Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
#foydali
Boshladik! 😊
✨ Roʻzaning foydalari (1-qism)
Roʻza Alloh taologa qilinadigan toat-ibodatdir. Roʻza tutgan banda had-hisobsiz ajr-u savoblarga ega boʻladi.
Bu ibodatni ado etgan banda jannatga «Rayyon» deb ataladigan alohida eshikdan kirish huquqini qoʻlga kiritadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
✨ «Moʻminning qalqoni» — mufassal roʻza kitobi
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hilolnashr
🟢 Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Tasavvur qiling, biror mashhur tabib sizga sogʻliq va ruhiy tinchlik uchun bebaho maslahatlar bersa, ularni eʼtiborsiz qoldirarmidingiz?
Alloh taolo buyurgan har kunlik namozni bizga qanchalik foydalari borligini sizlar bilan «Moʻminning meʼroji» kitobidan namozning foydalari deb atalgan sakkizta muhim maʼlumotlar orqali bilib oldik. Quyida mana shu maʼlumotlarni hammasini bir joyga jamladik.
Namozning foydalari:
1-qism
2-qism, davomi, yakuni
3-qism
4-qism
5-qism
6-qism
7-qism
8-qism, yakuni
Bu bilimlar sizga foydali boʻldimi? Siz namozning yana qanday foydalarini bilasiz?
🟢 Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring va yaqinlaringizga ulashing! Ular ham bundan manfaat olishsin.
@hiloltest
✨ Ramazonga tayyorgarlik
🟢 Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
Yaqinda «Mo‘minning meʼroji» kitobi asosida tayyorlangan testlarimiz o‘z nihoyasiga yetadi. Ushbu kitob orqali siz namozning mo‘min hayotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab yetdingiz, degan umiddamiz.
🔥 Endi esa, biz Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Mo‘minning qalqoni» kitobi asosida testlarni sizlaga taqdim qilishni boshlaymiz. Ushbu kitob ro‘za ibodatining fazilati, ahkomlari va mo‘min hayotiga olib keladigan ulkan savob va baraka haqida chuqur bilim beradi.
Ramazonni to‘laqonli tushunib kutib olishni xohlaysizmi? Siz uchun qiziqarli va foydali testlar tayyorlashda davom etamiz!
«Mo‘minning qalqoni» kitobi boʻyicha yana bir ajoyib yangiligimiz ham bor, bu haqda esa keyinroq maʼlumot beramiz, inshaalloh!Yangiliklarni o‘tkazib yubormang va biz bilan birga o‘rganishda davom eting.
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (7-qism)
Profilaktik tibbiyotda jismoniy harakatlarni kunning muayyan paytida bajarish, ovqatlanish, uyqu va dam olishni ham aniq rejim asosida yoʻlga qoʻyish oʻta muhimdir.
Namoz vaqtlari organizmda qon aylanishi va ishni jonlantirish uchun eng qulay va maqbul paytlardir.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (5-qism)
Bir kecha-kunduzda kamida besh mahal bajariladigan bir meʼyordagi tana harakatlari boʻgʻimlar, mushaklar va tomirlarni jonlantirib, artroz (artrit), osteoxondroz kabi kasalliklarning, xususan, boʻgʻimlarda tuz toʻplanishining oldini oladi.
Jismoniy mehnat bilan shugʻullanmaydigan odamlarda tomirlarda tiqin paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (3-qism)
Namoz oʻqiydigan kishining boshi muntazam egilib, koʻtarilib turishi sababli uning koʻzlarida qon aylanishi yaxshilanadi.
Shuning uchun ko'zning ichki bosimi oshmaydi, shohparda (koʻz muguzi) doim moʻtadil namlanib turadi. Bu esa katarakta kasalligining oldini oluvchi muhim omildir.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism, davomi bor)
Bir kunda boshini sakson marta yerga qo‘ygan insonning miyasiga muntazam ravishda ko‘p miqdorda qon oqib keladi. Miya hujayralarining qon bilan yaxshi to‘yinishi tufayli namoz o‘qiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi. Bunday kishilarning turmush tarzi sog‘lom bo‘ladi.
Dastavval ruku’da tananing teng yarmigacha egilgan bosh miyaga qon kelishi jonlanadi. Shu holatda biroz turgan kishi sajdadan avval rostlanib oladi. Bu bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlarni endigi bo‘ladigan kuchli qon oqimiga tayyorlaydi.
Endi namozxon egilib, tizzalariga cho‘kkalab, so‘ng boshini sajdaga qo‘yadi. Natijada qon bosimi baland bo‘lgan kishilar uchun ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘lmaydi.
Sajda holatida bosh miyaga katta miqdorda qon oqib kela boshlaydi. Shu holatda biroz turgach, inson darrov turib ketmay, avval biroz o‘tirib oladi. Bunday holatda birdan turib ketish qon bosimi past bo‘lgan odam uchun noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Endi namozxon ikkinchi marta sajdaga bosh qo‘yadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
Boshladik! 😊
1. Namozda bajariladigan harakatlar yengil, oson boʻlgani uchun yurakka zo'r kelmaydi(toliqtirmaydi) va kunning ma'lum bir vaqtlarida bajarilgani uchun insonni doimo tetik tutadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#iqtibos
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#hikmat
📖 Shunga oʻxshash 12 000 ta hikmatni «Hikmatlar» ilovasida oʻqing
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#muallif
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
👋 Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar!
🤩 «Hilol Test» kanali faoliyatini yana davom ettiradi.
Sizlarni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining bebaho merosi asosida tayyorlangan testlar orqali bilimlar dengiziga yana bir bor shoʻngʻishga taklif qilamiz.
Bu yerdagi har bir test – savodxonlikni sinashning qiziqarli usuli. Har bir savol – yangi eshikning kaliti. Har bir javob ilm yoʻlidagi qadamlaringizning bir natijasidir.
Bizdan uzoqlashmaganingizdan mamnunmiz! 😊
❓ Bilim olamida oʻzingizni yana bir bor sinab koʻrishga tayyormisiz?
@hiloltest
#maʼlumot
📖 Yakunlangan «Moʻminning meʼroji» kitobidan namozning foydalari haqida tanishib chiqqan edik.
🔥 Endi esa «Moʻminning qalqoni» kitobidan roʻzaga doir foydali maʼlumotlarni ulashib boramiz, inshaalloh!
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning qalqoni» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 5-kitob – «Moʻminning qalqoni» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilolnashr.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#foydali
✨ Namozning foydalari (8-qism yakuni)
Musulmon kishining iymonni oziqlantirib, kuch berib, yangilab turadigan narsa namozdir, ibodatdir. Ularsiz iymon qalbning bir chetida qarovsiz qolib soʻnadi, maʼnosiz, soxta, taqlidiy bir narsaga aylanadi. Ana shunday «iymoni»ga ishonib, «qalbim pok» deya namozini tark etganlar qurib qolgan choʻpni gul deb koʻtarib yurgan kimsaga oʻxshab qoladilar.
Iymonimizni ibodat bilan bezab, foniy dunyodagi umrimizni Allohga qullikda, itoatda, ibodatda oʻtkazish fursati allaqachon yetgan. Shunday boʻlgach, Allohdan tavfiq soʻrab, barchalaringizni eng ulugʻ ibodat boʻlmish namoz oʻqishni oʻrganishga, uni mukammal ado etish uchun intilishga chorlaymiz.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (8-qism, davomi bor)
Namoz uyquni tartibga solishning eng mukammal nizomidir. Mutaxassislar oʻtkazgan tadqiqotlarning natijasiga koʻra, namoz yordamida tanada toʻplanib qoladigan statik elektr zaryaddan ham xalos boʻlish mumkin ekan.
Tanamizdagi bunday zaryad sajda paytida yerga yoki tahorat paytida suvga yoxud tayammum paytida tuproqqa tekkanimizda yerga uzatilar ekan. Namozdan soʻng tetiklashib, oʻzimizni bardam sezishimizning sababi qisman mana shu hikmatga ham bogʻliq ekan.
Namozning bunday manfaatlaridan toʻliq foydalanish uchun uni vaqtida ado etish bilan birga poklikka, toʻgʻri va meʼyorda ovqatlanishga, parhezga, yeydigan ozuqamizning pokiza va halol boʻlishiga ham gʻoyatda eʼtiborli boʻlishimiz lozim.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (6-qism)
Vujudning salomatligi tananing tozaligiga bogʻliqdir. Namoz uchun shart boʻlgan tahorat va gʻusl poklikning ayni oʻzidir. Binobarin, namoz ham moddiy, ham maʼnaviy poklikdir.
Badanni ham, ruhni ham poklamay turib, namoz oʻqib boʻlmaydi. Natijada namozning barcha shartlarini ado etgan kishi ruhan pok, jisman tetik boʻladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (4-qism)
Namozdagi izometrik harakatlar oshqozondagi ozuqaning yaxshilab aralashishiga va uning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi, safroning (oʻt suyuqligining) oʻt pufagida toʻplanib qolmay, bir meʼyorda ajralib chiqishiga, oshqozon osti bezining ravon ishlashiga imkon berib, qabziyatning (ich qotishining) oldini oladi.
Namozdagi kundalik muntazam harakatlar natijasida buyrak, peshob yoʻllari, qovuq va toʻgʻri ichakning doimiy chayqalishi, holatining oʻzgarib turishi natijasida boʻshanishning bir meʼyorda boʻlishi taʼminlanadi va bu aʼzolarda tosh hosil boʻlishining oldi olinadi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism yakuni)
Namozning qon aylanish tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirlaridan yana biri tashahhud o‘qilayotgan holatda kuzatiladi. Hozirgi zamon tibbiyotining aniqlashicha, tashahhud holatida o‘tirgan holda son arteriyalarining biroz siqilib, keyin bo‘shatilishi natijasida ichki organlar, birinchi navbatda, yurak va miya qon bilan qo‘shimcha ta’minlanar ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, oddiy holatda organizmdagi qon tashuvchi kapillyarlarning (mayda qon tomirlari) 30 foizigina ochiq turar, son arteriyasi bir siqib, qo‘yib yuborilganda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar ortar ekan. Demak, shu holatdan so‘ng ichki a’zolarga ikki marta ko‘proq qon yetkazib berilar ekan.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Namozning foydalari (2-qism, davomi bor)
Bosh miyani qon bilan ta’minlovchi tomirlar ikkinchi marta to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Shundan keyingina namozxon o‘rnidan turib, qad rostlaydi. Mana shu harakatlar natijasida paydar-pay katta miqdordagi qonni uzatib turgan tomirlar egiluvchan, tarang bo‘ladi. Bunday mashqlarni yillar davomida har kuni, muayyan vaqtlarda bajarib turgan tomirlar chiniqib, elastik holatda bo‘ladi, ichida tiqinlar hosil bo‘lmaydi.
Shu yerda «Namoz o‘qiydigan odamlarda ham qon bosimi, ayniqsa, bosh chanog‘ining ichki bosimi uchrab turadi-ku», degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Albatta, har qanday dardni Alloh taoloning O‘zi beradi. Biroq bunday dardlar yoshligidan namoz o‘qib kelayotgan, sajdada uzoqroq turadigan namozxonlarda kamroq uchrashi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Buning ustiga, tahorat paytida bo‘yinga mas’h tortilganda ham bo‘yin mushaklarida qon yurishi tezlashadi, namoz so‘nggidagi ikki tomonga salom berish paytida esa bo‘yin tomirlari umurtqa pog‘onasining bo‘rtiqlari tomonidan biroz uqalab turiladi.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
Ko‘p o‘qishdan ko‘ra diqqat bilan o‘qish muhimroq. Nimani qanday o‘qishni bilgan odam uchun aslida kichik kutubxona ham kifoya qiladi.
Ilmiy kitoblarni tajribali kishilar bilan maslahatlashgandan so‘ng o‘qigan afzal. Duch kelgan kitobni o‘qishdan ko‘ra tavsiya etilgan kitoblarni o‘qish ko‘proq samara beradi.
Kishi o‘qilgan bilimlarni boshqalarga o‘rgatishga kirishishdan oldin, ular bilan avvalo o‘z hayot yo‘lini yoritmog‘i kerak.
📖 «Hammasi kitob haqida» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
#foydali
Agar namozda qancha foyda borligini bilganingizda
Islom dini salomatlikka eng yuksak ahamiyat bergan dindir. Shu bois boʻlsa kerak, dinimiz ibodatlarning eng ustuni boʻlmish namozni umrimizning soʻngiga qadar oʻqishimizni buyurgan.
Namoz oʻqigan odam bu goʻzal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qoʻshimcha ravishda dunyo hayotining oʻzida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham, albatta, erishadi.
Sahifamizda namozning inson salomatligiga keltiradigan foydalari haqida maʼlumot berib boramiz, inshaalloh. Bizni kuzatishda davom eting. 😊
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
❓ Misvokning foydalarini bilasizmi?
Olimlar misvok uchun ishlatiladigan daraxt shoxlarini kimyoviy tahlildan oʻtkazib, aql bovar qilmaydigan xossalari va afzalliklarini aniqladilar hamda hadisi sharifning ilmiy moʻjizalariga yana bir karra tan berishga majbur boʻldilar. Kuzatish va tadqiqotlar natijasiga koʻra, misvok inson organizmida qon quyulishining oldini oluvchi va turli bakteriyalarni yoʻqotuvchi toza va xushboʻy moddalarga boy ekan. Ilmiy izlanishlarning xulosasi shu boʻldiki, arok daraxtida mavjud moddalar hozirgi tish tozalash maʼjun (pasta)larining hammasidan koʻra tish va sogʻliq uchun foydaliroq ekan. Aniqrogʻi, uning tarkibidagi foydali moddalar hech qaysi tish pastasida uchramaydi.
Zamonaviy tibbiyot ilmi xulosasiga koʻra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:
1. Tarkibida ftor moddasi boʻlgan misvok tishlarning yemirilishi (kariyes) oldini oladi.
2. Misvok xlor moddasiga ega boʻlgani uchun tishlardagi turli rang, kir, dogʻlarni ketkazadi.
3. Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.
4. Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.
5. Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlarning sogʻlomligini taʼminlaydi.
6. Eng asosiysi sigareta va nos chekishni tashlovchilarga yaxshi yordam beradi.
Misvok ishlatishning afzal vaqtlari:
- Tahorat vaqtida;
- Namozdan oldin;
- Qurʼon qiroatidan avval;
- Ovqatdan keyin yoki taom qoldigʻi sababli ogʻiz hidi oʻzgarganda;
- Uzoq sukut yoki koʻp gapirgandan soʻng;
- Uyquga yotishdan oldin;
- Uyqudan uygʻongan mahal;
- Biror manzilga kirish yoki ahliga yoʻliqishdan avval;
- Oʻlim talvasasi va Alloh huzuriga rihlat qilayotgan mahalda.
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
Jamoat bilan oʻqilgan namozning savobi yolgʻiz oʻqilgan namozdan 27 barobar ortiqdir
#maʼlumot
📖 «Moʻminning meʼroji» kitobi haqida
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning me'roji» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 4-kitob – «Moʻminning me'roji» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢«Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 kitoblardunyosi.uz saytidan;
🟢«Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Amallar niyatga bogʻliqdir» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 3-kitob – «Amallar niyatga bogʻliqdir» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
💩 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
💩 kitoblardunyosi.uz saytidan;
💩 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz