja qilgan.
G'ishmatning qo'lidan kitob tushmagani bois, oddiygina ofis dasturlaridan foydalanishni ham bilmaydi. Sohasiga doir yangi bilimlar u yoqda tursin, o'zining sohasini нормально o'rganmaydi ham.
G'ishmat kam ovqatlanganidanmi yoki chiniqmaganidanmi judayam nimjon. Tashqi ko'rinishi, kiyinish stili ustida ishlamaydi, kamiga unga e'tibor berishmasliklaridan noliydi. To'g'ri, ichki dunyo birinchi o'rinda, ammo odamlarda uning ichki dunyosini titkilab o'tirishga vaqti yo'qligini tushunmaydi.
To'nka G'ishmat kamiga ish yo'q, oylik kam, deb yuraveradi. Qo'shimcha daromad manbaalarini yaratishga aqli yetmaydi shuncha kitob o'qigan bo'lsa ham!
Kitob o'qish va qahramonlarning kechinmalarini tahlil qilishga yetgan kallasi, negadir boshqa narsalarga kelganda ishlamay qoladi...
P/s - davomini endi yozyapman.
@gullayotganyurak
Birorta yigit o'zining telegram blogida "voy, qizim bilan bugun urushib qoldik", "qizimga bugun gul bermabman" kabi itiga ham qiziq bo'lmagan gaplarni aytib o'tirganini ko'rmaganman.
Qizlar yonimizdan qora mushuk o'tsa ham nega shuni albatta kanalimizda yoritamiz, bilmadim.
O'zim tahmin qilgan sabablaridan birinchisi bu ko'pchilik qizlarning shunaqa yengil hazm bo'ladigan va bekorchi kontentlarga o'chligi.
Ayrim qizlar o'zi miyada majlis boshlashga undaydigan bloglarni kuzatib aqlini ko'proq ishlatib qo'yishni xohlamaydi.
Ikkinchidan, lifestyle blog yuritadigan ayollarni ko'p kuzatish ham bunga bir sabab. Qaysi life style blog yuritadigan, obunachisi 10 mingdan ortiq ayol-qizlarni ko'rsangiz, o'zining love storysini yozadi, voy, qizlar bugun nima qildim topinglar, qabilidagi gaplarni shunchaki post qilib o'tiradi.
Qovun qovundan rang oladi, degan gap rost. Hayoti faqat eri va yigitidan iborat blogerni kuzatadigan qizdan yana nima kutish mumkin?
Bir tomondan lifestyle blogerlarni ayblab bo'lmaydi, talabga yarasha taklif beradi ular ham.
To'g'ri, yigitlardan farqli ravishda qizlarda ko'proq emotsiya ishlaydi, ammo yigitim unaqa dedi, bunaqa demadi kabi gazagingizga dori bo'lmaydigan infoni o'qiiib, miyani keraksiz ma'lumot bilan oziqlantirish lozim, degani emas.
Qo'rqmang, biroz jiddiy mavzular haqida fikrlasak, miyamiz og'rib qolmaydi.
@gullayotganyurak
Qiz bola turmushga chiqquncha otasi, akasi, tog'asi kabi mahramlari qaramog'ida bo'ladi. Qiz bolani o'qitish otasi uchun farz deb yozilgandi Shayximizning "Iymon" kitobida.
Aslida Islomni yaaaaxshilab tahlil qilsa, ayol-qizlarning erki bo'g'ilgan emas, huquqlari chiroyli himoya qilingan. O'zbekistonda Islomdagidek ayollarga munosabat va e'tibor qilinsa, feminizmga hojat qolmasdi.
Bilmadim, balki bizda erkaklar ayol eriga itoat qilishi kerak deb o'ziga kerak joyini topib gapni aylantirishadimi yo biz qizlar va ayollar shunchalik soddamizmi, tayyor bizga berilgan erkni talab qila olmaymiz.
Nega ayol-qizlarga zo'ravonlik holatlari ko'p kuzatiladi? Erkaklar astag'firulloh deb, lekin qizi begona qizga yomon ko'z bilan qaraydi.
