Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
#maʼlumot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub «Yolg‘on» kitobi
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj musulmonning ixlosini imtihon qiluvchi masʼuliyatli ibodatdir
Haj sihatgoh yoki hordiq chiqarish uyida rohatlanib dam olish kabi ish emas. U musulmonning irodasini, ixlosini, taqvosini, iymonini imtihon qiluvchi masʼuliyatli va mashaqqatli ibodatdir.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing!
@hiloltest
✨ Haj safarida vafot etgan odam
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim haj safariga chiqib, vafot etsa, qiyomat kunigacha unga haj qiluvchining ajri yozilib turadi.
Kim umra safariga chiqib vafot etsa, qiyomat kunigacha unga umra qiluvchining ajri yozilib turadi».
Abu Yaʼlo rivoyat qilgan.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj safariga chiquvchiga tavsiyalar (davomi bor)
20. Ikki rakʼat namoz oʻqib yo‘lga chiqishi;
21. Uydan chiqib ketayotgan paytda odamlar bilan qoʻl berib so‘rashib, ulardan haqqiga duo qilib turishlarini so‘rashi;
22. Boshqalarning ham haj qilishga ketayotgan kishidan duo qilishini so‘rashlari;
23. Kuzatuvchi ham, safarga ketuvchi ham oʻz duolarini oʻqishlari;
24. Safar duosini oʻqishi;
25. Safar davomida qayerga tushsalar, o‘sha joyda ikki rakʼat namoz oʻqib olishi (mustahab);
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj safariga chiquvchiga tavsiyalar (davomi bor)
7. Bola-chaqalarini hotirjam qilib safar qilishi;
8. Qarzlarini ado qilib safarga chiqishi;
9. Solih kishilar bilan safar qilishi;
10. Hajning farz va vojib masalalarini yaxshilab oʻrganib olishi;
11. Oʻzi bilan haj kitobini olishi;
12. Safarga tijorat maqsadlarini aralashtirmay, xolis ibodat maqsadida safar qilishi;
13. Riyo va shuhratparastlikdan oʻzini yiroq tutishi;
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (8-qism)
Ayol kishiga mahram boʻlishi shart. «Mahram» deganda eri hamda nikohi abadiy harom boʻlgan boshqa erkak qarindoshlari tushuniladi. Chunki haj mashaqqatli safar, unda turli holatlar, qiyinchiliklar sodir boʻladi.
Shunday paytda ayol kishining yolgʻiz oʻzi qiynalishi turgan gap. Shuning uchun uning uzoq safarga borib-kelishida xizmatini qilishga va yordam ko‘rsatishga yaqin qarindoshlaridan biror erkak unga hamroh boʻlishi shart.
Mazkur shartlardan birortasi vujudga kelmasa, haj farz bo‘lmaydi. Haj farz bo‘lmagandan keyin uni ado etolmagan odamga hech qanday gunoh bo‘lmaydi. Shuni alohida takidlab aytish lozimki, haj umrda faqat bir marta farz boʻladi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (6-qism)
Hajni hukumat man qilmagan bo‘lishi shart. Yaʼni, hukumat dinga qarshiligi sababidan yoki boshqa biror sababdan hajni man qilgan boʻlsa, oʻsha mamlakat fuqarolariga ham haj farz emas.
Shuningdek, hukumat qamab koʻygan kishilar ham uzrli hisoblanadilar, ularga ham haj farz bo‘lmaydi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (4-qism)
4⃣ Qodir boʻlishi shart. Bu shartda asosan moddiy taraf mablagʻ koʻzda tutilgan. Haj farz boʻlishi uchun oʻzining va oilasining ehtiyojidan oshiqcha hajga borib kelishiga yetadigan mablagʻi boʻlishi kerak.
Qarz olib, hojati asliyasida boʻlgan uyini yoki mashinasini sotib hajga borishining hojati yoʻq. Alloh taolo hajni imkoni borlarga farz qilgan, imkoni yoʻqlar haj qilishmasa, gunoh bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, eng muhim shartlardan biri hajga sarf qilinadigan mablagʻ halol yoʻl bilan topilgan boʻlishi shart, harom puldan haj qilganlarning haji qabul qilinmaydi.
Paygʻambarimiz alayhissalom: «Albatta, Alloh taolo pokdir, pokdan boshqani qabul qilmaydi», deganlar.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (2 va 3-qismlar)
2⃣ Balogʻatga yetgan bo‘lishi shart. Hamma ibodatlar qatori haj ibodati ham balogʻatga yetmagan yosh bolalarga farz bo‘lmaydi. Yosh bolalarga gunoh yozilmaydi.
3⃣ Oqil boʻlishi shart. Shariatimiz aqlga asoslangan. Aqli yoʻq kishilarga taklif ham yoʻq.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodati
2⃣ Ma’lum makon. Makkayi mukarrama, Mino, Arafot, Muzdalifa kabi joylarda maxsus ibodatlarni ado etish lozim, ular boshqa joylarda qilinmaydi, qilingan taqdirda ham haj ibodati oʻrniga oʻtmaydi.
3⃣ Ma’lum ibodatlar. Bu ibodatlarga Ka’bai muazzamaning tavofi, Safo va Marva tepaliklari orasidagi sa’y, Arafotdagi vuquf, Muzdalifada turish, Minoda ma’lum kunlar turish va shaytonga tosh otish kabi bir qancha ibodatlar kiradi.
«Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari!
📚 Bu kitob orqali Islomning besh ustunidan biri va har bir musulmonning hayotidagi eng ulkan ibodatlardan biri hisoblangan «Haj ibodati» haqida oʻrganamiz.
✅ «Moʻminning umr safari» kitobida hajning barcha jihatlari, uning farzlari, sunnatlari, odoblari, hajga tayyorgarlik va amaliy tavsiyalar, ayollar uchun hajga alohida ko‘rsatmalar va yana koʻplab qimmatli bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Yangi bilimlarni birgalikda oʻrganishga tayyormisiz? 😊
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning umr safari» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 6-kitob – «Moʻminning umr safari» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilol.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
✨ Zakot beruvchining vazifalari (6-qism. Yakuni)
3⃣ «Neʼmat berish yolgʻiz Alloh taoloning Oʻzidan boʻladi», degan eʼtiqoddagi odam boʻlishi. Bunday odam rizqqa sabab boʻlgan narsalarga iltifot qilmaydigan boʻlishi lozim, chunki bir narsani olganda madh qilishga odatlangan shaxs ololmay qolganda uni yomonlashi turgan gap.
4⃣ Faqirligini yashiradigan, hojatmandligini bekitadigan va oshkora shikoyat qilmaydigan boʻlish. Alloh taolo: «...iffatlari tufayli bilmagan kishi boy deb oʻylaydiganlar», deb vasf qilganiga oʻxshash boʻlsinlar (Baqara surasi, 273-oyat).
5⃣ Ayolmand, qarzga duchor boʻlgan, ogʻir kasallikka chalingan kishilar boʻlsin.
6⃣ Qarindosh-urugʻlardan boʻlsin, chunki ularga qilingan sadaqa ham sadaqa, ham silayi rahmdir. Kimda ushbu sifatlardan ikkitasi yoki koʻprogʻi jam boʻlsa, zakotni ana shunday odamga berish afzaldir.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Zakot beruvchining vazifalari (4 va 5- qismlar)
4⃣ Berayotgan narsasini kichik sanashi lozim chunki ishni katta sanagan odam u bilan faxrlanadi. Yaxshi ish uch narsa bilan: uni kichik sanash, tezlatish va sir tutish ila tugal boʻladi.
5⃣ Zakot beruvchi molidan eng halolini, eng yaxshisini va oʻziga eng mahbubini chiqarsin. Haloliga kelsak, Alloh taolo pokdir, pokdan boshqani qabul qilmas. Yaxshisiga kelsak, Alloh taolo: «Infoq qilganingizda nopokni koʻzlamang», degan (Baqara surasi, 267-oyat).
Zakotga oʻzi uchun eng mahbub molni chiqarishga kelsak, Alloh taolo: «Oʻzingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz», degan (Oli Imron surasi, 92-oyat).
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Navbatdagi testlar «Yolgʻon» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 8-kitob – «Yolgʻon» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
✍️ «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
✍️ hilol.uz saytidan;
✍️ «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📖 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
@hiloltest
✨ Haj qanday qilinadi?
Abdurahmon ibn Ya’mur Diyliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Arafotda turganlarida u zotning huzurlariga bordim. Shunda Najd ahlidan bir guruhi kelib, bir kishiga buyurishgan edi, oʻsha odam u zotga: «Haj qanday (qilinadi)?» deb nido qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bir kishiga buyurdilar va u: «Haj! Haj Arafot kunidir. Kim Jamʼ (Muzdalifa) kechasining bomdod namozidan oldin kelsa, haji tugal boʻladi. Mino kunlari uchtadir. Kim ikki kunda shoshilsa, unga gunoh yoʻq. Kim kechga qolsa, unga ham gunoh yoʻq!» deb nido qildi».
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Hajarul asvad haqida
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Hajarul asvad jannatdan tushgan. U sutdan ham oq edi, uni odam bolasining xatolari qoraytirdi».
Termiziy rivoyat qilgan.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj safariga chiquvchiga tavsiyalar (yakuni)
26. Safar davomida Alloh taoloning zikrini qilib, ota-onasiga farzandlari va barcha musulmonlar haqqiga duo qilishi;
27. Safar davomida tortishish, dilozorlik va tilozorlik kabi narsalardan saqlanishi;
28. Barchaga halimlik bilan, xushmuomalada bo‘lishi;
29. Besh vaqt namozni imkoni boricha jamoat bilan ado qilishi;
30. Namozlarni oʻz vaqtida ado qilishi;
31. Sunnati ravotiblarni iloji boricha tark qilmasligi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj safariga chiquvchiga tavsiyalar (davomi bor)
14. Safar davomida oʻzini xokisor va tavoze bilan tutishi;
15. Zaruriy narsalarni sotib olish chogʻida sotuvchi bilan haddan ziyod tortishmasligi;
16. Haj safari davomida pul sarflashda xasislik qilmasligi;
17. Sheriklariga sarf-xarajat qilish toʻgʻri kelib qolsa, mamnuniyat bilan ularga sarf qilishi;
18. Uydan chiqib ketayotgan vaqtida sadaqa qilishi;
19. Safar davomida hojatmand odamlarga sarf qilaman deb oʻzi bilan ortiqcha mablagʻ olishi;
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Haj safariga chiquvchiga tavsiyalar (davomi bor)
Muborak haj safariga tayyorgarlik koʻrayotgan kishiga haj kitoblarida quyidagi ko‘rsatmalar beriladi:
1. Haj safariga otlanuvchi kishi oʻzidan ko‘ngli ranjigan kishilarning ko‘ngillarini ovlashi, ularni rozi qilishi;
2. Odamlar bilan muomalani toʻgʻrilashi;
3. Biror kishiga zulm qilgan boʻlsa, undan kechirim soʻrashi;
4. Biror kishining molini nohaq yeb qoʻygan boʻlsa, uni oʻziga yoki merosxo‘rlariga qaytarib berishi;
5. Barcha qilgan gunohlariga astoydil tavba qilishi;
6. Ota-onasini rozi qilib safar qilishi;
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (7-qism)
Yo‘lda omonlik bo‘lishi shart. Yaʼni yoʻlda hojining oʻziga ham, moliga ham hech qanday xavf-xatar boʻlmasligi kerak.
Alloh taolo bandalarini xavf-xatar ostiga qoʻyib ibodatga chorlamaydi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hilolt
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (5-qism)
5⃣ Sog‘-salomat boʻlishi shart. Baʼzi ibodatlar xuddi namoz kabi faqat badan ibodati yoki zakot kabi mol ibodati bo‘lsa, haj ham badan, ham mol ibodati hisoblanadi.
Hajni ado etish uchun haloldan topilgan mablagʻ zarur boʻlishi bilan birga, uning mashaqqatli amallarini bajarish uchun mustahkam sogʻlik ham kerak. Shu boisdan bemor yoki oʻta ojiz odamlarga haj farz bo‘lmaydi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
🟢🟢🟢🟢🟢
🎉 Hilol dasturlaridan Ramazon chegirmasini kutib oling!
🤩 «Tafsiri Hilol» va «Oltin silsila» ilovalarida barchasi 7000 soʻmdan;
«Odoblar xazinasi», «Qurʼon oʻqitish usullari» va «Hilol eBook» ilovalaridagi barcha elektron va audiokitoblarni atigi 3000 soʻmdan xarid qilishga ulgurib qoling!
📆 Chegirma bor-yoʻgʻi 15 kun, ya’ni 15-martdan 31-martgacha davom etadi! Barcha yaqinlaringizni chegirmadan boxabar qilib qoʻying.
⌛️ Shoshiling, Ramazon oyida ilm ulashishga ulgurib qoling!
👇 Murojaat uchun: @hilol_support_bot
📱 @hiloldasturlari
#foydali
✨ Haj ibodatining farzlari (1-qism)
1⃣ Hajga otlangan kishi musulmon boʻlishi shart. Musulmon boʻlmagan odamning haj qilishi u yoqda tursin, hatto Haramning chegarasidan kirishi mumkin emas.
Haj, Baytullohning tavofi va boshqa ibodatlar banda uchun ulkan sharaf. Bu sharaf faqat musulmonga ravo koʻriladi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Haj ibodati (Davomi bor)
«Haj» arabcha soʻz boʻlib, lugʻatda «Qasd qilish» ma’nosini anglatadi. Ulamolar ta’rifida esa, ma’lum vaqtda, ma’lum makonda, ma’lum ibodatlarni niyat bilan ado etish hajdir.
1⃣ Ma’lum vaqt. Hajning haj boʻlishi uchun albatta zulhijja oyining toʻqqizinchi kuni, ya’ni Arafa kuni boʻlishi kerak. Arafa kunidan boshqa hech qaysi kun bu kunning oʻrnini bosolmaydi.
Shuningdek, Muzdalifada turish, Minoda turish, shaytonga tosh otish, ifoza tavofi qilish, qurbonlik soʻyish kabi ibodatlar ham belgilangan vaqtlardagina bajariladi.
📖 «Moʻminning umr safari» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
«Moʻminning umr safari» – mufassal haj kitobi
@hiloltest
✨ Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
📚 «Mo‘minning najoti» – mufassal zakot kitobi bilan qilgan safarimiz ham oʻz nihoyasiga yetdi.
😌 Zakot nima ekanligi, uni kimlar berishi mumkinligi, zakot bergan insonning hayotida qanday barakalar borligi haqida ushbu kitob orqali biroz boʻlsa ham maʼlumot oldingiz degan umiddamiz.
Lekin taqdim etayotgan testlarimiz kitoblarning asl mazmunini to‘liq yoritishga yetarli emas. Shuning uchun kitobni qoʻlingizga olgan holda bu ilmni yanada chuqurroq o‘zlashtirishingiz mumkin. Kitobni qayerdan topish mumkinligi haqida ushbu xabarda maʼlumot berganmiz.
🔥 Tez orada sizlar bilan navbatdagi qimmatli kitob asosida tuzilgan testlarni birgalikda boshlaymiz, inshaalloh! Ilm olish yoʻlida biz bilan birga boʻlganingizdan mamnunmiz.
🟢 Sahifani yaqinlaringizga ham ulashing va bu ilm karvoniga qoʻshilishlariga hissa qoʻshing.
@hiloltest
✨ Zakot beruvchining vazifalari (6-qism. Davomi bor)
Sadaqasini berishga loyiq odam topish. Ularda quyidagi sifatlar boʻlishi kerak:
1⃣ Taqvo. Sadaqasini eng avvalo taqvodorlarga bergan afzal. Zakot beruvchi bu bilan ularning Alloh taologa boʻlgan himmatlarini ziyoda qiladi.
Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr obidlarning sajda qilib turgan paytlarini tanlar edi. Xaltaga solingan dinor va dirhamlarni olib kelib, ularga koʻrinmay xaltani qoʻyar, ularning kavushlari oldiga hamyonini qoʻyganini sezdirar edi, xolos. Unga: «Ularga sadaqani shunday berib yuboraversang boʻlmaydimi?» deyishgan edi, «Meni yoki vakilimni koʻrganda yuzlari oʻzgarishini xohlamayman», degan ekan.
2⃣ Ilmli boʻlish. Olimga mol-mulk berish ilm-irfonga, dinni targʻib qilishga yordamdir. Bu esa shariatni quvvatlashdir.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
✨ Zakot beruvchining vazifalari (3-qism)
Zakotini minnat va ozor bilan buzmaydi. Inson faqirga ehson qilayotganida minnat hosil boʻlishi mumkin.
Aslida esa uning zakotini olgan faqir kishi Alloh taoloning unga buyurgan haqini qabul qilib, unga yaxshilik qilayotgan, uning molini birovning haqqidan poklayotgan boʻladi.
Zakot beruvchi yaxshiroq oʻylab koʻrsa, uning zakot chiqarishi u bilan faqir oʻrtasidagi muomala emas, balki mol neʼmatiga shukrdir.
Shuning uchun faqir odam faqirligi uchun haqoratlanmasligi kerak, chunki fazl mol-mulkning borligi yoki yoʻqligida emas.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest