hosilbekfm | Unsorted

Telegram-канал hosilbekfm - Hosilbek fm

136

Sayohat qilish uchun pul 2-o‘rinda. Kuchli xohish bo‘lsa kifoya. Menga yoqqan fikrlar. @hosilbekk

Subscribe to a channel

Hosilbek fm

Bugun diving qildik. Alhamdulillah)

Читать полностью…

Hosilbek fm

SHrilanka taassurotlari.
Bugun mamlakatning asosiy 2 ta eng mashhur joylariga tashrif buyurdik. Kandy shahrida joylashgan Ambulawawa tower bilan Sigiriya tepaligini aylanib chiqdik. Yashil tabiati o‘zgacha yoqimli. Benzin narxi qimmatligi uchun taksi narxlari qimmatroq. Biz Toyota sedan gaplashdik. Konditsioner, nisbatan comfortroq bo‘lgani uchun. Ikki manzilni ham tuk-tuk(mahalliy motosikl) da aylanib chiqdik. Asosiy vaqtimiz yo‘lda o‘tdi. Hali ham yo‘ldamiz. Keyingi manzilga yetganimiz yo‘q. Bugun 15 soatga yaqin yo‘l yurdik.))

Читать полностью…

Hosilbek fm

​​Nihoyat sarguzashtlarga boy 24 kunlik sayohat yakunlanmoqda. Bir olam tajriba orttirdim. Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Rossiya, Turkiya davlatlarini kezdik. Eng tartibli mamlakat Armaniston ekan. Hamma qoidalarga bo‘ysunadi. Chernogoriya vizali davlat bo‘lganligi uchun kiritilmadik. Har bir davlatning mashhur taomlaridan bo‘kkuncha yedik. O‘zimizda reklamada katta, aslida hajmi kichik taomlarni ko‘rsak, bu davlatlarda aksini ko‘rdik. Menyuda kichik, olib kelganda bir dunyo bo‘ladi. Turli xil sinalmagan mevalardan yeb ko‘rdik. Ba'zilari yoqdi, ba'zilarini umuman yeb bo‘lmaydi.(odamlar qanday yerkan😂). Turli xil ichimliklar esa doimiy hamrohimiz bo‘ldi. Safar davomida gazli ichimliklarni ayamadik. Sayohatdan dietaga qaytaman, nasib😄. Vaqt tejash maqsadida jamoat transportlaridan deyarli foydalanmadik. Komfort taxilarda kezdik. YandexGo, Bolt programmalari bu davlatlarda ishlaydi To‘liq o‘rganib, aylanib chiqish uchun bu muddat kam. Akam aytganidek, tajriba bu pul turadi. Ancha tajriba orttirdik. Keyingi safar bu xatolarni qilmaslik uchun.)) Safar davomida yoshlikdan birga o‘sgan qadrdonim to‘liq hamroh bo‘ldi. Qiziq va sinovli sarguzashtlarga boy sayohat bo‘ldi. Alhamdulillah.

Читать полностью…

Hosilbek fm

15 кун саёҳат қилдим.

Туркия Истанбулдан Озарбойжон Бакуга учдик, у ерни бир неча кун айланиб Бокудан Грузия пойтахти Тбилисига учдик, Тбилисидан Батумига поездда бориб айланиб келдик, кейин Тбилисидан Арманистон пойтахти Ереванга учдик, Ереванда озгина айланиб у ердан Россиянинг иссиқ ҳудуди Сочига учдик, Сочида ҳам дамни олиб Истанбулга учиб келдик. Истанбулдан Черногорияга учишимиз керак эди, лекин бизни самолётга олишмади, бу энди алоҳида мавзу. Чегаралар орасида энг қўпол муносабат Грузияда бўлди, энг яхши муносабат Озарбойжонда бўлди.

Борган жойларимнинг ҳаммасида  расмга тушдим, энг кўзга кўринган жойларига бориб видео олдим, бўкиб қолгунчга овқатландим, пляжларда соатлаб чўмилиб, меҳмонхоналарда кунни тунга улаб ухладим. Ҳамма жойда сим карта сотиб олдик, фақат таксида юрдик, сарфлаган пулларимни ҳисоблаганим йўқ, пул тежашга ҳаракат ҳам қилмадик. Билетларнинг бир нечтасини анча олдин олган эдим, айримларини йўл-йўлакай олдим. Саёҳат давомида рейсларимиз 2 соатдан бир кунгача кечиктирилган ҳолатлари ҳам бўлди, саёҳат шуниси билан қизиқ деб ҳолатни тўғри қабул қилдик.

Юқоридаги давлатларга боришни истаб қолсангиз, сизда саволлар туғилса менга инстаграм орқали мурожаат қилишингиз мумкин, инстаграм саҳифам барча учун Самарқанд дарвозаси каби ланг очиқ.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Biz uchun yana bir noma'lum sarguzasht boshlanmoqda. Yevropaning vizasiz mamlakatiga uchmoqsamiz. Maqsad aniq: holatni to‘liqligi o‘rganish, plus va minus tomonlarini to‘liq ko‘rib chiqish.

Читать полностью…

Hosilbek fm

​​Sochi. Tabiatli, daraxtlarga boy yurt. Dam olishga kelgan turistlarni asosiy katta qismini ruslar tashkil qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari Toshkentdan ancha arzon. Taksi narxlari ham deyarli o‘zimiznikidek. Kelganimizdan beri YandexGo taksidan foydalanyapmiz. Havo issiq va o‘ta yuqori namlik bo‘lganligi uchun soyalarda harakat qilyapmiz.)  SHahar bo‘ylab va boshqa hududlarga turpaketlar sotilarkan. Abhaziya, Krasnadarlarga ham bor. Turpaket anchagina arzon. Ba'zi xizmatlar o‘zim eng arzon deb o‘ylagan SHarmdan ham arzon. Bookingcom ishlamayapti. CHeklov tufayli facebook, instagram ham ishlamas ekan. Rossiya haqida salbiy tasavvurlarim biroz o‘zgardi. Harqalay yomon odamga uchramadik😄.

Sochida 3 kunimiz o‘tdi. Rublni o‘zimizdan olib olgan yaxshi. Sochida esa Sberbank eng yaxshi tanlovni berib turibdi. Hotellar Tbilisi, Baku, Batumi, Yerevandan ko‘ra qimmatroq. CHekka joylar arzon bo‘lishi mumkin. Guest house lar ham ko‘p. Lekin to‘liq ishonchli emas, 2-3 tasi pand berdi. Va hotel tanladik. SHaroit nisbatan yaxshi, qo‘shimcha xizmat va jihozlari ko‘proq ekan.
O‘zbek choyxonasini yaxshisini topib ovqatlanyapmiz, 1-topgan joyimizda sharoit yaxshimas, 2-topgan joyimiz ancha yaxshi, ovqatlari o‘zimiznikidek,mazali. Plyajda cho‘milmadim, hotelda ko‘proq qoldim. Ertaga nasib qilsa, keyingi davlatga uchib ketamiz.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Sochida Hotellar qimmatroq, guest house lardagi holat ishonchli emas, booking.Com ishlamaydi. Keladiganlar uchun tajriba. Lekin qolgan narxlar yaxshi. Oziq-ovqat narxlari arzon va o‘zimiznikiga o‘xshash. Aeroportda simkarta va pul almashtiradigan joyni topa olmadik. O‘zimizni qorako‘z taksilardan biri qisqa masofa uchun 10$ oldi. Bankdan kurs maydaladik. Hotelga kirishni kutib o‘tiribmiz. Kun nam va issiq. Plyajga boradigan havo. Hozircha birinchi taasurotlar shular.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Armanlar baxtli ko‘rindi. Tartibga hamma amal qiladi. Xursandchilik ko‘zlaridan, yuzlaridan sezilib turadi. Negativ narsa ko‘rmadim. Yuzlari tiniq. Yaxshi, sifatli yeb-ichganligini sezish mumkin. Hozir turgan joyimiz Musiqiy fontan 23:00 gacha davom etarkan. Hozir tugadi, lekin odamlar tarqalgani yo‘q. Mahalliy odamlar ham ko‘p, turistlar ham ko‘p. Ko‘chalarda restoranlar odamlar bilan to‘la. Toza, yorug‘ shahar; hotirjam odamlar. Narx-navo biroz qimmatdek tuyuldi.(aslida qimmatmas, pulimiz kam😁). Issiqligi Toshkentni eslatib yuboradi.

@hosilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

Erevan o‘ziga hos, sokin, hushmuomala odamlar, toza, chiroyli shahar sifatida taassurot qoldirmoqda.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Gruziya yana qaytib keladigan joy sifatida taassurotlar qoldirdi. Ertaga bu yurtni tark etamiz. Bir olam taassurotlar, mazali milliy taomlar, chiroyli tabiat, xilma xil daraxtlar, yaxshi muomala mahalliy xalq, cho‘milib maza qiladigan plyajlar, tarixiy makonga to‘la yurt sifatida xotiramda qoldiraman.

@hosilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

Batumida o‘zbek oshxonasi

Читать полностью…

Hosilbek fm

Batumida o‘zimiznikiga o‘xshash ovqat)

Читать полностью…

Hosilbek fm

Gruziyaga kirishda g‘alati noqulaylikni his qildik. Aeroportda hamma narsamizni tekshirdi. Bilet, sug‘urta, hotel broni, sherigimni Turkiyadagi dokumentlarini ham tekshirdi. Juda ko‘p narsani so‘radi. Pasportimni har bir betiga qarab chiqdi. Tekshirayotgan ayolning muomalasi ham yoqmadi. Va hayolimdan Gruziyaga kira olmagan tanishlarim o‘tdi. Singapur aeroportida ham bunaqa tekshiruv bo‘lmagan edi. Eng g‘alatisi cho‘ntagimizdagi pulni ham sanab ko‘rsatdik. Kutmagandim bunaqa holatni.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Bakuuu

@hosilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

Polshadan O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Har o‘n kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi.

Batafsil — http://dy.uz/25kB1

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

Читать полностью…

Hosilbek fm

Rimdan chalg'ituvchi zarba😅

Читать полностью…

Hosilbek fm

​​Siz Arashan ko‘llari haqida eshitganmisiz? Biz bu haqda eshitishimiz bilan qanday borish kerakligi haqida o‘yladik. Tabiat in'om etgan bu makon bizni o‘ziga ohangrabodek jalb qila boshladi. Va sarguzashtlarga boy ekskursiyamizni boshladik. Bu qiyin sayohatga damas van mashinasini tanlab oldik. Toshkentdan Angrenga yetib olish osongina bo‘ldi. Hammasi Ertashsoydan boshlandi. Vodiy perevalga yetmasdan chap tomonga qishloqqa kirib ketdik. Ertoshsoyda nivalar 800-900 ming so‘m atrofida ko‘lga olib borib kelarkan. Bir kun qolinadigan bo‘lsa, 1600 ming so‘m bo‘larkan. Buni eshitib, o‘zimizni damasda yo‘lni davom ettirishga qaror qildik. Qishloqdan chiqishimiz bilan bizni ajoyib tabiat kutib turgan ekan, tog‘li manzaradan bahra olib yo‘limizni davom ettirdik. Yo‘lda bir necha marotaba soydan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Ohirgi soy chuqurroq ekan, Damasimiz suvni o‘rtasida qolib ketdi. Suv juda muzdek. Biroz tushishimiz bilan oyoqlarimiz ko‘karib ketaverdi. Bir amallab suvdan itarib chiqarib oldik. Va o‘sha soy bo‘yida Vanni ichida birinchi tunni bir amallab o‘tkizdik. Yonimdagi bir sherigimni gapi bir umr esda qolarli bo‘ldi o‘ziyam) tinchgina yangangni quchog‘ida yotsam bo‘lmasmidi😄. Havo yozga xos bo‘lmagan sovuq edi. Damasni motoriga suv kirgan ekan. Mahalliy nivachilar, yordam berish tugul, xatto bitta klyuchni sotishni ham xohlashmadi. Sayohatimiz sarguzashtga o‘zgarib ketdi. Maqsadga erishish maqsadida Arashan ko‘lga 3-4 km masofa uchun o‘sha nivachilarga 200 ming so‘m berdik. Ko‘l manzarasi, tabiati haqida faqat videoda o‘zingiz izoh yozishingiz mumkin. Telefon zaryadlar tugagan, antenna yo‘q, xatto svet ham yo‘q. Haqiqiy dam olish uchun chiroyli muhit. Ko‘l bo‘yida shashlik pishirib yedik, suvni tomosha qilib mazza qildik. Suvga tushmadik, juda muzdek ekan. Dam olib bo‘lganimizdan keyin ikkinchi asosiy masala damasni moyini almashtirish uchun ikkiga bo‘linishga to‘g‘ri keldi. Bir qismimiz Angrenga borib, usta olib kelishga ketdi. Qolganlar tunni o‘tkazish uchun joy qidirdik. Arashanbuloqda nivachilarni bir sheyhi yasharkan. Undan biror yordam tegib qolar deb,yoniga qaytib bordik. Tunni o‘tkazish uchun sharoit yo‘q. Keyin eng yaqin atrofdagi cho‘ponlar chodiriga qarab yurdik. Har bir cho'ponni chodiriga borish uchun 5-6 km masofa bosishga to‘g‘ri kelarkan. Birinchi manzilga soyni kechib o‘tib, yo‘l oldik. Ammo birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. CHodirga yaqinlashmasimizdan eshakdek keladigan bahaybat it bizga qarab yugurdi. Uramiz desak, kattaroq tosh ham yo‘q. Va ura-sola qochdik. Onda-sonda dam olishdan Yo‘ldan qaytayotgan mashinalar ham to‘xtamaydi, biz vaziyatni his qilib turibmiz, hech kim yordam bermaydi, oddiy ma'lumot so‘ramoqchi bo‘lsak ham, aytmaydi. Tabiiy qabul qildik. Lekin nimadir qilishimiz kerak. Kechagi tunni damasni ichida muzdekkina o‘tkazganimiz,nimadir ilinj qidirmoqda. Nazarimda, hayot uchun ibtidoiy kurash ketayotgandek.😄 Yo‘lni bo‘yidan onda-sonda uchraydigan cho‘ponlar chodirlarini kuzatib boryapmiz. Uzoqdan kia kamaz chiqdi. To‘xtamasligini bilib, yo‘lni to‘sib to‘xtatdik. SHopirga olib keting, yukxonada bo‘lsa ham desak, vopshim iloji yo‘q dedi. So‘nggi ilinj tugadi. Vaqt shomga yaqinlashib qolgandi. Yo‘limizda ko‘ringan keyingi cho‘ponni chodiriga yaqinlashmasdan cho‘ponni chaqirib, tunni shu chodirda o‘tkazishni so‘radik. CHo‘pon bajonidil keling, mehmon deb chodirga kiritdi. Dasturxon yozdi, mosh sho‘rva qilgan ekan, tandir non qatiq va chakki bilan shunaqanggi shirin ketdi-ki, haligacha o‘sha ta'm yodimda. 😋 Ikkinchi tunimiz o‘sha yerda mavsumiy yashaydigan cho‘ponni chodirida o‘tdi. Kechasi yomg‘ir yog‘ib, sovuq bo‘lishiga qaramay, issiqqina ko‘rpa ostida tunni mezza qilib o‘tkazdik. Bu o‘rtada damasdagi aka shahardan usta bilan qaytib, damasni yurgizib, bizni qidirgan, va topolmagan, uchinchi kun tongda cho‘ponni yordami topdik va shaharga qaytdik. Arashanga bo‘lgan 3 kunlik sarguzashtlarga boy sayohatimiz shunday yakunlandi. Va biz yana qaytamiz deb, ikki yildan so‘ng yana o‘sha sostav bilan qaror qildik. Nima deb o‘ylaysiz, bu safar bizni qanday sarguzashtlar kutmoqda?))))))

Читать полностью…

Hosilbek fm

Bugun shahar aylanishga chiqdim. Dengiz bo‘yida kumpir zakaz qildim.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Yevropaga kirishimiz uchun bo‘lgan navbatdagi urinishimiz ham omadsiz yakunlandi.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Istanbul haqida ko‘p yozganman. Ikki kun davomida dam oldim. Maza qilib uhladim, shopping qildim, aylandim va eng muhimi turli xil o‘zimizning o‘zbek taomlaridan yeb ko‘rdim. Mc donald dan milkshake simirib ko‘rmaslik xato deb hisoblayman. Turli xil mevalardan navbat-navbat yeb ko‘ryapman. Dengizga chiqmadim, hali yana qaytaman deb. Tanishlar, qadrdonlar bilan uchrashdim, suhbatlashdim. Hozircha, mazasi shu. Ertaga nasib keyingi davlatga uchib ketamiz.

@hozilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

Srazi o‘zbek choyxona topdik Sochidan

Читать полностью…

Hosilbek fm

Nasib qilsa Keyingi bekat aniq. 4 yil odin birinchi marta Sochiga uchishim otkaz bo‘lgan edi. Keyingi yillar bir necha marta ushbu rejani tuzib chiqdik, karonavirus yoki boshqa sabab bilan yana otmen bo‘ldi. Bu safar registratsiyadan o‘tdik.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Yana qaytib keladigan joy sifatida esda qolyapti

Читать полностью…

Hosilbek fm

Armanistonga uchib ketyapmiz. Biz uchun mavhum joy; Borishdan oldin ancha o‘ylanib, keyin qaror qabul qilgan joy. Reysimizni 1 kunga kechiktirilishi sayohatimiz muddatini qisqartirdi. Men,,, o‘zim tanigan Armanistonga tashrif buyurayotgan birinchi odamman.))) Bizni qisqa vaqt davom etadigan sayohatimizda nimalar kutayotganligi o‘zimga ham qiziq, sizga-chi?

@hosilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

Sumka saqlaydigan joy

Читать полностью…

Hosilbek fm

Batumi rosa yoqdi. Kuni bilan plyajda cho‘mildik. Plyajdni poyezdda kelayotganda belgilab qo‘yuvdik. Yaqjnimizda ham plyaj bor. Lekin biz 10 km uzoqlikdagi plyajga bordik. Bugun quyosh chiqmadi. Bu ham zakaz bo‘ldi. Keyin tinmay yomg‘ir yog‘di. Yomg‘irda ham cho‘mildik.)  Hozir ham yomg‘ir yog‘yapti.

Читать полностью…

Hosilbek fm

O‘zimizni mantiga o‘xsharkan)

Читать полностью…

Hosilbek fm

Bugun Yanar dag‘ga bordik. «Yanar dag» Ozarbayjon tilida yonadigan tog‘ ma’nosini anglatadi. Shahar tashqarisida joylashgan ushbu joyda tabiiy usulda yonadigan olovni ko‘rishingiz mumkin. «Yanar dag» haqida XIII asrda ilk bor sayohatchi Marko Polo yozgan. Ushbu yonadigan tog‘da olov birinchi bor qachon yonib boshlagani to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Chunki necha asrlar bo‘yi avlodlar bu tog‘ har doim yonib turganini aytib kelgan. Bu olov tabiiy gazning sizib chiqishi sababli qor-yomg‘ir yog‘sa ham hech qachon o‘chmaydi. Ozarbayjon nomi ham shunga bog‘liq. SHahar markazidagi olov binolar ham shundan kelib chiqqan. Otashparastlik dini ham shu yerdan paydo bo‘lgan, deyishdi. Kirish pullik chet ga 10 manat(taxminan 5,5$).

Neftga, gazga boy mamlakat aholisining biz ko‘rgan turmush tarzi, davlatning korrupsiyaga botib ketganligini ko‘rsatadi.

Читать полностью…

Hosilbek fm

Bakuni plus tomonlari.

Ozarboyjon tili o‘zbek tiliga yaqin til, xorazmchaga o‘xshab ketadi. Bakuliklar bilan turkcha, o‘zbekcha, ruscha, inglizcha ham gaplashish mumkin. Muloqot oson.

Biror mahalliy aholi bilan suhbatlashsak, qayerdan ekanligimizni so‘rashadi. O‘zbekistondanman, deganimdan keyin, birdan yuziga tabassum yugurib, kardesh deb, xursand bo‘lib ketganini ko‘rib, ich-ichimdan mamnun bo‘lib ketdim. Xatto, bir marta taksi yo‘l kirani olmayman, mehmon ekansiz, deb turib oldi. SHerigim zo‘rg‘a pulni to‘lab moshindan tushdi. 😄.

Kechasi kuni bilan bo‘shagan maydonlar odamlar bilan to‘ldi. Nazarimda, xindlar ham kamayib ketgandek bo‘ldi😄.

Xavfsizlik. Pasport rejimi ham yo‘q, asabiylashgan negativ odamlar ham yo‘q. 24 soat davomida xohlagan tomonga yurishingiz mumkin. Baku xavfsiz shahar.

Mahalliy taomlar. SHaharning qoq markazida Dolma restoraniga(ataylab nomini yozdim) tashrif buyurdik. Ko‘rinishidan o‘ta qimmat joyga o‘xshasa ham, narxlar o‘rtacha ekan. Menyusi qalin kitobdek, ichida xilma xillik o‘ta yuqori, va nimani so‘rasak, tugagan, hozir qilmayapmiz, deyishmadi. Joy Bakuning milliyligini eslatib turadi, jonli musiqa ham milliy kuylarni kuylamoqda. 2 xil go‘shtli ovqat zakaz qildik(rasm va videosi bor). Ko‘pligidan qorin yorilib ketay dedi. 😂. Ichishga ayron va choy aytdik. Hammasi mazali, yoqimli. Jami ovqatlanish 2 kishiga 40$ ga tushdi.

Eski shaharni eskiligicha saqlab qo‘ygan. Qanaqadir city-pitylar qurib tashamagan. Brilliant qo‘l olingan joy ham kino olingan paytdek turibdi.

@hosilbekfm

Читать полностью…

Hosilbek fm

28.02.2023 йил Масжидун-Набавий, Равзаи муборакга олиб кирилган  Жиззах вилоятининг 10-гуруҳ умрачи аёлларимизни равзаи муборакдан чиқишларини кутиш жараёнидан лавҳа.

Читать полностью…
Subscribe to a channel