Homilador ayolga kimyoviy pilling, botoks, lazerli yuz muolajalari, mezoterapiya, tatuaj,kuchli kimyoviy moddalar — toluol va formaldegid tarkibli laklardan foydalanish, lazerli, elektro-, fotoepilyatsiya kabi amallarni bajarish mumkin emas.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Chaqaloqlarda qorni dam bo'lishi sabablari qaysilar?
Havoni yutish (Aerofagiya)
Chaqaloqlarga ko'krak noto'g'ri tutilsa yoki emizilsa, shisha so'rg'ichdan suyuqlik ichayotganda ular havoni yutib yuboradi. Bolalar ko'p gapirishga harakat qilayotganda ham havoni yutib yuborishlari mumkin.
Haddan tashqari ko'p yig'lash
Chaqaloqlar yig'layotganda ham havoni yutib yuborishadi. Agar gaz paydo bo'lishiga farzandingizning yig'lashi sabab bo'lsa, bola tinchlangandan so'ng yana hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.
Ovqat hazm qilish muammolari
Chaqaloqlaring ichi qotganda ya'ni ovqat hazm qilishda muammolar bo'lsa bolalar organizmida gaz to'planib qoladi.
Bolalarda hazm qilish traktini to'liq yetilmaganligi
Hazm fermentlarining yetarli bo'lmaganligi hisobiga, to'liq hazm bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi va gaz paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi sababi nima?
Ishtahangiz o’zgarishi odatiy holdir, bu ayniqsa homiladorlik davrida tanangizda juda ko’p o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi.
Homiladorlik davrida ishtaha yo’qolishiga quyidagi bir nechta omillar sabab bo’lishi mumkin:
- Ko’ngil aynishi va qayt qilish;
- Ruhiy salomatlik holati - stress;
- Ba'zi dori-darmonlar;
- Ovqatlanishning buzilishi.
Homiladorlikda ishtahani qanday tiklash mumkin?
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-ishtaha-yoqolishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Poligidramnioz nima?
Poligidramnioz (baʼzi hollarda, gidramnioz yoki amniotik suyuqlikning buzilishi deb ham ataladi) bu meʼyordan koʻp suyuqlik boʻlishidir.
Poligidramniozning yengil holatlari odatda maxsus muolaja talab etmaydi. Ogʻir holatlarda, yaʼni suyuqlik haddan tashqari koʻpayib ketganda amniosentez qilinadi yoki shifokor buyurgan dorilarni qabul qilish mumkin. Bu oʻz navbatida chaqaloq ishlab chiqaradigan siydik miqdorini kamaytiradi.
Homiladorlik davrida amniotik suyuqlikning oqib chiqishi, shu bilan birga, suyuqlik miqdori kam yoki koʻpligidan xavotirda boʻlgan har bir homilador ayol bu haqida shifokorga murojaat qilishi kerak.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Tug'ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar
Tug‘ruqdan so'ng tanangiz juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechiradi va bu holat muvozanatga kelishi uchun biroz vaqt kerak. Tug‘ruqdan keyin bir hafta mobaynida og‘riq va juda qattiq charchoq kabi baʼzi noqulayliklarni his qilish odatiy holdir. Ammo baʼzi ayollarda tug‘ruqdan keyin jiddiy, hayot uchun xavfli bo‘lgan sog‘liq muammolarining belgilari kuzatilishi mumkin.
Xo'sh, tug'ruqdan keyin yosh onada kuzatiladigan qanday hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak?
Tug‘ruqdan keyin sizda quyidagi belgilar yoki alomatlar bo‘lsa, 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va tez yordam chaqiring:
- sovqotish;
- ko'p terlash;
- tez-tez nafas olish;
- tez-tez yurak urishi;
- sarosima;
- isitma;
- kuchli og‘riq va noqulaylik.
Tug'ruqdan keyingi OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR https://lalu.uz/tugruqdan-keyingi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?
Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.
Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:
▪️Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Qandli diabet qanday kasallik?
Organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Qandli diabet kasalligida insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, natijada qonda glyukoza miqdori oshadi.
Qonda qandning normadan ko‘p bo‘lishi giperglikemiyaga olib keladi.
Lalu'ning navbatdagi maqolasida giperglikemiyaning homilaga taʼsiri, homiladorlikda qandli diabetga kimlar koʻproq uchrashi hamda qandli diabetni davolash usullari bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
Maqola: lalu.uz/qandli-diabet
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Ayollarda gemoglobin normada qancha bo'lishi kerak?
Homilador bo'lmagan ayol qonida normada 120-140 g/l gemoglobin bo'lishi kerak.
🟡Agar sizda gemoglobin miqdori 110-119 g/l ni tashkil etsa, demak sizda yengil darajadagi anemiya bor.
🟠Agar sizda gemoglobin miqdori 80-109 g/l ni tashkil etsa, demak sizda o'rta darajadagi anemiya bor.
🔴Agar sizda gemoglobin miqdori 80 g/l dan kam bo'lsa, demak sizda og'ir darajadagi anemiya bor.
❗️Eslatma. Qoningizda gemoglobin miqdori 120 g/l kam bo'lsa, shifokor ko'rigiga borishni tavsiya qilamiz!
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Yod sizning qalqonsimon bezingiz normal ishlashi uchun zarur modda hisoblanib, homilaning aqliy va jismoniy jihatdan toʻliq rivojlanishida muhim rol oʻynaydi☘️
Sifatli yodlangan osh tuzidan foydalaning. JSST tomonidan homilador ayollar uchun kundalik yod qoʻshimchasi 250 mkg (0,25 mg) miqdorda tavsiya qilinadi.
❗️ Tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni qabul qilishdan oldin qalqonsimon bez ko‘ngildagidek ishlayotganiga ishonch hosil qilish lozim. Chunki qalqonsimon bez faoliyati kuchaygan bemorlarga tarkibida yod bo‘lgan preparatlar iste‘moli taqiqlanadi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik davrida bosh aylansa nima qilish kerak?
Bosh aylanishining oldini olish yoki kamaytirish uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ko‘proq suv ichish, harakatlanishga qulay kiyim kiyish hamda shifokor tomonidan tavsiya qilingan dori-darmonlarni qabul qilish maqsadga muvofiq.
Bosh aylanishi hammada turlicha sezilishi mumkin:
- koʻz oldi xiralashishi;
- muvozanatni yoʻqotish;
- yengil koʻngil aynish;
- tana nazoratini yoʻqotish hissi.
Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari, uni boshqarish hamda oldini olish yo‘llari bo‘yicha quyidagi maqolada maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-bosh-aylanishi
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
⚡️Homiladorlikda siz faol ravishda vazn orttirasiz. Bu esa qon va limfa hajmining oshishi tufayli yuzaga keladi.
Bachadon kattalashgani sari qorin boʻshligʻidagi boshqa organlarga koʻproq bosim tushadi. Turli ogʻriqlar yuzaga kelganda ogʻriq qoldiruvchi dorilarni shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang!
❗️Chunki aynan bu turdagi dorilar homila rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Shifokor bilan maslahatlashish sizga homiladorlik uchun xavfsiz preparatlarni tanlab beradi va bu homiladorlikning xavfsiz kechishini kafolatlaydi☘️
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik — ayollarning eng himoyasiz davridir. Bunday paytda homilador ayolda infeksiya aniqlanishi jiddiy muammolar tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Demak, "Lalu"dagi navbatdagi maqola: Homiladorlikda infeksiyalar: eng xavfli infeksiyalar va ulardan himoyalanish usullari
Ushbu maqola orqali ona infeksiyalarining homilaga taʼsiri, hamda:
- infeksiya rivojlanishini oldini olish usullari;
- homiladorlikda zamburugʻ infeksiyasi;
- bakterial vaginoz;
- B guruh streptokokklari;
- bachadon infeksiyalari haqida bilimlarga ega boʻlasiz.
Maqolani mana bu link orqali o'tib o'qishingiz mumkin: lalu.uz/homiladorlikda-infeksiyalar
Ayollarimizning shu kabi ma'lumotlarga ega bo'lishi, kelgusida ona va bola salomatligi uchun ahamiyatlidir.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
"Homiladorlik testi" peshobingiz tarkibidagi oqsillar miqdoriga qarab, homilador yoki homilador emasligingizni aniqlab beradi.
❗️Homila 20 haftalikdan o'tgandan keyin ham siydikda oqsil miqdori ko'p bo'lsa, qon bosimi oshishi kuzatiladi, natijada barcha organlar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.
Ruhiy yoki jismoniy zo'riqish, organizmda suv miqdorining kamayishi, isitma va o'ta issiq ob-havo ta'sirida bo'lish siydikdagi oqsil miqdori ko'payib ketishiga sabab bo'ladi.
Siydikda oqsil ko'payishi buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradigan quyidagi alomatlarga o'xshash bo'lishi mumkin:
- to'piq, bilak yoki ko'zlarda shish;
- siyish paytida achishish;
- tez-tez siyish (garchi bu holat homiladorlikda normal hisoblansa ham);
- bel og'rig'i;
- siydik ko'pikli, qizil yoki jigarrang bo'lsa.
Homiladorlikda siydikda oqsil ko'p bo'lishining xavfli omillari va oqsil ko'payganini qanday belgilar orqali aniqlash mumkinligi haqida to'liq maqolada bilib olasiz.
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Chaqaloq qayt qilishi sabablari va oldini olish usullari
Chaqaloqlarda qayt qilishning bir qancha sabablari bor: gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK), turli infeksiyalar, ichak harakati buzilishi, dori-darmonlar, zahar, pilorik stenoz va stress kabi omillar ham qayt qilishga sabab bo'lishi mumkin.
-Chaqaloqlarda qayt qilishning yana qanday sabablari bor?
-Qayt qilishni qanday oldini olish mumkin?
-Chaqaloqlardagi qayt qilishni qanday davolash mumkin?
-Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Shu va shu kabi boshqa savollaringizga mana bu maqola orqali ma'lumot olishingiz mumkin: 👇
https://lalu.uz/chaqaloq-qayt-qilishi/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Odatda pnevmoniya oddiy shamollash yoki gripp bilan boshlanadi, keyin esa oʻpkaga oʻtadi.
Homiladorlik pnevmoniyasida o’pka yetarli miqdordagi kislorodni tanaga yetkaza olmaydi, organizmdagi kislorodning kamayishiga sabab bo’ladi, natijada bachadonga kam miqdorda kislorod yetib boradi.
Homiladorlik paytida pnevmoniya erta tugʻilish va homila vaznining kamayishiga olib kelishi mumkin.
❗️Agar homilador ayol koʻkrak ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashishi, 12 soatdan ortiq davom etadigan yuqori isitma hamda davomiy qayt qilish alomatlarga duch kelsa, darhol shifokorga murojaat qilishi kerak.
Pnevmoniyaning ona va bolaga ta’siri hamda davolash usullari haqida to’liq ma’lumot: lalu.uz/homiladorlikda-pnevmoniya
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, homilador ayollarning taxminan 7 foizi homiladorlik paytida depressiyani boshdan kechiradilar.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Toksoplazmoz infeksiyasidan saqlaning!
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Tug'ruqxona uchun buyumlarni yig'ishni rejalashtiryabsizmi?
Mana "Lalu"dan homilador ayollar uchun kichik qo'llanma.
Tug'ruqxona uchun barcha zarur buyumlar ro'yxatini mobil ilovamiz orqali bilib olishingiz mumkin.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Neonatal gerpes kim uchun xavfliroq: ona yoki bola?
Oddiy gerpes virusi bilan kasallangan koʻplab homilador ayollarda vaqt oʻtishi bilan virusga qarshi immunitet paydo boʻladi. Bu esa homilani neonatal gerpesdan himoyalanish imkonini beradi. Biroq, ushbu kasallik ayolda tugʻish sanasiga yaqin aniqlansa, unda bu kasallikka qarshi hali immunitet shakllanmagani bois homila uchun zararli boʻlishi mumkin. Bunday chaqaloqlar neonatal gerpes bilan kasallanish va uni yuqtirishga moyil boʻladi, bu esa oxir-oqibat bola sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Egizak homiladorlik ehtimoligi nimalarga bog’liq?
Lalu'dagi navbatdagi maqola egizak farzand ko'rishda qanday omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil ilmiy jihatdan to'xtalib o'tganmiz.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/egizak-homiladorlik/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?
❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.
Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.
Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Kindik churrasi nima?
Bola tugʻilgandan keyin kindik yoʻldoshdan ajratilganda, kindik halqasining biriktiruvchi toʻqimasi oʻz-oʻzidan yopiladi. Agar bu yopilish kechiksa yoki umuman sodir boʻlmasa kindik churrasi (пупочная грыжа) hosil boʻladi.
Bolalar 4-5 yoshga toʻlgunga qadar 90%ida kindik churrasi davolanishlarsiz tabiiy ravishda oʻz holiga qaytadi.
❗️Kindik atrofida rangi oʻzgargan boʻrtiqlar boʻlsa, isitma, koʻngil aynishi, ovqatlanishdan bosh tortish hamda qattiq ogʻriq kuzatilsa shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.
Kindik churrasini davolash usullari haqida toʻliq maqolada bilib olasiz👇
👉lalu.uz/kindik-churrasi
Kanalimiz: Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Chaqaloq qancha vaqt uxlashi kerak?
😴Dastlabki 12 oyi davomida bolada normal uyqu vaqti qancha davom etishi va uyquga moslashtirish qay tarzda o‘tishi haqida savollar ota-onalarni o‘ylantirishi tabiiy holat.
3 oygacha: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bir kunda 14 dan 17 soatgacha uxlashi odatiy holdir.
3 oydan 6 oygacha: 3 oydan boshlab chaqaloqning kunlik uyqusi 12 dan 15 soatgacha kamayishi kerak.
6 oydan 12 oygacha: 6 oylikdan boshlab chaqaloqlar kechasi to‘liq uxlashga o‘tadi.
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Tug’ruq muddati yaqin qolganlar bormi?
Navbatdagi maqola siz uchun. Xo'sh, tug'ruq qanday belgilar bilan o'zini yaqinlashib qolganini bildiradi?
Maqolani o'qing, bilimingizni oshiring, tug'ruq alomatlari haqida ko'proq bilib oling. Mehmon kelganda "shoshib" qolmang. 😁
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/tugruq-alomatlari/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik davrida shishish odatiy holdir.
Organizmda suyuqlik yigʻilishi ayol tanasini yumshatadi, bu esa rivojlanayotgan chaqaloqning osonroq kattarishiga imkoniyat yaratadi☘️
Shishishlar homiladorlikning istalgan davrida, asosan homilaning beshinchi oyida yaqqol seziladi.
Shishishni paydo boʻlishiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:
- Yoz faslidagi issiq ob-havo
- Uzoq vaqt davomida tik turish
- Kun davomidagi tinimsiz harakatlar
- Tarkibida kaliy miqdori past boʻlgan taomlarni isteʼmol qilish
- Kofein miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish
- Natriy koʻp boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish.
❗️Toʻsatdan bir oyoqning shishishi va ogʻriq paydo boʻlishi chuqur tomir trombozi belgisi boʻlishi mumkin. Bu esa organizmda qon bosimini odatdagidan koʻtarilib ketganini bildiradi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homilador ayollar uchun foydali maqola
Homiladorlikda ajralmalar: normal va patologik o’zgarishlar
Batafsil o'qish👉 http://lalu.uz/homiladorlikda-ajralmalar/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Egizak homiladorlik ehtimoligi nimalarga bog’liq?
Lalu'dagi navbatdagi maqola egizak farzand ko'rishda qanday omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil ilmiy jihatdan to'xtalib o'tganmiz.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/egizak-homiladorlik/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Bola najasida qon paydo bo'lsa, nima qilish kerak?
Agar chaqaloq axlatida qon yoki tupurgan, qayt qilish holatida oz miqdorda qon borligini sezsangiz, sizda buning sababi nimadaligi va bunday holatdan tashvishlanish kerakmi yo'qmi, degan savol paydo bo'lishi tabiiy hol.
Ko'pgina chaqaloqlarda chaqaloqlik davrida kamida bir marta bo'lsada, axlatida qon ko'rinishi mumkin. Qabziyat, kichik anal yoriqlari va boshqa ba'zi muammolar chaqaloqning axlatida qon izlari paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Batafsil o'qish👉 http://lalu.uz/blood-in-babys-stool/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlik paytidagi anemiya nimalarga sabab bo'ladi?
Organizmda temir yetishmasligi ayolning holsiz va nimjon bo'lishiga sabab bo'ladi. Onadagi anemiya homila vaznining juda kam bo'lishi, bolaning muddatdan oldin tug'ilishi, hattoki bolaning qorindagi o'limiga ham sabab bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, homilador ayol ratsionida shakar va shirin gazli ichimliklar ko'p bo'lsa, bu bolada xotiraning yaxshi bo'lmasligiga va o'zlashtirish qobiliyatining pastroq bo'lishiga olib keladi.
Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-kamqonlik-anemiya/
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
❗️Homilador ayolning yuziga dogʻ tushishi kasallik hisoblanmaydi.
Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin oʻzgaradi. Natijada terida melanin moddasi koʻpayishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dogʻlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Ular ayolga ham, homilaga ham xavf tugʻdirmaydi. Lekin shu bilan birgalikda turli patologik toshmalarni ham esdan chiqarmaslik lozim.)
Homiladorlik paytida teridagi o'zgarishlar haqida mana bu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: lalu.uz/homiladorlikda-teri
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram