homework_uz | Unsorted

Telegram-канал homework_uz - HOMEWORK | onlayn maktab

-

Onlayn maktabimizda ingliz va rus tillarini kuchli ustozlardan uydan chiqmay o'rganing. Instagram: https://bit.ly/3gcEi9C Facebook: https://bit.ly/3HhQGB8 Veb-sayt: www.myhomework.uz 📞 +998930611112 📨 @Saidabbos_Homework 🌐 https://bit.ly/3sCFc

Subscribe to a channel

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #useful #idioms

🐳 FISH idioms

👆 Baliq so‘zini majoziy ishlatgan holda ajoyib idiomalarni aytishingiz mumkin. Yuqorida sizga eng mashxurlarini keltirib o‘tdik.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#friday

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo'lsin aziz dindoshim.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #idioms

🐶 Idioms about ANIMALS

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #useful

15 Different Ways To Say ‘I'm busy!' - Alternative English Phrases!

🍟 12:13

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#idioms #success

English Idioms: SUCCESS

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#friday

🌙 Ahli islomning go‘zal ayyomi - JUMA muborak bo‘lsin!

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Bir oyda 3000 ta so‘z "Protege effekti" orqali

⚡️ Buyuk faylasuf Seneka shunday deydi: “Qachonki biz o‘rgatayotganimizda, o‘rganamiz”. Ushbu iqtibosni mazmunini bugungi ma’qolamizga bog‘lagan holda batafsil ko‘rib chiqamiz.

Demak, Ingliz tilida kuniga 10 ta yoki ba’zilar 100 ta lug‘at yodlashadi. Bu juda yaxshi albatta, ammo yodlash bu — birinchi bosqich hisoblanadi. Asosiysi siz bu so‘zni 10 kundan keyin ham eslay olasizmi? Keling yaxshisi eslab ko‘raylik, kuniga 20 tadan lug‘at yodlayabsiz. 20 kun oldingi yodlagan lug‘atingizni bugun xatosiz aytib bera olasizmi? Albatta, yo‘q.

Demak, siz faqat yodlash bilan cheklanmoqdasiz. Protage effektining asosiy ma’zmuni — har bir ishning ikkinchi asosiy qismi bo‘lishi va uni bajarish orqali natijaga erishish mumkinligi haqidadir. Xo‘sh, lug‘at yodlashning ikkinchi bosqichi qanday? Ushbu bosqich yuqorida keltirilgan iqtibosning mazmuni asosida amalga oshiriladi. Ya’ni siz bugun 30 ta lug‘at yodladingiz va siz ushbu lug‘atlarni har besh kunda o‘zingizga o‘rgatishingiz kerak, ya’ni shunchaki takrorlash emas, balki savollaringizga o‘zingiz javob qaytarishingiz lozim.

🌚 Keling, soddaroq tushuntiramiz. 5 kun oldin yodlagan 30 ta lug‘atingizga bir ko‘z yugurtirib chiqing. Keyin har bir lug‘atni tarjimasini topishga harakat qiling. Shu vaziyatda topolmagan lug‘atlaringizni oq qog‘ozga savol ko‘rinishida yozing. Yozib bo‘lganingizdan so‘ng. Javoblarini ko‘ringda, yana yozma tarzda yuqoridagi ro‘yxatga yozib chiqing. Ushbu mashqni lug‘atlarni bexato aytguningizcha takrorlang.

❔ Savol berish va o‘rgatish mashqi — miyamizda eng yaxshi saqlanuvchi ma’lumotlar ba’zasini yaratadi. Siz ham bugundan boshlab ushbu usulda bilimlaringizni yanada mustahkamlang. Bilim olishda asosiysi sonlarga emas, sifat darajalariga e’tibor qarating.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Qiyinchiliklar hayotimizni qiziqroq qiladi, ularni yengib o‘tish esa unga mazmun kiritadi.

© Djoshua Marin

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#famous #useful #idioms

Ingliz tilidagi mashhur idiomalar

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

Tez o‘zlashtirish - Feynman metodi

⚡️ Agarda siz bilimingizni takomillashtirish va yanada aqilli bo‘lishga intilayotgan bo‘lsangiz, Feynman texnikasi siz uchun har qanday narsani o‘rganishning eng yaxshi usuli bo‘lishi mumkin.

Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan fizik Richard Feynman boshqalardan yaxshiroq o'rgana olish va narsalarni boshqalardan ko'ra yaxshiroq tushunishni ta'minlash uchun ajoyib metod yaratgan.

👉 maqolani o‘qish uchun bosing

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #useful #idioms

😁 Funny English Idioms and their meanings

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful

-ED pronunciation - /t/ /d/ or /id/? pronounce perfectly every time!

🍟 10:48

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Bizga vaqtni boshqarish hukmi berilmagan, lekin uni nima bilan va qanday toʻldirishni oʻzimiz hal qilamiz.

© Elchin Safarli

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Bir kunda 200 ta so‘z

⚡️ Kaliforniya universiteti professori Richard Atkinson tomonidan ishlab chiqilgan "TOG" metodi bo‘yicha bir kunda 200 tagacha lug‘at yodlashingiz mumkin!

Richard Atkinson Kaliforniya universiteti tizimining prezidenti, “National Science Foundation” tashkilotining sobiq direktori va Psixologiya va o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy taqdiqotchi hisoblanadi. Atkinson ishlab chiqgan va samarali deb topilgan ushbu metodni @Homework_uz o‘quvchilari va obunachilari uchun taqdim qilmiz. Bu metod 3 qadamdan iborat va bu qadamlar nimani anglatishini batafsil ko‘rib chiqamiz:

T - Tarjima;
O - Obraz;
G - Garmonizatsiya.

1. Tarjima
Demak, qadamni lug‘atlarni tarjima qilishdan boshlaymiz. Bu tarjima shunchaki tarjima qilish emas, balki har bir so‘zlarni maxsus kartochka qog‘ozlarga yozish orqali amalga oshiriladi. Tushunganingizdek, qog‘oz kartochkaning bir tomoniga lug‘atni va orqasiga tarjimasini yozib chiqasiz. Barcha yodlamoqchi bo‘lgan lug‘atlaringizni shu shakilda taxlab olasiz.

2. Obraz
Lug‘atlarni tayyor qilib olganingizdan so‘ng ma’lum texnika asosida yodlash bosqichiga kelasiz. Bu bosqich - Obraz orqali lug‘atlarni shakillantirish deb ataladi. Bunda sizdan kreativlik talab etiladi. Lug‘at yozilgan kartochkalarni qo‘lingizga olib, tarjimasiga qaraysiz. Masalan, House so‘zining tarjimasi - uy. Endi esa house so‘ziga o‘zbek tilida obraz topishingiz lozim. Albatta tarjimadagi "uy" so‘ziga yaqin bo‘lishi kerak. Bu masalan, "Hovuz" so‘zi bo‘lishi mumkin. Obraz tanlashda lug‘atga tovush jihatdan o‘xshash so‘z bo‘lishiga e’tibor bering. Barcha yodlamoqchi bo‘lgan lug‘atlaringizga shu shakilda obraz topib chiqasiz. Ushbu jarayon boshida qiyin, keyinchalik juda ham oson va qiziqarli kechadi.

3. Garmonizatsiya
Ushbu bosqich Atkinson metodining asosiy nuqtasi hisoblanadi. Ko‘pchilik bu bosqichni amalga oshirmaydi va lug‘atlar tez orada xotirasidan chiqib ketadi. Bu bosqichda siz barcha lug‘atlaringizga obraz topib bo‘lgan bo‘lasiz va endi bu obrazlarni jonlantirish lozim. Yuqoridagi House ~ Uy ~ Hovuz lug‘atini tasavvuringizda jonlantiring. Masalan, "Hovuzda ulkan Uy oqib ketmoqda"- deb tasavvur qilishingiz mumkin. E’tibor bering garmonizatsiya kutilmagan voqealar asosida bo‘lishi lozim. Lug‘atlarni ushbu metod asosida yodlash orqali yuqori tezlik va sifatga erishasiz.

✅ Richard Atkinson tomonidan ishlab chiqilgan TOG metodi bo‘yicha hoziroq biror so‘zni yodlashga urunib ko‘ring va o‘z fikringizni commenta qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#friday

🌙 Sayyidul Ayyom Juma muborak!

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #idioms

😅 15 Funny English Idioms

🍟 14:20

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​​​Eng mashxur motivatsion 5 ta kitob

🏆 Maqsadlarimizga intilayotganimizda, bu yo'lda qiyinchiliklar va to'siqlar bo'lishi muqarrarligini juda yaxshi bilamiz. Shu paytda motivatsiya hayotimizni biroz soddalashtiradi. Shuning uchun quyida motivatsion kitoblarni keltirib o‘tamiz. Ushbu kitoblar hozirgi ishtiyoqingizni kutilmagan tarzda yanada o'sishiga turtki bo‘ladi.

1. Man’s Search for Meaning by Victor E. Fankl
Psixiatr Viktor Frankl fashistlarning o'lim lagerlarida yashash tajribasini chuqur muhokama qiladi va undagi ma'naviy omon qolish to'g'risida saboqlarini bayon qiladi. Frankl azob uqubatlardan qochish haqiqatga to'g'ri kelmasligiga ishonarli dalillarni keltirib o‘tadi. Biz bu kitob orqali qarshimizdan chiqayotgan muammolardan ma'no topish va yangi maqsad bilan oldinga siljish qobilyatini shakillantiramiz.

2. You Are a Badass: How to Stop Doubting Your Greatness and Start Living an Awesome Life
Ushbu kitob orqali Jen o'z o'quvchilariga odamlar o'zlarini cheklab kelayotgan qobilyatlari, qarashlari va odatlarini o‘zgartirishga yordam beradigan oddiy mashqlarni keltirib o‘tadi. Umuman olganda, kitob o'z auditoriyasini ilhomlantirish va rag'batlantirishga qaratilgan yangi kulgili yondashuv asosida yozilgan.

3. Make Your Bed: Little Things That Can Change Your Life
Admiral Uilyam ushbu kitobda shunday deydi: "Agar siz dunyoni o‘zgartirishni istasangiz bu ishni avvalo o‘z to‘shagingizni yig‘ishtirishdan boshlang" Ushbu kitob 10 milliondan ortiq fikrlarni o‘z ichiga oladi va bu fiklar Admiral Uliyamning motivatsion nutqlaridan olingan.

4. Smarter, Faster, Better: The Secrets of Being Productive in Life and Business
Charlz Duxiggning ushbu asarida hayotda insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq narsani amalga oshirishda yordam beradigan 8 ta mahsuldorlik kontseptsiyasi keltirilgan. Ushbu kitobda muvaffaqiyatli va kam muvaffaqiyatga erishgan insonlarning o'rtasidagi farqlari ko'rsatilgan. Ushbu kitob New York Times Bestselleridan joy olgan.

5. Grit: The Power of Passion and Perseverance
Ushbu kitobda psixolog Anjela Dakuort o‘z o‘quvchilariga muvaffaqiyatga erishish siri asosan kishining qat’iyatiga, qiziqishiga va kuchli ishtiyoqiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu uch hislatning qorishmasi esa, yaxlit muvaffaqiyat retseptini shakillantirishi isbotlab berilgan. Ushbu kitob aynan motivatsiya izlovchilar uchun yuqori energiya manbayidir.

📒 Yuqorida sizga dunyodagi mashxur motivatsion kitoblarni keltirib o‘tdik. Ushbu kitoblardan motivatsiya bilan birgalikda ko‘plab bilimlarni ham olishingiz mumkin. Kitoblarni elektron variantini commentdan yuklab olishingiz mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Sizni aqlli qilish uchun 5 ta aqlli hujum

⚡️ Miyangizni yuqori darajada ishlashga o‘rgatish deganda doktorlik dessertatsiyasini yoqlash yoki professorlik darajasi uchun harakat qilsh tushunilmaydi. Aksincha, bu asosiy bir nechta qadamni o‘z ichiga oladi. Agarda siz 2021-yilda atrofdagilarni hayratda qoldirishni istasangiz, maqolamizda sizni aqlli qilish uchun ba'zi harakatlarga asoslangan miya xakerlarini keltirib o‘tamiz.)

1. Miyangizni oziqlantiring.
Bu birinchi va eng muhim qadamdir, chunki agar sizning dvigatelingizda yetarli yoqilg'i bo'lmasa, u normal tezlikda yaxshi ishlamaydi. Buning uchun avvalo yaxshi va to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘proq meva istemol qilish va asosiysi, to‘yib uxlash kerak bo‘ladi.

2. Xabardorlik bilan shug'ullaning.
Xotirani yangilashning eng oson va juda qulay usuli bu ongni mashq qildirishdir. Bu shunchaki bir vaqtning o'zida faqat bitta kishiga yoki vazifaga e'tiborni qaratishni anglatadi. Qarshingizdagi inson sizga ish kuni qanday o'tgani haqida gapirib beryapti, ammo siz uni umuman tinglamayabsiz. Albatta, bu ixtiyorsiz tarzda kechadi. Buni oldini olish uchun mnemonika mashqlarini doimiy bajarib boring. Bu mashqni mana bu yerdagi maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

3. Tez o'qishni o'rganing.
Bilim haqiqatan ham ajoyib kuchdir va miyamizda juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Xo‘sh, biz ularni qanday qilib yanada ko‘proq qabul qila olamiz? Buning uchun tez o'qishni o‘rganing.  Axborotni iste'mol qilish va ma'lumotlarni deyarli aql bovar qilmaydigan tezlikda saqlash texnikasi mavjud. Tez o‘qish sirlarini mana bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

4. Qalamdan foydalaning va yozing.
Jismoniy ravishda biror narsani yozib olish elektron xatlardan ancha farq qiladi. Misol uchun, telefonda yozib qo'yilgan ma’lumotlardan farqli o'laroq, qo‘lda yozib qo‘yilgan narsalarni ancha yaxshi eslaysiz. O'zingizning fikringizni o'zingizning qo'lingiz bilan yozish jarayonida miya-tana aloqasi yuzaga keladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri xotiraga ta’sir o‘tkazadi.

5. Yangi narsalar qiling.
Bir xillik, bu ijodkorning qotilidir. Doimiy hayot tarzingizga nimadir yangi odatlarni qo‘shing. Masalan, siz kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasiz. Kunlik harajatlaringizni kamaytiringda shinam kitob javon harid qiling va uni sevimli kitoblaringiz bilan to‘ldirib boring. Yoki yana boshqa o‘zingiz xohlagan yangi narslarni o‘ylab topishingiz mumkin. Bu jarayonda miyangizni atraksionda uchirgan kabi hayajonlantirasiz va oziqlantirgan bo‘lasiz.))

🚀 Yuqorida sizga dunyo tan olgan usullarni keltirib o‘tdik. Ushbu maslahatlarga amal qilib borsangiz, albatta o‘z imkoniyatlaringizni yanda kengaytirgan bo‘lasiz.

🔜 Keyingi postimizda, dunyodagi eng mashxur motivatsion 5 ta kitob haqida bilib olish va kitoblarni elektron variantini qo‘lga kiritishni istasangiz kommentga + belgisini qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

Menga maʼlum bo‘lgan deyarli har bir insonning muvaffaqiyat hikoyasi, ularning muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan boshlandi.

© Djim Ron

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Noldan birgacha

⚡️ Noldan birgacha – bu eskidan yangigacha, odatiydan innovatsiyagacha bo’lgan bir qadamdir. Odatiy ta’lim shakli rivojlanishni anglatmaydi, balki doimiy bir xil davomiylikni va mo‘tadillikni anglatadi. Siz oldindan mavjud bo‘lgan 1 raqami bilan rivojlanasiz, ya’ni ertaga kim bo‘lishingiz va kim bo‘la olmasligingiz aniq tarzda uqtiriladi.

Aksincha, siz qobilyatlaringizga tayangan holda noldan birga qadam qo‘yishingiz mumkin. Ta’limda ham huddi shunday, o‘zingiz xohlagan tarzda bilim olishingiz va rivojlanishingiz mumkin. Bu borada hech qanday to‘siqlar yo‘q.

🏁 Buning uchun esa sizdan biroz izlanish talab etiladi. Xo‘sh, nolga qadam qo‘ygan til o‘rganuvchilarda qanday to‘siqlar yuzaga keladi? Bu muammolarga oson yechim bormi? Ha, albatta bor! Barcha til o‘rganuvchilarining muammolari o‘rganildi va amin bo‘lindiki, lug‘at yodlash va eslab qolish asosiy o‘rinda turar ekan.

✅ Ushbu masalaga yechim sifatida rus va ingliz tili o‘rganuvchilari uchun innovatsion loyiha amalaga oshirilgan. Bu orqali lug‘atlarni 10 barobar tezroq va sifatliroq eslab qolasiz. Ushbu loyihaga siz ham a’zo bo‘ling va yanada bilimlaringizni takomillashtiring.

Ingliz tili uchun 👉 @Photospy
Rus tili uchun 👉 @Fotoshpion

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting

20 Weird things ONLY British people do!

🍟 22:01

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting #idioms

Ingliz tilida raqamlarni ishlatib idiomalar yasash mumkin. Quyidagi rasmlardan ushbu idiomlarni bilib oling. 😉

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Vazifalarni yechishda “ABCDE” usuli

🙇 "Kechqurun bo’ldi, lekin yana hech narsaga ulgurmadim!"
Ushbu gap sizga tanishmi? Qayerda bo'lsak ham, bizda doimo ishlar juda ko'p bo’ladi. Bizda doimo vazifalar uchun yetarli vaqt bo’lmaydi. Natijada, bizda umidsizlik, stress hissi paydo bo'ladi.

Bizning butun hayotimiz cheksiz vazifalar, topshiriqlar va tashvishlar zanjiridan iborat. Biz doimo kechikib yuramiz, ko'pincha biz birinchi navbatda nimani bajarishimiz kerakligini anglamaymiz. Har doim bizda yetarli vaqt bo’lmaydi. Bularning barchasini yenglillashtirish uchun nima qilish kerak?

Ustuvor vazifalarni qo’yishda “ABCDE” usuli yordam berishi mumkin. Bu juda oddiy usul. Sizdan talab qilinadigani, shunchaki barcha vazifalar ro'yxatini tuzish va ularni A dan E gacha muhimlik darajasiga qarab tartibga solish kerak. Bu yerda A - ustuvor vazifalar, E esa muhimliligi kam narsalardir.

A harfidagi vazifalarni bajarish sizning muvaffaqiyatingizning kalitidir. Ularni oxirigacha tugatmaguningizcha keyingisiga o‘tmang! Diqqatngizni bir nuqtaga to'plang va ishga barcha kuchlaringizni yo'naltiring.

🚀 Sizning bugungi vazifalaringiz kelajakdagi umumiy holatingizni aniqlaydi. Uzoq muddatli istiqbolni qanchalik aniq ko'rsangiz, bugungi ishni yaxshiroq baholaysiz va kerakli natijaga erishasiz.

