Сен учун тақдир қилинган нарса икки тоғ орасида бўлса ҳам, барибир сенга насиб этади.
Сен учун тақдир қилинмаган нарса лабларинг орасида бўлса ҳам, барибир сенга насиб этмайди.
@Hayotpoyezddi
#Ogohlik
Bugun bir chet el videosini ko'rib qoldim.Unda ota o'z farzandlariga agar ularni kimdir o'g'irlab mashinaning bagaj qismiga solib qo'ysa ,u yerdan qanday qilib qochish,bagajni ichki qismidan qanday qilib ochish mumkinligini o'rgatardi.
Shu kunlarda internet tarmoqlarda ko'plab bolalarni o'g'irlamoqchi bo'lishayotgani videolari tarqalmoqda.Balki bizda ham bolalar ichida,bog'cha-maktablarda,mana shu mavzuda alohida to'xtalib ,jiddiy qaragan holda darslar o'tish kerakmi deb o'ylab qoldim.
9 oy vujudingizda ko'tarib dunyoga keltirib,unga yillar davomida kasalligida kechalari uhlamay ,parvarishlab tong ottirsangiz,kunduzi esa Allohdan uning kamolini,sog'lig'ini so'rasangizu qayerdagi Allohni tanimaydigan,qandaysir g'arazli maqsadlardagi insonlar(inson deb atash mumkin bo'lsa) jigaringiz porasini shunchaki tayyorga ayyor bo'lib olib ketsa,qanday daxshat....Yaratganning o'zi asrasin....Ogohlik davr talabi deb bekorga aytishmaydi...Shunday emasmi?
@Hayotpoyezddi
Бу суратчалик бирор сурат менга озор беролмаган. Шундан кейин фақирлик - зўравонлик турларининг энг ёмони, эканига иймон келтирганман.
✍🏻 Маҳмуд Самрий
@Hayotpoyezddi
Олдин уйлар тор эди
Тандир, ўчоқ бор эди
Аммо ўша уйларда
Ҳамма бахтиёр эди
@Hayotpoyezddi
#КунХикмати
Биз қози эмасмиз!
Биринчиси тунги клубга кириб ўлди, иккинчиси эса масжидда жон таслим қилди. Биринчиси у ерга насиҳат қилиш учун кирганди, иккинчиси эса намозхонларнинг пойафзалини ўғирлаш учун.
Шундан, одамларни жаннат ва дўзахга ҳукм қилиш бизга эмас!
@Hayotpoyezddi
- Эртага аниқ ўласан деб сизга ваҳий келса, шу куни нима қилар эдингиз?
- Илм ўрганар эдим.
Абдуллоҳ ибн Муборак
@Hayotpoyezddi
Madina, dunyolar yorishar, kulsang,
Izlab o’tirmagum boshqa tabibni.
Vahki, sen shunchalar chiroyli bo’lsang,
Husni qanday bo’lgan, bilmam, Habibni?!
@Hayotpoyezddi
🌿 Tashvishingiz, insonlarning muhabbatini qozonish bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang... Insonlarning qalblari o‘zgaruvchandir, bugun jonidan ortiq ko‘rib, ertaga nafratlanib ham qolaveradi... Tashvishingiz, qanday qilib bo‘lsa ham, insonlar Robbisi muhabbatiga sazovor bo‘lish bo‘lsin.... Agar U sizni yaxshi ko‘rsa, insonlar qalblarini sizga talpinadigan qilib qo‘yadi...!
— Shayx Sha’roviy
@Hayotpoyezddi
#muhabbat
Er, ayolini shunday tasvirlagan ekan:
Ayolim, shu chirkin dunyo derazasida, manzaramni go'zallashtirgan guldir!
@Hayotpoyezddi
#Ана_холос
🇯🇵Япон маданияти! Японлардан ўрнак олайлик! Қатарда ўтказилаётган футбол бўйича Жаҳон чемпионатида Япониядан ташриф буюрган футбол мухлислари ўзлари билан нафақат ўзининг секторида балки бошқа сектордаги чиқиндиларни ҳам тозалаб кетишмоқда.
@Hayotpoyezddi
Murg'ak qalb
Internet tarmoqlari orqali harkungi ketma-ketlikda ko'rib o'tirgan videolarim ichida yo'q deganda 1ta bo'lsa ham dunyodagi yetim,ko'chada qolgan bolalar videosi chiqib qoladi.Shu kunda bu holat ko'payib ketdi.To'g'risini aytsam bu narsa tinmayin qalbim,dilim,ko'zlarimdan tomchi yosh oqishiga sababchi bo'lyapti.Hozir bir videoga ko'zim tushdi.Unda 4yoshlar atrofidagi yupun kiyingan jajji,charchagan,ko'chada uysiz daydiga aylangan,och va yolg'iz, yetim,ayanchli holatdagi bolajon turardi.
Video tagiga :
Uning oilasi yo'q.U och va yolg'iz.Dunyoda minglab shunday yetimlar bor.Bu yil qishdan ularning barchasi ham omon chiqolmaydi-
deb yozilgandi.
Hozir o'tiribmanu ko'zlarimdan to'xtamay ko'zyosh to'kilyapti.U munosib emasmi,sovuq kunlarda issiqqina uyda ota-onasi bag'rida,mehrga to'la quchoqlar ichida ulg'ayishga?erkalik qilishga,maktablarda toza kiyimlarda o'qishga?...
Shubhasiz munosib!Ammo,taqdir ekan...
Kim bilsin vaqtlar o'tib,shunday qiyinchliklarda katta bo'lgan bolalar,hammadan ham baxtli kelajakka ega bo'larlar.O'z oilalarini baxt,quvonch,go'zal hayot ustiga qurib,o'z farzandlarini mehrga to'la hayot qurshovida ulg'aytirarlar....Kim bilsin....
Jajji murg'ak qalbning ko'rinishi ko'z o'ngimdan ketmayapti.Bu daxshatli dunyoga kelib nima ko'rding degim keladi-yu, Allohning ishlariga aralashib qo'yishdan qo'rqib,uning har bir insonga bergan taqdiri,sinovi borligi,har bir banda begunoh tortgan azobi,qilgan gunohi va umuman olganda yashagan umri davomida qilgan har qanday amaliga yarasha buyuk sovg'a Jannat va ayanchli yakun Do'zax bilan mukofotlanishi yodimga tushib,o'zim bilan o'zim gaplashayotgan tillarimni,faryod chekayotgan qalbim hayollarini tiyaman.
Qila oladigan yagona ishim dunyodagi barcha norasidalar,qariyalar,birovning ko'magiga muhtoj nogironlar va qo'yinki butun dunyodagi yaxshilar haqqiga duo qilish.Shunchaki emas,chin dildan...
Bugun kimningdir haqqiga duo qildingizmi??
@Hayotpoyezddi
Bir gul kabi bo'l, ammo tikoni kabi zolim bo'lma. Bir insonga shunday bir so'z so'ylaki, yo yashat yoki o'ldir, ammo aslo yarador qilib qoldirma!..
— Shams Tabriziy
@Hayotpoyezddi
#мулоҳаза_учун
Ислом билан яшашдан ҳеч ким ўлмайди, аммо ғарбликларга хос яшаб ўлганларнинг чек-чегараси йўқ. Ичкиликдан, гиёҳванд моддадан, фаҳшдан, ортиқча кўнгилхушликлардан ўлганларнинг сон-саноғи йўқ. Демак, инсон оқ билан қоранинг фарқига яхшигина бориши керак. Фикрлайдиган инсонлар ақли бор инсонлардир... Оқ билан қорани ажрата олмайдиганлар кафан киймагунича ўзига келмайди.
✍ Амина Шенликўғли
📌 "Ёлвораман хиёнат қилма"
@Fatima_Aliy
#Taklif
Assalomu alaykum qadrli "Hayot poyezdi" im yo'lovchilari...❤️❤️❤️
Kanalimiz uchun qanday taklif va maslahatlaringiz bor.?Biz uchun harbir fikr muhim...
Javobingizni qoldiring...
@Hayotpoyezddi
#Kechikish
– Qalbim quvonchi hech gul bermaysiz deb – ma’yus kuldi ayoli.
– To’yimizda berganman-ku! – hazilga oldi erkak.
– Shungayam o’n yil bo’libdi-ya…
– Hali senga ko’p gul beraman qalbim chechagi, hayotimiz oldinda…
Ammo har kuni gulbozordan o’tarkan, erkak o’ylardi: “Biror kun albatta gul olaman!”
…Va’dasini bajarib nihoyat guldasta oldi. Uni ayolining qabriga qo’ydi...
@Hayotpoyezddi
#Lillah
Darveshdan so'radilar:
- Insonni sevmoq charchatadimi, sevilmoqmi?
Darvesh dedi:
- Alloh uchun bo'lmasa ikkisi ham charchatadi..
@Hayotpoyezddi
Суриялик 3 та болакайнинг тарихда қолган нидоси.
•
Ўлаётган болакай:
- Мен сизларни Аллоҳга айтиб бераман!
•
Босиб қолган иморатлар орасидаги қизчанинг нидоси:
- Амаки, мени расмга олманг, бошимда рўмолим йўқ!
•
Очликдан машаққатланган болакай:
- Я Роббий, мени жаннатинга олиб кет, биз хам тўйиб таомланайлик!
@Hayotpoyezddi
Yapon tilida bir ajoyib so'z bor ekan .Kuchisabishii!
Siz och emassiz, lekin og'zingiz bo'sh qolmasligi uchun nimadir yeb o'tirishingizni shu so'z ifoda etarkan.Menimcha, vanihoyat ko'pchilik izlagan so'zi topildi.😄😄🌸
@Hayotpoyezddi