Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
✨ Mol-mulkini behuda, nooʻrin sarflaydigan odam «safiyh» – «esipast» deyiladi
Mol-mulkni behuda sarflashga «isrof» nomini berib, musulmonlar isrofdan qaytarilgan. Mol-mulkini behuda, nooʻrin sarflaydigan odam «safiyh» - «esipast» deyiladi. Kim safiyh boʻlsa, mahkamaning hukmi ila uning mol-u mulki muzlatib qoʻyiladi. Kerak boʻlganida maʼlum miqdori beriladi, qolgani saqlab turiladi.
Shu bilan birga, oʻta xasis odamga qarshi chora ham koʻriladi. Bola-chaqasidan, nafaqasidagilardan qisib, ularga haqlari darajasida sarf qilmasa, mahkama haqlarini olib beradi.
📘 «Isrof» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
🌟 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub «Isrof» kitobi
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Oila qurishdan avvalgi eng muhim qadam
Kelinlikka nomzod ham, kuyovlikka nomzod ham surishtirib boʻlindi. Sifatlari, dinu diyonati, odob-axloqlari va odamgarchiligi oʻrganildi. Ana shu ma'lumotlarga qarab, oila qurishga niyat qilinadi.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng masʼuliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir.
Boshqa burchlar baʼzi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga yetadi. Ammo tarbiya masʼuliyati bardavom boʻladi. Zotan, ota-onaning farzand neʼmatiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya masʼuliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Amaliy shukr - berilgan neʼmatni neʼmat beruvchi zotni rozi qiladigan tarzda tasarruf qilish bilan boʻladi. Binobarin, farzand neʼmatiga amaliy shukr qilish oʻsha farzandni Alloh taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash bilan yuzaga chiqadi.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊
Telegram | Instagram
✨ Tarbiya: shukrning eng chiroyli shakli
Farzand neʼmatiga maʼnaviy shukr qilish uni bergan Alloh taologa hamd va shukr soʻzlarini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlashdan iboratdir.
Farzand neʼmatiga amaliy shukr qilish oʻsha farzandni uni bergan Alloh taologa iymon keltiradigan, ibodat qiladigan solih banda qilib oʻstirishdan iboratdir. Buning uchun esa eng avvalo Islomda ota-onaning farzand oldidagi burchlari sifatida belgilangan amallarni ixlos bilan amalga oshirish kerak.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Qarindoshlik faqat qonda emas, qalbda ham bo‘lishi kerak
Aʼmash, Hasan ibn Amr va Fitrdan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayh vasallam: «Qilganiga yarasha qaytargan silai rahm qiluvchi emas. Ammo silai rahm qiluvchi qarindoshlari aloqani kesganda bogʻlovchidir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Yaʼni boshqalar undan qarindoshlik aloqasini uzsa ham u silai rahm qilaveradi. «Sizdan ugina, bizdan bugina» degan niyatda boʻlsa, «U qilsa, men ham qilaman» desa, mukofot uchun qilgan boʻladi. Bunday odam silai rahm qilgan hisoblanmaydi. Bunday muomala begonalarga ham qilinadi.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Ota-onaning oldida: So‘zsiz hurmat, shartsiz odob
– Ota-onaning ruxsatisiz biror narsa olmaslik.
– Ota-onaga rohatbaxsh narsalarni hozir qilish.
– Ota-ona uxlayotganlarida ularni bezovta qilmaslik.
– Ota-onaning xonalariga ularning iznisiz kirmaslik.
– Ota-onadan oldin taomga qoʻl uzatmaslik.
– Yaxshi narsalarni oʻzidan oldin ota-onaga taqdim qilish.
– Ota-onaning oldilarida yonboshlamaslik.
– Ota-onaning oldilarida oyogʻini uzatmaslik.
– Ota-onadan yuqoriga oʻtirmaslik.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊
Telegram | Instagram
✨ Ota-onaga hurmat: Iymonning eng yuksak belgisi
Farzand ota-onaning huzurida oʻzini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, duo qilib turishi lozim.
Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi toʻgʻrisidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli koʻrilmagan oliymaqom taʼlimotlar ekani maʼlum va mashhurdir.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
💡 Tunda uyg‘ongan bola va qalbda uyg‘ongan nur
Sahl ibn Abdulloh quyidagilarni aytadi:
«Chamasi uch yoshli bola edim. Kechasi uygʻonib, togʻam Muhammad ibn Sivorning namoz oʻqishiga nazar solib turar edim. Bir kuni togʻam menga: «Seni yaratgan Allohni zikr qilasanmi?» dedi. «Uni qanday zikr qilaman?» dedim. «Tilingni qimirlatmasdan, qalbingda uch marta: «Alloh men bilan, Alloh menga nazar solib turibdi, Alloh mening guvohim», deysan», dedi. Men u soʻzlarni bir necha kecha aytdim va togʻamga xabarini berdim. U menga: «Endi ularni har kecha oʻn bir martadan ayt», dedi. Men uni ham qildim. Bir muddatdan soʻng qalbimda uning halovatini sezdim. Bir muddat oʻtgandan keyin togʻam menga: «Men senga oʻrgatgan narsani yodlab olgin-da, to qabrga kirguningcha uni davom qil», dedi. Men u ishni yillar davomida uzluksiz qilib yurdim. Ularning halovatini ichimda topdim. Soʻngra togʻam menga: «Ey Sahl! Alloh u bilan birga boʻlgan, unga nazar solib turgan va uning ustidan guvoh boʻlgan odam U Zotga osiy boʻladimi? Maʼsiyatdan ehtiyot boʻl!» dedi.
Keyin maktabga borib, olti-yetti yoshimda Qurʼonni yod oldim. Soʻng nafl roʻzani koʻp tutadigan boʻldim. Yeydigan taomim arpa noni boʻldi. Undan keyin kechalarni bedor boʻlib, ibodat-la oʻtkazadigan boʻldim».
✨ Bolangiz sizga qarab hayotni oʻrganmoqda – soʻzingiz tarbiya vositasi
Onaning bir ogʻiz gapida ham bola tarbiyasiga katta taʼsir qiladigan omil borligi uqtirilmoqda. Odatda onalar bolalarini gaplariga kirgiza olmaslar, aldashga oʻtadilar. Biror narsa berish vaʼdasi ila aldab, ushlab olib, kaltaklashga tushadilar. Aslida esa shu ishlari bilan bolalarining tarbiyasiga zarar yetkazayotgan, ularga yomon namuna koʻrsatayotgan boʻladilar. Har bir bola uchun uning ota-onasi dunyodagi eng ulugʻ kishilar boʻladi. Bola ota-onasiga taqlid qiladi va ulardan oʻrnak oladi. Ana oʻsha bolaning nazaridagi eng ulugʻ va oʻrnak olishga sazovor inson uni aldagandan keyin, bolada, men ham shunday qilsam boʻlar ekan, degan tushuncha paydo boʻlishi tabiiy.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Agar jannatga oldin ota-onam kirmasa, men kirmayman
✨ Uchta, ikkita, hatto bitta qiz ham – Jannat sababchisi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayh vasallam: «Kimning uchta qizi boʻlsa, ularning xarxashalari, ogʻirliklari va yengilliklariga sabr qilsa, Alloh ularga koʻrsatgan rahmati tufayli uni jannatga kiritur», dedilar. Bir kishi: «Ikkita boʻlsa-chi, yo Rasulalloh?» dedi. «Ikkita boʻlsa ham», dedilar.
Bir kishi: «Bitta boʻlsa-chi, yo Rasulalloh?» dedi. «Bitta boʻlsa ham», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan.
Shunday qilib, bittami, ikkitami yoki uchtami, qizni tugʻish, ularni boqib, tarbiyalab, katta qilish ota-ona uchun jannatga haqdor boʻlish omillaridan biriga aylantirildi. Musulmonlar qadimdan qizlarga faqat yaxshi nazar bilan qarab keldilar va kelmoqdalar.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Oila kichik bir jamiyat
Oila hayotida boshliq vazifasini er ado etishini bugungi kunda barcha xalqlar bir ovozdan tasdiqlamoqdalar.
Islomda erning oiladagi bu rahbarligiga «masʼuliyat» deb qaraladi. Lekin «oila boshligʻi» degani baʼzilar xayol qilganidek oilaning boshqa aʼzolariga jabr-zulm oʻtkazish, «aytganim-aytgan, deganim-degan» yoʻsinida «hokimi mutlaq» boʻlish emas. Balki bu erning oʻz oilasining hamma tarafdan barkamol boʻlib, saodatli, tinch-omon yashashiga oila boshligʻi sifatida masʼul boʻlishidir.
Oila kichik bir jamiyat. Uning rahbari erkakdir. Binobarin, oilaning saodatli boʻlishining shartlaridan biri erga itoatdir.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
💡 Ota-onaning e’tibori – farzandning kelajagidir
Ota-ona farzandiga yaxshi axloqlarni oʻrgatsin, uni yomon bolalardan saqlasin, oʻtkinchi lazzatlarga qiziqishga odatlantirmasin, zebu ziynatga ruju qoʻyishga qiziqtirmasin. Toki katta boʻlganda zebu ziynat ortidan quvib, umrini zoye qilmasin
📘 «Isrof» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Navbatdagi testlar «Isrof» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 11-kitob – «Isrof» kitobidan testlar joylanadi.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
✍️ «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
✍️ hilol.uz saytidan;
✍️ «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📖 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊
Telegram | Instagram
🌟 Videodagi jumla «Shaytanat» asarining 2-jild (toʻrtinchi va beshinchi kitoblar). «Hilol eBook» ilovasida – 162-betda.
✍️ Muallif: Tohir Malik
Marhamat, ushbu kitobni «Hilol eBook» ilovasida mutolaa qiling. 😊
📖 Ilovani yuklab olish
Telegram | Instagram | HilolDasturlari?sub_confirmation=1">YouTube
📣 7 kun – 7 kitob!
Har juma – yangi chegirmalar, yangi imkoniyatlar
🗓 Bugundan boshlab – kelasi jumagacha
💥 7 ta sara kitob 50% chegirmada
✨ Quchoqdagi adolat: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ibratli nasihatlari
Bolalarning muomalasidagi adolat qanchalik boʻlishi kerakligi ushbu rivoyatda ochiq koʻrinib turibdi.
Bolalaridan birini quchogʻiga olib, boshqasini yerga oʻtqazish adolat buzilganining alomati ekanidan Nabiy sollallohu alayhi vasallam otaga nasihat qildilar. Sahobiy roziyallohu anhu darhol ana shu amrni bajo keltirib, ikkinchi bolani ham quchogʻiga oldi.
Mana bu haqiqatlarni ham juda yaxshi anglab olishimiz kerak. Bolalarimizga qiladigan katta-kichik muomalalarimizda adolatli boʻlishimiz, hattoki, ularni oʻpish yoki quchogʻimizga olishda ham bu haqiqatni unutmasligimiz lozim.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Nikoh faqat ikki kishining emas, ikki oilaning ittifoqidir
«Nikoh» deb atalgan muqaddas aloqa faqat kelin va kuyovning ikkovlari oʻrtasidagi robitadangina iborat emas.
Balki bu robita ularning ortida turgan ota-onalari, oila aʼzolari va qavm-u qarindoshlarini ham oʻz ichiga oladi. Nikohning jamiyat aʼzolari orasidagi aloqalarni mustahkamlashga qiladigan katta xizmati ham ana shunda. Kelin va kuyov sababidan ularning oila aʼzolari, urugʻlari va qarindoshlari ham qudachilik asosida yaqinlashadilar. Shuning uchun ham Islomda qudachilik aloqalariga alohida eʼtibor berilgan va uning ahamiyati qayta-qayta taʼkidlangan hamda bu haqda shariatga kerakli hukmlar kiritilgan.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Qarindoshlik rishtalari: Islomda silai rahmning qadri va qimmati
Albatta, katta oila doirasidagi aloqalar er-xotin, ota-ona, bola-chaqa orasidagi aloqa bilan chegaralanib qolmay, balki qarindosh-urugʻlar bilan qilinadigan aloqalarni ham oʻz ichiga oladi. Islomda ushbu aloqaga ham juda katta ahamiyat berilgan.
Islom adabiyotida va xalq orasidagi diniy soʻzlashuvda ham «silai rahm» istilohi ishlatib kelinadi. Aslida, bu bobdagi «rahm» soʻzi bizdagi «bachadon» soʻzining oʻrnida ishlatiladi. «Sila» soʻzi esa «bogʻlash», «ulash» maʼnolarini anglatadi.
«Silai rahm» birikmasi «bachadondoshlik aloqasini bogʻlash» degan maʼnoni bildiradi. Buning oʻrniga bizda «qarindoshlik aloqasi» istilohi ishlatiladi. Qarindoshlar kimlar ekani hammaga maʼlum.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Yaxshi farzand bo‘lishni istaysizmi? Avval izn so‘rang
Farzandning ota-onaga yaxshilik qilishi turlaridan yana biri – ikkisining barcha vojib va mandub amrlariga itoat qilish.
Farzandning ota-onaga yaxshilik qilishi turlaridan yana biri – ikkisi tark qilishga amr qilgan narsalardan oʻziga zarar keltirmaydiganlarini tark qilish.
Farzandning ota-onaga yaxshilik qilishi turlaridan yana biri – ota-onaning oldiga kirganda faqat ularning izni bilangina oʻtirish.
Farzandning ota-onaga yaxshilik qilishi turlaridan yana biri – ota-ona bilan oʻtirganda ularning ruxsatisiz chiqib ketmaslik.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ So‘zlaringizda ehtirom, qadamlaringizda odob bo‘lsin
Farzand ota-onasiga, hurmat bilan, «otajon», «onajon» deya yoki boshqa ehtirom maʼnosidagi soʻzlar ila murojaat qilishi lozim. Ota-onasining ismini boshqalarning ismini aytgandek aytish musulmonchilik odobiga toʻgʻri kelmaydi.
Shuningdek, yoʻlda yurilganda ham ota-onadan keyin yurish kerak, oldinga oʻtish mumkin emas. Bir yerga oʻtirmoqchi boʻlsalar, avval ota-ona, keyin bola oʻtirishi lozim.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
🎉 Bugun: Gʻiyosiddin Yusuf kitoblari 50% chegirmada
Kitob – eng arzon va eng foydali investitsiya.
Ilm bilan boylikning farqi – bu kitobda
✨ Bola – siz yozayotgan hayotiy kitob
Bola ota-onasi huzuridagi omonat boʻlib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi. Agar yaxshilikka oʻrgatilsa, oʻshanday oʻsadi. Uning savobiga ota-onasi va murabbiysi sherik boʻladi. Agar yomonlikka oʻrgatilsa, oʻshanday oʻsadi. Uning gunohiga ota-onasi va murabbiysi sherik boʻladi. Valiy uni saqlashi, taʼlim-tarbiya bermogʻi lozim.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Ota-onalik – eng savobli xizmat
Bola tarbiyasi uchun qilinadigan har bir harakat ajrsiz, savobsiz qolmas ekan. Bolaning boshini silashda odamning oʻzi rohat topadi. Lekin shu narsa bolaga ham yaxshi taʼsir qilganidan, Alloh taolo buning uchun ota-onaga ajr-savob berar ekan. Ota-ona bolasining boshini silagani uchun ham ajr olar ekan, uni yedirib-ichirgani, kiydirgani, oʻqitgani, Qurʼon yodlatgani, odob-axloqdan tarbiya berib qiynalgani uchun oladigan savoblari qancha boʻlishini oʻzingiz tasavvur qilavering.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
✨ Juma muborak!
🟢 Yaqinlaringizga ulashing. 😊
Telegram | Instagram
✨ Bu oddiy odat emas, bu – sunnat
Yosh bolaning tanglayini koʻtarish - katta odam bir narsani oldin oʻzi chaynab turib, bolaning ogʻziga qoʻli bilan solib, tanglayiga tekkizib qoʻyishidir. Bu narsa meva boʻlgani afzaldir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deyarli doimo bolalarning tanglayini xurmo bilan koʻtarganlar. Bu ham yaxshi niyat alomati boʻlib, bu ishni ahli solih, fazilatli kishilar qilishlari margʻubdir.
Baʼzida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari bolalarni oldirib kelib, tanglayini koʻtarib qoʻygan holatlari ham boʻlgan.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram
✨ Muslima ayol – oila ichra baraka va tarbiyaning kaliti
Oilaning bekasi boʻlganidan keyin, uning ichki ishlarining hammasi oʻsha bekaning qoʻlida, ixtiyorida boʻladi. Oilaning iqtisodi bekaning tejamkorligiga, oʻziga ishonib topshirilgan tirikchilik vositalariga xiyonat qilmasligiga va isrof qilmasligiga bogʻliq boʻladi. Eng ulkan masʼuliyatlardan biri esa farzandni tugʻib, chiroyli boqish, yetuk inson qilib tarbiyalashdir. Bu masʼuliyatni muslima ayollar doimo sharaf bilan ado etib kelganlar. Xulosa qilib aytilganda, muslima ayolning oiladagi masʼuliyati beqiyosdir. Erning ishlari muvaffaqiyatli boʻlishida ayolning tutadigan oʻrnini hech kim inkor qila olmaydi. «Erni er qiladigan ham xotin, yer qiladigan ham xotin» deb bejiz aytilmagan. Gap har bir muslima ayol oʻz masʼuliyatini toʻla tushunib yetishida qolgan, xolos.
📖 «Baxtiyor oila» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
Telegram | Instagram