Lalu'da texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu sabab vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
Bogʻlanish uchun: @laluyordam
Uyqu vaqtida yigʻlayotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?
❕Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun yigʻlash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. 18 oylikkacha bola kasal boʻlsa yoki uyqusi chala boʻlsa tunda qoʻrqib yigʻlashi mumkin. Odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda tunda qoʻrqib yigʻlash holatlari kuzatiladi.
Onalarimizni qiynaydigan muammolardan biri - chaqaloqni qanday qilib ovutish mumkin, chaqalogʻim qoʻrqinchli tush koʻradimi kabi savollarga quyidagi maqolada javob topasiz.
Toʻliq maʼlumot: lalu.uz/bolani-ovutish
Kanalimiz 👉 Lalu - Homiladorlik maktabi
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Nega yangi tug'ilgan chaqaloq kindigini parvarishlash juda muhim?
Infeksion xavfni kamaytirish. Kindik naychasi bakteriyalarning chaqaloqning qon tomirlariga kirish joyidir. Shuning uchun kindikni doim toza va quruq holda saqlang!
Tezroq moslashish. Kindikning to'g'ri parvarishi uning tabiiy va tez tushishiga yordam beradi!
Chaqaloq uchun kamroq noqulaylik. Toza va quruq kindik ichakchasida bola kamroq bezovtalik his qiladi!
Yangi tug'ilgan chaqaloq kindik naychasini noto'g'ri parvarishlash yoki umuman e'tibor qaratmaslik oqibatlari o'ta jiddiy muammolarga sabab bo'ladi. Masalan, kindik yanchasi yallig'lanish (omfalit). Bu kindik naychasidagi yoki uning atrofidagi terining bakterial infektsiyasidir. Biroq bu og'ir holatlarda hayot uchun xavfli bo'lgan sepsis rivojlanishiga turtki bo'lishi mumkin.
Agar kindik atrofidan yiring oqsa, atrofdagi teri qizarib, shishib qolsa yoki kindik atrofida noodatiy belgilar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilishingiz shart!.
Umuman olganda, chaqaloqlar kindigi onadan e'tibor va maxsus parvarishni talab qiladi. Yangi farishtacha kutayotgan bo'lsangiz albatta chaqaloq parvarishlash asoslarini o'rganing. Chunki farzandingiz parvarishlashga oid qo'llanma bilan dunyoga kelmaydi.
Chaqaloq parvarishlash asoslarini mutaxassislarimiz tomonidan tayyorlangan "Chaqaloqni to‘g‘ri va xavfsiz parvarishlash” videodarsi orqali o'rganing! 👶
Homiladorlikda ich qotishi sabablari nima? Oldini olish uchun nima qilish kerak?
Homiladorlik davrida ich qotishi tez-tez uchraydigan muammo bo‘lib, homilador ayollarning ko‘pchiligida bir marta bo‘lsa-da kuzatiladi.
Sabablari:
▫️Gormonal o‘zgarishlar;
▫️ Bachadon hajmining oshishi;
▫️ Noto‘g‘ri ovqatlanish;
▫️ Kam suv iste’mol qilish;
▫️ Homiladorlik davrida buyuriladigan vitaminlar, jumladan temir qabul qilish.
Homiladorlik paytida ich qotishining oldini olish bir necha oddiy qadamlarni o‘z ichiga oladi:
✅ Meva, sabzavot, yormalar va dukkakli mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling;
✅ Kun davomida ko‘p miqdorda suv iching;
✅ Yuring, yengil mashqlar bilan shug‘ullaning;
✅ Muhimi tanangizning signallarini tinglang va kechiktirmasdan ichak harakatining istagiga javob bering.
Agar ich qotishi surunkali bezovta qilsa, albatta shifokorga murojaat qiling.
Homiladorlik davrida salomatligingizni Lalu mobil ilovasi bilan doim kuzatib boring. Yanada koʻp bilim olish uchun Lalu Premiumʻga obuna boʻling!
Tug'ruq kechiksa, nima qilish mumkin?
Homiladorlikning oxirgi kunlari abadiylikdek sezilishi mumkin. Tug‘ruq sanasi qanchalik yaqin bo‘lsa, ayniqsa muddati o‘tib ketganda, kunlar shunchalik uzoq davom etayotgandek tuyiladi.
To‘liq muddatli homiladorlik odatda 39 dan 41 haftagacha davom etadi. 40 hafta yoki 280 kundan keyin tug‘ruq bo‘lishi "kech tug‘ruq" hisoblanadi.
Agar shifokor ma’qullagan bo‘lsa, tug‘ruq chaqirishning ba’zi tabiiy usullari mavjud. Masalan, mashqlar qilishingiz yoki raqsga tushish, achchiq narsa iste’mol qilish, jinsiy aloqa ham "kechikayotgan" chaqaloqning tug‘ilishini tezlashtirishi mumkin.
Tug‘ruqni qancha kutsangiz u shunchalik uzoqdek tuyiladi, shuning uchun o‘zingizni boshqa yumushlar bilan band qiling. Stressdan qoching, kitob o‘qing, Lalu bilan onalikka tayyorlaning va dam oling. U albatta bag‘ringizga shoshadi. 😊
Tugʻruqdan keyin qon ketsa, qachon yordam so'rash kerak?
Tug‘ruqdan so‘ng darhol og‘ir qon ketishi odatiy holdir, bu vaqt o‘tishi bilan asta-sekin kamayishi kerak. Ammo, agar siz bola tug‘ilgandan keyingi uchinchi kundan keyin ham yorqin qizil qon ketishini, katta qon quyqalarini (olxo‘ridan kattaroq) sezsangiz yoki soatiga bir nechta gigiyena prokladkalarini almashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokorga murojaat qilish juda muhimdir. Boshqa ogohlantiruvchi belgilar orasida bosh aylanishi, tez yurak urishi va holsizlik yoki hushidan ketish hissi mavjud bo‘lib, bu qon yo‘qotish tufayli shokning boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Tug'ruqxona uchun buyumlarni yig'ishni rejalashtiryabsizmi?
Mana "Lalu"dan homilador ayollar uchun kichik qo'llanma.
💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Assalomu alaykum. Lalu mobil ilovasi va saytida texnik ishlar davom ettirilmoqda. Hozirda ilovaning onlayn qismlari nisbatan stabil ishlamoqda. Tez orada telefon raqam orqali kiritish tiklanadi.
Telefon raqam orqali kirganingizdan so'ng albatta Google hisobingizni biriktirib qo'yishingizni so'raymiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
LALU loyihasini "President Tech Award" tanlovida qo'llab-quvvatlang!
1-qadam: My ID platformasini o'rnating va profilingizni yarating!
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.myid
iOS uchun: https://apps.apple.com/uz/app/myid-ozbekiston/id1562842955
2-qadam.
Ovoz berish sahifasi:
awards.gov.uz
Ovoz berishni bosib, My ID orqali shaxsingizni tasdiqlang:
Ijtimoiy yo'nalishda raqamli texnologiyalar'ga kiring >> LALU'ga o'tib ovoz bering
Barcha qismlarga 5 ⭐ qo'yishni unutmang!
Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. 😊😊😊
LALU loyihasini "President Tech Award" tanlovida qo'llab-quvvatlang!
1-qadam: My ID platformasini o'rnating va profilingizni yarating!
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.myid
iOS uchun: https://apps.apple.com/uz/app/myid-ozbekiston/id1562842955
2-qadam.
Ovoz berish sahifasi:
awards.gov.uz
Ovoz berishni bosib, My ID orqali shaxsingizni tasdiqlang:
Ijtimoiy yo'nalishda raqamli texnologiyalar'ga kiring >> LALU'ga o'tib ovoz bering
Barcha qismlarga 5 ⭐ qo'yishni unutmang!
Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. 😊😊😊
Qani Lalu'chilar olg'a!!!
Prezident Tech Awards mukofoti loyihalari uchun onlayn ovoz berish boshlandi.
Ovoz berish birozgina qiyin shuning uchun biz sizga ko'rsatmalar yozyapmiz. Demak,
1) MyID O‘zbekiston ilovasini Play Market yoki AppStore'dan yuklab oling (1-rasm).
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.myid
iOS uchun: https://apps.apple.com/uz/app/myid-ozbekiston/id1562842955
2) MyID ilovasida pasportingiz va tug'ilgan kuningizdan foydalanib ro'yxatdan o'ting.
(Ilovada yuzingizni skanerlaysiz va ro'yxatdan o'tasiz)
3) https://awards.gov.uz saytiga o‘ting va Ovoz berish tugmasini bosing (2-rasm).
4) MyID orqali ovoz berish uchun QR kodini ko'rasiz. Va u sizdan MyID ilovasi orqali tizimga kirishingizni so'raydi. Tizimga kirish.
📌 Agar siz https://awards.gov.uz saytiga kompyuter orqali kirgan bo‘lsangiz, unda 5- va 6- bandlarni o‘qing. Agar mobil telefondan bo'lsa, unda siz allaqachon avtorizatsiya qilingansiz va 7-banddan o'qishni davom eting!
__________________________
5) Ilovani telefoningizda yana oching va pastdagi “QR orqali kirish” tugmasini bosing (3-rasm).
6) Kodni skanerdan o'tkazganingizdan so'ng, avtorizatsiya qilish uchun yana yuzingizni telefonga olib kelishingiz kerak bo'ladi.
__________________________
7) Huuuh, ajoyib! Siz tizimga kirdingiz!
8) "Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar" bo'limiga o'ting (4-ekran)
9) LALUni toping va pastdagi "Ovoz berish" tugmasini bosing. (5-rasm)
10) Siz LALU loyihamizni tavsiflovchi sahifani ko'rasiz. Biz eng pastga tushamiz va yana "Ovoz berish" tugmasini bosing! (6-rasm)
11) Barcha toifalar uchun baho bering (5 eng yaxshi ball va sizdan 5 kutamiz 😊) va “Yuborish” tugmasi bilan tasdiqlang! (7-rasm)
Bu biroz qiyin bo'lishi mumkin, biroq Sizdan ovoz berishingizni so'raymiz!
Rahmat! Keling birgalikda Lalu bilan g'alab qozonamiz!
Yaqin vaqt ichida "President Tech Award" finalchilariga ovoz berish jarayoni boshlanadi!
Biz albatta sizning qoʻllab-quvvatlashingizga ishonamiz!
Keling ovoz berish jarayoni boshlanishidan oldin aynan nega LALU gʻoliblik uchun eng yaxshi nomzod ekanligi haqida texnik direktorimiz Mahmudjondan bir daqiqalik videorolikni tomosha qiling, layklang, izohlaringizni yozib qoldiring.
Ovoz berishga start berilganda, siz Azizlardan bir necha kunlik shijoat kutib qolamiz. ☺️
Ungacha marhamat 1 daqiqalik videoni tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=jR0l9jIM5d4
Lalu - Barcha bolalar sogʻlom boʻlishini istaydi!
Onalik instinkti nima, aslida u mavjudmi?
Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi bizga maʼlum. Qizig‘i, ona bo‘lganingizdan so‘ng siz bolangizga qanday g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz.
Tug‘ruqdan keyingi “baxt gormoni” ona va bola o‘rtasidagi aloqaga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Bolani emizish onada oksitotsin darajasini kuchaytiradi va bu bolaga bo‘lgan mehr va bog‘lanish hissini yanada oshiradi.
Sizda onalik instinkti kuzatilmadimi?
Unda «Lalu» mutaxassislari sizga yordam beradi. Mazkur maqolada onalik instinkti kuzatilmagan holatlarda nimalar qilish mumkinligi haqida bilib olasiz.
👉https://lalu.uz/onalik-instinkti/
«Lalu» mobil ilovasini yuklab oling va doimo kuzatib boring. Loyiha yosh onalarga bola parvarishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Muzqaymoq mavsumi allaqachon boshlandi, xo'sh, homiladorlikda muzqaymoq iste'mol qilish xavfsizmi? 🍦🍨
💎 LALU PREMIUM 💎 ga obuna boʻling va farzandingiz parvarishiga bilim bilan yondashing!
Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram
Homiladorlikda temir tanqisligi anemiyasi bo'lajak chaqaloqqa qanday ta'sir qiladi?
Homiladorlik davrida og‘ir temir tanqisligi kamqonligi erta tug‘ilish xavfini oshiradi (tug‘ilish homiladorlikning 37 to‘liq haftasidan oldin sodir bo‘lishi). Homiladorlik davrida temir tanqisligi kamqonligi oqibatida kam vaznli bola tug‘ilishi va ayolda tug‘ruqdan keyingi depressiya holati kuzatilishi mumkin. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, anemiyaning og‘ri ko‘rinishlarida tug‘ilishdan oldin yoki tug‘ilgandan keyin chaqaloqlarning o‘lim xavfi ortgan.
Shu sabab ham homiladorlikdagi kamqonlik holatidan ehtiyot bo‘ling. Profilaktik choralarini ko'ring zarurat bo‘lsa, muolaja oling.
Homiladorlik davridagi kamqonlik turlari, oldini olish va davolash haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling:
👉 https://lalu.uz/homiladorlikda-kamqonlik-anemiya/
Homiladorlikda to'g'ri va sog'lom ovqatlanish orqali ham kamqonlikni oldini olishingiz mumkin.
Qachon chaqalog'imning harakatlarini va tepishini his qilaman?
Homiladorlik paytida farzandingizning ilk harakatini, odatda 18 dan 22 haftagacha oraliqda sezasiz.
Bu his sekin tebranishdan boshlanib, oyoqlari, qo‘llari va jamiki tanasi bilan "jang" qilayotgandek darajaga yetishi mumkin. Albatta bu zavqli va hayajonli.
Agar u bilan hissiy bog'lanishni istasangiz albatta qo'llaringizni u "zarba" bergan joyga qo'ying va navbatdagi "zarba"ni kuting... Qalay, ajoyib-aaa.
Bu baxt. Bo'lajak farzand bilan bu kabi hissiy bog'lanish esa ikki hissa baxt.
Har kuni u bilan hissiy bog'lanish muhim. U haqida o'ylang, qo'llaringiz bilan harakatlarini his qiling, quvoning, har kuni undan, bo'lajak bolajoningizdan xabar oling.
Homilador ayol kuniga qancha suyuqlik ichishi kerak?
Homilador ayol kuniga 8-10 stakan yoki taxminan 2 litr suyuqlik ichishi kerak. Bunga suv, sharbat, sut va boshqa suyuqliklar kiradi. Homiladorlik paytida suyuqlik miqdorini saqlab qolish juda muhim, chunki suyuqliklar yangi bunyod bo'layotgan homilaga ozuqa moddalarini tashish va tanadan chiqindilarni olib chiqishga yordam beradi.
Xo'sh, homiladorlik paytida organizmdagi namlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?
- Kun davomida ko'p miqdorda suv iching.
- O'zingiz bilan suv olib yuring.
- Gazli va sharbat kabi shakarli ichimliklardan saqlaning.
- Tarvuz, bodring va selderey kabi tarkibida suv ko'p bo'lgan meva va sabzavotlarni iste'mol qiling.
- Agar siz jismoniy mashqlar bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz, qo'shimcha suyuqlik iching.
Agar siz suvsizlanishdan xavotirda bo'lsangiz, shifokoringiz bilan gaplashing. Shifokorlar sizga mos keladigan rejani tuzishda yordam berishi mumkin.
Yanada koʻp bilim olish uchun Lalu Premiumʻga obuna boʻling!
Dori-darmonlarni qabul qilmasdan homiladorlik paytida allergiya alomatlarini kamaytirish uchun nima qilishim mumkin?
Triggerlaringizni biling va ulardan qoching. Bunga oziq-ovqat allergenlari, gulchanglar, turli chang zarralari, uy hayvonlari junlari va mog‘or kiradi.
Gigiyena qoidalariga rioya qiling va yashash joyingizni muntazam tozalang. Bu sizning atrofingizdan allergenlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Stressni boshqaring va yetarlicha uxlang. Stress ham, uyqusizlik ham allergiya alomatlarini kuchaytirishi mumkin.
Xavfsiz dori-darmonlar va tabiiy vositalar haqida shifokoringiz bilan gaplashing. Ba’zi allergiya preparatlari homiladorlik paytida xavfsiz, boshqalari esa qat’iy taqiqlanadi.
Esingizda bo‘lsin, homiladorlik paytida biron bir dori yoki qo‘shimchani qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashish muhimdir.
Agar Lalu Premium'ga so'ngi bir oylikda yoki undan oldinroq obuna bo'lgan bo'lsangiz-u, kecha-bugun Premium'ga kirolmayotgan bo'lsangiz, Telegramdan @UrazbaevM profiliga raqamingiz yoki username'ngiz va to'lov sanasini yozib yuboring.
Sizga kun davomida Premium obunangiz qayta tiklab beriladi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun jamoamiz nomidan uzr so'raymiz. Bizni to'g'ri tushunasizlar, degan umiddamiz.
Lalu loyihasida rejalashtirilmagan texnik ishlar amalga oshirilayotganligi sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
Ovoz berish jarayoni yakunlanishiga taxminan 42 soat vaqt qoldi.
LALU loyihamizga ovoz bering!
Befarq boʻlmang, aynan Sizning ovozingiz kelajakda minglagan oilalarga baxt taqdim etishi mumkin!
Ovoz berish qanday boʻladi, deganlar uchun video qoʻllanma ham mavjud.
Bolajonlarimiz salomatligini yaxshilash yo'lida ovoz beradigan payt keldi
Ayni kunlarda 1 million dollarlik President Tech Award startaplar tanlovi davom etyapti.
Bolalar va onalar salomatligi yo'nalishidagi Lalu.uz loyihasida shaxsan o'zim tibbiy ekspert(Pediatr) sifatida ishtirok etganman.Ilovadan foydalanishni tavsiya qilaman. Lalu.uz bolalar salomatligi yo'nalishida kamdan-kam loyihalardan biri. Farzandi salomatligiga befarq bo'lmagan onalar loyihani ovoz berish yo'li orqali qo'llab-quvvatlaydi degan umiddaman.
Loyihaning tanlovda g'olib chiqishi uni onajonlar uchun yanada qulay va sifatli mobil ilova bo'lishiga imkon yaratadi.
Ovoz berish biroz murakkabroq. Sababi sun’iy ovoz ko’paytirish holatiga chek qo’yish maqsadida MyID tizimi orqali FaceID texnologiyasi tanlangan.
Ovoz berish jarayonini yengillashtirish uchun yuqoridagi videoqo‘llanmadan foydalanishingizni so'rayman.
Ovoz berish ketma-ketligi
Ovoz berish uchun havola: https://awards.gov.uz
MyID ilovasini yuklab olish: Android | iOS
Hammaga assalomu alaykum!
Qizlar iltimos, befarq boʻlmanglar, LALU'ga ovoz beraylik!
Bosh sovrinni yutsak, LALUni eng-eng zoʻr, foydali, qulay va yanada ishonchli ilovaga aylantiramiz.
Bu siz va keyingi avlod yosh onalari uchun ham juda foydali ham savobli!
Ovoz berish 3-5 daqiqa vaqtingizni oladi xolos, ovoz bering! 😊
Ovoz berish tartibini videoda koʻrishingiz mumkin.
Ovoz berish jarayonida qatnashish uchun ushbu guruhga qo'shiling.
Birgalikda Lalu'ning eng kuchli ekanligini isbotlaymiz!
Guruh: /channel/+DAO2-pCfUthlZGMy
Prezident Tech Awards tanlovida ovoz berish yoʻriqnomasi.
Lalu uchun ovoz bering. 😁
🎉🎉🎉 URAAAA-URAAAAAAA 🎉🎉🎉
Sevimli LALU loyihamiz "President Tech Award" tanlovining “Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar” toifasi boʻyicha TOP-5 loyihalar qatoriga kirdi. Bu bosqichigacha ancha toʻsiqlardan oʻtdik, xalqaro mutaxassislarga taqdimotlar qildik. Tanlov hali ham davom etmoqda, oxirgi bosqichda kim g'olib bo'lishi sizlarning ovozingizga bog'liq!!!
Ovoz berish jarayoni bir necha kun ichida boshlanadi, bunda Sizning qo'llovingiz juda!!! Hozirgacha LALU loyihasiga ishonib qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
Hal qiluvchi bosqichda ham bizni astoydil qoʻllab-quvvatlashingizga ishonamiz!!!