homiladorlik_maktabi | Unsorted

Telegram-канал homiladorlik_maktabi - Lalu - Homiladorlik maktabi

2257

Lalu ilovasi boʻyicha savol va takliflar uchun: @laluyordam

Subscribe to a channel

Lalu - Homiladorlik maktabi

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi nima sababdan paydo bo'ladi?

Toshmalar haddan tashqari terlash tufayli ter bezlari to'silib qolganda yuzaga kelib, terida qizil dog'lar va pufakchalar hosil qiladi.

Kasallik ko'pincha yozda, issiq va nam havoda avj oladi. Sintetik matolardan tikilgan issiq kiyimlar kasallikni yanada yomonlashishiga sabab bo'ladi.

❗️Farzandingizga doim tabiiy matodan tikilgan kiyimlar kiydirig!

❗️Turli toshmaga qarshi kremlardan shifokor ko'rsatmasisiz foydalanmang!

Issiqlik toshmasi allergik toshma turiga kirmagani uchun davolovchi kremlardan foydalanish yordam bermasligi va teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

👉Yanada to'liqroq ma'lumot: lalu.uz/issiqlik-toshmasi

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda ultratovush tekshiruvi xavflimi?

Homiladorlik davrida ultratovush tekshiruvi (UTT) juda muhimdir. Masalan, homila rivojlanishi, ichki aʼzolarining joylashuvi, turli tugʻma nuqsonlar kabilarni aniqlab, holatiga baho berish uchun zaruriy tekshiruvdir.

Tadqiqotlar xulosasiga koʻra UTT ham ona, ham bola sogʻligi uchun xavfsiz hisoblanadi.

Tug'ilajak farzandingiz rivojlanishini kuzatib borish uchun Lalu mobil ilovasidan foydalaning🤗

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Kolika sogʻlom bola uzoq vaqt hech qanday sababsiz yigʻlashidir. U yangi tugʻilgan chaqaloqning 55-75 foizida uchraydi.

Ichak kolikasi - chaqaloq yigʻlashi, tinimsiz chinqirishi, bezovtalanishi, kuchanishi, yuzining qizarishi, qorinning dam bo'lishi kabi belgilar bilan namoyon boʻladi.

Odatda kolika belgilari 3 soat yoki undan koʻproq davom etadi.

Lalu sizga mazkur maqolada quyidagi savollarga javob topishingizga yordam beradi:

- Farzandimda aynan kolika boʻlayotgnini qanday bilsam boʻladi?

- Kolika jiddiy xastalikmi?

- Isteʼmol qilgan narsalarim bolamning sanchigʻiga sabab boʻladimi?

- Chaqalogʻimning kolika sababli koʻp yigʻlashi zararlimi?

Batafsil: https://lalu.uz/kolika/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Odatda pnevmoniya oddiy shamollash yoki gripp bilan boshlanadi, keyin esa oʻpkaga oʻtadi.

Homiladorlik pnevmoniyasida o’pka yetarli miqdordagi kislorodni tanaga yetkaza olmaydi, organizmdagi kislorodning kamayishiga sabab bo’ladi, natijada bachadonga kam miqdorda kislorod yetib boradi.

Homiladorlik paytida pnevmoniya erta tugʻilish va homila vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.

❗️Agar homilador ayol koʻkrak ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashishi, 12 soatdan ortiq davom etadigan yuqori isitma hamda davomiy qayt qilish alomatlarga duch kelsa, darhol shifokorga murojaat qilishi kerak.

Pnevmoniyaning ona va bolaga ta’siri hamda davolash usullari haqida to’liq ma’lumot: lalu.uz/homiladorlikda-pnevmoniya

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Amniotik suyuqlik nima?

Bola bachadonda ikkita membrana ichida joylashgan boʻlib, amniotik suyuqlik bilan oʻralgan parda ichida rivojlanadi.

Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Suyuqlik homiladorlikning 20-haftasida homila buyragi tomonidan ishlab chiqariladi.

Amniotik suyuqlik qanday koʻrinishda bo’lishi va uning vazifalari haqida mazkur maqolada bilib olasiz!

👉lalu.uz/amniotik-suyuqlik-nima

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.

Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.

Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda shishlar!

Bu ko'pchilikni bezovta qilgani yoki ayni paytda bezovta qilayotgani sir emas. Ma'lumotlarga ko'ra, homiladorlikning davrida istalgan vaqtda shishlar paydo boʻlishi mumkin, ular asosan homilaning beshinchi oyida yaqqol seziladi.

Xo'sh, shishlarni oldini olish yoki hayot tarziga qanday o'zgartirishlar kiritish orqali bartataf etish mumkin?
Shu va shu kabi boshqa savollarga mana bu maqola orqali javob olishingiz mumkin: https://lalu.uz/homiladorlikda-shishlar/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda boshqorong'ulik sababi nima?

Homiladorlik istaklari deyarli barcha ayollarda juda tez-tez uchraydi (tuzlangan bodring va qishda muzqaymoq isteʼmol qilishni xohlash kabi). Farzand kutayotgan onalar oziq-ovqatlarni tanlab isteʼmol qilishi odatiy hol.

Homilador ayollarda bunday xohish-istaklarning ko‘pi kutilmaganda paydo bo‘lgandek tuyiladi, bunga sabab nima?

Gormonlar. Qisman, javobingiz to‘g‘ri. Homiladorlik davrida ayollardagi gormonal o‘zgarishlar taʼm va hid bilishga katta taʼsir ko‘rsatadi. Biroq, umumiy xulosa ayollarning homiladorlik davridagi injiqliklari, xohish-istaklarini birlashtirib turuvchi umumiy faktor yo‘q va buning sababini hech kim aniq bilmaydi.

Homiladorlik xohish-istaklari nimani anglatishi haqida mana bu maqola orqali batafsil ma'lumot oling: https://lalu.uz/homiladorlikda-boshqorongulik/

Xo'sh, siz nimaga boshqorong'u bo'lgansiz, qani haqiqatni so'zlangchi?! 😁

Kanalimiz
👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda ayollar uyqusizlik muammosiga duch kelishadi. Bu davrda istalgan vaqtda uxlashda muammo bo’lishi odatiy holdir.

Uyqusizlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar:
- koʻngil aynishi yoki qayd qilish;
- tez-tez siyish ehtiyoji;
- bel ogʻrishi;
- koʻkrak ogʻrigʻi;
- qorin boʻshligʻidagi noqulayliklar;
- oyoq ogʻriqlari;
- nafas qisishi;
- stress.

Homiladorlikda uyqusizlikni bartaraf etish uchun hayot tarziga ham baʼzi oʻzgartirishlar kiritish samaralidir.

- uyqu gigiyenasiga amal qilish;
- jismoniy faollikka ahamiyat berish;
- maxsus yostiqlardan foydalanish kabi usullar bilan uy sharoitida ham uyqusizlikdan qutilish mumkin.

Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/homiladorlikda-uyqusizlik

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda stress — katta oʻzgarishlarga nisbatan normal boʻlgan reaksiyadir.

Stress ko'pincha rejalashtirilmagan homiladorlikda, homila bilan bogʻliq salbiy fikrdan so’ng, shuningdek avvalgi salbiy homila tarixidan keyin kelib chiqadi.

Stressning sababi ilk bor homilador boʻlgan ayol oʻzida holatni boshqarishda yetarli kuch yoʻq deb o’ylashi mumkin.

Homiladorlikdagi stress farzandingizni kelajakda jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Stressni boshqarish uchun sevimli mashgʻulotlaringiz bilan band bo’lish, uxlash, televizor koʻrish yoki oʻzingizni erkin his qiladigan odamlar bilan vaqt oʻtkazish tavsiya etiladi.

Boshqa homilador ayollar bilan umumiy muammolar haqida fikr almashing, bunda sizga Lalu sevimli mobil ilovangiz yordam beradi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayol organizmida homiladorlik davomida juda ko‘plab o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan homiladorlikda teri, soch va tirnoqlarida bir qancha o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Demak, "LALU"dagi navbatdagi maqola orqali homiladorlik sabab yuzaga keluvchi teridagi baʼzi o‘zgarishlar haqida maʼlumot olasiz.

Maqolani o'qish uchun: https://lalu.uz/homiladorlikda-teri/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi sababi nima?

Ishtahangiz o’zgarishi odatiy holdir, bu ayniqsa homiladorlik davrida tanangizda juda ko’p o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi.

Homiladorlik davrida ishtaha yo’qolishiga quyidagi bir nechta omillar sabab bo’lishi mumkin:
- Ko’ngil aynishi va qayt qilish;
- Ruhiy salomatlik holati - stress;
- Ba'zi dori-darmonlar;
- Ovqatlanishning buzilishi.

Homiladorlikda ishtahani qanday tiklash mumkin?

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-ishtaha-yoqolishi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Laktatsiya jarayonini yaxshilashda yordam beruvchi mahsulotlar:
- suli yormasi
- sarimsoq
- arpabodiyon urug'lari
- yog'siz go'sht
- tuxum
- yong'oq va donli mahsulotlar
- yashil bargli sabzavotlar.

To'liqroq ma'lumotlarni bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda siydikda qon bo'lishi ayrim ayollarda homiladorlik davomida bir bora bo'lsada kuzatiladigan holat hisoblanadi. Uning xavfi ham uning kelib chiqish sababi bilan bevosita bog'liq.

Demak, "Lalu"da yangi maqola:

Homiladorlikda siydikda qon bo'lishi sabablari va xavfli jihatlari

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/siydikda-qon/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayolda ham bolalarda ham suvsizlanish birdek zararli.
Ayrim hollarda e'tiborsizlik sababli suvsizlanish hattoki, odamda xavfli ko'rinishgacha yetishi mumkin.
Shu sababdan, ham homiladorlikda ham bola parvarishlashda kundalik suyuqlik balansiga ahamiyat berish shart.

Demak, "Lalu"da navbatdagi maqola: Bolalarda suvsizlanish va uning xavfli jihatlari

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/chaqaloqlarda-suvsizlanish/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

#tavsiya

Toksikoz homiladorlikning umumiy belgisi bo'lib, ko'ngil aynishi va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan ajralib turadi.

Ko'ngil aynishini oldini olish uchun achchiq, kislotali (pomidor mahsulotlari) yoki qovurilgan mahsulotlarni kamroq iste'mol qiling. Agar ko'ngil aynish muammosi bezovta qilsa, yostiqda boshingizni ko'taribroq uxlang. Shuningdek:

- ko'proq dam oling;
- taksikoz xurujidan qochish uchun to'g'ri ovqatlaning;
- tez-tez suyuqlik iching;
- toza havoda nafas oling;
- xushbo'y hidlardan qoching;
- maishiy muammolardan uzoqroq yuring.☘️

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Sog'liqni saqlash tizimining asosiy profilaktik guruhlariga yosh bolali onalar va homiladorlar kiradi.

Ona va bola salomatligini nazorat qilishga moʻljallangan oʻzbek tilidagi "Lalu" mobil ilovasi Sizga:

—vazn nazorati funksiyasi
—avtomatik hisoblangan homiladorlik muddati
—homilaning yurak urushlar soni
—taxminiy tug'ruq kuni
—homilaning vazniga mos meva va sabzavotlarga o'xshatib taqqoslab borish
—bola jinsini aniqlash
—homiladorlar uchun foydali bo'lgan kegel mashqlari
—chiroyli va ma'noli ismlar ro'yxati
—homiladorlik vaqtidagi qiziqarli voqealarni qayd qilib borish uchun kundalik
—boshqa homilador ayollar bilan umumiy muammolarni muhokama qilish
—ona va bola salomatligi, parvarishi bo'yicha turli foydali maqolalarni taqdim etadi.

"Lalu" barcha bolalar sog'lom va bilimli bo'lishini xohlaydi!

O'zingiz kabi bo'lajak farzandining salomatligi uchun qayg'uradigan onalarni safimizga taklif qilishingiz mumkin!😉

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Onalik instinkti nima, aslida u mavjudmi?

Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi bizga maʼlum. Qizig‘i, ona bo‘lganingizdan so‘ng siz bolangizga qanday g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.

Tug‘ruqdan keyingi “baxt gormoni” ona va bola o‘rtasidagi aloqaga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi va bu bolaga bo‘lgan mehr va bog‘lanish hissini yanada oshiradi.

Sizda onalik instinkti kuzatilmadimi?

Unda «Lalu» mutaxassislari sizga yordam beradi. Mazkur maqolada onalik instinkti kuzatilmagan holatlarda nimalar qilish mumkinligi haqida bilib olasiz.
👉https://lalu.uz/onalik-instinkti/

«Lalu» mobil ilovasini yuklab oling va doimo kuzatib boring. Loyiha yosh onalarga bola parvarishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

⚡️Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?

Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:

❓Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?
❓Qachon shifokorga koʻrinish kerak?
❓III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?
❓Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?

Maqolani o'qishingiz uchun havola: https://lalu.uz/tomir-tortishishi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Farzandingiz yig'lash orqali sizga nimalar "deyishi" mumkinligini bilasizmi?🤔

Keling unda, Lalu'ning navbatdagi maqolasida bolalar yig'isining bosh sababchisi bolalarning qorni dam bo'lishini davolash va profilaktikasi bo'yicha bilimlarga ega bo'lamiz.🤗

Batafsil: lalu.uz/qorin-dam-bolishi

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Qandli diabet qanday kasallik?

Organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Qandli diabet kasalligida insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, natijada qonda glyukoza miqdori oshadi.

Qonda qandning normadan ko‘p bo‘lishi giperglikemiyaga olib keladi.

Lalu'ning navbatdagi maqolasida giperglikemiyaning homilaga taʼsiri, homiladorlikda qandli diabetga kimlar koʻproq uchrashi hamda qandli diabetni davolash usullari bo’yicha ma’lumotlar beriladi.

Maqola: lalu.uz/qandli-diabet

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlik davrida gemorroy hamma ayolda ham kuzatiladimi?
Uning sabablari qanday? Gemorroyni oldini olish mumkinmi?

Shu va shu kabi boshqa savollaringizga mana bu maqola orqali ma'lumot olishingiz mumkin: https://lalu.uz/homiladorlikda-gemorroy/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda xurrak otish asosan homiladorlikning
2-trimestrda, taxminan 16-haftada homiladorlik garmonlari burun bitishini boshlashi sababli yuzaga keladi.

Maqolani to'liq o'qing va xurrakni oldini olish hamda uyquni yaxshilash bo'yicha bilimlarga ega bo'ling: https://lalu.uz/homiladorlikda-xurrak-otish/

Ha aytgancha, izohlarda xurrak otib juftini qiynayotganlar qo'lini ko'tarsinchi? 😁 🤚

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar

Tug‘ruqdan so'ng tanangiz juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechiradi va bu holat muvozanatga kelishi uchun biroz vaqt kerak. Tug‘ruqdan keyin bir hafta mobaynida og‘riq va juda qattiq charchoq kabi baʼzi noqulayliklarni his qilish odatiy holdir. Ammo baʼzi ayollarda tug‘ruqdan keyin jiddiy, hayot uchun xavfli bo‘lgan sog‘liq muammolarining belgilari kuzatilishi mumkin.
Xo'sh, tug'ruqdan keyin yosh onada kuzatiladigan qanday hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak?

Tug‘ruqdan keyin sizda quyidagi belgilar yoki alomatlar bo‘lsa, 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va tez yordam chaqiring:
- sovqotish;
- ko'p terlash;
- tez-tez nafas olish;
- tez-tez yurak urishi;
- sarosima;
- isitma;
- kuchli og‘riq va noqulaylik.

Tug'ruqdan keyingi OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR https://lalu.uz/tugruqdan-keyingi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlik — ayollarning eng himoyasiz davridir. Bunday paytda homilador ayolda infeksiya aniqlanishi jiddiy muammolar tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Demak, "Lalu"dagi navbatdagi maqola: Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari


Ushbu maqola orqali ona infeksiyalarining homilaga taʼsiri, hamda:
- infeksiya rivojlanishini oldini olish usullari;
- homiladorlikda zamburugʻ infeksiyasi;
- bakterial vaginoz;
- B guruh streptokokklari;
- bachadon infeksiyalari haqida bilimlarga ega boʻlasiz.

Maqolani mana bu link orqali o'tib o'qishingiz mumkin: lalu.uz/homiladorlikda-infeksiyalar

Ayollarimizning shu kabi ma'lumotlarga ega bo'lishi, kelgusida ona va bola salomatligi uchun ahamiyatlidir.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Chaqaloq tug‘ilishining qanday umumiy belgilari bor?

To‘lg‘oq har bir ayolda turlicha kechadi va bu ayolning organizmiga bog‘liq. Chin to‘lg‘oq 3-4 daqiqa ichida takrorlanib, 40-50 soniyagacha davom etadi.

Chaqaloqning yaqinda tug‘ilishini ko‘rsatadigan umumiy belgilar:
- diareya
- bachadon pastga tushishi
- ajralma ko‘payishi
- to‘lg‘oq alomatlari sezilishi
- suv kelishi.

To‘lg‘oq paytida homila va ona hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida ushbu https://lalu.uz/tugruq-alomatlari/? maqolada bilib olishingiz mumkin.

Yosh onalarning tug‘ruq haqida tushunchaga ega bo‘lishi ona va bola salomatligida muhim.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Suv homiladorlik davrida ovqat hosil qilishga hamda homila aminiotik suyuqlik hosil boʻlishiga yordam beradi. Shuningdek, ozuqa moddalarining tanada aylanishiga xizmat qiladi.

Homilador ayol bir kunda 8-12 stakan suv ichishi kerak.

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-suvsizlanish/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Kuz. Sabzavot va mevalarning ayni mo'l-ko'l payti.
Homilador ayollarning taomnomasida ayni mahsulotlarning bo'lishi tabiiy hol.
Xo'sh, homiladorlar uchun foydali sabzavotlar qaysilar?
Ularni taomnomaga qanday kiritish va qancha iste'mol qilish lozim.

Lalu'dagi navbatdagi maqola shu haqida.

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/foydali-sabzavotlar/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda suvsizlanish oqibatida ayolda ko'z qurushi ko'p kuzatiladi. Homiladorlikda ko'z qurushi ayolni turli belgilar bilan bezovta qilsada, ayrimlar unga befarq bo'lishadi hamda muhim davrni boshqalarga nisbatan "og'irroq va yoqimsizroq" o'tkazadi.
Lekin ayrim tartiblarga rioya qilish orqali uni bartaraf etish mumkin. Demak, Lalu'dagi navbatdagi maqola aynan shu haqida - Homiladorlikda ko'z qurushi va uni bartaraf etish usullari

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/dry-eyes/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikning 2, 3-trimestrlarida ayollarda qorin tuzilishi, homilaning joylashishi bilan bog'liq xavotirlar tug'iladi.
"Qornim muddatimga nisbata kattami?", "Nega qornim kichkina?", "Hali pastda joylashishiga vaqt bor ediku, nega bolam qornimning pastida joylashgan?" kabi xavotirlar bezovta qiladi.
Xo'sh, aslida qorinning kichik yoki katta bo'lishi, homilaning yuqorida yoki pastda joylashgandek ko'rinishi nimaga bog'liq?
Bu biror kasallik yoki xavfli biror holatga bog'liqmi?

Shu va shu kabi savollaringizga, "Lalu" jamoasining navbatdagi maqolasi, "Homiladorlikda qorin shaklidagi o'zgarishlar" maqolasida topasiz.

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-qorin/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel