Yaxshi feedback berish, ya'ni yumshoq muomala bilan kamchiliklar haqida aytish madaniyati shakllanmagan.
Feedback berishni tanqid qilishga ham o'xshatsa bo'ladi. Farqli tomoni tanqidda faqat kamchiliklar aytilsa, feedbackda o'sha kamchiliklarga yechimlar ham tavsiya qilinadi va oxirida yaxshi gap bilan so'z yakunlanadi.
Xo'sh, o'zi to'g'ri tanqid qilish, ya'ni feedback berish qanday bo'lishini quyida misol bilan keltiraman.
Masalan, man ovqat qildim, ammo tuzi kamroq bo'libdi. Agar ayam san qiz tuz solishni o'rganmading, yo'qol oshxonaga, borib tuzni ob kel, desa bu o'rinsiz tandiq bo'ladi.
Chunki ovqatni sho'r qilib qo'ymay deb qo'rqqanim uchun atay tuzni kam solaman.
Agar shu vaqtda ayam ovqatni ko'rib: "qizim, barakalla, ovqat qilishga ancha qo'ling kelishib qolibdi. Sho'rvani yaxshi qaynatibsan, ichida go'sht va kartoshkalari ham yaxshi qaynab pishibdi, lekin tuzi sal kam bo'lib qolibdi. Keyingi safar qancha tuz solsam ekan, deb ikkilansang, mani chaqir yoki yaxshilab ta'mini ko'r.
Agar uyda ovqatning tuzini ko'rishga hech kim bo'lmasa, dasturxonga tuz ham qo'shib ob kelish esingdan chiqmasin", desa bu shakar feedback bo'ladi.
To'g'ri va muloyimlik bilan tanqid qilish strukturasi:
- biror ish haqida ozgina maqtov,
- kamchilik haqida bildirish,
- muammoga yechim tavsiya qilish,
- ushbu muammo hal bo'lishiga ishonch bildirish.
To'g'ri, har doim ham bunaqa uzoq gapirishga vaqt yo'qdir, ammo baribir tanqid qilayotganda ikkinchi tarafning kayfiyatini buzmaydigan qilib gapini ifoda etish yuksak madaniyat sifatida juda qattiq qadrlanadi.
@gullayotganyurak
O'tgan yili @withkholbekova study blogimda foydali darslar tashkillashtirgandik obunachilarim uchun. Ozgina dam olib, yana boshlamoqchiman. Teaching qilish man uchun bir hobby.
A'zo bo'lib, kuzatib boring. Yaqin orada zo'r ish boshlamoqchiman nasib qilsa.
Hammangizni study blogimda kutaman.
@withkholbekova
Hozir hamma aqlli. Ikkita kitobni kecha bozordan ko'tarib kelib, atigi sakkiz bet o'qiganlar ham kanal ochib aql o'rgatyapti.
O'n to'rt yoshli qizchaning kanaliga qo'shilib qolibman, yigitingiz sizdan tez zerikib qolmasligi uchun tavsiyalar deb post joylagan. Kamiga anonimda qizlar opa, yigitim yaqin dugonam bilan xiyonat qildi, nima qilay, deb maslahat so'ragan.
Opa degan qiz necha yosh ekanligi qiziqtirdi, kattalarning ishiga aralashmagan ma'qul, deb chiqib ketdim.
Saviyasiz sahifalar ko'payib ketgan, ammo talabga yarasha taklif degan narsa bor. Kuzatuvchilar ham shunaqa bekorchi va yengil kontentni ko'rsa uchib boradi.
Ayb ko'proq o'zimizda.
YouTube da ilm-fanda shunaqa kashfiyot qilindi va qaysidir bloger turmush quryapti kabi mavzudagi ikkita video tursa, 80% odam ikkinchisini tanlaydi.
Yigitim bilan urishib qoldik, bugun yangi ko'ylak oldim kabi bekorchi gaplar yozib boriladigan kanallarni kuzatadigan dugonalarning ham suhbati shunaqa mavzudan chetga o'tmaydi.
Miyasi уже og'ir, o'ylantiradigan mavzularni ko'tarolmay qolgan.
Aqlimizni nima bilan oziqlantirayotganimizga e'tiborli bo'laylik.
@gullayotganyurak
Kimdir manga sababsiz sovg'a beraman deb o'lib turgan bo'lsa kindle sovg'a qilsin🤣.
@gullayotganyurak
Kim kommentimda negativ yozib, xafa qilgan bo'lsa, otdushi kechirdim. Ertaga qiyomatda kechirmagan odamlarimni basharasini ko'rishga toqatim yo'q.
O'zim kommentda nima deb yozib, kimningdir ko'nglini og'ritgan bo'lsam, battar bo'linglar. Shunaqa ahmoqona fikrlaringiz uchun sizlar bundanam ko'piga loyiqsizlar.
#offtopic
Ayol farzand ko'rsayam ishlashi kerak, pul topishi kerak, uyda o'tirmasligi kerak, degan fikrda qotib qolgan feministka emasman, ammo ayol-qizlarning o'qishi, ishlashi, hayoti faqat eri va bolalaridan iborat bo'lib qolmasligi tarafdoriman.
Tug'ilishi o'n yil kutilgan farzandman. Ayam qizim o'zi qolmasin, maktabdan keganda birovnikida sarson bo'lmasin, deb ishga chiqmagan. Endi yana ishga qaytdi.
Qiz bola uchun erga tegishdanam ko'ra o'qish, karyera ham muhim degani чиста feminist degani emas.
Ayam qishloqdan shaharga kelib, yo'qchilik ko'rib zo'rg'a kollejda o'qigan, poytaxtda medinstutida o'qishiga ruxsat berishmagan. Ayam shu bilimi bilan shuncha bilim olishimga sabab bo'ldi.
O'qishimni uydagilar qo'llab-quvvatlaydi, filologiyaga grant kirgan joyim yoqmay, boshqa joyda kontrakt o'qiyman, dedim, to'lashyapti. O'qishim uchun qanday harajat bo'lsa, qo'lidan kelgancha yordam berishgan.
Endi o'ylang, ayamdan ham yaxshi sharoitda o'qiyapman, mani farzandim qanaqa ilmli bo'ladi?!
#offtopic
Yigiti/qizi yo'q so'qqaboshlar kanalimda uyilvoganmi nima balo🤣.
Yigitim/qizim muhim deb, просто bosganman javoblarni ko'rish uchun. Подкаблучник deb o'ylamanglar.
Yigitim bo'ganda o'ylab ko'rardim balki degan o'y ham keldi, nu hozir postni yozvolay, obdon hangoma qilamiz bu temada.
Birorta ishim o'xshamadi deb siqilib o'tirgandan foyda yo'q, siqilganga yarasha yotvolib siqilish kerak.
@gullayotganyurak
Kim meni xafa qilgan bo'lsa hayit kuni kechirdim. Kimni xafa qilgan bo'lsam to'ppa-to'g'ri qilganman. Battar bo'linglar.
#offtopic
Kimdir manga kitob beraman, deb o'lib turgan bo'lsa, yaxshi o'qiladigan, jiddiy kitoblardan sovg'a qilinglar.
@gullayotganyurak
O'zbekistonda 90% qaynona kelini qiz tug'sa yomon ko'radi, lekin shu ayol bir kuni o'zi ham qarishini hisobga olmaydi.
Enam (dadamning ayasi) oyog'i sinib, bir joyda yotib qolgandi. Biz qiz nevaralar qaradik.
Karantin vaqti kun bo'yi yonida o'tirardim. Suv, ovqatigacha ichirardim. Turolmasdi o'rnidan, hamma kiyimlarini o'zim almashtirardim.
Qiz farzandning qadri shunaqa paytlarda bilinadi.
@gullayotganyurak
Dadam: - Shuncha o'qityapmiz, ertaga dada, aya, ketdik bu davlatga aylantirib kelaman. Sizga qanaqa moshin oberay, deb aytolasanmi?
- Nasib qilsa ha!
@gullayotganyurak
Ayol kishi o'qib nima qiladi, uyda o'tirsin, deydigan gaplarni din borasida radikal fikrga ega odamlar gapiradi. Ayoli o'zidan aqlli bo'lib ketishini xohlamaydi, o'ziyam nimanidir qoyillatib o'qimaydi.
O'ziga qulay yo'ldan yuradi har bitta dangasa eshak.
Lekin shunaqa radikallar ham farzandi Qur'on o'qishini, qori bo'lishini xohlaydi. Buni o'rganish uchun muallimlardan ta'lim olsa bo'ladi, ammo ota yoki ayniqsa ona o'rgatsa savobi katta bo'ladi.
O'qimishli ayol ham diniy, ham dunyoviy ilmni birdek egallaydi. Harakat qilsa farzandiga diniy ta'limni ham o'zi beroladi.
Radikal fikrli odamlar farzandi o'qimishli bo'lishini xohlaydi, ammo ayoli тупой bo'lsayam mayli. Balki bunday erkaklar ishlamay, pul topmay o'zining tovuqnikidan ham tor miyasi bilan farzandini o'qitib o'tirar.
Endi yanayam bilmadim. O'zimning ojiz va shaxsiy fikrlarimni bildirdim.
#offtopic
YouTube dan Ibrat farzandlari sahifasida 11 yoshli qizcha har kuni bitta kitob o'qishi, IELTS dan 7.0 ball olgani va olimpiadalarda qatnashib, bir nechta davlatlarga sayohat qilgani haqida ingliz tilida "sayrab" gapirib bergan.
Shu o'rinda dadasi yo'l-yo'riq ko'rsatgani haqida ham aytib o'tgan.
Mana shunaqa intellekti baland, ilmi bilan jamiyatga foydasi tegadigan farzand tarbiyalash katta maqsadlarimdan biri.
Ammo,
Lekin,
Biroq...
Farzandlarim kelajakda bizga dadam ilm o'rgatgan, lekin ayamda o'qishga qiziqishi yo'q edi, deyishlarini xohlamayman.
Farzandlarim ona so'zini eshitganda uy ishlari bilan band bo'lib, fartuk taqib oshxonadan chiqmagan ayolni tasavvur qilishlarini emas, birinchi o'rinda ilmli, farzandlarini o'qishga ruhlantirgan insonni tasavvur qilishlarini istayman.
Farzandimni o'qimishli qilib tarbiyalayman, desam ham erim uydan yo'qol, ishni eplab qilolmayapsan, deb quvib chiqaradimi?!
@gullayotganyurak
O'qish asosiy ambitsiyasi bo'lgan qizlar uy ishlari, ovqat qilishni yaxshi eplay olishmaydi ko'p hollarda, deb eshitdim. Miyasi ko'p mehnat qilganidan uy ishlari kabi jismoniy mehnatga kuchi qolmas ekan.
O'zim suyuq, ayrim quyuq ovqatlarni yaxshi pishiraman, osh, xamirli ovqatlarni, shirinliklarni kimdir o'rgatmasa qilolmayman o'xshatib. Non yopsam ham ayam peshonamda turadi, chunki tandir qiziganini ajratolmayman yoki xamir achiganini.
Sigir sog'ardik avval, o'shanda ham kimdir buzoqchani ushlab turmasa, o'zim mustaqil sog'a olmasdim.
So'ramoqchi bo'lganim: hamma o'qiyman, karyera qilaman, degan qizlar shunaqami yoki men shunaqa qoqboshmanmi?
#offtopic
Bugun Jizzaxda Ibrat farzandlari loyihasi ochilishidan chiqib, Farangiz bilan muzqaymoqxo'rlik qildik.
Qiziq, fikrlashga majburlaydigan mavzularda suhbatlasha oladigan qizlar bilan hangoma qilib, maza qilaman, to'g'rini aytsam.
Bunday qizlar qizil kitobga kiritiladigan darajada kamayib ketayotganini hisobga olsak, intiluvchan, bilimga chanqoq va aniq maqsadga ega qizlarning mamontlarga o'xshab qirilib ketmagani bir baxt.
Har bir qizning suhbati bekorchi g'iybat gaplar emas, foydali mavzular haqida bo'lishini judayam istardim.
@gullayotganyurak
Hali ota-onangni o'z hisobingdan katta hajga yuborganing yo'q, dunyo bo'ylab bemalol sayohat qilishi uchun sharoit qilib berolganing yo'q, borishni orzu qiladigan shahardan kuniga kamida 800$ turadigan mehmonxonada dam olishga pul berolganing yo'q.
Kasbdoshlarida ko'rib havas qiladigan, ammo sening o'qishing uchun pul orttiray deb olmayotgan qimmat kiyimlar sotiladigan do'konga olib borib tanlang otajon, onajon deyishga hali qurbing yetmaydi.
Otamga, onamga degan yozuv bilan bezab, ular orzu qilgan mashinani olib berganing yo'q. Ularga qo'shimcha daromad kelib turishi uchun tayyor biznes yoki kvartira sotib olib berolganing yo'q.
Samolyotda biznes klassdan joy olib berish xayoling bir chetiga ham kelmaydi.
Topading puling ularni sanatoriyda, lux xonalarda dam olib kelishi tugul o'z harajatlaringga yetmaydi.
Ota-onang dengizni ko'rishni orzu qilishidan xabaring ham yo'qdir balki...
Ular seni deb yoshi bir joyga borsa ham ertalabdan kechgacha, hattoki dam olish kunlari ham ishda, boshlig'ining baqirganini eshitishga majbur.
Qanday qilib kechasi xotirjam uxlaysan?
@gullayotganyurak
1 mln$ evaziga yigitingiz yoki qizingizdan voz kechasizmi?
O'zbek qizlariga ushbu savol berilganda qizlar albatta pulni tanlayman, degan. Koreys qizlari bu pulni ishlab topsam bo'ladi, pul uchun yaqin insonimdan voz kechmayman, deb javob bergan.
Koreyada 1mln$ ni ishlab topish O'zbekiston bilan solishtirganda oson va tez. Koreyada kuniga qattiq ishlasam bemalol 80-100$ atrofida pul topaman deb aytgan tanishlarim yo'q emas.
Ammo O'zbekistonda kuniga 80-100$ topish biroz qiyin masala. Buning uchun kattaroq biznes egasi yoki shaxsiy brendini qura olgan frilanser va reklama sifati zo'r, kuniga reklama oladigan bloger bo'lishi kerak.
Qo'lidan bir ish kelmaydigan, bu pulni yaqin orada ishlab topishiga o'zining ham ko'zi yetmay turgan yosh yigit-qizlar albatta sevganini tanlamaydi.
Qolaversa Koreyada madaniyat va tarbiya bizdagidan ancha yaxshi rivojlangan. Navbatda turish, unutib qoldirilgan buyumlarga tegmaslik kabi holatlar bunga yorqin misol. Demak, Koreyada insoniy tuyg'ularga hurmat ham chuqur qadrlanadi.
Mentalitet masalasi ham bor. Instagramda video tarqab ketib man haqimda odamlar yomon fikrga borishmasin deb ham qizlar pulni tanlayman, deyishgan bo'lsa ajabmas.
Kamiga ikki yosh juftlik bir-biriga ishonmaydigan, ishonchini oqlamayotgan va niyati jiddiy bo'lmagan yigit/qizlarning ko'pligini hisobga olsak, pulni tanlab bir tarafdan to'g'ri qilishadi.
Bizda qiz bola yigit bilan gaplashishi iliq qabul qilinmaydi. 1mln$ evaziga eringiz/xotiningizdan voz kecharmidingiz deb savol berilganda boshqacharoq javoblarni eshitardik balki.
Katta ehtimollar bilan pulni tanlayman degan o'zbek qizlari sevsada shuncha pulni topa olmasligiga ishonganidan shunday javob bergan.
O'zimning xulosamga keladigan bo'lsak, pulingiz ham, million dollarga alishmaydigan insoningiz ham bo'lgani yaxshi.
P/s - yigiti/qizi borlar, o'ylab ko'ringlar, million dollar zo'r pul lekin🤣.
@gullayotganyurak
Haliyam ozgina soddaliging borda, bolam. Odamlar shunaqa ichi kir, maraz bo'lib ketgan.
Ayam
@gullayotganyurak
Ko'p pul topishning o'zi bizni boy qilmaydi, pulni to'g'ri ishlatishni o'rganish va siz ishlamasangiz ham daromad keladigan manbaalarni ko'paytirish kerak.
Masalan, o'tgan yili oilaviy dachaga borgandik, hovlida basseyn, krovayt, arg'imchoq bor, yevro remont qilingan hovlida bir kun dam olishga 150$ atrofida to'laganmiz. Bir kun uchun!
Yoki uy olib, ijaraga berish ham zo'r variant. Masalan, ikkita uyingiz bor deylik. O'rtacha 400$ ijara narxi. Ikkita uyniki 800$ bo'ladi oyiga. Bu pulni ishlatmasdan bir yil yig'sangiz 12 * 800$ = 9600$ bo'ladi.
Endi bu pulni bankka qo'ysangiz, foizi bilan qaytarib olganingizda ancha pulga aylanadi.
Biznes trening o'tvorsam ham bo'larkan :)
Kelajakda o'zim ishlamasam ham daromad keltirib turadigan manbaalar rejasi tayyor.
Endi shu uy va dachani olishga yetadigan pulni topsam bo'ldi.
@gullayotganyurak
"Eh, menga ingliz tilini o'rgatmadingda, hozir zo'r bo'lib ketgan bo'lardim, meniyam kitob o'qishga o'rgatganingda bekorchi yurmasdim", deydigan toksik tanishlar hammada bo'lsa kerak.
Bunday kishilar angayam til o'rgat, mangayam yaxshi kitob o'qit, deb faqat og'zida aytadi, ammo daftar-ruchkasini ko'tarib oldingga kelmaydi.
Bir yutuqqa erisholmagani uchun aybni senga to'nkaydi, o'zidan beayb va oppoq. Kamiga uh tortib siqilib ham qo'yadi oldingda.
Ular manipulyatsiya qilishga shunchalik ustaki, o'zinining mas'uliyatsizligi uchun seni aybdor his qildiradi. Senam ko'tarilib ketib bizni mensimay qo'yding, shunaqada endi degan gaplarni qayerdan topishadi, hayronman.
Olma pish, og'zimga tush deb o'tiradigan odamlar yuraveradi shunaqa nolib birov manga til o'rgatmadi, narigisi manga kitob o'qitmadi deb.
Shunaqa mas'uliyatsizligi uchun ham bir narsaga erisholmagan, kamiga boshqalarni ham boplab ayblab qo'yadigan gnida bo'lmang.
@gullayotganyurak
Ba'zi kishilar bilan gaplashib maza qilasiz, zerikmaysiz.
Qiziqarli suhbatdosh bo'lish uchun o'zimning tahlillarimdan kelib chiqib ayrim tiplar bilan bo'lishmoqchiman.
- Qiziqarli suhbatdoshning nutqi ravon bo'ladi. Bitta gapni aytish uchun chaynalib o'tirmaydi, aniq va dangal gapiradi.
- Keng fikrlash doirasiga ega bo'lishini hisobga oladigan bo'lsak, turli mavzularda kitob o'qiydi, tasavvuri boy.
- Tarix, siyosat, adabiyot, san'at kabi ko'plab boshqa mavzu va sohalarda ham siz bilan bemalol suhbatlashadi. Yangi bilimlarga doim ochiq.
- Bunday odamlarda yumor hissi zo'r shakllangan. O'ziga qarata aytilgan ilmoq gaplarniyam kulgu bilan yengib, suhbatni yaxshi davom ettirib ketaveradi, menga qo'pol gap qilishdi deb qovog'ini uyib davrani tark etmaydi.
- Bunday odam kamdan-kam noliydi. Hadeb muammolari haqida gapirib suhbatdoshining ham kayfiyatiga ta'sir qilmaydi.
- Qiziq suhbatdosh chiqadigan odamning do'st va tanishlari ko'p bo'ladi. Networking nimalarga qodir ekanidan xabardor.
- Eng e'tibor bergan narsam bunday odamlar kuchli shaxsiyat egasi bo'lgani sababli boshqa tanish/do'stlarini yo'qotishdan, ulardan uzoqlashishdan qo'rqmaydi. Voydod, bu do'stim/tanishimdan uzoqlashsam o'zim qolib ketaman deb истерика qilmaydi.
- Qiziq suhbatdoshlar suhbatdoshiga qo'lidan kelgancha yordam bergani uchun ham ko'pchilikning ishonchini qozongan.
- Hammaning ham uning ichki dunyosini o'rganib o'tirishga vaqti yo'qligini anglagan qiziqarli suhbatdosh intellekti bilan birgalikda tashqi ko'rinishiga ham alohida e'tibor beradi.
Qiziqarli suhbatdosh va qiziq inson bo'lish qiyin, ammo mevasi shirin.
@gullayotganyurak
Gulmira bilan ikkita kap-katta qizlar Kungfu panda ko'ryapmiz. Ba'zida shunaqa lirik chekinish qilish kerak.
Hadeb foydali mavzular haqida suhbat qilaverish ham me'daga tegadi, robot bo'lib qoladi odam.
@gullayotganyurak