hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

Muslim aka xotiniga emas, yuqoridagi shiftga qarab gapirdi.
   - Meni kunim bitib qoldi onasi... Uzoqqa bormayman.
Hamida opaning butun vujudi muzlab ketdi. Erini ko'z oldida so'nib borayotganini koʻrib turish u uchun juda og'ir edi. Muslim aka hamon shiftga termilib yotar edi. Hamida opa esa eridan ko'zini usmas edi, nahotki shunday mehribon turmush o'rtog'ini yo'qotsa, nahotki endi butun bo'lgan oilasida yana kemtik paydo bo'lsa! Yaratganning irodasi shu ekan. Kim ham Unga qarshilik qila olar edi?! Hamida opa o'zini o'ngladi. Erining oldidan sekin chiqib ketdi. Qizi Nazokatni uzatsamikin?! Axir maktabni bitirdi. Sovchisi ham, oshiqlari ham ko'p. Bo'yi yetib qoldi. Dadasi ham armonda ketmasmidi? Hamida opa shunday o'y-hayollarga berildi. Qizini shu bir oy ichida turmushga berishga qaror qildi...
                  *    *    *
Nazokat opaning kuyishdan qolgan izlaridan ko'ra, uni o'tmishidan qolgan izlari anchayin azobli va unutilmas edi.  Erining vafotiga ham bir oy bo'ldi. Nazokat opa hali-hamon shifoxonadan chiqmagan edi. Undagi buyrak yetishmovchiligi qiynar, oyoqda uncha yurolmay qolgan edi. O'g'li Sirojiddin har kuni shu yerda. Maktabga umuman bormay qo'ydi. Onasini davolanishi uchun pul kerakku axir! Mushtimdek bola tong saharlab bozorga chiqadi, sotuvchilarning yumushlarini bajaradi, yuk toshiydi, supuradi, taxlaydi... Bola bo'lib o'yinchoq o'ynamadi. Do'stlari bilan futbolga bormadi. Hatto velosiped uchmadi. Dadasi Sirojiddin endi maktabga chiqqan payti - 7 yoshligida ichkilik ichishga odatlandi. Oldin bir haftada bir ichib kelar edi, keyin-keyin kun ora ichadigan bo'ldi, oxirgi yillari esa har kuni ichardi. Oxiri shu ichkilik boshini yedi. Butun boshli oila yuki endi 11 yoshga qadam qo'ygan mushtimdekkina Sirojiddinning yelkasiga tushdi.
    Nazokat opa yoshligini ko'p xotirlaydi. Tezda qilingan to'yi, dadasining vafoti, o'g'li Sirojiddinni tug'ishidan oldin 3 ta bolasi o'lik tug'ilgani, erining aynib ichkilikka ruju qo'yishi, o'zining yarim jon bo'lib qolgani, erining o'limi... Barchasini bir-bir esladi, barchasi uchun alohida ko'z yosh to'kdi. Lekin Allohdan umidini aslo uzmadi. Doim duo qilar, u va o'g'li uchun Alloh tomonidan bir hayr, ulkan ajr berishini yolvorib so'rardi.

1-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira.
03.12.2024.                11:25

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Nazokat opa ko'zlarini ochganida o'zini qayerda yotganiga avvaliga aqli yetmadi. Atrofiga 2 ta chiroylikkina hamshira qizlar kirishdi. Nazokat opani hushiga kelganini ko'rib quvonib ketishdi.
- Maftun, bor vrachni chaqirib kel. Bemor ko'zini ochdi.
Hamshira qiz dugonasi Maftuna ketgach Nazokat opaning oldiga keldi.
- Opa... Tuzukmisiz? O'ziyam bir haftaga yaqin hushsiz yotdiz.
Nazokat opa bazoʻr gapirdi.
- Hamma joyim og'riyapti...
- Bu ham Allohning bir sinovida. Buyragingiz ham kasal ekan. Ham badaningizni to'rtdan bir qismi kuyib teringizda qizil dog'lar qoldi.
Nazokat opa bo'lgan voqeani esladi. Yuragi achishib ketdi. Hamshira qizga o'tinchli nigoh bilan qaradi.
- Yuzimni ko'rsam degandim...
Hamshira qiz mayus ohangda "bo'ladi"dedi va ko'zgu olib keldi. Nazokat opa o'z aksini taniyolmadi. Uning oppoq chiroyli yuzlari burushib ketibdi. Bo'ynining yarmi qip qizarib ketgan, lablari bo'rtib qolgan edi. Shu payti eshik ochilib bosh vrach kirib keldi.
- Xudoga shukr ko'zingizni ochibsiz...
- Bu kunimdan o'lib ketganim yaxshi edi.
- Nega unday deysiz?! Noshukr bo'lmang singlim! Qo'l oyog'ingiz sog' bo'lsa, aql-hushingiz joyida... Yuzizdagi dog'lar, bu izlar albatta ketadi Xudo xohlasa. Turli xil kuchli malhamlarimiz bor, uni ustiga hozir meditsina nihoyatda rivojlanib ketgan. Plastik operatsiya orqali ham bularni ketkazsa bo'ladi. Siqilmang. Allohga isyon qilmang. Sabr qiling.
Nazokat opa yig'lab yubordi. Birdan o'g'li Sirojiddin hayoliga keldi. Atrofga alanglagancha qaradi.
- O'g'lim qani? Ho'jayinim olib keldilarmi meni?
Glavrach ham, yonidagi ikki hamshirasi ham bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Ha deganda gapiraverishmagach Nazokat opa asabiylasha boshladi.
- Nega jimsiz? Sizdan o'g'lim qani deb so'radim?! Erim qani?!
- Asabiylashmang singlim. Sizga hozir siqilish mumkin emas. O'zizni qo'lga oling...
- Nima bo'ldi o'zi?! Qo'rqitmanglar meni!
- Allohni irodasi ekan, ho'jayiningiz...
- Nima?! Nimalar deyapsiz?!
Nazokat opa yotgan joyida to'lg'andi. Boshini u yoq, bu yoqqa zarb bilan silkitdi.
- Eringizni mashina urib ketib, o'sha yerning o'zida joni uzilgani haqida 2 kun oldin xabar topdik. G'irt mast holatda, piyodalar o'tishi taqiqlangan joydan o'tayotgan payti...
Nazokat opa ho'ngrab yig'lab yubordi.
- Shu iflos jo'ralariga qo'shilib erim ichkilikka berilib ketgan edi. Oldin ichmasdi, hatto chekmasdi ham!
Nazokat opa ko'z yoshlarini to'xtatolmay dod solib yig'lardi.
- Yuz martda aytgandim! Yuz martda! Jon dadasi ichmang, ichmang harob bo'lasiz deb... Farzandim endi otasiz qoldimi?!
Nazokat opa yig'lar, atrofidagi hamshiralar esa lom-lum deyolmasdan jim uni kuzatib turar edi...
* * *
Bahor faslining go'zal tarovati atrofga yoyildi. Asta sekin yalong'ochlangan daraxtlar yam-yashil kurtaklar chiqardi, Quyosh olamni mayin, yoqimli nuri bilan erkalar, ariqlarda togʻdan erib kelgan zilol suvlar oqardi. Nazokat bugun maktabdan juda vaxtli qaytdi. Har doim qo'shimcha darslarga qolar edi, lekin bugun o'zgacha kun, bugun uning dadasi uzoq safardan uyga qaytyapti. Nazokat chiroyli naqshinkor darvozadan keng hovli etagiga kirdi.
- Oyijon! Men keldim!
Ichkaridan onasi - Hamida opaning ovozi eshitildi.
- Ha qizalog'im keldingmi? Tez kiyimlaringni alishtirib chiq. Dadang kelishiga uyga mehmonlar keladigan bo'lishdi. Menga qarashib yubor.
- Xoʻp boʻladi.
Nazokat bu yil bitiruvchi sinf. Maktab tugashiga ham 2 oy qoldi. So'ng Imtixonlardan o'tib olsa bas. Keyin rus tiliga ixtisoslashgan litseyga hujjat topshirishni rejalashtiryapti. Husni ham aqli ham bor. Oppoq, sochlari biroz tillarangga moyil, lablari yupqa qip-qizil tusda, yuzining bazi joylarida bilinar bilinmas sepkillari bor. Bir qarashda odam nigohini darrov uzolmaydigan darajada chiroyli qiz Nazokat. Hali maktabni bitirmasidan sovchilari bor. Ko'cha ko'yda ham surishtirib so'rovchilar ham talaygina edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Malham (Hikoya)

Jazirama issiqda bozor oʻrtasidagi rastalardan birida kichkinagina bolakay, yoshi chamasi 9-10 larda boʻlishi kerak, kartoshka, sabzi sotib oʻtirardi. Lablari chanqoqdan qurushib ketgan, bugʻdoyrang yuzlariga ter oqib betini kir qilgan. Uzun-uzun kipriklarini pirpiratgancha atrofga moʻltirab qarab turardi. Aksiga olib bugun savdo ham yaxshi emas. Havo nihoyatda issiq boʻlganligigami odamlar siyrak. Bolakay pul solinadigan karobka qutichasini ochdi. Ichida ikki ming so'mlik, besh ming soʻmliklar tartibsiz sochilib yotar edi.
- Kam-ku...
Umidsiz ovozda ming'illadi. Yuzlarini hiralik qopladi. Biroz vaqtdan soʻng quyosh nurlarini kamaytirib, o'zi esa olis-olislardagi tog'lar tomon yashirinishga tutindi. Bolakay narsalarini apil-tapil yiğishtirganicha uyi tomon shoshildi.Mahallasiga yetib uyi tomon yaqinlashdi, qarasa uyining temir darvozasi qiya ochiq, yerdagi tuproq ustida iloniziga o'xshash qing'ir-qiyshiq odam qadamining izlari yaqqol ko'rinib turardi. Bolakayning yuragi shig' etib ketdi.
- Dadam yana ichib kelibdi!
Bolakay ichkari uy tomon kirdi. Jimittekkina xonada dadasi yarimlab qolgan aroq shishasini stol ustiga qo'yganicha, o'zi esa koʻrpachaga yuztuban yotib xurillab uxlab yotar edi. Bola asta u xona yonidan ovoz chiqarmay o'tib ketdi. Onasi yotgan xona tomon yurdi.
- Keldingmi bolam...
Nazokat opa hasta ovozda gapirdi, o'g'li tomon bo'ynini cho'zdi. Uning ranglari oqargan, lablari quruqshab ko'zlarida allaqanday charchoq yaqqol ko'rindi.
- Assalomu alaykum onajonim yaxshimisiz? Men keldim.
- Bolam... Negadir judayam holsizlanib ketyapman.
- Qorningiz ochdimi? Hozir biron narsa olib kelaman.
Bola endi xonadan yugurib ketayotgan edi hamki nargi xonadan dadasining bo'g'iq ovozi jaranglab ketdi.
- Siroj! Siroj deyapman!
Bola qo'rqa-pisa dadasiga yotgan xonaga bordi.
- Labbay dadajon...
- Ixxxx, boshim... Yorilib ketaman deyapti!
Sirojiddin dadasiga mo'ltirab qarab turar edi.
- Ey bola! Qayerlarda yuribsan?!
- Bozorda edim, dada...
Sirojiddin yig'lamsiradi. Dadasining vajohatidan qo'rqayotgani yaqqol sezilib turar edi.
- Shu paytgacha nima qand yeding bozorda?! Bugun yakshanba bo'lsa, uyda o'tirsang o'lasanmi?!
- Dada bugun oyimlarni biroz mazalari bo'lmagandi ertalab. O'rnilariga men bozorga borib kartoshka, sabzilarni sotdim.
- Yo'g'ee, mushtimdek bolayaa! Qani ishlagan puling, ko'rsat!
Bolakay cho'ntagidan bugun ishlagan 56 ming so'm pulni oldi. Dadasiga uzatdi. Dadasi pulni bolaning qo'lidan yulqib oldi. Hafsala bilan sanay boshladi.
- O'ttiz, o'ttiz besh, qirq, qirq sakkiz, ellik... Iyeee, ellik olti ming! Shu xolosmi ertalabdan kechgacha topgan puling!
Sirojiddinning dadasi pullarni ko'ylagining cho'ntagiga solib qo'ydi. Sirojiddin dadasiga termulib tek turib qoldi. Bundan dadaning jahli chiqdi.
- Nima qilib teppamda serrayib turibsan, Siroj?! Bor xonangga yo'qol. Darsingni qil! Ertaga maktabga borishing kerak.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир соатда улғайган бола.

Ўн уч ёшларда эдим. Ўрта мактабга борардим. Отамнинг вафотига икки йил бўлганди. Қашшоқлашиб қолгандик. Онам тикувчилик қиларди, аранг кунимизни кўрардик. Катта уйнинг икки хонасида яшардик. Китобларим етарли эмас эди. Мактаб портфелим ҳам йўқ эди ҳатто.
Байрам яқин эди. Онам амал-тақал қилиб менга бир пойабзал олди. Шим ва кўйлак тикди. Эрталаб барвақт уйғониб, кийиндим. Бир кун олдиндан келишгандик, мен икки ўртоғим билан бирга сайлгоҳига бормоқчи эдик. Отли арғимчоқларга, ижара велосипедларга миниб сайр қиламиз, дегандик. Пахта қандчидан ширинлик олиб емоқчи эдик.  Кинога ҳам тушадиган эдик. Онамдан пул сўрадим.
- Пулимиз йўқ, болажоним,-деди онам маюсланиб.
Мен хархаша қила бошладим. Ўртоқларим ҳам ҳали замон чақириб келишади. Уларга нима дейман? Пулимиз йўқлиги учун сайлга боролмаслигимни қандай айтаман? Аламдан устимдаги кийимларни ечиб деворга қаратиб ота бошладим.
Онам ғамгин нигоҳларини менга тикиб, узоқ термулиб ўтирди. Жавондан сумкасини олиб, пул қидирди. Излаб излаб бир лира тополди. Бояқиш онамнинг фақатгина бир лираси қолганди, бор-йўқ пули шу эди. Бисотидаги бир лирани менга узатди.
- Қани, кийина қолгин, болам, бир лира етадими? У кезларда бир лира катта пул эди. Тўрт тарафга ирғитган кийимларим ва пойабзалимни олдим. Яна кийиндим. Пулни чўнтагимга қўйиб, ўртоқларимни кута бошладим. Ниҳоят улар келишди. Бироз ўтиришди. Онам уларга қанд бердилар, икковини ҳам бошини силади.
- Энди бора қолинглар, мазза қилиб ўйнаб келинглар, - деб бизни кузатиб қўйди. Кўчага чиқдик. Жуда хурсанд эдим, қувончдан юрагим ҳаприқиб кетаётганди. Бурилишдан катта кўчага қайрилаётганда, уйимиз томонга кўзим тушди. Онам балкондан оёқ учида туриб, менга жилмайиб қўл силтаётганди. Бирданига ичимдан бўғиқ ўкирик келиб, томоғим ачишди. Кўзларимга  ёш тўлди. Бўғилиб қолдим. Йиғлаганимни билдирмасликка уриниб, ўртоқларимга "Мен бормайман" дедим. Сабабини тушунишмади.
Бир ўртоғим:
- Ҳа, билдим, пулинг йўқлиги учун бормайсан! - деди масхараомуз. Чўнтагимдан бир лирани чиқариб кўрсатдим:
- Мана, пулим бор!
Улар ўша ерда мени қолдириб кетишди.
Кўчаларда сарсари кездим. Ҳеч кимга билдирмасдан, тўйиб-тўйиб йиғладим. Кўз ёшларимни сидирдим, қўлимдан келгунича қувноқ кўринишга уриниб, уйга қайтдим. Онам:
- Нега қайтдинг? - дея сўради.
"Боргим келмади" дедим ва чўнтагимдан бир лирани чиқариб, онамга узатдим. Онагинам ҳайрон бўлди. Пулни қўлимдан олиб, стол устига қўйди. Сўнг мени қучиб, кўксига босди. Ҳўнграб-ҳўнграб йиғлай бошлади. Мен энди йиғламасдим. Ташқарида тўйиб-тўйиб йиғлаб олгандим. Онамнинг юзларидан ўпдим. Кўз ёш тўкмаслигини айтдим. Индамади. Узоқ ўйга толди.
Мен энди ғамгин эмасдим. Сайлгоҳга бориш мендай кап-катта болага, ўрта мактаб ўқувчисига ярашмасди. Мен бирданига улғайиб қолгандим...

Жавдат Андай

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hojiakbarning ishlari uncha yaxshi emas. Taksistlik qilyapti. Topgani roʻzgʻordan ortmaydi. Onasi ham deyarli pul joʻnatmay qoʻydi. Bu yoqda ijara pulini toʻlash kerak, bolasini tagligi, ovqati, kiyim kechagi ham ozmuncha emas, Gulnozaning ham oʻziga yarasha xarajatlari bor. Bularning hammasiga albatta pul kerak. Ba'zan Hojiakbar pulsiz qolib ketgan paytlari alamini doimgidek yana Gulnozadan olishni boshladi. Birozgina goʻzal hayot bir pasda oʻtib ketib yana oldingidek holatlar takrorlanishni boshladi. Urishlar, janjallar... Ba'zan hatto 1 yashar goʻdak bolasining chinqirishiga qaramasdan Gulnozani urishdan toʻxtamasdi. Lekin bunday hol oldingidek koʻp boʻlmasdi. Ba'zan-ba'zan... Hojiakbarning kayfiyatiga qarab...
   Gulnoza uyda oʻtirib pul topish yoʻllarini izlay boshladi. Albatta, shunday qilishi kerak. Sababi bolasining, oʻzining harajatlari, uy to'lovlari, roʻzgʻor degandek, bular kutib turmaydi-ku. Gulnoza "Qizil Pomada" ayollari psixologligi kursida oʻqidi. Yana boshqa bir qancha psixologik kurslarda online talim oldi. Kurslar uchun pulni ota-onasidan, ba'zan Hojiakbarning oʻzidan ham soʻrardi. Xullas 3-4 oy oʻqilgan bilimlar izsiz ketmadi. Gulnoza ham online ravishda ayol-qizlarga oʻrganganlarini oʻrgata boshladi. Ancha-muncha daromad ham qila boshladi. Hammasi yana iziga tushdi.
    Bir kuni Gulnozaning uyiga qaynonasi va qaynisinglisi mehmonga kelishdi. Bir hafta oʻn kunga yaqin qolishdi. Orada ba'zi gaplar, kelishmovchiliklar oʻtdi lekin katta janjal chiqmadi. Gulnoza mehmonlarni chiroyli kuzatdi. Ular ketishgan birdan mazasi qochib qoldi.
    - Voyyyy! Hojiakbar aka! Qayerdasiz?!
Hojiakbar ichkari xonadan yugurib chiqdi. Uning ranggi dokadek oqarib ketgan edi. Haqiqatda Gulnozaning ahvoli yaxshi emas edi.
   - Nima boʻldi? Tuzukmisiz Gulim?!
   - Biqinim sanchib ogʻriyapti! Ohhh! Ogʻriqqa chidolmayapman!
Hojiakbar Gulnozani shart koʻtarib pastga olib tushdi. Mashinasiga oʻtqizdi. Ichkaridan qizi Samiyani ham olib chiqdi. Gulnoza mashina ichida dod solib yigʻlardi.
    - Voyyy! Jon Hojiakbar aka! Hammayogʻim ogʻriyapti!
   - Hozir ozgina chidang. Mana yetib qoldik.
Gulnozani zudlik bilan jarrohlik xonasiga olib kirib ketishdi. Aniqlashlaricha kista yorilib ketibdi. Shunga birdan ogʻriq turgan ekan. Darhol operatsiya qilishdi. Gulnoza ancha vaqt xushsiz yotdi. Narkoz taʼsiridanmi yoki oʻzi ham qattiq toliqqanmidi 3 kun deganda koʻzini ochdi. Gapirgan mahali zoʻrga ovozi chiqar. Oʻrnidan deyarli qimirlay olmas edi. Gulnozaning hali bundanda ogʻirroq kunlari hali oldinda turardi. Baxt bilan baxtsizlik doim yonma-yon yurarkan, ba'zan baxtsizlik oʻz joyini baxtga boʻshatib bersa, ba'zan baxt bilan baxtsizlik oʻrin almasharkan.

5-QISM TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰ 29.11.2024.        9:54

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Gulnoza kechaga u-bu narsa tayyorlayman deya oshxonaga kirib ketdi. Shu payt Hojiakbarga kimdir telefon qildi.
- Xoʻp... Hozir chiqyapman.
Hojiakbar telefonini oʻchirib Gulnozaning oldiga keldi.
- Gulim, meni oshnalarim chaqirib qolishdi. Oʻtirishimiz borakan. Oʻzizga ovqat pishirib yeb olarsiz. Men kech kelaman.
Gulnoza mayin ovozda "Yaxshi borib keling" deyoldi xolos. Uyda hech narsa qolmabdi. Gulnozaga qolsa bir toʻgʻram non bilan ham qorni toʻyadi. Lekin tugʻilajak bolasichi, uni sogʻligʻi nima boʻladi? Gulnoza oshxonani titkilab axiyri guruch topdi. "Hech yoʻq shuni qaynatib yeb turay... Qolganiga Alloh oʻzi yordam qilsin!" Quruq guruchni oʻzini qaynatib yedi. Kechasi bilan koʻngli behuzur boʻldi. Yeganini tashlardi. Homiladorlik ba'zilarda ogʻir kechadi. Taksikoz deyishadi. Gulnozaning ham shunday kunlari boshlangan edi.To Hojiakbar koʻchadan kelguniga qadar umuman uxlolmadi...
* * *
Gulnoza 7-oylik homilador payti taksikozi kuchayib ketdi. Hech narsa yoqmas, mattasil koʻngli aynir edi. Shaftoli sok ichgisi kelaverar edi. Bunaqa payti ayollar injiq, yigʻloqi ba'zilari asabiy boʻlib qolishadi. Bu tabiiy hol va farzand dunyoga kelgach albatta oʻtib ketadi. Erkak kishi bunaqa paytlarda ayolini koʻngliga qarashi, injiqliklariga sabr qilishi kerak. Axir u ayol vujudida oʻzining zurriyotini koʻtarib yuribdi, shu bolani tugʻaman deb qancha ogʻriqlarga chidayapti...
Hojiakbar uyda edi. Gulnozani tagʻin mazasi qochdi. Koʻngli aynidi. Rossayam shaftoli sok ichgisi kelaverdi. Oxiri boʻlmadi Hojiakbarning yoniga chiqdi. Hojiakbar kim bilandir telefonda gaplashib turar edi.
- Hojiakbar akaaa, rossa shaftoli sok ichgim kelyapti. Olib keling...
Hojiakbar boshi bilan "hozir" ishorasini qildi. Ha deganda telefonni qoʻyavermadi. Gulnoza sabri chidamay yana chiqdi.
- Hojiakbar aka! Ichgim kelyapti koʻnglim ayniyapti. Menga shaftoli sok olib kelib berasizmi yoʻqmi?!
Hojiakbarni birdan jahli chiqib ketdi. Telefonni shart qoʻydida Gulnozaga yopishib ketdi.
- Sen nima deyapsan?! Hozir dedimku?! Telefonda gaplashyapman koʻrmayapsanmi?!
Hojiakbar Gulnozani ichkari xonaga olib kirib rossa doʻpposladi. Gulnozani boshi bir necha marta devorga qattiq urildi. Ogʻzi-burni qonab ketdi.
- Urmang! Hojiakbar aka urmang! Hozir deganizni tushunmabman!
- Endi aytasanmi?! Mana senga shaftoli sok!
Hojiakbar Gulnozani humoridan chiqqunicha urdi. Gulnoza ikki buklanib qornini changallagancha yotib qoldi...
Ertasi kuni Gulnoza "Ishqilib bolamga hech narsa qilmadimikan?!"deb rossa qoʻrqdi. Doktorga bordi. Tekshirtirdi. Hayriyat! Homilaga zarar yetmabdi. Gulnozani koʻngli sal boʻlsada taskin topdi.
- Allohim Oʻzi saqlabdi bolamni!
* * *
Oʻqish yakunlanyapti... Gulnoza oʻzinning oltin davri - talabalik yillari bilan xayrlashadi. Oldinda imtixonlar! Shu bilan birga Gulnozaning oy kuni ham juda yaqin. Homilasi 9 oylik boʻldi. Gulnoza "Imtixonlardan soʻng tugʻilginda jon bolam... Allohim Oʻzing yordam ber"deya oʻziga oʻzi gapirib turar edi. Homilador holida kechalari imtixonga tayyorlanar, kun sayin qorni ogʻirlashib bor kuchini soʻrib olgandek qiynalardi.
Imtixonlar oʻtdi. Gulnoza a'lo baholar bilan institutni tamomladi. Qoʻliga diplomini oldi. Koʻz yoshlar... Uyqusiz tunlar... Qilingan sabrlar... Olingan bilimlar natijasi edi bu. Gulnozaning homiladorlik davri 10 oyga yaqinlashib qoldi. Kutish yomon narsa. Odamni siqib qoʻyadi. Gulnoza ham "Bolam qachon tugʻilarkin, qachon uni yuzini koʻrarkinman?"derdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Meni dadam eng kuchli ☑️

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир куни амирни ҳузурига бир аёл ўз хожасидан (эридан) шикоят қилиб келади ва ундан ажрашмоқчилигини айтади. Шунда амир аёлга шарт қўяди:
-  "Сен тирик ва соғлом шерни бўйнидаги узун ёлидан келтирсанг, масалангни ҳал қиламиз. Фақат сен ўзинг шердан у ёлни қирқиб олишинг керак."
Аёл ҳеч нарсага тушунмайди, аммо иложсиз амирни шартига рози бўлади.
Шу кундан бошлаб, шерлар хақида астойдил ўқиб ўргана бошлайди. Шерларни қандай қўлга ўргатиш, шерлар нимани хуш кўриши, уларга қандай муомула қилиш хақида. Аёл ниҳоят шерни қўлга ўргатиб, унинг ёлидан қирқиб олиб амирни ҳузурига боради. Шунда одил амир айтади:
-  "Эй ожиза аёл!  Бир одамхўр жониворга меҳр бериб қўлга ўргатибсану, ўз эрингга меҳр бера олмабсанда. Бир вахший шер хақида ўқиб ўрганиб, у нимани хуш кўради, қандай вақт қандай муомула қилиш кераклигини ўрганиб билибсану, болаларинг отасини хулқини ўзлаштирмабсанда. Наҳотки вахший, ақли йўқ шерни йўлга солган ақлинг бир эркакни йўлга сололмаса" - деди..
Аёл ўз хатосини англаб,  уялганча ортига қайтди.

Оилада эркак подшоҳ, аёл вазирдир. Мисоли эркак одам танадаги бош, аёл  эса унинг бўйнидир. Оқила аёллар бошни тўғри йўл ва гўзал томонга бура оладилар.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Менинг исмим Эмине

Менинг исмим Эмине. 27 ёшдаман. Эртага тўйим. Бахтдан юрагим хапқиряпти. Танамнинг ҳар еридан капалаклар учиб чиқаяпти гўё.
Хасанга турмушга чиқяпман. Ҳаётимнинг ягона муҳаббати. Мазмуни. Севги қанчалар буюк!

Менинг исмим Эмине. 30 ёшга кирдим ва ҳозирда хомиладорман. Ўзимни жуда ёмон ҳис этаяпман. Ҳар куни эрталаб уйқудан уйғонар-уйғонмас, очликдан ўлай дейман.
Егим келган емаклар, афсус уйдаги музхонада йўқ. Кўнглим тусаганларни топиб келтириш учун, Хасан бир нечта дўконларни айланиб чиқаяпти.
У менга “сен чиройлисан” дейди, аммо мен бунга ишонмайман.
10 килога семирган бўлсам-да, бу сўзлардан эриб кетаман.

Менинг исмим Эмине. 31 ёшдаман.
Бундан бир неча ой аввал Фиратни қучоғимга олдим. Жуда хушрўй бола у. Нафаси, сочлари, қўлчалари, оёқчалари – бутун вужудидан сут хиди келади. Мўъжиза каби. Қизиқ, бу болани мен туғдимми? Жудаям ҳаяжондаман. Аммо Хасаннинг авзойи бузуқ. Ҳатто “бунингни овозини ўчир”, дея бақириб, юзимга мушт туширди. Кечирдим. Ишдан чарчаб келган, ота бўлишга ҳали тайёр эмасдир, дедим.

Менинг исмим Эмине. 32 ёшдаман. Кўзгудан менга ўнг қўли, юзи, лабининг чети кўкарган аёл боқади. Кўкимтир-қора бу калтак изларига упа сураман. Ишқилиб билинмасин. 

Менинг исмим Эмине. 33 ёшдаман. Кеча “Тез ёрдам”да ҳушимга келдим. 3 та қовурғам синибди. Хасаннинг тепкиларидан ерга йиқилибман. Аммо унинг айби йўқ. У ишдан жудаям чарчаб келади, менинг эса ҳаёлим жойида эмас. Ошхонадан дастурхонга товоқ, санчқи-қошиқ олиб кираётиб, ҳушимдан кетибман. Эрим менга ёрдам бермоқчи бўлди, аммо ногахон устимга йиқилди. Оғриқдан типирчилаб, “касалхонага борайлик” дедим.

Менинг исмим Эмине. 35 ёшдаман.
Бугун эрталаб Хасан томоғимга пичоқ тиради. Сўнгра унинг ўткир тиғи вужудимга бир неча марта кириб-чиққанини ҳис этдим. Бир неча сония нафасими тутаркан: “Бу менинг танамда бўляптими?” деган фикр келди миямга. Бир оздан сўнгра.. мен ўлдим.

Менинг исмим Эмине.
Ҳозирда булутман, ёмғир, тупроқ, денгиз бўлдим. Дунёдаги жамики етим болалар учун оналарининг нафаси бўлдим.
УНУТМАНГ!!
Агар сизга ғазаб билан бир марта қўл кўтарилдими - у яна такрорланади.
БУ МУҲАББАТ ЭМАС.

Fatma IŞIK

(Туркчадан Сабоҳат Раҳмон таржимаси)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Савдогар ва Жин

Кунларнинг бирида бир савдогар саҳродан Аловуддиннинг сеҳрли чироғини топиб олди.
- Тила тилагингни, - деди жин.
- Сендан истагим шуки, вақтни ортга қайтариб берсанг?! - сўради савдогар.
- Бундан сенга нима наф? Сен яхшиси мол-дунё, зебу-зар, қасру-кошоналар сўра, бажо келтирай.
- Менинг ҳамма нарсам бор, аммо, - маюсланди савдогар, -
мен узоқ йиллардан бери савдогарлик билан шуғулланаман. Мол-дунё деб ҳали у юртда, ҳали бу юртда бўлиб ота-онам ҳизматида бўлиб,  уларнинг дийдорига тўя олмадим. Савдогарлик қилиб узоқ юртларда юрган чоғим улар бу оламни тарк этишди. Уларни йўқотгандан сўнг тўплаган мол-дунёйим ҳам татимай қолди. Менинг бор бойлигим ол! Фақат вақтни ортга қайтариб бер. Ота-онамни жуда соғиндим. Уларсиз менга мол-дунёнинг кераги йўқ. Уларнинг ҳизматини қилай, уларга яхши кўришимни айтай, дуосини олай, хатоларимни тўғрилай, илтимос сендан вақтни ортга қайтариб берсанг! 
- Эҳ нодон, одам, - ҳўрсинди жин. - Агар вақтни ортга қайтаришнинг имкони бўлганда мен минг йиллардан буён кимдир озод қилишини кутиб шу хумчада ўтирармидим!?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЎТКИР ҲОШИМОВГА ДАСТХАТ ҚЎЙДИРМАГАН МУХЛИС...

Ўтган асрнинг 60-йиллари. Ўткир Ҳошимов иқтидорли, келажаги порлоқ ёзувчи сифатида танилаётган, асарлари Абдулла Қаҳҳордай талабчан устоз назарига тушган кезлар эди.

Ёз кунларининг бирида Ўткир ака устозлари – Субутой Долимов, Озод Шарафиддинов, Умарали Норматовлар ҳамроҳлигида гўзал, хушманзара Саричелак қўриқхонасида дам олишади. Ташқи оламдан ажралиб, соқол олмай, “ёввойи” ларча юришади. Сафар тугаганда Янгиқўрғон туманида тўхтаб, бир дўконга киришади. Сотувчи қиз пештахтага энгашганча бир китобни ўқиётган экан,
Озод ака қизиқсиниб сўрайди:

- Синглим, нима китоб ўқияпсиз?
Қиз энсаси қотиб китобнинг муқовасини кўрсатади. Бу Ўткир Ҳошимовнинг китоби эди. Ёш ёзувчи ҳаяжонланиб кетади. Озод ака яна ҳазил қилади:
- Бунақа бемаъни китобни ўқиманг.
- Э, китобни тушунмас экансиз, гапирманг! - дейди қиз тап тортмай.
Озод ака кулимсираб, мулойим оҳангда дейди:
- Бу китобни мана шу бола ёзган, келинг дастхат ёзиб берсин.
Қиз соч-соқоли ўсиқ, кийимлари ҳам афтодаҳол йигитга иккиланиброқ қарагач, жаҳл билан жавоб қилади:
- Э, бор йўқол, шпана!

ШОДМОН ОТАБЕК.
“Дўрмон ҳангомалари” китобидан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ОТАНИНГ КЎЗИНИ ОЧГАН ФАРЗАНД...
(Ҳаётий воқеа)

У меҳмонхонадаги диванда ётиб телевизор кўрарди. Бир маҳал 5-синфда ўқийдиган ўғли қўлида чизган расмини ушлаганча отасиинг олдига кириб келиб, деди:
- Дада, қаранг, мен келажакда орзу қилаётган уйимнинг суратини чиздим.
У чиройли, замонавий уч қаватли вилланинг расмини кўриб, ўғли чизганига ишонмади.
- Ўғлим, шу расмни ростдан ҳам ўзинг чиздингми?
- Ҳа, дада, ўзим, ҳеч ким ёрдам бермади. Ахир келажакда архитектор бўлмоқчиман-ку?

У ўғлини синаб кўрмоқчи бўлди:
- Ўзинг чизган бўлсанг... қани, шу уйингни бир тасвирлаб берчи. Нечта хона бор: шуларнинг нечтаси меҳмонхона, ётоқхона, ошхона, ванна...
- Дада, сизни тушундим. Бу уч қаватли вилланинг расмини чизганимга ишонмаяпсиз. Ундай бўлса эшитинг.

Ўғил шундай дея барча хоналарни бирма-бир тасвирлаб берди. Шунда ота 6 та ётоқхоналар кўп эмасми, дея сўради.
- Йўқ, дада, кўп эмас. Мен атайлаб ҳар қаватда иккитадан ётоқхона бўлишини истадим. Учинчи қаватдаги ётоқхоналар худди биздагидек бир йилда бир марта келадиган меҳмонлар учун доим тайёр туриши керак. Иккинчи қаватдаги ётоқхоналарда болаларим ётади. Мен икки нафар болам бўлишини истайман. Алоҳида-алоҳида ётишади, ўзларининг хоналари бўлади. Биринчи қаватдаги ётоқхона эса бизлар учун.

У ўғлининг ақлига қойил қолди. Демак бизга “Ота-онам кексайганда зинапоялардан юришга қийналишмасин”, - деб биринчи қаватдан ётоқхона ажратибди-да... Ўғлининг пешонасидан ўпиб қўйди-да, ундан келажакда яхши архитектор чиқишига ишонишини айтди.

- Барака топ ўғлим. Жуда чиройли вилланинг расмини чизибсан. Илоҳим уни қуришлик ўзингга насиб қилсин! Мен билан онангга биринчи қаватдан жой ажратиб тўғри қилибсан, қариганимизда зиналардан юришга қийналиб қолишимизни билибсан-да, раҳмат сенга!

Ўғил отасига ярқ этиб қаради:
- Дада, биринчи қаватдаги ётоқхона сизлар учун эмас!
- Унда ким учун?
- Мен у ерга бувам билан бувимни олиб келаман. Ахир улар ҳалиям эски, нураб ётган уйда яшайдилар! Сиз уларни янги қурилган уйимизга олиб келмадингиз-ку?! Шунинг учун мен уларни ўзим қурган уйга олиб кетаман. Сиз эса ойим билан шу уйда тураверасизлар!

У ўғлининг бу гапидан карахт аҳволга тушиб, лом-мим дея олмади. Худди устидан кимдир совуқ сув қуйгандек, бутун баданини муздек тер босди. Кўз ўнгидан ота-онасининг эски, нураб ётган уйда кун кечиришаётгани ўта бошлади... Юраги эзилиб, томоғига аччиқ бир нарса тиқилгандек бўлди. Беихтиёр кўзига ёш келди...

У шартта ўрнидан турди ва йилда бир келадиган меҳмон учун қулфлаб қўйилган ётоқхонага кириб, деразаларни очди ва ҳавосини енгиллатди. Кейин ўғлини бағрига босиб деди:
- Ота-онам: “Бормаймиз, ўзимизнинг уйимизда турамиз”, - дейишса индамай кетаверибман. Аслида ич-ичимдан алоҳида яшашни истаганим учундир балки... Мени кечир болам! Катта гуноҳ қилганимни ҳозир англадим. Ёш бўлсанг ҳам кўзимни очдинг! Юр, кетдик, ҳозироқ буванг билан бувингни олиб келамиз! Улардан кечирим сўрайман, пойларига бошимни ураман! Қилган гуноҳим учун Аллоҳга тавба қилдим...

У шундай дея кўзида ёш билан ўғлини мошинага ўтказди-да, уйининг устунлари, дуогўйлари бўлмиш ОТА-ОНАСИни олиб келиш учун йўлга отланди...

БЕҲЗОД ҲОЖИМАТОВ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЯХШИЛИК ҚИЛИШГА ШОШИЛИШ КЕРАК...

У ишхонадан кайфияти кўтарилган ҳолда қайтди: уч ой катта бир лойиҳа устида ишлашган эди, танловда ғолиб чиқиб, кутилмаганда катта миқдорда мукофот пули чиқибди. У ота-онасининг олдига кириб, хурсандчилигини баҳам кўрди.

- Ҳалол меҳнатингнинг натижаси бу. Энди бу пулларни нима қилмоқчисан? Фақат шошилмай, ўйлаб гапир. Чунки, ҳар бир ғойибдан берилган пулда кўпчиликнинг ҳақи бўлиши мумкинлигини унутма болам, - деди отаси.

- Биринчи навбатда телефонимни яхшироғига ўзгартириб олсаммикан, деб ўйлаётгандим...
- Қўлингдагини олганингга ҳали бир йил ҳам бўлмадику?
- Сиздаги Нексияни сотиб, пул қўшиб, янги Ласетти олиб берайми?
- Худога шукур, тагидан шамол ўтиб турибди. Яна анча йил минаман.
- Ойим билан сизни Ҳажга олиб борайми?
- Биз борганмиз, бошқалар ҳам борсин, болам.
- Унда нима қилай? Яхшиси, сизларга бера қоламан, нима қилсангизлар, розиман.

У шундай дея пулни ота-онасига берди-да, кийимларини алмаштириш учун ўз хонасига кириб кетди...

Кечки овқатдан кейин, отаси ўғлини елкасига қоқиб қўйиб, деди:
- Энг аввало сени бу ютуқ билан табриклаймиз, мартабанг янаям улуғ бўлсин, Аллоҳим ҳамиша ғойибидан, ҳалолидан етказсин! Нимага сарфлаш борасида ўйлаб кўрдингми?
- Ҳа, дада, ҳали айтган гапларингиздан кейин ўзимча бир нарсаларни режалаштиргандек бўлдим, агар хўп десангиз айтаман.
- Қулоғимиз сенда.

- Ўзим ўқиган мактабдаги кутубхонага ва ёнимиздаги масжиднинг кутубхонасига керакли китоблардан олиб берсам. Қабристонни ободонлаштириш учун маблағ ажратсам...
- Баракалла, болам.
- Кейин... синглимнинг ўқишидаги контракт пулини тўлаб берсам...
- Баракалла, ўғлим.
- Қўшнимиз Холида опа эрлари вафот этгандан кейин жудаям ночор аҳволда яшашади... уйларини таъмирлаб, болаларигаям кийим олиб берсам.
- Жудаям тўғри ўйлабсан, болам.
- Ҳамма ишларни қилиб бўлганда кейин озгина пул ортса – уйимизга ҳам нимадир олсам...

- Яша ўғлим, ана энди ўзингга келдинг, инсон энг аввало имкони бўлса - ўзгаларга яхшилик қилишга шошилиши керак. Ана шундагина Аллоҳ унга янада кўпроқ ризқни етказади. Агар ғойибидан келганда фақат ўзингга сарфласанг – шу етказгани биринчиси ва сўнггиси бўлиб қолиши мумкин. Шуни ёдингда тутгин. Лекин, энг аввало бу ишларни бошлашингдан аввал битта қўчқор сўямиз ва мискинларга тарқатамиз.

Отасининг бу гапларидан ўғилнинг боши осмонга етди ва хурсанд бўлганича қассоб оғайнисига қўнғироқ қила бошлади...

БЕҲЗОД ҲОЖИМАТОВ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Шу гапларни гапира туриб хорижлик қўлига "Almanach Artistique" журнали нусҳасини олиб қаҳвахонани тарк этди.

Эртаси куни битта жиҳатни ҳисобга олмаса, келишув жуда тез амалга оширилди. Жазоирлик қахвахона хўжайини калитларни нотариус ҳузуридаёқ унга бериши, қаҳвахонадаги барча буюмлар ўз ҳолича қолиши, олиб кетилмаслигини ҳам шартномага қўшишни талаб қилиб сўради.

- Аммо у ерда менинг шахсий буюмларим бор. Албатта, улар унчалик муҳим эмас, лекин уларни Сиз нима қиласиз? Балки мен ўзимнинг лаш-лушларимни олиб кетарман?

- Мсье, мен сизга жуда юқори нархни бераяпман. Ўйлайманки, қаҳвахонадаги нарсаларингиз баҳоси бир-икки минг франкдан ошмаса керак. Аммо истасангиз яна қўшимча тўлов қилишим мумкин.

- Яна 5 минг, унда.

- Ҳоп, - дея жилмайди харидор.

- Демак, “томонлар қаҳвахона ҳамма анжомлари билан бирга етти юз беш минг франкка сотилади ” – дея нотариус келишувни тантанали эълон қилди.

Нотариус офисидан чиқиб хўжайин калитларни бериб банк чекини қабул қилиб олди.

У айни шу онда илк марта даргохини сотгани сабабли қандайдир тушунарсиз ғамни ҳис этди.

“Кўнглинг тўқ бўлсин. Бу қаҳвахонани сотишни қанчалик истардинг. Агар ўша дамда қаҳвахонани 300га сота олганларингда Марте' тирик қолган бўларди. Ўтган йили ҳатто 400га сотмоқчи бўлганингда ҳам харидор чиқмаган эди”, дея ўзини овутса ҳам тушунарсиз ғашлик французни тарк этмасди.

Қария пулни олиб, ўз кўп орзу қилган жойга- мамлакат жанубига жўнаб кетади. У ерда денгиз сохилида кичик бир уйча олди ва қолган талай пулларига тинч ва сокин ҳаёт кечира бошлади.

Жазоирлик келишувдан сўнг атиги бир марта қаҳвахонага кириб, севимли столи қаршисидаги девордан у ерда осилиб турган суратни ечиб олиб чиқиб кетгач, уни ҳеч ким қайтиб кўрмади. Ҳамроҳимнинг сўзларига қараганда қаҳвахонани махаллий перфектура солиқдаги қарзлари туфайли суд қарорига асосан муниципал мулк ҳисобига олиб қўймагунча эгасиз ҳолатда нураб қолган эди.

Орадан 2 йиллар ўтди, чамаси.

Лондондаги машҳур Sotheby's аукционида Клод Маненинг шу вақтгача номаълум бўлган асари кимошди савдосига қўйилди. Савдо якунига кўра, унинг учун ўша вақтлардаги ақлбовар қилмас миқдордаги маблағ – олти ярим миллион фунт стерлинг тўланган экан.

Йўловчи дўстим ҳикоясини поезд Париж шаҳрининг Гар ду Норд бекатига етиб келганда тугатди.

У мен билан тезгина хайрлашиб, уст-бошини, ҳамда четида "Almana..." ҳарфлари кўриниб турган журнал солинган саквояжини кўтарган ҳолда вагондан чиқиб кетди..

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Men bu videoda o’zimni ko’rdim .
Yana kimlar o’zini ko’rdi ?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Nazokat kiyimlarini almashtirib chiqdi. Onasiga ancha-muncha yordamlashdi. Uylarni yig'ishtirdi, mehmonlar uchun joy tuzadi, palov uchun masalliqlarni hozirladi. Va nihoyat dadasi darvozadan kulib kirib keldi.
- Voy dadajonisi!
Hamida opa yugurib hovliga tushdi. Erini sog' salomat ko'rib ko'ngli yorishdi. Axir 5 yil deganda kelyapti. Bu kunni u qancha kutgan! Oshxona tomonga qarab baqirdi.
- Nazokat! Qizalog'im chiq! Dadang keldilar!
Nazokat yugurib kelib dadasining bo'yniga osildi. Qattiq yig'lab yubordi.
- Juda sog'indim dadajon...
- Men ham ona qizim...
Muslim aka Nazokatni peshonasidan asta o'pti. Qiziga qarab ko'ksi to'lib ketdi.
- Kotta qiz bo'lib qolibsizku!? Qara onasi men ketayotganimda jajji qizaloq edi...
- Haa... Vaqt tez o'tib ketdi.
Hamida opa yuziga oqqan ko'z yoshini artdi.
Muslim aka kelgach huvillab yotgan uy bozorga aylandi. Juda ko'p mehmonlar birin ketin kela boshlashdi. Qarindosh urugʻlar, do'st birodarlar...
Nazokat ham, Hamida opa ham Muslim akani endi qaytib ketishini xohlashmas edi. Muslim aka ham musofirlikdan zerikkandi asli, bundan bu yog'iga qimmatli umrini oilasini bag'rida o'tkazishni xohlardi...
* * *
Muslim aka o'zga yurtning ob-havosiga moslashib ketgan shekilli, bu yerda tezda mazasi qochib qoldi. Bu yili yoz nihoyatda issiq boshlandi. Muslim aka bunaqa issiqqa chiday olmay tinimsiz muzdek suvlar ichar, muzlatgichdan mevalar olib yeyardi. Oxiri sog'lig'i yomonlashdi. O'pkasiga suv to'lib ranimatsiyaga tushib qoldi. Doktorlar Muslim akada "O'pka sili" hastaligi borligini aniqlashdi. Muslim aka umrini oilasi yaxshi yashashi uchun, hech narsadan muhtojlik ko'rmasligi uchun chet davlatda o'tkazdi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishladi. Oilam yaxshi yashashsa bas, men shundan quvonaman, deb o'zini ovutdi. Endi bag'riga shamol tegib bundan bu yog'iga sevgan rafiqasi va jonining parchasi bo'lgan qizini baxtini ko'rib yashayman deganida Alloh unga shu dardni berdi. Lekin Muslim aka ba'zilarga o'xshab Xudoning bergan taqdiridan nolimadi. O'limi oldidan oilasini ko'rdi-ku, agar o'sha chet davlatda shu dardga yo'liqib oilasi diydoriga to'yolmay o'lib ketganida nima bo'lar edi? Muslim akani shunday hayollar o'rab oldi. Ko'zini ohista yumdi. Mayin ovozda pichirladi.
- Robbim Egam o'zingga shukr... Oilamni bag'rida omonatimni topshirar ekanman... Bergan qadaringdan roziman. Alloh meni musilmon qilib yaratganingdan va shu musulmon holimda jonimni olayotganingdan xursandman. Qilgan gunohlarimni kechir...
* * *
Muslim aka to'shakka mixlanib qoldilar. Ahvollari kun sayin og'irlashib borar edi. Og'zidan baʼzan qon kelar, tinimsiz yo'tal tutib qolar, nafas olishi qiyinlashardi. Yuzi nihoyatda so'lg'in, ko'zlari ichiga botib ketgan...
Nazokat dadasidan xabar olgani kirdi. Muslim aka yotgan joyida tinmay yo'talar edi.
- Dadajon, tuzukmisiz?!
Nazokat dadaning og'ziga idish tutdi. Muslim aka qon tufladi. Nazokatning qo'lidagi idishning yarmi qonga to'ldi. Muslim aka biroz yengillagandek bo'ldi. Nazokat esa dadasining holidan yig'lar edi.
- Yig'lamang ona qizim... Siz yig'lasangiz men qiynalaman.
- Qanday yig'lamayin dadajon! Sizni juda yaxshi ko'raman!
Muslim aka qizining sochlarini siladi. Titroq qo'llari holsizlandi.
- Onangiz qayerda?
- Oyim tashqarida edilar. Chaqiraymi?
- Ha...
Nazokat Hamida opani chaqirgani chiqib ketdi. Hamida opa erining qoshiga keldi.
- Labbay dadasi? Biron narsa kerakmi?
Muslim aka boshi bilan xotiniga "ótir" ishorasini qildi. Hamida opa erining yoniga ohista o'tirdi.
- Onasi... Bir orzuyim bor. Shu qizimni to'yini ko'rib qolsam edi... Armonim qolmasdi.
- Bu nima deganingiz dadasi, hali sog'ayib ketasiz. Qizizni o'ziz qo'lidan tutib uzatasiz inshaalloh. Unaqa gaplarni gapirmang.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sirojiddin dadasiga nimadur demoqchi bo'lardi-yu, qo'rqqanidan og'iz juftlolmasdi. Dadasi unga o'qrayib qaradi.
- Nima gap?! Gapirasanmi bugun?
- Dada... Ozgina pul berasizmi degandim.
- Nimaga? Nima qilasan pulni sen?
- Oyimga u-bu narsa olib kelib bermoqchiydim.
- Nima?! Onang o'lmaydi! Men bu pulga ertaga ulfatlarim bilan o'tirib ichaman!
Sirojiddinning ko'zlariga miltirab yosh keldi. Titroq ovozda asta gapirdi.
- Dadajon...
- Bor xonangga dedim!
Sirojiddin boshini quyi solgancha onasi yotgan xonaga kirib ketdi. Dadasi esa, yana boshini yostiqqa qo'yib xur-xur uxlay boshladi.
- Oyi... Hozir men sizga kartoshka qovurib kelaman...
Nazokat opa erining gaplarini eshitib yotgan edi. O'g'liga achinib ketdi. "Bu kishi sira odam bo'lmadi. Ichkilikka shunchalik ham ruju qo'yadimi odam? Bu aroq o'lgur kishini odamgarchilikdan ham chiqarib yuborar ekan. Hali 10 ga ham kirmagan o'g'li ertalabdan kechkacha tik oyoqda turib peshona teriga pul olib kelsa-yu, bu kishi ertaga bu pulga maishat qilaman deb olib qo'ysa!?" Hayolidan o'tkazdi Nazokat opa. O'g'liga mehr to'la ko'zlari bilan boqdi.
- Bolam ancha yaxshi boʻlib qoldim. Sen charchagansan ham ertaga maktabing bor. Sen xonangga kirib kiyimlaringni almashtir, yuz qo'lingni yuvib tur. Men o'zim biron narsa pishiraman.
- Xo'p oyi...
Sirojiddin xonasiga kirib ketgach, Nazokat opa bazo'r o'rnidan turdi. Og'riqdan ko'z oldi qorong'ulashdi. Lekin bor kuchini jamlab o'zini birmuncha o'nglab olgach asta oshxona tomon qadam tashladi. Oshxonada 3-4 ta tuxum, kartoshka, piyoz va yana ba'zi narsalar bor edi xolos. Nazokat opa yosh toʻla koʻzlari bilan osmonga boqdi. Qalbi bilan, balki butun vujudi bilan Allohga yuzlandi.
- Allohim rizqimizni halollab mo'l qilgin. O'zingga oson-ku. Ho'jayinimga insof ber...
Nazokat opa tuxum bilan kartoshka qovurdi. O'g'li bilan birgalashib ovqatlanishdi. Sirojiddin xonasiga uxlagani kirib ketdi. Nazokat opa anchagacha oshxonada kuymalanib yurdi. Buyragiga birdan og'irlik tushdi. Ikki bukilib qoldi. Inqillaganicha erini chaqirdi.
- Dadasi... Dadasi! Sanjar aka!
Sanjar aka ko'zlarini bazoʻr ochdi. Mast holatda oshxona tomonga qarab baqirdi.
- Nazo! Ovqating bormi?! Qornim ochdi...
- Dadasi... Dadasi, eshityapsizmi?! Mazam bo'lmayapti!
Sanjar aka eshitmadi. U yana xurrak otib uxlab qolgan edi.Gazda erining choy ichishi uchun qo'ygan suvi qaynab ketdi. Nazokat opa gazni o'chiraman deb gaz plitasi oldiga borganida birdan hushini yoʻqotdi. Qo'li bilan choynakni ag'darib yubordi. Qaynoq suv Nazokat opaning yuzi, bo'yni va ko'krak qismiga to'kildi. Jon achchig'ida qichqirganicha yerga yiqildi. Qichqiriq ovozidan Sanjar akaning kayfi butkul tarqab ketdi. Yugurib oshxonaga kirdi. Xotinining badani qip qizarib ketgan, atrofga qaynoq suv to'kilgan edi.
- Onasi! Nazo! Nazokat! O'zingga kel onasi!
Sanjar aka xotinini yuzlarini shapatiladi. O'ziga kelmagach, cho'ntaklarini asabiy paypaslay boshladi.
- Padariga lanat! Kerak payti topilmaydi!
Sanjar aka yotgan o'rniga borib yostiqni ostidan telefonini topdi. Darrov tez yordamga telefon qildi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Сизга аёлингизнинг нимаси ёқмаяпти?

Эр ҳар куни тонгда аёлини маломат қиларди — “Кечаси билан хуррак отдинг, яхши ухлашимга халақит қилдинг…”
Аёли эса уни инкор қиларди. Бироз хижолат, бироз ҳафалик билан ўзини ҳимоя қилишга уринарди.
Бир куни кечаси эр аёлининг хуррак товушини овоз ёзиш мосламаси билан ёзиб олди. Эрталаб аёлига уни эшиттириб, “айбига” иқрор қилишни, ўзи бу борада рост сўзлаганини исботлаб қўйишни истаганди.
Тонг отди, эр қўлида овоз ёзиш мосламаси билан аёлини уйғотди… Ногаҳон, аёли умуман нафас олмасди. Ҳа, аёли вафот этганди!

Шу кундан бошлаб аёлининг ёзиб олинган хуррака товуши эр учун қайта эшитиш имкони бўлмаган энг ёқимли шу билан бирга энг кўп соғинадиган овозга айланди. Шу кундан бошлаб эр ҳар кеча шу хуррак овозини эшитмасдан ухламайдиган бўлди…

Яна бир ўйланг, сизга аёлингизнинг нимаси ёқмаяпти?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Assalomu alaykum. Avvalambor barchangizdan uzr soʻrayman. "Sohta tuygʻular" qismli hikoyam shu yerida tugaydi. Ba'zi bir sabablarga ko'ra shunday qilishga majburman. Meni avf etasizlar degan umidim bor. Ortiq yozolmayman. Yozganim sari yuragimdagi ogʻriq battar kuchayib ketyapti😢 O'rniga inshaalloh yangi hikoyalar yozaman albatta. O'zim to'qib hayolimda yaratib yozaman. Shunisi maqulroq ekan. Gulnozani taqdiriga qiziqayotganlar uchun qisqacha bayonot :
    Qizlar Samiya 1 yoshdan o'tgan payti, qaynisinglisi va qaynonasi ularning uyiga kelib naq 1 oyga yaqin mehmon bo'lishadi. Shunda qaynisinglisi shantaj qilib turli xil yigitlarni nomeriga Gulnozani telefonidan telefon qilib, uni nomidan gaplashadi. Va kunlardan bir kuni Hojiakbar uydaligida Gulnozaga telefon bo'ladi va go'shakni Hojiakbar ko'taradi. Begona yigit Gulnozani so'raydi. Shu ishlar bo'ladi-yu Eri Gulnozani uyidan haydab soladi. Shu bilan Gulnoza ota uyida 1 yildan ko'proq muddatga qolib ketadi va hozir ham ota uyida qizi bilan yashamoqda.
Bu orada juda koʻp gaplar o'tdi. Qaynonasi, qaynisinglisi ancha-muncha zug'mlar qilishdi. Albatta bularning barchasi Allohni yaxshi ko'rgan bandasiga jo'natgan imtixon, sinovlardir. Hozirda Gulnoza turk tilini o'rganmoqda va eri Hojiakbarni kechirmaslikka qaror bergan. Agar buni kengaytirib yozganimda yana 3-4 qism bo'lardi. Lekin yozolmayman😢😢 To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman


Jahl kelganida, Aql boshdan uchib ketarkan. Aqlim boshimga qaytgan vaqti.......
Juda kech bo'lgan edi😔

Hammangizdan minnatdorman. Tez orada yangi hikoyalar yozib sizlarga ilinaman INSHAALLOH.

✍ Usmonaliyeva Munira

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Va nihoyat uzoq kutilgan kun keldi.
Tugʻruq payti nihoyatda qiyin boʻldi. Bola katta edi. Keserva qilib olishga toʻgʻri keldi. Allohga ming shukrki, bolaning ahvoli yaxshi, sogʻlom edi. Shiringina qizaloq tugʻildi. Gulnoza bolasini bagʻriga bosdi. Chaqaloqning yoqimli iforini tuydi. Ilk bor onalikni his qildi. Uning jajja qoʻlchalarini siladi. Koʻzlari baxtdan porladi, quvonch yoshlari quyilib kelaverdi... kelaverdi. Oʻzining qiynalgan kunlarini, och oʻtirgan paytlarini, eridan yegan kaltaklarini bir zumda unutdi. Qalbi osuda, oʻzi esa yengil boʻlib qolgandek edi...
* * *
Oradan 1 hafta oʻtdi. Hojiakbar va Gulnoza qizlariga Samiyaxon deb ism qoʻydilar. Bu ismni Gulnozaning oʻzi tanladi. Samiya ba'zi istelohlarda "Quyosh" degan ma'noni bildiradi. Gulnoza Samiyaning jajji qoʻlchalarini labiga bosdi. Qizining munchoqdek qora koʻzlari, lablari... Xuddi Gulnozaga oʻxshar edi. Gulnoza qizini bagʻriga bosdi, Jannat ifori kelib turgan xushboʻy hidini tuydi. "Allohimga shukr... Onalikni his qildim. Xudoyim menga jajji farishtani berganing uchun rahmat!" ohista pichirladi Gulnoza.
Hojiakbar qizini juda yaxshi koʻrardi. Ishga borsa sogʻinar, tez-tez Gulnozaga telefon qilib ovozini eshitgisi kelardi. Samiyaxon ham dadasini sogʻinardi, albatta qiz farzand otaga mehribon boʻladi deyishadi. Bu haqiqat. Qizning hayotida ota alohida oʻrin tutadi.
Gulnoza va Hojiakbar birgalikda farzandi Samiyani yer-u koʻkka ishonishmas edi. Hojiakbar har juma kuni qizi va Gulnoza uchun turli buketlar, shirinliklar olib kelar, qizini, oilasini xursand qilardi.
- Gulim! Gulim!
Birdan eshik taqilladi. Tashqarida Hojiakbar tinmay Gulnozani chaqirardi. "Voy hali kech boʻlmadi-ku? Tinchlikmikan?'' Gulnoza shoshilib borib eshikni ochdi.
- Syurpriz!
Hojiakbar qoʻlida turli xil karton soʻmkalar koʻtarganicha jilmayib turar edi.
- Assalomu alaykum dadasi! Yaxshi kevoldizmi? Nechuk vaxtli kelib qolibsiz?!
- Oʻylab-oʻylab bugungi kunimni sizga va qizimizga bagʻishlashga qaror qildim!
Gulnozaning hayron qarab turganini koʻrib Hojiakbar yengilgina urushib qoʻydi.
- Qoʻlimdagilarni olmaysizmi?! Qoʻlim tolib ketdi-ku?!
Gulnoza soʻmkalarni oldi. Ichida qizi Samiyaxon uchun juda chiroyli koʻylakchalar, oyoq kiyimlar... Yana shokoladlar va Gulnoza uchun alohida sovgʻa ham bor edi. Gulnoza oʻzi uchun olingan sovgʻani ochdi. Kitob va atir! Gulnoza juda quvonib ketdi. Eridan sovgʻa olmaganiga ham ancha boʻlgan edi. Koʻzlari baxtdan yoshlandi. Erining boʻyniga osildi.
* * *
Gulnoza uchun oz boʻlsa-da, yaxshi kunlar boshlandi. Shirin hayot, shirin qizaloq va shiringina baxt... Gulnoza uyda uy ishlari va qiziga qarash bilan band. Hozircha hech qayerga ishga kirgani yoʻq.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sohta tuygʻular (Hikoya)

5-QISM

Tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir hamma yoqni jiqqa xoʻl qildi. Atrofda izgʻirin shabboda kezib, oldinda qish kelayotganidan xabar berar edi.
Gulnoza kunduzi oʻqishiga borar, kelgach uy yumushlarini qilar, yarim kechasi turib dars tayyorlar edi. Eri Hojiakbar hech qayerda ishlamas, uyda yotardi. Ba'zan kunduzlari koʻchaga chiqib ketganicha kechki payt bir ahvolda kelib koʻchadagi muommalarini yoki kim bilandir san-manga borib qolgan boʻlsa ham alamini Gulnozadan olar edi. Ba'zan urar, ba'zan qoʻpol muomalada boʻlardi. Koʻchadan kayfiyati aʼlo kirib kelgan kunlari undan yaxshi er bu dunyoda yoʻqdey edi. Chiroyli gullar, Gulnozaga nisbatan goʻzal muomila...
Gulnoza oʻqish paytida koʻngli aynidi. Oʻzini behuzur sezib shifokorga koʻrinish uchun darsdan javob oldi. Alloh Gulnozaga yana bir tugʻilajak goʻdakni hadya qilgan edi. Gulnoza bilan Hojiakbar uyidan uzoqda yashayotganiga qaramay qaynonasi telefon orqali ularni oralarini buzishdan toʻxtamadi. Nafaqat qaynonasi balki qaynisinglisi va qaynotasi ham tez-tez Hojiakbarga telefon qilar, xotinini yomonlar, hatto baqirib urishib ham berar edi. Albatta Hojiakbar alamini Gulnozadan olardi. Yana oʻsha holat qaytarilar... Urishlar, soʻkishlar, haqoratlar. Lekin Gulnoza iloji boricha bu homilasi ham nobud boʻlmasligi uchun oʻzini imkon qadar avaylardi.
Qish keldi. Hojiakbarning onasi unchalik ham pul joʻnatavermasdi. Gulnozaning stipendiyasi esa hech qancha emas. Homilador ayolga tabiiylik vitaminlar kerak, yaxshi ovqatlanishi, depressiyaga tushmasligi zarur. Bu tugʻilajak bolaning onggiga juda chuqur taʼsir koʻrsatadi. Gulnoza oshxonaga kirib muzlatgichni ochdi. Ichidan bir narsa uzilib ketgandek boʻldi. Muzlatgichda deyarli hech narsa yoʻq edi. Toʻqchililda ulgʻaygan, boy oilada oʻsgan qiz bunaqa sharoitga otamning boshi egilmasin, onamning yuzlari qora boʻlasin deb tishini tishiga qoʻyib chidar, Allohdan kechalari yolvorib hayoti yaxshilanishini, uyiga baraka kirishini, turmush oʻrtogʻining ishlari yurushib ketishi soʻrab duo qilar edi. Gulnoza muzlatgichni yopdi. Nargi xonada Hojiakbar telefonda allakimlar bilan yozishib oʻtirar edi.
- Hojiakbar aka...
- Ha... Nima deysiz?
- Uyda hech narsa qolmabdi. Bir tiyn pul ham yoʻq.
- Xoʻsh... Nima qilishim kerak shunga endi?
- Onangizni joʻnatgani hech qancha boʻlmayapti. Meni stipendiyam ham koʻp emas, bilasiz. Unga oʻzimni harajatlarim bor.Doktorim vitaminlar va yana boshqa dorilar yozib bergan shunlarni olaman.
Hojiakbar hamon telefondan boshini koʻtarmas edi. Gulnoza biroz unga tikilib turdi-da yana davom etdi.
- Siz ham ishlaysizmi degandim. Qish ichi ancha qiynalib qoldik.
- Nima ish qilaman. Men bop ish yoʻq-ku.
- Hech boʻlmasa kiraga chiqing. Harna kunimiz oʻtib turarmidi deymanda.
Gulnozaning gaplari Hojiakbarga ham maʼqul kelgandek boʻldi. Axir qachongacha onasini puliga qarab yashaydi. Gulnoza ham ikkiqat holida oʻqisa... Ungayan osonmas. Haqiqatda kiraga chiqsa ham boʻladi-ku?! Tuzukroq ish topguncha albatta.
- Xoʻp Gulim... Ertaga ish izlayman. Balki kira qilib koʻrarman.
Gulnoza eridan mamnun jilmaydi. Oʻzi Hojiakbar yomon inson emas. Mehribonchiligi bor. Masalan Gulnoza biron kasal boʻlib qolsa atrofida girdikapalak boʻladi, koʻngliga qaraydi. Lekin shaxsiy fikri yoʻq odam. Onasini etagini maxkam ushlab oladigan goʻdakka oʻxshaydi. Onasi yomonlagan odamni yomon koʻradi, onasi haqoratlaganni bu ham haqoratlaydi... Xullas onasi u uchun qaror qabul qiladi. Onasi u uchun oʻylaydi, u uchun fikrlaydi. Xalqda bir gap bor "Onasini bolasi" degan shuddi shunaqa inson Hojiakbar.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

O’zingizga ham havasingiz kelsin !

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Афғон қиз.

Фотожурналист Стив Маккаррига жаҳон шуҳратини олиб келган сурат.

1984 йилда Маккарри Покистондаги афғон қочқинлар лагеридаги қизлар мактабида суратга олишга рухсат берилган эди. Суратчи қизнинг юзидаги ғаройиб ифодани пайқади, аммо охирги навбатда унга яқинлашди. Қиз суратга тушишга рухсат берди, лекин Стив унинг исмини сўрашни унутди. Чунки бу сурат бошқа суратлардан фарқ қилади, деб ўйламаган эди, аммо 1985 йилда сурат "National Geographic" журналида чиқиб, бир неча йил ичида жуда машҳур бўлиб кетди, журналларда тарқалди, откритка ва плакатларда пайдо бўлди, шунингдек, АҚШ Миллий Географик жамиятининг энг яхши 100 суратидан бири бўлди. Қизнинг тақдири узоқ вақт номаълум бўлиб қолди, Маккарри Афғонистонга қилган сафарларида уни бошқа учратмади. Нихоят, 2002 йилда National Geographic "яшил кўзли қиз"ни топиш учун экспедиция уюштирди, унинг суратини маҳаллий аҳолига кўрсатишди, улардан бири уни таниб, лагерга олиб келишга ваъда берди. “Яшил кўзли қиз”тоғларда яшарди ва 3 кундан кейин келди, Стив уни дарҳол таниди, бу ўша машҳур суратдаги қиз - Шарбат Гула эди, ўша пайтда у тахминан 28-31 ёшларди эди. Шарбат ҳаёти ҳақида қисқача гапириб берди: унинг ота-онаси ҳалок бўлган, ўзи эса Покистондаги қочқинлар лагерига жойлаштирилган, у ерда уни Маккарри биринчи марта учратганида қиз 11-14 ёшларда эди. Шунингдек, қизнинг турмуш қурганлиги, 4 та қиз фарзанд кўрганлиги, улардан бирининг чақалоқлигида вафот этганлиги, эри нонвойхонада ишлаётгани ва куниga 1 доллардан кам даромад топиши аниқланди. National Geographic гуруҳи унинг эри ва болаларига зарур тиббий ёрдам кўрсатди, шунингдек, Шарбатнинг илтимосига кўра, тўнғич қизи ҳунар ўрганишини хоҳлаганлиги учун, унга тикув машинасини сотиб олиб беришди. Шарбат Гула яна бир неча суратга тушишга рухсат берди, улар ҳам National Geographic томонидан чоп этилди ва бутун дунё бўйлаб тарқалди, суратга олиш пайтида унинг эри ва укаси қатнашди, ўзи эса болалигидаги суратни кўриб қувонмагани каби ўзга юртликлар унинг суратидан нима топганини тушунмасди. Иккинчи суратга олиш жараёни ҳам унга қийин келди, чунки бегона эркак олдида расмга тушиш, у билан мулоқот қилиш керак эди. Балким, тикув машинаси бунинг учун муносиб мукофот бўлган бўлса-да, National Geographic "Afghan Girl" образини сотишдан олган даромадлар билан солиштирганда, бу машина нархи ҳеч нарса эмас эди...
Суратда: 1984 - 2002 йиллардаги Шарбат Гула.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Rayhonim...

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Лочин

Бир куни қиролга лочин боласини совға қилишди. Қиролнинг қушбоқари уни катта қилди, аммо ҳеч учишга ўргатолмади. Лочин полапонлигида ўтирган дарахт шохини тарк этишни асло хоҳламасди.
Қушбоқар қиролга лочин устидан арз қилиб, уни асло учишга ўргатолмаётганини, ҳаттоки емишни ҳам қуш ўтирган шохга қўйишга мажбур бўлаётганини айтди.
Қирол жарчи орқали лочинни учишга мажбур қиладиган одам топишни эълон қилди ва эрталаб қуш боғ устида парвоз қилиб юрганини кўрди.
– Бу мўъжизанинг муаллифини олдимга келтиринглар! – деди қирол.
Унинг олдига оддий деҳқонни олиб келишди.
– Уни учишга қандай мажбур қилдинг? Сеҳргармисан?– сўради қирол.
Деҳқон қиролни хурсанд қила олганидан шод эди:
– Бу қийин бўлмади, зоти олийлари. Мен шунчаки лочин ўтирган шохни арралаб ташладим ва у қанотлари борлигини тушуниб уча бошлади.

Хулоса: айрим одамлар ҳам ана шу лочинга ўхшайди. Улар қанотлари борлигини англаб етмай дарахт шохида ўтираверишади. Ҳаёт айримлар ўтирган шохни синдиради ва шундагина улар уча олишларини тушунишади. Айримларнинг ҳамма нарсаси борлиги учун ўтирган жойларини йўқотишдан қўрқиб учишни исташмайди. Балки ҳаётимизда ҳеч бўлмаса бир бор парвоз қилишимиз учун кимдир биз ўтирган шохни арралаши керакдир? Баъзан бошида ёмондек туюлган воқеа ҳам парвоз қилишимиз учун имконият тақдим этиши мумкин.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ТАРБИЯ

Қадимда  уч мерган устоз ораларида ким таълим беришда илғорлигини аниқламоқчи бўлишибди. Учаласи ҳам биттадан шогирдларини чақиришибди. Ҳар бир шогирд ўз устозига тош отиб, бу санъатни қанчалар ўзлаштирганини намойиш этиши керак экан. Биринчи устоз шогирди отган тошларга эпчиллик билан чап  берибди. Иккинчи устоз отилган тошларни усталик билан шогирдига қайтарибди. Учинчи устознинг шогирди қанчамажбурлашмасин устозига тош отишдан бош тортибди. Шунда холис ҳакамлар шу учинчи устоз-шогирдни ғолиб деб топишибди. Қолган икки устоз норози бўлиб:
- Ахир, улар тош отиш санъатини кўрсатиб беришмади-ку!-дебди.
- Тўғри, - дебди ҳакам - лекин у шогирдини устозига тош отмайдиган қилиб тарбиялабди…

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hikoyalar kanali ochilganiga bugun 9 yil to'libdi. Shu vaqtdan beri va undan keyin bizni kuzatayotganlarga katta rahmat! Bu kanalni ochishdan maqsad shunchaki o'zimizga yoqqan hikoyalarni boshqalarga ulashish va o'zim yozgan hikoyalarni joylash edi. Vaqt va sharoit sabab yangi hikoyalar yozish imkoni bo'lmayapti, shu sababli yaxshi, ibratli hikoyalar o'qib qolsak, albatta ulashamiz!
E'tiboringiz uchun rahmat!

Bizni qanchadan beri kuzatasiz?

Hikoyalar kanalining birinchi xabari👇
/channel/hikoyalar/4

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

КЕРАКЛИГИНГНИ УНУТМА...

Қадим замонларда кимсасиз ва ёлғиз бир қиз яшар эди.
Ёлғизликдан жуда ҳам сиқилган, ҳаётдан хафа ҳолда кўча кезар экан, бир капалакнинг шохлар ичида қолиб кетганига кўзи тушибди. У ердан чиқиш учун ҳаракат қилаётган капалак
қанотларига янада кўпроқ зарар берар эди. Буни кўрган етим қиз эҳтиёткорлик билан капалакни шох-шаббалардан қутқарибди.
Капалак эса учиб кетиш ўрнига қизнинг олдига келиб, гўзал парига айланибди ва қизга дебди:
“Сен жуда ҳам яхши, пок қалбли инсон экансан, шу сабабли сенга бир тилак тилаш имконини бераман”.
Қиз бироз ўйлагач, парига: “Бахтли бўлишни хоҳлайман”, - дебди.
Пари эса қизнинг қулоғига бир нималарни шивирлабди- да, ғойиб бўлибди. Қиз ёши ўтган сари доим бахтли ва хурсанд бўлиб юрар эди. Бу бахтиёрликнинг сирини сўраганларга, ёшлигимдаги парига йўлиққанлигим, дея жавоб берар эди.
Вақт-соати етиб, ажал унга яқинлашганда, атрофдагилар ундан пари унга нима деганини сўрашибди.
Кексайган аёл эса табассум
ила дебди:
“Пари менга шундай деган эди:
“Қари бўлсанг ҳам,
ёш бўлсанг ҳам, бой бўлсанг ҳам, камбағал бўлсанг ҳам… атрофингдагиларга кераклигингни унутма.!" деганди...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

1999 йил кунларидан бирида поездда Германиянинг Вюрцбург шаҳридан Брюссел орқали Париж томон сафарга чиққан эдим. Брюсселда тўхтаб Talgo тезюрар поездининг биринчи тоифали вагонига кўчиб ўтдим.

Кўринишидан келиб чиқиши африкалик бўлган баланд бўйли эркак билан ёнма-ён жойлашиб қолибмиз. Йўл-йўлакай у билан суҳбатлашиб қолдик. Тасвирий санъатшунослик билан шуғулланишини айтди. Қаердан эканлигим ва нима билан шуғулланишимга қизиқди. Мен унинг ҳаёти ҳақида қизиқдим. Натижада, тасодифий йўловчилар ўртасидагина юзага келадиган илиқ ва мазмунли суҳбат муҳити ҳосил бўлди.

Биз бир-биримизга ҳаётимизда содир бўлган турли воқеаларни ҳикоя қила бошладик. Ҳамроҳим айтиб берган ўша ҳикоялардан бирини сизларга ҳам улашишни лозим топдим.

Ушбу ҳодиса ‘70 йилларнинг бошида бўлган экан.

"Парижнинг чекка туманидаги кичик қаҳвахоналардан бирида жазоирлик мижоз тез-тез меҳмон бўлиб турар эди.

У доимо битта жойда узоқ вақт ўтирар, баъзида енгил тамадди ҳам қилиб турарди, лекин аксар холларда, шунчаки ўтириб, деворларга тикилиб қаҳва ичарди. Менимча, қаҳвахонанинг номи ҳам эсимда – адашмасам, у Lièvre Rapide эди. Шундай қилиб, кунларнинг биридаги одатий ташрифи мобайнида у яна ўз жойига ўтириб, ўйчан ҳолатда қаҳва ича бошлади. Бир вақтнинг ўзида қаҳвахона эгаси, официанти, бош ошпазию- сомелье ва баристаси вазифасини бажарувчи кексароқ француз ўзида анчадан бери тўпланиб келаётган қизиқишини босаолмай, ушбу сирли мижознинг ёнига келиб аста суҳбат бошлади. Қария хорижлик меҳмондан Парижнинг у қадар сайёҳатбоп бўлмаган туманига қаердан, нега келгани ва нима билан шуғулланишини сўрай бошлади.

Жазоирлик аслида Парижга кўчиб келиб, ушбу туманда яшаш нияти борлиги, аммо ундан аввал нима биландир машғул бўлиш учун бирор кичик бизнес соҳибига айланмоқчилигини сўзлаб берди. Шундан сўнг меҳмон эҳтиёткорлик билан айни қаҳвахонага меҳри тушиб қолгани, мабодо эгаси сотмоқчи бўлса (жазоирлик қаҳвахона эгаси билан гаплашаётганига хали амин эмасди, шунчаки, тахмин қилаётганди), яхшигина пул таклиф этиш нияти борлигини ошкор қилди.

Кекса қаҳвахоначининг меросхўрлари йўқ бўлиб, қаҳвахона юргизишда унга аввал фақат рафиқаси ёрдам берарди. Аммо аёли ҳам ўшанда, 4 йил олдин тўсатдан ҳасталикка чалиниб қолганди. Ўша вақтларда қиммат операция важидан қаҳвахонани сотмоқчи бўлишганида, бирор харидор топилмаганини эслади чол. Шундан сўнг рафиқаси вафот этгани сабабли ўзи ҳам ушбу шинам тамаддихонани сотиб жанубга кўчиб кетиш борасида @анчадан бери ўйланиб юрганди. Асли монпельелик қария умрининг сўнгги йилларини иссиқроқ жойларда, пойтахт четидаги ушбу туманда ўзига ёпишиб олган умидсизликдан узоқроқда ўтказмоқчи бўларди.

Шундай онларда “Эҳ, бу даҳмазани ким ҳам сотиб оларди?” – дея ичида хўрсиниб қўярди қария.

Шунинг учун ҳам, у мижознинг тинглай туриб тақдири-азалнинг ўзи унга бу харидорни юборганига шубҳа қилмади.

- Сиз қаҳвахона эгасига қанча пул таклиф қила олган бўлардингиз?- шошиб сўради у.

- Тахминан 500 минг франк...Бундай жой учун бу катта маблағ, шундай эмасми?

- Нима десам экан, - хўжайин боши қотгандек кўриниш учун айёрона жилмайиб қўйди.

У албатта, ўзидаги хурсандчиликни яширишга интилсада, яққол билиниб турган табассумини сотиб қўяётган лабларининг тараддуди, пешонасидаги кўриниб қолган ажинлар ёзилгани айтилган нархдан қониққанлигини англатар эди. Хўжайин актёрлик қобилиятидан йироқлиги яккол сезиларди.

- Мен яна икки юз минг қўша олардим, - хорижлик келишувни бирданига пишитиб, михлашга уринди, - мен Парижга кўчиб келиш учун Жазоирдаги уйим ва бизнесимни сотдим, пулим бор...

- Мен қаҳвахона соҳибиман, агар мени шунчаки лақиллатмаётган бўлмасангиз, келишувни эртагаёқ ҳал қилсак бўлар экан. Мен яқин орадаги яхши нотариусни биламан, - шоша бошлади ресторан эгаси.

- Жуда яхши. Келишдик. Демак, эртага ҳал бўлади, – деди мижоз. Улар бир-бирига қўлларини узатиб маҳкам сиқиб келишувни тасдиқлашди.

- Сизни яна бир финжон қаҳва билан меҳмон қилишга руҳсат этсангиз.

- Йўқ, ташаккур. Келишувни эртагаёқ ҳал этишга бел боғлаган эканмиз, ёпилмасидан аввал зудлик билан банкка бориб улардан чекни олишим керак.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЭСКИ ТЕЛЕФОН...

Бугун эски телефонини топиб олди, суратлар,  видеотасвирлар ҳаммаси ажойиб хотираларни эслатди...

- Эҳ-ҳе... Юз элликта СМСим ҳам турибди экан-ку! - деди ўзидан-ўзи қувониб!

Аёли ёзган хабарлар бўлимига кирди:
"Памперс, қатиқ, салфетка"
"Уйда туз тугади",
"Бизни тезроқ олиб кетинг!"
"Нон, гўшт, гуруч, сабзи"
"Бугун пул опкелинг, эртага бозорга чиқаман Шахини оёғига олиш керак"
"Телефонни кўтаринг!"
"Телефон нега банд?!"...

Яна бир қанча шу маънодаги хатлар...
Бирдан кўзи онасининг рақамидан келган хабарга тушди. 
Шошиб очди:
"Юлам, цйгв кедиь иссмқрох кмцмнмь кет".

Ичи музлаб қолди. Онасининг кўзи хира эди, шунинг учун ўхшаш харфларни ажрата олмай шундай деб ёзган бўлса керак.

Онаси безовта қилмай деб кўпинча телефон қилмасди,  "рулдалигингда телефонда гаплашма" деб хавотир оларди.

Демак, ўшанда нимадир сабаб бўлган-ки, хабар ёзиб жўнатган. Ўзича хабардаги ҳарфларни "таржима" қилди:
"Болам уйга келиб иссиқроқ  кийиниб кет".
"Эҳ... Онам-а..."

Умида АЗИЗ.

Читать полностью…
Subscribe to a channel