Homiladorlikda jigʻildon qaynashiga sabab boʻluvchi omillar
Homiladorlik davri boshlanganida tanangizda koʻp miqdorda progesteron va relaksin gormonlari ishlab chiqariladi, ular butun tanangizdagi silliq mushak toʻqimalarini, shu jumladan oshqozon-ichak traktidagi mushaklarni ham boʻshashtiradi.
Mushaklar boʻshashganligi sababli ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi va qorin dam boʻlishi, jigʻildon qaynashi kabi holatlar yuzaga keladi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
#tavsiya
Toksikoz homiladorlikning umumiy belgisi bo'lib, ko'ngil aynishi va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan ajralib turadi.
Ko'ngil aynishini oldini olish uchun achchiq, kislotali (pomidor mahsulotlari) yoki qovurilgan mahsulotlarni kamroq iste'mol qiling. Agar ko'ngil aynish muammosi bezovta qilsa, yostiqda boshingizni ko'taribroq uxlang. Shuningdek:
- ko'proq dam oling;
- taksikoz xurujidan qochish uchun to'g'ri ovqatlaning;
- tez-tez suyuqlik iching;
- toza havoda nafas oling;
- xushbo'y hidlardan qoching;
- maishiy muammolardan uzoqroq yuring.☘️
Mobil ilova | Instagram | Telegram
Birinchi trimestrda qon ketishiga nima sabab bo'ladi?
Lalu'dagi navbatdagi maqola homiladorlikning ilk davrlarida qon ketishi sabablari, xavfli tomonlari va qanday hollarda tezda ginekolog qabuliga borish haqida bo'ladi.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-qon-kelishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kesarcha kesish nima?
Kesarcha kesish yoki keserva tug'ruq shifokori - akusher-ginekolog chaqaloqni vagina orqali emas, balki onaning qorin bo'shlig'i va bachadonida kesma hosil qilish orqali tug'diradigan amaliyotdir.
Ba'zi shifokorlar buni qorin bo'shlig'i orqali tug'ilish deb ham atashadi. Odatda, kesar kesish usuli ona uchun vaginal tug'ruq xavfli bo'lganda yoki bu bolaga jiddiy zarar yetkazish xavfi tug'ilgandagina o'tkaziladi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/keserva-kesarcha-kesish/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilaning yurak urishi 🥰
Homila taxminan 5 haftalik boʻlgada uning yuragi ura boshlaydi.
❗️Homilaning yuragi urishda davom etar ekan uning tushish xavfi kamayadi. Ammo yurak urishi bir hafta yoki undan koʻproq vaqtga toʻxtab qolsa homila tushishiga olib kelishi mumkin.
- homila yurak urishining kun davomida oʻzgarishi;
- chaqaloq yurak urishini tekshirib borish;
- uyda chaqaloq yurak urishini kuzatish;
- tugʻruq vaqtida chaqaloq yurak urishini kuzatish haqidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishingiz uchun navbatdagi maqolani taqdim etamiz!
👉 lalu.uz/homilaning-yurak-urishi
🤗Homilaning normal yurak urish koʻrsatkichini "Lalu" ilovasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kindik churrasi nima?
Bola tugʻilgandan keyin kindik yoʻldoshdan ajratilganda, kindik halqasining biriktiruvchi toʻqimasi oʻz-oʻzidan yopiladi. Agar bu yopilish kechiksa yoki umuman sodir boʻlmasa kindik churrasi (пупочная грыжа) hosil boʻladi.
Bolalar 4-5 yoshga toʻlgunga qadar 90%ida kindik churrasi davolanishlarsiz tabiiy ravishda oʻz holiga qaytadi.
❗️Kindik atrofida rangi oʻzgargan boʻrtiqlar boʻlsa, isitma, koʻngil aynishi, ovqatlanishdan bosh tortish hamda qattiq ogʻriq kuzatilsa shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.
Kindik churrasini davolash usullari haqida toʻliq maqolada bilib olasiz👇
👉lalu.uz/kindik-churrasi
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari
Homiladorlikda isitma chiqishi bila
homiladorlikka xos qizishni o'zaro farqlash qiyin bo'lishi mumkin.
Homiladorlik davrida isitma chiqishi haqidabilishingiz kerak boʻlgan muhim narsalar, shu jumladan, homilador ayollarda isitma nimaligi, tana harorati ko'tarilib, isitma qilganda qanday dori ichish mumkinligi va isitma sizga va o'sayotgan bolangizga olib kelishi mumkin bo'lgan xavflarni minimallashtirish uchun shifokoringizga murojaat qilishning ahamiyati haqida quyidagi maqola orqali ma'lumot berib o'tamiz.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/fever-during-pregnancy/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilador ayollarni bezovta qiladigan keyingi muammolardan biri - Ishtahasizlik!
Xo'sh, ishtahasizlik sabablari nima va uning xavfli jihatlari bormi? Homiladorlikda ishtahasizlikni qanday qilib yengillashtirish mumkin?
Ushbu savollarga javob topishingiz uchun "Lalu"ning siz uchun atagan navbatdagi maqolasini o'qing:
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-ishtaha-yoqolishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Hayz necha kun kechikishi mumkin (hayz kechikish sabablari)?
Har qanday qiz, ayol, har bir homiladorlikni rejalashtirmayotgan juftliklarda hayz kechikishi kuzatilsa, kasallik yoki homiladorlikka shubha qilib, tashvishlana boshlaydi. Ammo kechikish har doim ham homiladorlik yoki biror kasallik
belgisi hisoblanmaydi.
Hamma ayollarning hayz ko'rishi bir vaqtda, siklik boʻlmaydi. Hayz ko'rish yosh qizlarda yaqinda boshlangan bo'lsa, hayz sikl kechikishi kuzatilishi mumkin. Odatda, ularda doimiy siklning o'rnatilishi uchun bir-ikki yil kerak bo'ladi. Shuningdek, ayollarda hayz kechikishi menopauza boshlanishidan oldin ham
kuzatiladi.
Yosh onalarda tug'ruqdan keyin bolani emizish davrida ham kechikish kuzatiladi. Bunday hollarda, hayz bir necha oy davomida cho'zilib ketadi. Ammo, shunga qaramay, bu kabi holatlar kasallik hisoblanmaydi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/hayz-kechikishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
#tavsiya
Toksikoz homiladorlikning umumiy belgisi bo'lib, ko'ngil aynishi va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan ajralib turadi.
Ko'ngil aynishini oldini olish uchun achchiq, kislotali (pomidor mahsulotlari) yoki qovurilgan mahsulotlarni kamroq iste'mol qiling. Agar ko'ngil aynish muammosi bezovta qilsa, yostiqda boshingizni ko'taribroq uxlang. Shuningdek:
- ko'proq dam oling;
- taksikoz xurujidan qochish uchun to'g'ri ovqatlaning;
- tez-tez suyuqlik iching;
- toza havoda nafas oling;
- xushbo'y hidlardan qoching;
- maishiy muammolardan uzoqroq yuring.☘️
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Sog'liqni saqlash tizimining asosiy profilaktik guruhlariga yosh bolali onalar va homiladorlar kiradi.
Ona va bola salomatligini nazorat qilishga moʻljallangan oʻzbek tilidagi "Lalu" mobil ilovasi Sizga:
—vazn nazorati funksiyasi
—avtomatik hisoblangan homiladorlik muddati
—homilaning yurak urushlar soni
—taxminiy tug'ruq kuni
—homilaning vazniga mos meva va sabzavotlarga o'xshatib taqqoslab borish
—bola jinsini aniqlash
—homiladorlar uchun foydali bo'lgan kegel mashqlari
—chiroyli va ma'noli ismlar ro'yxati
—homiladorlik vaqtidagi qiziqarli voqealarni qayd qilib borish uchun kundalik
—boshqa homilador ayollar bilan umumiy muammolarni muhokama qilish
—ona va bola salomatligi, parvarishi bo'yicha turli foydali maqolalarni taqdim etadi.
"Lalu" barcha bolalar sog'lom va bilimli bo'lishini xohlaydi!
O'zingiz kabi bo'lajak farzandining salomatligi uchun qayg'uradigan onalarni safimizga taklif qilishingiz mumkin!😉
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Onalik instinkti nima, aslida u mavjudmi?
Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi bizga maʼlum. Qizig‘i, ona bo‘lganingizdan so‘ng siz bolangizga qanday g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.
Tug‘ruqdan keyingi “baxt gormoni” ona va bola o‘rtasidagi aloqaga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi va bu bolaga bo‘lgan mehr va bog‘lanish hissini yanada oshiradi.
Sizda onalik instinkti kuzatilmadimi?
Unda «Lalu» mutaxassislari sizga yordam beradi. Mazkur maqolada onalik instinkti kuzatilmagan holatlarda nimalar qilish mumkinligi haqida bilib olasiz.
👉https://lalu.uz/onalik-instinkti/
«Lalu» mobil ilovasini yuklab oling va doimo kuzatib boring. Loyiha yosh onalarga bola parvarishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
⚡️Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?
Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:
❓Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?
❓Qachon shifokorga koʻrinish kerak?
❓III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?
❓Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?
Maqolani o'qishingiz uchun havola: https://lalu.uz/tomir-tortishishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Farzandingiz yig'lash orqali sizga nimalar "deyishi" mumkinligini bilasizmi?🤔
Keling unda, Lalu'ning navbatdagi maqolasida bolalar yig'isining bosh sababchisi bolalarning qorni dam bo'lishini davolash va profilaktikasi bo'yicha bilimlarga ega bo'lamiz.🤗
Batafsil: lalu.uz/qorin-dam-bolishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Qandli diabet qanday kasallik?
Organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Qandli diabet kasalligida insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, natijada qonda glyukoza miqdori oshadi.
Qonda qandning normadan ko‘p bo‘lishi giperglikemiyaga olib keladi.
Lalu'ning navbatdagi maqolasida giperglikemiyaning homilaga taʼsiri, homiladorlikda qandli diabetga kimlar koʻproq uchrashi hamda qandli diabetni davolash usullari bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
Maqola: lalu.uz/qandli-diabet
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilaning ilk harakatlarini boʻlajak ona 18-22 haftalardan seza boshlashi mumkin. Bu harakatlar 7-oygacha kuchayib, soʻngra kamaya boshlaydi. Va tugʻish yaqinlashgan sayin harakat kuchi yana orta boshlaydi.
Xo'sh, Siz bo'lajak farzandingizni harakatlarini sezyabsizmi? 😊
U qanchalik to'polonchi?
Yoki juda xotirjammi? 😁
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda milklaringiz ko'p qonayaptimi?
Xo'sh, milklar qonashiga asosiy sabablar nima?
Milk qonashi homilaga salbiy ta'sir etadimi?
"Lalu"dagi navbatdagi maqola shu haqida.
Maqolani ushbu link orqali o'qishingiz mumkin: https://lalu.uz/milk-qonashi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Sun'iy bachadon(EctoLife Lab)
Dunyodagi birinchi chaqaloq oʻstirish laboratoriya (sun'iy bachadon) konsepti taqdim etildi.
Bunday laboratoriya yiliga 30 000 tagacha chaqaloqni oʻstiradi, kelajakda ota-onalar esa mobil ilova orqali jarayonni kuzatib borishadi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Teratogen nima?
Teratogen — homiladorlik paytida ona taʼsirida bolaning rivojlanishini buzadigan har qanday vosita.
Teratogen nima ekanligini va ulardan saqlanish zarurligini barcha ota-onalar bilishlari kerak, chunki ular homiladorlik paytida teratogen isteʼmol qilingan vaqtdan boshlab ham onaga, ham bolaga zarar yetkazadi.
Quyidagi teratogen turlaridan yosh ona doimo uzoqroq boʻlishi kerak:
• Spirtli ichimliklar;
• Sigaret chekish;
• Dam oldiruvchi dorilar;
• Baʼzi taqiqlangan dorilar;
• Ayrim infeksiyalar;
• Sogʻliq uchun zararli boʻlgan har qanday moddalar.
Homiladorlik davrida teratogenlar xavfini kamaytirishning eng yaxshi usullari haqida:
👉 lalu.uz/teratogen-nima
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
❗️Homilador ayolning yuziga dogʻ tushishi kasallik hisoblanmaydi.
Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin oʻzgaradi. Natijada terida melanin moddasi koʻpayishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dogʻlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Ular ayolga ham, homilaga ham xavf tugʻdirmaydi. Lekin shu bilan birgalikda turli patologik toshmalarni ham esdan chiqarmaslik lozim.)
Homiladorlik paytida teridagi o'zgarishlar haqida mana bu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: lalu.uz/homiladorlikda-teri
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda eng koʻp kuzatiladigan yoqimsiz holatlardan biri - qabziyat.
❗️Avvalo, qabziyatni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish, homiladorlik davringizdagi juda koʻp noqulayliklarning oldini oladi.
Uy sharoitida ich qotishini yengillashtiradigan bir necha usullar mavjud:
- Tolali ovqatlar va koʻproq meva sabzavotlar isteʼmol qilish axlat miqdori oshishiga va oʻtishi osonlashishiga olib keladi;
- Yetarli miqdorda suv ichish ham ichingizni ogʻriqsiz va yumshoq oʻtishiga yordam beradi;
- Serharakatlilik, muntazam mashq qilish va piyoda yurish qabziyatni yengillashtiradi.
❗️Surgi dori vositalaridan koʻp foydalanish ichaklarning mustaqil axlat chiqarish tizimini "unutib" qoʻyishiga sabab boʻladi.
Toʻliqroq maʼlumot: lalu.uz/homiladorlikda-ich-qotishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Ovulyatsiya belgilari: ogʻriq, ajralmalar, rektal harorat
Reproduktiv salomatligiga befarq bo'lmagan har bir ayol ovulyatsiya va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Ushbu maqola orqali ovulyatsiya belgilari haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.
OVULYATSIYA - tuxumdon follikulasidan qorin bo'shlig'iga urug'lanishga qodir bo'lgan, yetuk tuxum hujayraning chiqishidir Umuman olganda, hayz davrining bir bosqichi ya'ni tuxumdon sikli hisoblanadi. Tug'ish yoshidagi ayollarda ovulyatsiya normada har 21-35 kunda sodir bo'ladi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/ovulyatsiya/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
😣Chaqalogʻingiz tez-tez qayt qilyaptimi?
🤔Buni qanday oldini olish mumkinligini bilmayapsizmi?
🤗Lalu Sizga mazkur maqola orqali tashvishlaringizni yengillashtirishga yordam beradi.
Asosan chaqaloqlarning qayt qilishi:
- qorin ogʻriganda va koʻngil ayniganda;
- mashinada sayohat qilganda;
- miya chayqalganda;
- oziq-ovqatlarga allergiyasi tufayli yoki ularni oʻzlashtira olmagada;
- oziq-ovqatdan zaharlanish holati kuzatilgada;
- gastroenterit, yaʼni oshqozon "grippi" bilan ogʻrigada yuzaga keladi.
❗️Chaqaloqlarda qusish odatda xavotirli boʻlmasada, shifokorga murojaat qilish holatlari ham mavjud.
Maqola: lalu.uz/chaqaloq-qayt-qilishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi nima sababdan paydo bo'ladi?
Toshmalar haddan tashqari terlash tufayli ter bezlari to'silib qolganda yuzaga kelib, terida qizil dog'lar va pufakchalar hosil qiladi.
Kasallik ko'pincha yozda, issiq va nam havoda avj oladi. Sintetik matolardan tikilgan issiq kiyimlar kasallikni yanada yomonlashishiga sabab bo'ladi.
❗️Farzandingizga doim tabiiy matodan tikilgan kiyimlar kiydirig!
❗️Turli toshmaga qarshi kremlardan shifokor ko'rsatmasisiz foydalanmang!
Issiqlik toshmasi allergik toshma turiga kirmagani uchun davolovchi kremlardan foydalanish yordam bermasligi va teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: lalu.uz/issiqlik-toshmasi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda ultratovush tekshiruvi xavflimi?
Homiladorlik davrida ultratovush tekshiruvi (UTT) juda muhimdir. Masalan, homila rivojlanishi, ichki aʼzolarining joylashuvi, turli tugʻma nuqsonlar kabilarni aniqlab, holatiga baho berish uchun zaruriy tekshiruvdir.
Tadqiqotlar xulosasiga koʻra UTT ham ona, ham bola sogʻligi uchun xavfsiz hisoblanadi.
Tug'ilajak farzandingiz rivojlanishini kuzatib borish uchun Lalu mobil ilovasidan foydalaning🤗
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kolika sogʻlom bola uzoq vaqt hech qanday sababsiz yigʻlashidir. U yangi tugʻilgan chaqaloqning 55-75 foizida uchraydi.
Ichak kolikasi - chaqaloq yigʻlashi, tinimsiz chinqirishi, bezovtalanishi, kuchanishi, yuzining qizarishi, qorinning dam bo'lishi kabi belgilar bilan namoyon boʻladi.
Odatda kolika belgilari 3 soat yoki undan koʻproq davom etadi.
Lalu sizga mazkur maqolada quyidagi savollarga javob topishingizga yordam beradi:
- Farzandimda aynan kolika boʻlayotgnini qanday bilsam boʻladi?
- Kolika jiddiy xastalikmi?
- Isteʼmol qilgan narsalarim bolamning sanchigʻiga sabab boʻladimi?
- Chaqalogʻimning kolika sababli koʻp yigʻlashi zararlimi?
Batafsil: https://lalu.uz/kolika/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Odatda pnevmoniya oddiy shamollash yoki gripp bilan boshlanadi, keyin esa oʻpkaga oʻtadi.
Homiladorlik pnevmoniyasida o’pka yetarli miqdordagi kislorodni tanaga yetkaza olmaydi, organizmdagi kislorodning kamayishiga sabab bo’ladi, natijada bachadonga kam miqdorda kislorod yetib boradi.
Homiladorlik paytida pnevmoniya erta tugʻilish va homila vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.
❗️Agar homilador ayol koʻkrak ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashishi, 12 soatdan ortiq davom etadigan yuqori isitma hamda davomiy qayt qilish alomatlarga duch kelsa, darhol shifokorga murojaat qilishi kerak.
Pnevmoniyaning ona va bolaga ta’siri hamda davolash usullari haqida to’liq ma’lumot: lalu.uz/homiladorlikda-pnevmoniya
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Amniotik suyuqlik nima?
Bola bachadonda ikkita membrana ichida joylashgan boʻlib, amniotik suyuqlik bilan oʻralgan parda ichida rivojlanadi.
Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Suyuqlik homiladorlikning 20-haftasida homila buyragi tomonidan ishlab chiqariladi.
Amniotik suyuqlik qanday koʻrinishda bo’lishi va uning vazifalari haqida mazkur maqolada bilib olasiz!
👉lalu.uz/amniotik-suyuqlik-nima
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?
❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.
Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.
Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda shishlar!
Bu ko'pchilikni bezovta qilgani yoki ayni paytda bezovta qilayotgani sir emas. Ma'lumotlarga ko'ra, homiladorlikning davrida istalgan vaqtda shishlar paydo boʻlishi mumkin, ular asosan homilaning beshinchi oyida yaqqol seziladi.
Xo'sh, shishlarni oldini olish yoki hayot tarziga qanday o'zgartirishlar kiritish orqali bartataf etish mumkin?
Shu va shu kabi boshqa savollarga mana bu maqola orqali javob olishingiz mumkin: https://lalu.uz/homiladorlikda-shishlar/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram