homework_uz | Unsorted

Telegram-канал homework_uz - HOMEWORK | onlayn maktab

-

Onlayn maktabimizda ingliz va rus tillarini kuchli ustozlardan uydan chiqmay o'rganing. Instagram: https://bit.ly/3gcEi9C Facebook: https://bit.ly/3HhQGB8 Veb-sayt: www.myhomework.uz 📞 +998930611112 📨 @Saidabbos_Homework 🌐 https://bit.ly/3sCFc

Subscribe to a channel

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Sekin harakat qilishdan qo‘rqmang, qotib qolishdan qo‘rqing.

© Bryus Li

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful #idioms #phrases

To predlogi bilan keladigan asosiy sifatlar

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Imkoniyat muzqaymoqqa o‘xshaydi, erib ketmasidan oldin yeb qolish kerak

© Bodo Shefer

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Lug‘at boyligini qanday sifatli boyitish mumkin?

🤔 Hammamizga ma’lumki, maktabda yoki ixtiyoriy o‘quv markazlarda til o‘rganish mobaynida bizga lug‘at yodlash kerakligini aytishadi-yu, lekin qay tarzda o‘rganish mumkinligi haqida maslahat berishmaydi. Shu sababli siz uchun qimmatli bo‘lgan maslahatlarni ushbu postimiz orqali yetkazishga harakat qilamiz. Ushbu maslahatlarni Buyuk britaniyaning o‘qitish uslublariga asoslanib, bir nechta qadamlarga bo‘lib chiqdik.

1. Read
Lug‘at boyligini mustahkamlashda eng muhimi bu - o‘qish. Ko‘proq o‘qish ko‘proq natija beradi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘uladi: Nimani o‘qish kerak? Javob: Xohlaganingizni va hamma narsani. Ammo o‘qishda siz qiziqadigan soha bo‘lishi kerak.

🙄 Keling, osonroq tushuntirishga harakat qilamiz, avvalo, qiziqadigan sohangizga aloqador ma’lumotlar toping. Masalan, bu futbol sporti bo‘lsa, eng sevimli o‘yinchingizni tanlab oling va uning hayotiga yoki futbol faoliyatiga aloqador ma’lumotlarni ingliz tilida oling.

Bu ma’lumotlardan lug‘atlarni olishni boshlang va shu asnoda yod olishga kirishing. Ishonib aytamizki, bu jarayon yuqori hayajonda va motivatsiyada o‘tadi. Va eng muhimi lug‘atlar yodingizda emotsiyalar orqali muhrlanib qoladi.

2. Write
Endi esa yodlagan lug‘atlaringizni yozishingiz kerak ya’ni siz lug‘at manosini to‘liq tasavvur qilishingiz lozim. Masalan, "beautiful" so‘zini biror gapda qo‘llab ko‘ring: "I love to see a beautiful sky..." Bu orqali so‘z ma’nosini to‘liq tasavvurda jonlantirishga erishasiz. Bu odatiy lug‘at yodlash usullaridan keskin farq qiladi.

👆 Yuqorida aytib o‘tganimizdek, lug‘atlar siz qiziqadigan mavzular asosida olinadi va shu asosida gaplar tuzishingiz mumkin. Ushbu ikki usulni yaxlit holatda shakillantirsangiz ham bo‘ladi.

👀 Keling qiziqarli bir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Hozir bir nechta lug‘atlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu lug‘atlar bir insonning hayoti va ijodidan olingan. Lekin biroz qiziqarli va tanqidiy so‘zlar bilan ta’riflangan. Ushbu lug‘atlarni tarjima qilib, gap kim haqida ketayotganligini topishingiz kerak bo‘ladi:

👉 Businessman, actor, crazy, country, hair, childish, yellow, forty-fifth, former, famous, policy.
Xo‘sh, bu lug‘atlar kimning hayoti va faoliyatidan olingan? O‘z javobingizni commentda qoldiring. Javob bilan birga siz ham shu tartibda qiziqarli savol berishingiz mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful

Turli shakillarning Ingliz tilida aytilishi

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​O‘qishning ilg‘or metodikasi

🐳 Bir donishman shunday deydi: “Men yosh baliq haqida hikoya eshitganman. U qari baliq oldiga borib: Men okean deb atalgan joyni qidiryabman - deydi. Qari baliq: Okean?!ʼ taajublanib - sen hozir o‘sha okeandasan.
ʼShu okeanmi?!ʼ - deydi hayratlanib yosh baliq: Bu shunchaki suv holos-ku! Men xohlayotgan narsa - okean!

🤔 Biz yon atrofimizda sodir bo‘layotgan narslarga shu paytgacha o‘rgangan bilimlarimizdan hosil bo‘lgan shaxsiy va mantiqiy qarashlarimiz asosida munosabatta bo‘lamiz. Demak, bundan kelib chiqadiki, biz oldindan dasturlashtirilgan va "epaqaga keltirilgan" bilimlarni o‘rganib ulg‘ayamiz. Bizga maktabda yon tomonlari bir xil bo‘lgan to‘rtburchak haqida qanday fikrda ekanligimiz yoki qanday tasavvur qilishimizni emas, kitobda chizilgan va oldindan tariflangan qoidani so‘rashadi.

Biz sizga aytmoqchi bo‘lgan o‘qishning ilg‘or metodikasi aniq maqsad sari belgilangan maktabdagi uslubdan ancha farq qiladi va undan ustun turadi. Hammamizga turli misollar maʼlum, inson biror chet tilini o‘rganish uchun harakat qiladi-yu, unchalik eplay olmaydi. Kun kelib taqdir taqozosi bilan o‘sha tilda so‘zlashadigan yurtga borib qoladi. Natijadachi?

Natijada, u uchun qiyin bo‘lgan tilni o‘z o‘zidan o‘rganganini sezmay qoladi. (sizda: "muhit sababchi bunga, hamma ham chet elga borib kela olmaydiku?" degan savol tug‘uldi.) Yo‘q, adashdingiz. Bu fikrni kimdandur eshitgansiz yoki o‘qigansiz, bizda fikrga qarshi munosabatlar qanday paydo bo‘lishini yuqorida aytib o‘tdik.

👀 Endi esa buning asl sababi nimada ekanligini ko‘rib chiqamiz. Deylik, ayni damda sizda muammo mavjud. Bu muammo til o‘rganish bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi "chet el voqeasining" asl sababi "dasturlashtirilgan qobiqni majburiy tark etish" desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni siz hozir komfort zonangizga shunchalik "yopishib" olgansizki, sizga har qanday yechimni taklif qilishsa ham muammo topib bera olasiz!

💡 Sizda til o‘rganish bo‘yicha allaqachon re’ja mavjud. Allaqachon bunga qanday erishish mumkinligini tuzib chiqgansiz. Biz sizga aytmoqchi bo‘lgan o‘qishning ilg‘or metodikasi ham sizda allaqachon mavjud! Ammo, jamiyatda shakillanib ulgurgan yechimsiz qarashlar sizga bu ishni bajarish uchun yo‘l bermayabdi. Nima haqida aytayotganimizni tushundingiz, albatta.

Diogen aytadi: Taʼlim yoshlar uchun inʼom, qariyalar uchun yupanch, qashshoqlar uchun boylik, badavlatmandlar uchun esa zeb-ziynatdir.
Bizda shakillanib qolgan tushuncha esa: Taʼlim yoshlarni ko‘nglini qoldiradigan, qarilar doim noliydigan, qashshoqlar egallay olmaydigan, boylarga esa kerak bo‘lmagan narsaga aylanib qolgan.

❗️ Ayni damda qiladigan ishingiz, siz uchun "qadrli" bo‘lgan komfort zonangizni tark eting, o‘zgalar va jamiyat fikriga hozircha ahamiyat bermay turing va yuqorida aytganimizdek, sizda mavjud bo‘lgan re’jangizni qo‘rqmasdan amalga oshiring!

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Biror narsani o‘zgartirish qiyin ammo, buning iloji bor.

© Barak Obama

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#idioms #phrases

Collocations with time

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#idioms #phrases

🏠 English Idioms: Home

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Ingliz tili o‘rganuvchilari uchun eng foydali 7 ta Hollywood filmi.

📽 Ingliz tilini o’rganishning yana bir samarali yo’li bu - filmlar ko’rish orqali o’rganishdir. Bu jarayonda siz ingliz tilini jonli tarzda eshitish, so‘zlarni o‘rganish va doimiy tarzda amaliyot qilib borish kabi bilimlarni olib borasiz.

🇺🇸 Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan va o‘rganayotganlar uchun tushunilishi oson, saralab chiqilgan, eng foydali 7 ta Hollywood filmini keltirib o‘tamiz:

1. The Social Network
Ushbu kino real voqealarga asoslangan bo‘lib, film Facebook asoschisi Mark Zuckerberg hayotidan olingan.

2. The Hangover
Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan sarguzasht film. Qiziqarli va kutilmagan sahnalarga ega. Bu filmda hatto mashxur bokschi Mayk Tayson ham rol ijro etgan.

3. Five Feet Apart
Bu film ham real voqealarga asoslangan bo‘lib. Ikki juftilkning hastalik tarixini ko‘rsatib beradi. Bu filmdan olingan qisqa videolar ijtimoiy tarmoqlarda ancha mashxur.

4. Toy story
Ingliz tilidagi tushunilishi eng oson bo‘lgan multifilm. Qiziqarli va sarguzashtli sahnalarga boy.

5. Cast Away
Ushbu kino Ingliz yozuvchisi Daniel Defo asari asosida suratga olingan. Ushbu filmni o‘zbek tilida juda ko‘p marta ko‘rgansiz.)

6. Twilight
Bu film fantastik yo‘nalishda suratga olingan bo‘lib, Insonlarning quyosh botishida bo‘riga aylanishi va turli kutilmagan voqealar aks etgan film hisoblanadi.

7. Forrest Gump
Ushbu film Xiyoyning eng boy odami, milliarder Jek Maa ning eng sevimli kinosi hisoblanadi. So‘zining ustidan chiqish va hech qachon chekinmaslikni targ‘ib qiluvchi motivatsion film.

🎞 Yuqoridagi barcha kinolar ingliz tili o‘rganuvchilari uchun maxsus saralab chiqilgan. Sizda filmlarni topishda yoki yuklashda muammolar bo‘lmasligi uchun barchasini guruhga yuklab qo‘yamiz.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Kuchaytirilgan "English Pro" kurslari start olmoqda

⚡️ Booom! Bugun kunni ajoyib yangilik bilan boshlamoqchimiz. Dekabr oyidan buyon jamoamiz ishlab chiqayotgan yangi "English Pro" kurslari bugundan start olmoqda. Keling avval nega bu tizimni ishlab chiqqanimiz va bu tizim qanday muammolarni hal qilishi haqida gaplashaylik.

Biz ta'lim berish jarayonida, o'quvchilar bilan kelib chiqayotgan muammolar doimiy o'rganib bordik. Start olayotgan kursda esa o'quvchi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday muammoga yechim topa oldik.

🎯 2 yillik onlayn ta'lim sohasidagi tajribamizdan bizga ma'lumki odatda o'quvchilarning yuqoriga natijaga erisha olmasliklari, ularning "Komfort zonadan" chiqa olmasliklari bilan bog'liq bo'ladi. Biz aynan shu masalani "Golden Page" tizimi bilan yecha oldik.

"English Pro" tizimining yana bir afzalligi shundaki, kursimizda eng mayda detalgacha, barcha qilinishi kerak bo'lgan ishlar avvaldan belgilab olingan. Qaysi darsda nima mavzular o'tilishi, qanday vazifa berilishi va qay tartibda qabul qilib olinishiga qadar. O'quvchi vazifani bajarmasa nima chora ko'rilishi ham 😉

Biz sizga uchun to'liq natijaga erishish xaritasi, aynan shu xarita bilan natijaga erisha olgan professionallar va o'zingizga qulay joydan o'qish imkoniyatini taklif qilamiz.

🚀 O'zingizga kerakli kursga ro'yxatdan o'ting, ta'lim oling va mutaxassisga aylaning.

👉 English Pro kurslariga yozilish

☎️ +998901814344

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​5 daqiqada charchoqlardan qutulish usuli

🥵 Agar siz kompyuter yonida uzoq vaqt ishlash yoki kuniga bajaradigan darslar va yozma ishlar tufayli bo‘yin va yelka sohalaridagi og‘riqlardan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz va aynan o‘sha joylarni uqalash kerak deb o‘ylasangiz xato qilasiz.

🎾 Shunchaki, oddiy tennis to‘pchasi bilan kaftingizni yaxshilab ezsangiz kifoya, o‘zingizni ancha yengil his qilasiz! Og‘riqlar va boshdagi charchoq 5 daqiqada sizni tark etadi. Uyqudan uyg‘ongandagi kabi tetiklik va diqqat jamligi qaytadi.

👔 Odatda kompyuter yonida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar va yozma ish bilan shug‘ullanuvchilar bo‘yin va yelka sohalaridagi og‘riqdan shikoyat qilishadi. Bunga klaviatura va sichqoncha bilan ishlash tufayli kaftning charchashi sabab bo‘ladi. Yuklanishlardan charchagan kaftdagi og‘riq bo‘yin va yelka sohasiga uzatiladi.

💊 Bo‘yin, yelka va bosh og‘rig‘ini sezganingizda dori vositalaridan foydalanishga shoshilmay turing. Buning o‘rniga shinam joyga o‘rnashib, barmoqlaringizni yengil uqalang va tennis koptokchasi bilan kaftingizni yaxshilab ezing. Bu mashq orqali butun nerv tizimingizni bir maromda uqalagandek bo‘lasiz))

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#Expressions #phrases

👩‍🔧 Ishda ishlatiladigan eng kerakli iboralar

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Dangasalar uchun Speakingni oshirishning eng oson va samarali usuli

🇺🇸 Ingliz tilini o‘rganishda albatta, speaking qobilyatimiz yaxshi bo‘lishini istaymiz. Ammo speakingni oshirishga aloqador turli xil manbalar, turli xil kitoblar va metodlar bizni cho‘chitib qo‘yadi. Biz hammasini o‘rganib, ulgura olmaymiz. Shu paytda o‘rganuvchilarning ko‘pchiligida “ingliz tilini o‘rganib bo‘lmas ekan” degan fikr paydo bo‘lib qoladi.

🗣 Xo‘sh, bu turdagi o‘rganuvchilar uchun speakingni oshirishning oson va sodda usuli bormi?
Ha albatta, bunday usul mavjud! Balki bu usuldan har kuni foydalanarsiz, ammo to‘liq imkoniyatlaridan foydalana olmayabsiz. Har bir usulning ko‘rinishi oddiy bo‘lishi mumkin, lekin ma’lum bir tartiblarga bo‘lib, bosqichma bosqich amalga oshirilsa, natija bera oladigan metodga aylanadi. Biz sizga ingliz tilidagi musiqalar orqali speakingni oshirish usulini aytib o‘tamiz.

🧑‍🎤 Demak, ”Inglizcha qo‘shiqlar” orqali speaking qobilyatingizni qanday qilib oshirish mumkinligini va uning bosqichlarini ko‘rib chiqamiz:

• O‘zingizga yoqadigan qo‘shiqchini qo‘shig‘ini tanlaysiz;
• Kuniga 1 dona qo‘shiq ustida ishlaysiz (vaqt va qobilyatingizga qarab oshirishingiz mumkin).

🎧 Endi esa, bajarish bosqichlari orqali ko‘rib chiqamiz:

1. Qo‘shiqni bir necha marotaba tinglang;
2. Musiqani matnini internetdan oling;
3. Matnni o‘qib chiqing va qayta tinglang, o‘qilish tartibini o‘rganing;
4. Matnda sizga notanish bo‘lgan so‘zlarni yozib, tarjimasini o‘rganing.

🙄 Qo‘shiq ma’nosini to‘liq tushunib olganingizdan so‘ng, siz qo‘shiqni ixtiyoriy ravishda ma’lum bir qismini yodlab olgan bo‘lasiz.

😎 Endi esa, speaking qobilyatni qanday rivojlantirishimiz mumkin? Yuqoridagi mashg‘ulotni doimiy ravishda bajarib boring va bir necha oydan so‘ng, siz qo‘shiqlar haqida og‘zaki ta’rif berishga urunib ko‘ring. Shu daqiqadan boshlab ingliz tilida gapirib ketganingizni ko‘rib, hayratda qolasiz))

🎯 Buning asosiy sababi shuki, bu mashg‘ulot orqali tinglab tushunish, native speakerlar kabi nutqni chiroyli qilish, va ingliz tilida doimiy matnlar yodlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib borasiz. Bu jarayon qiziqarli va hamma uchun sodda bo‘lgan metoddir.

Qo‘shimcha ma’lumotlar, ya’ni ingliz tilida kuylaydigan mashxur qo‘shiqchilar, qo‘shiq matnini topib beradigan bot va boshqa kerakli ma’lumotlarni commentga joylaymiz⤵️

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

👩‍💼 Hech qachon taslim bo‘lmang, shunda boshqalarning taslim bo‘layotganligini ko‘rasiz.

© Margaret Tetcher

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Til o‘rganuvchilar uchun qiziqarli saytlar

🕸 Ingliz tilini dunyo bo‘ylab juda ko‘plab insonlar o‘rgananishini va shu bilan birga hozirning o‘zida sizning darajangiz bilan bir xil bo‘lgan millonlab insonlar borligini juda yaxshi bilasiz. Ana shu auditoriyani bir paytning o‘zida jamlab, yanada bilimini oshirish uchun yaratilgan ijtimoiy web saytlar mavjud. Ushbu qiziqarli saytlar orqali til o‘rganish mashg‘ulotingiz anchagina sermazmun tarzda kechadi.

👉 Real-english.com — Ushbu saytda ko‘chadagi odamlar bilan real tarzda yozib olingan dialoglar mavjud. Speaking va Listening qobilyatingizni rivojlantirish uchun qiziqarli sayt.

👉 www.eastoftheweb.com/short-stories/ — Ingliz tilida chiroyli so‘zlarni ishlatib atrofdagilarni qoyil qoldirmoqchimisiz? Unda ko‘proq reytingi baland hikoylar o‘qing. Ushbu saytda hikoyalar va turli so‘zlar bilan o‘yinlar to‘plami mavjud.

👉 eslgames.com — Ingliz tilini o‘rganishda bir xillikdan zerikkanlar uchun turli bosqichlarga bo‘lingan o‘yinlar to‘plami mavjud. Ushbu sayt grammar, vocabulary, speaking kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Qisqa qilib aytganda, o‘yin o‘ynab, til o‘rganasiz.)

👉 www.engvid.com — Butun dunyo talabalari orasida mashxur bo‘lgan sayt. Ushbu saytda til o‘rganuvchilar va turli ma’lumotlarni qidirib topa olmayotganlar uchun eng mashxur resurslar jamlangan.

👉 www.newsinlevels.com — Ingliz tilini o‘qish va tinglash amaliyoti uchun NiLMethod ta’lim usuli haqida eshitganmisiz? Sayt uch bosqichga asoslangan va qiziqarli mashg‘ulotlari bilan ajralib turadi.

🇺🇸 Yuqorida sizga til o‘rganish mobaynida ijobiy yordam beruvchi manbalarni keltirdik va shuni unutmangki, Ingliz tili — har doimgi bir xil darslar, bir xil kitoblar va mashqlardan iborat emas. Sizda erkin tanlov huquqi mavjud. Topilishi mumkin bo‘lgan narsalarani qidiring, izlaning va doimiy tarzda o‘z ustingizda yangi bilimlar orqali ishlang.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Ingliz tili o‘rganuvchilari uchun eng foydali 5 ta kitob (2-qism)

📘 Qiyin bilimlar yo‘qligiga, aksincha anglash qiyin bo‘lgan mavzular borligiga ishonuvchi obunachilarimiz uchun til o‘rganishda katta foydasi tegadigan kitoblarning ikkinchi qismini ham saralab chiqdik. Ushbu ingliz tilida yozilgan kitoblarni yangi o‘rganuvchilar ham bemalol o‘qib, tushuna olishadi.

1. The Diary of a Young Girl
Anna Frankning ushbu asarida Niderlandiyaning fashistlar tomonidan bosib olinishi, yosh qizaloq va uning oilasi ikki yil sargardonlikda yashirinib yurishi, oxir oqibat qizchaning konsentratsion lagerga olib ketilishi va vafot etishi haqida hikoya qilinadi. Bu asar aynan shu qizaloqning kundaligi asosida yozib olingan. Motivatsiya, emotsiya va ilhom olishni istovchilar uchun o‘ta tasirli asar hisoblanadi va asosiysi, ingliz tilida sodda yozilganligi bilan sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Asarni to‘liq tasavvur qilishingiz uchun asar asosida olingan hujjatli trailerni mana bu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

2. The Old Man and the Sea
Ernest Xemingueyning ushbu asari Santyago ismli cholning dengizda ulkan baliq bilan epik jangi haqida hikoya qiladi. Asar o‘zgarmas taqdirga qarshi qahramonona kurashni ifoda etishi bilan dunyo bo‘ylab mashxurlikka erishdi. Xeminguey adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Kitob asosida olingan Booktrailerni mana bu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

3. Thirteen Reasons Why
Ushbu asar asosida olingan teleserial hozirda juda mashxurlikka erishgan. Asardagi asosiy qahramon Kley Jensondir. U eshigi yoniga tashlab ketilgan posilkani ochishi, va ichidan 7 dona kassetani topishi va ushbu lentalar sinfdoshi Xanna Beykerga tegishli bo‘lib, Xanna Beyker o‘z joniga qasd qilishi kabi syujetlar bilan boshlanadi. Sinfdoshining o‘limiga 13 ta sabab bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oluvchi dedektiv asardir. Kitobni tasavvur qilish uchun trailerni mana bu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

4. Peter Pan
Ushbu asar hammamiz sevib tomosha qilgan mashxur Piter pan kinosining yozma shaklidir. Bu asarda Piter Darling oilasiga tashrif buyurib xonim Darlingning hikoyalarini tinglashi va shu uydagi Vendi ismli qiz bilan Neverland shahridagi sayohatlari haqida hikoya qilinadi. Kitobni o‘qishdan oldin to‘liq eslab olish uchun kino trailerini mana bu yerdan ko‘rib olishingiz mumkin.

5. Kafka on the Shore
Haruki Murakami tomonidan yozilgan ushbu asarda romantik voqealar joy olgan. Ushbu asar uning eng mashxur romanlaridan biri hisoblanadi va yozuvchining beg‘ubor hikoya qilish qobilyati sizni boshqa dunyoga olib kira oladi. Ushbu asar ikki hikoyani mujassamlashtirgan holda yozilgan. Ushbu asarga atalgan majoziy trailerni ham ko‘rib olishingiz mumkin.

📒 Yuqorida sizga eng mashxur va ingliz tilida sodda yozilgan asarlarni keltirdik. Kitoblarni elektron variantini post commentidan yuklab olishingiz mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful #idioms #phrases

Ingliz tilidagi mashhur idiomalar

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

📣 Diqqat Vakansiya! 😃

Tajribali RUS TILI O’QITUVCHILARNI ishga taklif qilamiz

📌 Talablar:
▪️Avval tajribaga ega bo’lishi kerak
▪️Internetdan muammosiz bo’lgan
🎓 Soxasi Rus tili bo'lgan
🖥 Kompyuterga ega va ishlay olishi lozim
📈 Excel bilan bemalol ishlay olishi kerak
🏘 Uydan turib ishlay olishi kerak:

🔍Jinsi: ayol kishi
🔍Yoshi: 22-28 yoshgacha

🗺 Manzil: masofadan (onlayn) turib @Homework_uz uchun ishlanadi.

💰 Maosh: yaxshi maosh belgilanadi

🚪 Murojaat uchun @Sayyidislom_Homework ga yozing

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo'lsin aziz dindoshim.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful #idioms #phrases

Words similar to: GOOD / LITTLE

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Supper xotira tabletkasi

🧠 Biz butun hayotimiz davomida yangi narslarni o‘rganamiz. Ammo bu bilimlarning ko‘pchiligi va asosiylari xotiramizdan chiqib ketadi. Buning sababi nimada? O‘rgangan bilimlarni eslab qolish uchun nima qilish kerak?
Keling bu savollarga birgalikda javob topamiz. Supper xotira tabletkasiga ega bo‘lish uchun bir qancha bosqichlarni tuzib chiqdik:

1. Hammasini unuting.
Birinchi qiladigan ishingiz xotirani tozalash va axborotlar oqimini sekinlashtirish bo‘lsin. Sizga keraksiz bo‘lgan har xil ma’lumotlar bilan qiziqmang. Hozirgi zamonda bu tizmga insoniyat moslashib qoldi, ya’ni axborotlar ko‘pligidan biz faqat qisqa xotira bilan yashayabmiz. Doimiy xotiradagi ma’lumotlar ham qisqa xotiraga ko‘chib bormoqda.

2. Takrorlang.
Nemis psixologi Herman Ebbingaus xotira va uning ishlash mexanizimini tadqiq qilishi natijasida, biz o‘qigan yangi malumotlarning 50% 1 soatdan so‘ng yodimizdan chiqib ketishi aniqlandi. Yangi ma’lumotlarni o‘qiganingizdan so‘ng takrorlash vaqtini 2 karra oshirib boring. Ya’ni, 1 soatdan so‘ng takrorlab, so‘ngra 2, 4, 8 soatdan so‘ng yana takrorlab boring.

3. Xotira xaritasini yarating.
Mnemonika sohasining yuragi hisoblanuvchi bu usul yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Yodlamoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z uyingiz yoki shahar bo‘ylab joylashtirib chiqing, so‘ngra shu xarita bo‘ylab tasavvuringizda sayohatga chiqing. Ma’lumotlar joylashtirgan obyektlaringiz oldiga kelib qanday ma’lumot joylashtirganingizni eslang. Natijada, bilimlaringiz bir umrga xotirangizda muxrlanadi.

4. Urinmang.
Yuqoridagi maslahatlarni bosqichma bosqich bajarishda siz bir narsaga e’tibor qaratishingiz kerak. Yodlashda “qoshingizni chimirib, miyani taranglashtirmang” ya’ni Mark Menson aytganidek "urinmang". Bu holat aynan, 2-bosqichda yuzaga kelishi mumkin. Shunchaki takrorlang, diqqatingiz jam bo‘lsa kifoya. O‘zingizni bo‘sh qo‘yib, yangi narsa o‘qiyotgandek tasavvur qiling.

💊 Mana, supper xotira tabletkasining retsepti ham tayyor bo‘ldi. Endi esa, sizdan bu "tabletkani" to‘g‘ri istemol qilishgina qoldi.) Foydali bo‘lgan bo‘lsa commentda o‘z fikringizni qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Ingliz tili o‘rganuvchilari uchun eng foydali 5 ta kitob

📙 Ingliz tilida badiiy kitob o‘qish insonga o‘zgacha zavq beradi. Ammo murakkab so‘zlar qo‘llanilgan kitoblar bizni tezda zeriktiradi va soddaroq yozilgan kitoblarni izlab topa olmaymiz. Shuni inobatga olgan holda, Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan boshlang‘ich va o‘rta darajadagi insonlar uchun darajasiga mos va mashxur badiiy asarlarni saralab chiqdik:

1. The Kite Runner
Xolid Xusayniy tomonidan yozilgan eng mashxur asardir. Asarda ikki do‘st Amir va Hasanning hayoti aks etgan. Amir boy oila farzandi, Hasan esa shu oilada xizmatkorning o‘g‘li. Bu asar haqiqiy do‘stlik haqida hikoya qiladi. Ushbu asar asosida film ham suratga olingan. Tasavvur qilishingiz uchun mana bu yerdan kino trailerini ko‘rishingiz mumkin.

2. The Alchemist
Paulo Koeloning Alkimyogar asari quyidagi ikki savolga javob beradi: Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?.. “Alkimyogar” romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.

3. Catcher in The Rye
Salinger tomonidan yozilgan ushbu asar dastlab kattalar uchun nashr etilgan, ammo yillar o‘tishi bilan "isyon bosqichidan o‘tgan" barcha o‘spirinlar orasida mashxur bo‘ldi. Asar bosh qahramon Holden Kolfildning kattalar dunyosiga kirishi uchun bolaligini tashlab ketayotgani haqida hikoya qiladi.

4. Alice in Wonderland
Lyuis Karolning ushbu asari Alice ning mo‘jizalar dunyosiga sarguzashti orqali bolalar dunyosini ochib beradi. Ushbu asar bolalar adabiyotida mashhur bo‘lib kelmoqda. Umuman olganda, bolalar adabiyotini kattalar sifatida o‘qish sizga yangi istiqbolni ochib berishi mumkin.

5. The Little Prince
Kichkina shahzoda – allegorik ertak, Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mashhur asaridir. Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolg‘izlik, do‘stlik, sevgi va yo‘qotish mavzulariga bag‘ishlangan. Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin.

📚 Yuqorida sizga eng mashxur va ingliz tilida sodda yozilgan asarlarni keltirdik. Kitoblarni elektron variantini post commentidan yuklab olishingiz mumkin.

👉 Maqolaning 2-qismini o‘qish uchun bosing

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

🌙 Ahli islomning go‘zal ayyomi - JUMA muborak bo‘lsin!

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​O'qimaydiganlarni sudrab yurmaymiz

💸 Hozir barcha til o'rganish uchun harakatda, lekin hamma ham natijaga erisha olmayabdi. Nega bilasizmi? Bunga sabab sifatida juda ko'p ustozlar o'quvchini aybdor qilib ko'rsatishadi. Achinarlisi buni aksariyat ustozlar, o'quvchilari to'liq kursni tugatganlaridan so'ng, boshqacharoq aytsak "ustoz o'quvchidan yetarlicha foyda ko'rganidan so'ng" aytishadi. Uyalinglar-e!

Avvalgi postimizda yangi "English Pro" kurslariga start berilgani va bu tizimdagi "Golden Page" haqida aytib o'tgan edik. Jamoamiz bu tizimni joriy qilishidan asosiy maqsad o'qimaydigan va ba'zan darslarga ham qatnasha olmaydigan "daho" o'quvchilarni, kurs tugagunga qadar "sudrab" yurmaslik.

😎 Kecha Nurbek Alimov o'z blogida aytib o'tganidek: "Qornim og'riyabdi, ammamni o'g'li uylanayabdi" degan bahonalar bilan siz bizning kursda uzoqga bora olmaysiz. Qoldiriladigan darslar limitdan oshib ketsa, o'quvchi avtomatik kursdan chetlashtiriladi.

"English Pro" darslarining asosiy maqsadi - sifatli ta'limni qadrlovchi va natijaga erishish uchun harakat qiluvchi insonlarga ta'lim berish. Agar siz shundaylardan bo'lsangiz onlayn darslarimizda kutamiz!

👉 English Pro kurslariga yozilish

📞 +998 90 5879397

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#idioms
Ingliz tilidagi qiziqarli idiomalar

👂 Xalqimizda ko‘p uchraydigan va ishlatib kelinayotgan qiziqarli iboralar mavjud. Masalan, "Tilla bola ekan" yoki "mijozi sovuq odam" degan tariflarni ba’zida o‘zimiz ham ishlatamiz)

👆 Hech qiziqib ko‘rganmisiz, Ingliz tilida ham huddi shunday iboralar mavjud. Yuqorida yanada qiziqarli iboralarni keltirganmiz.

👀 “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” qabilida bu "idiomalarni" rasmlarga joylab qo‘ydik)

P.S. Ha aytgancha, siz ham bunday iboralardan xabardor bo‘lsangiz, commentga yozib qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

🧠 ...Xalqning buyukligi uning soni bilan o‘lchanmaydi...

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

😃 Learn English with Minions

🍌 33 MB
🍟 20:41

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Natijalaringizni kuzating

Uchta so‘z borki, bu so‘zlar bizning barcha harakatlarimiz natijasini ko‘rsatib beradi. Bular: tarozi, hisob, o‘lchov so‘zlaridir. Bu uchta so‘z orqali faoliyatingiz natijalarini, maqsadga munosabatingizni va o‘z falsafangizni ko‘rasiz.

Agarda sizda muammo yuzaga kelsa, buning javobini ushbu uchala so‘zdan qidiring. Har bir daqiqada natijalaringizga e’tibor qarating. Aql bilan ishlatilgan vaqt sizga aniq natijalarni beradi.

💰 Doktor Stiven Franson har bir insonga har kuni $1440 mablag‘ hisob raqamiga tushishini va u mablag‘ni faqat bir kun ishlatish mumkin ekanligi haqida aytadi. Tasavvur qiling, sizga ham har kuni erta tongda $1440 mablag‘ beriladi. Siz bu pullarni faqat bugun ishlatishingiz mumkin va ertaga ertalab bu pul yana yangilanadi. Har kuni doimiy davom etadi. Bugun ishlatilmay qolib ketgan mablag‘laringizni ertaga ishlata olmaysiz.

💵 Xo‘sh, ushbu manbadan qanday foydalanasiz? Siz uni sarmoya qilasizmi? (o‘qishga, rivojlanishga, o‘z ustingizda ishlashga, sayohatga) yoki uni bekorga sarflaysizmi? (afsuslanishga, chekinishga, dangasalikka, o‘ylanishga)

⏳ Stiven Franson har bir insonga har kuni bunday ajoyib imkoniyat taqdim etilishini aytadi. Bu $1440 - bizga har kuni beriladigan 1440 daqiqadir. Biz bu daqiqalarni shunchaki sarflanishiga yo‘l qo‘ymoqdamiz yoki uni o‘zimiz uchun sarmoya qilyabmiz.

Har bir lahza bir dollar kabi sarflanadi. Har bir daqiqa nimagadir sarmoya qilinadi va o'ziga xos tarzda, vaqt hammaga teng ravishda beriladi. Uni saqlash yoki to'plash mumkin emas. Uni qayta tiklash yoki yangilashning ham imkoni yo‘q. U faqat tajribalarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin. Hozirdanoq bu daqiqalarni unumli sarflashga kirishing.

Vaqtni qadrlovchi obunachilarimiz uchun keyingi postimizda Speakingni oshirishning eng sodda va oson usuli haqida ma’lumot beramiz. Siz uchun qiziq bo‘lsa, commentga + belgisini qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Fitnesni avvalo miyangizdan boshlang

🧠 Miyamiz ham mashq qilishga muhtoj organ hisoblanadi. Bu mashq aqliy mashg‘ulotlar bilan emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri miyaning faoliyatini yaxshilash uchun bajariladi. Har kuni barmoqlaringiz orqali miya fitnesini amalga oshirishingiz mumkin.

🖖 Barmoqlarning refleks nuqtalarini faollashtirish orqali biz signalni to'g'ridan-to'g'ri markaziy asab tizimiga o'tishga va ajoyib natijaga erishishga imkon beramiz. Charchoq yuqoladi, miya faoliyati faollashadi, o'z-o'zini tashkil etish yaxshilanadi, fikr ravshanligi paydo bo'ladi va energiya muvozanati tiklanadi.

🔋 Bu mashg‘ulotni bajarish tartibi ko‘rsatib berilgan video postning ostiga joylangan. Aqliy mehnat bilan birgalikda miya fitnesini ham doimiy bajarib boring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel