herosson_group | Unsorted

Telegram-канал herosson_group - Herosson Group

2431

🌐 "Herosson Group" Freelance Co. Rasmiy sahifamizga xush kelibsiz😊! 👤 Founder: @doston27 ☎️ Murojaat uchun: +998 97 7251027 +998 88 9001027

Subscribe to a channel

Herosson Group

HTML, CSSni biladiganlar uchun.

Xayrli tong. Youtube kanalimizga yangi video joylandi. Bu videoda faqat Html, Cssni bilaman Doston aka meni ishga oling, qaysi It kompanyaga boray, qancha oylik beradi degan ko'p savollar menga keladi va bu savollarga animatsiyali veb sayt tarzida javob berganman.

Video link 👇👇👇
https://youtu.be/ezKWQoHV87c

Читать полностью…

Herosson Group

JavaScriptni 3 soatda o'rgan.

Kanalimizda JavaScriptni bilmaydiganlar ko'pligi uchun JavaScriptni no'ldan boshlab o'rgatilgan darsligimiz youtubega joylandi. Oldingi postlarimizda ushbu videoni mundarijasini tashlagan edik.

Video link👇👇👇

https://youtu.be/lgcxh9Vz0Ew

P.S. JavaScriptni videodan ko'rib tezroq o'rganing tez kunlarda React.js o'rgatishni boshlaymiz😉

Читать полностью…

Herosson Group

Pug.js NIma ?

Pug haqida kimda qanday ma'lumot bor yoki kimdur eshitib ko'rganmi. Pug ni ishlatadigan Web dasturchilar Html ni umuman ishlatgisi kelmaydi. Nimaga bunaqa deb o'ylaysiz javobingizni izohlarda qoldiring.

Читать полностью…

Herosson Group

Tez kunda offline tarzda darslar boshlanadi.

Assalomu Alaykym qadrli obunachilarimiz. Xabaringiz bor 2 yil mobaynida Herosson Group O'zbekistonning barcha viloyatlari va chet eldagi yurtdoshlarimizga online tarzda darslar berib kelmoqdamiz. Hozirda online tarzda bizda o'qiyotgan o'quvchilarning soni 126 nafarni tashkil qiladi.

Tez orada rasmda ko'rib turgan 20 kishilik xonada offline tarzda darslar berish boshlanadi. Bu xona barcha shart sharoitlarni o'z ichiga oladi. Ushbu xonada dars berish va o'rganish juda ham maroqli.

Yaqin kunlar ichida o'n besh va sakkiz kishilikga mo'ljallangan xonalar tashkil qilinadi. Barcha xonalar tayyor bo'lganidan keyin offline tarzda darslar berishni va yangi online tarzda darslar o'tiladigan guruhlarni ochishni yo'lga qo'yamiz.

P.S. Ha aytgancha bizni kanaldan uzoqlashmang, so'rovnomada ko'rinib turibdiki Youtubeni clonini yasashni boshlaymiz😉

Читать полностью…

Herosson Group

CenterLogistic veb sayt yasash | 5 - dars.

CenterLogistic veb sayt yasash video darslarimizning 5 - darsi Youtube kanalimizga joylanadi. Bu video darsda birinchi sahifani tugatib chiqamiz.

Veb sayt linki-centerlogistic.uz
Veb sayt dizayni linki - Figma
Video linki -Youtube

Youtube | Telegram

Читать полностью…

Herosson Group

CenterLogistic veb sayt yasash.

CenterLogistic veb sayt yasash video darslarimizning 3 - darsi Youtube kanalimizga joylanadi. Bu video darsda veb saytimizning intro qismini yasashni o'rganasiz.

Veb sayt linki-centerlogistic.uz
Veb sayt dizayni linki - Figma
Video linki -Youtube

Youtube | Telegram

Читать полностью…

Herosson Group

Terminaldan Foydalanish 4-dars.

Assalomu Alaykum. Terminaldan foydalanish darslarimizning oxirgi 4-darsi youtube kanalimizga joylandi. Bu darsda siz terminal orqali qanday qilib filelarni ko'chirish va izlashni o'rganib olasiz.

Ha aytgancha bu videoni ko'rishdan oldin boshidagi videolarni ko'rishni tavsiya qilaman. Youtube kanalimizga tez orada portfoliyolarni yasashni boshlaymiz.


https://youtu.be/cGl0SdfoW0I

Читать полностью…

Herosson Group

Scout app nima ?

SASSni amalyot bilan o'rganing bo'limizning 2-darsi joylandi. Bu videoda siz bu bo'limda yasaladigan maket haqida malumot olasiz, Sassni qanday o'rnatish va Scout app Sass uchun nmaga kerakligini bilib olasiz.

https://youtu.be/5w0wrLl5ROY

Читать полностью…

Herosson Group

SASS ni amaliyot bilan o'rgan.

You tube dagi yangi playlistimizda SASS va GULP texnalogiyalari orqali ushbu maketni yasashni o'rgatamiz. Bu darslarni siz Online shopping darslarimiz bilan birgalikda o'rganishingiz mumkin, shu bilan birgalikda siz native CSS va SASS preprosessorlarni bir biridan farqlarini bilib olasiz. Bu playlistga video darslarni tez orada joylashni boshlaymiz.


Kanalimizdan uzoqlashmang hali oldinda juda ajoyib proyektlar qilingan darslar mavjud.

Telegram | Yotube

Читать полностью…

Herosson Group

Online shopping sayt Tuzamiz | #3.

Mana bizning online shopping darsimizning 3-qismi ham youtubega joylandi. Texnik nosozlik tufayli ushbu video o'z vaqtida joylanmay qoldi, qolgan videolar o'z vaqtida joylanadi.

Aytgancha Youtube kanalga azo bo'lishni va videolarga like bosishni unutmang😉

https://youtu.be/unhluttyd_8

Читать полностью…

Herosson Group

Hammaga salom!😎

YouTube kanalimizga yangi video joylandi!
Bu video darslikda online shopping makerini qilishni o'rganasiz.

https://youtu.be/0DPpFCpG80c

Читать полностью…

Herosson Group

Yaxshi o'zlashtir va biz bilan Freelancer bo'l.

Hozirgi kunda eng ko'p talab qilinadigan kasblardan biriga ega bo'lishni xohlaysizmi ???

1. Front end: HTML,CSS,Bootstrap,JavaScript, Sass,Less Gulp, GitHub, Vue.js, yoki React.js
2. MERN: MongoDB, Express.js, React.js ,Node.js.
3. MEVN: MongoDB, Express.js, React.js, Node.js.
4. PHYTON: Phyton, Jango, Malumotlar bazasi.
5. PHP: Php, Laravel, Malumotlar bazasi.
6. NODE.JS: Noded.js, Express.js, Malumotlar bazasi.
7. FULL STACK: Frond end va Back end yo'nalishlari birgalikda.

Bonuslar: 1 yillik Domain va hosting

Murojaat uchun 👉 Admin

☎️ (998) 977251027

web-sahifa | telegram

Читать полностью…

Herosson Group

Ishonchingiz biz uchun muhim!

Qadrli kuzatuvchilar sizlarga shuni ma'lum qilmoqchimizki, biz qonuniy ish olib boramiz ya'ni bizning xizmatlarimiz ro'yxatdan o'tilgan, litsenziyalangan va albatta guvohnomaga ham egamiz. Siz bizga ishonishingiz mumkin va biz sizning ishonchingizni har doim oqlaymiz.

Shuningdek agar siz yuridik shaxs bo'lsangiz o'zingizni shaxsiy hisob raqamingizdan shartnoma asosida bizning hisob raqamimizga pul o'tkazishingiz mumkin.

Читать полностью…

Herosson Group

JavaScriptda Obyektlar

Assalom aleykum! Bugun biz sizlar bilan JavaScriptda obyektlar haqida gaplashamiz. Obyektlar qanday ishlashi, ulardagi kalitlar va kalitlar bilan qanday ishlash haqida qisqacha tanishtirib chiqamiz. ☺️

🔹 Obyektlar boshqa qiymatlarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan qiymatlardir. Ular o'zgaruvchilarga o'xshash qiymatlarni nomlash uchun kalitlardan foydalanadilar .
JavaScriptda obyektlar quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:

var course = {
name: "GRA 2032",
start: 8,
end: 10
};

🔹 Kalitlarni olish
Obyekt kalitini olish uchun sizda ikkita variant mavjud:
Kalit nomi bilan nuqtadan foydalanishingiz mumkin va natija o'sha kalitda joylashgan qiymatni ko'rsatadi. Masalan:

var cours = {
name: "GRA 2032",
start: 8,
end: 10
}; course.name;

OUTPUT (Chiqish)
"GRA 2032"

Yoki kalit nomini qo'shtirnoq belgisi bilan to'rtburchak qavslar ichida yozib kalitlarda joylashgan qiymatlarni olishingiz mumkin [""]. Masalan:

var course = {
name: "GRA 2032",
start: 8,
end: 10
}; course [ "name"];

OUTPUT (Chiqish)
"GRA 2032"

🔹 Kalitlarni sozlash
Obyektga kalitlarni qo'shish uchun sizda uning kalitlarini olish kabi ikkita variant mavjud .
Mazkur kalitga yangi qiymat qo'shish uchun kalit nomi bilan nuqtadan foydalanishingiz mumkin va undan keyin tenglik belgisidan foydalanasiz = natija o'sha kalitda joylashgan qiymatni ko'rsatadi. Masalan:
var character = {
name: "Donna»,
hair: "red"
}; character.hair = "blonde";
character;

OUTPUT (Chiqish)
{
"name": "Donna",
"hair": "blonde"
}

Kalit qiymatini yangi qiymatga o'zgartirish uchun kalit nomini to'rtburchak qavs ichida qo'shtirnoqlar bilan yozish kerak va tenglik belgisidan keyin yangi qiymatni kiritasiz. Masalan:
var character = {
name: "Donna",
hair: "red"
};
character ["hair"] = "blonde";

character;
OUTPUT (Chiqish)
{
"name": "Donna",
"hair": "blonde"
}

🔹Obyektlar haqida qisqacha ma'lumotlarga ega bo'ldingiz degan umiddamiz. Tez orada amaliyotda qo'llash orqali yanada chuqurroq tushunib olasiz degan fikrdamiz. Bizning kanalimizdan uzoqlashmang!

🟡 Haqiqiy manba quyidagi havolada:

https://www.javascript.com/learn/objects

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Herosson Group

💣💣💣 JavaScriptda funktsiyalar

Assalomu alaykum do'stlar! Bugun siz kutganingizdek JavaScriptda funktsiyalar haqida qisqacha tanishtirib o'tamiz. Barchamizga ma'lumki funktsiyalar JavaScriptda juda katta o'rin tutadi, keling quyida JavaScriptda funktsiyalar qanday ishlashini qisqacha ko'rib chiqamiz!🤓

➡️ Funktsiya (Function)
Funktsiyalar - bu nomlanishi va qayta ishlatilishi mumkin bo'lgan kod bloklari.
Funktsiyani qanday e'lon qilish kerak:

function addTwoNumbers (x, y) {
return x + y;
}

Yuqoridagi misolda juda ko'p narsa bor, shuning uchun har bir qismni alohida ko'rib chiqamiz.

🔺function - bu funktsiyani e'lon qilishni boshlaydigan kalit so'z .
🔺addTwoNumbers - funktsiyaning nomi , uni sozlash mumkin - xuddi o'zgaruvchining nomlari singari .
🔺(x, y) - bu parametrlar , funktsiyalar uchun o'zgaruvchilar bo'lib nomlar hami qabul qiladi.

➡️ Funktsiyalardan foydalanish
Funktsiya aniqlangandan so'ng, uning nomini darhol qavs ichida () ko'rsatib, undan foydalanishingiz mumkin.

E'tibor bering, funktsiya parametrlarga ega bo'lishi shart emas.

function greetThePlanet () {
return "Hello World!";
} GreetThePlanet ();

Chiqish (OUTPUT)
"Hello World!" return - bu funktsiyadan chiqadigan va ixtiyoriy qiymatni tashqarida bo'lishadigan kalit so'z .

Agar _does_ funktsiyasida parametrlar mavjud bo'lsa, funktsiyadan foydalanishda qavs ichida qiymatlarni kiritishingiz kerak bo'ladi. Misol uchun:

function square (number) {
return number * number;
} Square (16);
Chiqish (OUTPUT)
256

Hozircha funktsiyalar haqida ma'lumotlar shular, umid qilamizki sizlarga ma'qul keladi. Funktsiyalarga bog'liq albatta amaliyotlar ham ko'rsatib o'tamiz. Bizni kuzatishda davom eting!😊

🟡 Post quyidagi havolada joylashgan maqoladan o'zbek tiliga tarjima qilindi:

https://www.javascript.com/learn/functions

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Herosson Group

Creative Portfolio

Ajoyib Portfoliya yasashni youtube kanalimizdagi videodan ko'rib o'rganing. Bu portfoliyani yasashda Html, Css, JavaScript, MagicScroll, Gsap texnalogiyalardan foydalanilgan.

Video link👇👇👇
https://youtu.be/uQgn0sRulE4

Читать полностью…

Herosson Group

Pug HTML protsessori haqida.

Pug - bu Node va brauzer uchun shablon mexanizmidur. HTML-ga kompilyatsiya qilinadi va soddalashtirilgan sintaksisga ega, bu sizni ishingizni yanada samaraliroq va kodingizni o'qishni osonlashtiradi. Pug ma'lumotlar bazasi yoki API dan olingan ma'lumotlarni ko'rsatishni osonlashtiradi.

Shablon mexanizmi - bu HTML-ga shablonni kompilyatsiya qilish uchun mas'ul bo'lgan dastur. Shablon mexanizmi odatda tashqi manbadan ma'lumotlarni oladi va uni o'zi tuzayotgan shablonga kiritadi.

Agar saytingiz yoki veb-ilovangiz ma'lumotlarga asoslangan bo'lsa, shablon mexanizmidan ko'proq foyda ko'rasiz - masalan, xodimlarni boshqarish uchun xodimlar katalogi, foydalanuvchilar sotib olishi mumkin bo'lgan turli xil mahsulotlar ro'yxatini beruvchi veb-do'kon yoki dinamik qidiruv funksiyasiga ega sayt.

Agar siz API’dan kichik hajmdagi ma’lumotlarni olayotgan bo‘lsangiz (bu holda siz JavaScript-ning mahalliy shablon satrlaridan foydalanishingiz mumkin ) yoki kichik statik sayt yaratayotgan bo‘lsangiz, shablon mexanizmi kerak bo‘lmaydi .


index.pug

doctype html
html(lang='en')
head
title Pug
body
h1 Hello, World!
div. box
p Herosson Group

index.html

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
<head>
<title>Pug</title>
</head>
<body>
<h1>Hello, World!</h1>
<div class="box">
<p>Herosson Group</p>
</div>
</body>
</html>

Telegram | Youtube

Читать полностью…

Herosson Group

JavaScriptni noldan o'rgan.

Xabaringiz bor tepadagi so'rovnoma o'tgazgan edik bu so'rovnomada ko'pchilik JavaScript haqida ma'lumotga ega emas ekan va biz JavaScriptni noldan o'rgan nomli video darslarimizni youtubega joylashtirmoqchimiz. Bu Video Darslarda siz JavaScriptni noldan o'rganishingiz va amalyotlarda qo'llashlarni o'rganishingiz mumkin. Video darslarning mundarijasi haqida tanishib chiqing. Har bir bo‘lim bitta video bo‘ladi (batafsil)da videda nimalar o‘rgatilgani yozilgan.

Mundarija:

1-The Basics (batafsil).
2-DOM (batafsil).
3-Project (batafsil).
4-Arrayni mukammal o'rganish. (batafsil).
5-Ob'ektni mukammal o'rganish.(batafsil).
6-Project(batafsil).
7-Project(batafsil).
8-Async JavaScript(batafsil).

Telegram | Youtube

Читать полностью…

Herosson Group

React.js orqali amaliyot.🤩

Bizda sifatli, bepul amaliy video darslarni youtube kanalimizga joylanayotganidan xabaringiz bor.Bu video darslarni ko'rib o'rganayotganlarning ko'pchiligi bizdan react.js orqali biron bir maketni yasab ko'rsating deb so'rashayapdi, bu so'rovlarni inobatga olgan holda biz react.js orqali ham amaliyot darslarni youtubega joylashtirmoqchimiz. Faqat biz biron bir veb saytni clonini yasashni ko'rsatmoqchimiz va aynan qaysi veb saytni clonini yasashni obunachilarimiz tanlashini xohlayabmiz.

Youtube, TikTok, Instagramlar orasidan birini va nega aynan ushbu veb saytni clonini yasab ko'rsatishimizni comentariyaga yozib qoldiring.

👇👇👇👇👇👇

Читать полностью…

Herosson Group

CenterLogistic veb sayt yasash | 4 - dars.

CenterLogistic veb sayt yasash video darslarimizning 4 - darsi Youtube kanalimizga joylanadi. Bu video darsda clients va services bo'limi qanday yasalishi o'rganib olasiz.

Veb sayt linki-centerlogistic.uz
Veb sayt dizayni linki - Figma
Video linki -Youtube

Youtube | Telegram

Читать полностью…

Herosson Group

CenterLogistic veb sayt yasash.

CenterLogistic.uz veb saytiga tashrif buyuring. Bu vebsaytni ko'rib qanday yasash mumkin ekan deb o'ylagan bo'lsangiz kerag.

Bu veb saytni 1 yil oldin darslarimiz davomida 2 oydan beri o'rganayotgan o'quvchilarimiz bilan birgalikda yasaganmiz. Bizning Youtube kanalimizga ushbu veb saytni no'ldan boshlab yasashni o'rgatgan videolar qo'yib borilmoqda. Video darslarda siz faqat veb sayt yasashni emas hostinga joylashni ham o'rganasiz. Video darslarni ushbu playlistdan ko'rishingiz mumkin.

P.S. Ha aytgancha youtubega obuna bo'lishni unutman yangi video chiqganidan xabardor bo'lasiz.😉

Youtube | Telegram

Читать полностью…

Herosson Group

Terminaldan Foydalanish.

Assalomu Alaykum Terminaldan qanday foydalanishni bilmayotganlar uchun Youtube kanalimizga yangi videolar joylandi. Terminal web dasturchi uchun nmaga kerak degan savolga javob olasiz.

https://youtube.com/playlist?list=PLeVghDUsGFYTHDERU9-GXKp88M_6JyLRc

Читать полностью…

Herosson Group

SASSni amaliyot bilan o'rganing | #1 - Kirish qismi.

Assalomu Alaykum. Mana bugun youtube kanalimizga yangi playlistimizga 1-video ham joylandi, bu 1-darsda bu playlistda nmalar o'rgatilishi haqida to'liq malumot berilgan. Online shopping darslarimiz to'xtamagan holda ikkala darslarimizga ham video darslar qo'yib boriladi.

Aytgancha Youtube kanalga azo bo'lishni va videolarga like bosishni unutmang😉

https://youtu.be/L4Yun5v5hl8

Читать полностью…

Herosson Group

Online shopping sayt Tuzamiz | #4.

Mana bizning online shopping darsimizning 4-qismi ham youtubega joylandi. Bu videoda siz maketimizning 1 - pagening categories qismini yasab chiqishni o'rganishingiz mumkin .

Aytgancha Youtube kanalga azo bo'lishni va videolarga like bosishni unutmang😉

https://youtu.be/lOjsQljFqyo

Читать полностью…

Herosson Group

Online shopping sayt Tuzamiz | #2.

Mana bizning online shopping darsimizning 2 qismi ham youtubega joylandi. Bu videoda siz Javascriptni bilmagan holda qanday qilib slider yasashni o'rganasiz.

Aytgancha Youtube kanalga azo bo'lishni va videolarga like bosishni unutmang😉

https://youtu.be/eE2VF3g7-ug

Читать полностью…

Herosson Group

Assalomu Alaykum.

Ushbu video darsligimiz boshlang'ich veb dasturchilar uchun amaliy dars hisoblanadi. Bu video darslikda siz 3 ta pagelik online shopping maketini qilishni o'rganasiz. Bu darslik 15 soatlik bo'lganligi uchun 7 kunga bo'lib qo'yiladi. Maketni ushbu link orqali ko'rishingiz mumkin. Bu video darsliknig birinchi qismi tez orada youtubega joylanadi

BIzni kanaldan uzoqlashmang tez orada siz uchun yangi amaliy darslar qo'yib boriladi.

Читать полностью…

Herosson Group

Herosson guruhi sizlar uchun yanada yangi qulayliklar taklif qiladi!🤩🤩🤩

Endi bizda hamma yo'llar bilan to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Har bir o'quvchimizning talablarini inobatga olgan holda to'lov uslublarini kengaytirdik. Endilikda dunyoning hamma burchagidan turib biz bilan bog'lanishingiz va to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bu esa sizga imkoniyatingiz yanada kengayganini anglatadi, imkoniyatingizdan esa o'z vaqtida foydalaning va bizga qo'shiling😉. Quyidagi uslublar orqali to'lov qilishingiz mumkin:

Xalqaro uslubda to'lovlarni to'lash shakllari:
🔹 Pay Pal
🔹Visa Card
🔹Master Card
🔹Yandex Money
🔹Web Money
🔹Qiwi Money

O'zbekiston bo'ylab to'lov uslublari:
🔹Pay me
❗️Pay me bilan bizning o'rtamizda shartnomamiz bor va siz endi Pay me ilovasi orqali qidiruv bo'limidan "Herosson" nomi orqali to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
🔹Click
🔹Shartnoma asosida hisob raqamga pul o'tkazish

Telegram | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Herosson Group

Biz haqimizda qanchalik bilasiz ? 🧐🧐🧐

Herosson guruhining nomi qanday paydo bo'lgan va uning tarixi qanday ? Bugun biz sizlarni "Herosson" nomi bilan tanishtiramiz. Herosson nomi asli Herosson asoschisining ukasi Javlon Esirgapov tomonidan yaratilgan bo'lib chuqur ma'noga ega. Herosson nomi ingliz tilidan olingan bo'lib asl tarjimasi "Hero"-"Qahramon", "Son"-"O'g'il" degan ma'nolarni anglatadi va birgalikda "Qahramon o'g'li" degan ma'noni beradi. Bu nom aynan Herosson guruhi asoschisi va nom asoschisi uchun ham juda katta muhim o'rin tutadi chunki ularning mana shunday darajaga chiqishi va o'zlarining mustaqil qadam tashlashlari uchun ularning otasining o'rni juda ham katta va muhim bo'lgan.

Herosson asoschisi Doston Jonuzoqovni yoshligidan IT sohasiga qiziqish paydo qilgan va qo'llab quvvatlagan inson aynan otasi bo'ladi. "Dadamning kasbi kompyuter muhandisi bo'lgani uchun ham IT sohasiga tez qiziqganman chunki yoshligimdan dadamning yonida ko'p yurib ishlarini kuzatganman va kompyuterga nisbatan boshqacha mehr uyg'ongan oqibatda esa dasturchi bo'lishga qaror qilganman" deb ta'kidlaydi Doston. Nafaqat IT balki mexanikaga qiziqish uyg'otgan va har xil qo'shimcha to'garaklarga bergan, kompyuterning ichki va tashqi qismlari bilan tanishtirgan va o'rgatgan inson aynan otasidir. "Men yoshligimdan hamma turdagi uskunalarga qiziqganimdan ochib ichidagi hamma funktsiyalarini o'rganib kerakli qismlarini olib yana qayta tiklab qo'yishgaa juda ham usta edim. Bu qobilyatimni ko'rib dadam meni taxminan 12-13 yoshlarimda "Radiotexnika" kursiga bergan va men bu sohada va umuman texnika haqida juda katta boshlang'ich bilim olganman." deydi jamoamiz boshchisi Doston Jonuzoqov. Shuningdek, jamoamiz boshchisi Maroqand, DataSite va Inspiration kompaniyalarida ishlab tajriba orttirgan va Upwork freelancer lik platformasida masofaviy ravishda ko'plab proyektlar ustida ishlagan. Bu darajagacha kelguncha qahramonimiz juda ko'p ustida ishlagan ya'ni ko'plab onlayn dasturlashga oid kurslarni sotib olib o'rgangan va qo'shimcha kurslarga ham qatnashgan. Bularning barchasiga bosh sarmoyador otasi bo'lgan.
"Bu yutuqlarning barchasining ortida dadamning menga bergan e'tibori va mehnati yotadi." deydi Doston.

Logoni o'zini tasvirlaydigan bo'lsak, o'zingizga ma'lumki logoda yoshi katta ya'ni "ota" va yosh bola "o'g'il" tasvirlangan, bu esa o'g'il otasiga qaragan holda doim shu insoning qo'llab quvvatlashi ostida turgani va o'z otasidan faxrlanishi ko'rsatilgan. Logomiz Yoko Digital studiosi asoschisi Jamshid Xoliqulov tomonidan yaratilgan.

telegram | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Herosson Group

📣📣📣 JavaScriptda Massivlarning o'rni hamda massivlarning xususiyatlari va usullari. 📢📢📢

Assalom aleykum qadrli kuzatuvchilar! JavaScriptdagi massivlar haqida eshitgandirsiz, ularning qanday ishlashi va qanaqa xususiyatlari, usullari borligi haqida maʼlumotga ega emasmisiz!? Unda biz sizga yordam beramiz, quyida barcha kerakli boʻlgan maʼlumotlarni sizlar uchun tayyorlab qoʻyganmiz.😊

🔷Massivlar
Massivlar boshqa qiymatlarni ushlab turadigan konteynerga o'xshash qiymatlardir. Massiv ichidagi qiymatlar elementlar deyiladi. Masalan:
var breakfast = ["coffee", "croissant"];
breakfast;
OUTPUT (Chiqish)
["coffee", "croissant"]

Massiv elementlarining barchasi bir xil qiymatga ega bo'lishi shart emas. Elementlar JavaScriptning har qanday qiymati bo'lishi mumkin, hatto boshqa massivlar ham. Masalan:
var hodgepodge = [100, "bo'yoq", [200, "cho'tka"], false];
hodgepodge;
OUTPUT (Chiqish)
[100, "bo'yoq", [200, "cho'tka"], noto'g'ri]

🔹Elementlarga kirish

Massiv ichidagi elementlardan biriga kirish uchun qavs va ko'rsatilganidek raqamlardan foydalanishingiz kerak bo'ladi: myArray [3]. JavaScript massivlari 0 dan boshlanadi, shuning uchun birinchi element har doim [0] ichida bo'ladi. Masalan:
var sisters = ["Lucy", "Tamera"];
sisters [0];
OUTPUT (Chiqish)
"Lucy"

Oxirgi elementni olish uchun qavs ichida massivning uzunlik xususiyatidan 1ni ayirish kerak. Masalan:
var actors = ["Felicia", "Natan", "Nil"];
actors [actorslength - 1];
OUTPUT (Chiqish)
"Nil"

Bu element qiymatini belgilash uchun ham ishlaydi. Masalan:
var colors = ["red", "yellow", "blue"];
colors [1] = "yellow";
colors;
Chiqish
["red", "yellow", "blue"]

Xususiyatlari va usullari
Massivlar o'ziga xos o'zgaruvchilar va funktsiyalarga ega, shuningdek ba'zida ular xususiyatlar va usullar deb ham nomlanadi . Bu yerda eng keng tarqalganlaridan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.

Length (uzunlik)
Massivning uzunlik xususiyati massiv ichidagi elementlar sonini saqlaydi. Masalan:
["a", "b", "c", 1, 2, 3]. length;
OUTPUT (Chiqish)
6

🔹Concat usuli
Concat usuli ikkita massiv qiymatlarini birlashtirib yangi massivni yaratadi. Masalan:
["yashil"] .concat (["qizil", "sariq", "oq"]);
OUTPUT (Chiqish)
["yashil", "qizil", "sariq", "oq"]

🔹Pop usuli
Massivning pop usuli massivdagi so'nggi elementni olib tashlaydi va shu elementning qiymatini qaytaradi. Masalan:
["Yupiter", "Saturn", "Uran", "Neptun", "Pluton"]. Pop ();
OUTPUT (Chiqish)
"Pluton

🔹Push (Surish usuli)
Massivni surish usuli massivga element qo'shadi va massiv uzunligini qaytaradi. Masalan:
["Jon", "Keyt"]. push (8);
OUTPUT (Chiqish)
3

🔹Reverse (Teskari usul)
Massivning teskari usuli massiv nusxasini teskari tartibda qaytaradi. Masalan:
["a", "b", "c"]. reverse ();
OUTPUT (Chiqish)
["c", "b", "a"]

Biz sizlarni tanishtirmoqchi boʻlgan maʼlumotlar shulardan iborat edi lekin bular hali hammasi emas. Bundanda qiziqroq mavzular sizlarni kutmoqda. Eslatib oʻtamiz, tez kunda biz amaliyotni ham yoʻlga qoʻyamiz! 🤩 Bizdan uzoqlashmang va bizni kuzatib boring.

Maqola quyidagi havolada joylashgan maqoladan oʻzbek tiliga oʻgirildi:

https://www.javascript.com/learn/arrays

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Herosson Group

JavaScriptda shart operatorlari qanday ishlaydi? 🧐🧐🧐

Assalom aleykum. Herosson Guruhi sizlarni JavaScript bilan tanishtirishda davom etadi va bugungi navbat JavaScriptda shart operatorlari nimaligi va ular qanday ishlashi haqida yoritib beramiz. O'ylamizki, sizlarga foydali va qiziqarli bo'ladi!😊

JavaScriptdagi Shart operatorlari undagi xatti-harakatni boshqaradi va kod bo'laklari ishlashi yoki ishlamasligini aniqlaydi.

JavaScriptda bir nechta turli xil shartli operatorlarning turlari mavjud:

▫️"If" iboralari: agar shart to'g'ri bo'lsa, u kod bloki uchun bajarilishini belgilash uchun ishlatiladi.
▫️"Else" so'zlari: agar mazkurl shart noto'g'ri bo'lsa, u kod bloki uchun bajarilishini belgilaydi.
▫️"Else if" iboralari: bu birinchi shart noto'g'ri bo'lsa, yangi shartni belgilaydi.

JavaScriptning shart operatorlarining asosiy ta'riflari bor, keling, har birining namunalarini ko'rib o'tamiz.

🔶 If shart operatoriga misol
If shart operatori eng keng tarqalgan turi bo'lib, faqatgina shart qavs () ichiga olingan bo'lishi va shart haqiqat bo'lgan holatda ishlaydi. Masalan:
if (10> 5) {
var outcome = "if block";
}
Outcome;
OUTPUT (chiqish)
"if block"

Yuqoridagi misolda nima sodir bo'ldi:
▫️"If" bu kalit so'z bo'lib JavaScriptga shart operatorini boshlashi kerakligini bildiradi.
▫️(10> 5) - bu shart, bu holda shart to'g'ri ya'ni 10 soni 5 raqamidan katta.
▫️{} Jingalak qavs ichida joylashgan qism, bajariladigan kod blokidir.
▫️Shart o'tgani sababli o'zgaruvchi natijaga "if block" qiymatini beradi.

🔶 Else shart operatoriga misol
If shart operatorini else shart operatori bilan kengaytira olasiz, agar if sharti bajarilmasa ishlash uchun Else blok qo'shiladi. Masalan:
if ("mushuk" === "it") {
var outcome = "if blok";
} else {
var outcome = "else block";
}
outcome;
OUTPUT (chiqish)
"else block"

Yuqoridagi misolda "mushuk" va "it" teng emas, shuning uchun else bloki ishlaydi va o'zgaruvchan natija "else block" qiymatini oladi.

🔶 Else if shart operatorlariga misol
Shuningdek, if shart operatorini else if shart operatori orqali ham kengaytirishingiz mumkin va else if shart operatori ham o'z shartini blok orqali qo'shadi. Masalan:
if (false) {
var outcome = "if block";
} else if (true) {
var outcome = "else if block";
} else {
var outcome = "else block";
}

Outcome;
OUTPUT (Chiqish)
"else if block"

Bir nechta if else shartlaridan foydalanishingiz mumkin, lekin blok ishga tushgan taqdirdagina birinchisiga e'tibor bering. Javascript birinchi shartni ishga tushirgandan so'ng qolgan barcha shartlarni o'tkazib yuboradi. Masalan:
if (false) {
var outcome = "if block";
} else if (true) {
var outcome = "first else if block";
} else if (true) {
var outcome = "second else if block";
} else {
var outcome = "else block";
}
Outcome (natija);
OUTPUT (Chiqish)
"first else if block"

🔔 Bizni kuzatishdan to'xtamang va biz sizga eng kerakli ma'lumotlar bilan bo'lishishdan to'xtamaymiz!

🟡 Haqiqiy manba quyidagi havolada:
https://www.javascript.com/learn/conditionals

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel