“O’zgaribsiz” deysan. Bo’lishi mumkin:
Axir boshdan oyoq o’zgaradi dunyo.
Odam, havo, tuproq avvalgidekmas.
Menda o’zgarishlar bo’lmaydimi yo?
Oqibatni ko’mdik oxir-oqibat,
Huquqlar haqida kimdir chertar soz.
Hov issiq yurtlarda polaponlar och,
Mening esa sochim to’kilgan bir oz..
Go’daklar, go’daklar, ma’sum go’daklar,
Baliqqa aylanib ketdi qanchasi..
Ertalash, zartalash - saraon -sargardon
erta manziliga ketdi qanchasi..
“O’zgaribsiz”, deysan. Ha, men o’zgardim:
Diydam qotdi qancha, kechdim ro’yodan.
Sahroyi Kabirga qor yog’di, axir,
O’zgarmay bo’larmi shunday dunyoda?!
O’zgardim. Sezibsan. Avvalgi “Men” yo’q,
Ishga ko’milganman ertadan to kech.
Muztog’ erimoqda, men xudbin esa,
Onamni ko’rgani vaqt topmayman hech.
Mayli, hayron bo’lma, hammasi yaxshi
Hech kimning aybi yo’q – o’zimdan ginam.
Ko’p narsa o’zgardi, to’g’ri va lekin
Mehrim o’zgarmadi senga birgina..
#MuslimMirzajonov
@hazelbooks
#baqirmaydigan_onalar
Holbuki, onalik maqomi boshidanoq omonatchilik kursisidir. Ya’ni sohiblikdan chiqib, shohidlikka kela olish yo’lidir, chunki ishning asli shuki, farzandlarimiz ‘bizniki’ emas. Dunyoga kelishiga vosita bo’lishimiz ularning bizning molimiz ekanligini anglatmaydi. Mana shu nuqtai nazar farzandlarimizga bo’lgan munosabatimizni tubdan o’zgartiradi.
@hazelbooks_official
#baqirmaydigan_onalar
Bolalar yiglaydi: Yig’lash bolaning munosabatga kirishish usulidir. Bola xafa bo’lganida, umidsizlikka tushganida, jaxli chiqqanida, o’zini yomon his qilganida, qo’rqqanida, uyqusi kelganida, qorni och qolganida yig’laydi. Bu tabiiy holdir. Hatto ona uchun shukr sababidir. Hali yetarlicha gapirish va ifodalash qobiliyati bo’lmagan bir bola agar yig’lamaganida uning muammosi borligini bilishimiz mumkin bo’lmasdi..
@hazelbooks_official
Qamoqxona menga juda yoqdi. Faqat bir kamchiligi bor ekan:
Eshikning ichkaridan qulflanmasligi..
Stendal (qizil va qora)
@hazelbooks
O’qigan kitoblaringni yana bir bor varoqlashdek zavq bo’lmasa, kerak bu dunyoda..
Qachondir ostiga chizgan jumlalaringni ko’rganingdagi hissiyot..
@hazelbooks
E’tibor - bu unchalik katta vaqtni talab qilmasada, bir insonning butun kunini tabassumga aylantiradigan tuyg’u…
@hazelbooks iyi ki varsın 🌹
#asardan
Allohga osiy bo’lgan shayton har ishni qila olishiga ishonasan-u , Alloning izni bilan Allohning do’sti qila oladigan ishga nima uchun ishonmaysan?
@hazelbooks
#asardan
Har bir nafas uchun to'rt hovli (holat) bor, har bir hovli avvalgisidan kattaroq. Birinchisi onaning qorni bo'lib, u tor va uch qatlam zulmat qorong'ulikda joyidir. Ikkinchisi bu dunyo hayoti : inson shu yerda yaraldi, ulg'aydi, yaxshilik va yomonlikni ham shu diorda kasb qildi. Uchinchisi barzax hovlisi: barzax bu dunyo hovlisidan kattaroq va kengroq bo'lib, uning dunyoga nisbatan o'lchami yerning ona qorniga nisbatan o'lchovi kabidir. To'rtinchisi: bandaning oxirgi qaror topish hovlisi bo'lib, u yo jannat, yoki do'zaxdir. Bu hovlida boshqalarida bo'lmagan qat'iy hukm va holatlar mavjud.
@hazelbooks
#Ökinma
Alloh taolo bandalarini Uni eslash uchun yaratgan. U mahluqotga O’zinga shukr qilishlari uchun risq bergan. Ko’pchilik Undan boshqaga bo’ysunadi va o’zgalarga shukr qiladi. Chunki, qaysarlik, inkor, jafo va shukrsizlik tabiati nafslar ustidan g’olib keluvchidir.
@hazelbooks
#baqirmaydigan_onalar
..bolalar dunyoga ahloqiy me’yorlar va qoidalarni bilib kelmaydi. Buni bizdan o’rganadi. Bir muddatda ham imkon darajasida sinib ko’rish – xato qilish bosqichini boshdan kechirishadi. Ota - ona sifatida mana shu muddatlarda bolalarimizga boshchilik qilish, to’g’ri bilan noto’g’ri o’rtasidagi farqni ko’ra olish uchun imkon berish, har o’zgarish davrida kerakli bo’lgan e’tibor va sabrni berish bizning ota-onalik vazifamizdir.
@hazelbooks_official
#baqirmaydigan_onalar
..katta odam yana bir odamga ‘ahmoqsan’ desa, narigi odam o’zini himoya qilish uchun jismonan va aqlan yetuk bo’lgani uchun ko’pam yaralanmaydi. ‘Bo’lmag’ur gaplarni aytyapti’ deya o’z menini himoya qila olish harakatini ko’rsatadi. Holbuki, bola uchun ona mutlaq avtoritetdir. U nima desa, to’g’ri. Shuning uchun ona o’z bolasini ahmoq desa, unga ikki xil zarar yetkazgan bo’ladi. Ham farzandiga qaratilgan hurmatsiz harakatlari bilan passiv zo’ravonlik ishlatadi hamda bolaning ichida: ‘Onam meni ahmoq dedi, demak, ahmoqman’ degan ishonchni paydo qiladi. Shunaqa-da, bola uchun ona nima desa to’g’ri!
@hazelbooks 🌷
#asardan
..insonning ko’zi uzoqdagi narsani ko’rishga urinavergani uchun yonginasidagi narsani ko’ra olmaydi!
@hazelbooks
#asardan
Mo’min kishi uchun laxaddan ko’ra yaxshiroq narsa yo’q. Kimki laxadga qo’yilsa, dunyo g’amlaridan qutilib, Allohning azobidan omonda bo’ladi.
@hazelbooks
#ökinma
Hazrati Odamdan (alayhissalom) to oxirgi insongacha ikkita kishi bir xil bo’lmaydi-yu, nimaga endi iqtidor va axloqda bir xil bo’lsin. Siz boshqa kishisiz, tarixda sizga o’xshagani bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Siz tamoman falonchilardan boshqachasiz, o’zingizni taqlid, singib ketish maydoniga tashlamang. O’zligingizdan ketmang.
@hazelbooks🌷
Inson bu yorug' dunyoga bo'sh qo'l bilan kelib, huddi shu tariqa uni tark etadi. Borliqning yagona va haqiqiy sevgi egasi Allohdir, uning in'omi ila insoniyatga boylik va hukumat vaqtinchalik foydalanish uchun berib turiladi. )
©birodarimdan...