gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

Sizga hech kim ishonmasa ham siz o'zingizga ishoning, deydigan darajada self-development kitoblarga o'ch emasman-u, ammo onda-sonda shaxsiy rivojlanishga doir kitoblarni o'qib turaman.

"Girl code" ni o'qishni reja qilib yurgandim, elektron variantini topib oldim.

Dugonam maqtagandi. Kitob qizlar uchun juda foydali deb rosa ko'pirtirdi, nu mayli bir o'qib ko'raman.

Сильная и независимая qizlarga kitobni yuborib qo'ying😂.

Qizlar uchun ochgan kanalimda soch va yuz parvarishi va qizlar uchun boshqa aktual mavzular haqida yozyapman:

/channel/+LH1pVD7MbbJjZDQy

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Maktabda bo'lgan yana shunaqa кринж voqea esimga keldi.

Rus tilidan olimpiadaga tayyorlanardim. Ustozim katta sinflarga dars o'tasan, deb o'zi bilan olib yurardi.

Maktabda do'ppi kiyardik. Hamma qizlarning do'ppisini yechib, sochida bit bor-yo'qligini tekshirishgan. O'shanda sochimdan ikkita o'lik sirka chiqqan🤣.

Voy, sharmanda, kap-katta qiz, bitlab ketibsan, deyishgandi. Sochimni ikki kun avval atay bo'yadim, bu sirka, kamiga o'lib qolgan, desam bu tirilib bitga aylanadi, hamma qizlarga yuqtirasan, ayangni chaqir deyishgan.

Maktabda bir sinf katta qizlarni raqib sifatida ko'rardik. Kamiga shularning oldida sochimdan sirka olishdi, asabim buzilgan.

Mani maktabda o'g'il bollarning oldida bitliqisan deb urishishdi, deb ayamga atay yig'lab telefon qilganman, ayam uchib maktabga yetib kelgan.

Ayam tekshiruvchiga shuni hammaning oldida emas, o'ziga aytsangiz yoki menga telefon qilsangiz, bo'lardi, bu hali yosh bolaku, degandi.

Men yig'lab, hammani oldida sharmanda qildingiz, deb direktorning xonasiga kirib bormoqchi bo'lganman, direktorimiz ketgan ekan.

Keyin zam direktorning xonasiga eshikni taqillatmasdan kirib borganman, bularni nima haqqi bor mani hammani oldida sharmanda qilishga deb baqirib.

Ayam hey, jim, o'zim gaplashaman, deyapti, o'zim zam direktorni xonasida ovozimni boricha yig'lab шантаж qilganman.

Maktabimni judayam yaxshi ko'raman. Ijodiy atmosfera, sifatli bilim nimaligini his qilib o'qiganman.

Maktab menga nafaqat ta'lim bergan, balki kuchim yetgancha o'zimning haqimni ajratib olishga harakat qilish kerakligini ham o'rgatgan.

@gullayotganyurak.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Dunyoviy tashvishlardan chalg'ib, haqiqiy qayg'uni yoki xursandchilikni his qilishni istaganlar uchun maxsus kanallar:

/channel/addlist/WtrhN77L4WhmY2Zk

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O'qisammi yoki biznes qilib pulni bosammi deb yuqorida post yozganimdan keyin o'zimga qo'shib boshqalarni ham o'ylantirib qo'ymadimmikan deyapman.

Masalan, iqtisod, huquq, pedagogika, tabiiy fanlar va tibbiyot kabi sohalarda birdaniga zo'r oylikli ishga joylashish qiyin.

To'g'ri, eplagan ilojini qiladi, ammo hamma ham barcha harajatlarini qoplab, foyda qoladigan darajada oylikka birdaniga ishga o'tolmaydi.

Moliyaviy tomondan biroz qiynalsam ham ilm yo'lini tanlasammi yoki tavakkal qilib biznes qilsammi, degan tanlov o'rtasida har tomonlama o'ylang.

Masalan, men qiz bolaman. Oila boqishim kerak, uyda go'sht qomabdi, degan mas'uliyat yo'q yelkamda. Shu paytgacha hamma harajatimni dadam va akam qilgan, to'yimdan keyin bu mas'uliyat erimning zimmasiga o'tadi.

Bemalol ilm yo'lini tanlashim, oila boqishim kerak deb qayg'urmay ko'nglimni to'q qilib xotirjam o'qishim uchun imkoniyat bor.

Biznes qilsam, minusga kirib ketsamchi, deb ham qo'rqmayman, beminnat yordam beradigan va men xotirjam suyana oladigan insonlar bor atrofimda, Xudoga shukr.

Agar erkak kishi yoki yosh yigit bu ikki tanlov orasida turgan bo'lsa, bu masala ozgina qiyin.

Biznesda o'zingizga o'zingiz xo'jayinsiz, ammo daromad doim ham стабильный bo'lmaydi, zararga kirib qolishingiz ehtimoli bor.

Lekin yaxshi o'qib, zo'r kadr bo'lsangiz ham nufuzli joylarda ishlashingiz mumkin, ammo oylik kutib yashaysiz. Карьерный рост biroz qiyin.

Baribir erkaklarda mas'uliyat yuki katta, tan olish kerak.

Qaysi tanlovni tanlaganingizda ham afsuslanmaydigan qaror qabul qiling.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Somsa, olmali pirog va salatni o'zim tayyorladim bugun kuni bo'yi oshxonadan chiqmay.

Instagramda videomda aytgan gapimni to'g'ri aytgan ekanman: uy ishlarini bir oyda o'rganish mumkin, lekin bilimni bir oyda o'rganib bo'lmaydi deb.

Somsa biroz sho'r demasa, birinchisiga yomon emas💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ikkita yo'ldan bittasini tanlay olmay ko'p qiynalaman: o'qidi degan diplomchani xo'jako'rsinga ovolib, biznes qilib yana o'qiyman deb boshimni qotirmay maza qilib yashasamchi, deb o'ylab qolaman.

Ba'zida esa ilm-fanni mahkam tutib, nimanidir qoyillatish kerak, hamma ham qilmaydigan ishni qilish kerak, degan fikrda to'xtayman.

Grigoriy Perelman va Mariya Skladovskaya haqida video ko'rdim yutupda. Perelman MIT, Princeton kabi universitetda professor bo'lib ishlash taklifini rad etgan. Shuningdek, 1mln$ pul mukofotini ham qabul qilishni xohlamagan.

Mariya Skladovskayaning esa ikkita qizi ham ilm yo'lini tanlagan, kuyovlari ham o'qimishli odam bo'lgan. Butun umrini ilmga bag'ishlab, ikki marta Nobel mukofotini olgan ayolning qizlari boshqa yo'lni tanlashini tasavvur qilish qiyin.

Skladovskayaning internetda mavjud hamma rasmlarini titib chiqdim, deyarli umuman o'ziga qarab, bo'yanganini, sochini chiroyli turmaklaganini ko'rmadim.

Yoki Perelmanning tanlovi: million dollarni olib, maza qilib ishlatishni tanlamagan va top universitetlarda ishlashni ham rad etgan.

Katta ehtimollar kelajakda bilan ilm, shaxsiy hayot, oila va vaqtida dam olishni balansda ushlashga harakat qilsam kerak.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Onda-sonda dars qilishdan bo'shagan paytim to'yim bo'layotgani esimga tushib qoladi.

99% holatda to'yiga 1 oydan kam vaqt qolgan qiz sarposini yig'adi, ko'ylak tiktiradi, xullas, nechinchidir osmonda uchadi.

Man esa fotihamdan bir kun oldin uy to'la mehmonni tashlab, repetitorga bordim. O'sha kuni mehmonlar ko'payguncha bitta xonaga kirib dars qilib o'tirganman. Fotihamni o'tqazib, kechki payt Zominga dugonamning to'yiga borib, kechqurun yana dars qildim🤧.

#bekorchipost

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kitob o'qishdan to'xtadim, fikrlashdan to'xtadim, deb aytgandi qaysidir inson. Aniq esimda yo'q hozir kimligi.

Shu fikr menda o'z tasdig'ini topdi. Bir haftadan oshdi: kitob o'qishga vaqt topa olmayapman va miyamni qissam ham yarq etib zo'r fikr chiqmayapti.

Kitob o'qishdan biroz to'xtadim va natijada yozganlarimda rang-baranglik yo'qoldi, kundaligimga ham bugun u ishni qildim, endi ertaga bunaqa ishimni qilaman, deb yozyapman.

Har kuni ingliz tilida maqola o'qiyapman, foydali podkastlar ko'raman, baribir kitobning o'rni boshqa ekan.

Kitob o'qishdan to'xtab xato ish qilibman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Doim yangi narsalarni o'rganishdan to'xtamaydigan dunyoqarashi keng odamlar bilan suhbatlashish qiziq.

Yuqori intellekt va keng dunyoqarash o'zimiz bilan birga tug'ilmaydi, balki uzoq aqliy mehnat orqali erishiladi.

Man dunyoqarashi keng odamman, deb aytolmayman-u, ammo shunga har kuni harakat qilaman.

Fikrlashni kengaytiruvchi ayrim mashg'ulotlarni sanab o'tmoqchiman:

- kitob o'qish
- yangi til o'rganish
- siz uchun begona soha haqida ham oz-moz bilim olish
- sport bilan shug'ullanish

- sayohat qilish (именно birorta davlatga bo'lishi shartmas, shahringizda siz bormagan muzeylar ham ko'pdir balki)

- ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish: floristika, rasm chizish, qanaqadir chiroyli narsalar yasash

- aqliy o'yinlar o'ynash: shaxmat, shashka, boshqotirma, puzzle
- saviyali kino/multfilm ko'rish
- yangi hunar va ko'nikmalarni o'rganish
- qo'shimcha sohani o'rganish

Esimga kelgani shular.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kim qachon ajrashdi, qaysidir kelin qancha vaqtdan beri bolali bo'lmadi hali, Sharapat qaynonasi bilan nega urishdi: bu narsalar menga qiziqmas.

Odatda kimdir kelib shunaqa asab mavzularda g'iybat boshlasa gapni boshqa mavzuga buraman.

Dugonalarim bilan ko'rishganimda ham beradigan savollarimning asosiy qismi qachon erga tegasan, yigiting sovchi jo'natdimi bo'lmaydi.

Kecha sinfdoshimning to'yiga borganda ham yaqin dugonamdan o'qishni bitirguncha qanaqa rejadasiz, ielts olasizmi, til o'rganasizmi, deya savol berdim.

Yigitingni rasmini ko'rsaaaatttt, qachon erga tegasannnn, deb quloq miyasini yemadim.

To'g'ri, har doim ham botaniklarga o'xshab bunaqa aqlli mavzularda suhbat qilavermaysiz. Onda-sonda bilmay g'iybat qilib qo'yarsiz yoki chaq-chaqlashib hangoma qilarsiz jigarlar bilan.

Ammo o'qiyotgan, o'sishga intilayotgan kishilarning suhbat mavzusi faqat g'iybat va birovning hayotini muhokama qilishdan iborat bo'lmaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ayollarga qo'shilib erkaklarning ham kosmetik vositalardan haddan ortiq foydalanayotgani odatiy holga aylandi.

Boya kosmetika tarkibidagi parabenning qanchalik yomon oqibatlarga olib kelishi haqida video ko'rdim ingliz tilida. Linkini kommentga tashlab qo'yaman :)

Hadeb kosmetika ishlatish birinchi o'rinda erkaklarda gormonal faoliyat buzilishi va ayollik gormoni ko'payishiga sabab bo'lar ekan.

Masalan, Azamat stilist erkaklarda ayollik gormoni oshib ketishiga bitta misol.

Erkak kishi ayollar stilisti bo'lishni tanlagani bilan ishim yo'q, bu o'zining shaxsiy qarori.

Ammo, lekin, biroq: erkak kishining ko'rinishi, ovozi qiz bolaga o'xshab mayinlashib ketganini biroz hazm qilolmadim.

Kosmetikadagi sifatsiz moddalar ayollarda ham, erkaklarda ham befarzandlikka olib kelishi videoda qattiq ta'kidlangan.

Kosmetika zarar, deb o'ziga qaramay qo'yish tarafdori ham emasman. O'ziga e'tibor berish sog'liqqa zarar yetkizmasa ayollarda ham, erkaklarda ham me'yorida bo'lgani ma'qul.

P/s - bundan keyin kosmetika tarkibini e'tibor bilan tekshirib olaman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

He asked and I said yes✨

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Yurtimiz O'zbekiston nomini yuksaklarga ko'tarishga, o'zbek adabiyotini dunyo sahnasiga olib chiqishga va'da beramiz".

O'shal damlar, o'shal damlar...

2020-yil dekabrda "Yoshlar forumi"da so'zlagan nutqim. U paytlar rosa mahmadona va maqtanchoq edim. Ikkita gapni aytish uchun rosa tayyorlanganmiz.

To'g'ri, unaqa zo'r taklif bermaganman, ammo ayam bilan dadamning bir oy hammaga maqtanib, rosa xursand bo'lishganini ko'rib, hali ko'p narsaga erishishim, ota-onamning mendan umidi kattaligini tushunganman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

2021-yil "Duel" ijodiy loyihasida badiiy tarjima yo'nalishi bo'yicha qatnashgandim. Yuliya Druninaning she'rlarini tarjima qilgandim ruschadan.

Eng yosh ishtirokchi men edim tarjimada. Finalda 2-o'rinni olgandim.

She'r, hikoya yozib, badiiy tarjima qilib yurgan qizcha nega dasturlash sohasida o'qiyapti, deb o'ylab qolaman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Erning burnidan ip o'tqazib olish, sovg'alarga ochilish, erini ko'proq sevdirish kabi nomi ulug' suprasi quruq kurslar ko'p.

Shu kursda o'qiganizdan keyin eriz sizni qaytadan sevib qoladi, degan gapga laqqa tushadigan ayollar ham yo'q emas.

Mana shunaqa chala psixologlar o'tadigan kurslarda qatnashish o'rniga "Saodat asri qissalari" kitobini o'qish kerak, degan fikrda qat'iy to'xtadim. Quyida kitobdan keltirilgan parcha gaplarimning isboti:

"Necha yillardan beri ko'ksida ardoqlab kelgan umidini hech qachon uzmagan, ertangi kunni oldindanoq ko'rgandek bo'lgan, eriga "Yo Muhammad" deb emas, "Yo Rasululloh" deb murojaat qiladigan kunlarni kutaverib ko'zi to'rt edi. Mana, endi bu umid haqiqatga aylandi.

- Yo Rasululloh, sizning payg'ambarligingizga ilk bor iymon keltirgan kishi men bo'ldim, - dedi.

Bu ovozda chuqur samimiyat bor edi".

Muhammad (s.a.v) vahiy kelgani haqida ayoliga aytganida bekorchi gaplaringizni yig'ishtiring, ertak to'qimang, demay turmush o'rtog'iga ishondi.

Muhammad (s.a.v) ham ayoliga mani xotinimmisan, manga ishonishing kerak, majbursan iymon keltirishga deb koyimagan.

Mana o'zaro hurmat va ana haqiqiy sevgi :)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Doim nimanidir o'rganish bilan band bo'lishga miyam o'rganib qolibdi.

Bugun yarim soat bekorchi qolib ketdim. O'zbekistonda global muammolardan biriga aylanayotgan mavzu Temur, Yunetta va Farida haqidagi videolar chiqib keldi.

YouTube dan ingliz tilida yaxshiroq podkast ko'raman desam, Yunetta men dugonamni kechirdim degan videosi chiqdi. Rostdan kechiribdimikan deb tahminam 10 minut ko'rdim. Keyin boshqa bloger eri bilan nega urushib qolgani haqidagi videosi chiqdi.

Ishonasizmi, shu yarim soat davomida miyam qurtlab ketay dedi tanimagan odamlarimning hayotida nima bo'layotganiga qiziqib.

Kitob o'qidim, soham haqida informative videolar ko'rdim, dars qildim: miyam maza qildi. Umuman charchagani yo'q.

Aqlingiz oziqlanayotgan ma'lumotlarni e'tibor bilan tanlang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Sizga ham kamida bir oy ustoz bo'lish va o'zingizga o'xshagan injiq o'quvchilar nasib qilsin, Iroda", - degandi bir o'qituvchim.

Karantin endi tugagan, maktabda hali niqob taqish majburiy bo'lgan vaqtlar. Oilaviy kovid bo'lganmiz. Kasal vaqtim o'rnimdan turolmasdim, emaklab stol yoniga borib zo'rg'a ovqatlanardim. Shunda ham ishtaham tortsa.

Lekin dori-darmon sababli rosa semirib, tanam shishib ketgandi. Me'yoridan ortiqcha vazn stress berardi, hamma voy, rosa semirib ketibsan deganiga battar asabiylashardim.

Seeeeemirib borganman maktabga. Sinfimizdagi qizlar bilan birga yurishga uyalardim, chunki vaznim tufayli meni ulardan yoshim katta ko'rinardi.

Xullas, sizga ham o'qituvchi bo'lish nasib qilsin, degan ustozimning darsida doskaga chiqqanman. Zo'rg'a 4 bahoga javob bergandim.

Joyimga qaytib o'tirganimda nimadir muhim mavzuni qizlar pichirlashib qolgandik. Gapirayotganimni ustoz ko'rib qolgan va mendan bitta qator oldinda o'tirgan qizning ortiga bekinganman.

Iroda, semirib ketganingizni qarang, shu ariqqina qizning ortiga bekinsam ko'rinmayman, deb o'yladingizmi, deb qattiq urushgan. Hammaning oldida indamaganman.

Uyga kelgach, o'sha ustozimga telegramdan 8,5 minutlik ovozli xabar jo'natganman semirganim qorningizga tepyaptimi yoki mani to'ydirish siz bechoraga qoldimi, deb.

Hammaning oldida meni semiz deb urishdi ustozim, deb uch kun yig'laganman va o'shandan keyin alamzada bo'lib o'n olti kilo vazn tashladim.

Mayli, hammamiz ham bu dunyoda birinchi marta yashayapmiz.

Kanalimdagi o'qituvchilar va bo'lajak o'qituvchilarni chin dildan tabriklayman.

O'quvchingizga hech qachon hammaning oldida uni kamsitadigan gap aytib, ustidan kulmang.

Bayram muborak✨.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hamma dasturchi pulni o'ynab topadi degan gap yolg'on.

Masalan, dasturchilar klaviaturani bitta bosganiga oylik oladi, deb o'ylaydi ko'pchilik.

IT ga qiziqadimi, yo'qmi, farqi yo'q: qiziqishidan qat'iy nazar ko'pchilik o'zini shu sohaga bir tiqishtirib ko'radi zo'r pul topaman, deb.

Zo'r dasturchilar o'lib qoldim deganda 5000$ topadi.

Ammo, lekin, biroq...

Shu darajaga chiqish uchun ko'zi oqib tushguncha dasturlash asoslari, unga aloqador fanlar, birorta dasturlash tilini qiynalib o'rganadi.

C++ ni o'rganayotganda dod deganman, bitta vergul qolib ketsa ham yozgan kod ishlamaydi. O'qimayman, turmush qurib erimni duo qilib o'tirganim yaxshi, degan fikr ham kelardi dars qilib charchab ketgan vaqtim :)

Xullas, oson pul topadigan ishning o'zi yo'q, hurmatli birodar va birodarkalar.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Umrada yurganimizda future husbandim o'qishimda meni qo'llab-quvvatlaydigan inson bo'lsin, deb niyat qilgandim. Xudoga shukr, niyatlarim birin-ketin amalga oshyapti🥰.

Bu summaga sarpo-suruq olsam bo'lardi, ammo bilimim uchun ishlatdik va to'g'ri qaror qildik.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Rasmdagi limonli pirogni men tayyorlaganman qishda.

Hozir ham nimadir pishirmoqchi edim, ammo bir tonna darsim bor.

Shunaqa ish qilgim kelib qolgan payti chuqur-chuqur nafas olaman, сразу o'tib ketadi😌.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Endi kitoblarimni sarpoyim bilan qo'shib olib ketish uyimizda global muammo darajasiga ko'tarildi.

Ayam senga kitob daftaringni bervorsam, ertalab turib hovli supurish o'rniga o'zingga qo'shib kuyovimgayam kitob o'qitasan, deb qo'ymayapti.

Ayamdek qattiq tekshirmaydi hech qaysi bojxona :)

#bekorchipost

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

YouTube dan Ibrat farzandlari sahifasida 11 yoshli qizcha har kuni bitta kitob o'qishi, IELTS dan 7.0 ball olgani va olimpiadalarda qatnashib, bir nechta davlatlarga sayohat qilgani haqida ingliz tilida "sayrab" gapirib bergan.

Shu o'rinda dadasi yo'l-yo'riq ko'rsatgani haqida ham aytib o'tgan.

Mana shunaqa intellekti baland, ilmi bilan jamiyatga foydasi tegadigan farzand tarbiyalash katta maqsadlarimdan biri.

Ammo,
Lekin,
Biroq...

Farzandlarim kelajakda bizga dadam ilm o'rgatgan, lekin ayam o'qishga qiziqishi yo'q, g'irt tupoy ayol edi, deyishlarini xohlamayman.

Farzandlarim ona so'zini eshitganda uy ishlari bilan band bo'lib, fartuk taqib oshxonadan chiqmagan ayolni tasavvur qilishlarini emas, birinchi o'rinda ilmli, farzandlarini o'qishga ruhlantirgan insonni tasavvur qilishlarini istayman.

Farzandimni o'qimishli qilib tarbiyalayman, desam erim uydan yo'qol, ishni eplab qilolmayapsan, deb quvib chiqarmas, degan umiddaman💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Yangi hobbilarni sinab ko'rish haqida ham post yozgan ekanman :)

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O'zi chuqur e'tibor berib qarasa hamma hangoma hol-ahvol so'rash, yaxshi xotiralarni eslashdan boshlanadi.

Gapirishga gap qolmaydi va g'iybat hamda birovni muhokama qilishga navbat keladi.

Huddi boshqa ishimiz, o'zimizning tashvishimiz yo'qdek birovning g'iybatini qiliiiiib o'tiramiz. Nega?

Chunki, rostdanam qiladigan ishimiz yo'q, bekor qolib ketganmiz, nima qilishni bilmaganimiz tufayli g'iybat qilamiz.

Tan olish kerak, o'zim ham ba'zida g'iybat qilaman, kecha qizlar o'tirib Yunettaning Faridadan o'lsa o'ligi ortiqligi haqidayam gaplashdik.

O'zim uchun g'irt begona odamni nima qizig'i bor, shunchalik birovning hayotini muhokama qilishga vaqt topa oladigan darajada bekorchi bo'lib qoldimmi deb o'yladim.

Yuqorida aytganimdek, gaplashishga g'iybatdan boshqa mavzu topolmaydigan va qiladigan ishi yo'q odamlar g'iybat qiladi.

Avval ham shunday qilganman, bundan keyin ham shunaqa qilaman: iloji boricha o'zimni band qilaman, shunda g'iybat va muhokamaga vaqtim bo'lmaydi hamda o'zimga gunoh orttirmayman.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Fotiha day✨

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Blog egasi auditoriyasi xohlagan kontentni chiqarganda emas, o'zining shaxsiy fikriga boshqalarni ishontirib, o'z ortidan ergashtira olsagina u bloger bo'ladi.

Instagramga ro'zg'or ishlarini bir oyda o'rganish mumkin, lekin men olgan bilimlarni bu qisqa vaqtda o'rganishning iloji yo'q, qizimniyam kelajakda o'zimga yordamchi emas, ilmli qilib tarbiyalayman, deb video olgandim.

Ko'pchilik ayollar fikrimga qo'shilgan. Bitta opa videomni storieslariga qo'yib, mening ham ikkita qizim bor, nasib qilsa ularni o'qitaman, ish qilishni o'rganishi keyingi darajada, deb izoh yozgan.

Yoki "Iymon" kitobi haqidagi videomdagi kommentariyada ko'pchilik shu kitobni albatta o'qishini aytgan.

Dadamga videolarimga shunaqa fikr bildirishyapti odamlar, desam malades, qizim, odamlarni yaxshilikka chaqiradigan videolar olsang, bemalol bosovir, dedi💃.

Birovdan ko'chirilgan g'oyalar bilan uzoqqa borolmaysiz va boshqadan nusxa olishingiz seziladi baribir.

O'z ustingizda ishlang, izlaning, ko'proq bilim oling: kreativligingiz oshadi va birov chaynagan gapni qayta chaynab olib chiqmasdan blogingizni saviyali yurita boshlaysiz.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

2019-yil, Zomin yosh ijodkorlari seminari. Ijod borasida ko'p ibratlar olgan vaqtim.

Chop etilgan birinchi she'riy to'plamim "Bahorni qo'msab" kitobim uchun 4mln so'm qalam haqi olganman. Kitobim ham 4mln + summaga sotilgan.

Dadam o'zi harakat qilgan qizim, kitobingni chiqaramiz, Zulfiya medalini olasan, o'zim turaman oldingda, deb.

Dadamning ham sohasi adabiyotdan uzoqda bo'lsa ham, so'rab-surishtirib, nashriyot gaplashib, 8-sinfimda Toshkentga qizimni shogirdlikka oling, deb shoir-yozuvchilar bilan suhbatga oborgan❤️.

Yozuvchilar uyushmasi binosidan endi kirib boryapmiz, dadam qo'limdan yetaklab oboryapti. Qizim, zo'r she'rlar yozsang sanam shunaqa joylarda ishlaysan, degan.

Dadamga shunaqa joylarga oboring, kitobimni chiqaraylik, demaganman, o'zi aytgan, qizim, unaqa qilamiz, yur, bunaqa qilamiz, deb.

Charchadim, o'qigim kelmayapti, deyishga haqqim yo'q.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kitobxon bo'lsangiz, adabiyot zo'r narsa ekan, yaxshi asarlar bor ekan, deysiz. Ammo ijodkor bo'lsangiz doim emas-u, ko'p hollarda aksi.

Adabiyotni sevimli mashg'ulotim sifatida olib borib, atay adabiyotdagi ichqoraliklardan uzoq bo'lish uchun atay boshqa sohani tanlaganman.

Masalan, Bulgakov ham doktor bo'lgan, ammo zo'r asarlar yozgan.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Saodat asri qissalari"ni o'qimagan bo'lsa uylanmang/turmushga chiqmang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

"Saodat asri qissalari" ham har bir ayol-qizlar o'qishi kerak bo'lgan kitoblardan biri ekan✅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel