Hindiston men tashrif buyurgan 15-davlat bo‘ldi. Bir olam taassurotlar bilan vatanimga qaytyapman. 12 kun davomida 8 marta samalyotga uchishimizga to‘g‘ri keldi. Asosiy vaqtimiz yo‘lda o‘tdi, desak ham bo‘laveradi. Yana rejalar bor edi. Yana 8 kunlik reja bor edi. Va yana boshqa davlatlar ham bor edi. Ba'zi bir sabablarga ko‘ra erta qaytyapmiz. Sayohat qiyinchiliklarini hammasi ko‘rdik😄. Yaratgan egam hammasini hayrli tugatdi, shukur. Hindiston haqida ijobiy fikrdaman. Dunyodagi eng balandva eng yirik haykal, tojmahalni ko‘rish nasib qildi. Tekshirishlar juda qat'iy ekan. Turgan hotel larimiz xuddi aeroportdagidek tekshirish qilarkan, viza hamma joyda so‘raladi. Yuzni skaner qilib, keyin xonaga kirishga ruhsat berishdi. Ovqatlari juda achchiq, 12 kun davomida hotel nonushtasidan tashqari faqat fast food yeyishga to‘g‘ri keldi. Har xil mevalaridan yeb ko‘rdik. Men mahalliy ovqatlaridan ham ta'tib ko‘rdim. Mahalliy ovqatlar, shunchaki dahshat. 😄
O‘zimizni taomlarga yetadigani yo‘q. Narx-navo juda arzon. Va turistlarni ko‘rsa, bir necha barobar qimmat narx aytishadi. O‘zim sotvolgan ba'zi suvenirlarni 3 baravar, ba'zilarini 10 baravar qimmat olganim yaxshigina tajriba bo‘ldi.))) Aeroportda pul almashtirish 20% qimmatroq. SHahar ichida pul ayirboshlash shahobchalari anchagina. Mahalliy xalq qaytim berishni yomon ko‘rishadi. Qaytim yo‘q deb turib olishadi. Va qaytim berishni umuman yoqtirishmaydi. SHu sababli mayda pul har doim kerak bo‘ladi. Biz safar davomida faqat Uber taksi xizmatidan foydalandik. Hid haqida yozmaslikka qaror qildim. 😄
SHri lankani 17 xil napitkalarini ichib ko‘rdik. 1 ball dan 10 ball gacha baho berdik. 😄
https://youtu.be/vFW5FhKAjWk
Siz Arashan ko‘llari haqida eshitganmisiz? Biz bu haqda eshitishimiz bilan qanday borish kerakligi haqida o‘yladik. Tabiat in'om etgan bu makon bizni o‘ziga ohangrabodek jalb qila boshladi. Va sarguzashtlarga boy ekskursiyamizni boshladik. Bu qiyin sayohatga damas van mashinasini tanlab oldik. Toshkentdan Angrenga yetib olish osongina bo‘ldi. Hammasi Ertashsoydan boshlandi. Vodiy perevalga yetmasdan chap tomonga qishloqqa kirib ketdik. Ertoshsoyda nivalar 800-900 ming so‘m atrofida ko‘lga olib borib kelarkan. Bir kun qolinadigan bo‘lsa, 1600 ming so‘m bo‘larkan. Buni eshitib, o‘zimizni damasda yo‘lni davom ettirishga qaror qildik. Qishloqdan chiqishimiz bilan bizni ajoyib tabiat kutib turgan ekan, tog‘li manzaradan bahra olib yo‘limizni davom ettirdik. Yo‘lda bir necha marotaba soydan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Ohirgi soy chuqurroq ekan, Damasimiz suvni o‘rtasida qolib ketdi. Suv juda muzdek. Biroz tushishimiz bilan oyoqlarimiz ko‘karib ketaverdi. Bir amallab suvdan itarib chiqarib oldik. Va o‘sha soy bo‘yida Vanni ichida birinchi tunni bir amallab o‘tkizdik. Yonimdagi bir sherigimni gapi bir umr esda qolarli bo‘ldi o‘ziyam) tinchgina yangangni quchog‘ida yotsam bo‘lmasmidi😄. Havo yozga xos bo‘lmagan sovuq edi. Damasni motoriga suv kirgan ekan. Mahalliy nivachilar, yordam berish tugul, xatto bitta klyuchni sotishni ham xohlashmadi. Sayohatimiz sarguzashtga o‘zgarib ketdi. Maqsadga erishish maqsadida Arashan ko‘lga 3-4 km masofa uchun o‘sha nivachilarga 200 ming so‘m berdik. Ko‘l manzarasi, tabiati haqida faqat videoda o‘zingiz izoh yozishingiz mumkin. Telefon zaryadlar tugagan, antenna yo‘q, xatto svet ham yo‘q. Haqiqiy dam olish uchun chiroyli muhit. Ko‘l bo‘yida shashlik pishirib yedik, suvni tomosha qilib mazza qildik. Suvga tushmadik, juda muzdek ekan. Dam olib bo‘lganimizdan keyin ikkinchi asosiy masala damasni moyini almashtirish uchun ikkiga bo‘linishga to‘g‘ri keldi. Bir qismimiz Angrenga borib, usta olib kelishga ketdi. Qolganlar tunni o‘tkazish uchun joy qidirdik. Arashanbuloqda nivachilarni bir sheyhi yasharkan. Undan biror yordam tegib qolar deb,yoniga qaytib bordik. Tunni o‘tkazish uchun sharoit yo‘q. Keyin eng yaqin atrofdagi cho‘ponlar chodiriga qarab yurdik. Har bir cho'ponni chodiriga borish uchun 5-6 km masofa bosishga to‘g‘ri kelarkan. Birinchi manzilga soyni kechib o‘tib, yo‘l oldik. Ammo birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. CHodirga yaqinlashmasimizdan eshakdek keladigan bahaybat it bizga qarab yugurdi. Uramiz desak, kattaroq tosh ham yo‘q. Va ura-sola qochdik. Onda-sonda dam olishdan Yo‘ldan qaytayotgan mashinalar ham to‘xtamaydi, biz vaziyatni his qilib turibmiz, hech kim yordam bermaydi, oddiy ma'lumot so‘ramoqchi bo‘lsak ham, aytmaydi. Tabiiy qabul qildik. Lekin nimadir qilishimiz kerak. Kechagi tunni damasni ichida muzdekkina o‘tkazganimiz,nimadir ilinj qidirmoqda. Nazarimda, hayot uchun ibtidoiy kurash ketayotgandek.😄 Yo‘lni bo‘yidan onda-sonda uchraydigan cho‘ponlar chodirlarini kuzatib boryapmiz. Uzoqdan kia kamaz chiqdi. To‘xtamasligini bilib, yo‘lni to‘sib to‘xtatdik. SHopirga olib keting, yukxonada bo‘lsa ham desak, vopshim iloji yo‘q dedi. So‘nggi ilinj tugadi. Vaqt shomga yaqinlashib qolgandi. Yo‘limizda ko‘ringan keyingi cho‘ponni chodiriga yaqinlashmasdan cho‘ponni chaqirib, tunni shu chodirda o‘tkazishni so‘radik. CHo‘pon bajonidil keling, mehmon deb chodirga kiritdi. Dasturxon yozdi, mosh sho‘rva qilgan ekan, tandir non qatiq va chakki bilan shunaqanggi shirin ketdi-ki, haligacha o‘sha ta'm yodimda. 😋 Ikkinchi tunimiz o‘sha yerda mavsumiy yashaydigan cho‘ponni chodirida o‘tdi. Kechasi yomg‘ir yog‘ib, sovuq bo‘lishiga qaramay, issiqqina ko‘rpa ostida tunni mezza qilib o‘tkazdik. Bu o‘rtada damasdagi aka shahardan usta bilan qaytib, damasni yurgizib, bizni qidirgan, va topolmagan, uchinchi kun tongda cho‘ponni yordami topdik va shaharga qaytdik. Arashanga bo‘lgan 3 kunlik sarguzashtlarga boy sayohatimiz shunday yakunlandi. Va biz yana qaytamiz deb, ikki yildan so‘ng yana o‘sha sostav bilan qaror qildik. Nima deb o‘ylaysiz, bu safar bizni qanday sarguzashtlar kutmoqda?))))))
Читать полностью…Bunaqa rangli ko‘lni birinchi marta ko‘rdim. ❤️.
Tojikistonda joylashgan 7 ko‘lning 1-ko‘li.
Yo‘lda Singapurlik turist bilan ko‘rishib qoldik. Turist 6 oydan beri yo‘lda ekan. SHu mashinasida Singapurdan Norvegiyaga yo‘lga chiqqan ekan. Yaxshi xushchaqchaq yigit ekan.
Читать полностью…Bugungi kunimizni kit tomosha qilish uchun ajratdik. 6 soat dengizda 30-40 km tezlik bilan suzdik. CHama bo‘yicha 70-80 km atrofida okeanga yaqinlashdik. Kit qidirdik. Lekin nasib qilmagan ekan.)))
Lekin rosaa Delfin tomosha qildik. Delfinlar juda ko‘p ekan. Katta dengiz toshbaqasini ham ko‘rdik. Toshbaqani ko‘tarib, qayiqqa olmoqchi edim, yaxshilab tepdi😄. Toshbaqadan tepki yedik, shunday qilib. 😂😂😂. Uchar baliq ham tomosha qildik. Uzoooq ucharkan o‘ziyam.)) Dengizga to‘ydik o‘ziyam. 😂😂
Bugungi asosiy kunimiz diving qilish bo‘ldi. Bu men uchun 4-manzilda diving tajriba bo‘ldi. Bali, Antaliya, SHarm el SHeyh va Tricomalee. Hammasi o‘zgacha, hammasi takrorlanmas. Ertaga nasib qilsa, kit va delfinlarni tomosha qilishga bormoqchimiz. Orca va akulalarni ham ko‘rishimiz mumkin))). Duo qilib turing, eson-omon qaytvolaylik.)))
Читать полностью…SHrilanka taassurotlari.
Bugun mamlakatning asosiy 2 ta eng mashhur joylariga tashrif buyurdik. Kandy shahrida joylashgan Ambulawawa tower bilan Sigiriya tepaligini aylanib chiqdik. Yashil tabiati o‘zgacha yoqimli. Benzin narxi qimmatligi uchun taksi narxlari qimmatroq. Biz Toyota sedan gaplashdik. Konditsioner, nisbatan comfortroq bo‘lgani uchun. Ikki manzilni ham tuk-tuk(mahalliy motosikl) da aylanib chiqdik. Asosiy vaqtimiz yo‘lda o‘tdi. Hali ham yo‘ldamiz. Keyingi manzilga yetganimiz yo‘q. Bugun 15 soatga yaqin yo‘l yurdik.))
Nihoyat sarguzashtlarga boy 24 kunlik sayohat yakunlanmoqda. Bir olam tajriba orttirdim. Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Rossiya, Turkiya davlatlarini kezdik. Eng tartibli mamlakat Armaniston ekan. Hamma qoidalarga bo‘ysunadi. Chernogoriya vizali davlat bo‘lganligi uchun kiritilmadik. Har bir davlatning mashhur taomlaridan bo‘kkuncha yedik. O‘zimizda reklamada katta, aslida hajmi kichik taomlarni ko‘rsak, bu davlatlarda aksini ko‘rdik. Menyuda kichik, olib kelganda bir dunyo bo‘ladi. Turli xil sinalmagan mevalardan yeb ko‘rdik. Ba'zilari yoqdi, ba'zilarini umuman yeb bo‘lmaydi.(odamlar qanday yerkan😂). Turli xil ichimliklar esa doimiy hamrohimiz bo‘ldi. Safar davomida gazli ichimliklarni ayamadik. Sayohatdan dietaga qaytaman, nasib😄. Vaqt tejash maqsadida jamoat transportlaridan deyarli foydalanmadik. Komfort taxilarda kezdik. YandexGo, Bolt programmalari bu davlatlarda ishlaydi To‘liq o‘rganib, aylanib chiqish uchun bu muddat kam. Akam aytganidek, tajriba bu pul turadi. Ancha tajriba orttirdik. Keyingi safar bu xatolarni qilmaslik uchun.)) Safar davomida yoshlikdan birga o‘sgan qadrdonim to‘liq hamroh bo‘ldi. Qiziq va sinovli sarguzashtlarga boy sayohat bo‘ldi. Alhamdulillah.
Читать полностью…15 кун саёҳат қилдим.
Туркия Истанбулдан Озарбойжон Бакуга учдик, у ерни бир неча кун айланиб Бокудан Грузия пойтахти Тбилисига учдик, Тбилисидан Батумига поездда бориб айланиб келдик, кейин Тбилисидан Арманистон пойтахти Ереванга учдик, Ереванда озгина айланиб у ердан Россиянинг иссиқ ҳудуди Сочига учдик, Сочида ҳам дамни олиб Истанбулга учиб келдик. Истанбулдан Черногорияга учишимиз керак эди, лекин бизни самолётга олишмади, бу энди алоҳида мавзу. Чегаралар орасида энг қўпол муносабат Грузияда бўлди, энг яхши муносабат Озарбойжонда бўлди.
Борган жойларимнинг ҳаммасида расмга тушдим, энг кўзга кўринган жойларига бориб видео олдим, бўкиб қолгунчга овқатландим, пляжларда соатлаб чўмилиб, меҳмонхоналарда кунни тунга улаб ухладим. Ҳамма жойда сим карта сотиб олдик, фақат таксида юрдик, сарфлаган пулларимни ҳисоблаганим йўқ, пул тежашга ҳаракат ҳам қилмадик. Билетларнинг бир нечтасини анча олдин олган эдим, айримларини йўл-йўлакай олдим. Саёҳат давомида рейсларимиз 2 соатдан бир кунгача кечиктирилган ҳолатлари ҳам бўлди, саёҳат шуниси билан қизиқ деб ҳолатни тўғри қабул қилдик.
Юқоридаги давлатларга боришни истаб қолсангиз, сизда саволлар туғилса менга инстаграм орқали мурожаат қилишингиз мумкин, инстаграм саҳифам барча учун Самарқанд дарвозаси каби ланг очиқ.