hiloltest | Unsorted

Telegram-канал hiloltest - Hilol Test

12276

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha

Subscribe to a channel

Hilol Test

Ilm talab qilish odobi

Ilm olish, yodlash va takror qilishda sabrli boʻlish.
Vaqtdan ilmni ziyoda qilishda foydalanish lozim. Zotan, ushbularsiz haqiqiy ilm tahsil qilish mumkin ham emas.

Tushunish qiyin boʻlgan har bir narsani soʻrab oʻrganish.
Har bir masalani yaxshilab oʻzlashtirib olguncha izlanishni davom ettirish kerak boʻladi. Ilm talab qilishda uyalmaslik, tortinmaslik zarur. Ibn Abbos roziyallohu anhuga: «Bu ilmni nima ila hosil qilding?» deyishganda, «Soʻrovchi til va aqlli dil ila», deganlar. Mujohid rahmatullohi alayhi: «Ilmni hayo qiluvchi ham, mutakabbir ham hosil qila olmaydi», degan.

Ilm majlislariga ertaroq borish.
Bunda u yerdagi fikrlar va maʼnolarga qattiq intilish boʻladi. Ularni vaqtida yozib, qayd qilib, takrorlab, oʻzlashtirib borish kerak. Imom Shofeʼiy rahmatullohi alayhi: «Ilm ovdir, uni qayd qilish yozuvdir, bas, ovlaringizni pishiq arqonlar ila qaydlab boring», deganlar.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Ilm odobi

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim:
«Kim ilm talab qilish yoʻliga yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻrlaridir. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Termiziyniki.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Juma namoziga borgan shaxsning masjiddagi odobi

Avs ibn Avs as-Saqafiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim juma kuni jimo qilsa va gʻusl qilsa, soʻngra erta borsa, (ulov) minmay, piyoda yursa, imomga yaqinroq oʻtirsa va tinglasa, behuda (harakat) qilmasa, uning har bir qadamiga bir yilning amali berilur, uning roʻzasi va bedorligi ajri berilur», dedilar».

«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.

Juma namoziga borgan shaxs masjidga odob bilan kiradi. Oʻtirgan odamlarning yelkasini turtmaydi, oldilaridan oʻtmaydi, qayerda boʻsh joy topsa, oʻsha yerga joylashadi. Imkoni boricha maʼruzachiga yaqinroq boʻlishga harakat qiladi.
Jim oʻtirib maʼruzachiga quloq tutadi. Maʼruzani diqqat bilan eshitib, undan ibrat va foyda olishga harakat qiladi. Hech kim bilan gaplashmaydi.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Tijorat odoblari

Tijoratning eng muhim va dastlabki odoblaridan biri savdo va uning turlariga oid sharʼiy hukmlarni yaxshilab oʻrganishdir.

Musulmon savdogar xatoga yoʻl qoʻyib, gunohkor boʻlmaslik, haromga aralashib, oxirati kuymasligi, halol rizq topib,

farogʻatda yashash va ikki dunyoning saodatiga erishish uchun savdo va unga bogʻliq masalalarni yaxshilab oʻrganadi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Bozorimizda dinda faqih boʻlmagan odam savdo qilmasin», deganlar.

Tojir savdo molini maqtash uchun yolgʻon gapirish harom ekanini zinhor unutmasligi zarur.

Shuningdek, vaʼdaga vafo qilmay, soʻng yolgʻon gapirish, narsalarning bahosini bayon qilishda yolgʻon soʻzlash ham haromdir.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yaxshilik qilish juda savobli ishdir

Abu Masʼud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga qiluvchining ajri mislicha qalinmas bor», dedilar».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Yaxshilik qilish juda savobli ish. Shu bilan birga, ana shunday yaxshilikka dalolat qilish, ishora qilish, unga yoʻllab qoʻyish ham nihoyatda yaxshi ishdir. Oʻsha yaxshilikni qilgan odam qancha savob olsa, mazkur yaxshilikka dalolat qilgan odam ham oʻshancha savob, ajr oladi.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Matbuot va axborot vositalari yaxshilikka chaqirish vositalaridir

Bugungi kunimizda matbuot va axborot vositalari oʻta taʼsirli tashviqot quroli oʻlaroq, keng jamoatchilikni, katta-yu kichikni yaxshilikka, xalqni birdamlikka chaqirish vositasi boʻlishi kerak. Shuningdek, ovoz va surat, yozuv va koʻrsatuv hamda boshqa vositalar orqali ilm-maʼrifat, odob-axloq tarqatish omili boʻlishi lozim.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

#tanlov

Uzoq kutilgan yangilik: navbatdagi viktorina «Tafsiri Hilol» kitobining 30-juzi boʻyicha oʻtkaziladi

Tanlov shartlari bilan tanishing:
1. 15 kun davomida «Tafsiri Hilol» 30-juz kitobi boʻyicha berilgan vazifani oʻqish yoki tinglash kerak.

2. Har kuni berilgan vazifa bo‘yicha iqtiboslarni quyidagi shakllarda @hiloltanlovbot botidagi «Iqtibos yuborish» tugmasi orqali yuborish kerak boʻladi:

✍️ Matn ko‘rinishida yozib, Telegramda bitta xabar sifatida yuborish;
✍️ Qog‘ozga qo‘lda yozib, rasmga tushirib yuborish;

Bu orqali siz topshiriqni bajarayotganingiz, ya’ni mutolaa qilayotganingiz yoki tinglayotganingiz haqida xabar berasiz.
Iqtiboslarni 2 ish kunida tekshirib, tasdiqlaymiz yoki rad etamiz.

3. Tanlovga 15 kun davomida istalgan vaqtda qo‘shilishingiz mumkin – ya’ni (13-may soat 00:00 dan 28-may soat 23:59 gacha) qoʻshilish mumkin.
Bu holatda bot orqali 15 kunlik vazifalarni toʻliq yuborish kerak boʻladi.

4. Tanlovga faqat bitta profildan qatnashish mumkin. Bir nechta profildan qatnashilsa, har bir profildagi natijalar alohida hisoblanadi, yaʼni bir xil ism-familiya bilan qatnashilgan bir nechta profil natijalari jamlab berilmaydi.

❗️ Bu muhim: iqtiboslarni imkon qadar imloviy xatolarsiz yozishga harakat qiling.

15 kunlik vazifani toʻliq yuborgan kitobxonlar ushbu kitob boʻyicha test ishlaydilar.
🎁 Bonus:
Kamida 8 ta iqtibos yuborgan kitobxonlar ham testda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi, inshaalloh. Yakunda 10 nafar gʻolib taqdirlanadi.

Videoda g‘oliblarga beriladigan qog‘oz va elektron kitoblar bilan tanishishingiz mumkin. 😊

Siz ham chaqiriqqa qoʻshiling va yaqinlaringizni ham safimizga chorlang!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Muhammad Zarif Muhammad Olim kitoblari 50% chegirmada

☢️ Chegirmadagi kitoblar bilan tanishing:

Hasanxon Yahyo Abdulmajid ustoz kitoblari:

🟢 «Bir juft tuhfa»3000 - 1500 soʻm
🟢 «Xatmi Qurʼonga marhabo» – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Mavlid»6 000 - 3 000 soʻm
🟢 «Yoʻl harakati fiqhi» – 8 000 - 4 000 soʻm

Muhammad Zarif Muhammad Olim ustoz kitoblari:

🟢 «Jannatim onam» – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Qiblagoh» (Otangizga yaxshilik qilishning 50 yoʻli) – 5 000 - 2 500 soʻm
🟢 «Islomda salomatlik» – 8 000 - 4 000 soʻm

Chegirma faqat bugungi kun uchun amal qiladi.
Soat 23:59 dan so‘ng bu kitoblarni aynan shu narxda olish imkoniyati qolmasligi mumkin.
Foydalanib qolishni istasangiz, hoziroq ko‘z tashlab qo‘ying. 😊

🟢 Faqat o'qish bilan kifoyalanmang – bir doʻstingizga ulashing, ehtimol, u aynan shu kunni kutgandir.

Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Hilol Test

Internetdan foydalanish odobi

Internetga kirishdan oldin vaqtni zoye qilmaslik uchun umrning qadrini esga olish, uning har lahzasi hisobli ekanini, qiyomat kunida hisob-kitob boʻlishini esga olish zarur.

Aynan ushbu his-tuygʻu boʻlmagani uchun koʻpchilik internetda soatlab vaqtini, aziz umrining gʻanimat kunlarini zoye qilishni oʻziga ep koʻrmoqda. Uzoq vaqt davomida, sakkiz-oʻn soatlab internetda oʻtirganlar oʻziga xos xastaliklarga chalinganlari haqidagi xabarlar behuda tarqalmagan boʻlsa kerak. Musulmon inson esa doimo, jumladan, internetdan foydalanishda ham umrining har lahzasi borasida oxiratda soʻralishini zinhor unutmaydi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Qoʻngʻiroqda suhbatlashish odobi

Qoʻngʻiroq kelganda, goʻshakni olgach, «Labbay» yoki shu kabi goʻzal ibora bilan soʻz boshlash odobdandir.
Agar suhbatdosh oldin salom bersa, unga alik qaytarish zarur. Zero, salom berish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir. Alikni hech boʻlmaganda salomga yarasha qaytarish vojib.
Uyali aloqa vositasida uzoqroq gaplashmoqchi boʻlgan odam suhbatdoshidan izn soʻrashi lozim.
Chunki uning bunga imkoniyati boʻlmasligi, mashaqqatga tushib qolishi yoki hisobida puli kam qolgan boʻlishi mumkin.
Uyali aloqa vositasida soʻzlashish davomida kavshanib turish oʻtaketgan beodoblikdir.
Bu beodoblik boʻlishi bilan birga, suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik hamdir. Qolaversa, bu ish suhbatdoshning koʻngliga ogʻir botishi, asabiga tegib, ozor berishi aniq.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Shukr neʼmat beruvchi Zotga til bilan maqtov soʻzlarni aytish, dil bilan oʻsha maqtovni tasdiqlash va bu neʼmatni Alloh roziligi yoʻlida sarflashdan iborat...

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Uyali telefon odoblari

«Uyali telefon» deb nomlanayotgan, boshqa xalqlarda «choʻntak telefoni», «qoʻl telefoni», «harakatlanuvchi telefon» kabi turli nomlar bilan atalayotgan telefon turi keng tarqaldi. Hozirga kelib moslama nafaqat ovozni uzoq masofaga uzatish vositasi, balki surat va videotasvirga tushirish, ularni boshqalarga yuborish, ovoz yozish, qisqa maktublar (SMS) yuborish, internetga kirish kabi bir qancha ishlarni amalga oshirish vositasiga aylanib qolgan.

Albatta, bu narsalarni tartibga solish, telefon orqali boʻladigan aloqalarning meʼyori va odoblarini bayon qilish zarurati tugʻildi. Ammo, bu ish bilan deyarli hech bir odam yoki guruh jiddiy shugʻullanmayapti. Muammolar esa borgan sari koʻpayib bormoqda.

Foydali narsalarning oʻziga yarasha ziyon tarafi ham boʻlganidek, uyali aloqa vositasining ham manfaatli va zararli taraflari bor. Agar uni manfaat yoʻlida ishlatib, zararli taraflaridan saqlanilmasa, neʼmatga nisbatan noshukurlik boʻladi, kishi oʻzining dunyosi uchun ham, oxirati uchun ham ziyonga ishlaydi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Bitta tikanli shoxni yoʻldan olib tashlashning mukofoti

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yoʻlda yurib ketayotib, tikanli shoxni koʻrib qolibdi va uni yoʻldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni magʻfirat qilibdi», dedilar».

Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.

Bitta tikanli shoxni yoʻldan olib tashlashning mukofoti qanchalar ulugʻ ekanini koʻrdingizmi? Agar yoʻlning ozodaligi uchun, yoʻlovchilarga ozor beradigan narsalarni yoʻldan olib tashlash uchun shox olib tashlashdan ham kattaroq ishlar qilinsa, mukofotlar ham kattalashib boraveradi.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yo‘lda yurish odoblari

Yo‘lga yaxshi niyat bilan, kerakli duolarni o‘qib chiqish

Yaxshi niyat – yarim mol. Musulmon kishi doimo yaxshi niyatli bo‘ladi. Binobarin, yo‘lga chiqqanda ham yaxshi niyat bilan chiqadi. Rivoyatlarda kelgan yo‘lga chiqish oldidan o‘qiladigan duolarda ham aynan yaxshi niyat ifoda qilingan.

Yo‘lning o‘ng tarafida yurib, o‘ng tarafida to‘xtash

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barcha narsani o‘ng tarafdan boshlaganlari ko‘p rivoyatlarda kelgan. Ulamolarimiz: «Yo‘lning o‘ng tarafidan yurish mustahabdir», deganlar.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Qoʻshniga yaxshilik qilish odobi

Abu Shurayh Xuzoiydan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin», dedilar».

Buxoriy «Adabul-mufrad»da rivoyat qilgan.

Qo‘shniga yaxshilik qilish Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan kishining sifati, belgisi, alomati ekan. Kim Allohga iymon keltirgan bo‘lsa, qiyomat kunidan umidvor bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilishi lozim ekan.
Bu hamda shunga o‘xshash joylarda Allohga va qiyomat kuniga iymonni zikr qilish ushbu ishlarga targ‘ib naqadar ahamiyatli ekanini ta’kidlash uchundir.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Azonni eshitgan odam azon soʻzlarini qaytarish bilan unga javob beradi

Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayh vasallam:
«Kim chin qalbdan muazzin aytgan narsani aytib tursa-yu, magar «Hayya ʼala» jumlalarida «La havla va la quvvata» desa, jannatga kiradi», dedilar».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Mol jamlash odoblariga rioya qilish

Islom insondagi molga boʻlgan muhabbatni jilovlaydi va uni bu borada toʻgʻri yoʻlga yoʻllaydi. Bu bilan mol-dunyo yaxshilikka ishlatiladigan va oxiratda manfaat beradigan omilga aylanadi.

Mol Alloh taolonikidir.

Islom taʼlimoti boʻyicha mol aslida Alloh taoloning molidir, uni qoʻlida tutib turgan odamniki emas. Agar dunyoda biror kimsa mulkka egalik qilayotgan boʻlsa, haqiqiy mulk egasi (Molik) Alloh taolo unga Oʻzi iroda qilgan hikmat boʻyicha vaqtinchalik, arzimagan mulkni berib qoʻygan boʻladi. Binobarin, Alloh xohlagan paytida undan mulkni tortib olib qoʻyishi mumkin. Mulkni vaqtinchalik qarzga olgan odam haqiqiy Molikning shartiga muvofiq tasarruf qilsa, baxt-saodatga erishadi. Agar haqiqiy Molikning shartiga xilof ish tutsa, moldan ajrab qolishi ustiga gunohga ham botadi.

📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Juma muborak!

🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Safar odoblari

Maslahat qilish.
Safarni niyat qilgan kishining bu borada ilmi va tajribasi bor kishilarning foydali maslahatlarini olishi oʻta muhimdir. Kimdan maslahat soʻralsa, kerakli maslahat va nasihatlarni taqdim qilishi talab etiladi.

Istixora qilish.
Safarni niyat qilgan kishi ikki rakʼat istixora namozi oʻqib, oxirida uning duosini qiladi. Bu namozning birinchi rakʼatida Kafirun surasini, ikkinchi rakʼatida Ixlos surasini oʻqish tavsiya etiladi. Keyin nimaga ishora boʻlsa, oʻshani qilinadi. Yaʼni safarga ishora boʻlsa, safar qiladi, boʻlmasa, yoʻlga chiqmaydi.

Tavba qilish.
Safarni niyat qilgan kishi barcha gunohlaridan tavba qiladi. Shunda safari yaxshi, koʻngilli boʻladi. Koʻngli ravshan holatda safar qiladi. Xususan, haj safarida bunga alohida ahamiyat berish lozim.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Elektron pochta odoblari

Elektron pochta juda katta qulaylik, bu haqda fikr yuritgan kishi uchun Alloh taoloning ulkan neʼmatidir. Ammo, ming afsuslar boʻlsinki, ushbu neʼmatning qadrini bilmagan baʼzi noshukurlar mazkur elektron pochtadan foydalanishda suiisteʼmolga yoʻl qoʻyishyapti. Unda nosharʼiy, odob-axloqqa zid faoliyatlar olib borishmoqda. Baʼzilar kishilarni aldab, katta miqdordagi mablagʻni aytib, «Sizga katta yutuq chiqdi, uni shaxsan oʻzingiz kelib, qabul qilib olishingiz kerak. Siz faqat chipta sotib olishingiz uchun pulni bizga yuborsangiz boʻldi, sizga chiptani oʻzimiz joʻnatamiz», degan mazmunda maktub yozishadi. Oqibatda aldov yoʻli bilan chiptaga ketadigan pulga ega boʻlib olishadi. Yana bir toifa aldoqchilar qayerdandir ayol-qizlarning manzillarini olib, ularga shilqimlik bilan har xil maktublar yozishadi. Bunday nobakorlik tufayli tinch oilalar buzilmoqda, iffatli ayollar tuhmatga qolishmoqda. Uchinchilari esa birovni haqorat qilib, turli boʻhtonlar uyushtirishni yoʻlga qoʻyishadi. Haqiqiy ismlarini yashirib, suvdan quruq chiqishga urinishadi va hokazo.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilish odobi

Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda bahs-munozara har qancha qizisa ham, birovga ozor berishga bormaslik kerak.
Baʼzi odamlar haddidan oshsa ham, musulmon odam oʻzini bosishi va oʻzidan ketganlarga eʼtibor bermasligi va ularga nasihat qilishi lozim. Mingta baqir-chaqirdan koʻra bitta hikmatli soʻz ustun turishini biror daqiqa ham unutmaslik zarur.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblari

Musulmon inson o‘zining dam olishi va sayr qilishi uchun, avvalo, munosib joy tanlashga harakat qiladi. Joy tanlanayotganida, albatta, uning harom-harish va gunoh ishlardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan biri – ibodat va odoblarni unutmaslikdir.

Dam olish charchoq, asabiylik va boshqa ko‘ngilsizliklarni ketkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo dam olishda Alloh taolo farz qilgan ibodatlar va rioya qilinishi lozim bo‘lgan odoblarni unutib qo‘ymaslik zarur. «Dam olaman» deb hamma narsani, hatto farz ibodatlarni ham unutib qo‘yish aslo mumkin emas.

Dam olish joylari va sayrgohlar odoblaridan yana biri barcha bilan, xususan, o‘zlariga xizmat qiladigan shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lishdir.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Qoʻngʻiroqda suhbatlashish odobi

Telefonda ovozini soxtalashtirib gapirish yoki yolgʻon xatlar yozib, oʻzgalarni masxara qilish mumkin emas.
Bu kabi xatti-harakatlar, kishilarni masxara qilish musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
Oʻzaro soʻzlashuvni tamomlagach, goʻzal soʻzlar va ezgu tilaklar bilan xayrlashish kerak.
Zotan, har bir muloqotdan keyin goʻzal tarzda xayrlashish musulmon millatining odatidir.
Birovning telefon raqamini oʻzining ruxsatisiz boshqalarga bermaslik talab etiladi.
Chunki bu ham omonatga xiyonatdir. Buning ustiga, bilmay raqamni egasiga dushman boʻlgan yoki yoqmaydigan odamga berib qoʻyish mumkin.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Qoʻngʻiroq qilish odobi

Bir marta qoʻngʻiroq qilganda javob berilmasa, oradan bir oz muddat oʻtkazmay turib, qoʻngʻiroqni qaytarish beodoblikdir.

Bu xuddi birovning darvozasini tinimsiz qoqib, hadeb chaqiraverishga oʻxshaydi. Ulamolarimiz: «Musulmon kishi birovni uyidan chaqirganda, oʻsha odam eshitadigan tarzda bir marta chaqirsin, javob qilmasa, bir oz kutib, keyin qayta chaqirsin, chunki uy egasi tahorat qilayotgan yoki namoz oʻqiyotgan yoki boshqa bir zaruriy holatlarda band boʻlishi mumkin», deyishadi. Unga hadeb qoʻngʻiroq qilaverish darvozasini tinimsiz taqillatish bilan barobar.

Uch marta qoʻngʻiroq qilingandan keyin ham javob boʻlmasa, qoʻngʻiroq qilishni toʻxtatish lozim.

Birovni chaqirish odobi shuni taqozo qiladi. Birinchi chaqirish ila hojati borligi bildiriladi. Ikkinchi chaqirish bilan istagini yana bir bor taʼkidlaydi. Uchinchisi esa oxirgi chaqirish boʻladi. Shundan keyin ham javob boʻlmasa, chaqirilayotgan kishi oʻta band ekani yoki chaqiruvchiga javob berish istagi yoʻqligi alomati boʻladi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Uyali telefon odoblari

Uyali aloqa vositasi oynasiga Alloh lafzini va Qurʼoni karim oyatlarini qoʻymaslik odobdandir.

Bu ishni qilish esa mazkur narsalarga nisbatan behurmatlikka olib borishi mumkin. Chunki ushbu muqaddas lafzlar oynada ochiq turgan holda telefonni betahorat ushlash, u bilan noloyiq joylarga kirish joiz sanalmaydi. Uning oynasi qopqogʻi yopilgachgina, jihozni betahorat ushlash mumkin. Oʻsha muqaddas narsalar telefon oynasida koʻrinib turgan holatda qogʻozda turganidek hukmda boʻladi. Demak, u bilan tahoratxona yoki hammom kabi joylarga kirish mumkin emas.

Uyali aloqa jihozining qoʻngʻiroq tovushlariga Qurʼon oyati, azon yoki Allohning zikrlarini qoʻyish mumkin emas.

Zero, Qurʼon uni oʻqish, butun vujud bilan tinglash, maʼnolarini tafakkur qilib, koʻrsatmalariga amal qilish uchun Alloh taolo tarafidan nozil qilingan muqaddas Kalomdir. Shunday ekan, unga shu maqsadlarga muvofiq tarzda munosabatda boʻlish vojibdir. Qurʼon musiqa yoki qoʻngʻiroq oʻrnida ishlatilishi uchun nozil qilingan emas. Azon esa Islomning shior-nishonlaridandir. U musulmonlarni ibodatga chorlash uchun joriy qilingan ibodatdir. Azon kabi, boshqa zikrlarni ham qoʻngʻiroq oʻrnida ishlatish mumkin emas.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Yoʻlovchining odoblari

Yoʻlovchining jamoatchilik naqliyot vositasiga chiqishda tartibga rioya qilishi yuksak odobdir. bunda bekatga yetib kelish asosidagi tartibga binoan chiqiladi. Yaʼni bekatga avval yetib kelgan odam oldin chiqadi.

Yoʻlovchi naqliyot vositasiga chiqishdan oldin oyoq kiyimining tozaligini yoʻlga qoʻyishi ham odobdandir.
Oyoq kiyimidagi nopok narsa, loy va boshqalar bilan naqliyot vositasiga chiqsa, xuddi birovning uyiga yoki jamoatchilik joyiga tozalanmagan oyoq kiyimi bilan kirganga barobar boʻladi. Bu esa musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Musulmon odamning yo‘lda yurish odobi

Musulmon odam hamma joyda, jumladan, yoʻlda ham hech kimga ozor bermasligi matlub. Albatta, bundan faqat birovni ushlab olib urish yoki soʻkishgina anglashilmaydi. Balki yoʻlovchilarga ozor beradigan barcha narsalar iroda qilinadi.
Misol uchun, quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Yoʻlga uni iflos qiluvchi chiqindilar, poʻchoqlar, papiros qoldiqlari, turli qogʻozlar va shularga oʻxshash narsalarni tashlamaslik. Bir soʻz bilan aytganda, yoʻlni iflos qilmaslik.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hilol Test

Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni sevadi


Omir ibn Saʼd ibn Abu Vaqqosdan, u esa otasidan rivoyat qiladi:


Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni sevadi, pokizadir, pokizalikni sevadi, karamlidir, karamlilikni sevadi, oʻta saxiydir, oʻta saxiylikni sevadi».

Termiziy, Bazzor va Abu Yaʼlo rivoyat qilganlar.


📖 «Ijtimoiy odoblar» kitobidan

🟢 Yaqinlaringizga ulashing.

Telegram | Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel