Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan test dasturi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: https://hiloltest.taplink.ws 👉 Dasturni yuklab oling: http://e-hilolnashr.uz/hiloltest 👉 Murojaat uchun: @hilol_loyiha
#foydali
✨ Zakot ilmlari
Qiz bolalarga olib berilgan tilla taqinchoqlarning zakoti
Agar qiz bolalarga taqinchoq olib berayotgan kishi «Taqinchoqlarni vaqtincha taqib turasan» demasdan, ularga mulk qilib bersa, balogʻatga yetib, nisob sohibi boʻlgunicha ularga zakot vojib boʻlmaydi.
Agar mulk qilib bermagan boʻlsa, zakoti uni beruvchining zimmasiga vojib boʻladi, agar u nisob egasi boʻlsa.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakotning shartlari
Zakotning toʻgʻri boʻlishi shartlari:
1⃣ Niyat.
2⃣ Haqdorga mulk qilib berish.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakotning shartlari
Zakot farz boʻlishi uchun molda boʻlishi lozim boʻlgan shartlar:
1⃣ Nisobga yetgan boʻlishi.
2⃣ Toʻliq mulk boʻlishi.
3⃣ Feʼlan yoki taqdiran oʻsuvchi mol boʻlishi.
4⃣ Hojati asliyadan ortiqcha boʻlishi.
5⃣ Qarzdan xoli boʻlishi.
6⃣ Bir yil toʻlgan boʻlishi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakot haqida
Zakot mulkdorning qalbi poklanib, uning ma’naviy va ruhiy tomondan o‘sib borishiga sabab bo‘ladi.
Bunday kishi avvalo birovning haqqiga ko‘z olaytirmaydigan, o‘zining moliyaviy burchlarini o‘rnida ado etadigan, jamiyat uchun kerakli sarf-xarajatni chin qalbdan, og‘rinmay ko‘taradigan shaxsga aylanadi.
Boy kishi zakotini vaqtida berib borar ekan, uning jamiyatga va butun insoniyatga mehr-shafqati, hurmat-ehtiromi, muhabbati ham ziyoda bo‘lib boraveradi.
Zakot nafaqat zakot beruvchining shaxsini, balki uning mol mulkini ham poklab, sayqallab, uning ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakot haqida
Zakot Islomning besh ruknidan biri boʻlib, shariat farz qilgan amaldir. Zakot Madinayi Munavvarada hijriy ikkinchi sanada Ramazondan oldin farz qilingan.
Zakot Qurʼoni Karimda yigirma yetti joyda namoz bilan birga zikr etilgan. Bu esa oʻz navbatida namoz bilan zakotning bir-biriga chambarchas bogʻliq ekanini koʻrsatadi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 «Moʻminning najoti» kitobi haqida
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
✨ Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz aʼzolari
📚 «Mo‘minning qalqoni» – mufassal ro‘za kitobi bilan safarimizni yakunladik!
😌 Ramazon oyiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishingizga yordam bera oldik degan umiddamiz.
Ammo bu faqat boshlanishi!
🔥 Tez orada sizni navbatdagi qimmatli kitob asosida tuzilgan testlar kutmoqda! Ilm olish yoʻlida biz bilan birga boʻlganingizdan mamnunmiz.
🟢 Sahifani yaqinlaringizga ham ulashing va bu ilm karvoniga qoʻshilishlariga hissa qoʻshing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 «Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (1-qism)
Quyidagi amallar roʻzaning mustahablaridir:
1️⃣ Biror narsa bilan, bir qultum suv bilan boʻlsa ham saharlik qilish, saharlikni kechaning oxirigacha surish.
2️⃣ Quyosh botishi bilan shom namozini oʻqishdan oldin darhol ogʻizni ochish. Shirin va hoʻl narsa bilan ogʻiz ochish afzal.
3️⃣ Ogʻizni ochishda rivoyat qilingan lafzlar bilan duo qilish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (2-qism)
Ikkinchi shart − roʻzani ado etish uchun lozim shartlar
Bu shartlar ikkitadir:
1️⃣ Sogʻlom boʻlish. Bemor kishiga roʻza tutish vojib emas.
2️⃣ Muqim boʻlish. Musofirga roʻza tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (5-qism yakuni)
Yaqinda rus olimlari roʻza tutish yoʻli bilan davolangan bemorlar roʻyxatini eʼlon qildilar. Natijalar kishini hayratda qoldiradigan darajada muvaffaqiyatli.
Hatto saraton kasaliga mubtalo boʻlganlar ham shifo topganlar. Roʻza turli kasalliklarga shifo boʻlishi bilan birga, kishi badanidagi toʻplanib qolgan turli keraksiz moddalar, yogʻlar, tuzlar va boshqa narsalarni ham ketkazadi. Natijada insonning jismi ham, ruhi ham yengillashadi. Zehni oʻtkirlashib, xotirasi kuchli, irodasi mustahkam boʻladi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (4-qism yakuni)
Hozirgi kunda och qoldirish yoʻli bilan davolayotgan tabiblarning eng mashhurlari ichida birorta musulmon shifokor yoʻq.
Lekin ular dunyodan oʻtgan mashhur kishilar, Muso va lyso alayhissalom kabilar ham ixtiyoriy och qolish yoʻli bilan oliy ruhiy maqomlarga erishganlarini, hozirda ham kim taqvodorlikka erishish niyatida boʻlsa, albatta roʻza tutishi zarurligini taʼkidlamoqdalar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (3-qism)
Roʻza tutish orqali moʻmin kishi omonatga xiyonat qilmaslik hamda maxfiy va oshkora holatlarda ham Alloh taolo uni kuzatib turganini his qilishni oʻrganadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
Boshladik! 😊
✨ Roʻzaning foydalari (1-qism)
Roʻza Alloh taologa qilinadigan toat-ibodatdir. Roʻza tutgan banda had-hisobsiz ajr-u savoblarga ega boʻladi.
Bu ibodatni ado etgan banda jannatga «Rayyon» deb ataladigan alohida eshikdan kirish huquqini qoʻlga kiritadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
✨ «Moʻminning qalqoni» — mufassal roʻza kitobi
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hilolnashr
#foydali
✨ Zakot ilmlari
Zakot molga farz boʻladimi yoki mol egasining zimmasigami?
Hanafiy mazhabida «Molga farz boʻladi», deyilgan. Molikiy, shofeʼiy va hanbaliy mazhablarida «Molning egasiga farz boʻladi», deyilgan. Shunga binoan, zakoti farz boʻlganidan keyin mol halokatga uchrasa, uchala imom nazdida egasi boshqa tomondan zakot topib berishi shart.
Hanafiy mazhabi boʻyicha esa bu shart emas. Alloh taolo: «Ularning mol-mulklarida maʼlum haq bor», degan (Maorij surasi, 24-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta qoʻydan bir qoʻy», deganlar.
Shuning uchun agar nisobning hammasi halok boʻlsa, zakotning hammasi soqit boʻladi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#чегирма
🎉 Рамазон чегирмасини кутиб олинг!
📍 Манзилларимиз
☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception
@hilolnashr
#foydali
✨ Zakotning shartlari
Zakot beruvchida boʻlishi lozim boʻlgan shartlar:
1⃣ Musulmon boʻlishi.
2⃣ Balogʻatga yetgan boʻlishi.
3⃣ Oqil boʻlishi.
4⃣ Xur boʻlishi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakot haqida
Sharʼiy istilohda «Zakot maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilingandek mulk qilib berishdir».
Maxsus mol nisobga yetgan mol demakdir. Maxsus juz zakot beruvchining mulkidan ajratiladigan miqdordir.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Zakot haqida
«Zakot» soʻzi «poklik» va «oʻsish» degan maʼnolarni anglatadi. Zakot bergan kishining moli poklanadi. Zakot bermagan kishining moli esa ichida zakotga haqdorlarning moli ham aralashgani uchun nopok boʻlib turadi.
Qachon zakotini bersa, poklanadi, boʻlmasa yoʻq. Zakoti berilgan molga baraka kiradi, koʻpayib, oʻsadi.
📖 «Moʻminning najoti» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning najoti» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 5-kitob – «Moʻminning najoti» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilol.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (3-qism)
7⃣ Roʻzani buzmaydigan, ammo huzurbaxsh narsalarni tark qilish.
8⃣ Oila aʼzolari va qarindoshlarga kengchilik qilish. Beva-bechora va kambagʻallarga xayr-ehsonni koʻpaytirish.
9⃣ Qurʼon qiroati, ilm suhbatlari, zikr va salavotlarni koʻpaytirish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning mustahablari (2-qism)
4⃣ Roʻzadorlarga iftor qilib berish.
5⃣ Junublik, hayz va nifosdan qilinadigan gʻuslni kechga qoʻymay, tong otishidan oldin qilib olish.
6⃣ Til hamda aʼzolarni ortiqcha gap-soʻz va amallardan tiyish.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (3-qism)
Uchinchi shart − roʻzaning toʻgʻri boʻlishi shartlari.
Bu shartlar uchtadir:
1⃣ Niyat. Niyatsiz roʻza durust boʻlmaydi.
2⃣ Nifos va hayzdan xoli boʻlish. Nifos va hayzli boʻla turib tutilgan roʻza durust boʻlmaydi.
3⃣ Ramazon roʻzasining adosi va qazosi sharʼiy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan toʻgʻri boʻladi. Maʼlumki, qilinishi lozim boʻlgan amalni shariatda belgilangan vaqtda qilish «ado» deyiladi. Qilinishi lozim boʻlgan amalni belgilangan vaqtidan keyin bajarish «qazo» deyiladi. Ramazon roʻzasini vaqtida tutish farz. Agar u vaqtida ado qilinmagan boʻlsa, qazosini tutish farz.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning shartlari (1-qism)
Roʻza durust boʻlishi uchun uch xil shart topilishi lozim.
Birinchi shart – zimmaga lozim boʻlish shartlari.
Bu shartlar quyidagilar:
1️⃣ Islom. Musulmon boʻlmagan odamga roʻza farz boʻlmaydi. Unday odam roʻza tutsa ham, roʻzasi ibodat oʻrniga oʻtmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, oʻsha kundan boshlab roʻza tutadi.
2️⃣ Aql. Aqli yoʻq odamga roʻza farz boʻlmaydi, chunki u mukallaf emas.
3️⃣ Balogʻat. Balogʻatga yetmagan yosh bolalarga roʻza farz boʻlmaydi. Ramazon oyida balogʻatga yetganlar oʻsha kundan boshlab roʻza tutishni boshlaydilar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (5-qism. Davomi bor)
Roʻzaning eng mashhur hikmatlaridan biri roʻzadorga
ato etiladigan sogʻlikdir. Hozirda roʻza tutish aynan sogʻlik uchun nihoyatda foydali ekani haqida hamma bir ovozdan gapirmoqda.
Mutaxassislar ixtiyoriy och qolishni koʻp va xoʻb targʻib qilmoqdalar. Roʻza oʻsha ixtiyoriy och qolishning eng yaxshi va eng samarali namunasidir. Roʻza nafaqat sogʻlikni saqlash uchun, balki kasalliklarni davolash uchun ham nihoyatda zarurligi taʼkidlanmoqda.
Hozirgi kunda keng tarqalgan bemorliklarning koʻplarini musulmon boʻlmagan yurtlardagi tabiblar ochlik, yaʼni roʻza tutish yoʻli bilan davolamoqdalar.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (4-qism. Davomi bor)
Roʻza tutgan kishining taqvodorligi oshadi. Qadimdan barcha ulamolar va hukamolar ham ushbu haqiqatni doimiy ravishda takrorlab kelishgan.
Oʻzini bilgan har bir roʻza tutuvchi inson ham bu haqiqatni juda yaxshi biladi. Shu bilan birga, bu hikmatni targʻib qiluvchilar sirasiga keyingi paytlarda kishilarni ochlik yoʻli bilan davolovchi tabiblar ham qoʻshildilar.
Ularning taʼkidlashicha, ixtiyoriy och qolish, yaʼni roʻza tutgan insonda Alloh taolodan qoʻrqish, U Zotni doimo his etib turish, yaʼni taqvo hissi paydo boʻladi va ortadi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#foydali
✨ Roʻzaning foydalari (2-qism)
Roʻza ulkan axloq maktabidir. Roʻza tufayli moʻmin kishi koʻpgina xislatlarga ega boʻladi.
Roʻza tufayli inson man qilingan narsalarga sabr qilishga oʻrganadi. U roʻza orqali hayotida duch keladigan mashaqqatlarga chidashga ham malaka hosil qiladi.
📖 «Moʻminning qalqoni» kitobidan
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
#maʼlumot
📖 Yakunlangan «Moʻminning meʼroji» kitobidan namozning foydalari haqida tanishib chiqqan edik.
🔥 Endi esa «Moʻminning qalqoni» kitobidan roʻzaga doir foydali maʼlumotlarni ulashib boramiz, inshaalloh!
🟢 Yaqinlaringizga ham ulashing.
@hiloltest
📈📈📈📈📈
✨ Navbatdagi testlar «Moʻminning qalqoni» kitobidan boʻladi
«Hilol Test» sahifamizda shayx hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha testlar qoʻyib boryapmiz.
Ertadan ushbu roʻyxatdagi 5-kitob – «Moʻminning qalqoni» kitobidan testlar joylanadi, inshaalloh.
❓ Kitobni qayerdan topish mumkin?
✅ Kitobni qogʻozli va elektron shaklda quyidagi manzillardan topish mumkin:
🟢 «Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
🟢 hilolnashr.uz saytidan;
🟢 «Hilol eBook» ilovasidan.
Tartibli ilm olib, oʻrgangan bilimlaringizni biz bilan sinab boring. 😊
📲 «Hilol Test» ilovasini yuklab olish
📖 Sahifamizni kuzatib boring!
👉 @hiloltest | @hiloltestuz