gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

​​Yangi kelganlar, xush kelibsiz. Sizga o'zimni biroz tanishtirib o'tmoqchiman, eskilar esa mani yanada yaxshiroq tanib olasiz.

Xo'sh, ozgina xarakterim haqida gapirsam.

Avval birov urib o'tib ketsayam indamaydigan qo'ydek yuvosh edim. Hozir eshakdan battar qaysarman, haqimni ajratib olish uchun maksimalno qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Behbudiy bobomning haq olinur, berilmas, gapini sevib qoganimdan beri shunaqaman.

Agar yaxshi muomalani ko'tara oladigan odam bilan oramizda muammo chiqsa, og'ir-bosiqlik bilan gaplashib olaman.

Ba'zida o'zimga-o'zim yoqmay ketaman, kayfiyatim bo'lmaydi. Shunday paytda yoki faqat o'zim bilan band bo'laman yoki hech narsa qilmay shiftga tikilib o'ylanib yotaman.

Qiziq va bir tomondan g'alati xarakterim bor, akam balki shuning uchun ham Oybola deb chaqirar.

Bo'yim atigi 170 sm dan baland, ammo tilim sakkiz metr, bu ayam aytgan gap. Kezi kelganda odamning qanchalik darajada gap ko'tarishiga qarab o'yib-chaqib gapiraman, to'g'risini aytaman doim.

P/s - bo'yim tengi kitob ham o'qiganman. Dasturlash sohasida o'qiyman, ingliz, rus va koreys tillarini bilaman, ielts 7.0, tarjimonman, nolbir IT kompaniyasida ishlayman. Dangasaman, sudlanmaganman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Odamlar urushda o'lib ketyapti, bolalar esa och. Sen esa mayda va arzimas narsaga ham siqilib o'tiribsan.

Havo harorati issiq mintaqalarda aholi suvsiz qolgan, sen esa yigiting istoriyangga layk bosmaganiga asabiylash.

Ota-onang haliyam ertalabdan kechgacha ishda bolamni boqay deb, sen esa kun bo'yi xurrak otib uxla voydodlab issiqda charchab ketganingni bahona qilib.

Atrofingdagilarning yaxshiliklariga rahmat ham aytmaysan, lekin bir ishni noto'g'ri qilsa yuziga sapchiysan. Iching shunaqa kirlab ketganki, yaxshilikni ko'zing ko'rmaydi.

Odamlar yerning jigarini sug'urgudek ish qilyapti, sen esa bekorchilikdan kimning asabini buzishni bilmay o'tiribsan.

O'tiraver.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sog'lom fikr almashish qo'llarizdan kelmas ekan baribir.

Qisib o'tiraqolinglar endi, jonkalarim💅.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Xudoga ishonish yoki ishonmaslik uchun o'zbek bo'lib tug'ilish shart emas.

Qanaqa qilib bunaqa bema'ni gap bilan tugallangan ma'qolani ilmiy tadqiqotlar jurnaliga chiqarishgan, hayronman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qo'shnimiz o'g'lini uylantiryapti. Kelin olib kelgan o'n olti million so'mlik mebelni yoqmadi, deb kuyov taraf qaytarib yuboripti.

Man ayamga: - Aya, mabodo maniyam to'yimdan oldin shunaqa bo'lib qolsa, nima qilasiz?

- Nimayam qilardik, qaynonang qanaqa mebel desa qib boramiz, to'yingga bir hafta qoganda mebelni deb muammo qilmaymizku. San nima qilasan?

- Avvalasi unaqa molparast odamga tegmayman, agar shunaqa bo'lib qolsa, to'yni to'xtataman.

Afsus, shunaqa siyqasi chiqqan muammolar haqida yozmay deysan, ammo atrofingda shunday sodir bo'lsa indamasdan ham ketolmaysan.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Manga kitob sovg'a qilmaydiganlarniyam Yer ko'tarib turibdida)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Iltimos, qizlarjonlar, asalchalarim, kanallaringda xotinlar nega hali turmushga chiqmading, deb so'raganini qayta-qayta yozavermanglar.

Dugonamni yigiti gullar beradi, men bechorani hali yigitim ham yo'q, deb aynan kanalingizni kuzatadigan yigitlarga намёк qilgandek bu haqida hammaga aytishingiz shart emas.

Bo'ldi, yigit, er, mahalladagi xotinlar va mentalitetdan boshqa mavzular haqida ham yozinglar.

Miyangizni ozgina ishlatib ko'ring, og'rimaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Soddasan, desam unaqamas, deb urib yengib ishonmaysanda...

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

To'qson foiz odam kim nima qilayotgan bo'lsa, o'sha ishni yana boshqacha nusxada bajaryapti.

Qaysidir bloger kosmetika biznesini boshlasa, boshqa ayollar ham shu ishni boshlaydi. Yoki kimdir instagramda infoprodyuserlik qilib shuncha topdim desa o'zini shu ishga uradiganlar ham ko'p.

Birovdan ko'chirayotgani uchun ham ularning ishi o'xshamaydi.

To'g'ri, inson o'zining qalb kasbini topguncha o'zini ko'p sohada sinab ko'rishi tabiiy hol, ammo qaysidir insonning ikkinchi nusxasi bo'lib qolishdan ehtiyot bo'lish kerak.

Birovga o'xshayman deb asl o'zligingizga xiyonat qilmang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Yana boshlanadi hozir💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Bog'chada tarbiyachilar va maktabda o'qituvchilar bolalar va o'smirlar psixologiyasidan bexabarligi ko'p yoshlarga pand bergani ajab emas.

Bog'chada hammadan bo'yim uzun edi. Tadbirlarda orqa qatorga turg'izib qo'yishardi, ayam nega oldinga o'tmaysan deb urushardi.

Maktabga chiqqanimda ham oxirgi partadan joy tekkan. Bo'yim uzunligi tufayli. Birinchi sinfda o'zlashtirishim sekin edi, ammo oxirgi partada o'tirardim.

O'sha vaqtda bo'yim uzunligi nuqson va davolab bo'lmas kasallik kabi tuyulardi. Nega boshqa bolalarga o'xshab bo'yim past emas, deb ko'p o'ylardim. Hozir bo'yim uzunligidan faxrlanaman.

Bo'lajak pedagoglar, bolaning qaysidir noyob xislatini nuqsondek his qilishiga sababchi bo'lib qolmang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hayotda ozgina egoistroq bo'lish ko'p hollarda foydaga ishlashini tushundim.

Ilk bora samolyotga chiqqan vaqtim styuardessalar xavfsizlik qoidalarini tushuntirayotganda mabodo noxush vaziyat sodir bo'lsa, kislorod beruvchi moslamani avval o'zimizga, keyin boshqalarga taqish kerakligini aytishgandi.

Nega avval o'zimizga, keyin boshqalarga yordam berish kerak, deb rosa o'yladim. Yonida yaqinlari, yordamga muhtoj boshqa odamlar turganda birinchi o'z xavfsizligimni o'ylash biroz g'alati tuyuldi.

Keyinroq tushundim: avval o'zini himoya qilmagan inson boshqa insonni ham himoya qilolmas ekan.

Masalan, samolyotda uchayotganimizda havo yetishmay qolsa, kislorod moslamasini avval o'zimga taqmay, yonimda sheriklarimga taqaman, desam, nafas yetishmayotgani tufayli atrofimdagilarga ham eplab yordam bera olmayman.

O'zimning ham halok bo'lish ehtimolim yo'q emas. O'zimni yetarlicha himoyalamaganim tufayli o'zimga qo'shib boshqalarni ham o'ldirib qo'yaman, qo'pol qilib aytganda.

Kislorod moslamasini o'zimga taqib bo'lgandan so'ng boshqalarga yordam bersam, o'zimning ham, boshqalarning hayotini ham saqlab qololaman.

Avval o'zimiz, keyin boshqalar haqida qayg'urish boshida biroz yomon ko'rinasada, aslida ko'p hollarda foydaga ishlaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sun'iy intellektning rivojlanib borayotgani meni ham xursand qiladi, ham qo'rqitadi.

Universitetda tushunmagan vazifalarimni chatgptjon zo'r qilib tushuntirib, bajarib bergan. Ayrim fandan a'lo baho olishimda ko'makdosh bo'ldi.

Natijada eee, shunday yordamchim turganda o'qishga balo bormi, keyinroq o'qiymanda deb dangasaga aylandim.

Sun'iy intellekt kundan-kunga rivojlanib borar ekan, ertaga kitob o'qimay qo'yishgacha borishdan qo'rqaman.

To'g'ri, sun'iy intellektning foydali tomonlarini ko'p, ammo zarari ham undan o'n barobar ortiq.

Qaysidir ma'noda gaplarim nisbiy, sun'iy intellektning foyda yoki zarari undan kim qanaqa foydalanishiga bog'liq.

Kelajakda bizga maktabda robotlar dars o'tsa ham hayron qolmayman, lekin sun'iy intellekt, robototexnika rivojlangani sari biz odamlar faqat uxlash va ovqatlanishni biladigan oddiy biologik mavjudotlarga aylanib qolish ehtimolimiz katta.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kelajakda insonlar hayotini yengilashishiga, kelajak avlodning yanada bilimli bo'lishiga hissa qo'sha olishiga yordam beroladigan bilimni o'rganadigan vaqtimda ro'zg'orning bitmas-tuganmas ishlaridan ortmasligim menga ham alam qiladi.

Dasturiy ta'minot muhandisligi sohasida o'qiyotgan talaba qiz sifatida o'zimga va'da beraman: robototexnikani ham чётки o'rganib, kelajakda uy ishlarimga bemalol yordam beradigan robot yarataman.

Tamam.

#offtopic

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Bizda qaysi soha trendga chiqsa, qiziqishlari va potensialidan qat'iy nazar deyarli hamma o'zini shu sohaga uradi.

Masalan, bokschilar g'alaba qilganidan so'ng ularga uy, mashina kabi sovg'alar berilganida ota-onalar o'g'lini boksga berishni boshlagandi meniyam o'g'lim Do'smatovga o'xshab chempion bo'lsin deb.

Balki u bola rasmni chizishni yoqtirar yoki iqtisodchi bo'lmoqchidir.

Yo'q, biz aynan birov bosib o'tgan yo'ldan qayta yurib ko'rishimiz shart.

Yoki IT sohasini olaylik. To'g'ri, daromadi yuqori va kelajagi bor yo'nalish, ammo bir kishi dasturchilikni o'rganib, oyiga besh ming topyapti, degani bu yo'l sizga ham mos keladi, degani emas.

Daromadi baland bo'lgani uchungina qaysidir sohani o'rganish shart degan qonun yo'q.

SMM va psixologiyadan gapiraylik. Chalamutaxassislar ko'payib ketganidan oq va qorani ajratish qiyin bo'lib qoldi.

Tanlagan sohangiz va muvaffaqiyat yo'lingiz boshqa bir inson yurgan yo'lning nusxasi bo'lib qolmasin.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sevgi-muhabbatdan boshqa mavzuda she'r, qo'shiq, kitob yoki kino kontent iste'mol qiluvchini oxirigacha qiziqtirolmasa kerak, degan fikrda edim.

"Interstellar" filmi bu fikrimni parchalab tashladi.

Qiz va yigit o'rtasidagi sevgi mojarosi, o'zimizdagi qaynona-kelin, to'y harajatlari kabi tragediyalarsiz ham kinoni oxirigacha o'tirib ko'rish mumkin ekan.

Koinotga uchib ketgan fazogirlar vaqtni behuda sarf qilmaslikka jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Men esa film qahramonlaridan farqli ravishda huddi bir tonna vaqtni zaxiraga olib qo'ygandek bemalol va beg'am yashayapman.

Tezroq ulguray, tezroq ishimni tugatay, degan fikr miyamga kamdan-kam kelayotgandi.

Chirib ketgan o'zbekona muammo va sevgi, xiyonat mavzularisiz ham tomoshabinni o'ziga tortadigan kinolar bormi o'zimizda?

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qaysi kitobni o'qiyapsizlar?

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Xudoga ishonish yoki ishonmaslikni o'zbek bo'lib tug'ilish belgilamaydi. O'zbeklar orasida boshqa din vakillari yoki hech qaysiga dinga e'tiqod qilmaydiganlar ham ko'p.

Birorta kishi aynan Islom diniga emas, boshqa dinga e'tiqod qildi yoki Xudoga ishonmadi, degani u yashashga noloyiq, degan fikrdan yiroqman.

Aslida shunaqa radikal fikrlab, chala adabiy tahlil qilgan odamning o'zi yashamagani ma'qul😂.

Hazillashdim, insonning qanchalik darajada yashashga loyiqligini biz hal qilmaymiz. Bir odamning yaxshi odamligini uning e'tiqodi emas, qilgan ezgu ishlari isbot qiladi.

Ilmiy tadqiqotlar jurnaliga keladigan bo'lsak, bu yozilgan narsa adabiy tahlilga emas, ko'proq g'iybatga o'xshab qolgan.

Adabiyotni mentalitetga moslashtirish esa faqat va faqat zararga ishlaydi. O'zi shusizam o'zbeklardan Nobel olgan yozuvchimiz yo'q, yana sara jahon adabiyoti namunalarini o'zbekchiligimizga to'g'ri kelmaydi, deb o'tiribmiz.

Yana bu maqolani bitta adabiyotchi yozgan. Nega yozuvchining bu asarini dunyo o'qiyapti, biz qanday yozsak, nima qilsak o'zbek ijodkorlari ham Nobel oladi, kabi muammolarga yechim topish o'rniga quruq g'iybat gapni yozib o'tiribmiz.

Jahon adabiyotni din va mentalitetden kelib chiqqan holda o'qish yoki o'qimaslikni hal qiladigan bo'lsak, o'zbek adabiyotini butun dunyo o'qish ehtimoli pasayaveradi. O'zbek adabiyotini jahonga tanitadigan yozuvchilar chiqishi ham gumon ostida qoladi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qizlarjonlar, asalchalarim, o'qinglar, ishlanglar, pulni bosinglar.

O'qish deganda universitetga borib kelib, to'rtburchak karton qog'oz olishni nazarda tutmadim.

Sarpongiz, to'y harajatlarining hammasini otangizning yelkasiga tashlab qo'ymang, kiyadigan paypog'ingizgacha akangiz olib bermasin.

To'yingiz o'tganidan keyin ota-onangiz qizimizning sepiga mebel olgandik, endi oyiga qir yuzi besh milliondan kredit to'lashimiz kerak, deb o'tirishmasin.

Qaytaga siz aya, dada, maniyam to'yimni o'tqizaman, deb charchadingiz, birorta davlatga borib aylanib keling, mana pul, deb ayta oladigan bo'ling qiz bola bo'lsangiz ham.

P/s - shuncha nasihatni yozdim, endi o'zim ham amal qilishim qoldi, xolos.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Avval kitoblarni yig'lab o'qirdim. Bir necha kun shu kitob qahramonlariga tushgan tashvish tufayli real hayotda tushkun kayfiyatda yurardim.

Hozir ha, kitobda, qayerdan bilaman bu to'qimami yoki rostdan sodir bo'lganmi, hayotda bo'lgan bo'lsa, peshonasiga shu yozilgan ekanda endi, manga nima deb qo'yaman.

Ulg'ayish ko'nglimni kir qilib qo'yyapti.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Yigitlar, sizga savol: bilaman, qizlarning kanalini kuzatasiz.

Mani erim unaqa bo'lishi kerak, haliyam yigitim yo'q, deb xullas yolg'iz ekanini, kanalida faqat shu mavzuda yozib o'tiradigan qizlar haqida fikringiz qanaqa?

Ular huddi o'zini reklama qilgandek tuyulmaydimi sizga?

Mayli, qizlar ham fikringizni yozing💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Faqat ayollar/qizlar uchun deb yozilgan bloglarning ko'pchiligi foydali kontent ulashmaydi.

Kim boshqa kishi bilan qayerga borgani, yigiti nima deb telegramdan yozganini skrinshot qilib tashlagani shaxsan manga qiziqmas.

Shuning uchun ham hozir shunaqa lifestyle kanallarni kuzatmayman. Hozir kuzatadigan kanallarimni ham tanlab, saralab kuzataman.

@mia_gapiradi esa longread postlar yozishga meni undagan kam sonli bloglardan biri.

Ayniqsa ushbu posti meni kengroq fikr yuritishga undagan. Bo'yanadigan, qiz bolasifat BTS kabi koreys qo'shiqchilarini yoqtirmasdim, ammo tanganing ikkinchi tarafi borligini hisobga olmagan ekanman.

Bizda BTS yigitlarini erkaklar hezalak, chala erkak, deb haqoratlashadi, ammo shu haqoratlagan erkaklarning hammasi ham ushbu guruh yigitlari qilgan ishning yarmini ham qilolmaydi.

Hali ham yigitlarning bo'yanishi yoqmaydi-yu, Mianing postidan keyin ularga nisbatan hurmat paydo bo'ldi.

Har xil bekorchi kanallardan charchagan bo'lsangiz, @mia_gapiradi blogini kuzatishingizni tavsiya qilaman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Nimadir yangi insight olaman, deb longread post yozadigan kanallarni o'qiyman kechki payt.

Afsuski shu kanallarda ham mahalladagi xotinlar o'qiyman deb qariqiz bo'lib qolma, degani, yoshlar tik-tokda ko'p o'tirgani kabi chaynalgan gaplarni tanqid sifatida yozishadi.

Kecha intellekti yuqori odam juft topishga qiynalishi haqidagi postni sakkizta kanalda o'qidim.

Hamma bir xil mavzuni chaynaydi. Siyqasi chiqqan gaplarni boshqa so'z bilan yozib, shuni ham foydali deb o'xshamagan longread postni e'lon qilishyapti.

Uzuuun postni shunchaki kimningdir vaqtini olish uchun yozmang.

Kengroq fikrlang, er topish, qaynona-kelin va boshqa maishiy mavzulardan iborat emas hayot.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​"​​...balki sevgi degan narsa - inson har tomonlama kamolotga yetib, aql idroki toʻlgandan keyin paydo boʻladigan bir tuygʻumikin?"
✍Chingiz Aytmatov
📚,,Jamila ‘‘ qissasidan

"Jamila" asarini o'n uch yoshimda o'qiganman, adashmasam. Eri urushga ketgan kelinchakning boshqa birov bilan qochib ketishi Jamilani ko'z o'ngimda tarbiyasiz va axloqsiz inson sifatida gavdalantirgan. (Bu paytda yana qanday fikrga borishim mumkin).

Hozir esa bu qissa haqida qarashlarim butkul o'zgargan.

Aynan hozir Jamila bir tarafdan to'g'ri ish qilgan, sevgisini topgan va odamlarning gap so'zlariga ham e'tibor bermay, muhabbatiga erishgan, degan fikrdaman.

Jamilaning qilgan ishi, menimcha, muhabbat yo'lidagi haqiqiy jasorat va bu hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Ha, u qaltis tavakkalga qo'l urib, to'g'ri qilgan. "Qalb besabrligi"dagi leytenant Gofmiller kabi sevgisini tan olmay, afsuslanib yurmagan harqalay.

Bu asarni ham yana ikkinchi marta qayta o'qishim kerak, balki yana fikrim o'zgarar).

P/s - qayta o'qishim kerak bo'lgan asarlar ko'p, shekilli.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hoziroq Zo'r Tv ga qo'ying. Kitobxonlik haqida intervyu berganman💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Bir qancha muddat yashaysiz, o'lasiz. Tong saharda o'lsangiz asrga qolmay sizni qabrga qo'yib kelishadi, kechki payt joningiz uzilsa, ertasi kuni peshingacha sizni uyda olib o'tirishmaydi.

Huddi chaqirilmagan mehmonni tezroq uyiga kuzatmoqchidek sizni qabrga qo'yishga shoshilishadi.

Ko'zingizga tuproq tortiladi. Siz o'lgandan keyin xudoyi va bir nechta marakalar qilishadi. Farzandlaringiz o'rtacha yigirma-o'ttiz, nari borsa qirq yil qabringizni ziyorat qiladi.

Agar kelajak avlod uchun hamma vauv deydigan nimadir qilgan bo'lmasangiz, farzandlaringiz ham o'lganidan keyin sizni hech kim eslamaydi.

Afsuski bu haqiqat.

O'lganingizdan keyin falonchi inomarka minib yurardi, oxirgi rusumdagi telefonni ikki kun o'tmasdan sotvolardi, faqat qimmat butiklardan kiyinardi, deb sizni hech kim eslamaydi.

Chizgan betakror suratlaringiz, yaratgan musiqalaringiz, yozgan kitoblaringiz va ilm-fanda qilgan kashfiyotlaringiz uchun ilm va san'at ixlosmandlari sizni Yerda hayot tugagunicha eslab yurishadi.

Tarki dunyo qilib, mani eslashlari uchun yotvolib o'qing, demayapman. Hozir hamma moliyaviy ahvolingizga qarab muomala qiladi. O'zingizga bo'lgan bahoyingiz ham kistangizda nechi pul borligi bilan qaysidir ma'noda chambarchas bog'liq.

Sizni o'lganingizdan keyin ham eslashlarini xohlasangiz, ilm-fan yoki san'atda kattaroq ish qiling.

Nahotki shunchaki yashab-yashab shunchaki o'lib ketish mumkin bo'lsa?

Umr tugamasa, o'rganaversang...

P/s - rasmda turli xil hayvonlarning miyasining rasmi berilgan. Kallamiz ichidagi miya boshqa hayvonlarda ham bor, ko'rinishdan deyarli farq qilmaydi. Faqat uni ishlata bilish kerak, xolos.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Bugun uydan chiqmay o'tirgan joyimizda istalgan kitobimizni topib, elektron shaklda o'qishimiz mumkin. Quyida eng sara kitoblarni yuklab olish mumkin bo'lgan saytlarning manzili bilan bo'lishaman.

Twirpx.com - 2.5 mln dan ziyod kitoblar manbayi hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tganda 100 ball bonus beradi. Bu bonusga 10ta kitob tekin yuklab olishingiz mumkin.

audio.ziyonet.uz - Nafaqat kitob oʻqish, balki audiokitob eshitish ham maroqli. Ushbu manzil orqali durdona asarlarning audioshaklini topishingiz mumkin.

getabstract.com/ru/explore - Ushbu saytda badiiy bo'lmagan ruscha kitoblarning qisqacha mazmuni nashr etiladi. Kitob tanlay olmayotgan paytingizda ayni muddao.

http://pdfdrive.com/ - Bu sayt bepul kitoblar jamlanmasi, yuklab olishda cheklovlar yo'q. Ingliz va rus tilidagi kitoblarni topishingiz mumkin.

@MegaBooksbot - bu bot orqali ingliz, rus va o'zbek tilidagi kitoblarni topib o'qisangiz bo'ladi. O'zim ham shu botdan foydalanaman.

@s_knigibot - Mana bu bot esa rus tilidagi kitoblarni topib beradi. Ruscha kitoblarning koni bu manzil.

P/s - Atay topib keldim sizlar uchun💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hozir bankani to'g'ri yopish, idishni toza yuvish haqida ham kurslar o'tishyapti.

Puliga arziydigan kurslarda o'qib bilim olishga qarshi emasman.

Yaqinda bir qizchaning kanaliga qo'shilib qoldim: saytdan daromad qilish haqida kursi bor ekan. Saytda reklama ko'rish, videolarga layk bosish, kommentariya yozish kabi ishlar qilib pul toparkan.

O'quvchilari haftada 300-400 ming, eplaganlari 2 mln so'mgacha topgan pulini rasmga olib отзыв bergan.

Man ham qatnashsammi, deb feedbacklar yig'ilgan kanalida rasmlarni obdon titkilab chiqdim. O'nta reklama ko'rib, yana bir 20 ta videoga komment yozganingizga 20 rubl to'langan ekan.

1 rubl tahminan 143 so'm, 20 × 143 = 2800 so'm.

Miyangizni trash ma'lumotlar bilan to'ldirib kamiga internet trafiklaringizni sarflab topgan bu pul o'zini oqlamaydi.

Saytlardan shunaqa заказ olib, pul topish uchun ko'z nurini ketqazib, kun bo'yi telefonda o'tirish kerak.

Kun bo'yi telefonda o'tirib, sog'liq va vaqtni yo'qotasiz.

Kursimda o'qigandan keyin shuncha pul topasiz, degan gapiga ishonib bor pulingizni ham yo'qotib qo'ymang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sokin va bu dunyoda borligi haqida hech kimga jar solmay tinchgina yashaydiganlarga havasim keladi ba'zan.

Ishlaydi, pul topadi, sayohat qiladi, mashina, uy oladi, tug'ilgan kun va bayramlarni tor davrada nishonlaydi. Bu haqida sanoqli odamlar biladi, hammaga bu haqida e'lon bermaydi.

Mashinaning ham oddiyrog'idan minadi. Aslida puli beeeemalol yetadi, ammo buni hammaga ham bildirmaydi.

Eng maza joyi, ijtimoiy tarmoqda har bir baxtli lahzasini joylamaydi, o'zi haqida g'iybat, ortiqcha gap ko'paytirishni xohlamaydi.

Скромно yashaydi shunaqa odamlar. Boshqalarning e'tibor markazida bo'lmaydi, odamlar ularga ichi kuyganidan asabini ham buzmaydi, ko'ngliga ham ozor bermaydi.

Shunaqa tinch yashashning ham gashti boshqacha.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Oz bilimim bilan haddan ortiq ko'p gapirdim.

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel