Istanbul haqida ko‘p yozganman. Ikki kun davomida dam oldim. Maza qilib uhladim, shopping qildim, aylandim va eng muhimi turli xil o‘zimizning o‘zbek taomlaridan yeb ko‘rdim. Mc donald dan milkshake simirib ko‘rmaslik xato deb hisoblayman. Turli xil mevalardan navbat-navbat yeb ko‘ryapman. Dengizga chiqmadim, hali yana qaytaman deb. Tanishlar, qadrdonlar bilan uchrashdim, suhbatlashdim. Hozircha, mazasi shu. Ertaga nasib keyingi davlatga uchib ketamiz.
@hozilbekfm
Nasib qilsa Keyingi bekat aniq. 4 yil odin birinchi marta Sochiga uchishim otkaz bo‘lgan edi. Keyingi yillar bir necha marta ushbu rejani tuzib chiqdik, karonavirus yoki boshqa sabab bilan yana otmen bo‘ldi. Bu safar registratsiyadan o‘tdik.
Читать полностью…Armanistonga uchib ketyapmiz. Biz uchun mavhum joy; Borishdan oldin ancha o‘ylanib, keyin qaror qabul qilgan joy. Reysimizni 1 kunga kechiktirilishi sayohatimiz muddatini qisqartirdi. Men,,, o‘zim tanigan Armanistonga tashrif buyurayotgan birinchi odamman.))) Bizni qisqa vaqt davom etadigan sayohatimizda nimalar kutayotganligi o‘zimga ham qiziq, sizga-chi?
@hosilbekfm
Batumi rosa yoqdi. Kuni bilan plyajda cho‘mildik. Plyajdni poyezdda kelayotganda belgilab qo‘yuvdik. Yaqjnimizda ham plyaj bor. Lekin biz 10 km uzoqlikdagi plyajga bordik. Bugun quyosh chiqmadi. Bu ham zakaz bo‘ldi. Keyin tinmay yomg‘ir yog‘di. Yomg‘irda ham cho‘mildik.) Hozir ham yomg‘ir yog‘yapti.
Читать полностью…Bugun Yanar dag‘ga bordik. «Yanar dag» Ozarbayjon tilida yonadigan tog‘ ma’nosini anglatadi. Shahar tashqarisida joylashgan ushbu joyda tabiiy usulda yonadigan olovni ko‘rishingiz mumkin. «Yanar dag» haqida XIII asrda ilk bor sayohatchi Marko Polo yozgan. Ushbu yonadigan tog‘da olov birinchi bor qachon yonib boshlagani to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Chunki necha asrlar bo‘yi avlodlar bu tog‘ har doim yonib turganini aytib kelgan. Bu olov tabiiy gazning sizib chiqishi sababli qor-yomg‘ir yog‘sa ham hech qachon o‘chmaydi. Ozarbayjon nomi ham shunga bog‘liq. SHahar markazidagi olov binolar ham shundan kelib chiqqan. Otashparastlik dini ham shu yerdan paydo bo‘lgan, deyishdi. Kirish pullik chet ga 10 manat(taxminan 5,5$).
Neftga, gazga boy mamlakat aholisining biz ko‘rgan turmush tarzi, davlatning korrupsiyaga botib ketganligini ko‘rsatadi.
Bakuni plus tomonlari.
Ozarboyjon tili o‘zbek tiliga yaqin til, xorazmchaga o‘xshab ketadi. Bakuliklar bilan turkcha, o‘zbekcha, ruscha, inglizcha ham gaplashish mumkin. Muloqot oson.
Biror mahalliy aholi bilan suhbatlashsak, qayerdan ekanligimizni so‘rashadi. O‘zbekistondanman, deganimdan keyin, birdan yuziga tabassum yugurib, kardesh deb, xursand bo‘lib ketganini ko‘rib, ich-ichimdan mamnun bo‘lib ketdim. Xatto, bir marta taksi yo‘l kirani olmayman, mehmon ekansiz, deb turib oldi. SHerigim zo‘rg‘a pulni to‘lab moshindan tushdi. 😄.
Kechasi kuni bilan bo‘shagan maydonlar odamlar bilan to‘ldi. Nazarimda, xindlar ham kamayib ketgandek bo‘ldi😄.
Xavfsizlik. Pasport rejimi ham yo‘q, asabiylashgan negativ odamlar ham yo‘q. 24 soat davomida xohlagan tomonga yurishingiz mumkin. Baku xavfsiz shahar.
Mahalliy taomlar. SHaharning qoq markazida Dolma restoraniga(ataylab nomini yozdim) tashrif buyurdik. Ko‘rinishidan o‘ta qimmat joyga o‘xshasa ham, narxlar o‘rtacha ekan. Menyusi qalin kitobdek, ichida xilma xillik o‘ta yuqori, va nimani so‘rasak, tugagan, hozir qilmayapmiz, deyishmadi. Joy Bakuning milliyligini eslatib turadi, jonli musiqa ham milliy kuylarni kuylamoqda. 2 xil go‘shtli ovqat zakaz qildik(rasm va videosi bor). Ko‘pligidan qorin yorilib ketay dedi. 😂. Ichishga ayron va choy aytdik. Hammasi mazali, yoqimli. Jami ovqatlanish 2 kishiga 40$ ga tushdi.
Eski shaharni eskiligicha saqlab qo‘ygan. Qanaqadir city-pitylar qurib tashamagan. Brilliant qo‘l olingan joy ham kino olingan paytdek turibdi.
@hosilbekfm
28.02.2023 йил Масжидун-Набавий, Равзаи муборакга олиб кирилган Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ умрачи аёлларимизни равзаи муборакдан чиқишларини кутиш жараёнидан лавҳа.
Читать полностью…"3". Бугин 28.02.2023 йил Масжидун-Набавийга, Равзаи муборакга Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ ва бошқа Ўзбекистонлик умрачи аёлларимизни зиёратга олиб бориш жараёнидаги панду насиҳатлар
Читать полностью…"1". Бугин 28.02.2023 йил Масжидун-Набавийга, Равзаи муборакга Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ ва бошқа Ўзбекистонлик умрачи аёлларимизни зиёратга олиб бориш жараёнидаги панду насиҳатлар
Читать полностью…28.02.2023 йил Боқиъ қабристони зиёрат қилинди ва Боқиъ қабристонига маййит дафн қилингани юзасидан лавҳа.Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ умрачилари.
Читать полностью…Biz uchun yana bir noma'lum sarguzasht boshlanmoqda. Yevropaning vizasiz mamlakatiga uchmoqsamiz. Maqsad aniq: holatni to‘liqligi o‘rganish, plus va minus tomonlarini to‘liq ko‘rib chiqish.
Читать полностью…Sochi. Tabiatli, daraxtlarga boy yurt. Dam olishga kelgan turistlarni asosiy katta qismini ruslar tashkil qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari Toshkentdan ancha arzon. Taksi narxlari ham deyarli o‘zimiznikidek. Kelganimizdan beri YandexGo taksidan foydalanyapmiz. Havo issiq va o‘ta yuqori namlik bo‘lganligi uchun soyalarda harakat qilyapmiz.) SHahar bo‘ylab va boshqa hududlarga turpaketlar sotilarkan. Abhaziya, Krasnadarlarga ham bor. Turpaket anchagina arzon. Ba'zi xizmatlar o‘zim eng arzon deb o‘ylagan SHarmdan ham arzon. Bookingcom ishlamayapti. CHeklov tufayli facebook, instagram ham ishlamas ekan. Rossiya haqida salbiy tasavvurlarim biroz o‘zgardi. Harqalay yomon odamga uchramadik😄.
Sochida 3 kunimiz o‘tdi. Rublni o‘zimizdan olib olgan yaxshi. Sochida esa Sberbank eng yaxshi tanlovni berib turibdi. Hotellar Tbilisi, Baku, Batumi, Yerevandan ko‘ra qimmatroq. CHekka joylar arzon bo‘lishi mumkin. Guest house lar ham ko‘p. Lekin to‘liq ishonchli emas, 2-3 tasi pand berdi. Va hotel tanladik. SHaroit nisbatan yaxshi, qo‘shimcha xizmat va jihozlari ko‘proq ekan.
O‘zbek choyxonasini yaxshisini topib ovqatlanyapmiz, 1-topgan joyimizda sharoit yaxshimas, 2-topgan joyimiz ancha yaxshi, ovqatlari o‘zimiznikidek,mazali. Plyajda cho‘milmadim, hotelda ko‘proq qoldim. Ertaga nasib qilsa, keyingi davlatga uchib ketamiz.
Sochida Hotellar qimmatroq, guest house lardagi holat ishonchli emas, booking.Com ishlamaydi. Keladiganlar uchun tajriba. Lekin qolgan narxlar yaxshi. Oziq-ovqat narxlari arzon va o‘zimiznikiga o‘xshash. Aeroportda simkarta va pul almashtiradigan joyni topa olmadik. O‘zimizni qorako‘z taksilardan biri qisqa masofa uchun 10$ oldi. Bankdan kurs maydaladik. Hotelga kirishni kutib o‘tiribmiz. Kun nam va issiq. Plyajga boradigan havo. Hozircha birinchi taasurotlar shular.
Читать полностью…Armanlar baxtli ko‘rindi. Tartibga hamma amal qiladi. Xursandchilik ko‘zlaridan, yuzlaridan sezilib turadi. Negativ narsa ko‘rmadim. Yuzlari tiniq. Yaxshi, sifatli yeb-ichganligini sezish mumkin. Hozir turgan joyimiz Musiqiy fontan 23:00 gacha davom etarkan. Hozir tugadi, lekin odamlar tarqalgani yo‘q. Mahalliy odamlar ham ko‘p, turistlar ham ko‘p. Ko‘chalarda restoranlar odamlar bilan to‘la. Toza, yorug‘ shahar; hotirjam odamlar. Narx-navo biroz qimmatdek tuyuldi.(aslida qimmatmas, pulimiz kam😁). Issiqligi Toshkentni eslatib yuboradi.
@hosilbekfm
Erevan o‘ziga hos, sokin, hushmuomala odamlar, toza, chiroyli shahar sifatida taassurot qoldirmoqda.
Читать полностью…Gruziya yana qaytib keladigan joy sifatida taassurotlar qoldirdi. Ertaga bu yurtni tark etamiz. Bir olam taassurotlar, mazali milliy taomlar, chiroyli tabiat, xilma xil daraxtlar, yaxshi muomala mahalliy xalq, cho‘milib maza qiladigan plyajlar, tarixiy makonga to‘la yurt sifatida xotiramda qoldiraman.
@hosilbekfm
Gruziyaga kirishda g‘alati noqulaylikni his qildik. Aeroportda hamma narsamizni tekshirdi. Bilet, sug‘urta, hotel broni, sherigimni Turkiyadagi dokumentlarini ham tekshirdi. Juda ko‘p narsani so‘radi. Pasportimni har bir betiga qarab chiqdi. Tekshirayotgan ayolning muomalasi ham yoqmadi. Va hayolimdan Gruziyaga kira olmagan tanishlarim o‘tdi. Singapur aeroportida ham bunaqa tekshiruv bo‘lmagan edi. Eng g‘alatisi cho‘ntagimizdagi pulni ham sanab ko‘rsatdik. Kutmagandim bunaqa holatni.
Читать полностью…Polshadan O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Har o‘n kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi.
Batafsil — http://dy.uz/25kB1
📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
"4". Бугин 28.02.2023 йил Масжидун-Набавийга, Равзаи муборакга Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ ва бошқа Ўзбекистонлик умрачи аёлларимизни зиёратга олиб бориш жараёнидаги панду насиҳатлар
Читать полностью…"2". Бугин 28.02.2023 йил Масжидун-Набавийга, Равзаи муборакга Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ ва бошқа Ўзбекистонлик умрачи аёлларимизни зиёратга олиб бориш жараёнидаги панду насиҳатлар
Читать полностью…28.02.2023 йил Боқиъ қабристони юзасидан умрачиларимизга қисқа жонли тушунча.Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ умрачилари.
Читать полностью…28.02.2023 йил Масжидун-Набавийда бомдод намози ва жаноза намози ўқилингач Боқиъ қабристони зиёрат қилинди. Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ умрачилари.
Читать полностью…