gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

O'n sakkiz yoshda talaba bo'la olmaslik fojea emas. O'zingizga yoqmaydigan kasbda bir umr ishlash haqiqiy fojea.

Kontrakt kirish ham unaqa vahima qiladigan narsa emas. To'g'ri narsaga investitsiya qilingan mablag' doim o'zini ortig'i bilan oqlaydi.

O'qishga grant kirganingiz ham muvaffaqiyatli kelajak kaliti emas. Grant kirib qo'ydim, yorib tashadim, demasdan to'xtamay maqsad sari intilish baxtli kelajakka eltuvchi yo'l ekanligini mendan yaxshi bilasiz.

Talaba bo'lganlar, to'rt yilingizni faqat o'qishga borib kelish uchun sarflamang.

O'qishga kirolmaganlarni esa sessiya, davomat, forma kabi boshog'riqdan Xudo asrabdi :)

Kitobxon sifatida aytamanki, Alisher Umirdinovning "Talaba do'stimga 78+ tavsiya" kitobini o'qishingiz shart.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

4 oyda ielts 6.5 oldi, 3 oy matematika o'qib 18 ta ishladi. Maktabni oltin medal bilan tugatdi.

Harbiylarning o'g'li paaaast ball bilan grant kirganda singlim o'z kuchi bilan o'qishga kirdi.

Malades💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Er-xotin birga qo'shilib ichadigan oilalarni bilaman. Eri ichmasayam, xotini ichkilikka mukkasidan ketganlarni ham ko'rganman.

Ko'pchiligining ro'zg'orida barakasi yo'q.

Diniy kitoblarni ham ko'proq o'qish kerak ekan. Inson o'zini isloh qilishni o'rganarkan, axloqini to'g'rilarkan.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Miss bookwormning qaytishi yoxud yana faol mutolaaga odatlanyapman.

"Saodat asri qissalari" ni boshlab, kamiga shu vaqtda "Professor Douelning boshi" ni ham tugatdim.

Saodat asrini ham endi tugatib qo'yaman. 1-qismining yarmidan o'tdim.

Belyayevning kitobini o'qib kechasi qo'rqib uxlolmay chiqdim. Kitobdagi voqealarni o'zimda tasavvur qilib ko'rdim.

Tasavvur qiling: siz o'ldingiz, tanangiz mayda-chuyda bo'lib ketdi, ammo boshingiz sog'.

Boshqa o'lgan kishining tanasiga boshingizni o'tkazishga ruxsat berarmidingiz? Evaziga avvalgidek yashayverasiz, faqat boshqa tana bilan.

Rozi bo'larmidingiz bunday operatsiyaga?

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ayam qariyapti.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ushbu videoni Azamat Matyakubov storisiga joylagan. Ayolini qo'llab-quvvatlab, shodligiga sherik bo'lganiga haqiqatda havasdaman.

Diyoraning ham turmush o'rtog'iga mehr bilan qarab qo'l silkishini qarang❤️.

Sizni ham shunday qo'llab-quvvatlashga va'da berishmasa turmushga chiqmang, qizlar😂.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Baribir kitoblarimni sepimga qo'shib ob ketaman)

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Tarbiya kishi o'ziga mas'ul shaxslar nazorati ostida o'zini qanchalik sipo tutishida emas, bir o'zi yolg'iz qolganida yoki erkinlik berilganida o'zini qanaqa tutishi bilan belgilanadi.

Ota-onasi oldida qo'li ko'ksida salom berib, o'zi qolganida sigaret chekadigan yoki hech kim ko'rmayaptiku deb ichadigan farzand tarbiyali farzand emas.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Boshqalarga o'xshab tinchgina yasholmasam nima qilay🫠.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ruslardan biz haqimizda fikr. Keyinroq o'z fikrimni ham yozaman.

Ungacha birga asabiylashib turaylik🫠.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Har xil yo'nalishdagi eng qiziqarli kanallar, erinmasdan ko'rib chiqing, afsuslanmaysiz.

@Ilm_nur_kutubxonasi – ko‘p gapirmaymiz, ko‘pga yetadigan qilib gapiramiz.

@Azizbekh17mem-Ijtimoiy va siyosiy masalalar sarkazm orqali yoritiladi.

@Eski_Savollar_Bazasi. - zakovat olamidagi minglab savollar.

@kingbooks_uz - Bestseller asarlardan iqtiboslar.

@Uzbekchilik17- Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent.

@unga_atalgani ~ Сенсизлик кетсин, сен кел.💗🪐

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami.

@ateo_uz - Ilm-fan, san'at, kosmos, shaxsiy va ilmiy fikrlar...

@rakhmonalievs_blog - taqrizlar, tarjimalar, mulohazalar, kitob oʻqishga targʻib qiluvchi blog.

@stoik_kutubxonasi — adabiyot, tarjima, mifologiya va falsafa.

@gullayotganyurak - hayot faqat kitoblardan iborat emas.

@bobilkinoteatri — qiziqarli filmlar va ular haqida ma'lumot tashlab boriladigan kino koinot!

° Hammasiga qóshilish uchun.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Bugunning o'zida 100 bet o'qidim💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Multfilm ko'ring, qalbingiz yumshaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sevsangiz meni kontraktim bilan qo'shib seving. Kreditga qolgan, hali pul to'lab o'qilmagan fanlarim bilan seving🫶.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hadeb g'iybat qilaveradigan ichi qora odamlarga ham qiyin.

Bechoraning qiladigan ishi judayam kam yoki yo'qligidan nima qilishni bilmay qolishadi.

Dunyoda urush, suvsizlik, havo isib borayotgani, ocharchilik, atrof-muhit ifloslanishi, sog'liq bilan bog'liq qir yuzi besh millionta global muammo turibdi,

ammo,
lekin,
biroq

ularga birovning nega ajrashgani, kimningdir o'ta shaxsiy muammosi, nega semirib ketgani, begona odamning nima uchun farzandli bo'lmayotgani haqida o'lib-tirilib bosh qotirishadi.

Kitob o'qing, yutup to'la foydali video, bilim oling, ishlang, o'zingizni rivojlantiring, shunchalik band bo'lingki, birovni orqasidan gapirishga vaqtingiz bo'lmasin, qaytaga shu ish foydaliroq, desang battar ko'p gapirishadi "voydod, bu o'zicha aqlli bo'p qolgan" deb.

Shuncha ishim, qancha jiddiy mavzular turganda man ham bekorchilar haqida gapirib o'tiribman.

Odam bo'lmay man o'lay)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

96 ball bilan diplomatiyaga grant kiribdi xalqaro munosabatlarga, otasi harbiy ekan.

Yana bittasi 93 ball bilan toshmi ga grant kirgan davolash ishiga.

Otasining kasbi tufayli talaba bo'lganlar ertaga norm mutaxassis bo'b chiqarmikan?

Qiziq.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Singlim talaba bo'ldi🥳.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kimdir Irodaga kitob sovg'a qilaman, deb o'lib turgan bo'lsa, Belyayevning "Odam-amfibiya" kitobini подарка qilsin. Ruscha bo'lsa ham mayli💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Aynan hozir soat tungi 1 da pianino chalishni, shahmat va tennis o'ynashni o'rgangim, teatrga borgim kelib qoldi.

Do'xtir chaqirvoringlar🤣

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Mutolaadan uzoqlashganim sari hayot meni odamlar bilan jazoladi".

Ushbu gaplarning muallifi kim ekanini bilmayman, ammo yuragimdagi og'riqni aniq ifodaladi.

Kanalda yuqoridagi postlarni o'qisangiz, deyarli faqat kitob haqida yozganman. Agar kitob o'qiyolmasam, tinchgina bitta rasmchani olib, iqtibos joylab qo'yardim, bo'ldi.

Ulg'aydim, fikrlay boshladim biroz va atrofimdagi voqealarga o'z shaxsiy fikrimni bildirish istagi tug'ildi. Va o'xshasa-o'xshamasa longread post yoza boshladim. Qovun tushirgan, yomon kalla qo'ygan postlarim ham talaygina.

Longread yozishga kirishib, befarq bo'lmaslik va kengroq o'ylashni o'rgandim.

Ammo, lekin, biroq...

Shu ishni bekor qilgan ekanman. Atrofda muammolarga haddan ortiq e'tibor berib, o'zimni esdan chiqarib qo'yibman.

Qon-qonimizga singib, siyqasi chiqqan mavzularda bekorchi odamlar bilan soatlab kommentda gap tortishibman. Oh, asablarim...

Endi bu tugamas muammolardan qochish uchun ham mutolaaga sho'ng'iyman.

Yaxshiyam kitob bor✨.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O'qiyman, ishlayman, nimanidir qoyillataman degan ayol-qizlar uchun oilasining qo'llab-quvvatlashi naqadar muhimligiga Diyora Keldiyorova misolida guvoh bo'ldik.

2022-yil instagram sahifasiga to'yida tushgan suratlari joylangan ekan. Adashmasam hali farzandli bo'lishmagan.

Turmushga chiqqandan so'ng bo'ldi, uyda o'tirasan, ayol kishisan, sport bilan shug'ullanmaysan deb cheklamaganki, mana shu berilgan imkoniyat va erkinlik o'zini oqladi.

Azamat Matyakubovga hurmatim cheksiz, nimaniyam eplarding, demay ayolini qo'llaydigan insonlar ko'paysin.

P/s - ana endi O'zbekiston deganda ko'pchilik Anorani emas, Diyorani eslashsa ajab emas.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ertaga soat 7:00 gacha nimadir post joylamasam, singlimga 4ta kitobimni o'z-o'ziga bervoraman🤣.

Erta turish uchun motivatsiya bu)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

E'tiborsizlikni xushlamaysan, lekin ortiqcha e'tibordan ham bo'g'ilib ketasan...

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Rossiya Ukrainaga endi urush e'lon qilgan vaqtlarida ko'pchilik rus adabiyotini o'qishni to'xtatgan edi.

Tarix va siyosatdagi hech qanday voqea til o'rganish, bilim olish va boshqa bir xalqning ustidan kulish uchun sabab bo'lmasligi kerak.

Ammo bitta narsa qaysidir ma'noda g'ashimga tegadi: Til o'rganganlar o'zbek tilini bilib turib ham oilasida biror xorijiy tilni dominant tilga aylantiradi, chet tilida sayrab, o'zbek tilida ravon gapira olmaslikni obro' deb biladi.

To'g'ri, poliglotlarda so'zlarni chalkashtirish yoki birorta iboraning tarjimasini topa olmay qolish normal holat va buni tushunsa bo'ladi.

Ammo o'z ona tilini ham, boshqa xorijiy tilni ham chala o'rganib, ikkita tilni aralashtirib, ham o'z ona tilingizga, ham boshqa tilga ikki karra hurmatsizlik qilmang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

@qamarbooks jamoasiga chiroyli tabrik va ajoyib kitoblar uchun tashakkur❤️.

Kofe, choy va kreativ o'ram uchun esa alohida rahmat.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O'ttizga kirganda ham turmush qurmaslik tragediya emas, muhimi to'g'ri insonni topish va bir umr baxtli yashash.

O'n sakkiz yoshda talaba bo'lmaslik ham global muammo emas, muhimi kishi umri oxirigacha maza qilib ishlaydigan kasbini topish va insoniyatga amali, ilmi bilan foyda keltirish.

Turmush qurgach bir yilda ikki bolali bo'lmaslik ham unaqa asabiylashadigan mavzu emas. Farzandni dunyoga keltirgandan so'ng uni yaxshi inson qilib tarbiyalash muhim.

O'zi bir martagina yashaymiz. Hayotni qiyinlashtirmasdan yashaylik.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Nahotki kimnidir boricha qabul qilish, kamchiliklari bilan yaxshi ko'rish shunchalik qiyin bo'lsa?

Bizda hamma kimgadir yoqish uchun o'zini ruhan qiynab yashashga majbur.

Masalan, qiz bola qaynonam belimga tepib haydavormasin deb o'qimay uy ishlarini o'rganadi, ayollar o'g'il tug'madim el oldida sharmanda bo'lmay deb uch yilda to'rtta bo'lsayam tug'adi.

Bunaqa holatlarni sanasa adog'i yo'q.

"Boshqotirma 2" multfilmida tashvish tuyg'usi qizaloq Raylini tinch qo'ymaydi: yangi jamoasidagi qizlarga yoqish uchun sochini yoqmasa ham qizilga bo'yaydi, yetarlicha uxlamay mashq qiladi, qizlar man haqimda qanaqa fikrda ekan, deb o'ylab kechasi uxlamay chiqadi.

Axiyri barchaga yoqishga urinaverib charchagan Tashvish o'rnini Sevinch tuyg'usiga bo'shatib beradi.

Mana shu multfilmni ko'rganimdan so'ng tuyg'ularimni va kayfiyatimni borimcha qabul qilishni o'rganyapman. Har bitta insonning qalbi alohida bir dunyo ekanini angladim.

Birinchi navbatda O'zimni, keyin boshqalarni ham sekin-asta boricha qabul qilishga harakat qilyapman.

Multfilmdagi tashvish tuyg'usiga o'xshab kimgadir yoqish uchun o'zingizni qiynab qo'ymang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Manga kitob sovg'a qilaman deyishsa tahminan shunaqa holat va kayfiyatda bo'laman💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Mashi qiz man)

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel