Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.
Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
Goʻzal oʻrnak boʻlishga harakat qilaman
Kecha soch parvarishim uchun goʻzallik saloniga bordim.
Uyga qaytishim bilan 6 yoshli qizim menga:
– Oyi, nega bunday qildingiz? Siz roʻmol oʻraysiz-ku. Sochingizni hech kim koʻrmaydi, — dedi.
Men unga:
– Ayni shu sababdan ham bu juda muhim. Birinchidan, sochlarimni oʻzim koʻraman. Oʻzimga qarayman, parvarish qilaman. Bu juda muhim narsa. Boshqalar koʻrishi va menga baho berishining keragi yoʻq. Bu ishni dadang uchun ham qilaman. Oilam uchun qaygʻuraman. Yaxshi koʻrganim uchun bezanishga eʼtibor qarataman. Mana shular uchun bu ishni qilishim arzimaydimi seningcha, — dedim.
Qizim:
– Eh! Men uchun qilmaysizmi, — dedi.
Men:
– Albatta, qizim, sen uchun ham qilaman. Butun gʻayratim bilan sen uchun goʻzal oʻrnak boʻlishga harakat qilaman, — dedim
Xadicha Kubro Tongar sahifasidan olindi
#tarbiya #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Meni yaxshi koʻrasizmi savoliga qanday javob berish kerak?
Oilalar har doim muhabbat ustiga qurilmasligi mumkin.
Ammo ikkala tomon bir-biriga begona boʻlib yashashi kerak degani emas.
Yuzingizga tabassum har doim juftingizga yoqtirishingizni bildirib turing.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HUSNI XULQ ❤️
Hurmatli ayollar, turmush o‘rtog‘ingizning e’tibori doim sizda bo‘lishi uchun chiroyli bo‘lishingiz muhim. Lekin ko‘ngil go‘zalligini ham unutmang. Go‘zal axloqli, xushmuomala bo‘ling. Juftingizning qiziqishlari haqida o‘ylang. U qiziqadigan mavzuda so‘zlashingiz unga bo‘lgan e’tiboringizni bildiradi. E’tibor esa muhabbatni jalb qiladi.
📕 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nazorat qilmasangiz, nazorat qiladiganlar topiladi!
Farzandingizga yoshligidan telefon berib ovutyapsizmi?
Yoki farzandingiz telefondan bosh koʻtarmay, sizga injiqlik qilayotgandir.
Yuqoridagi video lavhada aytilgan amaliy tavsiyalar aynan siz uchun.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayotning har lahzasida ijobiy narsalarni izlashni o'rganmaguningizcha hayotingiz rang-barang bo'lmaydi. Bu deyarli hamma e'tiborsiz qoldiradigan haqiqatdir, shuning uchun ko'pchilik muammolar va shikoyatlar botqog'iga botgan.
#Shunchaki
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizning telefonini tekshirish istagingiz bo'lmasa, qayergadir chiqqanidan undan shubhalanmasangiz va unda ham shunday holat bo'lsa, demak, orada ishonch bor ekan.
Albatta, o'zaro ishonchsiz muhabbat, mustahkam oila bo'lmaydi.
Ishonch qilish uchun esa samimiy bo'lish, ochiq gaplasha olish va qabul qilish muhimdir.
Agar siz samimiy bo'la olmasangiz, ochiq gaplashishni istamasangiz, u o'zidagi kamchiliklar, muammolar, istaklari haqida gapirganda qabul qila olmasangiz, jahlingiz chiqib ketsa, unda o'zaro ishonch haqida gapirishga hali bor.
#Erkaklar #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolining yaqinlariga yaxshi munosabatda bo'lgan erkakning ayoli oldida qadri yanada oshadi.
#Erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechki sayrga marhabo!
Juftingiz bilan kechki sayrga chiqib turing. Mashinada emas, piyoda sayr qilish ko'proq zavq beradi. Shuningdek, bunda samimiy suhbat qilish imkoni ham bo'ladi.
Albatta, sayr chog'ida telefon yoki boshqa narsalarga chalg'imaslikka harakat qiling. Qo'lingiz bilan uning qo'li yoki belidan tutishingiz mumkin.
Agar bunday holatda jim yursangiz ham muhit sizga o'zgacha kayfiyat bag'ishlaydi.
Bunday sayrlar o'zaro munosabatlaringini yaxshilash bilan birga, salomatligingiz uchun ham foydalidir. Yana kichik bolalaringiz bilan chiqsangiz, ular ko'proq toza havodan bahramand bo'ladi. Piyoda yurgani sababli biroz charchasa, yaxshi uxlaydi.
#Erkaklar #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum va rahmatulloh. Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman! Bir qizda ko‘nglim bor! 3-4 marta uyiga sovchi jo‘natdim, qiz bu yil 4-kurs bo‘ldi. Otasi 4-kursni tamomlasa beraman, debdi.
Uydagilarim hech bo‘lmasa unashtirib qo‘yaylik, bir ko‘rishishsin deyishsa, qizim ko‘rishib gaplashadigan qiz emas, 4-kursni bitirib gaplashaman kim bo‘lsa xam debdi.
Endi ota-onam teskari to‘nlarini kiyib olishib bormaymiz qaytib deyishyapti, lekin u qizda ko‘nglim bor. Nima qilsam bo‘ladi?
Maslaxat bering. Oldindan raxmat, Alloh rozi bo‘lsin!!!
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Ko'nglingiz bo'lsa, sabr qiling: qiz 4-bosqichni tugatsin, ungacha ota-onangiz ham jahllaridan tushib qoladilar, inshaalloh. Shunda qayta harakat qilasizlar.
#Oila_qurish
Har kim bilan suhbatlashish mumkin bo'lgan universal mavzular
Sayohat haqida.
Sayohat haqidagi savol sizga darhol yoqimli xotiralarni eslatadi — sherigingiz osongina suhbatga kirisha oladi va qayerda bo'lganini aytib beradi.
Bolalar yoki uy hayvonlari haqida.
Agar suhbatdoshingiz farzandli bo'lsa yoki mushuk/tovuq kabi uy hayvonlari bo'lsa, ular haqida suhbat boshlashingiz mumkin. Odamlar ular haqida batafsil gapirishga tayyor.
Tug'ilib o'sgan joy haqida.
Bolalik deyarli barchamizda yoqimli xotiralar qoldirgan. U bilan bog'liq tug'ilib o'sgan joyimiz, maktab xotiralari bor. Samimiy va diqqatli tinglovchi bo'lishni unutmang.
Suhbatlashishga mavzu topa olmaymiz degan er-xotinlar yuqoridagi mavzulardan foydalanishi mumkin.
#Erkaklar #ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolning mayda narsalarni kavlashtiraverishi erkakka har bir tola sochi o'rniga mix qoqib chiqayotgandek ta'sir qiladi.
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar siz juftingizning ortidan borib, uzoq quchib tursangiz, u bilan halovatli hayot kechirar ekansiz.
#Ayollar #erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandingizga dunyoni berishingiz shart emas
Balki unga birgina shirin soʻzingiz va mehringiz kifoyadir.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum salomatmisiz, oldindan rahmat javob uchun.
Savolim shundayki, avgustda turmush quradiganman bir yigit bilan. Ularni yoshi 28 da, meni yesa 19. Qanaqa menga maslahat berasiz kelasi yangi oilamda chiroyli va yaxshi hayot kechirishim uchun, nimalar qilishim kerak. Oilada katta farzandman, hamma narsani o'zim mustaqil qilishga hamda rus gruppalarda tahsil olganim uchun sharta- sharta, qog'ozga o'ramay boricha gapiraman. Ularni oilalari milliy qadriyatlarga juda qattik hamda sof o'zbek oila.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Shartakilik qilmang, ularning oilasiga moslashing.
#Oila_qurish
#Savol: Assalomu Alaykum. Ustoz turmush o'rtog'im yaqin 1-2 oy ichida harom ichimlik ichishni boshladi. Bu holat haqida ularga yaxshi gapirib tushuntirib ham ko'rdim. Lekin foydasi bo'lmadi. 3-4 kun ulardan xafa bo'lib gaplashmay yursam bu yomon odatni tashlaydilar deb o'ylayabman. Bu qilmoqchi bo'lgan ishim qanchalik to'g'ri?
Javob uchun oldindan rahmat
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Bu foyda berishi qiyin, menimcha. Ochiq gaplashish, tushuntirish yaxshiroq. So'zi o'tadigan kattalar yordamidan foydalaning. Bu narsaning diniy, tibbiy jihatiga ko'proq urg'u berish kerak.
#Muammo
#Savol: Assalomu alaykum, yoshim 21 da. Yoshlikdan qo'shni qizni yoqtiraman. Keyinchalik bildimki, u ham menga befarq emas ekan. Orada gaplashib qoldik. Men bu haqda uydagilarga aytdim. Uydagilarim norozi. Qizning ammalari yomon ekan, lekin ota-onasi yaxshi odamlar. Shu holatda qanday yo'l tutishim kerak?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Ota-onaningiz bilan qiz haqida takror gaplashishingiz yoki oraga odam qo'yib gaplashtirishingiz mumkin. Asosiysi, qizning o'zi munosib nomzod bo'lsa, ularga buni tushuntirish kerak. Ammalariga o'xshagan bo'lmasliklari uchun o'zim mahkam turib harakat qilamiz deyiladi.
#Oila_qurish
#Savol: Assalamu alaykum.
Yoshim 20 da. O'qiyman.
Uyimizga sovchilar anchadan beri kelmay qo'ygandi. Orada 1 xotin kelgandi, ungacha hech kim kelmasa-chi endi, deb qo'rquvda edilar va tezda xo'p dedilar. Men duch kelgan odamga teymayman-ku?
Alloh niyyatimdek insonni berishiga ishonaman. Lekin uydagilar tushunishmayapti.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Agar o'sha xotinning bolasi ma'qul kelmagan bo'lsa, unga turmushga chiqmaslikka haqlisiz. Bu haqida uydagilaringizga qayta-qayta ayting, tushuntirishga harakat qiling, kerak bo'lsa, yaqinlaringizdan yordam oling.
#Oila_qurish
Juftingiz bilan ko'proq birga vaqt o'tkazishingiz yaxshi, lekin uni hamma vaqtini siz bilan o'tishiga majburlamang.
Uning ham, sizning ham o'z qiziqishlaringiz, mashg'ulotlaringiz bo'lishi tayin.
Eng asosiysi, birga o'tkazadigan vaqtingizni sifatli tarzda o'tkazishga harakat qiling.
#Ayollar #erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob juda sodda, hammaga tushunarli yozilgan. Ayniqsa, yillar o'tgan sayin odam ro'zg'or bilan ovora bo'lib turmushning asosiy qismiga e'tiborsiz bo'lib qolarkan.
Har bir ayol sevimli, suyukli yor bo'lishni istaydi, lekin vaqti kelsa, nimadan boshlashni bilmay qolarkan. Shunda biz uchun xuddiki yo'riqnomadek ushbu kitob yordamga keladi.
Men ushbu kitobni xarid qilganimdan juda xursandman, yaqinda singlimning to'yi bo'lgan edi. Unga ushbu kitobdan sovg'a qildim. Har bir ayolda bo'lishi kerak bo'lgan kitob ekan bu.
Ishlarizga omad. Alloh rozi bo'lsin. Ushbu mavzuda yanada ko'proq kitoblarni nashr qilishingizni iltimos qilar edim.
Dilnoza
Kitobni xarid qilish
#kitob #taqriz
#Savol: Assalamu alaykum. Yoshim 20 da, unashtirilganimga yaqinda 2 oy bo'ladi. Bo'lajak turmush o'rtog'im bilan kamdan-kam gaplashib turamiz, boshida bir-birimizga yoqqan edik, hozir esa yoqmay qoldi, o'rtada sovuqlik borday. Tavakkul qilib turmush quraveraymi, keyin o'tib ketadimi yoki unashtiruvni bekor qilaymi?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Munosib inson bilan oila qurayotgan bo'lsangiz, quravering, hozirgi yoqtirish-yoqtirmaslik uncha muhim emas, oila qurgandan keyin dillar yaqinlashadi, inshaalloh.
Fursatni g'animat bilib, oilaviy munosabatlar ilmini o'rganinglar.
#Oila_qurish
Farzandingizni qanday tarbiyalayapsiz?
Farzand tarbiyalash osonmi? Ayniqsa, bu borada ota-onadan tashqari tarbiyaga boshqa insonlar ham aralashsa.
— farzandingizni uring, boʻlmasa gapga kirmay qoʻyadi;
— voy, bolangizni buncha koʻp erkalatasiz. Taltayib ketadi-ku!!!;
— ota-ona degani bolaga qattiqqoʻl boʻlishi kerak. Aytgan narsasini olib beravermang.
Roʻyxatni davom ettirishingiz mumkin. 😉
Shu va shunga oʻxshash gaplar tez-tez qulogʻimizga chalinadi. Bu gapni yaqinlarimizdan eshitish esa juda ham ogʻriqli.
"Xoʻp, nima qilishim kerak? Bunga yechim bormi?" - dersiz. Bor, albatta. Hamma narsaning yechimi bor. Juda koʻp savollaringizga javob topishingiz uchun 10-11-avgust kunlari boʻladigan "Baxtli oilaning besh ustuni" mavzusidagi vebinarimizni oʻtkazib yubormang. Bunday muammolarga birgalikda yechim topamiz.
Vebinar bo‘ladigan manzil: /channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi
Bu kitobni olishimdan va o'qishimdan maqsad men zavjimning haqlarini töliq ado qilyapmanmi va yana qanaqa haqlari bor mening ustimda — shularni go'zal va mukammal tarzda ado qilish uchun edi.
Töğrisi, bu kitobga yetishishim qiyinroq böldi. Sababi Uzbekistonda emasman.
Kitob judayam manfaatli, oilamizda hech qanaqa janjal-tortishuv bölmas edi özi, alhamdulillah. Shu kitob sababi bilan zavjimni ham kitob öqishga örgatdim, zavjim ayollarga tegishli mavzularni öqib özgardilar. Alloh rozi bölsin Alloh ilmilarni ziyoda qilsin.
Ummu Tolha
Kitobni xarid qilish
#kitob #taqriz #asalhayot
Oilangiz osmonini qora bulutlar qopladimi?
Sizni:
✔️ er-xotin o'rtasidagi doimiy ziddiyatlar;
✔️ oiladagi o'zaro ishonchsizlik, shubha;
✔️ farzand tarbiyasidagi ikkilanishlar;
✔️ oiladagi muhitdan qoniqmaslik, stress kabilar bezovta qilyaptimi?
U holda siz hali ham oilangiz oldidagi ma'suliyatni yo'qotmabsiz. Shuni o‘ylayapsizmi, yechim qidiryapsizmi? Demak, hali oringizni yo‘qotmabsiz!
⚡️Keling, endi muammolardan qochmasdan ularga yechim qidiramiz. Avvalo, oiladagi muammolarni aniqlaymiz, stressli vaziyatlarni boshqaramiz, farzandlarimizni tinglashni o'rganamiz.
Mana shu kabi oilaviy nizolarga barham berishda yordam berish uchun tashkil qilayotgan vebinarimizga sizni taklif etamiz!
Vebinar kanal linki:
/channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi
Men bir narsaga hayron boʻlaveraman, qachon qaramang, toʻrtta odam yigʻilsa, farzand tarbiyasining ogʻirligi, ularni odam qilishning azobligi toʻgʻrisidagi hasratga duch kelamiz. Oʻ-oʻ-v birodarlar, buning eng oson, eng arzon, eng samarali yoʻli – usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob oʻqishga oʻrgating, uning koʻnglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uygʻoting, farzandlaringizga uch-toʻrt soʻmni qizgʻanmay muntazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib boʻladimi? Axir kitoblarda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat, goʻzallik, aql va odob kitoblarda “mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk neʼmatdan, bebaho boylikdan bebahra boʻlib ham odam boʻlish mumkin deb oʻylasangiz?!
Ozod Sharofiddinov, Oʻzbekiston qahramoni
#tarbiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko‘pchilikning vebinar haqida xabari yo‘q ekan. Kanalni kuzatib boring. Sizlarga batafsil ma'lumot berib boraman.
Quyida vebinar kanal linki: /channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi
#Savol: Bir qiz bor oilalarimiz yaqin otalarimiz ulfat, hamma bir-birini taniydi, uzoq qarindoshmiz ham, o'zaro oilaviy munosabatlar judayam yaxshi. Otalarimiz aka-ukadek birga katta bo'lishgan. Dadam bilan qizni dadasi shu haqida gaplashishdi. Qizni dadasi aytibdiki, qudachilik aka-ukachilikni buzadi, hamma oilada muammolar bo'ladi, debdi, vaqti kelsa ko'ramiz, taqdir bo'lsa boladi-da, debdi. O'qishni tugatgandan keyin uzataman, debdi qizni dadasi ( 1, 2yilda).
Shunga qanaqa fikr bildirasiz, qudachilik aka-ukachilikni buzadimi, bunga qanaqa munosabat bildirsak bo'ladi. Man qizni otasi bilan shaxsan o'zim gaplashsam va hamma mas'uliyatni o'z bo'ynimga olishimni aytsam yechim bo'ladimi. Javob uchun oldindan rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Otangizning do'sti ekanlar, siz oraga qo'shilmay turing, otangiz yana gaplashib ko'rsinlar. Unda ham bo'lmasa, siz bilan uchrashib ko'rishini aytsinlar. Ana undan keyin uchrashib, gaplashsangiz bo'ladi.
Haqiqatan, oilada muammo, kelishmovchilik bo'lishi tayin. Tag'in ko'zidan bir tomchi ham yosh oqizmayman deb va'da berib yubormang.
#Oila_qurish
"Er-xotin urushi — doka ro'mol qurushi" EMAS!
⏺Oilaviy kelishmovchiliklar, gina, arazlar faqatgina ikki juft hayotiga taʼsir ko'rsatib qolmaydi, jajjigina murg'ak qalbchalarni quritadi.
⏺Doimiy asabiy ona, e'tiborsiz, sovuqqon ota bilan yashash ular uchun juda og'ir yuk. Aslida arzimagan mayda muammolarni deb ajrimlarga ham olib keluvchi janjallar ko'tarish oilani tanazzulga olib keladi.
Bu holatga yechim bormikan?! Albatta bor! Shu va shunga o'xshash og'riqli masalalar va ularga yechimlarni yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan vebinarimizda qo'ldan kelgancha taqdim etamiz.
Qatnashishni istaganlar izohlarda + qoldirishni unutmang! Kichik vataningizni doim asrab avaylang.
Vebinar kanali linki: /channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi
Yolg'iz kishi hayot mashaqqatlarida bir yelkadosh izlab oila quradi, keyin u unga usiz qanchalar mashaqqati oz ekanini ko'rsatib qo'yadi!
#Tabassum #oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Maydalashib ketdikmi?
Hozir televedeniye orqali berilayotgan kinolar, ko'rsatuvlar, turli dasturlar ijtimoiy- maishiy yo'nalishdan boshqasiga o'tmay qoldi. Hamma yoqda qaynona-kelin, er-xotin muammosi. Bu haqida hamma gapiryapti.
Tanganing ikkinchi tomoni ham bor.