Nega? Sababi Islomdan bexabar. Xabardor bo'lsa ham faqat quruq ma'lumot o'qigan, chuqur anglab yetishga tovuqnikidan ham ancha tor miyasining kuchi yetmagan. Nimayam deymiz endi :)
Ayrim chala musulmonlar ayol kishi eriga itoat qilishi kerak, avval farzandiga e'tibor qilishi kerak ekanligini juda yaxshi biladi. Dinda to'rtta xotingacha ruxsat borligini yodlab olgan.
Ammo,
Lekin,
Biroq...
Ko'pchilik erkaklar o'zining ayoli oldidagi mas'uliyatlarining o'ndan birini ham dinda buyurilganidek bajarolmaydi, bajarishga kuchi ham, farosati ham yetmaydi.
Masalan, erkak kishi ayoliga har juma kuni sovg'a berishi kerak. Ayrim erkaklar ayoliga faqat to'yida gul beradi, shu bilan tamom.
Nimadir munosabat bilan bozordagi bitta hidi sassiq gulni ko'tarib keladi. Ayolini hech bo'lmasa 200 minglik yaxshi gulga arzitmaydi ham. Uy ishida yordam berish kerakligini gapirmasa ham bo'ladi, jo'ralari podkabluchnik deb nom qo'ymasligi uchun xotinini so'kishni boplab qo'yadi.
O'zi chuqurroq o'ylab qarasak, jamiyatda hech narsani uddasidan chiqolmaymiz, muvozanatni saqlash qo'limizdan kemaydi.
Feminizm olg'a surilsa ayol-qizlar haddan oshishi kuzatiladi. Dindan gapirsa erkaklar bosar-tusarini bilmay xotinini o'rab-chirmab hattoki do'konga chiqishiga ruxsat bermaydi.
Xulosam shuki, Islom to'g'ri anglanib, to'g'ri amal qilinsa, ayollar maza qilib yashaydi, bo'g'ilib emas.
@gullayotganyurak
Amalga oshishi aniq bo'lmagan va hamma ahmoqona deydigan orzularingizni yozib keting.
Masalan, hech bo'lmasa oyga yoki boshqa sayyoralarga borish, okeanda kemada suzish, orollardagi yovvoyi qabilalarnikida mehmonda bo'lish, qora tuynukni yaqindan ko'rish.
P/s - Qizil dengiz ham aslida ko'k ekanligi haliyam alam qilyapti manga🤣.
@gullayotganyurak
Yaqinda bir guruh professional kishilar guruhi 4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Sevgining ma’nosi nima?“ mavzusida so‘rov o‘tkazishdi.
Ba’zi javoblarni o‘qigan kishining yuziga tabassum yugursa, ba’zi javoblar chuqurroq o‘ylashga undaydi. Hatto kattalar tasavvur qilmaydigan javoblar ham uchradi...
1. “Buvimning qo‘llarida artrit paydo bo‘lganidan so‘ng u bo‘g‘imlarini qimirlata olmasdan, oyoq tirnoqlariga lak surtolmay qoldi. Bu ishni buvim uchun har doim buvam qilardi, toki uning ham qo‘llarida artrit paydo bo‘lgunicha. Mana shu - sevgi".
Rebecca, 8 yosh.
2. "Kimdir seni sevsa, u ismingni hammadan boshqacharoq aytadi. Sen ismingni uning tilida xuddi qo‘riqlanayotgandek his qilasan."
Billiy – 4 yosh.
3. «Sevgi shunaqa, avval biron qiz o‘ziga atir, yigit esa adikalon sepadi, keyin ular aylangani borib, bir - birini hidlashadi».
Karl, 5 yosh.
4. «Sevgi bu xafsalang pir bo‘lganida ham seni jilmayishga majbur qiladigan - nimadir».
Terri, 4 yosh.
5. "Sevgi bu oyimning dadam uchun qahva tayyorlaganida har gal uni dadamga berishdan oldin haddan tashqari qaynoq emasligiga ishonch hosil qilish uchun xo‘plab ko‘rishi".
Danny, 7 yosh.
6. «Agar sevishni chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lsang, buni sen nafratlanadigan do‘sting bilan boshlashing kerak».
Nikka, 6 yosh.
7. «Sevgi bu biror bolaga senga uning ko‘ylagi yoqqanligini aytishing va keyin u shu ko‘ylakni har kuni kiyishi». Noelle, 7 yosh.
8. «Pianina chalishimdan oldin
sahnada turganimda, nimalardandir juda qo‘rqdim. Sahnadan meni tomosha qilib turgan hamma odamlarga bir-bir qarab chiqdim va ular orasida menga jilmayib, hayajon bilan qarab turgan dadamni ko‘rdim. Shuncha odam ichida faqatgina u - xuddi mendek hayajonlanayotgandi. Shundan so‘ng men boshqa hech narsadan qo‘rqmadim».
Cindiy, 8 yosh.
9. «Oyijonim meni hammadan ko‘proq sevadi. Yoki siz tunda meni uxlashim uchungina o‘pib qo‘yadigan boshqa biron kimni ko‘rganmisiz?»
Klare, 6 yosh.
10. «Sevgi bu oyimning dadamga qovurilgan jo‘janing eng yaxshi joyini berishi».
Elaine, 5 yosh.
11. «Sevgi bu oyimning dadamni semirib ketayotganini bilsa ham, unga Tom Kruzdan ko‘ra kelishganroq ekanligini aytishi».
Kris, 7 yosh.
12. «Sevgi bu kuchukchang kuni bilan uni yolg‘iz qoldirishingga qaramasdan, seni ko‘rishi bilanoq yuzingdan yalab
qo‘yishi».
Mary Ann, 4 yosh.
13. «Opam meni sevishini bilaman. Chunki u o‘ziga kiyim sotib olish uchun yana do‘konga olib borishlarini bilsa ham, menga hamma eski kiyimlarini beradi».
Lauren, 4 yosh
14. «Kimnidir sevib qolsang, o‘sha lahzada, ko‘zlaring kosasidan chiqib ketadi va atrofingda yulduzchalar aylana boshlaydi».
Karen, 7 yosh.
15. “Sevgi bu – o‘zim sovuq qotishimni bilsamda kurtkamni singlimga kiydirib qo‘yishim".
Jon, 6 yosh.
16. “Sevgi bu – tishlaringdan bir
nechtasi tushib qolsa ham tabassum qilaverish. Chunki, nimangdir yo‘q bo‘lsa ham do‘stlaring seni sevaverishlarini bilasan“.
Emma, 6 yosh.
17. “Erkak va ayolning ochlik, hastalik va yomon kunlardan birga o‘tishi sevgi deyiladi".
Merlon, 8 yosh.
18. “Agar sevgi o‘qishni o‘rganishga o‘xshagan narsa bo‘lsa, unda men uni hech qachon o‘rganmayman. Chunki juda ko‘p vaqtimni oladi".
Glin, 7 yosh.
19. “Sevgi bu – bog‘chani tugatganimdan keyin o‘zimga topishim kerak bo‘lgan narsa".
Tom, 5 yosh.
P/s - Ro'yxatni davom ettirishga harakat qilamiz. Sevgi siz uchun nima?
@gullayotganyurak
Vanihoyat, bugun oʻsha kun keldi💅.
Oʻtgan yili Green Card natijalari chiqqanda e’lon qilgim kelmagandi. Uydagilarga ham aytmagan edim aniq boʻlguncha. Hamma hujjatlar tayyor. Viza muammosiz hal boʻldi. Roppa-rosa bir oydan keyin Amerikaga joʻnayman💅.
Xudo xohlasa oʻsha yerda ishlab, pulni bosib, Vatanga qaytaman. Har holda rejam shunaqa💅.
Albatta qanday qilib viza olganim, umuman Amerika haqida postlar boʻladi, lekin bu blog maqsadidan uzoqlashilmaydi.
Shu paytgacha man bilan bir boʻlganingiz uchun katta rahmat, hammangizga, deb SMS yozvorishibdi manga! Idea chopildi. Vaqtilarga rozi boʻlinglar. Tashakkur barchaga💅.
@gullayotganyurak
Kitoblarni unpacking qilish jon-u dilim. Kitoblarim orasiga yangi kitob kelsa huddi yangi ko'ylak olgandek xursand bo'laman💅.
@gullayotganyurak
Har dam olish kuni kitob o'qishga ko'proq vaqt ajratardim. Bu safargi dam olish kunini boshqacharoq o'tqizdik.
Kecha @gulmira_blogi bilan "Kafka va K" spektakliga bordik, birga ovqatlandik. Gulmira uyimizda qoldi, ertalab soat 4 gacha tuni bilan hangoma qildik. Bugun esa piknik qilib, multik ko'rmoqchi edik, ammo "Shindler ro'yxati" filmini tomosha qildik.
Kitoblar, kino, san'at va she'riyat kabi turli qiziq mavzularda bemalol suhbatlasha oladigan insoning bo'lishi ham bir baxt.
Hozir uncha-muncha yosh qizlar teatrga spektakl ko'rgani bormaydi, jiddiy mavzuda kinolar ko'rmaydi, arzirli mavzularda suhbat qurishga esa kallasi bo'm-bo'sh.
Bunday noyob qizlar qirilib ketmaganimizdan xursand bo'ldim.
@gullayotganyurak
YouTubedagi tayyor ingliz yoki rus tilidagi videolarni o'zbekchaga tarjima qilib, ozgina qo'shib, gaplarni biroz o'zgartirib falon so'mga kurs sotishyapti.
Mayli, hamma rizqini terib yuribdi, eplayaptimi, qandini ursin.
Sen esa til o'rgan!
@gullayotganyurak
Muvaffaqiyatga erishgan har bir odam hozir muvaffaqiyat sirlari haqida kitob yozyapti.
Bunday kitoblarni o'qib turish zarar qilmaydi. Ammo ketma-ket beshta shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat haqida kitob o'qigan inson sifatida ayta olamanki, miyam qayd qilib yuboray dedi.
Shaxsiy rivojlanishga doir kitoblarni ko'p o'qish miyamizni rivojlanishdan to'xtatadi.
Badiiy asarlarda kitobxon erta turib ish yo o'qishga otlanayotgan qahramonlarni ko'rib, nega bu erta turyapti, tushlikkacha maza qilib uxlab yotaversachi. Yo'q, erta tursa ishi o'ngidan kelarkan, demak, man ham erta turishim kerak, deb fikrlaydi.
Qahramonning erta turgandagi kayfiyatini his qiladi eng muhimi.
Alkash, dangasa yoki jinoyatchi qahramonning ayanchli qismatini ko'rib, o'sha odamning holatini butun miyasi tugul qalbi bilan anglaydi.
Ko'pgina motivatsion kitoblarda faqat ichmang, chekmang, erta turing, deb aytiladi, ammo vaziyatni to'liq tushuntirmaydi.
Motivatsion kitoblardagi maslahatlar oshni tayyor chaynab solish bilan bir xil. Bunday kitob o'qigan kitobxon aynan nima qilish kerakligini miyasini ishlatib, chuqur fikrlab aniqlamaydi.
Masalan, qo'limizda krossvord bor. Badiiy kitob o'qigan kitobxon asar mag'zini chaqib, nima xato, nima to'g'ri biladi. Miyasini ishlatib krossvordni ishlaydi.
Faqat motivatsion kitob o'qigan kitobxon unga mosmi yo'qmi, ko'p hollarda o'ziga to'g'ri kelmasada tayyor maslahatni oladi, o'ylab ko'rmaydi bu o'zi xatomasmi deb. Krossvord masalasiga kelsak, motivatsion kitoblarni ko'p o'qiydiganlar o'ylab ko'rmay tayyor javobni ko'chirganga o'xshaydi. Tafakkurini kamroq ishlatadi.
Miyangiz ozuqasini ehtiyot bo'lib tanlang.
@gullayotganyurak
Ijtimoiy tarmoqlar orqali sizga ozgina ma'qul kelgan insonni ideallashtirib, turmush o'rtoq sifatida tasavvur qilib yubormang.
O'z ustida ishlayotgan va maqsadlari tomon intilayotgan shaxsiy blog egalarini ko'p kuzataman.
Eng e'tibor bergan narsam blog egasi chet elda o'qiyotgan, tashqi ko'rinishi yaxshi va bilimi kuchli inson bo'lsa, qarama-qarshi jins vakillari o'zini yo'qotib qo'yadi ko'p hollarda.
Bitta anonim savol-javob o'tkazsa, bo'lajak turmush o'rtog'ingiz qanday bo'lishini xohlaysiz qabilidagi savollar tiqilib ketadi.
Bir tanishim anonim savol-javob qilganida bo'yim shuncha, vaznim shuncha, falon sohada o'qiyman, siz orzu qilgan inson sifatlariga mos kelamanmi, deganlarni ko'rib hayron qolgandim.
Ijtimoiy tarmoqda siz yoqtirib qolgan insondan bo'lajak turmush o'rtog'ini qanday tasavvur qilishini so'rab, maksimal darajada shunga moslashishga harakat qilib, qadringizni yerga urmang.
@gullayotganyurak
Har kuni bir xil ovqat yeyish me'daga tekkani kabi oxirgi bir yarim oyda faqat shaxsiy rivojlanishga doir kitob o'qiyverib miyamning ko'ngli aynib ketdi.
"Мастер времени", "Yosh xonim uchun odobnoma", "Rejali ayol" kitoblaridan olgan foydali xulosalarim haqida sizlar uchun maxsus review yozmasam gunohga botaman axir :)
Ketma-ket 4ta shaxsiy rivojlanishga haqida maslahatlardan iborat kitob o'qidim. Oxirgi bir haftada kitob o'qigim kelmay qoldi.
Chunki to'rttala kitob ham shunday qilsam zo'r bo'lib ketaman hali degan hisni berib ulgurdi va bunday hissiyot menga odatiy holga aylandi. Yuragim ham, qalbim ham, miyam ham bunday hisni tuyishdan charchagan vaqtda o'pkam bilan his qila olmayman axir.
Hamma kitoblardagi tavsiyalar o'ziga xos, ammo unday qilmang, bunday qiling kabi maslahatlarni eshitaverib odam charcharkan.
Shu o'rinda o'zim ham bir so'ralmagan maslahatni tiqishtirib o'tmasam ko'nglim joyiga tushmaydi.
Kitob o'qishdan zerikkan bo'lsangiz, siz aynan kitob o'qishdan zerikmagansiz. Siz bir xil janrdagi asarlarni mutolaa qilishdan charchagansiz. Siz uchun qiziq bo'lgan boshqa yangi janrdagi kitoblarni o'qib ko'ring.
Siz uchun rostdan ham qiziq va yangi hissiyotlar bera oladigan kitoblardan boshingizni ko'tarishingiz qiyin.
P/s - stolim ustidagi tartibsizlikka kulsalariz oq qilaman :)
@gullayotganyurak
Yoshim yigirmada. Boshqa ko'pchilik qiz bola tengdoshlarimdan farqli ravishda sarpo yig'ishga emas, bilim olishga ko'proq pul sarflayapman.
Maktabni bitirganimdan beri ta'lim uchun ishlatgan pullarimga tahminan hisoblab ko'rsam bemalol bitta yaxshi brilliant komplekt olsa bo'larkan.
Xudoga shukr, ota-onam ham bu qoqbosh kallam bilan turmushga berish niyatida emas.
Ota-onam maktabni bitirgandan sepimni tayyor qilib, uzatib yubormasdan o'qishimga qattiq e'tibor qaratgani uchun ertaga farzandlarim va nabiralamga quyidagi gaplarni aytmayman:
- Buving repetitorimga pul bermasdi, lekin sepimga rosa ko'p tilla taqinchoqlar olgandi. Yangi kelinchak vaqtim qirq kun chillada qirq xil kiyim kiyganman.
- Dadangga ham original turetskiy kiyimlardan oberganmiz. Bobong dadangga zo'r kostyum-shim tanlab, o'zini puliga obergan.
Kimda qanday bilmadim, lekin bizda shunaqa, kelin taraf kuyovni bozorga oborib, kiyim oberishadi, hayronman. Man bu an'anani buzaman :)
- To'y qilamiz deb qarzga botgandik, lekin hammani og'zi ochilib qolgandi dasturxonni ko'rib.
- Mahalladagi hech qaysi kelin manchalik sepini zo'r qilmagan. Har bitta ko'ylagimga alohida sumka va tufligacha olgandik.
p/s - men ham qiz bolaman, kiyim-kechakka biroz o'chligim bor. Ammo bir kunlik to'y va qirq kunlik chilla chiqquncha har xil kiyinishim kerak deb o'n yilda ham kiyib tugatolmaydigan bir tonna kiyim olishni reja qilmaganman.
Katta ehtimollar bilan sepimning asosiy qismi rasmdagidek bo'ladi.
@gullayotganyurak
2/3
Aqlli, ya'ni botanik bo'lmagan kitobxon
Endi Eshmatjon yoki Eshmatoy haqida gaplashamiz. U rosayam zo'r odam.
Eshmat ham G'ishmat kabi ko'p kitob o'qiydi, lekin u kitobga haddan ortiq yopishib olmagan, hayotidagi hamma narsani balansda ushlashni biladi.
Eshmat karyera, oila, ish, o'qish va shaxsiy hayotda ham o'zi o'rnini topgan. Qayerga borsa uni hurmat bilan kutib olishadi.
U tashqi ko'rinish oliy o'rinda turmasligini biladi, ammo bu narsani e'tiborsiz ham qoldirmaydi. Sport bilan shug'ullanadi, sog'lom. Kasaldek o'ta ozg'in yoki juda ham semiz emas. Hamma havas ko'zi bilan qaraydigan tanasi bor. U avval bunday tanaga ega emasdi, ammo sport bilan shug'ullanib sog'lig'ini ham yaxshiladi, tashqi ko'rinishini ham.
U G'ishmatga o'xshab, odamlar yovuz, ularning qalbi xunuk, faqat tashqi ko'rinishga e'tibor beradi bular, deb nolib o'tirmaydi. Har qanday joyda tashqi ko'rinishga qarab kutib olishlarini anglab, o'z ustida ishlagan.
G'ishmat qimmat kiyimga pulim yo'q deydi, Eshmat esa qimmat bo'lmasa-da, hamyonbop ham o'ziga yarashadigan va sifatli kiyinadi. U qayerga nima kiyish kerakligini biladi. Kiyimlarini did bilan tanlaydi.
Eshmat kompyuterni bilmaymanda, deb bahona qilmaydi. Ishlarini ilg'or texnologiyalardan unumli foydalangan holda tez va sifatli bitiradi. Garchi kompyuter haqida chuqur bilmasada, ishda o'ziga kerak platforma va dasturlardan foydalanishni biladi.
Eshmat o'z o'qiyotgan/ishlayotgan sohasida ilg'or kadr. Internetda doim sohasi haqida yangiliklarni o'qib boradi, turli dasturlarda ishtirok etib, yana qo'shimcha o'qib bilimlarini mustahkamlaydi.
Eshmat ona tilim, jon-u dilim, deb qotib qolmagan. O'zbek tilida do'stlari bilan gap sotib o'tirganidek kamida ingliz va rus tillarida ham boplab sayraydi.
Voydod, oylik kamda, hech narsamga yetmayapti, deb nolimaydi G'ishmat. Yuqori maosh olish uchun bilimlarini oshiradi, effektiv ishlashda davom etadi. Shu bilan birga unda qo'shimcha daromad manbasi ham mavjud. Kichik bo'lsada, bizneschasi bor. Eplayapti, xullas.
p/s - hali tugamadi.
@gullayotganyurak
Biz o'zbeklar o'zimizga o'zimiz dushmanmiz. Yooog'li osh, hamirli ovqatlarni kechqurun non bilan bo'kib yeb, hazm qilmasdan uxlavoramiz.
Ellikka kirmasdan qon bosimi, yurak, jigarni yog' bosishi, xolesterin miqdori ko'pligidan aziyat chekamiz.
Bir kanalda velosiped ko'p muammolarga yechim, deb yozishgandi. Qisman qo'shilaman. Ish/o'qishga velosipedda qatnash yoki kuniga yigirma daqiqa velosiped haydash sog'liqqa foyda.
Ammo,
Lekin,
Biroq
Biz o'zbeklar avtomobildan kamroq foydalanib, velosiped haydashga umuman tayyor emasmiz.
Birinchidan, ishga demaylik, mayli, uydan ikki kilometr nariga mashinada emas, velosipedda chiqishga uyalamiz.
Kimdir voydod, uyda mashinasi turib, velikda chiqibdi, degan gapidan qo'rqamiz. Mashina o'rniga velosiped minsak, kimdir kallamizni uzib oladi.
Ikkinchidan, bizda qiz bola sha'ni masalasi bor. Poytaxtda qizlar детский traktorchalarni haydab yursa ham birov g'ing demaydi.
Qishloqda yoki chekkaroq tumandagi mahallada qiz bola ko'ylak va lozimda velosiped haydab ko'chani u boshidan bu boshiga o'tsa bormi, sharmanda, uyat. Mahalla xotinlari tugul, g'iybatchi erkaklari ham qolmaydi. Bo'yi yetgan qiz velik haydab yuribdiiii, uyaaat, degan gap butun mahallada aylanadi.
Velosiped sog'liqqa foyda, ammo ko'pincha oddiy velosiped bilan bog'liq holatlarni qabul qilishimiz qiyin.
P/s - fikrlash doirasi ikkinchi holatdagi kabi tovuqnikidek miyasi tor odamlar kartinadagi ho'kizdan ham battar ko'rinyapti ko'zimga negadir)
@gullayotganyurak
U samaradorlik, ertalab erta uyg'onish, vaqtni to'g'ri taqsimlash haqidagi kitoblarni ko'p o'qiyverganidan ushbu bilimlarni amalda qo'llashga vaqt topolmasdi.
Unday qilish kerak, bunday qilish kerak kabi gaplarni eshitaverib qoqbosh bo'lib qolgan, hech narsani his qila olmas, yuragi ham toshdek qotib qolgandi.
Uning miyasi faqat ertalab erta turish kerak, sport bilan shug'ullanish kerak kabi monoton fikrlarga to'lgandi, ammo ma'lumotlar oqimi ko'pligidan miyasi charchab, erta uyg'onolmasdi.
U biznesda daromadni o'n baravar oshirish haqidagi treninglarda qatnashardi, ammo biznes trenerning ikki og'iz maqtovidan havolanib ketib, o'zini allaqachon fitfillioner his qilib yuborgandi.
U otasiz qolgan, bolalik vaqtidan tirikchilik qilishga majbur bo'lgan shum bolachalik hattoki olma sotishga ham harakat qilib ko'rmasdi.
Kimdir unga biznes boshlash uchun qarz berishini kutardi, o'zi harakat qilib pul jamg'arolmasdi ham. Olma pish, og'zimga tush deb yotaverardi.
U tuni bilan "Tong sehri" kitobini o'qib chiqar va ertasi kuni tushlik vaqtigacha moldek qotib uxlardi.
Ha, u shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarni haddan ortiq ko'p o'qiyverib o'zidan o'zi vallomat yasab olgan botanikka aylanib borayotganini his qilolmayotgandi.
@gullayotganyurak
Butun koinotda odamlar va hayvonlar yolg'iz emasmizmi? Multfilmlardagidek tasavvur qilinadigan o'zga sayyoraliklar mavjudmikan?
Qora tuynuklar ortida nima bor ekana? Balki inson o'lgandan keyin boradigan narigi dunyo chegarasidir qora tuynuk...
Lampa kabi kattalikdagi yulduzni xonamga qo'yib qo'ysam, mabodo yulduz isib ketib, uyimni yondirvormasmikan? Yulduz o'zi nima hisobiva yaltiroq ko'rinarkana... Tarkibi qanaqa uni... Yoki archaga ilinadigan chiroqchalarga o'xshamasa kerak.
Oyga yoki boshqa sayyoralarga borib kelgandan keyin avvalgidek normal va sog'lom yashash mumkinmikan?
Videoni ko'rsangiz, meni yaxshiroq tushunasiz.
P/s - Tinch okeanida kemada suzib ketayotgandagi tush ko'rayotib uyg'onib ketgandagi o'ylar💅.
@gullayotganyurak