homiladorlik_maktabi | Unsorted

Telegram-канал homiladorlik_maktabi - Lalu - Homiladorlik maktabi

2257

Lalu ilovasi boʻyicha savol va takliflar uchun: @laluyordam

Subscribe to a channel

Lalu - Homiladorlik maktabi

Avvallari Lalu'da tanlovlar e'lon qilib turardik, o'ylab qarasak tanlov o'tkazmaganimizga ham ko'p bo'lgan ekan. 😁
Shu paytgacha "Yosh ona hikoyasi", "Eng yaxshi izoh", "Tug'ruq hikoyalari" kabi tanlovlar o'tkazgan edik.

Keling, bugun Siz Azizlar uchun mart oyining so'nggi kunida foydali tanlov e'lon qilamiz. Tanlov shartlari bilan birozdan keyin tanishtiramiz.

Xo'sh, tanlovda g'oliblarga qanday sovrin qo'ysak ekan-a?! 🤔😁

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruqxona uchun buyumlarni yig'ishni rejalashtiryabsizmi?
Mana "Lalu"dan homilador ayollar uchun kichik qo'llanma.

Tug'ruqxona uchun barcha zarur buyumlar ro'yxatini mobil ilovamiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Mobil ilovamiz👉 Lalu

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Sevimli ilovangiz "Lalu" doimgiday mukammal ishlashi va yangi funksiyalar qo'shilishi uchun uni tez-tez yangilab turish kerak bo'ladi.

Ilovani yangilash uchun havola bu yerda👇

👉 Lalu 3.0.12 👈

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Lalu premiumda sizni nimalar kutyapti?

🎞120 dan ortiq premium videolar

📜100 dan ortiq premium maqolalar

💎Boshqalardan ajralib turish uchun maxsus belgi

📥yangi qoʻshiladigan bir nechta funksiyalar taqdim etiladi

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

⚡️Homiladorlikda tomir tortishishi (spazm) xavflimi?

Ushbu maqola orqali siz quyidagi savollarga javob olasiz:

❓Homiladorlikda nimalar tomir tortishishiga olib keladi?
❓Qachon shifokorga koʻrinish kerak?
❓III trimestrdagi tomir tortishishi: vaziyat qanchalik jiddiy?
❓Homiladorlikda tomir tortishishini qanday yengillashtirish mumkin?

Maqolani o'qishingiz uchun havola: https://lalu.uz/tomir-tortishishi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda muzqaymoq iste'mol qilish xavfsizmi?

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilaning harakatlanishi.

Bu holat boshlanishi homiladorlikning 18-22 haftalariga to‘g‘ri keladi. Homiladorlikning 20-22 haftalarida bosh va orqa miya rivojlanishi boshlanadi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, homilador ayollarning taxminan 7 foizi homiladorlik paytida depressiyani boshdan kechiradilar.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Toksoplazmoz infeksiyasidan saqlaning!

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruqxona uchun buyumlarni yig'ishni rejalashtiryabsizmi?
Mana "Lalu"dan homilador ayollar uchun kichik qo'llanma.

Tug'ruqxona uchun barcha zarur buyumlar ro'yxatini mobil ilovamiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Neonatal gerpes kim uchun xavfliroq: ona yoki bola?

Oddiy gerpes virusi bilan kasallangan koʻplab homilador ayollarda vaqt oʻtishi bilan virusga qarshi immunitet paydo boʻladi. Bu esa homilani neonatal gerpesdan himoyalanish imkonini beradi. Biroq, ushbu kasallik ayolda tugʻish sanasiga yaqin aniqlansa, unda bu kasallikka qarshi hali immunitet shakllanmagani bois homila uchun zararli boʻlishi mumkin. Bunday chaqaloqlar neonatal gerpes bilan kasallanish va uni yuqtirishga moyil boʻladi, bu esa oxir-oqibat bola sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Egizak homiladorlik ehtimoligi nimalarga bog’liq?

Lalu'dagi navbatdagi maqola egizak farzand ko'rishda qanday omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil ilmiy jihatdan to'xtalib o'tganmiz.

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/egizak-homiladorlik/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.

Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.

Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Kindik churrasi nima?

Bola tugʻilgandan keyin kindik yoʻldoshdan ajratilganda, kindik halqasining biriktiruvchi toʻqimasi oʻz-oʻzidan yopiladi. Agar bu yopilish kechiksa yoki umuman sodir boʻlmasa kindik churrasi (пупочная грыжа) hosil boʻladi.

Bolalar 4-5 yoshga toʻlgunga qadar 90%ida kindik churrasi davolanishlarsiz tabiiy ravishda oʻz holiga qaytadi.

❗️Kindik atrofida rangi oʻzgargan boʻrtiqlar boʻlsa, isitma, koʻngil aynishi, ovqatlanishdan bosh tortish hamda qattiq ogʻriq kuzatilsa shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.

Kindik churrasini davolash usullari haqida toʻliq maqolada bilib olasiz👇

👉lalu.uz/kindik-churrasi

Kanalimiz
: Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Chaqaloq qancha vaqt uxlashi kerak?

😴Dastlabki 12 oyi davomida bolada normal uyqu vaqti qancha davom etishi va uyquga moslashtirish qay tarzda o‘tishi haqida savollar ota-onalarni o‘ylantirishi tabiiy holat.

3 oygacha: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bir kunda 14 dan 17 soatgacha uxlashi odatiy holdir.

3 oydan 6 oygacha: 3 oydan boshlab chaqaloqning kunlik uyqusi 12 dan 15 soatgacha kamayishi kerak.

6 oydan 12 oygacha: 6 oylikdan boshlab chaqaloqlar kechasi to‘liq uxlashga o‘tadi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Soʻragan edingiz: Lalu Premiumga qanday to'lov qilish mumkin?

Lalu Premiumni xarid qilish eng xavfsiz Payme toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladi. Va toʻlovlar xavfsizligi Payme tizimi tomonidan kafolatlangan.

Xoʻsh, siz odatda qaysi toʻlov tizimidan foydalanasiz?

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Yosh onalar uchun ilk kunlardan chaqaloq parvarishi qiyin va mashaqqatli tuyilishi aniq. Shu bilan birga uning sog‘ligiga zarar yetkazmaslik esa, onadan bilim va ko‘nikmalar talab qiladi.

Chaqaloqni to‘g‘ri va xavfsiz parvarishlash” videodarsi orqali ham nazariy ham amaliy bilimlar olasiz. Kursda kindik parvarishlashdan tortib, chaqaloqlardagi xavfli patologik holatlargacha batafsil maʼlumot berilgan. 

Ilk professional mutaxassisimiz Toshmuxamedova Barno Erkinovna, neonatolog, oliy toifali shifokor. 1-sonli Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi "Chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar" bo‘limi boshlig‘i 

Barno Erkinovna muallifligidagi “Chaqaloqni to‘g‘ri va xavfsiz parvarishlash” videodarsi orqali Siz yangi tug‘ilgan chaqaloqni salomatligini nazorat qilib borish, to‘g‘ri parvarishlash, tabiiy va patologik holatlarni to‘g‘ri baholashni o‘rganasiz.

Videolarni ko'rish uchun👇

👉 Lalu premium 👈

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Amniotik suyuqlik nima?

Bola bachadonda ikkita membrana ichida joylashgan boʻlib, amniotik suyuqlik bilan oʻralgan parda ichida rivojlanadi.

Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Suyuqlik homiladorlikning 20-haftasida homila buyragi tomonidan ishlab chiqariladi.

Amniotik suyuqlik qanday koʻrinishda bo’lishi va uning vazifalari haqida mazkur maqolada bilib olasiz!

👉lalu.uz/amniotik-suyuqlik-nima

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Kutib oling Lalu premium!

Biz Lalu'ni takomillashtirishda davom etyapmiz. Va aynan Siz uchun zarur bo'lgan mavzularda shifokorlar bilan videodarslar tayyorladik.
Siz Lalu Premium orqali videodarslarda qatnashishdan tashqari, dolzarb mavzulardagi maqolalarni o'qiy olasiz, maxsus belgiga ega bo'lasiz!

Tezda Laluʼni yangilab oling: https://bit.ly/lalutelegram

Lalu - Barcha bolalar sog‘lom bo‘lishini istaydi!

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Bolalarda uyqu normasi va uyquning afzalliklari

Amerika Pediatriya akademiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 5 yoshgacha bo'lgan bolalarning to'rtdan bir qismi yetarli darajada uxlamaydi. Bu holat tashvishli bo'lib, ayniqsa, erta bolalik davrida uyqu yomon bo'lsa, allergik rinit va immun tizimi bilan bog'liq muammolar, shuningdek, tashvish va depressiyani keltirib chiqaradi. Jumladan, bolalikdagi uyquning yomonlashuvi, bolada kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, semirish, diabet va yuqori qon bosimi ko'rinishidagi xavflarning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkinligi haqida dalillar mavjud.

Batafsil o'qish👉https://lalu.uz/bolalarda-uyqu/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Laktatsiya jarayonini yaxshilashda yordam beruvchi mahsulotlar:
- suli yormasi
- sarimsoq
- arpabodiyon urug'lari
- yog'siz go'sht
- tuxum
- yong'oq va donli mahsulotlar
- yashil bargli sabzavotlar.

To'liqroq ma'lumotlarni bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayolga kimyoviy pilling, botoks, lazerli yuz muolajalari, mezoterapiya, tatuaj,kuchli kimyoviy moddalar — toluol va formaldegid tarkibli laklardan foydalanish, lazerli, elektro-, fotoepilyatsiya kabi amallarni bajarish mumkin emas.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Chaqaloqlarda qorni dam bo'lishi sabablari qaysilar?

Havoni yutish (Aerofagiya)
Chaqaloqlarga ko'krak noto'g'ri tutilsa yoki emizilsa, shisha so'rg'ichdan suyuqlik ichayotganda ular havoni yutib yuboradi. Bolalar ko'p gapirishga harakat qilayotganda ham havoni yutib yuborishlari mumkin.

Haddan tashqari ko'p yig'lash
Chaqaloqlar yig'layotganda ham havoni yutib yuborishadi. Agar gaz paydo bo'lishiga farzandingizning yig'lashi sabab bo'lsa, bola tinchlangandan so'ng yana hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Ovqat hazm qilish muammolari
Chaqaloqlaring ichi qotganda ya'ni ovqat hazm qilishda muammolar bo'lsa bolalar organizmida gaz to'planib qoladi.

Bolalarda hazm qilish traktini to'liq yetilmaganligi
Hazm fermentlarining yetarli bo'lmaganligi hisobiga, to'liq hazm bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi va gaz paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homiladorlikda ishtaha yo’qolishi sababi nima?

Ishtahangiz o’zgarishi odatiy holdir, bu ayniqsa homiladorlik davrida tanangizda juda ko’p o’zgarishlar yuz berishiga olib keladi.

Homiladorlik davrida ishtaha yo’qolishiga quyidagi bir nechta omillar sabab bo’lishi mumkin:
- Ko’ngil aynishi va qayt qilish;
- Ruhiy salomatlik holati - stress;
- Ba'zi dori-darmonlar;
- Ovqatlanishning buzilishi.

Homiladorlikda ishtahani qanday tiklash mumkin?

Batafsil o'qish👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-ishtaha-yoqolishi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Poligidramnioz nima?

Poligidramnioz (baʼzi hollarda, gidramnioz yoki amniotik suyuqlikning buzilishi deb ham ataladi) bu meʼyordan koʻp suyuqlik boʻlishidir.

Poligidramniozning yengil holatlari odatda maxsus muolaja talab etmaydi. Ogʻir holatlarda, yaʼni suyuqlik haddan tashqari koʻpayib ketganda amniosentez qilinadi yoki shifokor buyurgan dorilarni qabul qilish mumkin. Bu oʻz navbatida chaqaloq ishlab chiqaradigan siydik miqdorini kamaytiradi.

Homiladorlik davrida amniotik suyuqlikning oqib chiqishi, shu bilan birga, suyuqlik miqdori kam yoki koʻpligidan xavotirda boʻlgan har bir homilador ayol bu haqida shifokorga murojaat qilishi kerak.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Tug'ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar

Tug‘ruqdan so'ng tanangiz juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechiradi va bu holat muvozanatga kelishi uchun biroz vaqt kerak. Tug‘ruqdan keyin bir hafta mobaynida og‘riq va juda qattiq charchoq kabi baʼzi noqulayliklarni his qilish odatiy holdir. Ammo baʼzi ayollarda tug‘ruqdan keyin jiddiy, hayot uchun xavfli bo‘lgan sog‘liq muammolarining belgilari kuzatilishi mumkin.
Xo'sh, tug'ruqdan keyin yosh onada kuzatiladigan qanday hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak?

Tug‘ruqdan keyin sizda quyidagi belgilar yoki alomatlar bo‘lsa, 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va tez yordam chaqiring:
- sovqotish;
- ko'p terlash;
- tez-tez nafas olish;
- tez-tez yurak urishi;
- sarosima;
- isitma;
- kuchli og‘riq va noqulaylik.

Tug'ruqdan keyingi OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR https://lalu.uz/tugruqdan-keyingi/

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?

Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.

Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:

▪️Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Qandli diabet qanday kasallik?

Organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Qandli diabet kasalligida insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, natijada qonda glyukoza miqdori oshadi.

Qonda qandning normadan ko‘p bo‘lishi giperglikemiyaga olib keladi.

Lalu'ning navbatdagi maqolasida giperglikemiyaning homilaga taʼsiri, homiladorlikda qandli diabetga kimlar koʻproq uchrashi hamda qandli diabetni davolash usullari bo’yicha ma’lumotlar beriladi.

Maqola: lalu.uz/qandli-diabet

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Ayollarda gemoglobin normada qancha bo'lishi kerak?

Homilador bo'lmagan ayol qonida normada 120-140 g/l gemoglobin bo'lishi kerak.

🟡Agar sizda gemoglobin miqdori 110-119 g/l ni tashkil etsa, demak sizda yengil darajadagi anemiya bor.

🟠Agar sizda gemoglobin miqdori 80-109 g/l ni tashkil etsa, demak sizda o'rta darajadagi anemiya bor.

🔴Agar sizda gemoglobin miqdori 80 g/l dan kam bo'lsa, demak sizda og'ir darajadagi anemiya bor.

❗️Eslatma. Qoningizda gemoglobin miqdori 120 g/l kam bo'lsa, shifokor ko'rigiga borishni tavsiya qilamiz!

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Lalu - Homiladorlik maktabi

Yod sizning qalqonsimon bezingiz normal ishlashi uchun zarur modda hisoblanib, homilaning aqliy va jismoniy jihatdan toʻliq rivojlanishida muhim rol oʻynaydi☘️

Sifatli yodlangan osh tuzidan foydalaning. JSST tomonidan homilador ayollar uchun kundalik yod qoʻshimchasi 250 mkg (0,25 mg) miqdorda tavsiya qilinadi.

❗️ Tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni qabul qilishdan oldin qalqonsimon bez ko‘ngildagidek ishlayotganiga ishonch hosil qilish lozim. Chunki qalqonsimon bez faoliyati kuchaygan bemorlarga tarkibida yod bo‘lgan preparatlar iste‘moli taqiqlanadi.

Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel