gullayotganyurak | Unsorted

Telegram-канал gullayotganyurak - Gullayotgan yurak

-

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi XOLBEKOVA IRODAning ijodiy kanali

Subscribe to a channel

Gullayotgan yurak

Bizda qaysi soha trendga chiqsa, qiziqishlari va potensialidan qat'iy nazar deyarli hamma o'zini shu sohaga uradi.

Masalan, bokschilar g'alaba qilganidan so'ng ularga uy, mashina kabi sovg'alar berilganida ota-onalar o'g'lini boksga berishni boshlagandi meniyam o'g'lim Do'smatovga o'xshab chempion bo'lsin deb.

Balki u bola rasmni chizishni yoqtirar yoki iqtisodchi bo'lmoqchidir.

Yo'q, biz aynan birov bosib o'tgan yo'ldan qayta yurib ko'rishimiz shart.

Yoki IT sohasini olaylik. To'g'ri, daromadi yuqori va kelajagi bor yo'nalish, ammo bir kishi dasturchilikni o'rganib, oyiga besh ming topyapti, degani bu yo'l sizga ham mos keladi, degani emas.

Daromadi baland bo'lgani uchungina qaysidir sohani o'rganish shart degan qonun yo'q.

SMM va psixologiyadan gapiraylik. Chalamutaxassislar ko'payib ketganidan oq va qorani ajratish qiyin bo'lib qoldi.

Tanlagan sohangiz va muvaffaqiyat yo'lingiz boshqa bir inson yurgan yo'lning nusxasi bo'lib qolmasin.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Har bitta muvaffaqiyatli erkak ortida uni qo'llab-quvvatlagan ayol turadi.

Muvaffaqiyatli ayol ortida ham unga yelkadosh bo'lgan erkak turadi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Sanoqli kunlardan keyin ota uyimga endi faqat mehmon bo'lib kelaman nasib qilsa.

- Qiz tarafda bo'ladigan to'yga qir yuzi besh millionlik ko'ylak kiymadim.
- Og'iiir, narxi osmondanam baland uzuk olmadim.
- Birbalo moshinalarda to'yxonaga kelmadim.
- Dasturxonda isrofgarchilik qilib ovqatni to'kib solmadik.
- Dabdaba, ortiqcha hashamatli emas, chiroyligina hamma havas qiladigan va shu bilan birgalikda eh, shu narsani man qilolmadim, deb kimningdir ko'ngli o'ksinmaydigan to'y bo'ldi.

Bunaqa bir kunda o'tib ketadigan, ammo unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan narsalar kelajakda baxtli bo'lishimni kafolatlamaydi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Qizlar, faqat qizlar bilan sarpo va yuz parvarishi kabi mavzularda gaplashyapmiz: /channel/+b__whLbFds4wNjk6

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Doim yangi bilimlarni o'rganishga harakat qilaman. Hozir Oydinoy To'xtayevaning "Garderob" kursini o'qiyapman, bonusiga makiyaj darslari ham bor.

Temu programmasi va Turkiyadan tovar zakaz qilish bo'yicha ham darslarga yozilganman.

Grant yutish bo'yicha darslarga kirolmagandim, zapislarini eshitib chiqishim kerak.

Ham zavqli, ham biroz charchatadigan jarayon yangi bilimlarni o'rganish. Lekin maza.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Hali ota-onangni o'z hisobingdan katta hajga yuborganing yo'q, dunyo bo'ylab bemalol sayohat qilishi uchun sharoit qilib berolganing yo'q, borishni orzu qiladigan shahardan kuniga kamida 800$ turadigan mehmonxonada dam olishga pul berolganing yo'q.

Kasbdoshlarida ko'rib havas qiladigan, ammo sening o'qishing uchun pul orttiray deb olmayotgan qimmat kiyimlar sotiladigan do'konga olib borib tanlang otajon, onajon deyishga hali qurbing yetmaydi.

Otamga, onamga degan yozuv bilan bezab, ular orzu qilgan mashinani olib berganing yo'q. Ularga qo'shimcha daromad kelib turishi uchun tayyor biznes yoki kvartira sotib olib berolganing yo'q.

Samolyotda biznes klassdan joy olib berish xayoling bir chetiga ham kelmaydi.

Topading puling ularni sanatoriyda, lux xonalarda dam olib kelishi tugul o'z harajatlaringga yetmaydi.

Ota-onang dengizni ko'rishni orzu qilishidan xabaring ham yo'qdir balki...

Ular seni deb yoshi bir joyga borsa ham ertalabdan kechgacha, hattoki dam olish kunlari ham ishda, boshlig'ining baqirganini eshitishga majbur.

Menga motivatsiya yetishmayapti, deb boshimni qotirmagin, iltimos.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kimyogar olima Mariya Kyurini doim o'rnak sifatida ko'rganman o'zim uchun. O'rganish nisbatan qiyin fanda yangilik yaratish oson emas.

"Radioactive'' filmida Kyuri homilador vaqtida ham tuni bilan laboratoriyadan chiqmay kimyoviy tajribalar o'tqizadi eri bilan.

Kyurining yutuqlariga, ayol kishi farzand tarbiyasidan ortib fanda yangilik qilganiga реально havasim keladi.

Kelajakda farzandlarim meni qo'lidan supurgi tushmaydigan, uy ishlaridan boshqa narsaga harakat ham qilib ko'rmagan dangasa ayol sifatida eslashini xohlamayman.

Er o'zi nimaga kerak, deydigan darajada feminist emasman. Ammo ayollar o'qishi, hech bo'lmaganda o'z farzandiga telefon tutqazib qo'ymasdan, kitob o'qib beroladigan, bolasini yoshligidan ilmga qiziqtiradigan darajada ilmli bo'lishi tarafdoriman.

Unashtirilganimdan keyin to'yimga 1 oy qolganda ielts topshirib, 7 ball oldim. Oson bo'lmadi. To'y tashvishlari bilan ko'nglim xotirjam o'qiy olmadim.

Shuncha yugur-yugur bilan ielts topshirib, yaxshi ball oldimmi, demak, turmush qurganimdan keyin ham o'qishni, ham oilani bemalol eplab ketaman nasib qilsa.

Mariya opadek ayollarga hurmatim baland💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Hayotingizni uzog'i bir yildan keyin eskiradigan buyumlar bilan emas, umringiz oxirigacha eslab to'ymaydigan sarguzashtlar bilan iloji boricha ko'proq boyiting.

Maqtanadigan matohlaringiz emas, eslaganda yuragingiz entikib ketadigan unutilmas xotiralaringiz ko'p bo'lsin.

Hayot oyda bir marta ko'rmaydigan, dildan suhbat qurolmaydigan, bemalol dardingizni aytolmaydigan odamlarning "vav" degan gapi emas, doim yodingizda qoladigan lahzalardan iborat.

P/s - hech bo'maganda MDH davlatlariga borib aylanib kegim kelyapti🫠.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Imtihon judayam qiyin bo'ldi, to'g'risi. Hammaga yaxshi yechdim, speakingda ham yaxshi gapirdim, dedim.

Readingda oxirgi 8ta savolga ulgurolmadim matn shunaqa qiyinligidan. Ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman💔.

6.5 olsam ham roziman deb chiqqandim examdan. Xudoga shukr, 7.0 oldim yana. Birinchi topshirganimda ham 7.0 olgandim.

Yelkamdan tog' ag'nadi.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Bog'chada tarbiyachilar va maktabda o'qituvchilar bolalar va o'smirlar psixologiyasidan bexabarligi ko'p yoshlarga pand bergani ajab emas.

Bog'chada hammadan bo'yim uzun edi. Tadbirlarda orqa qatorga turg'izib qo'yishardi, ayam nega oldinga o'tmaysan deb urushardi.

Maktabga chiqqanimda ham oxirgi partadan joy tekkan. Bo'yim uzunligi tufayli. Birinchi sinfda o'zlashtirishim sekin edi, ammo oxirgi partada o'tirardim.

O'sha vaqtda bo'yim uzunligi nuqson va davolab bo'lmas kasallik kabi tuyulardi. Nega boshqa bolalarga o'xshab bo'yim past emas, deb ko'p o'ylardim. Hozir bo'yim uzunligidan faxrlanaman.

Bo'lajak pedagoglar, bolaning qaysidir noyob xislatini nuqsondek his qilishiga sababchi bo'lib qolmang.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Tushunarli. Demak endi mening sharofatim bilan klassika ham eshitasizlar :)

Hadeb chala qo'shiqchilar aytgan musiqalarni eshitavermasdan didingizni tarbiyalang.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

O'ylashimcha Vivaldiga yetadigani yo’q. Ayniqsa uning “The four seasons” turkimidagi "Winter"ga.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Avval ko'p she'r o'qirdim. She'rlarni quruqqina yodlab aytib berish emas, his qilib o'qish yoqardi.

Usmon Azim, Shavkat Rahmon, ispan shoiri Lorka, Petrarka, Furug' Farruxzodning she'rlarini o'qishlik kayfiyat💕.

Ba'zida she'r ham o'qib turing.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Har kuni bir xil ishlar, monoton hayot tarzi meni battar dangasa qiladi. Bir xil ishni bajaraverib, oxiri shu bittagina ishni ham qilgim kelmay besabab kayfiyatsiz yuraman.

Kitob o'qing, kino/multik ko'ring, sport bilan shug'ullaning, sayrga chiqing, yangi narsalarni o'rganing, kichkinagina bo'lsa ham maqsadchalar qo'yib unga erishing, rasm chizing...

Xullas, hayotingizni iloji boricha rang-barang qiling.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Miyamda генеральная уборка qilyapman.

Televizorda serial ko'rmay qo'yganimga uch yildan oshdi. Xudoga shukrki, saviyasiz o'zbek seriallaridan yiroqman.

Bugun instagramda faqat vaqtimni oladigan sahifalardan unfollow qildim. 150 dan ortiq kishiga подписка bo'lgan ekanman, ancha kamaytirdim.

Qaysi artist to'yda qanday raqs tushib ommaga sharmanda bo'lgani, qaysi bloger nikoh to'yiga qanday ko'ylak kiygani menga абсолютно qiziqmas.

Betayin bloger ko'payib ketdi, saviyali kontent kam deymiz, lekin o'zimiz boshqa ishimiz yo'qdek shunaqa sahifalarni kuzatib o'tiramiz miyamizni мусор info bilan to'ldirib :)

Hurmatli birodar va birodarkalar, kuzatadigan insonlaringizni filtrdan o'tkazing.

O'zingizni shunga arziyman deb bilsangiz, ahmoqona bloglarni kuzatishda va miyangizni keraksiz axlat bilan to'ldirishda davom eting.

Siz bundan ham ko'piga loyiqsiz💃.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Turmush qurish - barcha orzulardan voz kechish degani emas, balki maqsadlar tomon birgalikda harakat qilishdir.

To'yim o'tganiga uch kun bo'ldi, kelinlik uyimdagi oilam bilan tez chiqishib ketdim.

Qaynonam o'zimning ayamdek mehribon. Kelin bo'lib kelganimdan beri qaynotam biror marta kelin deganini eshitmadim, qizim, deb chaqiradi.

Bilmaganimni qaynonam o'rgatyapti. Mayli, sekin-asta bo'rganib ketasan, hijolat bo'lma, shuncha narsani o'rgangansan, oddiy uy ishlari nima bo'pti, deb o'zlari ham kamchilik ishlarimni bilintirmaydi boshqalarga.

Yangi uyimga ham biroz moslashib oldim. Endi mutolaa, dars va o'z ustimda ishlashga ham fokus qaratishni boshlash arafasidaman nasib.

Turmush qurgandan so'ng o'qishga ulgurish ham, eplay olmaslik ham odamning o'ziga bog'liq.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​U samaradorlik, ertalab erta uyg'onish, vaqtni to'g'ri taqsimlash haqidagi kitoblarni ko'p o'qiyverganidan ushbu bilimlarni amalda qo'llashga vaqt topolmasdi.

Unday qilish kerak, bunday qilish kerak kabi gaplarni eshitaverib qoqbosh bo'lib qolgan, hech narsani his qila olmas, yuragi ham toshdek qotib qolgandi.

Uning miyasi faqat ertalab erta turish kerak, sport bilan shug'ullanish kerak kabi monoton fikrlarga to'lgandi, ammo ma'lumotlar oqimi ko'pligidan miyasi charchab, erta uyg'onolmasdi.

U biznesda daromadni o'n baravar oshirish haqidagi treninglarda qatnashardi, ammo biznes trenerning ikki og'iz maqtovidan havolanib ketib, o'zini allaqachon fitfillioner his qilib yuborgandi.

U otasiz qolgan, bolalik vaqtidan tirikchilik qilishga majbur bo'lgan shum bolachalik hattoki olma sotishga ham harakat qilib ko'rmasdi.

Kimdir unga biznes boshlash uchun qarz berishini kutardi, o'zi harakat qilib pul jamg'arolmasdi ham. Olma pish, og'zimga tush deb yotaverardi.

U tuni bilan "Tong sehri" kitobini o'qib chiqar va ertasi kuni tushlik vaqtigacha moldek qotib uxlardi.

Ha, u shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarni haddan ortiq ko'p o'qiyverib o'zidan o'zi vallomat yasab olgan botanikka aylanib borayotganini his qilolmayotgandi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ertaga qizlarga sepimdagi narsalarniyam ko'rsatmoqchiman. Qizlar, yuguringlar💃.

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Shukr, nasib qilsa ota uyimdan oppoq ko'ylakda chiqib ketayotganim uchun shukr.

O'zi to'g'ri yo'ldan adashtirmagani, ko'nglimga ilm ishqini solib bo'lajak kelinlik uyimga ilmim bilan borayotganim uchun ham shukr.

Oq yuvib, oq tarab, ipakdek asrab, o'qishimga bor kuchi bilan yordam bergan ota-onam borligi uchun shukr.

Shukr qiladigan narsalarimiz oxirigacha bardavom bo'lsin.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Bilmagan narsam haqida o'rganishdan tortinmayman va to'g'ri qilaman.

G'iyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobini o'qib tugatdim. "Baxtiyor oila"ni ham to'yimgacha o'qishimni aytishgandi, ammo ulgurmasam kerak.

Kitobda diqqatimni tortgan jihatlar ko'p. Menga doimgidek eng yoqqani ayol kishi ilm olishi uchun turmush o'rtog'i sharoit yaratib berishi kerak ekani aytilgani bo'ldi.

Ayol eri bilan faqat ro'zg'or mavzulari haqida gaplashib bir-biriga zerikarli suhbatdosh bo'lib qolmasligi asosiy faktor sifatida sanab o'tilgan. Shuningdek, erkak kishining ham bir joyda to'xtab qolmasligi lozim ekani ham ta'kidlangan.

O'ylab qarasam, bo'lajak turmush o'rtog'im bu vazifasini ado etishni to'ydan oldin boshlabdi, ko'z tegmasin. Kitoblarni dadamning kuyovi sovg'a qilgan :)

Muallif turmushda muammoga duch kelganda pashshadan fil yasashni emas, fildan pashsha yasang, deya maslahat beradi.

Rostdan ham deyarli har qanday muammoni ko'pirtirmasdan xotirjamlik bilan hal qilishning imkoni bor va shu eng to'g'ri yo'l.

Kitobni to'yga sanoqli kunlar qolganda emas, ertaroq o'qimaganimdan afsuslandim.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

🎬Radioactive

"Nobel" mukofoti sohibasi Mariya Skladovskaya haqida film. Kino chindan ham ko'rishga arziydi.

P/s - film ingliz tilida.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Na bu dardlar qoladi, na bu umr, dermidi Rumiy?

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Ba'zi odamlar shunchalik kambag'alki, ularda uy, mashina va puldan boshqa narsasi, yeyish va ichishdan boshqa g'ami yo'q.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Xudoga shukr, uddaladim.

Umumiy hisobda 9 balldan 7 olish ham oson emas. Kamiga to'y tashvishlaridan ortib 1 oygina o'qidim orada ikki yillik tanaffusdan keyin.

Niyatim 8 edi, ammo shunisi xayrli ekan. Bittagina qog'oz sertifikat hal qilmaydi bilimimni.

Baho nisbiy natija.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Kimdir menga kitob sovg'a qilaman deb o'lib turgan bo'lsa, "Бегущий за ветром" asarini sovg'a qilsin💅.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Nega birorta odam yurakcha bosmagan? Yoki sizlar klassik musiqa eshitmaysizlarmi?💅

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​​​Odam qarigan sari sevishdan to'xtaydi, degan fikrlar naqadar noto'g'ri ekanligini isbot qilardim: aksincha, ular sevishdan to'xtaganlari bois qariydilar!

✍Gabriel Garsia Markes

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

Toza suv ichishga harakat qilamiz, ovqat aynigan bo'lsa, yemaymiz.

Nega endi aqlimiz oziqlanadigan ma'lumotlarni filtrlamasligimiz kerak?!

Instagramda men kuzatayotgan insonlar kimlarni kuzatishiga ham qattiq e'tibor beraman. Oxirgi ikki haftada instagram menga g'irt cringe narsalarni chiqarberdi, qarasam men kuzatadigan insonlar like bosgan.

Gala betayin blogerlarga hiringlab komment yozib o'tirganlardan o'ziniyam, ko'ziniyam yig'ishtirib olishlarini so'rayman.

Ammo, lekin, biroq...

Men kuzatayotgan insonlar saviyali, ilmiy va motivatsion kontentlar joylanadigan sahifalarni kuzatayotganidan rosayam xursand bo'ldim. Biram maladessizlar💃.

O'zining hurmatini bilgan odam kimni va qanday ma'lumotni miyasiga qabul qilayotganiga ham e'tibor beradi.

Xohlasangiz o'z hurmatingizni biling, yo'qsa sizni boshqalar ham hurmat qilmay qo'yadi.

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​Erning burnidan ip o'tqazib olish, sovg'alarga ochilish, erini ko'proq sevdirish kabi nomi ulug' suprasi quruq kurslar ko'p.

Shu kursda o'qiganizdan keyin eriz sizni qaytadan sevib qoladi, degan gapga laqqa tushadigan ayollar ham yo'q emas.

Mana shunaqa chala psixologlar o'tadigan kurslarda qatnashish o'rniga "Saodat asri qissalari" kitobini o'qish kerak, degan fikrda qat'iy to'xtadim. Quyida kitobdan keltirilgan parcha gaplarimning isboti:

"Necha yillardan beri ko'ksida ardoqlab kelgan umidini hech qachon uzmagan, ertangi kunni oldindanoq ko'rgandek bo'lgan, eriga "Yo Muhammad" deb emas, "Yo Rasululloh" deb murojaat qiladigan kunlarni kutaverib ko'zi to'rt edi. Mana, endi bu umid haqiqatga aylandi.

- Yo Rasululloh, sizning payg'ambarligingizga ilk bor iymon keltirgan kishi men bo'ldim, - dedi.

Bu ovozda chuqur samimiyat bor edi".

Muhammad (s.a.v) vahiy kelgani haqida ayoliga aytganida bekorchi gaplaringizni yig'ishtiring, ertak to'qimang, demay turmush o'rtog'iga ishondi.

Muhammad (s.a.v) ham ayoliga mani xotinimmisan, manga ishonishing kerak, majbursan iymon keltirishga deb koyimagan.

Mana o'zaro hurmat va ana haqiqiy sevgi :)

@gullayotganyurak

Читать полностью…

Gullayotgan yurak

​​O'ylab qarasam, o'zimizga o'zimiz yo'q joydan muammo yasab olarkanmiz.

Masalan, hozir computer science haqidagi video darsliklarni ingliz tilida ko'ryapman. Ham soham bo'yicha bilimim, ham ingliz tilini bilish darajam oshyapti.

Avval ilmiy podkast eshitganim bilan tushunishim qiyin bo'ladi, deb o'ylardim. Boshida qiyin bo'ldi.

Ammo keyin bilsam o'zbek tilida yo'q ma'lumotlarni bemalol ingliz tilida tekinga o'rganayotganim miyamga tepib qoldi.

Yoki o'zimdan misol: turmush o'rtoq deganda bo'ldi, o'qimiysan, nimayam qo'lingdan kelardi, deb ayol kishini uyga qamab qo'yadigan монстр tasavvurimga kelardi.

O'zim hozir turmush qurish arafasidaman: ayamning kuyovi уже bilimimga pul sarflab, deyarli har gaplashganimizda ko'proq dars qilishim kerakligi, o'qishim lozimligini ta'kidlaydi.

Sovchilikka o'zi ham kelib, dadamga qizingizni o'qitaman, deb ham va'da bergani alohida maqtovga loyiq.

Biz qo'rqqan, bajarib ko'rishga ikkilangan narsalar ko'p hollarda aslida foydamizga ishlarkan.

Faqatgina to'g'ri tanlov qilsak bo'ldi, xolos.

@gullayotganyurak

Читать полностью…
Subscribe to a channel