hiloltest | Unsorted

Telegram-канал hiloltest - Hilol Test

12276

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha

Subscribe to a channel

Hilol Test

To‘y o‘tadi, hayot esa davom etadi

Hozirgi kuzatishlar natijasiga qaraganda, koʻpchilik ota-onalar farzandlarini oilali qilish maqsadida mol-dunyo va sep yigʻadilar, sovchilik, qudachilik bordi-keldilarini qiladilar va kattaroq toʻy qilish bilan oʻz burchlarini ado etgan boʻlib, erkin nafas oladilar. Ammo eng muhim masalalardan biri boʻlgan narsa - qizlarini kelinlikka, oʻgʻillarini kuyovlikka tayyorlash eslaridan chiqib qoladi. Ming afsuski, koʻpchilik yoshlar goʻshangaga oila, er-xotinlik hayoti, ularning oʻzaro munosabatlari, haq-huquqlari hamda burch va masʼuliyatlari haqidagi dinimiz taʼlimotlaridan bexabar holda kiradilar.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Oʻn dirhamdan boshlanadigan hurmat

Alloh azza va jalla mahrni ayol-qizlarning qadrlarini oshirish, ularning oʻz ota-onalari, tugʻilib oʻsgan oilalarini tashlab, yolgʻiz oʻzi boshqa tarafga borib, yangi oila qurishga koʻrsatgan jasoratlarini taqdirlab joriy qilgan. Oʻziga turmush yoʻldoshi boʻlayotgan shaxsdan, hali birga boʻlmasdan turib, maʼlum miqdorda mulkni qabul qilib olgan kelinda oʻziga boʻlgan ehtirom tuygʻulari joʻsh uradi. Ham kelinda, ham uning yaqinlarida kuyovga nisbatan ishonch kuchayadi. Kelajakda kelinning moliyaviy taʼminoti oʻz joyida boʻlishiga nikohda koʻzlari yetadi. Shu boisdan ham, kuyov tarafdan himmatsizlikka yoʻl qoʻyilmasligi uchun mahrning oʻzi belgilab qoʻyilgan. Oʻta oz mahr ila kelinning izzat nafsiga tegmaslik uchun oʻn dirhamdan oz mahr boʻlmasligi shariatda taʼkidlangan.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Nikoh oʻqitish...

Mazkur muqaddas aloqaning mohiyatini, negizini va asosini ushbu bobda zikri kelayotgan «nikohlanish», bizning urfimizda «nikoh oʻqitish» deb ataladigan marosim tashkil etadi. Baʼzi odamlarning bilimsizligi va beparvoligi oqibatida aynan oila qurishning javhari boʻlgan mana shu ishni unutib qoʻyadiganlar ham yoʻq emas.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Unashtirilganlar ham begona sanaladi

Agar sovchi qoʻyilgan ayol yoki uning valiysi tomonidan mazkur sovchilikka rozilik javobi berilsa, unashtirilgan boʻladi.

Unashtirish ikki tomondan oila qurish uchun berilgan vaʼdadir. Bu narsa ham uylanish, er-xotin boʻlish emas. Shuning uchun ham unashtirilgan ikki kishi bir-biriga ajnabiy - begona holida turadilar. Ular «unashtirib qoʻyildik», deb xilvatda yolgʻiz qolishlari, bir-birlari bilan er-xotindek muomalada boʻlishlari mutlaqo mumkin emas, faqat nikoh aqdidan keyingina er-xotin boʻladilar.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Kimni Alloh soliha ayol bilan rizqlantirgan boʻlsa

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni Alloh soliha ayol bilan rizqlantirgan boʻlsa, batahqiq, unga dinining yarmiga yordam beribdi. (Endi) ikkinchi yarmida Allohga taqvo qilsin», dedilar».

Tobaroniy va Hokim rivoyat qilganlar.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub «Baxtiyor oila» kitobi

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Navbatdagi testlar «Bahtiyor oila» kitobidan boʻladi

«Hilol Test»
sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.

Ertadan ushbu roʻyxatdagi 10-kitob – «Baxtiyor oila» kitobidan testlar joylanadi.

Kitobni qayerdan topish mumkin?

Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:

✍️ «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
✍️ hilol.uz saytidan;
✍️ «Hilol eBook» ilovasidan.

Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊

📖 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

🥳 Qurbon hayitiga maxsus chegirmamizning bugun soʻnggi kuni

Shayx hazratlarining 60 ta elektron va 40 ta audiokitoblariga 50% chegirma eʼlon qilgan edik, bugun oxirgi kun.

Bu – ilm va hikmatni arzonroq narxda olish uchun ajoyib imkoniyat.


📚 Chegirma «Hilol eBook», «Tafsiri Hilol», «Тафсир Хилал», «Oltin silsila» va «Odoblar xazinasi» ilovalarida amal qiladi.

📱 «Hilol eBook» ilovasini yuklab oling

📖 «Tafsiri Hilol» ilovasini yuklab oling

😀 «Тафсир Хилал» ilovasini yuklab oling

📖 «Oltin silsila» ilovasini yuklab oling

📲 «Odoblar xazinasi» ilovasini yuklab oling

👉 Kitob xarid qilish boʻyicha qoʻllanmalar

Chegirma bugun 23:59 gacha amal qiladi. Foydalanib qoling.

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

🟢🟢🟢🟢🟢

🔥 Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan e’lon qilingan chegirmaning oxirgi kuni

☢️ Chegirmadagi kitoblar bilan tanishing:

🤍 «Chumolilar saltanati» 8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bola – odobi bilan aziz»8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bola – odobi bilan aziz» (audio)8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Virtual olam oʻsmirlari» (jinoyat sari)5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam bolalari»5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam bolalari» (audio) – 5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam oʻsmirlari» (illat sari)5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Nabiramga maktublar» 6 000 - 3 000 soʻm
🤍 «Yigitki, shunday boʻlsa» 6 000 - 3 000 soʻm
🤍 «Champo otli ilon»8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bolalik va oʻsmirlik koʻchalari»10 000 - 5 000 soʻm
🤍 «Ahmad amakining saboqlari»4 000 - 2 000 soʻm
🤍 «Kundalik odoblar»3 000 - 1 500 soʻm
🤍 «Alvido... bolalik» 8 000 - 4 000 soʻm


Chegirma bugun 23:59 gacha amal qiladi. Foydalanishga ulgurib qoling. Zero, ulugʻlar
«Yaxshi kitobni uchratsangiz, hozir mutolaa qilmasangiz ham sotib olavering»,

deyishgan ekan.

🟢 Yaqinlarga ulashib qoʻyamiz

* Chegirma bugun 23:59 gacha amal qiladi.


Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Muallimlarning odoblari

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:


«Ey Allohning Rasuli, hammajlislarimizdan qay biri yaxshi?» deyildi.
«Koʻrinishi sizga Allohni eslatadigan, gapi amalingizni ziyoda qiladigan va amali sizga oxiratni eslatadigan kishi», dedilar».

Abu Yaʼlo rivoyat qilgan.

Ilmni mustahkam egallash.

Uning nozik joylarigacha va magʻzigacha yetib borish. Ilmning bir qismi yoki qobigʻi bilangina kifoyalanib qolmaslik zarur.

Hilm, viqor, shoshmaslik va bagʻrikenglikni lozim tutish.

Zotan, bu sifatlar ilmning ziynatidir.

Johillarning jafosiga, hasadchilarning hasadiga, boʻhtonchilarning igʻvosiga va dushmanlarning adovatiga sabr qilish.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Muallimning haqlarini ado qilish odobi

Dars boshlanishidan bir oz muddat oldin hozir boʻlish.

Sheriklariga va muallimlarga ochiq yuz bilan salom berish.

Umumiy nizomga amal qilish, tashqi koʻrinishni va oʻzini tutishni goʻzal qilish.

Kundalik mashgʻulotlar uchun kerakli kitob, daftar, qalam kabi narsalarni kamchiliksiz hozir qilish.

Darsda diqqat bilan ishtirok etish.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Mebel va boshqa kerak narsalarni olgani pulimiz yoʻqligidan begona yurtlarda shu holga tushib yuribman...

Fargʻonada tugʻilib, oʻsib, Moskvaga turmushga chiqqan tatar millatiga mansub ayol oʻsha tarafda umumiy hojatxonada farroshlik qilayotgan ayollarimizdan birini koʻrib, unga achinib, nima uchun bu holga tushib qolganini soʻrabdi. Javob har qanday odamni larzaga soladigan darajada boʻlibdi. «Qizimni turmushga uzatishimiz kerak. Mebel va boshqa kerak narsalarni olgani pulimiz yoʻqligidan begona yurtlarda shu holga tushib yuribman», debdi ayol.

Oʻsha ayolning bu holga tushishiga sabab boʻlgan bosh aybi qiz tugʻib, qiz boqqanidir. Agar onasining bunday holga tushishiga sabab boʻlgan oʻsha farzand qiz emas, oʻgʻil boʻlganida onasi kelin tarafdan «importniy» mebel va choyshab talab qilgan holda uyida gerdayib oʻtirgan boʻlar edi. Agar imkonini topsa, kelin tarafdan oʻgʻliga «mahr» ham talab qilgan boʻlardi.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Uy jihozlash – kimning bo‘ynida?

Barcha faqihlar kelin tushadigan uyni jihozlash va kelinning sepi kuyovning zimmasida ekaniga ittifoq qilganlar. Er kelin tushadigan uyni ikkovlari yashashlari uchun muvofiq va loyiq ravishda jihozlashi shart. Undagi koʻгра-toʻshak, qozon-tovoq, gilamlar - barcha narsalar kuyov tomonidan olib berilgan kelinning mulki hisoblanadi. Kuyov ulardan oʻz mulki sifatida foydalanishga haqli emas.

Hanafiy mazhabida uy jihozlarini tayyorlash xuddi ayolga nafaqa va kiyim berish kabi erga vojibdir.

«Mahr» deb berilgan narsaning sepga hech aloqasi yoʻq. Chunki mahr sep va jihoz sotib olish uchun emas, kelindan huzurlanish muqobiliga beriladigan narsa.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Mahr: Hurmat, mas’uliyat va farz amal

Aqdi nikoh boʻlishi bilan mahr berish vojib boʻladi, agar qovushmay turib ajrashadigan boʻlsalar ham.

Berilganda ham, kuyov tomonidan chin qalbdan chiqarib berilishi talab etiladi va mahr kelinning shaxsiy mulki boʻladi. Bu sharʼiy hukm kelinlarni hurmatlash, taqdirlash va erkalashning muhim bir koʻrinishidir.

Mahr berish farz amal hisoblanadi. Hatto shundayki, kelin-kuyov oʻzaro kelishib, ikkimiz ham rozimiz, bu hukmga amal qilmay qoʻyaveramiz, deyishga ham imkonlari yoʻq. Agar bilimsizlik oqibatida yoki boshqa sabablarga koʻra mahr belgilanmay, nikohlanib ketgan boʻlsalar ham, keyin baribir mahr berilishi kerak.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Muhabbat tanlovi ota-onaning roziligisiz to‘liq bo‘la oladimi?

Hozirgi paytda yosh yigit-qizlar oʻzlari topishib olgan shaxs bilan oila qurishni moda qilib olishga harakat qilishlari koʻpayib borayotganligi maʼlum. Bu maʼnoda oilalarda kelishmovchiliklar chiqayotganligi ham sir emas. Oʻgʻil-qizlarini oq qilganlar yoki qilmoqchi boʻlayotganlar ham oz emas.

Ota-ona bolani tugʻib, boqqan, yuvib-taragan, tarbiya qilib, oʻstirgan, tunlarni bedor oʻtkazgan, turli mashaqqatlarni chekkan. Bu ishlarning hammasi katta boʻlganda undan yaxshilik koʻrish niyatida qilingan. Ammo bola katta boʻlib, voyaga yetishi bilan birovni yoqtirib qolib, u bilan oila qurmoqchi boʻlmoqda va oʻzining ushbu ishi bilan ota-onasining irodasiga qarshi chiqmoqda, ular bilan janjal qilmoqda, ularning «oq qilaman», degan gapiga ham eʼtibor bermoqchi emas.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Kuyov va kelinlikka nomzodlar uchun nikohdan oldingi 4 muhim tavsiya

Kelinlik va kuyovlikka nomzodlar nikohdan oldingi uchrashuv va boshqa munosabatlarda rioya qilishlari lozim boʻlgan narsalar quyidagilardan iborat:

1. Ikkovlari bir-birlariga nomahram ekanliklarini unutmasliklari zarur.

Chunki asli mahram boʻlmagan ikki jinsdagi shaxsning nikohdan boshqa narsa mahram qila olmaydi, jumladan, sovchilik qilish va unashtirish ham.

2. Ikkovlari uchrashmoqchi boʻlsalar, faqat mahramlarining ishtirokida uchrashishlari shart.

3. Ikkovlari uchrashganda qoʻl berib koʻrishishlari mutlaqo mumkin emas.

4. Nikohdan oldin ikkovlari xoli qolishlari mutlaqo mumkin emas.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Hadya oldi-berdisi kishilar orasidagi turli koʻngil gʻashliklarini koʻtaradi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Oʻzaro hadya beringlar, chunki hadya koʻngildagi gʻashlikni ketkazadi», dedilar».

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar.

Darhaqiqat, hadya oldi-berdisi kishilar orasidagi turli koʻngil gʻashliklarini koʻtaradi. Birov boshqa bir kishiga koʻnglida hiqdu hasadi boʻlmagandagina hadya beradi. Hadya olgan esa, agar koʻnglida baʼzi bir narsalar boʻlsa ham chiqarib yuboradi. Bu yerda hadyaning katta qiymatga ega boʻlishi shart emas.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

🌟 Sunnatlardan biri nikohdir

Alloh taoloning barcha Anbiyo alayhimussalomlarini birlashtirib turuvchi sunnatlardan yana biri nikohdir. Bu ish eng muhim sunnatlardan hisoblanmaganida Alloh taolo uni hamma Paygʻambarlariga ravo koʻrmas edi. Bu esa oʻz navbatida nikohga alohida ahamiyat berish lozimligini bildiradi.

Hanafiy mazhabining eng yirik ulamolaridan boʻlgan Ibn Obidin rahimahulloh aytadilar: «Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda oxiratda jannatda ham davom etadigan amal ikkitadir: iymon va nikoh».


📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Rasullarning Sunnatlari – To‘rtta Buyuk Fazilat

Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayh vasallam: «Toʻrt narsa Rasullarning sunnatlaridan: hayo, xushboʻy sepish, misvok va nikoh», dedilar».

Ahmad va Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilganlar.

📖 «Baxtiyor oila» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

🌟 «Baxtiyor oila» – oilaviy saodat manbayi


«Hilol eBook» ilovasiga joylangan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Baxtiyor oila» elektron va audiokitobi 50% chegirmada

💍 Kitobda insonga ikki dunyo saodati yoʻlini koʻrsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, taloq, idda va shu kabi koʻplab dolzarb mavzular keltirilgan.

Ushbu kitob oilaning har bir aʼzosi – farzand, ota-ona, kelin-kuyov, qaynota-qaynona uchun birday manfaatli boʻladi.

👉 «Baxtiyor oila» kitobini chegirma narxda sotib oling:
📱 Elektron kitob14 000 - 7 000 soʻm
🎧 Audiokitob 10 000 - 5 000 soʻm

📖 Ilovani yuklab olish

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

3️⃣ 🔤🔤🔤🔤 vaqtingiz qoldi

🤍 Chegirmadan hali ham foydalanmagan boʻlsangiz, shoshiling.

Shayx hazratlarining 60 ta elektron va 40 ta audiokitoblariga eʼlon qilingan 50% chegirma yakuniga yetmoqda.

📚 Quyida chegirmadagi kitoblar bilan tanishing:

📱 «Hilol eBook» ilovasini yuklab oling

📖 «Tafsiri Hilol» ilovasini yuklab oling

😀 «Тафсир Хилал» ilovasini yuklab oling

📖 «Oltin silsila» ilovasini yuklab oling

📲 «Odoblar xazinasi» ilovasini yuklab oling

👉 Kitob xarid qilish boʻyicha qoʻllanmalar

Chegirma bugun 23:59 ga qadar amal qiladi.
Shu narxlarda olish imkoniyati yana bo‘ladimi – noma’lum.
Agar imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, shoshiling. 😊

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

🎉 Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

📣 Bolajonlarga moʻljallangan kitoblar «Hilol eBook» ilovasida 50% chegirmada

🤩 «1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «Hilol eBook» ilovasidagi bolajonlar uchun moʻljallangan kitoblarga chegirma eʼlon qildik.

☢️ Chegirmadagi kitoblar bilan tanishing:

🤍 «Chumolilar saltanati» 8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bola – odobi bilan aziz»8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bola – odobi bilan aziz» (audio)8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Virtual olam oʻsmirlari» (jinoyat sari)5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam bolalari»5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam bolalari» (audio) – 5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Virtual olam oʻsmirlari» (illat sari)5 000 - 2 500 soʻm
🤍 «Nabiramga maktublar» 6 000 - 3 000 soʻm
🤍 «Yigitki, shunday boʻlsa» 6 000 - 3 000 soʻm
🤍 «Champo otli ilon»8 000 - 4 000 soʻm
🤍 «Bolalik va oʻsmirlik koʻchalari»10 000 - 5 000 soʻm
🤍 «Ahmad amakining saboqlari»4 000 - 2 000 soʻm
🤍 «Kundalik odoblar»3 000 - 1 500 soʻm
🤍 «Alvido... bolalik» 8 000 - 4 000 soʻm

Farzandlaringizga ushbu kitoblarni sovgʻa qiling – taʼtil mazmunli va foydali oʻtsin. 😊

🟢 Yaqinlarga ulashib qoʻyamiz

* Chegirma 3-iyun 23:59 gacha amal qiladi.


Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Muallimlarning odoblari

Muallimning odoblaridan yana biri oʻzi mutaxassis boʻlgan ilmdan boshqa ilmlarni qoralamaslikdir.

Haqiqiy olim talabalarni barcha foydali ilmlarga targʻib qiladi. Hamma darslarni birdek oʻzlashtirishga chorlaydi.

Muallim oʻz talabasini qoʻliga topshirilgan omonat deya bilishi zarur.

Haqiqatdan ham har bir talaba ota-onasi va jamiyat tomonidan ustozning qoʻliga topshirilgan buyuk omonatdir. Bu borada ustozning zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklatilgan boʻladi. Ustoz talaba shaxsiyatining shakllanishi, fikrlarining oʻsishi, nafsining tarbiyalanishi, ilm olishi, maʼrifat hosil qilishi kabi bir qancha oʻta ahamiyatli narsalarda masʼuldir.

Muallim talabalariga goʻzal insoniy sifatlarda, odob-axloqda, ilm-maʼrifatda, muomalada, hayotning barcha sohalarida jonli namuna boʻlishi lozim.

Taʼlim beruvchi ustoz rioya qilishi lozim boʻlgan odoblarning asosiy qismi mana shulardir.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

«Tafsiri Hilol» kitobi asosida oʻtkazilayotgan tanlovga qatnashyapsizmi?

13-may kuni «Hilol dasturlari» jamoasi navbatdagi tanlovni eʼlon qilgan edi. Tanlov shartiga ko‘ra, «Tafsiri Hilol» kitobining 30-juzi 15 kun davomida (27-maygacha) o‘qib chiqiladi va 28-may kuni soat 14:00 da kitob mazmuni bo‘yicha onlayn test @hiloltanlovbot botida o‘tkaziladi.

Test natijalariga ko‘ra eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ladilar:

🥇 1-oʻrin – «Islom tarixi» (1–2-kitoblar)
🥈 2-oʻrin – «Baxtiyor oila» hamda «Hilol eBook» ilovasidagi Shayx hazratlarining istalgan kitobi
🥉 3-oʻrin – «Olam va odam, din va ilm» hamda «Hilol eBook» ilovasidagi Shayx hazratlarining istalgan kitobi
🏅 4–10-oʻrinlar – «Hilol eBook» ilovasidagi Shayx hazratlarining kitoblaridan biri

Ilm yo‘lida bellashamiz, savob sari olg‘a. 😊

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Muallimning haqlarini mukammal tarzda ado qilish

Hazrati Ali roziyallohu anhu muallimning mutaallimdagi haqlari toʻgʻrisida quyidagilarni aytganlar: «Qavmga umumiy salom berib, unga alohida berishing. Uning qarshisida oʻtirishing. Huzurida qoʻllaring ila ishora qilmasliging. Koʻzingni undan boshqaga tikmasliging. Uning gapiga xilof gap aytmasliging. Uning oldida birovni gʻiybat qilmasliging. Uning qoqilishini istamasliging. Agar yoʻldan toysa, kechirishing. Alloh taolo uchun uni ulugʻlashing. Uning hojati boʻlsa, boshqalardan koʻra oldin xizmatiga intilishing. Uning majlisida biror kishi bilan sirlashmasliging. Uning kiyimini ushlamasliging. Unga malol keltirmasliging. Suhbatining choʻzilib ketganidan bezimasliging. U xuddi xurmo kabidir, undan tushadigan narsani poylab tur».


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel