hubbuna | Unsorted

Telegram-канал hubbuna - Hubbuna

20394

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Reklama: @Hubbuna_uz Konsultatsiya: @Kaatib

Subscribe to a channel

Hubbuna

Oila qurish ilmi qanday bo'ladi?

Jonli chatda javob berilyapti

/channel/+jUBQjLAOR45mM2U6

Читать полностью…

Hubbuna

O'zim haqimda ma'lumot beryapman. Chatga qo'shiling!

Читать полностью…

Hubbuna

Vebinarimiz boshlanishiga yarim soat qoldi

Читать полностью…

Hubbuna

AVVAL O‘YLANG 💡

Erkaklar, hamma gapni ayolingizga aytishga odatlanmang. Ko‘chada, ishda, do‘stlaringiz bilan va boshqa hollarda turli gap-so‘zlar bo‘ladi. Bularning hammasini uyga tashish shart emas. Bir ma’ruzada ayol kishi bilan muzlatkich olish emas, muzlatkichni qayerga qo‘yish maslahat qilinadi deyiladi. Xuddi shunga o‘xshab, nimani aytish, nimani maslahat qilishni biling. Unutmang, tilni tiygan kishi albatta yutuqqa erishadi.

🤎 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hubbuna

«Asal oyi emas, asal hayot». Asalday totli hayot istaganlar uchun!

Gʻiyosiddin Yusufning ushbu kitobida juftliklar orasini yaqinlashtiruvchi, munosabatlarini yaxshilovchi, burch va majburiyatlarini eslatuvchi koʻrsatma va tavsiyalar berilgan.

Yosh oilalar va turmush qurish arafasida boʻlgan yigit-qizlarga ushbu kitobni oʻqib chiqishni maslahat beramiz.

Siz ham oilangizda asal hayot hukm surishini istasangiz, ushbu kitobni mutolaa qiling va tavsiyalarga rioya qiling. 😊

👉 Narxi: 5000 soʻm

📱 «Hilol eBook» ilovasini yuklab olish

👉 Kitobni yuklab olish va oʻqish

🟢 @hiloldasturlari

Читать полностью…

Hubbuna

Azizlar, farzand tarbiyasiga doir bepul darslar kanalimiz bor. Unga qo'shilish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirsangiz, sizga havola beriladi.

Eslatma: kanal faqat oila qurish arafasida bo'lgan, oilalilar va farzand tarbiya qilayotganlar, tarbiyachilar uchun.

So'rovnoma

Читать полностью…

Hubbuna

Savollar ko'p, yechimlar turlicha

Botga kelib tushadigan savollar juda ko'p, ularga birma-bir javob berish esa anchagina vaqt talab qiladi

2 kunlik bepul vebinarda esa savollaringizga jonli tarzda javob olishingiz mumkin.

"Baxtli oilaning besh ustuni" deb nomlangan vebinarimizda siz oila atalmish qo'rg'on uchun anchagina ma'lumotlarga ega bo'lasiz:
— oila qurish
— er-xotin munosabatlari
— oilaviy muammolar va ularga yechimlar
— erkak kishining va ayolning yaqinlari bilan qanday muomala qilishi
— farzand tarbiyasidagi muammolar haqida suhbatlashamiz

BEPUL vebinarimiz 10-11-avgust kunlari soat 20:30 da bo'lib o'tadi.

Agar hali ham bexabar bo'lsangiz marhamat link orqali kanalga o'ting:
/channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi

Читать полностью…

Hubbuna

"Asal oyi emas asal hayot" kitobini mutolaa qilar ekanman bu kitobni hamma turmushga chiqish ostonasida turganlarning yoki barcha oilali erkak va ayollarning oʻqishini istardim. Chunki bu kitobni oʻqib eng kamida 30% yoki 40% iga amal qilinsa ham maʼlum bir maʼnoda oilada oʻzaro muhabbat, eʼtibor, muruvvatli boʻlishga erishish mumkin deb oʻylayman.

Kitob muallif tomonidan omma uchun oʻqilishi, tushunilishi oson boʻlgan sodda tilda bayon etilgan. Kitobning aynan mana shu jihatlari ham har qanday odamni oʻziga jalb qiladi.

Bundan tashqari, kitobda mutolaachining zavqli mutolaasiga xalaqit qiladigan har xil turdagi imloviy xatolar koʻzga tashlanmaydi. Bu tomonlari kitobxonning zavqli mutolaasi uchun asosiy rol oʻynaydi...

Bu kitobni xalqqa yetib kelishi uchun xizmat qilgan barcha insonlardan Alloh rozi boʻlsin. Ajrlarini koʻpaytirib bersin ilohim amiyn ajmaiyn...

Fotima Bobokolonova

Kitobni xarid qilish

#kitob #taqriz

Читать полностью…

Hubbuna

Asalday totli hayotingiz boʻlsin!

💗 Oilalarning baxtlilik darajasini unda muammolar yuzaga kelishi yoki kelmasligi bilan emas, bu muammolarni qanday hal qilinayotgani bilan oʻlchash toʻgʻriroq boʻladi.

"Asal oyi emas, asal hayot" kitobida oilada kuzatiladigan muammoli vaziyatlarga chiroyli yechimlar berish borasida munosib fikrlar berilgan.

🌷 Kitobdagi fikrlarga amal qilish orqali sizning oilangizda ham asal hayot hukm surishiga tilakdoshmiz 😊

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifasi — 130 bet;
• Narxi — 22.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Hubbuna

Juftingiz bilan orangizda xafagarchiliklar, muammolar bo'lishi mumkin. Lekin bu deyarli har bir juftlikda bor. Siz juftingizning yaxshi taraflariga e'tibor qarating. Shunda koʻzingizga muammolar kamroq koʻrinadi.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

#Savol: Assalomu alaykum.Yoshim 20da.Uyga sovchilar kelib qo'yishmayapti.Ota-onam men ko'ngil qo'ygan yigitga turmushga berishga rozi bo'lishmayapti masofa uzoqligi va u bolani kichkina o'g'il bo'lib uyda qolishi sababli.Boshqa kelgan sovchilarga berib yubormoqchi bo'lishyapti.Keyin o'rganib ketasan ko'ngil berasan unga deb.Shu vaziyatda nima qilay ota-onamni norozi qilib ketolmayman boshqa tarafda ko'nglim boshqa insonda.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ko'ngil qo'ygan yigitingiz ko'proq harakat qilsa, ota-onangizni rozi qilishi mumkin.

#Oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

🔗Ayolga rahmat ayting

Muhtaram oila boshlig‘i, hayotda biror muvaffaqiyatga erishsangiz, buning uchun avvalo shukr qilib, bunga sabab bo‘lgan ota-onangiz, ustozlaringiz va, albatta, jufti halolingizga rahmat ayting. Ha, har bir muvaffaqiyatingizda jufti halolingizning ham hissasi bor. Sizning salomatligingizga e’tiborli bo‘lgan, sizga zarur xotirjam sharoitni hozirlab halovat beradigan, doim sizning parvarishingizni o‘ylagan juftingizning har bir yutug‘ingiz uchun ulkan mehnati singgan. Sizning unga minnatdorchiligingiz uni juda ham xursand qiladi hamda oradagi muhabbat ham ziyoda bo‘ladi.🔗

❤️ G'iyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ovqatlanishga doir oddiy odoblar

• Oila rahbari yoki kattalar boshlamaguncha ovqatga qo'l uzatmang;
• Ovqatni o'z oldingizdan olib yeng;
• Ovqatlanayotganda turli ovozlar chiqarmaslikka harakat qiling;
• Ko'pchilikning nasibasi bo'lgan narsadan to'yguningizcha emas, o'z hissangizni yeng. Masalan, meva, shirinlik, salat kabi narsalar bir necha kishi o'rtasiga qo'yilgan bo'lsa, ularning ham rioyasini qilishni unutmang.

Bu odoblarga avvalo o'zingiz amal qiling, so'ngra farzandlaringizga ham o'rgating!

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ayollar erkak kishidan faqat 3 ta narsani istaydi. Agar siz bu kvartira, mashina va mo'ynali kiyim deb o'ylasangiz, adashasiz. Bu sadoqat, minnatdorchilik va e'tibor!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Bir umrlik tanlovingiz uchun filtringizni toʻgʻrilab oling

Hurmatli qizlar, uylanish istagidagi kuyovning uyi, mashinasi, umuman moddiyati siz uchun oldingi oʻrindami?

Balki jufti halol tanlashda aynan yuqoridagi videoda aytilgan sifatiga qarab tanlash maqbulroqdir.

#oila_qurish

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Er-xotin munosabatlari qanday bo'lsa, tinch-totuv yashash mumkin?

Shu savolga javob berilyapti. Marhamat chatga qo'shiling!

/channel/+jUBQjLAOR45mM2U6

Читать полностью…

Hubbuna

Jonli efirimizga qoʻshiling: /channel/+jUBQjLAOR45mM2U6

Читать полностью…

Hubbuna

Erkak ideal xotinni orzu qiladi. Ayol ideal erni orzu qiladi. Lekin ular odamlar bir-birini to‘ldirish uchun yaratilganligini tushunmaydilar. Ideal munosabatlar yo'q. Ayol donoligi bor — erkakning bema'niligini sezmaslik. Ayolning zaif tomonlarini kechirish uchun erkakning kuchi bor.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Bugungi vebinar yodingizdami?

Bugun va ertaga siz uchun "Baxtli oilaning besh ustuni" nomli vebinar o'tib beraman. Xo'sh, 2 kun davomida nimalar qilamiz siz bilan?

Bugun — 1-kunda baxtli oilaga erishish uchun nimalarga e'tibor qilish kerakligi haqida nutq qilaman. Ya'ni bugun faqat meni tinglaysiz.

Ertaga esa savol-javob qilishni o'ylayapman. Bugungi mavzuni xulosa qilib, sizda tug'ilgan savollarga birma-bir javob bersam, nima deysiz?

Bilaman, bu kanalda oilasiga, farzandlariga befarq bo'lmaganlar ilmtalablar yig'ilgan.

Vebinardan xabarsiz qolib ketmay desangiz, yopiq kanalga o'tib oling:
/channel/+MDMqZLX9m8s0OGJi

Читать полностью…

Hubbuna

— Men sizni sevaman!
— Yog'e?
— Siz menga keraksiz!
— Yo'g'e?
— iPhone 14 yoki iPhone 15?
— iPhone 15!
— Yo'g'e?
— Menga olib bermoqchimisiz?!
— Yo'g'e?..

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Farzand tarbiyasida ota-onalardan talab qilinadigan muhim omillardan biri ularning go'zal o'rnak bo'lishidir.

Bandalik bilan sodir bo'ladigan ba'zi xato va kamchiliklarni bolaning oldida qilmaslikka harakt qilish kerak. Qisqasi, ota-ona ularga ideal ravishda ko'rinsin. Toki bola ulg'ayib, ideal zot haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lguncha bola ota-onasiga ergashish orqali u zotga ergashsin.

#tarbiya

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Savol: Bu holatda fotihani buzaymi?

Assalomu alaykum. Unashtirilganman. Menda ixtioz degan tug'ma kasallik bor. Buni yigitimga fotihadan oldin aytgandim. Lekin yaxshi tushunmagan ekan. Endi esa hozir buni tushungach meni har kuni ezgani ezgan. Uzoq qarindoshmiz. Fotihani qaytaring desam, uydagilar tushunmayapti shuni, deydi.

Ochig'i bilmay qoldim. Yoki o'zim qaytaraymi. Yoki davom ettiraylikmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bor gapni kattalarga aytib o'zingiz qaytaring. Bir umr rangingizni chiqarmay o'tadi yo'qsa.

#Oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

Agar siz shu 4 ishni qilsangiz, jannatni xohlagan eshigidan kirasiz, hurmatli ayollar

#ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

#Savol: Assalomu alaykum.
Ochig'i, bunday savolni berish biroz noqulay. Hozirgi vaqtda uylanishni yoki turmushga chiqishni xohlayman degan yoshlarni odobsizlikda ayblashadi.

Yoshim 17 da. Yaqinda 1-kursni tamomladim. Oldinda yana 5 yil o'qishim bor. O'zimni anchadan beri yolg'iz hisoblayman. Kimdirni sevishni va sevilishni xohlayman. Lekin turmush o'rtoq va kelinlik vazifalarni eplay olishimga ko'zim yetmayabti. Ota-onam ham o'qishni bitirmaguncha turmushga bermaymiz deyishyabti.

Shunga kichik maslahatingiz kerak. Turmushga chiqqunimcha qanday yo'l tutishim kerak? Ota-onamga buni qanday tushuntirish mumkin?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Sizdagi o'zingizni yolg'iz his qilish yaqinlaringizdan yetarli mehr-e'tibor ko'ra olmaslik sababidan deb o'ylayman. Shu bilan birga, ko'proq ilm o'rganish, foydali mashg'ulot bilan band bo'lsangiz, bu haqida o'ylashga ham vaqt qolmaydi.

O'zingiz ham tan olib turganingizdek, hali oilani eplay olmaysiz. Boz ustiga, o'qishingiz ham bor. Siz yaxshisi hozir ko'proq e'tiborni o'qishingizga qarating va oilaga ham tayyorlanib boring. Bu haqida kitoblar, kurslarda o'qing.

Oila qurishga 1-2 yilda tayyor bo'lib qolsangiz, keyin ota-onangiz ham uzatishlari mumkin. O'qishni bitirganingdan keyin uzatamiz deganlaridan cho'chimang, vaziyatga ham qarashadi baribir. Hozir sizning oilaga tayyor emasligingizni ko'rib shunday deyaptilar-da.

Yana shuni ham unutmangki, oila jiddiy, mas'uliyatli narsa. U faqat sevish-sevilish yoki bola ko'rishga harakat qilishdan iborat emas. Shuning uchun siz tengi yoshlar oila qurishga oshiqavermagani ma'qul. Ko'proq ilm o'rganinglar. Xususan, oila ilmini. Oila qurishga har jihatdan tayyor bo'linglar. Keyin oila qursangizlar, inshaalloh, baxtiyor, farovon, sevimli oila bo'ladi.

#oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

Bu hayot bumerang ekan, sizga koʻproq nima qaytib kelyapti?

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ayol muhabbat manbayidir, uning muhabbati u yoqtirgan oʻrinlarda joʻsh uradi

Ayrim erkaklar ayol boylikni sevadi, kelishgan koʻrinishni yoqtiradi deb oʻylaydi va shunga koʻra ayolning muhabbatini qozonish uchun  puldor koʻrinishga, oʻktam qomatli boʻlishga urinadi.

Ammo aslida  ayol uchun eng maʼqul erkak suyansa boʻladigan erkakdir.

Ayol oʻzi suyana oladigan erkakning boshqa barcha kamchililaridan koʻz yuma oladi, agar suyana olmasa, u erkakning barcha fazilatlari u uchun  begona boʻlib koʻrinadi.

Aksar koʻngil sovishlar suyana olmaslikdan kelib chiqadi.

Shunday ekan, avvalo, ayolingizga suyanchiq boʻling, ana shunda siz unda haqiqiy muhabbatning jilosini koʻrasiz.

Mahbubiy

#Ayollar #erkaklar #Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ona muzdek suv ichsa, chaqalogʻining tomogʻi ogʻrib qoladimi?

Yuqoridagi videolavha orqali mutaxassisdan toʻliq javobni eshiting va boshqalarga ulashing.

#tarbiya

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Hozirgi kunda qadriyatlarga mos gapiradigan psixologlarni topish juda qiyin bo'lib qoldi.

Kecha men shunday psixologlardan biri — Naimjon Azimovni uchratib qoldim va u kishining maxsus telegram kanaliga a'zo bo'ldim.

Kanalda har kuni audio va video shaklda ma'lumotlar berar, ovozli chatlar tashkil qilib, savollarga javob berar ekanlar.

Xususan:

— Nima uchun erkaklar xiyonat qilishi;
— Ayollarda samootsenka pastligi va uni to’g’ri islomiy yo’l bilan ko’tarish;
— Shaxsiy chegarani to’g’ri qo’yish;
— Abyuzerlar haqida

va boshqa bir nechta dolzarb mavzularda darsliklar bor ekan.

O'zim bir necha darslarini eshitib ko'rib, keyin sizlarga tavsiya qilyapman.

Maxsus kanalga qo'shilish uchun so'rovnoma to'ldirish kerak ekan: bosing.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

— Qaynonangiz va ayolingiz dengizga tushib ketsa, birinchi kimni qutqarasiz?
— Baliqlarni 🐠🐟🐳🐬

#Tabassum

✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Eng kuchli tuyg'u bu umidsizlikdir. Xafagarchilik emas, hasad va hatto nafrat ham emas... Ulardan keyin hech bo'lmaganda qalbda nimadir qoladi, umidsizlikdan keyin — bo'shlik.

#Shunchaki #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…
Subscribe to a channel