Кеч кузнинг совуққина бир куни эди. Қарши автобекатида Тошкентга кетадиган навбатдаги автобусни кутиб турибман. Ёнимда акам бор. Биздан сал нарида бир тўда киши уймалашиб нимадир ўйнашаётган экан.
– Нима қилишяпти? – дедим акамга.
– Қўявер, ишинг бўлмасин, – деди акам... Сўнгра “мен ҳозир келаман” деб қаергадир кетди. Менга барибир қизиқиш ғолиб келди. Акам айтганидек қўявермадим... Анави тўданинг олдига бордим. Қарасам, ангишвона ўйнашаётган экан. Учта ангишвонанинг бирига хурмонинг донагидек бир нарсани яшириб, айлантиришяпти. Ким ўша “донак”ни топса, ўртага тикилган пулни оляпти. Қарасам, жуда осон! Ангишвоначи “донак”ни яшириб, бир-икки айлантирди-да:
– Қани, ким топади? – деди.
“Донак”ли ангишвонани аниқ билиб турибман.
– Мана шунда! – дедим иккиланмай.
Ёнимдаги киши “менга буниси”, деб иккинчи ангишвонани ушлади. Яна кимдир учинчисини ушлади.
– Қани, унда пул тикинглар! – деди ангишвоначи.
Икки рақибим 10 сўмдан 20 сўм тикди. Купон пул энди алмашган, 20 сўм ҳам катта пул эди. Аста қўйимдаги пулни олдим. Дастрўмолчага ўралган пул 1000 сўм эди! Уйдан чиқаётганимда онам бир чеккага тортиб, “Болам, бу минг сўм! Уч ойлик пенсиямни йиғдим, қишга иссиқ пальтоми, куртками ол, лекин бу пулни отангга айтма, ўзи бермай қўяди”, деб берган пул эди. Шу пулдан 10 сўмини олиб тикдим ва шартта ангишвонани очиб, 20 сўмни ютиб олдим. Атрофдагилар “ўвв” деб юборди.
– Ука, сен зўр ўйнаркансан, давай, яна ўйна! – деди.
Мен яна ўйнадим. Бу сафар 15 сўм ютдим.
– Бўлди, энди ўйнамайман, – дедим. Орқага тисарилаётгандим, ёнимдаги киши “яна бир ўйна, қизиқ бўляпти”, деб енгимдан тортди. Бу сафар ростдан ҳам қизиқ бўлди. Енгимдан тортган 100 сўм тикди. Учинчи шерик 200 сўм тикаман, деди. Атрофдагиларнинг икки кўзи менда, 300 сўм тик, дейишди. “Донак”ли ангишвонани ушлаб турганимга шубҳам йўқ эди. Шартта уч юз тикдим! Ангишвоначи:
– Ука, ушлаб турганингга аминмисан, мен ҳам сенга пул тикаман, – деди қулоғимга...
– Аниқ шу, ака! Тикинг! – дедим бу меҳрибонимга...
Ангишвоначи 500 сўм тикди. Енгимни тортган яна 200 сўм қўшди. Қисқаси, онамнинг уч ойлик пенсиясининг ҳаммасини тикиб юбордим. Ғала-ғовурда буни қандай қилганимни ҳам билмай қолдим.
– Оч! – дейишди.
Ангишвонани кўтардим. Ичи бўм-бўш! Ичидаги “донак” қандай йўқолиб қолганини билмайман. Даҳшатга тушдим. Ўртадаги пулларнинг ҳаммасини “енгимдан тортган” олиб қўйди.
Узоқдан акам кўринди. Аста сирғалиб тўдадан чиқдим.
– Нима қиляпсан у ерда? Ишқилиб ўйнамадингми? – деди акам хавотир аралаш.
– Йўқ, ўйнамадим, – дедим ёлғондан.
– Бунинг ҳаммаси каззоб, ичида бегонаси йўқ, ҳаммаси бир команда, – деди акам.
Ичимда нимадир “чирт” этиб узилгандек бўлди. “Онамнинг уч ойлик пенсияси!” Хаёлимда фақат шу гап айланади.
Автобусга чиқдик. Дераза ёнига ўтириб олиб, Қаршидан Тошкентгача унсиз йиғлаб келдим. Онамнинг уч ойлик пенсиясини қиморга тикдимми?! Изтиробимнинг чеки йўқ эди. Анави одамлар ҳақида ўйлардим: кап-катта одамлар! Улар куни бўйи менга ўхшаган лақмаларни чув тушириб, кечқурун бола-чақаси олдига қайси юз билан боради. “Енгимдан торт”гани сал кам отам қатори одам эди. Нега ўғли тенги бир норасидани алдади?
Ўша куни Қарши-Тошкент ораси жуда узайиб кетди. Етти соатлик йўл чинакам азоб бўлди. Ўзимга-ўзим сўз бердим: бундан кейин қиморга далолат қиладиган ўйинлардан нафратланаман! Зинҳор бировнинг ҳаққига хиёнат қилмайман! Онамнинг пенсия пулини ўзига қайтараман!
Лекин... бу дунё ўзи турган-битгани ангишвона ўйини эканини ҳали билмасдим. Кейинчалик англадимки, ўша кунги “енгимдан тортган” – ҳаёт экан. Дунёнинг ўйинлари кўп, “ўйна” деб енгингиздан тортаверади. Ана шунда, энг муҳими, ўзингизни тутиб қолишингиздир!
Анвар Назар
🌿🌱– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Ha.
– Unda siqilishdan nima foyda?
***
– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?
Har qanday holatda ham siqilishdan foyda yo‘q... O‘zingizning qadringizga yeting, qadarda nima yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi..!
- Voy bolam! Asal qizim kelibdi-ku?!
Ona bola anchagacha hovli o'rtasida quchoqlashib turdilar.
- Sizni juda sogʻindim oyijon!
- Men ham sog'indim bolam! Judayam ko'rgim kelib turgan edi. Yaxshi kelib qolding...
Hamida opa qizining yuz-ko'zlariga sinchkov nigoh tashladi.
- Mazang yaxshimi bolam? Qiynalmayapsanmi?
- Yoʻq... Ancha yaxshiman oyi. Biroz oyoqlarim og'riyapti. Koʻp yurolmayapman.
- Albatta homilang ham og'irlashib qolganda. Oyoqlaring qiynaladi...
Hamida opa qizini uyga boshladi.
- Qani kel, qizim... Kelaqol uyda gaplashib o'tiramiz. Men sen yaxshi ko'rgan ovqatni qilib beraman.
- Rahmat oyijon! Biram mehribonsiz...
Hamida opa bilan Nazokat anchagacha suhbatlashdilar. Dadasi Muslim akani xotirlashdi. Bu uyda o'tgan kunlarini eslab biroz ko'z yosh qilib olishdi.
- Mayli qizim. Sen toliqib qolma. Biroz yotib damingni ol. Men ovqatga unnayman.
- Yoʻq oyi... Ovora bo'lmang. Biron narsa buyurtma qila qolamiz. Tashqarida yurasizmi? Keragi yoʻq. Menga sog'lig'iz muhim.
- Bu nima deganing buyurtma qilamiz...? O'zim o'z qo'lim bilan senga ovqat pishirmoqchiman. Hech qiynalmiman... Bemalol yotib damingni ol.
Hamida opa qizini yolg'izlatin hovliga chiqdi. Oshxonaga kirib ovqatga unnab ketti. Yozning o'rtasi bo'lgani uchunmi havo nihoyatda issiq. Quyosh qoq teppaga turib olib o'zining taftini ayamay sochmoqda...
* * *
- Oyijon, togʻam xabar olib turibdilarmi?
- Albatta... Har hafta keladi. Uyga u-bu narsalar olib keladi. Kamchiliklarim bormi yoʻqmi so'raydi.
- Haa... Yaxshi.
- O'zingda nima gaplar? Uydagilaring hammalari yaxshimi?
- Shukr... Ancha yaxshi.
Nazokat hovliga chiqdi. Hovli o'rtasida kichikkina gulzor bor. Unga turli gullar ekilib tartib bilan joylashtirilgan... Bitta yam-yashil archa va manzarali yashil bargli boshqa gullar ham bor... Dadasi Muslim aka gullarni ishqibozi edi. Gul ekishni va parvarish qilishni yoqtirardi. Hammaga bu meni hobbiyim derdi. Ham hovliga fayz kiradi. Darvozadan kirgan odam gulzorni koʻrib bahri dili ochiladi, deb koʻp gapirardi. Chet eldaligida ham telefon orqali gaplashishganida, albatta gulzorini ham bir so'rab o'tar edi...
Nazokat o'sha kunlarni esladi. Gulzorni koʻrib xuddi dadasini ko'rgandek bo'ldi. Koʻzlari yoshlandi. Hamida opa ham qizining oldiga keldi. Gulzorga ancha vaqt tikilib turdilar.
- Qizim...
- Dadam gullarni juda yaxshi ko'rardilar... Gulzoriga juda bir boshqacha mehr bilan qarardi, parvarish qilardi.
Hamida opa o'zini tutib turolmadi. Yig'lab yubordi.
- Ruhlari shod bo'lsin deya har kuni shu gulzorga alohida eʼtibor beraman. Kuniga 10 marta kirib gullar bilan suhbatlashaman. Ular menga dadangni eslatadi...
- Joylari Jannatda bo'lsin dadajonimni! U yoqlarda ham gullarga burkanib yursinlar!
- Ilohim qizim... Ilohim...
* * *
Soat 12 dan o'tdi hamki Akbar o'rnidan turay demasdi. Enaxon aya va Nazokat birgalikda ovqatlanib o'tirishgandi hamki Akbar o'rnidan turdi. Yuzini ishqalaganda Nazokatni qarshisiga keldi.
- Hammom qayerda?
- Hovlini chap tomonidagi xonada.
Akbar chiqib ketdi. Enaxon aya u chiqib ketgan eshikka tikilib qoldi. Biroz o'tib yuzini sochiqqa artgani ko'yi Akbar keldi. Enaxon ayaning roʻparasiga kelib o'tirdi. Endi ko'rdi shekilli salom qilgan bo'ldi.
- Hello...
Enaxon aya tushunmadi. Akbarga tikilib o'tiraverdi.
- Iyaaa aytgancha... Assalomu alaykum.
- Va alaykum assalom.
- U yoqda umuman bu gapni ishlatmay qo'ygandimda. Hamma bir biri bilan hello, hi, yoki good morning deb so'rashadi. Shunga o'rganib qopman.
- O'zbekligizniyam unutibsizda!
Akbar indamadi. Yonidagi nonni olib tishladi.
- Ovqat ichasizmi?
- Bersang jon deb ichgan bo'lardim.
Nazokat ensasini qotirganicha oshxonaga chiqib ketdi. Enaxon aya hamon unga tikilib turardi.
Nazokat haligacha o'ziga kelolmas, akasining nega qaytib kelgani uni o'ylantirardi. "Shuncha yil deganda bir o'zi qaytibdi. Qaytib ketarmikin yana? Albatta, qaytadi! Dinidan chiqibdi-ku?! Unda nega keldi?" Nazokat shu hil o'ylar bilan xontaxta yoniga o'tirdi. Ortida Enaxon aya ham kirib kelinining ro'parasiga joylashdi.
- Bolam... Tinchlikmi? Juda o'ychansiz...
- Haa... Oyijon sizga bir gapni aytishim kerak.
- Xoʻp gapiring bolam. Jon qulog'im bilan eshitaman.
- Akam... Halegi... Akam dindan chiqibdilar.
Enaxon aya bir seskanib ketdi. Ko'zlarini katta-katta ochganicha keliniga havotirli qaradi.
- Astagʻfirulloh! Bu qanday gap bo'ldi tag'in? Astagʻfirulloh... Shunaqasi ham bo'larkanmi?!
Nazokat piq-piq yig'ladi. Uning ko'zidan oqqan achchiq yoshlari yuzini ho'l qildi. Qaynonasiga akasining qilgan barcha ishlarini bir-bir so'zlab berdi. Enaxon aya kelinini diqqat bilan tinglardi. Tinglagani sari hayrati ortar, baʼzan jahli chiqib qoshlarini chimirib olardi.
- Shunaqa gaplar oyijon... Akam bir bemehr, toshbag'r insonga aylandi. O'sha yoqqa borib bir dinsiz, kofir megajinga ilakishtiyu bizni unutdi.
Nazokat ko'z yoshlarini asta artdi.
- O'sha yoqlarda qolib ketsa bo'asmidi?! Nega keldi o'zi?!
Enaxon aya kelinini yupatgan bo'ldi.
- Qizim siqilavermang. Alloh barchaga ikki yo'lni beradi. Iymon yoʻli va kufr yo'li. Ikki yoʻldan qaysi birini tanlash kishining ixtiyoriga topshirilgan, bolam. Akbar akayiz kufr yo'lini tanlabdi. Bu uning o'z xohishi. Alloh hisob-kitob vaqti yetganida albatta hammani adolat bilan sarhisob qiladi.
- Shunday oyijon... Bu yoʻlni o'zi tanladi... Hozir uyg'onsa nega kelganini so'rayman. Keyin uydan chiqarib yuboraman. Menga bunday aka kerakmas. Ketsin o'sha xotinini oldiga!
Nazokatning ko'z yoshlari tingan edi. Soatga qaradi. 10 yarim...
* * *
Vaqt har narsaga malham deydilar... Balki shundaydir, lekin xotiralarchi, ular unutilmaydiku?! Ming bor xohlasak ham ularni ongimizdan chiqarib yuborolmaymiz-ku?! Ular o'zidan iz qoldiradi. Baʼzilari chandiqdek, baʼzilari esa qontalash yaradek...
Nazokat dadasining barcha marakalarida turdi. Yig'layverib ado bo'ldi. Onasi Hamida opaning ham ancha qaddi bukilib qoldi. Bir xonada ayollar qora kiyimlar kiyganicha indamaygina o'tirishibdi. Nazokat onasining yoniga cho'kkaladi. Ko'ngil soʻrab keluvchilar ham ancha kamayib qoldi. Muslim akaning vafot etganiga ham 2 oydan oshdi. Akbardan esa na xat bor, na xabar... O'zi ham kelmaydi. Hamida opa baribir ona ekan! O'g'lini kutdi. Kuni bo'yi darvozadan ko'zini uzmadi. Ko'ngil so'rab kelguvchi yigitlarning ovozini eshitgan zahoti yugirib chiqdi. Hayolida o'g'li kelgandek tuyulardi. Bechora ona! Yakka-yu yolg'iz jonidan bo'lgan jigarporasini bir umrga yo'qotdi. Bu bola juda bemehr chiqdi... Nahot farzand shunday bo'lsa?!
Nazokat onasining ahvolini payqadi. Sekin yoniga bordi.
- Oyi... Akam kelmaydiganga o'xshaydi. Hadeb siqilavermang. Menga sog'lig'iz muhim, jon oyijon! Kasal bo'lib qolasiz-ku?!
Hamida opa qiziga qaradi. Muzlagan titroq qo'llari bilan qizining sochini, yuzlarini siladi.
- Baribir ona ekanman! Onani yaratmasin ekan, bolam! Akbarimni juda sog'indim. Endi kimga suyanay... Bir o'zim qoldim...
- Nega bir o'zingiz bo'lasiz, oyi? Menchi?! Men bolangiz emasmanmi?!
- Sen birovning hasmisan bolam...
Hamida opa qizini quchoqladi. Yuzlariga yuzini bosdi.
- Doim ham yonimda bo'lolmaysan-ku?...
- Yoʻq men doim yonizda bo'laman! Biz bilan ketasiz! Oyijonim rosa yaxshi ayollar, hammamiz birga yashaymiz...
Hamida opa qizining mehribonligidan suyunib ketdi. Ko'zi yoshga to'lganicha jilmaydi.
- Rahmat qizim! Boringga shukr! Lekin... Sen bilan ketolmayman. Bilaman Enaxon opam juda yaxshi ayollar, kuyovim ham bamani yigit. Bu gapni kuni kecha kuyovim Sanjarbek ham aytgan edi... Men sizga o'g'il bo'laman degandi... Lekin bolam... Ketolmayman. Ilojim yoʻq.
🍂hayot falsafasi…….,
U adashdi! Badavlat xonadondan kelgan sovchilar tufayli hayoti tubdan o'zgarib ketdi. Kambag'alning bekasi bo'lgandan, boyning choʼrisi bo'lgan afzal, degan hayolda oddiy oilaning farzandiga unashtirilayotgan joyida fotihani buzdi. Kuyov tomonning zor qaqshab qolganiga ham qaramay, badavlat sovchilarga rozilik berdi. Bir oyga qolmay, dang‘illama restoranda to'y boʼlib o'tib, hashamatli xonadonning keliniga aylandi. U pul hamma narsani hal giladi, pul bo‘lsa boshqa narsa kerak emas, deb o'ylardi. Ko'p o'tmay adashganini angladi. Bugun egnida qimmatbaho kiyimlar, taqinchoqlar. Hamyoni pulga, javoni kiyimga toʻdiyu, ammo yuragi bo'm-bo'sh. Boyvachcha eri undan avval boshqa millatga mansub qizga uylangan, farzandi ham bor ekan. Uni xotin sifatida qabul qilmadi, hashamatli uyning qimmat yotogʼida yostiq quchib tong ottiradi. O'zi istagan moddiyat unga yolgʻizlik degan baloni bera oldi, xolos... Kecha klinikaga ko'rik uchun borganda navbat kutib oʼtirgan er-xotinga ko‘zi tushdi. Tanidi... Bir paytlar ostonasidan quvilgan yigit! Homiladorligi o'ziga yarashgan ayoli uning barvasta yelkasiga boshini qoʼygancha erkalanib oʻtirardi. Ular orasidagi oʻzaro iliqlik shundoq sezilib turar, shu lahzada oʻsha ayolning oʻrnida boʻlib golish uchun mol-dunyolardan voz kechishga ham tayyor edi...
Mana oradan 11 yil o'tdi. Og'riqlar ketdi, lekin yaralar o'zidan ancha-muncha chandiq qoldirgan edi. Akbar hamon singlisiga qarab turar. Nazokat opa ham akasiga jim qarar edi. Oxiri Akbar asta singlisi tomon yaqinlashdi.
- Qalesan singlim?
- Yaxshiman...
- Yuzingga nima qildi?
- Kuyib ketdi...
- Ichkariga taklif qilmaysanmi? Axir necha yil deganda ko'rishyapmiz...
Nazokat akasining qilgan ishini eshitganida, undan juda qattiq nafratlangan edi. Akasi o'shandan keyin 3-4 marta pul jo'natdi. Hamida opa u pullarni olmadi. Bir tiyinini ham ishlatmadi. U pullarni yetimxonalarga, muruvvat uylariga ehson qilib berib yubordi. O'g'lining o'sha g'arb davlatida yurib topgan harom pullarini ko'rishni ham xohlamas edi. Akbar u pullarni ishlatmayotganlarini eshitgach pul jo'natmay qo'ydi...
Nazokat akasini uyga taklif qildi.
- Kiring...
- Rahmat singlim... Yoʻldan judayam charchab kelgan edim.
Akasi oyoq kiyimini yechaman deb egilgan edi. Bo'yniga osilgan kres(but. Xristianlarning diniy belgisi) ko'rinib ketdi. Nazokatni badani seskandi. Akasiga olazarak bo'lib qaradi. Aka singil yonma-yon o'tirdilar. Bir muddat gapirolishmadi. Keyin sukutni Akbar buzdi.
- Oyim yaxshimilar?
- Endi esizga keldikmi aka?
- Oyim yaxshimilar dedim.
- Yaxshilar. Tog'am bilan yashayaptilar.
- Uyimizchi? Uyimizga borsam, boshqa oila ekan. Nega sotdilaring?
- Majbur bo'ldik. Dadamdan keyin onam rak bo'lib qoldilar. Tog'am uyni sotib, oyimni davolatdilar.
- Haa... Shunaqa degin.
Ajab! Onasining og'ir hasta bo'lib qolganini eshitsada, zarracha achinish hissi yuzida ham, ovozida ham sezilmasdi.
- Bir og'iz menga xabar bermabsan-da, pul jo'natardim. Uyni sotishga hojat qolmasdi.
- Oyim xohlamadilar. Sizdan pul olgilari kelmadi.
- Tavbaaa...
Akbar singlisining uyiga zimdan razm soldi.
- Shu harobada yashayapsanmi?
- Bu haroba emas, uy!
Akbar kuldi. U shunday kuldiki, Nazokat opa akasidan jirkanib ketdi.
- Shu uymi?! Amerikada itlar ham bunaqa joyda yashamaydi!
Nazokat akasiga g'azab bilan qaradi. Tishlari g'ichirladi.
- Biz Allohga shukr qilib yashayveramiz. Har holda bu yer Amerika emas.
Akbarda Alloh nomini eshitgan zahoti g'alati bir o'zgarish bo'ldi. Nazokatning nazarida uning yuzi qiyshayib ketgandek tuyuldi. Miyasida anchadan beri turib qolgan savol behos og'zidan chiqib ketdi.
- Murtad bo'ldizmi, aka?!
Akbar singlisidan ko'zini uzdi. Uy shiftiga qaradi. Nazokat savolini yana berishda davom etdi.
- Dindan chiqdizmi, kofir bo'ldizmi aka?!
-Ha!
Akbar g'azab bilan singlisiga baqirdi.
- Shunaqa qildim! Senga nima?!
- Bu nima deganiz? Axir...
- Bu meni hayotim... Xohlagan dinimga eʼtiqod qilishga haqqim bor. Ismimni ham o'zgartirganman.
- Nima deb?
- Akbar Allohni nomlaridan biri ekan. U yoqdagilar ismingni ham o'zgartir dedi, Albertga o'zgartirdim. Endi meni ismim Albert!
Nazokatning og'zi lang ochilib qoldi. Qarshisida murtad bo'lgan akasi turar edi. Kofirlikni bo'yniga olgan, Jahannam ahlidan bo'lishni tanlagan akasi turardi. Dadasi Muslim aka Xudo xohlasa shu o'g'lim Allohning eng yaxshi ko'rgan bandasi bo'ladi deya niyat qilib uning ismini Muhammad Akbar qo'ygan edi. Odamlar uni qisqartirib Akbar deya chaqirishardi. U shunday muborak ismni Albertga o'zgartiribdi! Nazokatning ko'zlari yoshlandi. Akasiga nisbatan nafrati yana ortdi.
- Nega bunday qildiz aka? Axir biz musulmonmizku?!
- Og'ir ahvolga tushib qolgandim. Elif seni tashlab ketaman dedi. U xristian edi. Onasi qizim bilan yashashni xohlasang diningdan chiqasan dedi. Majbur chiqdim keyin.
- Nima?! Bir ayol uchun iymonizdan voz kechdizmi aka?! Astagʻfirulloh, Astagʻfirulloh!
Akbar indamadi. U ancha charchagan edi. Singlisiga o'tinch bilan qaradi.
- Singlim... Iltimos joy solib ber... Rosa uyqum kelyapti. Keyin gaplashamiz, xoʻp.
Nazokat opa yig'lagan ko'yi akasiga joy solib berdi. Akbar Nazokat opa solgan joyga cho'zilganicha pishillab uxlab qoldi. Uning bo'ynida boyagi hoch sovuq yiltirab turar edi...
5-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰10.12.2024. 13:05
- Agar shu uydan bir qadam chiqib ketadigan bo'lsang, meni ortiq ona demagin. Senday o'g'lim yoʻq meni.
Akbarning butun badani titrab ketdi. Go'yo tanasidan chayon o'rmalab o'tgandek seskandi. Lekin fikridan qaytmadi.
- Ona, meni bunaqa gaplar bilan to'xtatolmaysiz. Ketmasam bo'lmaydi, Elif og'ir ahvolda...
- Seni to'xtatmoqchi emasman. Shuncha paytdan beri sensiz yashab keldik, bundan keyin ham yashay olamiz. Bemalol o'sha Elifingni va qaynanangni oldiga yugur. Lekin seni qaytib bu uyga qadam bosib kelganingni ko'rmay.
Akbar indamadi. Xonasiga kirib bamaylihotir narsalarini yig'ishtirdi. Akbar bolaligidan bemehr edi. Faqat o'zini o'ylardi, na otani, na onani g'amini yer, faqat o'zim bo'lay deb yashardi. Dadasi ish buyurib ketsa, buyurgan ishini qilmas, ko'chadan beri kelmasdi. Ingliz tilini o'rganayotganini ko'rib Hamida opa ham, Muslim aka ham juda quvonishgan edi, "Hayriyat o'g'limizga aql kiribdi. Ilm o'rganyapti" deya suyunishgan edi. Lekin Akbar ingliz tilini ota-onasini rozi qilish yoyinki pul topib ularni boqish, Umra, Hajlarga jo'natish maqsadida emas, o'zi uchun faqatgina o'zi uchun o'rganayotgan edi. Ingliz tilini mukammal o'rganib Amerikaga ketishni va o'sha yerda boy badavlat bo'lib yashash uchungina o'qiyotgan edi. Muslim aka o'g'lim o'qiyapti deb unga deyarli ish buyurmay qo'ydi. Uni tergamas edi. Ko'ngliga qarardi. Nima kerak bo'lsa muhayyo qilar edi. Oxiri nima boʻldiki, Akbar faqat o'zini yaxshi ko'radigan xudbinga aylandi. Ota-onasini oz bo'lsada yaxshi ko'rsada, o'zini ulardan ko'ra ustunroq qo'yardi. U uchun Elif hayoti mazmuniga aylanib qolgan edi. Balki shuning uchundir dadasidan ko'ra, Elifni ko'proq o'yladi...
Ertansi kuni Hamida opa ukasini chaqirdi. Ukasining Kobalt rusumli mashinasi bor edi. Muslim akani birgalashib olib chiqib mashinaga asta yotqizdilar. Hamida opa hamma kerakli narsalarni, dori darmonlarni yig'ishtirib chiqdi. Endi ketmoqchi bo'lib turishgan edi, ichkari uydan Akbar ham yuk to'la so'mkalarini ko'tarib chiqib keldi. Hamida opaning ukasi - Nosir aka jiyanini ko'rib so'rashish uchun unga yaqinlashdi.
- Haaa, jiyan? Yoʻl bo'lsin. Biz bilan borasanmi?
- Yoʻq kecha online chipta olganman. Samolyotdan kech qolaman. O'zlaring boraveringlar.
Akbarning sovuq ohanggi Nosir akaga yomon taʼsir qildi. Eti muzlab ketdi.
- Qayoqqa ketyapsan, jiyan? Dadangni balki bu kunlarni, so'nggi kunlaridir, yonida bo'lishing kerak emasmi?
- Eee, tog'a... Dadamga aytgandim men bilan keting, o'zim davolataman deb, yoʻq deb oyoq tirab turib oldilar. Nima qilishim kerak?! Dadam uchun, davolanishlari uchun...
Akbar cho'ntaklarini kovladi. Bir parcha dollor chiqardi.
- Mana bu pulni onamga berib qo'ying. Dadam uchun ishlatsinlar, yaxshi doktorga davolatsinlar...
- Agar o'lib qolsa, janozasiga ishlatsin, to'g'rimi?!
Nosir aka qizishib ketdi. Akbarga nafrat bilan qaradi.
- Oqpadar!
Nozir aka yuzini chirt o'girganicha mashinasi tomon yurdi. Akbarning qo'lida bir pachka dollor hamon turardi. Nosir aka pulni olmagandi. Akbar turgan joyida qotib qoldi. Tog'asining "Oqpadar!"degan gapi yuragini teshib ketgandek bo'ldi. Qo'lida pulni tutgancha ancha vaqt turib qoldi. Mashina ketdi. Onasi hatto Akbar bilan xayrlashmadi ham! Yuziga ham qaramadi hatto! Akbar o'ziga keldi, pulni onasining xonasiga qo'yib chiqdi. So'mkasini ko'tardi-da, airaport tomon yoʻl oldi...
* * *
Nazokat endigina bir haftalik kelin edi. Unga dadasining ahvolini va akasining ketganini aytishmadi. Yangi kelin bo'lsa, ko'ngli buzilmasin deyishdi. Enaxon aya kelinini juda yaxshi ko'rib qoldi. Unga ko'p narsalarni ilinar, bilmaganini sabr bilan, mehr berib o'rgatardi. Nazokat ham baxtdan sarmast edi. Eri Sanjar aka uni jonidan ortiq ko'rar, qaynonasi esi o'z qizidek uni papalar edi.
- Nazokatxon!
- Nega unaqa deysiz, ona?! Mana keldim-ku?! Pul jo'natib turibman. U yoqdan ishimni tashlab kelishim osonmasda, ona.
Hamida opa biroz hovuridan tushdi. O'g'lini yana bag'riga bosdi.
- Nima qilay, o'g'lim? Meni yakka-yu yolgʻiz o'g'lim, suyanchig'im sensan-ku?! Yonimda bo'lganingda yaxshi edida bolam.
- Ehhh, onamaaa... Nimalar deb tashlaysiz?
- Endi qolasanmi? Ketmaysanmi? Kelinimni olib kelmadingmi?
- To'yni o'tqazib ketaman. Ketmasam bo'lmaydi. U yoqda ishim qoldi. Bir oyda bormasam meni bo'shatib yuborishadi. O'zi yaqindagina lavozimim ko'tarilgan bo'lsa!
- Ketasanmi?
Hamida opa bo'shashib qoldi. O'g'liga umidsiz qiyofada boqdi.
- Shunchalik bemehrmisan?
- Onaa! Kelishimdan diydiyo qilishni boshlamang iltimos. Ketaman deyapman-ku. Yana 4-5 yil ishlab oyoqqa turvolay, keyin kelamiz... Bir umrga shu yerda qolamiz keyin.
- Haa... Senga nima yetishmaydi hayronman...
- Men dunyoga bir marta kelaman. Yaxshi yashashni xohlayman. Eng zoʻr mashina haydagim, eng qimmat kiyimlarni kiygim keladi. Siz buni tushunmaysiz...
- Dunyoni ketidan quvyapman degin... Insonni ko'zini tuproq to'ydirarkan. Butun dunyoni yarmini egallagan Iskandar Zulqarnayn o'layotgan mahal tobutdan ikki qo'limni chiqarib qo'yinglar deb vasiyat qilgan ekan. Men dunyoni yarmini egalladim, lekin nargi dunyoga ikki qo'lim bo'sh ketyapman, demoqchi bo'lgan ekan.
Akbar asabiy qo'l siltadi.
- Pand nasihatizni boshladiz tag'in. Aytdimku siz baribir meni tushunmaysiz.
Hamida opa o'g'liga gapirish befoyda ekanini tushundi.
- Kelinimni olib kelmabsan? Bahonada tanishib olarmidik?
- Keliniz 8 oylik homilador. Samalyotga chiqarishmadi. Ham ahvoli uncha yaxshi emas. Onasi qarayapti. Xudo xohlasa yanagi safar olib kelarman.
- Haaa... Eson-omon bag'riga bosib olsin.
Malham (Hikoya)
4-QISM
Sirojiddin onasi uchun dori-darmonlar sotib olish uchun dorixonaga kirdi. Doktor bu oygi muolajalar uchun yozgan ukollar, tabletkalar va yana boshqa malhamlar to'la varoqni sotuvchi qizga tutqazdi. Dori sotuvchi qiz varoqda yozilgan barcha dorilarni topib Sirojiddinning oldiga qo'ydi.
- Hisoblayveraymi?
Sirojiddin boshi bilan "ha" ishorasini qildi.
- Xoʻp... Ukollariz 5 kunlik ekan 450 ming, tabletkalar... mana bu 3-tableka juda qimmat, lekin ancha samarali. Buyraklar uchun. Effekti juda tez seziladi. Malhamlar... Xo'p... Mana. Jamisi bo'lib 3 million 200 ming so'm bo'ldi.
Sirojiddin biroz ikkilanib qoldi. Yonida 2 millioncha pul bor edi xolos. Hijolatdan nima qilarini bilmay biroz ikkilanib turib qoldi.
- Nima bo'ldi? Dorilarni olasizmi?
- Haa... Faqat sal pulim kamroq ekanda.
- Hechqisi yoʻq. Puliz qancha? Shunga qarab kunini kamaytirib hisoblab beraman. Masalan 5 kunlik emas, 3 kunligini hisoblab beraman. Qolganini keyin ham olaverasiz.
- 2 million...
- Yaxshi.
Sotuvchi qiz dorilarni Sirojiddinning puliga yarasha qilib hisoblab berdi. Sirojiddin dorilarni olib to'g'ri uyi tomon yoʻl oldi...
* * *
Aziz aka bozorda ham, ko'cha ko'yda ham ancha-muncha obroʻga ega inson edi. O'zi yosh bo'lishiga qaramay, mehnati va aqli bilan shu darajaga erishdi. Sirojiddinni ko'rganida, bu jajji lekin bilaklari kuchga to'lgan bolakayni yuzida, u o'zining aksini, o'tmishini, bolaligini ko'rganday bo'ldi. U ham Sirojiddin kabi otasidan erta yetim qolgan edi. Kechagidek esida onasi shisha idishlarga mevali choy tayyorlab qo'yardi. Aziz aka ularni olib ko'chada, bozorlarda hatto mahallalar ichida kuni bo'yi oyoqda yurib kechgacha bir amallab sotib kelardi. 12 yoshida maktab payti katta tanaffus bo'lganida Aziz aka uyiga yugurardi. Onasi manti pishirib qo'ygan bo'lar, Aziz aka kelganida o'sha mantilarni idishga solib berar, Aziz aka esa maktabga olib kelib ularni sotishga harakat qilar edi. Kunlar shu zaylda o'tdi. Aziz akani bir kuni bozorda qo'lbola mevali sharbat sotayotgan mahali bir kishi oldiga keldi.
- Vayvooo, kunni issiqligini qara bolam.
- Haa... Lekin issiq ham yaxshilikka. Agar havo issiq bo'lmasa, meni mevali sharbatlarimni deyarli hech kim sotib olmasdi.
- Bu qanaqa sharbat?
- Onam tayyorlaganlar. Men olib kelib sotaman.
- Qani, bir stakan quychi? Ichib ko'raychi?
Aziz stakanga to'ldirib sharbat quydi.
- Ohhh, juda mazali ekan... Haqiqiy mevalar tami, ham muzdekkina.
- Osh bo'lsin, amaki.
- Menga qara... Chayir yigitchaga o'xshaysan, sen o'zing pul topyapsan oilada qiynalgansizlar...
- Haa... Dadam olamdan o'tgach ancha qiynalib qoldik.
- Mayli bolam, siqilma. Alloh hech bir ishni behikmat qilmaydi. Mana sharbatingni haqqi. Mazza qildim. Haqiqatda juda mazali ekan. Savdoyingni bersin bolam.
- Voy amaki bu ancha ko'p-ku?!
- Olaversangchi!
Aziz o'sha kuni katta bir tadbirkorning nazariga tushgan edi. U odam Azizni salohiyatli savdogar qilib ulg'aytirdi. Ustozlik qildi. To'g'ri yoʻl ko'rsatdi...
Hozir Sirojiddin ham xuddi shunday qo'llab quvvatlanishga muhtoj. Oilasida boquvchi yoʻq. Onasi betob emish. Buvisi esa ancha yoshi o'tgan ayol... Aziz aka shularni bir-bir hayolidan o'tqazdi. Bugun ularni bir yoʻqlab kelsamikin?!
- Nozim!
- Labbay Azizxon aka!
- Siroj qani?
- Yangi kelgan mollarni taxlab turgandi.
- Tez chaqirib kelgin.
- Xoʻp hozir.
Sirojiddin uzun-uzun kipriklarini pirpiratgancha Aziz akaga qarab turardi.
- Chaqirdingizmi Azizxon aka?
- Ha. Bugun uylaringda hamma bormi?
- Ha. Hamma uyda.
- Yaxshi. Mayli boraver ishingni davom ettir. Eʼtiborli bo'l. Tartib bilan taxlab chiq.
- Xoʻp boʻladi.
Sirojiddin hech narsaga tushunmay indamay o'z ishiga qaytdi. Aziz aka Sirojiddin ketgach 1 soatcha vaqt o'tib u-bu narsalar olib uni uyi tomon yoʻl oldi. Sirojning oilasi uchun ajratib qo'ygan ehsoni bor edi. O'sha pulni oldi. Go'sht, yog', mevalar, shirinliklar sotib oldi. Mashinasida Sirojiddinning uyiga yetib keldi. Uy kichkinagina ekan.
#yangilik
📖"ISHQ" to'plami
✨ Kitobxonlarning sevimli yozuvchisi Fotih Dumanning ISHQ kitoblari sotuvda.
✨ Mazkur kitoblarda ishqning inson hayotidagi oʻrni, oʻzlikdan voz kechib ilohiy haqiqatga yetishish, ishqni bir oddiy tuygʻu emas, balki insonning ilohiy haqiqatga yetishi yoʻlida boshdan kechiradigan jarayon ekanligi bayon qilinadi.
✨ Ushbu asarlar tasavvufga qiziquvchi kitobxonlar va ruhiy tarbiya olishni istovchilar uchun eng kerakli manba boʻladi!
🚚Yetkazib berish xizmati mavjud.
Bog'lanish uchun:
📞 +998770560770
👨💻 @bayon_reception
@bayonbooks
Akbar telefonda asabiy gap boshladi.
- Dada, nega tushunmaysiz? Bu yergacha yetib kelishim oson bo'ldimi? 7 yil GreenCard o'ynadim. 7 yil deganda chiqqan o'zi. Bu yerga kelganimga ham endi 4 yil bo'ldi. Hozir zoʻr ishga joylashganman. Hech yoʻq yana 3-4 yil ishlay. Orzularim koʻp dada! Eng zoʻr mashina mingim keladi, qasr uy qurib o'sha uyda yashagim keladi. Yana 3-4 yilda O'zbekistonda katta villa quraman. Mers mashinasini sotib olaman. Keyin oilam bilan borib o'sha yerda yashaymiz. Sizlarni ham olib ketaman. Hammamiz birga yashaymiz.
Muslim akaning ko'zlari g'amdan tinib ketdi. O'g'lining sog'inchi o'rtar edi. O'g'liga kasalligi haqida aytmagan edi. Buni xohlamadi, "O'zi musofir yurtda bo'lsa, siqilib qolmasin, bolam" dedi. Telefon qulog'ida turar, o'g'li esa tez-tez gapirar edi. O'g'lining gapi tugagach Muslim aka asta shivirlab gapirdi.
- O'sha kunlarga yetarmikinman, bolam?
- Alooo, dada! Nima deyapsiz? Eshitilmayapti? Xullas, bir haftadan keyin boraman. Nazoni to'yini o'tqazib tez qaytmasam bo'lmaydi. Meni ishimdan bo'shatib yuborishadi. Ham bu yoqda keliningiz Elif homilador, oy kuni yaqin qolgan. Yonida bo'lib turishim kerak...
- Mayli bolam... Seni kutamiz.
Go'shak qo'yildi. Muslim aka hamon telefonni qulog'iga tutganicha yig'lamsiragan ko'yi qoldi...
* * *
To'y o'tdi. Hammasi yaxshi, hayot go'zal edi. Nazokat judayam baxtli edi. Sanjar Nazokatni juda sevar, uni yer-u koʻkka ishonmasdi. Enaxon aya ham kelinini o'z qizidek ko'rdi. Unga o'zgacha mehr berdi. Nazokat bu xonadonda malikalardek yashay boshladi.
- Nazo... Jonim yaxshimisiz?
- Shukr. O'zingizdan so'rasak?!
Nazokat eriga quvnoq ohangda gap otdi. Sanjar uning belidan ushlab, shart o'ziga tortdi. Ikki yuzidan o'pib oldi.
- Eeee, shilqim! Qoching! hozir oyijon ko'rib qoladilar.
Nazokat Sanjarning baquvvat bilaklarini ohistalik bilan itardi.
- Oyim uxlab yotibdilar... Nima qilibdi xotinimsizku?!
- Yoʻq... Qoching! Yopishmang...
Nazokat noz bilan erining yuzini shapatiladi. Keyin qiqirlab kulib yubordi.
- Hey jim! Oyim uyg'onib qolmasin...
Sanjar oshxonadan chiqib ketarkan, Nazokatga yana bir o'girilib qaradi. Xiringlab kulganicha "Jinni qiz!"deb erkalatdi.
- Tezroq nonushtani tayyorlang endi? Ishga kech qolaman bunaqada.
- Siz kirib halaqit bermay tursangiz, bir zumda tayyor bo'ladi.
- Yo'g'e... Mayli mana ketyapman. Qani bir zumda tayyor qilingchi!
Nazokat eriga mayin tabassum qildi.
- Xoʻp bo'ladi begim...
Kunlar shu zaylda o'ta boshladi. Yosh er-xotin bir-birlariga borgan sari bog'lanib borishar edi.
Malham (Hikoya)
3-QISM
Nazokat opa bugun uyga qaytdi. Ahvoli ancha yaxshi. Doktor kuygan joylari uchun turli xil malhamlar yozib bergandi, har kuni 3 mahal surtilishi kerak... Nazokat opa oynaga qarolmay qoldi. Yuzi juda qo'rqinchli bo'lib burushib ketgan edi. Uyga keldi-ki ko'chaga chiqmas, hatto hovlida ham uzoq yurolmas edi. Maktabdan taʼtil boshlangan Sirojiddin asosiy vaqtini bozorda o'tkaza boshladi. Katta-katta savdogarlarni hizmatini qilib yurdi. Savdo-sotiq sirlarini asta-asta o'rgana boshladi. Bir kuni bozordagi kiyim-kechak ishlab chiqarib bozorga olib kelib sotadigan bir boy savdogarning eʼtiboriga tushib qoldi.
- Hoy bolakay! Bu yoqqa kelchi...
Sirojiddin yelkasiga ortib olgan yuklarini yerga qo'ydi. Ust-boshini qoqib boyagi chaqirgan kishi tomon keldi.
- Assalomu alaykum amaki!
- Va alaykum assalom. Shu jimittekkina jussangga bu yuk juda og'irlik qiladi-ku o'g'lim. Sen tengi bolalarga uyda kitob o'qib ilm olish yarashadi.
Sirojiddin chang tekkan yuzlarini ishqaladi. Ro'parasidagi kishiga qarab hijolatli iljaydi.
- Amaki... Pul topish kerak. Dadam o'tib qolganlar. Onam ko'chaga chiqolmaydilar. Buvim juda qari...
- Akangmi, amakingmi, tog'angmi yoʻqmi yordam beradigan?
Sirojiddin boshi bilan "Yoʻq" ishorasini qilib chayqadi.
- Tog'am bor. Lekin bu yerda emas. Amerikada yashaydi. Men tug'ilibmanki ularni faqat rasmini ko'rganman.
- Amerikada yaxshi to'lashadi-ku?! Yordam qilib pul jo'natmaydimi?
- Oldin jo'natib turardilar buvimga. Keyin birdan jo'natmay qo'ydilar. U yoqda bolalari bor ekan. Balki shungadir...
Savdogar kishi bolakayga achinib qaradi. Kichkina bo'lsa ham bilaklari baquvvat ekan. Muomilasi ham joyida. Savdogar kishi ichida "Chayirgina ekan" deb o'ylab qo'ydi.
- Isming nima?
- Sirojiddin.
- Biron joyda ishlaysanmi?
- Yoʻq... Baʼzan kartoshka, sabzi sotaman. Ba'zan yuk tashiyman. Upakovka qilish ham qo'limdan keladi. Savdogarlarni hizmatini qilaman. Ishimga yarasha pul berishadi.
- Haaa... Yaxshi. Bir kunda qancha topyapsan?
- 100-150 ming atrofida. Hozir sezon-ku...
Savdogar kishi kulib yubordi.
- Sezon degin... Obbo azamateee! Men bilan ishlashni xohlaysanmi? Senga savdoni, tadbirkorlikni o'rgataman.
Sirojiddinning ko'zlari porlab ketdi.
- Albatta!
- Unda yaxshi! Hozir boyagi yuklaringni toshib kel. Men shu yerda bo'laman. Bugundan meni shogirdimsan.
Sirojiddin behad quvonganicha boya yerga qo'ygan yukini yelkasiga ortdi. Uni egasiga tashlab kelgach, savdogar kishining oldiga keldi.
- Ha azamat, keldingmi?
- Keldim.
- Meni ismim Azizbek. Kiyim-kechaklar ishlab chiqaradigan tikuv sexlarim bor. O'zim tayyor bo'lgan mahsulotlarni bozorlarga, kiyim magazinlariga tarqatib chiqaman. Bugundan sen meni yonimda yurasan. Savdo sirlarini o'rganasan, balki Xudo xohlasa yaxshi bir biznesmen chiqar sendan.
Sirojiddin mamnun jilmaydi. Asrdan keyin ish tugagach uyiga qaytarkan, uning jajji qalbida hayajon, quvonch to'la edi. Aziz aka unga anchagina pul berdi. Sirojiddin yugurib uyga kirdi. Buvisi va onasiga bugungi voqeani jo'shib gapirib ketdi. Cho'ntagidan 3 ta 200 mingtalik pulni olib stol ustiga qo'ydi.
- Mana bugun topgan pulim! Aziz aka juda yaxshi odam ekan. Bu pulga onangni dori darmonlarini olgin deb berdilar.
Darhaqiqat doktor yozib bergan malhamlar anchayin qimmat edi. Oilani sharoiti og'ir, uydagi bor pul Sanjar akaning marakalariga ketgan edi. Enaxon aya va Nazokat opa behad suyinishdi. Ko'zlarida yosh bilan Aziz akani duo qildilar...
* * *
Bugun uchrashuv kuni... Nazokat qattiq hayajonda. Kuz boshlandi. Daraxtlar bargini tashlayapti, qushlar bezovta bo'lib qoldi. Ob-havo esa, hamon issiq... Nazokatning egnida chiroyli qizil ko'ylak, sochlari bir tomonga o'rilgan. Uchrashuv joyi shahar markazidagi park. Nazokat kelganiga 10 daqiqadan oshdi. Yigitdan esa hanuz darak yoʻq edi. Balandgina archaning soyasi tushib turgan skamekaga borib o'tirdi. Birozdan so'ng uning telefoni jiringladi, qarasa onasi Hamida opa ekan.
- Voy... Mayli Hamidaxon siqilmang. Bir kun kelishadi.
- Ha... Intiqlik bilan kutyapman bolamni.
Hamida opa ko'z yoshlarini ro'molining chetga artdi. Kelgan mehmonlar chiroyli duolar qilib chiqib ketishdi. Hamida opa mehmonxonani yig'ishtirib turgan payti Muslim aka chaqirib qoldi.
- Labbay dadasi...
Muslim aka hasta tovushda xotiniga yuzlandi.
- Tinchlikmi Hamida? Kim kelibdi?
- Qo'shni mahalladagi Enaxon opa bor edilar-ku... Ho'jayinlari bilan juda ahil ediz.
- Haaa... Rahmatli Kamol akam zoʻr inson edilar.
- Ha o'shalar kelib ketdilar.
- Sabab?
- Sovchilikka! Qizimizni o'g'li Sanjarbekka so'rab kelishibdi.
Muslim aka birdan kuchga kirib ketgandek bo'ldi. Ovozi ham dadillashdi.
- Otasi yaxshi inson edi. O'g'li ham Kamol akamga tortgan bo'lsa, juda yigit bo'lgandir!
- Bilmasam... Lekin toparmon-tutarmongina, qo'lida guldek hunari bor ekan. Juda odobli, ichib-chekmasmish...
Muslim akaning yuzida anchadan beri ko'rilmagan quvonch aks etdi. Xiralab qolgan ko'zlari birdan porladi.
- Rozi bo'laver! Qizimizni shu oilaga beramiz.
- Lekin dadasi... Yaxshilab surishtirsakmi avval, ham Nazokatning ham ko'nglini so'rasak yaxshi bo'lardi. Axir u hali juda yosh bo'lsa...
- Surishtirishga nima bor?! Yaxshi oila. Men bilaman-ku?! Sen ham necha borgansan uylariga? Qizingga kelsak, uni ko'ndir. Onasan! Ko'nglini top!
Hamida opa nima deyarini bilmay qoldi.
- Xoʻp bo'ladi dadasi. Gaplashib ko'raman.
- Gaplashib ko'r... Yigit bilan uchrashib gaplashib ko'rsin.
- Xoʻp.
Hamida opa erining yonidan o'zgacha kayfiyatda chiqdi. Qiziga nima deydi? Hali go'dak-ku?! Lekin erining ahvoli og'ir... Qizini baxtini ko'rgisi kelyapti. Hamida opa o'ychan holatda hovlini ancha aylandi. Va nihoyat qizining xonasi tomon yurdi.
- Qizim...
- Voy oyijon! Dars qilayotgandim... Biron narsa kerakmi?
- Yoʻq sen bilan gaplashib olmoqchi edim.
Nazokat onasining parishon holini koʻrib qo'rqib ketdi. Dadasiga biron narsa bo'ldimikin degan hayolga bordi.
- Tinchlikmi oyi? Havotirli ko'rinyapsiz.
- Tinchlik qizim...
Hamida opa qizining oldiga o'tirdi. Mayin sochlarini asta siladi.
- Qizim... Dadangni ahvolini ko'rib turibsan. Kundan kunga holati, sog'lig'i yomonlashyapti. Dadang umrini bizga bag'ilshladi bolam. Chet elda yurib bizga chiroyli sharoitlar qilib, o'zi sog'lig'idan ayrildi.
Hamida opa ikki ko'zining chetidan oqqan achchiq yoshlarini artdi.
- Sen yoshsan bilaman. Lekin dadang to'yingni ko'rib keyin bu dunyodan ketsa armoni qolmasligini aytdi. Bolam, dadangni uning soʻnggi orzusi seni to'yingni ko'rish ekan.
Nazokat hammasiga tushundi. Dadasini ham toʻgʻri tushunadi. Umri oz qoldi. Farzandini baxtini ko'rgisi keladi. Lekin hali go'dakku o'zi. Hech narsani bilmasa, oila mas'uliyatini ko'tara olarmikan? Kelinlikni eplay olarmikan? Nazokatning hayollari boshidan uchib ketdi. Onasi ham ancha sukut qildi. Axiyri yana qiziga yuzlandi.
- Bolam... Jon qizim, bir yaxshi oiladan sovchilar kelishgan. Yigit ham esli-hushli, ham kasbi hunari bor. Onasi ham juda mehribon ayol. Men ham, dadang ham bu oilani juda yaxshi taniymiz. Shunga yigit bilan uchrashib ko'rsang degandim...
- Dadajonimni judayam yaxshi ko'raman. Ular biz uchun nimalar qilmadilar. Agar turmushga chiqishga roziligim dadamni xursand qilsa, men roziman, oyijon... Sizlar nima desalaring shu bo'ladi.
Hamida opa mamnun jilmaydi. Qizining aqlliligidan, to'g'ri tushunganidan quvondi...
* * *
Sanjarni tuproqqa qo'yib kelishgach, hovliga ko'ngil so'rab kelguvchilar ko'paydi. Enaxon aya farzand dog'idan kuyib ketdi. Ko'zidan yoshi to'xtamas, yuragida kuchli sanchiq bo'lar edi. O'g'iloy xola opasining kelini Nazokatni yoʻq ekanligini endi payqadi. Opasining oldiga kelib qulog'i yaqiniga asta egildi.
- Opa, keliningiz ko'rinmaydi...
Tobut ichida endigina 33 yoshni qoralagan Sanjar aka nargi dunyo ostonasi tomon yo'l olardi. Enaxon aya ado-yu tamom bo'ldi. Shugina o'g'lini yer-u koʻkka ishonishmas edi. Kasal bo'lganida kechalari o'g'lining boshida o'tirib chiqardi. Ko'chada kimdandir kaltak yeb kelsa "Mard bo'l o'g'lim. O'g'il bolaga yig'lash yarashmaydi" deb mehr bilan koyirdi. Yig'lasa ko'z yoshlarini artar, qo'liga zirapcha kirsa xuddiki Enaxon ayaning ham qo'liga kirgandek oh chekar edi. Umr ajib narsa ekan. Kimning hayot daftari qaysi varoqqa yetganida tugab qolishini bilib bo'lmas ekan. Umr daryo kabi ekan. Oqib ketaverar ekan, oqib ketaverar ekan. Yuz yil yashagan odamga ham, 15 yil yashagan odamga ham agar umringiz qancha davom etdi deya so'ralsa, hech ikkilanmay bir kun yashagandekman deb javob berar ekan. Darhaqiqat, yoshimiz nechchida bo'lmasin 15, 20, 25 yoyinki 50, 60, 70 ni qoralagan taqdirimizda ham o'rtimizga o'g'irilib o'tmishimizga boqqanimizda xuddiki bir kun yashagandek bo'lamiz. Umr shunday qisqa. Shu qisqagina umrimizni faqat ezgu amallarga bag'ishlashimiz, o'zimizdan yomon dog' emas, yaxshi nom qoldirmog'imiz lozim...
Sanjar aka oldin juda yaxshi inson edi. Ichmasdi, chekmasdi, betayin yurmasdi. Nazokatga uylangach ishlari birdan yurishib ketdi. Alloh unga omad hadya etgan edi. Aytishlaricha yigit kishiga umri davomida 3 marotaba omad berilarkan. Sanjarning boy-badavlat bo'lib ketishi unga mana shu 3 omadidan biri edi go'yo lekin u bu omadni payqamadi. Uni ozgina o'zida tutib turdida, so'ng qo'ldan boy berdi...
* * *
Sanjar avtoservisda usta bo'lib ishlay boshladi. Bu yili kollejni tamomladi. 22 yosh bo'ldi. Hali yosh bo'lishiga qaramasdan salohiyatli, ishbilarmon edi. Yana qoli gul usta nomi bor. Har qanday avtomobilni tuzata olar, hatto katta yuk mashinalarini matorlarini tushunar edi. Uni onasi Enaxon xola ( Yoshi ancha kotta bo'lgani uchun uni ko'cha ko'yda Enaxon aya deb chaqirishardi) kichkina bolaligida taxminan 8-9 yoshidan shaharning eng oldi mashinasozi bo'lgan Murod ustaga shogirtlikka beradi. Sanjar Murod ustani uyida ancha vaqt yashab undan avtomobillar ilmini o'rganadi. Shogirlik yumushlaridan suyagi qotadi. Mana oradan shuncha yil o'tib endilikda o'zi bemalol avtoservis ochsa bo'ladigan holatga yetdi lekin hozirda unda ortiqcha mablag' yoʻq. Shuning uchun ustozi Murod ustaning ko'magida bir yaxshi avto servisga ishga joylandi.
- Onajon! Assalomu alaykum... Yaxshi o'tiribsizmi? Zerikishlar bo'lmayaptimi?
Enaxon aya o'g'lining shodon ovozidan ko'ngli ko'tarilib ketdi.
- Yo'g'aa bolaginam. Sen kelding endi zerikishlar bo'lmaydi.
- Ha maylida zerikib qolmang deymanda. Uyda bir o'zingiz o'tiribsiz... Men tun-u kun ustaxonadaman.
- Bolajonimaa, o'zingdan ko'paygin ilohim. Boshing toshdan bo'lsin, rizqing ulug' bo'lsin o'g'lim.
- Ilohim onam, ilohim.
Enaxon aya o'g'lining alp qomatiga termulib qoldi. Kechagina yosh bola edi. Bugun esa yigit bo'ldi. Ovozi yo'g'onlashdi. Qadami shaxdam. Bilaklarida kuch... Enaxon aya ko'chaga chiqqan payti qo'ni qo'shnilar doim "Sanjarbek ham kotta yigit bo'lib qolibdi. Qachon uylantirasiz endi?"deya tez-tez gap ilib o'tishadi. Ba'zilarini o'zlarini bo'yi yetgan qizlarini oraga qo'shib til uchida taklif qilgandek bo'ladi. Lekin Enaxon aya o'g'lini ko'ngliga qaramoqchi. Axir yashaydigan o'g'li-ku! U tanlashi kerak.
- O'g'lim...
- Labbay ona.
- Seni uylantirib to'yingni ko'rsam degandim. Ham ancha kuchdan qoldim. Oddiy uy yumushlariga ham yaramay qolyapman... Ham aytganingdek kelin kelsa zerikmasmidim.
Sanjarning ko'zlari yerga qadaldi. Yuzlari qizarib ketdi.
- Ko'nglingda kimdir bo'lsa ayt bolam. Surishtiraman agar haqiqatda yaxshi qiz boʻlsa olib beraman. Menga seni baxting muhim, jonim bolam.
Sanjar beixtiyor jilmaydi.Onasiga minnatdor nigoh bilan qaradi.
Бизнинг болаликдаги қиш фасли ҳақида шеър. Эшитиб ногоҳ болаликка қайтасиз.
Печ ёнарди хона четида,
Рақс тушарди учқунлар шодон,
Диргизлашиб уйга кирардик,
Биз беш бола, қор ўйнаб обдон.
Хўл этиклар тортардилар саф,
Қўлқопларга қуриларди дор.
Ўша эски уй деворида,
Ҳали-ҳануз иккита михи бор.
Койир эди ҳар сафар онам,
Жаҳлин босиб тургандек аранг.
Пайпоғинг ҳўл, кўйлакларинг нам,
Даданг келсин кўрасан ҳамманг!...
@Hikoyalar
- Bolam... Yaxshi ish qilmabsiz. Bu dunyo o'tar ketar. Inson iymoni bilan dunyodan ketishi kerak.
Akbar yana indamadi. Singlisi quyib ketgan choyni olib hurillarib ichdi.
- Axir bizning dinimiz, e'tiqodimiz muqaddas-ku, o'g'lim. Hali ham kech emas. Allohga qayting. Tavba qiling.
- Singlimni qaynonasisiz. Hurmatiz bor. Indamayapman. Meni hayotimga aralashmang. Bu meni shaxsiy tanlovim.
Enaxon aya indamay qo'ya qoldi. Tushundiki bu odamga hech qanday nasihat kor qilmaydi. Nazokat ovqat olib keldi. Akbar juda ochqabdi. Bir pasda bir kosa ovqatni ichib qo'ydi. Nazokat ayasiga bir narsa demoqchi bo'lardi-yu gapirgani tili bormasdi. Enaxon aya ham kelinining og'zini poyladi. Nihoyat sukutni Akbar buzdi.
- Hoynahoy bu Amerikani tashlab nega qaytib keldi, oilasi bor edi bir o'zi kelibdi, deb hayron bo'layotgandirsan...
Nazokat aynan shu haqida so'ramoqchi edi.
- Ha... Nega keldiz?
- Aytsam ensang qotadi. Lekin onamni juda sog'indim... Dadam tushimga juda koʻp kiryapti. Mendan norozi. Deyarli har kuni tush ko'ryapman... U yoqda ham halovatim yoʻqoldi. Ishlarim orqaga ketdi. Men ishlaydigan firma inqirozga uchradi. Bankrot deyishadi buni. Xullas qarzga botdim. Uy-joyimni, mashinalarimni hammasi kamomatni yopish uchun kirib ketdi. Qiyin ahvoldaman.
- Qilgan gunohizni jazosini olyapsiz ekan... Hayron qolmadim.
Nazokat akasi qaramadi ham. Ters o'girilib oldi.
- Elifning ishlari zoʻr. Men esa uni oldida hech kim bo'lmay qoldim. Sog'lig'im yomon... Oldingidek g'ayrat bilan ishlay olmayapman. Tanamda kuchli og'riq bo'lyapti. Pul topolmay uyda o'tirib qoldim. Menga suddan chaqiruv keldi. Kamomatni vaqtida to'lamasam meni 20 yilga qamab yuborishlari mumkin edi. Elifning onasi menga shart qoʻydi. Elifga dinni uncha farqi yoʻq edi. Meni musulmonligimni qizig'i yoʻq. O'z ishi bilan band edi. Lekin qaynonamga musulmon ekanligim sira yoqmasdi. Kamomatni toʻlayman evaziga diningdan chiqib xristian bo'lasan, dedi. Bo'lmasam qizim bilan umuman yashattirmayman dedi. Men Elifsiz yasholmasdim. Uni juda sevardim. Xullas uni taklifini qabul qildim...
- Xoʻp... Bu sizni hayotiz. Menga umuman qizig'i yoʻq buni. Menga nega kelganiz qiziq? Nega meni oldimga keldiz shundan gapiring!
- Nazo... Menga donor kerak... Bo'lmasam oʻlib qolishim mumkin. Pulim yoʻq... Ishlolmayman. Jigarim qurib boryapti...
- Tushunmadim... Xotinizchi? Qaynonayizchi ular boy edi-ku?! Katta brend kompaniyada ishlardi.
- Elif menga hiyonat qildi... Uni boshqa erkak bilan o'z spalniyimda tutvoldim. Meni hech narsam qolmagani uchun ko'chaga haydab solishdi...
Akbar mum tishlab qoldi. Ko'zi alamdan qizardi. Tishi g'ichirladi.
- Men unga bor mehrimni bergandim! Yuzimga tupurdi. U uchun hatto murtad bo'ldim! Otamdan onamdan kechdim... U nima qildi?... Nazokat indamadi. Akasiga umuman achinmadi ham. Oldinlari akasini kutardi. Zarracha bo'lsada akasiga mehri bor edi. Bo'ynidagi xochni ko'rgach o'sha mehr ham yoʻq bo'ldi. Qalbi akasi uchun muzladi...
- Xotin deb bizda kechgandiz. Oxiri u sizdan kechibdi-da! Qaytar dunyo deb shunga aytishadi.
Akbar indamadi. Uni ahvoli haqiqatdan ham juda yomon edi. Koʻp spirtli ichimliklar ichganligi uchun jigari tamom bo'lgandi. Zudlik bilan donor topilmasa uzog'i yarim yillik umri qolgan edi. Hayot kishiga ba'zan kutilmagan zarbalarni ham berib turarkan. Doim shod xurram yashayman deb harakat qilasan-u, barchasi kutilmaganda ters o'girilib olarkan. Allohdan yuz o'girganlardan, Alloh ham yuz o'girishi ayni haqiqat!
6-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰13.12.2024. 10:05
@Hikoyalar
- Nega ketolmaysiz?! Ana! Kuyoviz ham aytibdilar-ku oyijonim ham oyiz o'zlari yolg'iz turmasin, ayting biz bilan yashayveradi degandilar. Yoʻq demang oyijon!
Hamida opa qadrdon hovlisiga qaradi. Zimdan hammayoqni kuzatdi. Bir muddat jimjitlik hukm surdi.
- Qizim... Bu uydan dadangni hidi keladi. Bu uyda dadangni xotirasi hamon yashayapti bolam... Qanday tashlab ketishim mumkin?! Ketolmayman. Mendan xafa bo'lmanglar.
Hamida opa qizining ko'zlariga qaradi. Nazokat onasiga yalingandek ilinj bilan termulib turardi.
- Havotir olma, qizim. Tog'ang meni yolg'izlatib qo'ymaydi. Doim sizdan habar olib turaman dedi. Sen ham tez-tez kelib turarsan...
Nazokat onasini baribir bu uydan olib ketolmasligini tushundi.
- Mayli oyijon... Bu uyni ko'ziz qiymayapti bilaman. Albatta tez-tez kelaman...
Nazokat kelinlik uyiga qaytdi. Sanjarning ishlari juda yaxshi edi. Birdan Alloh unga omadni hadya etdi. O'zi xususiy avtoservis ochdi. Oilasiga yanada mehri oshdi. Nazokat o'zida g'alati o'zgarishlarni seza boshladi. Yog' hidiga ko'ngli aynir, boshi tez-tez aylanar, holsizlanar edi. Enaxon aya kelinining ahvolidan tashvishlana boshladi va zudlik bilan shifoxonaga olib bordi.
- Keliningizdagi alomatlar yaxshilikka xolajon!
Hamshira qiz Enaxon ayaga kulib qaradi.
- Yaqinda nabirali bo'lasiz!
Enaxon aya quvonganidan yig'lab yubordi.
- Voy xolajon, shunday yangilikni eshitib ham yig'lerkanmi odam?
- Quvonganimdan yig'layapmanda, bolam. Quvonganimdan...
Nazokat ham homilador ekanligini bilib sevindi. Tug'ilajak farzandini iforini hidlashni, ko'zlariga boqishdi, jajji qo'lchalaridan tutishni hayolidan o'tkazdi. Yuragi allanechuk hapqirib ketdi. "Endi men ham ona bo'laman... Farzandim tili chiqib meni "oyijon!"deydi..." Nazokat shifoxonada o'tirganicha hayolga berildi. Sanjarning kelganini payqamadi ham.
- Nazo... Yaxshimisan? Tinchlikmi oyim qanilar?
- Doktorni oldiga kirib ketishgandilar, doktor bir ikkita dori yozaman deganday qilgandi.
- Haaa...
Sanjar ayolining oldiga o'tirdi.
- Ertalab onam seni doktorga olib borishini aytgandi. Ishda degin umuman fikrimni jamlolmadim. Hayolim senda bo'ldi... Shunga kelaverdim nima gap ekan deb...
- Havotir olmang... Tinchlik ekan.
- Unda nega dori yozadi?
Nazokat uyaldi. Ikki yuzi lovullab ketdi. Eriga qaradi.
- Bilasizmi... Biz yaqinda...
- Sanjar bolam, bu yerda nima qilyapsan? Ishga bormadingmi?
Enaxon aya o'g'li tomon yurib keldi. Sanjar o'rnidan turdi.
- Havotir oldim... Shunga...
- Havotirli joyi yoʻq bolam.
Enaxon ayaning ko'zlari quvonchdan porlardi.
- Yaqinda dada bo'lasan ekan!
Sanjar quloqlariga ishonmadi.
- Rostdanmi?!
- Ha rost bolam, rost... Kelinim hali yosh bo'lgani uchun biroz holsizlanibdi. Ham qoni ham kamroq ekanda. Vitaminli narsalar yesin dedi. Mana... Vitaminlar... Yana allaqanday dorilar yozib berdi.
Enaxon aya keliniga yuzlandi.
- Shularni vaqtida ichishiz kerak qizim. Hozir uyqa qaytishda dorixonaga kirib olvolamiz.
- Xoʻp boʻladi.
* * *
Nazokat ota uyiga onasi Hamida opani ko'rgani keldi. U ancha og'irlashib qolgan edi. Oy kuni yaqin qoldi. 7 oylik homilador. Shu vaqt mobaynida 3-4 marta balnisada yotib davolandi. Doktorlar "Tushish xavfi bor" deb majbur yotqizishdi. Orada kuchli grippga chalindi. Tuzalishi qiyin bo'ldi. Balki shungadir onasini ko'rgani ham uncha kelolmadi. Organizmi yosh, immuniteti ham ancha past bo'lganigami ketma-ket kasalga chalinib qolaverdi. Orada 2 oy taksikoz qiynadi. Mana nihoyat ancha davolanishlardan so'ng bemalol ota uyiga kelyapti. Toʻgʻri kasal bo'lgan paytlari onasi Hamida opa kelib qizidan xabar olib turdi. Qizini yolg'izlatib qo'ymadi. Lekin baribir qiz ota uyini juda sog'ingan edi...
- Oyijon! Men keldim!
Hamida opa ichkari uydan yugurib chiqdi.
Malham (Hikoya)
6-QISM
Ilohiy kitoblarimizda Alloh Taolo aytadiki: Bandamning oxirgi amallariga qarayman, deydi. Ya'ni kishi tug'iladi, o'sadi, mustaqil yashay boshlaydi, unga berilgan tanlov asosida xohlasa yaxshi amallar qiladi, xohlasa kufr... Lekin imtixon aniq, hisob-kitob kuni borligi haq! Kishi o'zining taqdirini qilgan amallari va ibodat-u duolari ila o'zgartirishi mumkin. Axir qanchadan qancha kofir bo'lib tug'ilgan insonlar yillarcha vaqtdan so'ng o'zligini tushunib Allohga iymon keltirmoqda, va musulmon holida omonatlarini topshirmoqda. Boshqa dindagi shaxs, musulmon bo'lgan kunidan oldingi kofirlikdagi hayotida qilgan barcha gunohlarini Alloh avf etadi. Lekin murtad kishining, musulmonlikdan chiqib boshqa dinga o'tgan kishining qilgan barcha yaxshi amallari habata qilinadi. Ya'nikim yoʻq bo'ladi. U amallar hisob tarozisiga qo'yilmaydi va ular shak-shubhasiz Jahannam ahlidan bo'ladilar.
Akbar hamon uxlab yotar Nazokat esa uning ro'parasiga o'tirgan ko'yi bir begonaga aylanib qolgan akasiga termulib qarardi. Uning yoshlangan ko'zlari qizargan, ranggi ham oqarib ketgan edi. Darvozaning g'iyqillab ochilgani eshitildi. Biroz turib eshik ochildi. Enaxon aya qo'lida tugun ko'targanicha kirib keldi. Baland ovozda shang'illay boshladi.
- Buni qarang Nazokatxon! Qo'shni mahallada alomat to'y bo'ldi-da! Sunnat toʻy! Toy opkelishibdi... Ko'cha o'rtasiga dor qo'yib dorbozlar rossa o'yin ko'rsatib yotishibdi. Ehhh, qani endi imkonimiz bo'lsa... Shu Sirojiddinimga ham toʻy qilarmidik? Nega indamaysiz?!
Enaxon aya Akbarni endi ko'rdi. "Voy!"deganicha orqaga tisarildi. U Akbarni umuman tanimagan edi, hatto hayolida ham yoʻq edi. Enaxon aya keliniga olazarak bo'lib qaradi. Ko'ngliga juda yomon narsa keldi. Kelinining holati uni juda shublantirgandi. Ko'rsatgich barmog'i bilan Akbarni ko'rsatdi.
- Bu erkak kim Nazokat?! Hali siz shunaqamisiz?!
Nazokat o'rnidan asta turdi. Yoshli ko'zlarini artdi. Qaynonasiga iztirob to'la nihoh bilan qaradi.
- Notoʻgʻri hayollarga bormang oyijon...
- Xoʻp... Kim unda bu?!
Nazokat piq-piq yig'ladi. Bo'g'zidan zoʻrgʻa soʻz chiqdi.
- Akam...
- Akayiz?
Enaxon aya endi tushundi. Axir bu Akbar-ku?! Voy Xudo ancha o'zgaribdi. O'sha yoqlarda yuraverib ranggi ham ajnabiylarni rangidan bo'lib ketibdi. Ham soch-soqoli oqarib qolibdi. Enaxon aya Nazokatga asta qaradi.
- Akbarmi?
Nazokat "ha..." Degandek qilib boshini silkitdi. Enaxon aya birdan yengil tortdi. Kelinidan yomon gumon qilgani uchun o'zini koyidi.
- Voy kapalagimni uchirvordiz-ku?! Yig'lab o'tirganizga ko'nglimga har xil gap keldi-da bolam...
Enaxon aya qarasa kelini hali ham o'zida emas. Ranggida rang yoʻq...
- Nima gap?! Akayiz shuncha yil deganda kelibdi, nega yig'ladiz? Yoki bu sog'inch koʻz yoshlarimi?
- Yoʻq unday emas...
Nazokat opa qaynonasiga qaradi.
- Akam charchab kelibdi. Qotib uxlab qoldilar. Narigi xonaga chiqaylik... Bafurja gaplashamiz.
Nazokat opa sekin eshik tomonga yurdi. Ortidan qaynonasi ham chiqdi.
Умр ҳақида
Габриэль Гарсиа Маркес:
- 15 ёшда англадимки, яхши нарсаларни кўпроқ оналар билишади, баъзида эса оталар.
- 20 ёшда англадимки, эгри ишнинг ҳеч қандай нафи йўқ, у ҳатто ўта моҳирлик билан бажарилган бўлса ҳам.
- 25 ёшда англадимки, бола онани саккиз соатлик кундуздан, отани эса саккиз соатлик кечадан маҳрум қиларкан.
- 30 ёшда англадимки, эркакнинг жозибаси кучида, аёлнинг кучи эса жозибасидадир.
- 35 ёшда англадимки, келажак – инсонга мерос қоладиган нарса эмас, балки ўзи яратадиган нарса.
- 40 ёшда англадимки, бахтиёр яшаш сири ўзинг севган ишинг билан шуғулланишда эмас, балки қилаётган ишингни севишдадир.
- 45 ёшда англадимки, инсон ҳаётининг 10 фоизи бошига тушган балолардан, 90 фоизи эса уларга бўлган муносабатдан иборат.
- 50 ёшда англадимки, китоб – инсоннинг энг яқин дўсти, кўр-кўрона тақлид эса энг ашаддий душманидир.
- 55 ёшда англадимки, кичик қарорлар мия билан қабул қилинади, катта қарорлар эса юрак билан.
- 60 ёшда англадимки, севгисиз қурбонлик бўлиши мумкин, лекин қурбонликсиз севги бўлмайди.
- 65 ёшда англадимки, инсон ҳаётдан завқ олиши учун керакли нарсадан ташқари ўзи хоҳлаганини ҳам ейиши керак.
- 70 ёшда англадимки, ҳаётдаги энг муҳим нарса қўлингизда яхши карталар бўлиши эмас, балки ёмон карталар бўлатуриб яхши ўйнай олишингиздир.
- 75 ёшда англадимки, инсон ўзини комил ҳисобламагунча ҳаракатда давом этади, ўзини комил санаган заҳоти эса ҳаракатдан тўхтайди.
- 80 ёшда англадимки, севиш ва севилиш дунёдаги энг тотли лаззатдир.
- 85 ёшда англадимки, ҳаёт ҳақиқатан гўзал.
Раҳмат Бобожон таржимаси
Enaxon aya kelinini axtarib oshxonaga kirdi. Nazokat oshxonada osh qilish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan edi.
- Voy! Oyijon hayol bilan bo'lib kirganizni sezmay qolibman.
- Chaqirdim... Eshitmay qoldiz shekilli. Nima qilyapsiz, bolam?
Nazokat hijolatli jilmaydi.
- Sanjar akam osh qiling degandilar, shunga harakat...
Enaxon aya kelinini uyalganini bildi. Unga ohista tanbeh berdi.
- Bolam... Erni ismi bilan atash beodoblik bo'ladi. Eriz haqida gapirmoqchi bo'lsangiz "Bular" deysiz yoki "Ular" deb gapiring, xoʻpmi? Boshqa Sanjar aka deganizni eshitmay. Meni o'g'lim sizga aka emas, er bo'ladi. Erni aka deyish yaxshi emas.
Nazokat qilgan xatosidan uyalib yerga qaradi. Asta, mayin ovozda dedi
- Uzr oyijon... Bilmagandim.
- Mayli bolam, hali juda yoshsiz-da! O'zim sizga bilmaganlarizni sekin-sekin o'rgatib boraman. Mayli oshizni qilavering. Ochigʻi bugun men ham juda osh yegim kelayotgandi...
- Xoʻp boʻladi...
Enaxon aya oshxonadan chiqdi. O'z xonasiga kirib biroz cho'zildi. Ko'zini yumib oz-moz pinak qilgandek bo'ldi. Birdan telefoni jiringladi. Enaxon aya norozi qiyofada ko'zini ochdi.
- Kim ekan qoq abedda? Endigina ko'zim ketibdi ekan, essiz.
Enaxon aya telefonini oldi.
- Voy qudam ekan. Hamidaxon nega bunaqa payti hech telefon qilmasdi-ku, tinchlikmikan?
Telefonni ko'tardi. Hamida opa tinmay yig'lardi. Bir so'z demay, piq-piq yig'lardi...
- Hamidaxon, tinchlikmi quda?
- Opa, opajon... Ho'jayinimdan ayrilib qoldik!
Hamida opa o'ksib-o'ksib yig'lar, tinmay "Ayrilib qoldik!"der edi.
Enaxon aya o'tirgan joyidan sakrab turib ketdi. Yuragi uvishdi. Uning ham ko'zi yoshlandi.Telefonda anchagacha yig'lashib turdilar.
- Hamidaxon... Bunaqada mazayiz qochadi-ku, jon singlim, qudajonim! Allohni irodasi ekan, nima ham qilamiz...
- Opa! Meni yolg'iz suyangan insonim tashlab ketdi, bu dunyodan ketdi! Qandoq chidayman!?
Telefon o'chdi. Enaxon aya og'ir-og'ir qadamlar bosib kelinini oldiga kirdi. Nazokat allaqachon oshni damlab qo'ygan edi. Qaynonasini ko'rib quvonib gapirib ketdi.
- Oyijon qareng, xuddi o'rgatganizdaqa qilib damladim! Salat ham qilib bo'ldim! Xudo xohlasa mazza qilib ovqatlanamiz, o'g'liz ishdan kelib qolarlar...
Enaxon aya kelinining quvonch to'la yuziga boqdi. Bir so'z deyolmadi. Qaynonasining bu holati Nazokatning qalbiga g'ashlik soldi.
- Oyijon... Tinchlikmi?
Enaxon aya yig'ladi. Lekin hamon gapirolmasdi. Nazokat battar tutaqdi.Yuragi allanechuk tez-tez ura boshladi.
- Oyijon! Nega indamaysiz?! Nima boʻldi?! Jon oyijon! Ayting!
- Qizim... Nazokatxon... Allohni irodasi ekan.
Nazokat choy damlash uchun qo'liga olgan chinni choynakni qo'lidan tushirib yubordi. Choynak yerga tushib chil-chil sindi. Nazokatning ikki ko'zida birdaniga yosh chiqib ketdi. Jon achchig'ida baqirib yubordi.
- Dadajon! Dadajonim! Yoʻq! Yoʻq! Nega unday bo'ladi?! Nega?! Axir to'yim kuni yaxshi edilar-ku oyijon?! Hatto o'rnilaridan turgan edi-ku?! Nega?! Nega?!
Enaxon aya kelinining bag'riga bosdi. Nazokat boshidan ro'molini yulqib olib,yerga cho'kkalab o'tirganicha o'zini urin yigʻlardi.
- Jon bolam... Unaqa qilmang! Dadangizni ruhlari qiynaladi! O'zizni qo'lga oling!
- Oyijon! Qanday chidayman?! Qanday chiday axir?!
- O'zizni bosing bolam... Og'irroq bo'ling! Allohni irodasiga shak keltirib bo'lmaydi, qizim!
Nazokat rossa yig'ladi. U Akbarning tamoman aksi edi. Ota-onasini juda yaxshi ko'rardi. Ayniqsa dadasini... Muslim aka chet davlatda yurgan paytlari uxlamasdan Xudodan duolar qilib dadasini qaytib kelishini so'rardi. Dadasini quvonchi uchun o'zining orzularidan kechib, yosh bo'lasa turmushga chiqdi. Dadasi undan rozi bo'lib bu dunyodan ketdi. Lekin Akbarchi?! U ota-onasi uchun nima qildi?! Og'ir kunida yonida turish o'rniga, tashlab ketdi...
* * *
Malham (Hikoya)
5-QISM
Inson tug'ilibdiki hayot atalmish dengizga tushadi. Baʼzan sokin, baʼzan to'lqinli, baʼzan to'fonli... Allohning sinovlari, imtixonlari ketma-ket kelaveradi to umri oxirlagunicha iymonini saqlab qololsa, barcha mashaqqatlarga sabr eta olsa, bas! U shubhasiz Jannat atalmish ne'matga sazovor bo'ladi. Kunlar, oylar, yillarcha vaqt bir kiprik qoqqunicha o'tib ketarkan! Nazokatning to'yiga ham mana 11 yil bo'ldi. Sirojiddin bu yili 12 yoshga kiradi. Ancha katta yigit bo'lib qoldi. Maktabdan chiqishi bilan bozorga, Azizxon akaning yoniga chopadi. Uni hizmatini qiladi, yonida yuradi, savdo ilmini o'rganadi... O'sha to'y kuni Nazokat soʻnggi bor akasini ko'rgan edi. Akasi Akbar to'yni ertasi kuni zudlik bilan ortiga qaytib ketdi. U yoqda xotini Elifning mazasi qochib qolibdi. Elifning onasi Akbarga telefon qilib uni ortga chaqirdi. Akbar ikki o't orasida qoldi. Bu yoqda dadasining ahvoli yaxshi emas edi. To'ydan so'ng birdaniga yo'tali kuchayib ketti. Akbar tez yordam chaqirdi.
- Nima bo'ldi dadamga doktor? To'y kuni ancha yaxshi edilar. Kechga borib mazalari qochib qoldi.
- Ahvoli qoniqarli emas. Og'ir desa ham bo'ladi. Zudlik bilan shifoxonaga yotishlari kerak. Men yo'llanma yozib beraman. Ham dori darmonlar degandek...
- Mayli... Nima kerak bo'lsa yozing. Men yetkazib kelaman.
- Ertaga dadangizni shifoxonaga joylashtiramiz. Mana dorilarni ichkizib turasizlar.
- Rahmat doktor.
Akbar yarim kechasi ko'chada yurib dorixonama-dorixona tentirab tongga yaqin doktor yozgan dorilarni olib keldi. Hamida opa yugurib o'g'lining istiqboliga chiqdi.
- Buncha hayallading bolam?! Dadangni ahvoli yaxshi emas!
Hamida opa ho'ngrab yig'lab yubordi. Ko'zlaridagi yoshi to'xtamas, yuzlari qo'rquvdan oqarib ketgan edi.
- Aptekalar yopiq ekan koʻpi... Zo'rg'a topdim, ona!
- Mayli bolam beraqol... O'zi tong ham otib qoldi, dadangni narsalarini tayyorlab qo'ydim. Shifoxonaga olib boramiz.
Akbar hovli o'rtasida anchagacha turib qoldi. Uni bu ahvoli Hamida opaning yuragini g'ashlatdi.
- Bolajonim, senga nima bo'ldi?
- Ona, faqat xafa bo'lmang. Men ketishim kerak bo'lib qoldi...
- Nima?! Shu ahvolimizda bizni tashlab ketasanmi?! Nega ketasan?! Axir bir oyga keldim deganding-ku? Endi 4 kun bo'ldi kelganingga, o'g'lim.
- Bormasam bo'lmaydi... Tushuning meniyam.
- Sababi bormi ketishingni?!
Hamida opaning jahli chiqdi. O'g'lining bu qadar bemehrligidan, e'tiborsizligidan kuydi.
- Axir bu yerda seni papalab katta qilgan, yemay yedirgan, kiymay kiydirgan, sen yaxshi o'qishing, til o'rganib katta tarjimon bo'lishing uchun o'zi sovuq yurtlarda kechani kecha kunduzni kunduz demay ishlagan dadang bir ahvolda yotsa-yu, sen uni shu ahvolida tashlab ketaman deysanmi?! Vijdoning bormi?! Zarracha bo'lsada mehring bormi?!
Hamida opa kuyunib gapirar, gapirgani sari ko'zlaridagi yoshi ko'payar edi. Akbar hali hamon hovli o'rtasida serrayib turaverdi. Onasining to'xtashini kutar edi. Nihoyat Hamida opa so'zdan to'xtadi. Akbar asta boshini ko'tardi. Uning ko'zlari sovuq edi. Ovozidan ham sovuqqonlik ufurib turardi.
- Ona, xafa bo'lmaysiz. Lekin men ketishim kerak. Elifning onasi telefon qildi. Xotinimni ahvoli og'ir ekan. Yonida bo'lishim kerak...
Hamida opa o'g'liga xuddi bir begonaga qaragandek qaradi. "Nahot shu meni o'g'lim bo'lsa?! O'lay deb yotgan otasidan, ko'chadan topgan xotinini afzal ko'ryaptimi?! Men shu bolani papaladimmi?! Men shunga ishondimmi?! Bor umidlarim shu o'g'limdan edi-ku axir!" Hamida opa mum tishlab qoldi. Bir so'z demadi. Ko'zidan ikki tomchi achchiq yosh oqdi. Ota-onadan, singildan xotinini ustin qo'ygan o'g'li ko'ziga juda yomon ko'rinib ketdi. Bor mehri tugagandek tuyuldi. Hech narsani his qilmay qoldi. Akbar endigina joyidan qo'zg'alib narsalarini yig'ishtirish uchun kirib ketayotganida Hamida opa uni to'xtatdi.
Hovliga chiqdi. Darvoza tagida akasi Akbar turar edi! Uni rangi bir ahvolda, yuzida nuri yoʻq. Ko'zlaridan sovuq o't chaqnab turibdi. Akbar yelkasiga ilib olgan so'mkasini yerga qo'ydi. Mum tishlaganicha turaverdi. Nazokat opa akasini tanisa-da, hech narsa demas, ochig'i bir narsa deyishga majoli yoʻq edi.
- Kechirasiz... Nazokat degan singlim bor edi. Avvalgi kelinlik uyiga borsam u uy allaqachon sotilib hozir boshqa odamlar yashayotgan ekan. Keyin so'rab surishtirgan edim shu yerni manzilini berishdi.
Akbar singlisini tanimagan edi! Nazokat opaning ko'zlarida yosh miltiradi.
- Aka... Men Nazokatman.
Akbar ko'zlariga ishonolmadi. Shumi uni beg'ubor singlisi?! Yoshlik, navqironlik barq urib turgan ko'zlari ancha so'nibdi... Qaddi bukilib qolgandek go'yo. Haqiqatda Nazokat oldin juda go'zal edi, yosh edi, olov edi. Lovullab yonib turgan cho'g'ga o'xshardi. Uni hayot mashaqqati, ketma-ket boshiga kelgan yo'qotishlar shu ahvolga soldi. Yuzi rangsiz, ko'zlari ma'nosiz...
- Siz... Nazokat?! Senmisan singlim?! Juda o'zgarib ketibsan! Taniyolmabman...
Nazokat ho'ngrab yig'lab yubordi.
- Menman... Aka!
4-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰09.12.2024. 15:08
Qum suvoq qilingan xolos. Darvozasi havorang, ba'zi joylari eskirib zanglashga kelib qolibdi. Aziz aka asta kelib darvozani taqillatdi. Hech kim javob beravermagach ovoz chiqarib chaqira boshladi.
- Sirojiddin! Kim bor? Sirojiddin! Siroj!
Ichkaridan tap-tap qadam tovushlari eshitildi.
- Kim bu?
Ayol kishining ovozi eshitildi. "Sirojni onasi bo'lsa kerak" hayolidan o'tqazdi Aziz aka.
- Men... Sirojiddinni bozordagi savdogar ustozi bo'laman. Bolangizni shogirtlikka olgan edim. Sizlardan bir hol-ahvol so'ray deb keldim.
- Haa... Hozir...
Nazokat opa darvoza zanjirini bo'shatdi. Darvozaning g'irchillab ochilgan ovozi eshitildi. Nazokat Aziz akani ko'rishi bilan yuzini ro'moli bilan berkitib oldi. Ko'zlarini pastga qadadi.
- Keling... Xush kelibsiz. Oyijonim namoz o'qiyotgan edilar. Sirojiddin ovqatlangach charchab uxlab qolgandi.
- Mayli... Havotirlanmang men tez ketaman. Beradigan narsalarim bor edi.
- Ko'chada turmang... Ichkariga kiring. Hozir oyim namozlarini tugatsalar chiroyli duo qilib beradilar.
- Hozir...
Aziz aka mashinasining orqasini ochdi. Ichidan sotib olgan narsalarini tushurdi.
- Voy ovora bo'libsiz... Shart emas edi.
Nazokat opa Aziz akaga hijolatli qaradi.
- Ovorasi yoʻq. Yanagi oy Ramazon oyi Inshaalloh. Atab, niyat qilib qo'ygandim. Alloh yoʻlida qabul qiling, duo qilib qo'ysalaring bas.
Nazokat opaning munchoqdek ko'zlaridan yosh oqib ketdi.
- Rahmat Alloh rozi bo'lsin.
Birgalashib ichkariga kirdilar. Aziz aka qo'lidagilarni oshxonaga olib kirib qo'ydi.
- Mehmonxonaga kirib o'tirib turing... Hozir oyimdan xabar olaychi?
Nazokat hamon yuzini yashirgani ko'yi qaynonasining xonasiga kirib ketdi. Birozdan so'ng Enaxon aya og'ir-og'ir qadamlar bosib Aziz aka o'tirgan xonaga kirib keldi. Aziz aka yuqorida, Nazokat opa va Enaxon aya birgalikda yonma-yon o'tirishdi. Enaxon aya qo'llarini duoga ochdilar. Chiroyli duo qildilar. Yuzlarga fotiha tortildi. Nazokat opa o'rnidan qo'zg'alib choy qo'ymoqchi bo'lgan edi, Aziz aka turgani qo'ymadi.
- Iltimos o'tiring hech narsaga ovora bo'lmang.
- Voy menmon atoyi Xudo deyishadi. Bir piyola choy qo'yay. O'g'limga shunchalik e'tibor qilib bizni siylab kelibsiz, mehmon bo'lib keting.
- Yoʻq. Mehmondorchilikka boshqa safar kelamiz. Kech bo'lganda hijolat bo'lmang. Hech narsaga unnamang.
Nazokat opa joyiga o'tirdi. Aziz aka cho'ntagidan oq kanvertni oldi. Uni Enaxon ayaga uzatdi.
- Bu bu yilgi zakotim. Har Ramazon oyi yaqinlashgach muhtoj bir oilaga berardim. Duo qilib qo'yishsin deya. Bu yili sizlarga atadim. Sirojiddin ajoyib bola. Mehnatkash, serg'ayrat... Ilohim baxti-kamolini ko'ringlar.
Enaxon aya qo'lidagi kanvertni ochdi. Ko'zlaridan duv-duv yoshlari oqib ketdi. Lablari titradi.
- Bolam... Alloh rozi bo'lsin. Bizga birni beribsiz, Alloh sizga mingni bersin. Sizdek o'g'ilni o'stirgan onangizni tani sihat bo'lsin!
- Amiyn...
Aziz aka Nazokat opaga qaradi. Nazokat opa bir qo'li bilan ro'molini uchini ushlagancha yuzini yopib turar edi. Ro'mol panasidan uning qahvarang ko'zlari va yuzining baʼzi kuygan joylari yaqqol ko'rinib turardi. Aziz akaning yuragi achishib ketgandek bo'ldi. "Yoshgina ayol ekan... Yosh boshiga eridan ayrilibdi, ham husnidan..." o'yladi Aziz aka. Aziz aka oila haqqiga duo qilib o'rnidan turdi. Enaxon aya uni kuzatish uchun ko'chaga chiqdi. Nazokat kanvert ichini ochib ko'rdi. Hayratdan qotib qoldi. Ichida ancha pul bor edi. Bari 200 mingtalik. Sanab ko'rdi. 20 million ekan!
- Dunyoda shunday sahovatpesha insonlar ham bor ekan-da? Alloh rozi bo'lsin...
* * *
Nazokatning to'yiga bir-necha kun qolganida Amerikadan akasi Akbar keldi. Uy Hamida opaning yig'isiga to'ldi. O'g'lining bo'yniga osilganicha ancha turib qoldi.
- Jon bolam! Sog'inib kettim-ku?! Onangni sira o'ylamading, onangni sira sog'inmading?!
Дарвоза ва устун
- Ҳа, ота яхшимисизлар, онам яхшиларми?
Ота хириллаб йўталади, кўзойнагини тақади.
- Кечагидан яхшиман, ўғлим дарвоза қурайлик, ён четиям нураб қолибди, йиқилиб бита яримтага шикаст етказмасин.
– Эээ, ота дарвоза маҳкам, тўғрилатиб қўяман, ёз келсин.
Баҳор, ёз ўтди. Куз келди. Ота ётиб қолди. Ўғил яна кўргани келди.
–Ўғлим, дарвозани таъмирламадикда, маҳалладаям энг эски тахта дарвоза бизники қолди. Уканг пул жўнатаман деганиди, дараги йўқ. Сан бошлайвер, уканг пулини беради.
– Эээ, ота дарвозага биров қараб ўтирибдими!?
Келаси баҳор уста соламиз, уйларингизгача таъмирлаймиз.
Орадан бир хафта ўтиб, ота дунёдан кўз юмди...
Вафоти куни ука ҳам Россиядан етиб келди. Ўша куни кечга нақшинкор темир дарвоза ҳам топиб келишди, лекин ўрнатишга улгуришмади. Чунки дарвозанинг УСТУНИ йўқ эди...
Бахриддин Асрор
Muslim aka qizining baxtini ko'rib quvondi. Hasta yuziga iliqlik yugurdi. To'y kuni hatto, o'rnidan turdi. Qizining oppoq libosda kelin bo'lib qoshida turganini ko'rib ko'ksi to'lib ketdi. Ko'zida yosh miltillar lekin chiqarishga kuchi yetmas edi. Nazokat kelinlik libosida dadasining poyiga tiz cho'kdi. Ko'z yoshidan ho'l bo'lib ketgan lablari bilan dadasining muborak qo'llarini o'pdi. Onasi Hamida opa bu holni ko'rib tinimsiz yig'lar, yonidagi ayollar ham boshlarini quyi solganlaricha ota va qizning xayrlashuv onlarini kuzatib turar edi. Nazokat yosh toʻla ko'zlari bilan boshidagi roʻmol panasidan dadasiga qaradi. Qarasa Muslim aka bir qo'li bilan ikki ko'zini berkitganicha yum-yum yig'lardi. Nazokat dadasini maxkam quchoqlab oldi.
- Dadajonim, sizni yaxshi ko'raman...
Mendan rozi bo'ling!
Muslim aka hiqillab yig'lagan ko'yi qizining boshini siladi.
- Sendan mingdan ming roziman qizim! Yosh bo'lsangda men uchun turmushga chiqib ketyapsan, qanchadan qancha orzularing bor edi...
- Dadajon... Men uchun sizni quvonchingiz har narsadan ustun! Men baxtliman!
Nazokat dadasining poyiga o'tirdi. Muslim aka qo'llarini duoga ochdi. Qizini uzoq duo qildi. Atrofdagi hamma yig'laganicha yuzlariga fotiha tortdilar. Nihoyat Nazokat o'rnidan turdi. Hovli o'rtasida Sanjar kuyov jo'ralari bilan uni olib ketish uchun kutib turishar edi. Nazokat asta Sanjarning oldiga bordi. Sanjar qizning qo'llaridan tutdi. Yor-yor sadolari ostida Nazokat va Sanjar darvoza tomon asta yurib ketdilar. Ko'chada qop qora Jeep mashinasi turardi. Sanjar Nazokatni qo'lidan ohisda ushladi, bir qo'li bilan mashina eshigini ochdi. Nazokat ota uyiga parda ortidan boqdi. Ko'zlarida hamon yosh miltirar edi. Menimcha har bir qiz uchun bolaligi o'tgan ota uyini tark etib ketishi juda og'ir bo'ladi. Yangi uyga, yangi oilaga moslashgunicha o'zining hovlisini, uyini, o'z xonasini va avvalosi ota-onasini qumsaydi. Lekin ayol hilqati tabiatan ko'nikuvchan qilib yaratilgan. Har bir qizning boshiga tushadi bu savdo, va har bir qiz bunga keyin-keyin ko'nikib ketadi.
* * *
Aziz aka Sirojiddinni sinamoqchi bo'ldi. Unga juda ko'p pulga qarab ko'z quloq bo'lib turishni topshirdi. Hatto uyiga olib ketishi mumkinligini ham aytdi. Sirojiddin pullarni uyiga olib keldi. U yerda juda ko'p bir necha million pul bor edi. Enaxon aya pullarni ko'rib hayron qoldi.
- Qayerdan olding shuncha pulni?
- Azizxon akam berdilar. Senda turib tursin dedilar.
- Bekor olibsan bolam.
Nazokat opa o'g'liga tanbeh bergan bo'ldi.
- Birovni puli bilan hazillashib bo'lmaydi. Xudo koʻrsatmasin yo'qolib qolsa, boshimiz baloga qolib ketadi-ku, o'g'lim. Tez qaytarib olib borib ber.
Enaxon aya kelinini fikrini maʼqulladi.
- To'g'ri bolam. Birovni puli uyimizda turishini xohlamiman. Qanday olgan bo'lsang, shunday olib borib ber. Tavba... Sen kichkinagina bola bo'lsang. Nega senga buncha pulni ishonib berib qo'yadi?!
- Xoʻp buvijon. Ertaga o'ziga qaytarib beraman.
- Haa yaxshi. Bu pulni men yuqoriroqqa olib qo'yaman.
- Xoʻp.
Ertansi kuni Sirojiddin pullarni olib Aziz akaning oldiga keldi.
- Aka... Pullar o'zizda turaversin. Onam ham, buvim ham meni koyishdi.
- Nega koyishadi?
- Birovni puli bilan hazillashib bo'lmaydi, deyishdi. Yo'qolib qolsa, boshimizda ish tushib qolarkan yana buvim birovni puli uyimizda turishini xohlamiman dedilar.
Aziz aka mamnun jilmaydi. Pulga muhtoj oila bo'lsa, bu puldan ishlatishsa kerak deb o'ylagan edi. Lekin bu oila juda halol ekan. Aziz akaning yuragida bu oilaga nisbatan samimiy iliqlik uyg'ondi.
- Mayli Siroj... Buni o'zimda qoldiraman. Bor ishlaringni qilaver. Yangi mol olib kelganman. Shu razmeriga qarab taxlab chiq.
- Xoʻp Aziz aka.
Aziz aka bir kun Sirojiddinning oilasiga borib, ulardan xol-ahvol so'rab kelishni diliga tugib qo'ydi.
3-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰ 05.12.2024. 13:40
- Labbay oyijon...
- Haa uchrashuv joyiga keldingmi?
- Ha. O'tiripman kutib.
- Ha yaxshi hozir endi ishdan chiqibdi. 15 daqiqada borarkan. Onasi hijolat bo'lib telefon qildi, o'g'lini biroz ishi chiqib qolgan ekan.
- Xoʻp, unda yana kutar ekanmanda.
- Mayli shunaqasi ham bo'lib turadi, bolam.
- Haa...
Telefon o'chdi. Nazokat hayollarga berilib qoldi. U orzu qilgan shahzodasi qanday ekan? U xohlagandekmi? Uni baxtli qila oladimi? Uni sevadimi? Shu kabi savollar Nazokatning boshi uzra aylandi. Birdan begona yigitning ovozi barcha hayollarini to'zg'itib yubordi.
- Kechirasiz...
Nazokat qo'rqib ketdi. Yoniga qarasa Sanjar qo'lida bir quchoq qip-qizil atirgul ko'targanicha unga tikilib turardi.
- Yaxshimisiz Nazokatxon?
Nazokat o'rnidan turdi. Hijolatli jilmaydi.
- Alhamdulillah...
- Ancha kuttirib qo'ydimaa? Uzr so'rayman. Qiz bolani kuttirish odobdan emas, buni juda yaxshi bilaman. Lekin nima qilay... Ish degan narsa pand berib qolarkan ba'zan.
- Hijolat bo'lmang. Uncha kutganim yoʻq...
Nazokatning yoqimli ovozi Sanjarning yuragini bir tirnab o'tgandek bo'ldi. Qarshisida turgan qo'g'irchoqdek qizga termulib qoldi. Uzun belidan tushib turgan sochlari biroz tillarangga moyil, yaltirab turadi, badani sutdek oppoq, yuzlari tiniq, ko'zlari ohuning ko'zlarini eslatadigan darajada tim qora, lablari esa qirmizi...
- Nega tek qarab qoldiz?
Nazokat Sanjarning ko'z uzolmay qolganidan hijolat bo'lib ketdi. Yuzlari, oppoq yuzlari anordek qizardi.
- Shunchaki... Husnizga mahliyo bo'lib qoldim, shekilli.
Sanjar bir narsa yodiga tushgandek yalt etib Nazokatga qaradi.
- Aytgancha bu gullar sizga!
- Rahmat! Juda chiroyli gul tanlabsiz...
Sanjar va Nazokat bog'ni sayr qilishdi. Ancha suhbatlashdilar. Xayrlashish payti kelganda Sanjar Nazokatga katta Ayiqcha va shirinlik to'la quticha sovg'a qildi. Nazokat orzu qilgan, hayollarida kutgan yigit aynan Sanjar qiyofasida kelgandek edi. Nazokat uni haqiqatda yoqtirib qoldi. Bir ko'rishda ko'zga issiq ko'rinadigan istarali, kelishgan, baquvvat... Gap so'zlari ham ma'noli, qarashlari o'tkir...
- Nima bo'ldi qizim? Yigit yoqdimi?
Hamida opa qizining quvnoq chehrasiga boqdi.
- Xursand qaytding... Demak yoqibdi-da?!
- Oyijon... Uyaltirmang.
Nazokat uyalib ichkariga, o'z xonasiga kirib ketdi. Hamida opa uning ortidan kulib qarab qoldi...
* * *
- Nima bo'ldi, onasi? Yigit qizingga yoqibdimi?
Muslim aka Hamida opaga yuzlandi. Hamida opa mamnun ohangda gap boshladi.
- Avvaliga uyalib gapirmadi. Keyin bilvoldim baribir. Yigit juda yaxshi ekan. Nazokatga umuman qo'pollik qilmabdi. Fikrlari ham bir-birlariga to'g'ri kelibdi. Ham yigit qizizni anchadan beri kuzatib, yaxshi ko'rib yurar ekan.
Muslim aka jilmaydi. U shunday ajib jilmaydiki, yuzidan bemalol baxt so'zini o'qib olsa bo'lar edi.
- Xudoga shukr...
- Haa... Endi to'y taraddudini ko'rish kerak. Pulni qayerdan olarkanmiz? Qizizni sepini qilish kerak... Yig'ib, olib qo'yganim bor... Lekin ular kam-da, dadasi!
- Pul topamiz, havotirlanma. Akbarga xabar ber! Pul jo'natsin. Ilojini topsa o'zi ham kelsin. Bosh bo'lib singlisini uzatsin.
Hamida opa o'ychan qiyofada ancha vaqt jim turib qoldi.
- Nima qilib o'ylanib turibsan onasi?
- Qani endi kelsa... O'g'limni juda sog'indim.
- Keladi. Men o'zim gaplashaman!
Hamida opaning ko'zlari porladi. Quvonib ketdi.
- Xoʻp dadasi, bugunoq qo'ng'iroq qilaman. Gaplashamiz. Faqat o'g'lizni uyga kelishga ko'ndiring.
- Xoʻp. Sen tashvishlanma.
Muslim aka Akbar bilan ancha gaplashdi. Akbar bir oyga kelib ketishim mumkin, dedi. Uzoq qololmayman, u yoqdagi ishimdan ayrilib qolaman, dedi. Muslim aka mayli bir oyga bo'lsa ham kelib ket, degach, Akbar 2 kundan keyin pul jo'natishini aytdi.
- Akbar o'g'lim... Biz seni juda sog'indik bolam. Bitta-yu bitta o'g'limiz bo'lsang. Uy-joying bor bo'lsa, xotining, bolalaringni olib kelib shu yerda yashasalaring degandim, o'g'lim.
Enaxon aya yig'lashdan biroz to'xtadi. Atrofga alangladi.
- Haqiqatda... Yoʻq aa? Qayerga ketib qoldi ekan? Bor Sirojiddinni chaqirchi?
Oʻgʻiloy xola Sirojiddinni chaqirib keldi.
- Labbay buvijon? Chaqiribsiz...
- Oying qani?
- Oyim kasalxonadalar.
Enaxon aya bilan Oʻgʻiloy xola baravariga so'rashdi.
- Nima bo'ldi?!
Sirojiddin bo'lgan voqeani boshidan so'zlab berdi. Onasining kuyib ranimatsiyada yotganini, haligacha o'ziga kelmaganini aytdi.
- Yaxshi ish bo'lmabdi. Oʻgʻiloy bugun odam sal siyraklashgach Sirojiddin bilan borib kelinimdan xabar olib kelgin.
- Xoʻp opa albatta boramiz.
Kechka yaqin Oʻgʻiloy xola Sirojiddinni olib kasalxonaga kelishdi. Kelinining ahvoli yaxshi emasligi, qaynoq suv va bug'dan yuz qismi, bo'yni qattiq jarohat olgani hamda buyragida ham yetishmovchilik aniqlanganini shifokordan eshitib bilib olishdi. Nazokat hali ham xushiga kelmagan edi. O'g'iloy xola shifokorga muolajalar uchun pul tashlab keldi. Oilasidagi vaziyatni tushuntirdi. Jiyani Sanjar yani Nazokatni erining vafot etganini, hozirda uyda marakalar bo'lib yotganini, odamlar ko'ngil so'rab kelayotganini aytdi. Doktor Sanjarning ohirati uchun fotiha o'qidi. Sirojiddinning boshini asta silab qo'ydi.
2-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰04.12.2024. 16:13
- Rahmat onajon. Ochigʻi bir qiz bor. Qo'shni mahallada turadi. Siz tanisangiz kerak...
Enaxon ayaning ko'zlari quvonchdan porlab ketdi. Shoshilib so'radi.
- Kim ekan u bolam?
- Halegi... Dadasi yaqindagina chet eldan qaytdi. Hamida opani qizi bor edi-ku, Ho'jayinlari Muslim aka dadam rahmatlini oshnalaridan edi...
Enaxon aya boshida eslolmay biroz oʻylanib qoldi. Keyin birdan yodiga tushdi.
- Haaa! Muslimjon avvallari uyimizga tez-tez kelib turar edi. Uni qizi bormidi? Hech ko'rmagan ekanman oldi. O'g'li bor edi Akbar degan.
- Ha... Akbar aka bilan oldinlari salom-alik qilib turardik.Keyin yoʻq bo'lib qoldilar. O'rtoqlaridan so'rasam Amerikaga ketgan deyishdi. Muslim akani qizi ham bor... Akbar akadan ancha yoshi kichik. Balki shunga bilmassiz.
- Ha... Balki. Lekin juda yaxshi xonadon. Muslimjon ham yaxshi odam. Dadang rahmatli tutangan ukam derdilar. Hamidaxon ham yaxshi ayol, chaqqongina... Qizini bilmas ekanman ajab?
- Ha... Shu qizda ko'nglim bor.
Enaxon aya o'g'liga mehr bilan qaradi.
- Juda yaxshi tanlov o'g'lim. Ertagayoq surishtiraman qizni. Biror kun xolang bilan sovchilikka borib kelamiz.
Sanjar uyatdan lov qizargan yuzlarini yashirmoqqa kirishdi.
- Mayli onam yaxshi o'tiring. Men ustaxonaga borishim kerak.
- Xoʻp bolam o'zingni ehtiyot qil.
O'g'li ketgach Enaxon aya anchagacha hayolchan alfozda o'tirdi. Muslim akani xotirladi. Avval koʻp kelar edi. Ho'jayini hayotligida. Soʻmka-so'mka sovgʻa salomlar olib kelar, yonida ayoli va o'g'li Akbar bilan kelib anchagacha mehmon bo'lishar edi. Enaxon aya asra pichirladi.
- Juda yaxshi oila edi...
* * *
Nazokat dadasining ahvoli kun sayin yomonlashib borayotganidan havotirda edi. Axir dadasi chetga ketgan payti u 11 yoshda bo'lgan mana hozir 17 ga kiryapti. Dadasi endi qaytdi. Nahotki erta yo'qotsa. Ota mehriga to'ymasa! Muslim aka holsiz yotar edi. Shifoxonada yotishga ko'nmadi. "Jonim shifoxonada emas, o'z ota uyimda uzilishini xohlayman",deb oyoq tirab turib oldi. Hamida opanikiga kecha Enaxon aya singlisi Oʻgʻiloy xola bilan kelishgan edi. Nazokat hali juda yosh. Endi 17 ga kirdi. Enaxon aya muloyimlik bilan dedi.
- Bolamni qizingizda ko'ngli bor ekan, aylanay. Qizim yosh hech narsani bilmaydi demang. Men o'zim yotig'i bilan bilmaganini o'rgataman. O'g'lim Sanjarbek juda yaxshi yigit. Toparman-tutarmon. Yoshligi mehnatda o'tgan bolaginamni.
Gapga Oʻgʻiloy xola aralashdi.
- Rost gap Hamidaxon... Jiyanim juda mehribon, salohiyatli yigit. Ham yolg'iz o'g'il. Qizingiz opamning ham qizi bo'ladi. Opam umr bo'yi qiz farzandi bo'lishini orzu qilib o'tdi. Opamga kelin qilib bersangiz aslo afsuslanmaysiz.
Hamida opa mehmonlarga mayin jilmaydi.
- Dadasi bilan maslahatlashib ko'ramiz.
Enaxon aya Hamida opaga savol nazari bilan qaradi.
- Aytgancha Muslimjon ancha yaxshi bo'lib qoldilarmi? Eshitib rossa xafa bo'ldik.
Hamida opa yupqa lablarini titratganicha bazoʻr javob qildi.
- Shukr... Har holda bir muncha yaxshideklar...
Enaxon aya singlisiga bir qarab oldi.
- Bu... Akbarjon ko'rinmaydi. Adashmasam anchadan beri yoʻq.
Hamida opaning yuragi achishdi. Olisdagi o'g'lini anchadan buyon sog'inib qumsab turgan edi, ko'zidan achchiq yoshlar sizib chiqdi.
- Bolam... Amerikada. O'sha yerda oila qurdi. Bilasizlar ancha yillardan beri GreenCard o'ynardi. Amerika orzusi edi. Va nihoyat 4 yil oldin. Dadasi chetga ketganidan bir yilcha vaqt o'tganidan keyin o'g'limga GreenCard chiqdi. Viza ochildi. Shu bilan "Bu axir azaliy orzuyim edi-ku ona" deganicha ketvordi. "Men sizlarni ham chaqiraman tez orada" deganiga ham mana 4 yil bo'ldi. Na o'zi keladi, na bizni olib ketadi... 2 yil oldin. O'sha yerda o'qiydigan bir turk qiz bilan tanishib qolib yoqtirib nikohlanishibdi. O'sha yoqda to'y qilishdi. Bizga rasm, videolarini tashladi. Endi nima ham qilardim onaman duo qildim. Topgani bilan baxtli bo'lsin...
Malham (Hikoya)
2-QISM
Nazokat opa bugun ancha yaxshilar. Sirojiddinni bir yaxshi savdogar inson shogirtlikka olibdi. Nazokat opa bu xabarni eshitib judayam quvondi. O'sha kishining haqqiga duolar qildi.
Sirojiddin bozorda anchagacha tentirab yurdi. Nima qilib bo'lmasin pul topishi kerak. Onasining hastaligini davolash esa kutib turmaydi. Qarindoshlardan hech qanday naf yoʻq. Hamma o'zi bilan o'zi ovora. Marhum Dadasi oilasida yolg'iz farzand edi. Buvisi bolamdan merosim Sirojiddinim deb ko'p gapirsada, nafaqasi o'zining dori darmonlari va uy to'lovlaridan ortmas edi. Nazokat opa kuyib qolgan o'sha kechada Sirojiddinning buvisi, Nazokatning qaynonasi bo'lmish Enaxon aya yakka-yu yolgʻiz singlisini uyiga "Bir, ikki hafta turib kelaman"deb mehmonga ketgan edi. U mehmondan qaytgunicha yolgʻiz oʻgʻli Sanjar aka avtohalokatga uchrab olamdan o'tgan edi. Buvi bu xabarni singlisini uyida eshitdi. Hammayoqni nuroniy onaxonning oh-fig'oni tutib ketdi.
- Yolg'izim bolam! Sanjarim! Bir ko'z bilan o'stirganim! Nega uydan ketdim-aaa?! Nega ketdim aa?!
- Opa o'zingizni qo'lga oling. Allohni irodasi shu ekan-da! Ilohim jiyanimni joyi Jannatda bo'lsin. Oxirgi payt nihoyatda ko'p ichadigan odat chiqargan edi.
- Voh, voh, voh! Qanday chidayman!? Qanday chidayman?! Undan boshqa kimim bor edi meni, undan boshqa kimga suyanaman endi O'g'iloy...
- O'g'lizdan yodgor bor-ku opa. Sirojiddin bor-ku?! U uchun o'zizni qo'lga oling, jon opa!
Enaxon aya o'rnidan qo'zg'aldi. Chayqala-chayqala atrofga yurib alangladi.
- O'g'iloy... Yur ketaylik. Tezroq boraylik. Bolajonimni so'nggi yo'liga kuzataylik.
Enaxon aya va singlisi O'g'iloy xola uyga qaytdilar. Uyda Sirojiddin boshida do'ppi, egnida ko'k to'nchasini kiyganicha yerga qarab mum tishlab turar edi. Uyga allaqachon ancha-muncha odamlar yig'ilishgan. Hovli o'rtasida Sanjar uchun olib kelingan tobut turardi. Uni ko'rib Enaxon aya hushini yoʻqotib yiqilib tushdi. Bir qancha qo'shni xotinlar va O'g'iloy xola birgalashib Enaxon ayani ko'targanlaricha ichkariga olib kirib ketdilar. Yuziga sovuq suv sochdilar.
Enaxon aya bazo'r ko'zlarini ochdi.
- Jonim Sanjarim... Nega menga farzand dogʻini ko'rsatding Xudoyim!? Qandoq chidayman!
Enaxon ayaning ko'z yoshlari muttasil oqar, atrofdagi odamlarga parvo qilmay baqirib oh chekar edi.
G'avvos keldi. Mayyitdi yuvishdi, kafanlashdi. Tobutga solishdi. Sirojiddin jajji qo'lchalarini ochib "Fotiha" surasini o'qidi. Yosh bolaning tilidan o'qilgan oyatlar barchani titratib yubordi. Enaxon aya nabirasini quchoqlaganicha yum-yum yig'ladi. Qori domla kelib maʼruza qildi. Mayyitning haqqiga duo o'qidi, barcha rasm-rusmlar qilingach Tobut ko'tarildi. Qabriston tomon asta yo'naldi.