❗️ Kerakli natijaga erishish uchun esa sizga zamonaviy metodlar yordam beradi. Keyingi postimizda bir oyda sifatli ravishda 3000 ta so‘zni "Protege effekti" orqali yodlab qolish haqida bilishni istasangiz commentga + belgisini qoldiring.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#iqtibos

G‘olib insonning boshqalardan farqi shundaki, u hech qachon mag‘lubiyat haqida o‘ylamaydi.

© Jeff Bezos

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#friday

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo'lsin aziz dindoshim.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#BrainUp

​​Dopamin garmoni

👱 Dopamin bizning maqsadimiz sari keyingi qadamni qo‘yganimizda ajralib chiqadi. Tanamizdagi ushbu garmon bizni maqsadlarga erishishga undaydi. Biz istagan maqsadimiz sari yaqinlashganimizda miyamizga signal beradi va harakatni mukofot bilan bog‘laydi.

Endi e’tibor beramiz, biz uchun ya’ni miyamiz uchun kichik mukofot bu dopamin garmoni ekan. Xo‘sh, dopaminni ishlab chiqarish uchun yangi odatlarni qanday shakillantirish kerak?
Bu bosqichlarni bir nechta qadamlarga bo‘lgan holda ko‘rib chiqamiz:

• Kichik qadamlar bilan yangi maqsadlarga o‘tish. Bunda maqsadingizga erishish uchun kuniga kamida 10 daqiqani aniq harakatlarga sarflang.

• Katta muammolarni yoki yoqimsiz vazifalarni darhol hal qilishga intilmang. Shu vaziyatda muammolarni bosqichlarga bo‘lib chiqing. Ulardan eng yoqimsizini tanlang va harakatga o‘ting.

• Muvaffaqiyatlar ham juda kichik ko‘rinishga ega. Yirik g‘alabalarning zavqi uzoq davom etmasligini unutmang. Shuning uchun, maqsadga erishish yo‘lida kichik g‘alabalardan ham quvonch toping.

💡 Napalion Xill shunday deydi: Vaqtni yo‘qotmang, axir vaqt sizni kutib o‘tirmaydi. Ayni damda turgan joyingizdan boshlang, ayni damda qo‘lingizda bor narsalar bilan ishlang, va eng yaxshi imkoniyatlar yo‘l-yo‘lakay vujudga keladi.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful #idioms #phrases

In predlogi bilan keladigan asosiy fe’llar

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

​​Dam olish kunini qanday o‘tkazish kerak?

☕️ "Bugungi kunim mazmunli o‘tdi" deya olish insonga o‘zgacha zavq beradi. Dam olish kunining kichik qismini "aql vitamini" bilan boyiting. Buning uchun foydali maqolalar to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz.

👉 Til o‘rganuvchilar uchun foydali telegram botlar

👉 30 soniyada aqliy imkoniyatingizni baholovchi test

👉 Pifagor qonuni orqali fenomenal xotiraga ega bo‘lish

👉 Tushunilishi oson va natijasi ulkan falsafa yoki Yaponiya taraqqiyot yo‘liga asoslangan KAIZEN metodi

👉 Ikki tilni bir paytning o‘zida o‘rganishning iloji bormi?

👉 Har kuni $1440 mablag‘ga ega bo‘lish usuli

👉 Ingliz tili o‘rganuvchilari uchun eng foydali 5 ta kitob

👉 Supper xotira tabletkasi

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#interesting

Britancha, Australiancha va Amerikancha Ingliz tili! Bir xil so‘zlarning turli xil talaffuz qilinishi.

🍟 16:34

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…

HOMEWORK | onlayn maktab

#useful #idioms #interesting

Ingliz tilida faol qo‘llaniladigan Fuddy Duddy, Hush Hush kabi ikki so‘zdan iborat qiziqarli idiomlar haqida eshitganmisiz?

👆 Yanada ko‘prog‘ini quyidagi rasmlar orqali bilib olishingiz mumkin.

Instagram | Facebook | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel