hiloltest | Unsorted

Telegram-канал hiloltest - Hilol Test

12276

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha

Subscribe to a channel

Hilol Test

Kiyim insonning doimiy hamrohi

Insonning kiyinishi uning ichki-maʼnaviy dunyosining sirtda aks etishidir, deyishimiz mumkin. Qaysi insonda uyat, hayo, or-nomus kabi tushunchalar boʻlsa, oʻsha inson oʻz obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qoʻzitmaydigan holatda kiyinadi.

Buning ustiga, kiyim-bosh insonning doimiy hamrohi boʻlgani uchun, unga taʼsir qilishi turgan gap. Misol keltiradigan boʻlsak, askarlarga oʻziga xos kiyim kiydirish hamma xalqlarda qadimdan odat boʻlib kelgan. Bu avvalo, askarlarga oʻz vazifasini ado etishda qulaylik tugʻdirsa, ikkinchidan, maxsus kiyim ularga taʼsir qilib, askarlik ruhini tutib turishda, kuchaytirishda ish beradi. Hatto oddiy odam askar kiyimini kiyib olsa, askarlarga oʻxshab shaxdam yurishga intilib qolishi ham shundan.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Ota-onaning hurmatini yuqori qoʻying

Ota-ona har bir inson uchun juda moʻtabar, eʼzozli, alohida ehtiromga loyiq kishilardir. Islom dini ota-ona kim boʻlishidan qatʼi nazar, ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyoda Islomchalik ota-onaning hurmatini yuqori qoʻygan boshqa biror taʼlimot, tuzum yoʻqdir.

Ota-ona moʻmin boʻlsa ham, kofir boʻlsa ham, kim boʻlishlaridan qatʼi nazar, ularga yaxshilik qilish musulmon farzandning burchidir. Ularning amrini bajarish ham farzandlikning eng muhim vazifasi hisoblanadi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Oddiy amal, beqiyos mukofot

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yo‘lda yurib ketayotib, tikanli shoxni ko‘rib qolibdi va uni yo‘ldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni mag‘firat qilibdi», dedilar».

Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nosaiy rivoyat qilganlar.

Bitta tikanli shoxni yo‘ldan olib tashlashning mukofoti qanchalar ulug‘ ekanini ko‘rdingizmi? Agar yo‘lning ozodaligi uchun, yo‘lovchilarga ozor beradigan narsalarni yo‘ldan olib tashlash uchun shox olib tashlashdan ham kattaroq ishlar qilinsa, mukofotlar ham kattalashib boraveradi. Hozirgi kunda mayda-chuyda narsalarni yo‘ldan olib, maxsus axlat idishlariga solib qo‘yish bilan birga, yo‘ldagi noqulayliklar haqida yo‘l xizmati ishchilari yoki muassasalariga xabar berib qo‘yish ham shunday savobli ishlardan hisoblanadi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Dam olish joylari va sayrgohlar ham jamoatchilik joylar odoblari

Oramizda shunday kishilar borki, oʻz uylarida, ish joylarida bu taʼlimotlarga ixlos bilan amal qilishadi-yu, jamoatchilik joylarida, jumladan, dam olish va sayrgohlarda bu narsaga beeʼtibor boʻlishadi. Qo‘llaridagi chiqindilarni duch kelgan tarafga tashlab, chiroyli joylarni bulgʻatishadi, oʻtirgan joylarini birpasda iflos qilishadi. Bunday maskanlardagi baʼzi dam oluvchilar qaytib ketishganidan soʻng, ortlaridan turli axlat-chiqindilar, ovqat qoldiqlari sochilib yotganini kuzatish mumkin.

😊 Aslida esa mazkur dam olish joylari va sayrgohlar ham jamoatchilik joyi, ularning pokligiga esa barcha barobar masʼuldir. Har kim oʻzi dam olgan joyni va sayr qilgan yerini pokiza tutishi lozim. Baʼzi holatlarda tozalashga ehtiyoj tugʻilib qolganda, yaxshilab tozalash ham kerak.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Imom Aʼzamning Abu Yusufga vasiyatlari

Imom Aʼzam rahmatullohi alayhi shogirdlari Abu Yusuf rahmatullohi alayhiga qilgan nasihatlarida bunday deydilar: «Koʻpchilik ichida faqat soʻralgan narsaga javob ber. Omma huzurida turganingda koʻp gapirishdan saqlan. Bunday majlislarda faqat ilm va maʼrifat bilan, ilmiy tilda, ommabop qilib soʻzla. Biron jamoat ichida boʻlsang, ovoz chiqarib kulishdan, hattoki ortiqcha tabassum qilishdan ham tiyil. Chunki seni mutakabbir, mansabi yoki ilmi bilan magʻrurlangan deb oʻylashlari mumkin. Turli majlis va ilmiy munozaralarda talashib-tortishishdan, bahslashishdan saqlan. Shuningdek, ikkilanib yoki qoʻrquv bilan soʻzlashdan ham tiyil. Soʻzlaganingda dadil boʻl, oʻzing ishonib, pishiq-puxta gapir. Maʼno va hikmat ila tinglovchilar qalbini zabt et!»


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Salomlashish odobi

Haqiqatan, har bir ota-ona farzandiga tarbiya-odob berar ekan, eng avvalo salomlashishni oʻrgatadi. Jahonda odobning bu jihatiga eʼtibor bermaydigan biror millat yoki xalq yoʻq. Bejizga dono xalqimiz «Gapning boshi – kalom, odob boshi – salom», demagan.

Biror notanish kishi bilan koʻrishib-tanishmoqchi boʻlsangiz, salom berishingiz bilan gap-gapga qovushadi, oʻrtadagi begonasirash, noqulaylik barham topadi. Hatto muxolifingizning huzuriga «Assalomu alaykum», (Sizga tinchlik-omonlik boʻlsin) deb kirsangiz, u jahlidan tushadi, keki yoʻqoladi, koʻngli sizga moyillashadi. Salomlashishning savobi, bunga beriladigan ajr-mukofotlar-ku, hammasini bosib ketadi.

Abdulloh ibn Abbos: «Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi barakotdir», deganlar. Xabarlarda kelishicha, eng yaxshi amal ochlarni toʻydirish va tanigan-tanimagan kishiga salom berishdir.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Kishi Islomining husni behuda narsalarni tark qilishidadir

Vaqtning qadriga yetgan odam uni foydasiz narsaga sarflamaydi. Chunki Alloh taoloning zikrini qoʻyib, keraksiz gap-soʻzlar bilan mashgʻul boʻlgan odam gavharni qoʻyib, tezakni olgan bilan barobardir. Bu esa umrni bekorga, befoyda oʻtkazishdir. Insonlar ortiqcha soʻzlashdan, behuda va fisq soʻzlarni aytishdan qaytarilgan. Paygʻambar alayhissalom ummatni qiyl-u qol (ortiqcha, bemaʼni soʻzlar)dan qaytarganlar (Imom Buxoriy).

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishi Islomining husni behuda narsalarni tark qilishidadir», dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Bola ota-onasi huzurida omonatdir

Bola ota-onasi huzuridagi omonat boʻlib, uning qalbi pokiza bir gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi. Agar yaxshilikka oʻrgatilsa yaxshi, odobli boʻlib oʻsadi. Buning savobiga esa ota-onasi va ustoz-murabbiylari ham sherik boʻladilar

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Navbatdagi testlar «Ijtimoiy odoblar» kitobidan boʻladi

«Hilol Test»
sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.

Ertadan ushbu roʻyxatdagi 9-kitob – «Ijtimoiy odoblar» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.

Kitobni qayerdan topish mumkin?

Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:

✍️ «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
✍️ hilol.uz saytidan;
✍️ «Hilol eBook» ilovasidan.

Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊

📖 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Oilaning ahilligini saqlab qolish uchun yolgʻon gap aytishga ruxsat berilgan

Har bir jamiyatda oilaning ahilligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ahil oilada oʻsgan bolalar salohiyatli fuqaro boʻlib oʻsadilar. Ota-onaning janjallari sadosi ostida oʻsgan bolalar esa salohiyatli fuqaro boʻlishlari qiyin.

Shuning uchun ham er-xotin orasidagi oʻzaro ahillik juda ham muhimdir. Ana oʻsha ahillikni saqlab qolish maqsadida er-xotinga bir-birlariga yaxshi maʼnoda yolgʻon gap aytishlariga ruxsat berilgan.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

«Ey Allohning Rasuli!
Siz biz bilan hazil-mutoyiba qilasiz-ku
» deyishdi...

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yolg‘onni yoqtirmas edilar

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun yolgʻondan ko'ra yomonroq xulq yoʻq edi. Agar biror kishining sal boʻlsa ham yolgʻonchi ekanini bilib qolsalar, oʻsha odam tavba qilmagunicha qalblaridan chiqmas edi».

Ahmad va Bazzor rivoyat qilishgan.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Bandalarini yolgʻondan qaytargan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd-u sanolar boʻlsin!

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Kelajakka umid bilan qarash va yetuk inson bo‘lish uchun harakat qilish

➤ Oldingizga maqsad qoʻyib oling

Har bir yosh yigit-qiz o‘z kelajagi haqida to‘la va mukammal tushunchaga ega bo‘lishi hamda hayotdan ko‘zlagan maqsadini aniq belgilab olishi kerak. Albatta, aniq va ravshan maqsadga ega bo‘lish himmatni oshiradi hamda o‘z egasini oliy maqomlarga erishishga chorlaydi. Shu omillar tufayli yoshlar Alloh taoloning yordami ila o‘zlari, oilalari, xalqlari va butun insoniyat uchun yaxshilik keltiradigan inson bo‘lib yetishadilar.


➤ Odobli muomala va mo‘tadillik

Atrofdagilar bilan go‘zal tarzda yashashga intilgan odobli musulmon do‘stga ham, dushmanga ham o‘zini xor tutmasdan, ularning haybatidan cho‘chimay, kibrdan yiroq o‘laroq, ehtirom va tavozu ila muomala qiladi. Barcha ishlarida mo‘tadil bo‘lishga harakat qilib, bir tarafga og‘ib ketmaydi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yoshlik – inson umrining bahori

Inson hayotining har bir bosqichi muhimdir. Mazkur muhim bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik – inson umridagi eng nozik davr hisoblanadi. Yoshlik – insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga, yoshlik davri – insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir.

Agar o‘sha chorrahada inson yaxshi yo‘lga kirib qolsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuz burgan bo‘ladi. Bu uni dunyo va oxirat baxtiga, saodatiga erishtiradi. Agar Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi va vatani uchun o‘ta ko‘ngilsiz hodisa sari qadam qo‘ygan bo‘ladi. Bu bilan uning dunyo va oxiratda yaxshilikka erishishi qiyinlashib qoladi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Atrof-muhit pokligi iymonning yarmidir

Islomda insonning vujudi, kiyimi va unga xos narsalar pokligi bilan birga, uning atrofidagi barcha narsalar ham pok bo‘lishiga katta ahamiyat berilgan. Turar joy, ko‘cha-ko‘y, maydonlar, ishxonalar, ta’lim muassasalari, masjidlar, transport vositalari, dam olish joylari hamma-hammasi pok bo‘lishi talab qilingan.

Abu Molik Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Poklik iymonning yarmidir», dedilar».

Muslim, Nasoiy va Termiziy rivoyat qilganlar.

Poklik iymonning yarmi, deyilishi bejizga emas. Bu hadis iymonsiz ibodat aslo qabul qilinmasligi va barcha savobi behuda ketishi e’tiboridan kelib chiqib aytilgan va poklik iymonning yarmiga tenglashtirilgan.

Islomda iymonning ahamiyati va qadr-qimmati qanchalik yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Poklik iymonning yarmiga tenglashtirilganidan ham Islom dini ozodalikka, poklik va tozalikka qanchalar e’tibor berganini bilib olsa bo‘laveradi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblari

Musulmon inson o‘zining dam olishi va sayr qilishi uchun, avvalo, munosib joy tanlashga harakat qiladi. Joy tanlanayotganida, albatta, uning harom-harish va gunoh ishlardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan biri – ibodat va odoblarni unutmaslikdir.

Dam olish charchoq, asabiylik va boshqa ko‘ngilsizliklarni ketkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo dam olishda Alloh taolo farz qilgan ibodatlar va rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni unutib qo‘ymaslik zarur. «Dam olaman» deb hamma narsani, hatto farz ibodatlarni ham unutib qo‘yish aslo mumkin emas.

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan yana biri barcha bilan, xususan, o‘zlariga xizmat qiladigan shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lishdir.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Suv ichish odoblari

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon birortangiz ichsa, idish ichiga nafas olmasin», dedilar».

Ichimlik ichayotgan odam nafas olmoqchi boʻlsa, ichishdan toʻxtab, idishni ogʻzidan uzoqlashtirib turib, keyin nafas oladi. Soʻngra yana ichishni davom ettiradi.

Ichimlik oʻtirgan holda ichiladi.

Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib ichimlik ichishdan qaytarganlar. Faqat zamzam suvini qiblaga yuzlangan holda tik turib ichsa boʻladi.

Ichimlik simirib ichiladi.

Bir nafas bilan sipqorish, xoʻrillatib, turli ovozlar chiqarib ichish beodoblikdir.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Uylarimizni ozoda va pokiza tutishimiz lozim

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni suyadi, ozodadir, ozodalikni suyadi, karamlidir, karamni suyadi, saxiydir, saxiylikni suyadi. Bas, hovlilaringizni ozoda tuting! Yahudiylarga oʻxshamang!» – dedilar».

Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilgan.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu chaqiriqlari har bir musulmonning doimo yodida turmogʻi lozim. Hovli joylarimiz, koʻcha-koʻylarimiz, turar joy va maydonlarimiz – hamma joyimizni ozoda va pokiza tutishimiz lozim. Toki koʻrgan odam havas qilsin. Boshqalar ozoda joyni koʻrganda, «Bu joyda musulmonlar yashaydi shekilli», deydigan boʻlsin.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Suhbat odoblari

Ikki kishi suhbatlashayotganida, eshituvchi kishi soʻzlayotganning yuziga boqib, uning gaplarini diqqat va eʼtibor bilan tinglashi, zarurat tugʻilmasa, uning soʻzini boʻlmasligi ham suhbat odoblaridandir. Bir odam gapirayotganida, boshqa yoqqa qarab turish soʻzlovchiga nisbatan hurmatsizlik, odobsizlik boʻladi.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Farzandlaringizga goʻzal tarbiya bering

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Farzandlaringizni hurmatlang va ularning odobini goʻzal qiling», dedilar».

Ibn Moja rivoyat qilgan.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Har bir yaxshi soʻz ota-onangga munosib tuhfa boʻlsin

Ota-onangga hech bir ozor yetkazma, ularga biror ozorni ravo koʻrma.
Qanday yaxshi soʻz boʻlsa, oʻshani ota-onangga munosib koʻr, yomon, qoʻpol soʻzlar, jerkishlar bilan dillarini ogʻritma!

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub «Ijtimoiy odoblar» kitobi

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…

Hilol Test

Xiyonatning eng kattasi bir birodaring senga ishonib tursa-yu, unga yolgʻon gapirishingdir

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yolgʻonga ruxsat berilgan holat

Musulmonlarning bir-birlari bilan urishib yurishlari juda ham yomon ish. Bu yomon ish oqibatida insonlar va jamiyatlar orasi buziladi. Kishilarning bir-birlari bilan xusumatlashishlari, urishishlari barcha balo-ofatlarning boshidir. Shuning uchun bu holat paydo boʻlishi bilan qanday qilib boʻlsa ham uni bartaraf qilishga oʻtish zarur. Bu yoʻlda hatto yolgʻon gapirishga ham ruxsat bor. Chunki odamlarning orasini isloh qilish uchun yolgʻon gapirgan odam faqatgina yaxshilik uchun yolgʻon gapiradi.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Gapni burib gapirishga ruxsat bor

Gapni burib gapirish, yaʼni kishi ogʻir holga tushib qolganida sirtidan boshqa, ichidan boshqa maʼno beradigan gapni aytib, ochiq-oydin yolgʻon gapirmay qutulib ketishiga ruxsat bor.

Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, gapni burib gapirishda yolgʻondan qochish maydoni bordir», dedilar».

Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Gunohi kabiralarning eng kattalari

Abdurrahmon ibn Abu Bakradan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:


«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta:
«Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalarini aytaymi?» dedilar.
«Ha, ey Allohning Rasuli!» deyishdi.
«Allohga shirk keltirish. Ota-onaga oq boʻlish»,
dedilar. Soʻng yonboshlab yotgan edilar, oʻtirib oldilar va: «Ogoh boʻlinglar, va yolgʻon gap!» dedilar.
Bu gapni qayta-qayta takrorlayverdilar, hatto «Sukut qilsaydilar», dedim».

Buxoriy rivoyat qilgan.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yolgʻonning turlari

– Asli yoʻq narsani toʻqish.
Bor narsaga maʼnoni oʻzgartirib yuboradigan darajada qoʻshimcha qoʻshish.
– Bor narsaga maʼnoni oʻzgartirib yuboradigan darajada nuqson yetkazish.
– Bor narsani gapirayotganda maʼnoni oʻzgartirib yuboradigan darajada iboralarni oʻzgartirish.

📖 «Yolgʻon» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

@hiloltest

Читать полностью…
Subscribe to a channel