Tug’ruq muddati yaqin qolganlar bormi?
Navbatdagi maqola siz uchun. Xo'sh, tug'ruq qanday belgilar bilan o'zini yaqinlashib qolganini bildiradi?
Maqolani o'qing, bilimingizni oshiring, tug'ruq alomatlari haqida ko'proq bilib oling. Mehmon kelganda "shoshib" qolmang. 😁
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/tugruq-alomatlari/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik davrida shishish odatiy holdir.
Organizmda suyuqlik yigʻilishi ayol tanasini yumshatadi, bu esa rivojlanayotgan chaqaloqning osonroq kattarishiga imkoniyat yaratadi☘️
Shishishlar homiladorlikning istalgan davrida, asosan homilaning beshinchi oyida yaqqol seziladi.
Shishishni paydo boʻlishiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:
- Yoz faslidagi issiq ob-havo
- Uzoq vaqt davomida tik turish
- Kun davomidagi tinimsiz harakatlar
- Tarkibida kaliy miqdori past boʻlgan taomlarni isteʼmol qilish
- Kofein miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish
- Natriy koʻp boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish.
❗️Toʻsatdan bir oyoqning shishishi va ogʻriq paydo boʻlishi chuqur tomir trombozi belgisi boʻlishi mumkin. Bu esa organizmda qon bosimini odatdagidan koʻtarilib ketganini bildiradi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilador ayollar uchun foydali maqola
Homiladorlikda ajralmalar: normal va patologik o’zgarishlar
Batafsil o'qish👉 http://lalu.uz/homiladorlikda-ajralmalar/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Egizak homiladorlik ehtimoligi nimalarga bog’liq?
Lalu'dagi navbatdagi maqola egizak farzand ko'rishda qanday omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil ilmiy jihatdan to'xtalib o'tganmiz.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/egizak-homiladorlik/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Bola najasida qon paydo bo'lsa, nima qilish kerak?
Agar chaqaloq axlatida qon yoki tupurgan, qayt qilish holatida oz miqdorda qon borligini sezsangiz, sizda buning sababi nimadaligi va bunday holatdan tashvishlanish kerakmi yo'qmi, degan savol paydo bo'lishi tabiiy hol.
Ko'pgina chaqaloqlarda chaqaloqlik davrida kamida bir marta bo'lsada, axlatida qon ko'rinishi mumkin. Qabziyat, kichik anal yoriqlari va boshqa ba'zi muammolar chaqaloqning axlatida qon izlari paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Batafsil o'qish👉 http://lalu.uz/blood-in-babys-stool/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik paytidagi anemiya nimalarga sabab bo'ladi?
Organizmda temir yetishmasligi ayolning holsiz va nimjon bo'lishiga sabab bo'ladi. Onadagi anemiya homila vaznining juda kam bo'lishi, bolaning muddatdan oldin tug'ilishi, hattoki bolaning qorindagi o'limiga ham sabab bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, homilador ayol ratsionida shakar va shirin gazli ichimliklar ko'p bo'lsa, bu bolada xotiraning yaxshi bo'lmasligiga va o'zlashtirish qobiliyatining pastroq bo'lishiga olib keladi.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-kamqonlik-anemiya/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
❗️Homilador ayolning yuziga dogʻ tushishi kasallik hisoblanmaydi.
Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin oʻzgaradi. Natijada terida melanin moddasi koʻpayishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dogʻlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Ular ayolga ham, homilaga ham xavf tugʻdirmaydi. Lekin shu bilan birgalikda turli patologik toshmalarni ham esdan chiqarmaslik lozim.)
Homiladorlik paytida teridagi o'zgarishlar haqida mana bu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: lalu.uz/homiladorlikda-teri
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilaning ilk harakatlarini boʻlajak ona 18-22 haftalardan seza boshlashi mumkin. Bu harakatlar 7-oygacha kuchayib, soʻngra kamaya boshlaydi. Va tugʻish yaqinlashgan sayin harakat kuchi yana orta boshlaydi.
Xo'sh, Siz bo'lajak farzandingizni harakatlarini sezyabsizmi? 😊
U qanchalik to'polonchi?
Yoki juda xotirjammi? 😁
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda milklaringiz ko'p qonayaptimi?
Xo'sh, milklar qonashiga asosiy sabablar nima?
Milk qonashi homilaga salbiy ta'sir etadimi?
"Lalu"dagi navbatdagi maqola shu haqida.
Maqolani ushbu link orqali o'qishingiz mumkin: https://lalu.uz/milk-qonashi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Sun'iy bachadon(EctoLife Lab)
Dunyodagi birinchi chaqaloq oʻstirish laboratoriya (sun'iy bachadon) konsepti taqdim etildi.
Bunday laboratoriya yiliga 30 000 tagacha chaqaloqni oʻstiradi, kelajakda ota-onalar esa mobil ilova orqali jarayonni kuzatib borishadi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Teratogen nima?
Teratogen — homiladorlik paytida ona taʼsirida bolaning rivojlanishini buzadigan har qanday vosita.
Teratogen nima ekanligini va ulardan saqlanish zarurligini barcha ota-onalar bilishlari kerak, chunki ular homiladorlik paytida teratogen isteʼmol qilingan vaqtdan boshlab ham onaga, ham bolaga zarar yetkazadi.
Quyidagi teratogen turlaridan yosh ona doimo uzoqroq boʻlishi kerak:
• Spirtli ichimliklar;
• Sigaret chekish;
• Dam oldiruvchi dorilar;
• Baʼzi taqiqlangan dorilar;
• Ayrim infeksiyalar;
• Sogʻliq uchun zararli boʻlgan har qanday moddalar.
Homiladorlik davrida teratogenlar xavfini kamaytirishning eng yaxshi usullari haqida:
👉 lalu.uz/teratogen-nima
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
❗️Homilador ayolning yuziga dogʻ tushishi kasallik hisoblanmaydi.
Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin oʻzgaradi. Natijada terida melanin moddasi koʻpayishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dogʻlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Ular ayolga ham, homilaga ham xavf tugʻdirmaydi. Lekin shu bilan birgalikda turli patologik toshmalarni ham esdan chiqarmaslik lozim.)
Homiladorlik paytida teridagi o'zgarishlar haqida mana bu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: lalu.uz/homiladorlikda-teri
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda eng koʻp kuzatiladigan yoqimsiz holatlardan biri - qabziyat.
❗️Avvalo, qabziyatni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish, homiladorlik davringizdagi juda koʻp noqulayliklarning oldini oladi.
Uy sharoitida ich qotishini yengillashtiradigan bir necha usullar mavjud:
- Tolali ovqatlar va koʻproq meva sabzavotlar isteʼmol qilish axlat miqdori oshishiga va oʻtishi osonlashishiga olib keladi;
- Yetarli miqdorda suv ichish ham ichingizni ogʻriqsiz va yumshoq oʻtishiga yordam beradi;
- Serharakatlilik, muntazam mashq qilish va piyoda yurish qabziyatni yengillashtiradi.
❗️Surgi dori vositalaridan koʻp foydalanish ichaklarning mustaqil axlat chiqarish tizimini "unutib" qoʻyishiga sabab boʻladi.
Toʻliqroq maʼlumot: lalu.uz/homiladorlikda-ich-qotishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Ovulyatsiya belgilari: ogʻriq, ajralmalar, rektal harorat
Reproduktiv salomatligiga befarq bo'lmagan har bir ayol ovulyatsiya va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Ushbu maqola orqali ovulyatsiya belgilari haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.
OVULYATSIYA - tuxumdon follikulasidan qorin bo'shlig'iga urug'lanishga qodir bo'lgan, yetuk tuxum hujayraning chiqishidir Umuman olganda, hayz davrining bir bosqichi ya'ni tuxumdon sikli hisoblanadi. Tug'ish yoshidagi ayollarda ovulyatsiya normada har 21-35 kunda sodir bo'ladi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/ovulyatsiya/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
😣Chaqalogʻingiz tez-tez qayt qilyaptimi?
🤔Buni qanday oldini olish mumkinligini bilmayapsizmi?
🤗Lalu Sizga mazkur maqola orqali tashvishlaringizni yengillashtirishga yordam beradi.
Asosan chaqaloqlarning qayt qilishi:
- qorin ogʻriganda va koʻngil ayniganda;
- mashinada sayohat qilganda;
- miya chayqalganda;
- oziq-ovqatlarga allergiyasi tufayli yoki ularni oʻzlashtira olmagada;
- oziq-ovqatdan zaharlanish holati kuzatilgada;
- gastroenterit, yaʼni oshqozon "grippi" bilan ogʻrigada yuzaga keladi.
❗️Chaqaloqlarda qusish odatda xavotirli boʻlmasada, shifokorga murojaat qilish holatlari ham mavjud.
Maqola: lalu.uz/chaqaloq-qayt-qilishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik davrida bosh aylansa nima qilish kerak?
Bosh aylanishining oldini olish yoki kamaytirish uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ko‘proq suv ichish, harakatlanishga qulay kiyim kiyish hamda shifokor tomonidan tavsiya qilingan dori-darmonlarni qabul qilish maqsadga muvofiq.
Bosh aylanishi hammada turlicha sezilishi mumkin:
- koʻz oldi xiralashishi;
- muvozanatni yoʻqotish;
- yengil koʻngil aynish;
- tana nazoratini yoʻqotish hissi.
Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari, uni boshqarish hamda oldini olish yo‘llari bo‘yicha quyidagi maqolada maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-bosh-aylanishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
⚡️Homiladorlikda siz faol ravishda vazn orttirasiz. Bu esa qon va limfa hajmining oshishi tufayli yuzaga keladi.
Bachadon kattalashgani sari qorin boʻshligʻidagi boshqa organlarga koʻproq bosim tushadi. Turli ogʻriqlar yuzaga kelganda ogʻriq qoldiruvchi dorilarni shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang!
❗️Chunki aynan bu turdagi dorilar homila rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Shifokor bilan maslahatlashish sizga homiladorlik uchun xavfsiz preparatlarni tanlab beradi va bu homiladorlikning xavfsiz kechishini kafolatlaydi☘️
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik — ayollarning eng himoyasiz davridir. Bunday paytda homilador ayolda infeksiya aniqlanishi jiddiy muammolar tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Demak, "Lalu"dagi navbatdagi maqola: Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari
Ushbu maqola orqali ona infeksiyalarining homilaga taʼsiri, hamda:
- infeksiya rivojlanishini oldini olish usullari;
- homiladorlikda zamburugʻ infeksiyasi;
- bakterial vaginoz;
- B guruh streptokokklari;
- bachadon infeksiyalari haqida bilimlarga ega boʻlasiz.
Maqolani mana bu link orqali o'tib o'qishingiz mumkin: lalu.uz/homiladorlikda-infeksiyalar
Ayollarimizning shu kabi ma'lumotlarga ega bo'lishi, kelgusida ona va bola salomatligi uchun ahamiyatlidir.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
"Homiladorlik testi" peshobingiz tarkibidagi oqsillar miqdoriga qarab, homilador yoki homilador emasligingizni aniqlab beradi.
❗️Homila 20 haftalikdan o'tgandan keyin ham siydikda oqsil miqdori ko'p bo'lsa, qon bosimi oshishi kuzatiladi, natijada barcha organlar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.
Ruhiy yoki jismoniy zo'riqish, organizmda suv miqdorining kamayishi, isitma va o'ta issiq ob-havo ta'sirida bo'lish siydikdagi oqsil miqdori ko'payib ketishiga sabab bo'ladi.
Siydikda oqsil ko'payishi buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradigan quyidagi alomatlarga o'xshash bo'lishi mumkin:
- to'piq, bilak yoki ko'zlarda shish;
- siyish paytida achishish;
- tez-tez siyish (garchi bu holat homiladorlikda normal hisoblansa ham);
- bel og'rig'i;
- siydik ko'pikli, qizil yoki jigarrang bo'lsa.
Homiladorlikda siydikda oqsil ko'p bo'lishining xavfli omillari va oqsil ko'payganini qanday belgilar orqali aniqlash mumkinligi haqida to'liq maqolada bilib olasiz.
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Chaqaloq qayt qilishi sabablari va oldini olish usullari
Chaqaloqlarda qayt qilishning bir qancha sabablari bor: gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK), turli infeksiyalar, ichak harakati buzilishi, dori-darmonlar, zahar, pilorik stenoz va stress kabi omillar ham qayt qilishga sabab bo'lishi mumkin.
-Chaqaloqlarda qayt qilishning yana qanday sabablari bor?
-Qayt qilishni qanday oldini olish mumkin?
-Chaqaloqlardagi qayt qilishni qanday davolash mumkin?
-Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Shu va shu kabi boshqa savollaringizga mana bu maqola orqali ma'lumot olishingiz mumkin: 👇
https://lalu.uz/chaqaloq-qayt-qilishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Odatda pnevmoniya oddiy shamollash yoki gripp bilan boshlanadi, keyin esa oʻpkaga oʻtadi.
Homiladorlik pnevmoniyasida o’pka yetarli miqdordagi kislorodni tanaga yetkaza olmaydi, organizmdagi kislorodning kamayishiga sabab bo’ladi, natijada bachadonga kam miqdorda kislorod yetib boradi.
Homiladorlik paytida pnevmoniya erta tugʻilish va homila vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.
❗️Agar homilador ayol koʻkrak ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashishi, 12 soatdan ortiq davom etadigan yuqori isitma hamda davomiy qayt qilish alomatlarga duch kelsa, darhol shifokorga murojaat qilishi kerak.
Pnevmoniyaning ona va bolaga ta’siri hamda davolash usullari haqida to’liq ma’lumot: lalu.uz/homiladorlikda-pnevmoniya
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda jigʻildon qaynashiga sabab boʻluvchi omillar
Homiladorlik davri boshlanganida tanangizda koʻp miqdorda progesteron va relaksin gormonlari ishlab chiqariladi, ular butun tanangizdagi silliq mushak toʻqimalarini, shu jumladan oshqozon-ichak traktidagi mushaklarni ham boʻshashtiradi.
Mushaklar boʻshashganligi sababli ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi va qorin dam boʻlishi, jigʻildon qaynashi kabi holatlar yuzaga keladi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
#tavsiya
Toksikoz homiladorlikning umumiy belgisi bo'lib, ko'ngil aynishi va vaqti-vaqti bilan qayt qilish bilan ajralib turadi.
Ko'ngil aynishini oldini olish uchun achchiq, kislotali (pomidor mahsulotlari) yoki qovurilgan mahsulotlarni kamroq iste'mol qiling. Agar ko'ngil aynish muammosi bezovta qilsa, yostiqda boshingizni ko'taribroq uxlang. Shuningdek:
- ko'proq dam oling;
- taksikoz xurujidan qochish uchun to'g'ri ovqatlaning;
- tez-tez suyuqlik iching;
- toza havoda nafas oling;
- xushbo'y hidlardan qoching;
- maishiy muammolardan uzoqroq yuring.☘️
Mobil ilova | Instagram | Telegram
Birinchi trimestrda qon ketishiga nima sabab bo'ladi?
Lalu'dagi navbatdagi maqola homiladorlikning ilk davrlarida qon ketishi sabablari, xavfli tomonlari va qanday hollarda tezda ginekolog qabuliga borish haqida bo'ladi.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-qon-kelishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kesarcha kesish nima?
Kesarcha kesish yoki keserva tug'ruq shifokori - akusher-ginekolog chaqaloqni vagina orqali emas, balki onaning qorin bo'shlig'i va bachadonida kesma hosil qilish orqali tug'diradigan amaliyotdir.
Ba'zi shifokorlar buni qorin bo'shlig'i orqali tug'ilish deb ham atashadi. Odatda, kesar kesish usuli ona uchun vaginal tug'ruq xavfli bo'lganda yoki bu bolaga jiddiy zarar yetkazish xavfi tug'ilgandagina o'tkaziladi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/keserva-kesarcha-kesish/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilaning yurak urishi 🥰
Homila taxminan 5 haftalik boʻlgada uning yuragi ura boshlaydi.
❗️Homilaning yuragi urishda davom etar ekan uning tushish xavfi kamayadi. Ammo yurak urishi bir hafta yoki undan koʻproq vaqtga toʻxtab qolsa homila tushishiga olib kelishi mumkin.
- homila yurak urishining kun davomida oʻzgarishi;
- chaqaloq yurak urishini tekshirib borish;
- uyda chaqaloq yurak urishini kuzatish;
- tugʻruq vaqtida chaqaloq yurak urishini kuzatish haqidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishingiz uchun navbatdagi maqolani taqdim etamiz!
👉 lalu.uz/homilaning-yurak-urishi
🤗Homilaning normal yurak urish koʻrsatkichini "Lalu" ilovasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kindik churrasi nima?
Bola tugʻilgandan keyin kindik yoʻldoshdan ajratilganda, kindik halqasining biriktiruvchi toʻqimasi oʻz-oʻzidan yopiladi. Agar bu yopilish kechiksa yoki umuman sodir boʻlmasa kindik churrasi (пупочная грыжа) hosil boʻladi.
Bolalar 4-5 yoshga toʻlgunga qadar 90%ida kindik churrasi davolanishlarsiz tabiiy ravishda oʻz holiga qaytadi.
❗️Kindik atrofida rangi oʻzgargan boʻrtiqlar boʻlsa, isitma, koʻngil aynishi, ovqatlanishdan bosh tortish hamda qattiq ogʻriq kuzatilsa shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.
Kindik churrasini davolash usullari haqida toʻliq maqolada bilib olasiz👇
👉lalu.uz/kindik-churrasi
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari
Homiladorlikda isitma chiqishi bila
homiladorlikka xos qizishni o'zaro farqlash qiyin bo'lishi mumkin.
Homiladorlik davrida isitma chiqishi haqidabilishingiz kerak boʻlgan muhim narsalar, shu jumladan, homilador ayollarda isitma nimaligi, tana harorati ko'tarilib, isitma qilganda qanday dori ichish mumkinligi va isitma sizga va o'sayotgan bolangizga olib kelishi mumkin bo'lgan xavflarni minimallashtirish uchun shifokoringizga murojaat qilishning ahamiyati haqida quyidagi maqola orqali ma'lumot berib o'tamiz.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/fever-during-pregnancy/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilador ayollarni bezovta qiladigan keyingi muammolardan biri - Ishtahasizlik!
Xo'sh, ishtahasizlik sabablari nima va uning xavfli jihatlari bormi? Homiladorlikda ishtahasizlikni qanday qilib yengillashtirish mumkin?
Ushbu savollarga javob topishingiz uchun "Lalu"ning siz uchun atagan navbatdagi maqolasini o'qing:
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-ishtaha-yoqolishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Hayz necha kun kechikishi mumkin (hayz kechikish sabablari)?
Har qanday qiz, ayol, har bir homiladorlikni rejalashtirmayotgan juftliklarda hayz kechikishi kuzatilsa, kasallik yoki homiladorlikka shubha qilib, tashvishlana boshlaydi. Ammo kechikish har doim ham homiladorlik yoki biror kasallik
belgisi hisoblanmaydi.
Hamma ayollarning hayz ko'rishi bir vaqtda, siklik boʻlmaydi. Hayz ko'rish yosh qizlarda yaqinda boshlangan bo'lsa, hayz sikl kechikishi kuzatilishi mumkin. Odatda, ularda doimiy siklning o'rnatilishi uchun bir-ikki yil kerak bo'ladi. Shuningdek, ayollarda hayz kechikishi menopauza boshlanishidan oldin ham
kuzatiladi.
Yosh onalarda tug'ruqdan keyin bolani emizish davrida ham kechikish kuzatiladi. Bunday hollarda, hayz bir necha oy davomida cho'zilib ketadi. Ammo, shunga qaramay, bu kabi holatlar kasallik hisoblanmaydi.
👉Yanada to'liqroq ma'lumot: https://lalu.uz/hayz-kechikishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram