homiladorlik_maktabi | Unsorted

Telegram-канал homiladorlik_maktabi - Lalu - Homiladorlik maktabi

2257

Lalu ilovasi boʻyicha savol va takliflar uchun: @laluyordam

Subscribe to a channel

Lalu - Homiladorlik maktabi

Kirib kelgan yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

O‘tgan yil davomida biz bilan bo‘lganingiz, loyihamizga qiziqish bildirib qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

2025-yil barchamizga yangi muvaffaqqiyatlar olib kelsin.

Albatta, oilangizdan baxt-u saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin!

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?

Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.

Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:

▪️Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​⚡️Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?

Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:

❓Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?
❓Qachon shifokorga koʻrinish kerak?
❓III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?
❓Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?

Maqolani o'qishingiz uchun havola: https://lalu.uz/tomir-tortishishi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari

Homiladorlikda isitma chiqishi bila
homiladorlikka xos qizishni o'zaro farqlash qiyin bo'lishi mumkin.

Homiladorlik davrida isitma chiqishi haqidabilishingiz kerak boʻlgan muhim narsalar, shu jumladan, homilador ayollarda isitma nimaligi, tana harorati ko'tarilib, isitma qilganda qanday dori ichish mumkinligi va isitma sizga va o'sayotgan bolangizga olib kelishi mumkin bo'lgan xavflarni minimallashtirish uchun shifokoringizga murojaat qilishning ahamiyati haqida quyidagi maqola orqali ma'lumot berib o'tamiz.

👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/fever-during-pregnancy/

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​Bolani sovuq havoga chiniqtirish o'ta muhim!

Yosh bolalarni kuz va qish mavsumida ochiq havoga olib chiqish ularning sog‘lom rivojlanishi uchun foydali, chunki bu immunitetni kuchaytiradi va sovuqqa chidamlilikni oshiradi.

Tayyorgarlikni oshirish: Bolani sovuq mavsumga tayyorlash uchun avval salqin kunlarda qisqa vaqtga tashqariga olib chiqishni boshlang. Keyinchalik vaqtni asta-sekin ko‘paytirib boring.

To‘g‘ri kiyinish: Bolani haddan tashqari qalin kiydirishga hojat yo‘q. Kiyimlar qatlamli va qulay bo‘lishi kerak, shamol va namlikdan himoya qilishga ahamiyat bering. Bosh kiyim, qo‘lqop va etiklar muhim.

Toza havodan foydalaning: Toza havo va quyosh nuri bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur. Qisqa yurishlar, ayniqsa quyoshli kunlarda, D vitamini olishga yordam beradi, bu suyaklar uchun muhimdir.

Havoning "kayfiyatini" kuzating: Juda sovuq yoki kuchli shamol bo‘lgan kunlarda uzoq vaqt tashqarida qolishdan saqlaning. Havoning harorati -10°C dan past bo‘lsa, 10-15 daqiqadan ortiq yurish tavsiya etilmaydi.

Bola holatini nazorat qiling: Agar bola yaxshi harakat qilsa va o‘zini qulay his qilsa, bu yaxshi belgi. Lekin agar bola qo‘llari va yuzlari juda sovib ketsa, darhol ichkariga olib kiring.

Sovuqqa chiniqish bolaning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. To‘g‘ri va doimiy ravishda tashqariga olib chiqish ularni kasalliklarga qarshi kuchliroq qiladi.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Lalu mobil ilovasida texnik ishlar amalga oshirilishi sababli ilova ishlashida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz, texnik ishlar Laluʼning kelgusidagi rivojlanish bosqichlari uchun amalga oshirilmoqda.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Qo'shimcha ovqatlantirishga o'tkazishdagi eng ko'p takrorlanadigan xatoliklar

#Xato1

Juda barvaqt boshlash. Ko'pgina chaqaloqlar kamida 6 oylik bo'lgunga qadar qo'shimcha ovqatlarga o'tishga tayyor bo'lishmaydi.

Farzandingiz tayyor ekanligini ko'rsatadigan belgilar orasida boshini barqaror ushlab turish, qo'llab-quvvatlash bilan o'tirish va ovqatga qiziqish ko'rsatish kiradi.



#Xato2

Doim bir xil mahsulot berish. Bolangizga oyiga mos holda tartib bilan yangi mahsulotlarni kiritishni boshlang. E'tiborli bo'ling, har bir mahsulotning taomnomaga kiriitish ketma-ketligi bor va unga amal qiling!

#Xato3

Chaqaloqlarni ovqat yeyishga majburlash. Hech qachon chaqaloqlarni ovqat eyishga majburlamang. Agar chaqaloq ovqat yeyishga qiziqmasa, keyinroq qayta urinib ko'ring. Majburlash salbiy bog'lanishga sabab bo'ladi va bolalarda sog'lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishni qiyinlashtiradi.


Qo'shimcha ovqatlantirish bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, uni to'g'ri va bilim bilan tashkillashtirish lozim.
Ilk taomlanishlarni noto'g'ri olib borish, mikroelementlar yetishmovchiligiga, bola kam yoki ko'p ovqatlanishiga sabab bo'lib, oqibatda bolada kognitiv funktsiyaning buzilishi, immunitetning pasayishi, semizlik yoki rivojlanishdan ortda qolish kabi jiddiy sog'lik muammolari kuzatilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, qo'shimcha ovqatlantirishga bilim va qunt bilan yondashish farzandingiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun qo'shimcha ovqatlantirish asoslarini o'rganing.

Yuqoridagi xatoliklarni siz ham takrorlamasligingiz uchun bolalar gastroenterologi Dinora Do'stmuhammedova bilan tayyorlangan "Qo'shimcha ovqatlantirish" video kursini tavsiya qilamiz! 👌

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​Onalik instinkti nima, aslida u mavjudmi?

Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi bizga maʼlum. Qizig‘i, ona bo‘lganingizdan so‘ng siz bolangizga qanday g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.

Tug‘ruqdan keyingi “baxt gormoni” ona va bola o‘rtasidagi aloqaga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi va bu bolaga bo‘lgan mehr va bog‘lanish hissini yanada oshiradi.

Sizda onalik instinkti kuzatilmadimi?

Unda «Lalu» mutaxassislari sizga yordam beradi. Mazkur maqolada onalik instinkti kuzatilmagan holatlarda nimalar qilish mumkinligi haqida bilib olasiz.

👉https://lalu.uz/onalik-instinkti/

«Lalu» mobil ilovasini yuklab oling va doimo kuzatib boring. Loyiha yosh onalarga bola parvarishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Muzqaymoq mavsumi allaqachon boshlandi, xo'sh, homiladorlikda muzqaymoq iste'mol qilish xavfsizmi? 🍦🍨



💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda temir tanqisligi anemiyasi bo'lajak chaqaloqqa qanday ta'sir qiladi?

Homiladorlik davrida og‘ir temir tanqisligi kamqonligi erta tug‘ilish xavfini oshiradi (tug‘ilish homiladorlikning 37 to‘liq haftasidan oldin sodir bo‘lishi). Homiladorlik davrida temir tanqisligi kamqonligi oqibatida kam vaznli bola tug‘ilishi va ayolda tug‘ruqdan keyingi depressiya holati kuzatilishi mumkin. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, anemiyaning og‘ri ko‘rinishlarida tug‘ilishdan oldin yoki tug‘ilgandan keyin chaqaloqlarning o‘lim xavfi ortgan.

Shu sabab ham homiladorlikdagi kamqonlik holatidan ehtiyot bo‘ling. Profilaktik choralarini ko'ring zarurat bo‘lsa, muolaja oling.

Homiladorlik davridagi kamqonlik turlari, oldini olish va davolash haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling:

👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-kamqonlik-anemiya/

Homiladorlikda to'g'ri va sog'lom ovqatlanish orqali ham kamqonlikni oldini olishingiz mumkin.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

LALU PREMIUM - sogʻlom homiladorlik va onalik sari!

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Qachon chaqalog'imning harakatlarini va tepishini his qilaman?

Homiladorlik paytida farzandingizning ilk harakatini, odatda 18 dan 22 haftagacha oraliqda sezasiz.
Bu his sekin tebranishdan boshlanib, oyoqlari, qo‘llari va jamiki tanasi bilan "jang" qilayotgandek darajaga yetishi mumkin. Albatta bu zavqli va hayajonli.
Agar u bilan hissiy bog'lanishni istasangiz albatta qo'llaringizni u "zarba" bergan joyga qo'ying va navbatdagi "zarba"ni kuting... Qalay, ajoyib-aaa.
Bu baxt. Bo'lajak farzand bilan bu kabi hissiy bog'lanish esa ikki hissa baxt.
Har kuni u bilan hissiy bog'lanish muhim. U haqida o'ylang, qo'llaringiz bilan harakatlarini his qiling, quvoning, har kuni undan, bo'lajak bolajoningizdan xabar oling.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayol kuniga qancha suyuqlik ichishi kerak?

Homilador ayol kuniga 8-10 stakan yoki taxminan 2 litr suyuqlik ichishi kerak. Bunga suv, sharbat, sut va boshqa suyuqliklar kiradi. Homiladorlik paytida suyuqlik miqdorini saqlab qolish juda muhim, chunki suyuqliklar yangi bunyod bo'layotgan homilaga ozuqa moddalarini tashish va tanadan chiqindilarni olib chiqishga yordam beradi.

Xo'sh, homiladorlik paytida organizmdagi namlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

- Kun davomida ko'p miqdorda suv iching.
- O'zingiz bilan suv olib yuring.
- Gazli va sharbat kabi shakarli ichimliklardan saqlaning.
- Tarvuz, bodring va selderey kabi tarkibida suv ko'p bo'lgan meva va sabzavotlarni iste'mol qiling.
- Agar siz jismoniy mashqlar bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz, qo'shimcha suyuqlik iching.

Agar siz suvsizlanishdan xavotirda bo'lsangiz, shifokoringiz bilan gaplashing. Shifokorlar sizga mos keladigan rejani tuzishda yordam berishi mumkin.

Yanada koʻp bilim olish uchun Lalu Premiumʻga obuna boʻling!

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​Dori-darmonlarni qabul qilmasdan homiladorlik paytida allergiya alomatlarini kamaytirish uchun nima qilishim mumkin?

Triggerlaringizni biling va ulardan qoching. Bunga oziq-ovqat allergenlari, gulchanglar, turli chang zarralari, uy hayvonlari junlari va mog‘or kiradi.

Gigiyena qoidalariga rioya qiling va yashash joyingizni muntazam tozalang. Bu sizning atrofingizdan allergenlarni yo‘qotishga yordam beradi.

Stressni boshqaring va yetarlicha uxlang. Stress ham, uyqusizlik ham allergiya alomatlarini kuchaytirishi mumkin.

Xavfsiz dori-darmonlar va tabiiy vositalar haqida shifokoringiz bilan gaplashing. Ba’zi allergiya preparatlari homiladorlik paytida xavfsiz, boshqalari esa qat’iy taqiqlanadi.
Esingizda bo‘lsin, homiladorlik paytida biron bir dori yoki qo‘shimchani qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashish muhimdir.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Agar Lalu Premium'ga so'ngi bir oylikda yoki undan oldinroq obuna bo'lgan bo'lsangiz-u, kecha-bugun Premium'ga kirolmayotgan bo'lsangiz, Telegramdan @UrazbaevM profiliga raqamingiz yoki username'ngiz va to'lov sanasini yozib yuboring.
Sizga kun davomida Premium obunangiz qayta tiklab beriladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun jamoamiz nomidan uzr so'raymiz. Bizni to'g'ri tushunasizlar, degan umiddamiz.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Lalu mobil ilovasida texnik ishlar amalga oshirilishi sababli ilova ishlashida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz, texnik ishlar Laluʼning kelgusidagi rivojlanish bosqichlari uchun amalga oshirilmoqda.

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​Homiladorlik va dorilar

Homiladorlik davrida ba'zi dorilarni ichish xavfli bo'lishi mumkin, chunki ular rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishi ehtimoli bor. Bu jarayon homiladorlikning turli bosqichlarida o‘ziga xosliklarga ega:

1. Homiladorlikning birinchi uch oyligi (0–12 hafta):

Birinchi trimestr homila organlarining shakllanishi davri bo‘lib, ayniqsa nozik hisoblanadi. Shu sababli, bu davrda dori-darmonlarni qabul qilish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu bosqichda homilaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan dorilarni qabul qilishdan butunlay saqlanish tavsiya etiladi, chunki ular tug'ma nuqsonlar xavfini oshirishi mumkin.

2. Ikkinchi va uchinchi uch oyliklar (13–40 hafta):

Bu davrlarda ham ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki dori vositalari homilaning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, 28-haftadan keyin ayrim dorilar homilaning o‘pkasi, asab tizimi yoki boshqa muhim organlariga zarar yetkazishi ehtimoliga ega.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlik va og'riqlar

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Amniotik suyuqlik nima?

Bola bachadonda ikkita membrana ichida joylashgan boʻlib, amniotik suyuqlik bilan oʻralgan parda ichida rivojlanadi.

Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Suyuqlik homiladorlikning 20-haftasida homila buyragi tomonidan ishlab chiqariladi.

Amniotik suyuqlik qanday koʻrinishda bo’lishi va uning vazifalari haqida mazkur maqolada bilib olasiz!

👉 lalu.uz/amniotik-suyuqlik-nima

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlik davridagi muntazam oylik shifokor tekshiruvlari nima uchun muhim?


Homilaning rivojlanishini kuzatish: Shifokor homilaning o‘sishi va rivojlanishini nazorat qiladi, uning yoshiga mos ravishda vazn va o‘lchamlarini tekshiradi, yurak urishi va harakatlarini baholaydi.

Ona salomatligini saqlash: Shifokor homilador ayolning tibbiy holatini tekshirib, homiladorlik bilan bog'liq xavfli holatlar rivojlanishini oldini oladi.

Xavfli holatlarni erta aniqlash: Muntazam tekshiruvlar ona yoki homilada paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarni erta aniqlashga yordam beradi.

Tug‘ruq tayyorgarlik: Homiladorlikning oxirgi bosqichlarida shifokor tug'ruq jarayoni va uni yengil o'tkazishga yordam beradigan maslahatlar beradi.

Muntazam tekshiruvlar orqali ona va homila salomatligini qo'llab-quvvatlash, tug'ruq jarayonini xavfsiz va sog'lom o‘tishini ta'minlash mumkin. Shuning uchun homiladorlikdagi davriy tekshiruvlarni kanda qilmang!

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

🤔 Inson salomatligini shakllantiradigan eng muhim davr qachon ekanligini bilasizmi?

Albatta bu insonning ona qornida oʻtkazgan ilk 9 oyi hisoblanar ekan😳

Bu davr qanday oʻtganligi insonning butun hayoti davomida sezilarli taʼsir koʻrsatadi👌

❗️Kasalliklarga chidamliligi, ishtaha va metabolizmi, intellekt va temperamenti, yurak va jigarning holati, miya salomatligi kabi holatlarni belgilab beradi.

Shuning uchun ham homiladorlik davrida imkon qadar kasalliklardan uzoq turish va salomatlikka jiddiy eʼtibor berish tavsiya etiladi😇

Ushbu muhim davrda boʻlajak hamda yosh onajonlarimizga eng yaxshi yoʻldosh hamda zaruriy maʼlumotlarni batafsil yetkazib berishda Lalu ilovasi yaqindan yordam beradi🤗

Yuklab olish 👉 Mobil ilova

Yaqinlarga ham ulashamiz🥰

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Lalu'da texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu sabab vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.

Bogʻlanish uchun: @laluyordam

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.

Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.

Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

​​Nega yangi tug'ilgan chaqaloq kindigini parvarishlash juda muhim?

Infeksion xavfni kamaytirish. Kindik naychasi bakteriyalarning chaqaloqning qon tomirlariga kirish joyidir. Shuning uchun kindikni doim toza va quruq holda saqlang!

Tezroq moslashish. Kindikning to'g'ri parvarishi uning tabiiy va tez tushishiga yordam beradi!

Chaqaloq uchun kamroq noqulaylik. Toza va quruq kindik ichakchasida bola kamroq bezovtalik his qiladi!

Yangi tug'ilgan chaqaloq kindik naychasini noto'g'ri parvarishlash yoki umuman e'tibor qaratmaslik oqibatlari o'ta jiddiy muammolarga sabab bo'ladi. Masalan, kindik yanchasi yallig'lanish (omfalit). Bu kindik naychasidagi yoki uning atrofidagi terining bakterial infektsiyasidir. Biroq bu og'ir holatlarda hayot uchun xavfli bo'lgan sepsis rivojlanishiga turtki bo'lishi mumkin.

Agar kindik atrofidan yiring oqsa, atrofdagi teri qizarib, shishib qolsa yoki kindik atrofida noodatiy belgilar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilishingiz shart!.

Umuman olganda, chaqaloqlar kindigi onadan e'tibor va maxsus parvarishni talab qiladi. Yangi farishtacha kutayotgan bo'lsangiz albatta chaqaloq parvarishlash asoslarini o'rganing. Chunki farzandingiz parvarishlashga oid qo'llanma bilan dunyoga kelmaydi.

Chaqaloq parvarishlash asoslarini mutaxassislarimiz tomonidan tayyorlangan "Chaqaloqni to‘g‘ri va xavfsiz parvarishlash” videodarsi orqali o'rganing! 👶

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda ich qotishi sabablari nima? Oldini olish uchun nima qilish kerak?

Homiladorlik davrida ich qotishi tez-tez uchraydigan muammo bo‘lib, homilador ayollarning ko‘pchiligida bir marta bo‘lsa-da kuzatiladi.

Sabablari:

▫️Gormonal o‘zgarishlar;
▫️ Bachadon hajmining oshishi;
▫️ Noto‘g‘ri ovqatlanish;
▫️ Kam suv iste’mol qilish;
▫️ Homiladorlik davrida buyuriladigan vitaminlar, jumladan temir qabul qilish.

Homiladorlik paytida ich qotishining oldini olish bir necha oddiy qadamlarni o‘z ichiga oladi:

✅ Meva, sabzavot, yormalar va dukkakli mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling;
✅ Kun davomida ko‘p miqdorda suv iching;
✅ Yuring, yengil mashqlar bilan shug‘ullaning;
✅ Muhimi tanangizning signallarini tinglang va kechiktirmasdan ichak harakatining istagiga javob bering.

Agar ich qotishi surunkali bezovta qilsa, albatta shifokorga murojaat qiling.

Homiladorlik davrida salomatligingizni Lalu mobil ilovasi bilan doim kuzatib boring. Yanada koʻp bilim olish uchun Lalu Premiumʻga obuna boʻling!

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruq kechiksa, nima qilish mumkin?

Homiladorlikning oxirgi kunlari abadiylikdek sezilishi mumkin. Tug‘ruq sanasi qanchalik yaqin bo‘lsa, ayniqsa muddati o‘tib ketganda, kunlar shunchalik uzoq davom etayotgandek tuyiladi.

To‘liq muddatli homiladorlik odatda 39 dan 41 haftagacha davom etadi. 40 hafta yoki 280 kundan keyin tug‘ruq bo‘lishi "kech tug‘ruq" hisoblanadi.

Agar shifokor ma’qullagan bo‘lsa, tug‘ruq chaqirishning ba’zi tabiiy usullari mavjud. Masalan, mashqlar qilishingiz yoki raqsga tushish, achchiq narsa iste’mol qilish, jinsiy aloqa ham "kechikayotgan" chaqaloqning tug‘ilishini tezlashtirishi mumkin.

Tug‘ruqni qancha kutsangiz u shunchalik uzoqdek tuyiladi, shuning uchun o‘zingizni boshqa yumushlar bilan band qiling. Stressdan qoching, kitob o‘qing, Lalu bilan onalikka tayyorlaning va dam oling. U albatta bag‘ringizga shoshadi. 😊

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tugʻruqdan keyin qon ketsa, qachon yordam so'rash kerak?

Tug‘ruqdan so‘ng darhol og‘ir qon ketishi odatiy holdir, bu vaqt o‘tishi bilan asta-sekin kamayishi kerak. Ammo, agar siz bola tug‘ilgandan keyingi uchinchi kundan keyin ham yorqin qizil qon ketishini, katta qon quyqalarini (olxo‘ridan kattaroq) sezsangiz yoki soatiga bir nechta gigiyena prokladkalarini almashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokorga murojaat qilish juda muhimdir. Boshqa ogohlantiruvchi belgilar orasida bosh aylanishi, tez yurak urishi va holsizlik yoki hushidan ketish hissi mavjud bo‘lib, bu qon yo‘qotish tufayli shokning boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruqxona uchun buyumlarni yig'ishni rejalashtiryabsizmi?
Mana "Lalu"dan homilador ayollar uchun kichik qo'llanma.

💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Assalomu alaykum. Lalu mobil ilovasi va saytida texnik ishlar davom ettirilmoqda. Hozirda ilovaning onlayn qismlari nisbatan stabil ishlamoqda. Tez orada telefon raqam orqali kiritish tiklanadi.
Telefon raqam orqali kirganingizdan so'ng albatta Google hisobingizni biriktirib qo'yishingizni so'raymiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Читать полностью…
Subscribe to a channel