hikmatlar | Unsorted

Telegram-канал hikmatlar - Hikmatlar Xazinasi 🍃

3235

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot

Subscribe to a channel

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Islomni eng yomon ko‘radigan Abu Lahabning vafotidan 10-yil avval Qur’onda u haqida maxsus bir kichik sura - Masad surasi nozil bo‘ldi. Unda ochiq-oydin Abu Lahab jahannamga kirishi, u hech qachon musulmon bo‘lmasligi va abadiy azoblanishi ta’kidlanadi.

Qur’on suralarida musulmonlarga qarshi: uch toifa - yahudiylar va mushriklar, ulardan keyingi uchinchi toifa — nasroniylar ekanligi haqida bir qancha oyatlar nozil bo‘lgan. Bulardan yahudiylar qolgan ikki toifaga ham ustozlik qiladi. Chunki ular Islomni yomon ko‘radigan ashaddiy dushmanlari. Qur’onda bu haqiqatni ta’kidlab bir necha oyatlar kelgan.

Yahudiylarning Islomga nafrati shu darajadaki, xuddi Abu Lahab Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni qanchalik yolg‘onchiga chiqarishni istaganidek, yahudiylar ham Islom dinini, Qur’onni “yolg‘on din”, “yolg‘onchi kitob” deb sharmanda qilishni, musulmonchilikni yer yuzidan supurib tashlashni, hatto Abu Lahabdan ham kuchliroq istashadi.

Abu Lahab: “Mana, men hozir musulmonchilikni qabul qilaman! Muhammad vahiy deb keltirganlari ham, keltirgan dini ham yolg‘on”, deyishi uchun 10-yil imkoni bor edi. Lekin bunday qilolmadi. Nega?

Shuningdek, yahudiylar bir necha yil musulmonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib: “Biz, yahudiylar, sizlarga eng yaxshi do‘st bo‘ldik. Agar Qur’on Allohning so‘zi bo‘lsa, Qur’oningizdagi biz haqimizdagi oyat yolg‘on bo‘lib chiqdi-ku”, deb Qur’onni yolg‘onchiga chiqarishlari mumkin edi. Ammo 1400-yil bo‘ldi - bunday qilisholmadi. Nega?

Chunki Islom haq din, Qur’on Allohning kalomi! 1400-yildan beri undan xato topib, yolg‘onchiga chiqarishni istaganlar sonini sanab ado qilib bo‘lmaydi. Ammo bir harfidan ham xato topa olishmadi.

Har bir zavod ishlab chiqargan mahsulotiga, uning uzoq va sifatli xizmat qilishi uchun foydalanish yo‘riqnomasini ilova qiladi. Chunki ishlab chiqarganlar o‘z mahsulotining har bir jihatini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi. Allohning kalomi - Qur’on ham U Zotning olamdagi barcha yaratiqlari haqida ma’lumot beruvchi, odamning esa hayotda qanday yashash yo‘riqnomasidir. Undan U Zot yaratgan - odam hayoti davomida qo‘llanishi, o‘qib o‘rganilishi va amal qilinsa, mukofoti jannat bo‘lishi haqidagi yo‘riqnomadir.

Yana bu kitobda, takror eslataman, musulmonlar hech bir zamonda kimlarni do‘st tutmasliklari haqida ham qayta-qayta ogohlantirgan.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Misr Prezidenti Husni Muborak kasal bo‘lib qoldi va Olmoniyaga davolashga olib borildi. Davolovchi shifokor hamkasbiga dedi:

«Bu Misr hukmdori, 30-yildan beri ulkan davlatni boshqaradi». Hamkasbi javob berdi: «Qallob Prezident ekan».

Shifokor hayron bo‘lib, so‘radi: «Axir, sen uni bilmasang, tanimasang, nega bunday deysan?»

Bu gapga javoban hamkasbi dedi:

«30-yil davlat tepasida turib, davolansa bo‘ladigan bir tibbiyet, bir kasalxona qurmabdi…».

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

УМИД


Асло таслим бўлма. Сен тарих яратиш учун дунёга келгансан.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

“Insonlar ikkiga ayriladi, Yusuf(a.s) va akalari..”

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Bugun Azon emas, uyg’otar Gimn,
Мasjidga kirishga patta kerakdir.
Sovutlarni qo’ydik yo’lakka to’shab,
Kulliyotni qozon tagiga yoqdik.

Endi o’t tulporlar yugurmas kishnab,
Otni so’yib edik, shunaqa ishlar.
Janggohlarga paxta ekib tashladik,
Мuzeylarga tushdi keskir qilichlar.

Kesilib qog’ozga aylandi izsiz
Shoirlar «sarvqad» deb yozgan chinorlar –
Ularga bitildi dunyoqarashni
Shakllantiruvchi ilg’or shiorlar.

Demak, siz bekorga turibsiz hurkib,
Hech kim uyg’onmadi biz aytgan so’zdan.
Bugun o’ltiribmiz chivinni qo’rib,
Endi qo’rqmasa ham bo’ladi bizdan...

© Karim Bahriyev

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Ikki jins o‘rtasida muhabbat insondagi fitriy va tabiiy mayl-rag‘batdir. Din uni poklab, yuksaklarga ko‘taradi. Lekin shayton bo‘lsa, uni inson ruhiyati va axloqini yakson qilishda eng katta vosita o‘laroq ishlatadi.

"Ishq imtihoni" kitobidan.


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Атеистлар ташкилоти очилибди.

Ёшларнинг ташаббусига қизиқиб телефон қилдим. Секретар қиз олди.
- Директор борми?
- Ҳа.
- Улаб бера олмайсизми?
- Ҳозир, кутинг!
Бир оз ўтгач директор гўшакни олди. Салом-аликдан кейин бироз гаплашдик. Жуда маданиятли, юмшоқ ва самимий кўринди менга.
- Бир савол берсам майлими?! - дедим.
- Бемалол!
- Нима учун ташкилотга директор тайин қилгансизлар?
- Ташкилотни бошқариш, назорат қилиш, интизомни ушлаш ва ишларни ташкиллаштириш учун битта директорга эҳтиёж бўлади! - дейди бечора...
Мен ҳам фурсатдан фойдаланиб, мўлжалга олган ўқимни отдим.
- Кичик ташкилотингизни бошқариш, назорат қилиш, интизомни ушлаш ва ишларни ташкиллаштиришда битта директорга эҳтиёж бор экан, бу қадар улкан борлиқни бошқариш учун Ягона Зотга эҳтиёж бўлмайдими?!
Алоқа узилди.
- Тут-тут-тут...

Мустафо ЧЕТИН


🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ХАТО билан ГУНОҲни адаштириб қўйманг..!!!

....Бировни қалбини оғритиш хато эмас - ОЗОР..!!!

....Бир инсон хақида аниқ билмай туриб, бошқаларга гапириш хато эмас - ҒИЙБАТ..!!!

....Бировни ҳаёти билан ўйнашиш хато эмас,
- НОМАРДЛИК..!!!

....Тинимсиз ёлғон гапириш хато эмас - ИШОНЧНИ СИНДИРИШ..!!!

....Ота - Онага бақириш хато эмас - НОНКЎРЛИК..!!!

....Асл туйғулар устидан кулиш хато эмас...
- ТУБАНЛИК..!!!

....Кўнглимда биттаси, қўйнимда биттаси... дейишлик хато эмас...
- ХИЁНАТ..!!!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

#Жума

Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», - дейилган.

Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!

🌾 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

АЗОБ

Бизга олдимиздан пичоқ урадиганлар керак. Ортимиз эса суйганларимиз ва яқинларимиз учун ажратилган.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ИЗТИРОБ


Ҳар куни ухламоқчи бўламану, аммо ҳар сафар тўшагимда соатлар давомида фикрларимга асир бўлиб қоламан…
Улар мeни таъқиб қилишда давом этади. Эшитган ҳар бир сўзим…. Ва эшитмай қолганларим ҳам.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Тиллоси қазиб олинаетган ер устидан ўтган Нефть трубаси устида ахлат титкилаб, қорнини тўйдириш учун бир луқма излаб юрган болакай. "Ватан бойлар учун, ватанпарварлик эса камбағаллар учун" деган гап нақадар тўғри-а!!!

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ФИРОҚ

Баъзи эшиклар то қайтмас бўлиб кетмагунча тақиллатгувчининг қадрини билмайдилар.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

АЛАМ

Ҳар бир нарсанинг охири бўлмасмиди?! Унда нега оғриқнинг ниҳояси йўқ?

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

НАДОМАТ

Кўп вақтимиз икки ибора орасида ўтади:
1. Ҳали вақти келмади.
2. Энди жуда кеч.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Shar’iy hukm aytliganda, Meni fikrim deyilmaydi. O‘zimi fikrimi aytdim deyilmaydi. Yoki fikriz qanaqa deyilmaydi. Shar’iy hukmi nima yoki qanday deyiladi. Bilsa javob beradi bilmasa so‘rab aytadi bilganlardan, yoki jim bo‘ladi.

Shar’iy hukm insonlar chiqarga qonun emas bu Robbula’laminni xukmidir. Xolagan odam xolaganini valdirashga haqqi yo‘q!

Islom qoim bo‘lsa shar’iy qozi bunday valdiragan yoki gapiga javob bermaganlarni qattiq jazolaydi.

Shar’iy masalalarda o‘ta ehtiyot va jiddiy qarash kerak!

Xatto eng ishongan olimlarizga ham fikriz qanday shayx deyilmaydi, shar’iy hukmi qanday, shunga javob bering deyiladi.

Fikrini so‘rashlik yoki maslaxat so‘rashlik qanday masalan: tapichka sotsamikkin yoki ko‘ylak, dubayga borsammi yoki istambulga, kobolt olaymikin yoki malibumi, yoki ikki oilani qizi borakan qay biriga sovchi qo‘yay nima deysiz, ikki joydan sovchi kelyapti qay biriga erga teksamikin va hokazolar...

Shunaqa narsa yoki shunga o‘xshash narsalarda maslahat yoki fikri so‘raladi.

Endi shu masalalarda ham hukmga to‘g‘ri kelsa hukm aytiladi shar’iy.

Ko‘p o‘qib qolamiz meni fikrim yoki menimcha shunaqa bo‘ladi deb o‘zidan shar’iy hukmni chiqarib aytayotgan bo‘ladi, bunaqa narsalarda jiddiy qarash kerak, qattiq gunohkor bo‘lib qolishi mumkin. Vallohi a’lam.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ЖУРЪАТ

Ҳар гал афсус чекавермай таваккал ҳам қилиб тур.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Biron tana a’zosining og‘rishi o‘sha a’zoning minnatidir. Senga shuncha xizmat qilib kelyapman, onda-sonda menga ham qarab tur, deganidir.
Tana a’zolari ichida xizmatini hech minnat qilmaydigan yagona a’zo jigardir. U o‘zini yeb bitiradi, ammo g‘ing demaydi -- minnat qilmaydi, og‘rimaydi!
Eng yaqinlarimizni jigarim deyishimiz shundan bo‘lsa kerak.

Nurulloh Muhammad Raufxon


🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Haqiqiy o‘g‘il - onaizorga xizmat qilishi lozim holida uzoq o‘lkalarga ilm istab ketishdan voz kechadi, volida huzurida qoladi.

Haqiqiy ona - Imom Buxoriyning onasiga o‘xshab bolasini ilm olishi uchun olis yurtlargada olib boradi.

"Onalar ham aldaydi" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Mayna tuxum ochdi bulbul inida,
Chechaklar undirdi ajnabiy tobut.
Ne uchun erk haqda o‘ylayman bunda,
Mustaqil bo‘lganku allaqachon yurt.

Yog‘iyga tegishli zabon ketsa ham,
Bu turkiy elat deb tanisa ham dun.
Haliyam boshimda dordek turibdi,
Sharifim bog‘lagan gajaksimon dum.

“Humolar uchmoqda ko‘kni to‘ldirib”,—
To‘ralar bermoqda so‘zlariga zeb.
Qafasda turgandek o‘ksindim nega,
Ana, tiniq osmon, ista, parvoz et.

Bu xalqning buguni hurram, dedi shoh,
Haqsiz deb alqadi xalqning shoiri.
Ne uchun hurramlik tuymayman unda,
Mening ham kechmishim xalqqa doirmi?

“Hokim so‘zi vojib, amal qilmoq farz,
Sabr”,—deydi mulla tugagach azon.
Bir kunda besh mahal uyg‘otib olib,
Bir umr uxlashga undaydi hamon.

Kimdir ko‘z tiksa ham, aniqki, millat,
Dushmanning yo‘lini to‘sishga qodir.
Ammo beklarining royiga boqsam,
Negadir ko‘zimdan yosh sizayotir.

Axir nima uchun ko‘nmaydi ko‘nglim,
Baxt deb yozay desam dard tomar oqqa—
Yoki bu millatning hurligi yolg‘on,
Yoki she’rlarimning bari safsata...

may, 2020 Najmiddin Ermatov

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ПАРВОЗ

Пат билан ёзишни ихтиро қилган инсон шунчаки сиёх билан қоғоз қоралашни эмас, у фикрларни бош қафаси ичра ўлиб кетмасин дея уларга қанот ясаган.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ҲИЖРОН

Барча бахоналар ёлғон. Ким висол истаса имкон топади.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Японлар шундай дейишади: “Агар ҳаётингда қийин ва инқирозли ҳолатлар содир бўлмаган бўлса, бу кечинмаларни катта пулга сотиб олишинг керак. Зеро, донолик инсон туғилиши ёки ёш улғайиши билан келмайди».

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ТАЪНА


Сени бутун бармоқларингдан жудо қилган бири, сени уни ушлаб қололмаганинг билан айблар экан.

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ТАСАЛЛИ


Ҳатто ўрмон шоҳлари ҳам баъзида кимнингдир бағрига бош қўймоққа муҳтож бўларлар…

Ноёб ва ҳиссиётларга тўла бир манзара:
Урғочи шeр эркак шeрга бошини қўйиб, бағрига босиб гўё шундай дeяётгандeк:
«Мeн сени ёнингдаман… хавотирга ўрин йўқ»

Бу шунчаки бир сурат эмас — бу садоқат ва қўллаб-қувватлаш иникосидир. Ҳатто фақат тирик қолиш учун курашдан иборат ёввойи оламда ҳам нечоғли зарур эҳтиёждир бу.

Баъзан сўзлар кeрак эмас…
Фақатгина бизга меҳрла узатилган икки қўл зарур. Хавфсизлик ва осойишталик туйғусини бeрадиган икки қўл…!

🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ЖАРОҲАТ

Ҳа, омон қолдик…аммо бошдан кечирганларимиз қалбимиз ичра ҳамон яшамоқдалар.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

ҚАЛБ

Қалблар шаҳарларга ўхшайди. Унда яшайдиганлар доим муқим қолмаслар. Шундай экан қалбингга маҳкам бўлавер.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Juma muborak...

🍃 @hikmatlar

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

Поездда бошқа йўналишга адашиб чиқиб олган бўлсанг, биринчи бекатдаёқ тушиб қолишга ҳаракат қилгин. Чунки масофа узайгани сайин қайтиш билетининг нархи қимматлашиб бораверади.
Изоҳ: Хато нотўғри йўлга тушиб қолган инсон тезроқ ортига қайтиши, тавба қилиб, ўнгланишга уринмоғи лозим. Чунки хато йўлда чуқурлашгани сайин ундан қайтиб олиш қийинлашиб бораверади. Шу боис унинг бадали ҳам, гуноҳи ҳам ортиб бораверади…

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…

Hikmatlar Xazinasi 🍃

"Бошқани дўзахга тушишини исботлаш йўлида вақтини сарф қилиш ўрнига, ўзини жаннатга кириши учун куч-қувватини, умрини ғанимат билиб, фақат ўзини ислоҳ қилиш билан машғул бўлган ҳар бир кишига ташаккурларим!"

Али Шариъатий.

🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Читать полностью…
Subscribe to a channel