hubbuna | Unsorted

Telegram-канал hubbuna - Hubbuna

20394

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Reklama: @Hubbuna_uz Konsultatsiya: @Kaatib

Subscribe to a channel

Hubbuna

Ayollar turmush o'rtog'idan nima istaydi?

Читать полностью…

Hubbuna

Minnatdorlikning noyob kuchi

Minnatdorlik — barcha muammolarni bartaraf etuvchi noyob vositadir.

U tashvishlarni kamaytirish, hafsalasi pir bo‘lishni yengish va salbiy kayfiyatni ijobiyga o‘zgartirishning eng tezkor usuli hisoblanadi. Tanqidni minnatdorlik bilan almashtirganimizda hayotimizga ko‘proq farovonlik va xotirjamlik kirib keladi.

#tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Birini berib, birini olib qoʻymaylik

«Meni qizim boshqa oilaga xizmatkor emas, kelin boʻlib boryapti. Oʻqimishli qizni latta-putta, idish-tovoqlar bilan band qilish yaxshi ish emas» deydigan onajonlar sizdan bir oʻtinchimiz bor.

Yuqoridagi video orqali qizingizni xizmatkor emas, tadbirli qilib tarbiyalay olasiz.

#oila #ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Дўстлар, оила қуришдан қўрқмаслик керак, аёл киши қаттиқ урмайди.

#Ним_табассум

@MuhammadAkbarAzim

Читать полностью…

Hubbuna

Uch toifa odamga yordam berish shart!

Shunday tanishlaringiz bormi? — 🔥

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Qachon oila qurishing emas, kim bilan oila qurishing muhim.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Munosib umr yo'ldosh tanlay olish baxtli kunlarning boshlanishi demakdir!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

​​ Oila qursam baxtli bo‘laman deb o‘ylash farzand ko‘rsam solih bo‘ladi deyishdek gap. Ikkisi uchun ham ko‘p mashaqqat chekish kerak.

#oila_qurish #tarbiya

✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Oila qurish uchun bo'lajak kuyov bilan uchrashuvga chiqar ekansiz, albatta, uning o'qiydigan kitoblari, atrofidagi kishilar, ustozlari haqida so'rang. Chunki bular kishining qanday ekanini ko'rsatib beruvchi muhim uch omildir.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

260-savol: Dindor emas yaxshi yigit

Assalamu alaykum. Yaqinda uchrashuvga chiqdim, men o’qishni bitirganman, uchrashgan yigit ham chet elda o’qib kelgan ekan. Hamma savollarimga yaxshi javob berdi va oilasini o’ylaydigan, yaxshi yigit ekanligi ko’rinib turdi. Lekin namoz haqida so’raganimda, “o’qimayman” dedi. Sababini so’raganimda, “Oldin o’qirdim, keyin chet elga borib, o’qish va ish bilan band bo’lib, sharoit bo’lmagan. Nasib qilsa, o’qishni bitirib, o’qiyman,” deb javob berdi.

Savolim shuki, bunday vaziyatda qanday yo’l tutsam bo’ladi? Men har doim o’zimdan ham iymonli insonni istab duo qilardim. Atrofdagilar “O’rgatib olasan,” deyishmoqda, lekin bu fikr meni o’ylantiryapti.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Duolaringizda so'raganingizdek kishiga turmushga chiqing, buni qo'ying.

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar

Читать полностью…

Hubbuna

​​ Aziz muslima singillar, turmushga chiqishni kutmasdan ba’zi narsalarni o‘zlashtirib oling, agar shunday qilsangiz, inshaalloh hayotingiz go‘zal bo‘ladi.

1) Ro‘zg‘or uchun kerakli narsalarning yaroqlilik muddati, uy tozalash, kiyimlarni aralashtirmasdan yuvish, er ketishiga kiyimlarini oldindan hozirlash.

2) Eringizga yoqmaydigan narsalarni birinchi kundan so‘rab oling.

3) Mahram va nomahramlar kimligini ajratib oling.

4) Eringizning iqtisodiy ahvolini biling, agar qo‘li uzun bo‘lsa buni suiste’mol qilmang.

5) Uyga keladigan odamlar haqida eringiz bilan albatta maslahatlashing.

6) Jiyanlaringizga chaqaloqligidan qarashni boshlang, qorni dam bo‘lishi, ichi qotishi kabi holatda nima qilishni o‘rganing.

7) Eringizga atirlaringizni ko‘rsatib, yoqmaganini birovga hadya qilib yuboring. Tishingizni yuvishga erinmang.

8) Hojatxona tozaligiga alohida e’tibor bering.

9) Yotoqxonaga begonani kiritish uyoqda tursin, suratini ham birovga ko‘rsatmang.

10) Eng muhimi, ko‘chaga chiqish haqida eringizdan bir marta so‘rang. Rad javobini olsangiz qayta qayta so‘ramang.

11) Kiyimlaringiz haqida albatta maslahatlashing.

Ko‘p narsa mayda bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin oila mustahkam bo‘lishini xohlasangiz shularga e’tiborli bo‘ling.

Jamoliddin Muhammadjon

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Har qanday oilada janjal, muammolar bo'lishi tayin. Kuchlilargina muammolarga yechim topib, yo'lida davom etadi, zaiflar esa tashlab ketadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Oshiq bo‘lish — vaqtincha aqldan ozish. U zilzilaga o‘xshab bir zumda vayron bo‘ladi va keyin asta-sekin tinchlanadi. Va bu vaqtda siz ildizlaringiz bir-biri bilan qanchalik chambarchas bog‘langanligini tushunishasiz... demak, ayrilish shunchaki imkonsizmi... demak, bu sevgi. Har bir inson oshiqlikni boshdan kechirishi mumkin. Sevgi bu — oshiqlik yonib tugagandan so‘ng qoladigan tuyg‘udir.

©️Ashiqul Kutub

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Tushkunlikka tushib qolganda nima qilish kerak?

Yanada koʻproq videolar

Читать полностью…

Hubbuna

Alloh taolo erkakni shunday yaratganki, u ayolda zaiflikni koʻrgan sari unga pushti panoh boʻladi. Ayolda quvvatni koʻrgan sari undan qoʻlini tortadi.

Ustoz Hasan al-Muqriy

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sog‘lom munosabatlarning belgilari

✅ U bilan birga ekaningizda o‘zingizni hissiy va jismoniy jihatdan xavfsiz his qilasiz.

✅ Fikrlaringiz va his-tuyg‘ularingizni erkin ifoda eta olasiz.

✅ Juftingiz har doim mehribon va hamdard bo‘lishiga ishonasiz.

✅ Bir-biringizning maqsad va qiziqishlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz.

✅ Munosabatlarda barqarorlikni his qilasiz, tartibsizlikni emas.

✅ O'zaro kelishmovchilik yuzaga kelganida ham bir-biringizga hurmat bilan muomalada bo'lasiz.

#tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Oila qurish arafasida turgan ayol, shuni unutmangki, boy degani baxtli qiladi degani emas. Avvalo diyonati, xulqiga qarang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

Er-xotinning bir-biriga munosabati sovushiga olib keladigan eng asosiy sabablardan biri – oilaviy hayotga tashqaridan kimningdir aralashuvidir. Shunday ekan oilangiz totuvligini buzishlariga yo‘l qo‘ymang. Gaplarini eshitib ham o‘tirmang.

#Muammo

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

▫️Erkaklar ham "rahmat" eshitishni xohlashadi

Ko'p erkaklar, hatto muvaffaqiyatli va mas'uliyatli bo'lsalar ham munosabatlarda qadrlanmaslikdan qo'rqishadi.

Ular sevimli ayollaridan o'z harakatlari uchun minnatdorlik va e'tirof so'zlarini eshitishni xohlashadi.
Lekin ayollar ko'pincha erkakning yutuqlariga ko'nikib qolib, ularni qadrlamay qo'yishadi.

Hatto mayda narsalar uchun ham rahmat aytishni to'xtatmang — bu yoqimli bo'ladi va erkakni yanada ko'proq yaxshilik qilishga ilhomlantiradi.​​​​​​​​​​​​​​​​

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Karyera yoki yangi hayot

O‘qishim va karyera qilishim — birinchi variant. Avvalgi turmushimda “Ishlab, bolangni o‘zing boq” degan ta’na gaplarni ko‘p eshitganim uchun ishlash va karyera qilishni xohlamayapman. Ikkita diplomim bor, lekin.

Ikkinchi variant — Allohni tanigan, siylayi rahmni biladigan insonga turmushga chiqish. Qizim hozir “dada, ona” deb gapiradigan va atrofdagilarni taniydigan yoshda. Shuning uchun faqat diniy ta’lim olish niyatidaman.

Ijtimoiy soha vakillari (mahalla, xotin-qizlar va sud) “Necha taloq bo‘lsa ham, yarashtirib qo‘yaveramiz”, deb aytishdi. Men esa 3 taloqning hukmini yaxshi bilaman. Shu sababli qaytishni umuman o‘ylamayapman.

Sovchilarni qaytarib, karyerani tanlaymi yoki qizim esini taniguncha oila quraymi?

Javob uchun oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Munosib umr yo'ldosh bo'ladigan nomzod bo'lsa, oila quring. Agar xohish bo'lsa, keyin sekin bo'lsa-da, oila bilan birga karyera ham qilish mumkin.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar

Читать полностью…

Hubbuna

Agar juftliklar bir-birini eshitishni va tinglashni o‘rgansalar, ko‘proq muloqot qilishsa hamda o‘z harakatlari uchun mas'uliyatni his qilishsa, ajralishlar ancha kam, baxtli oilalar esa ko‘proq bo‘lar edi!

#Muammo

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ba'zan bo'ydoqlar oila qurish uchun har jihatdan tayyor bo'lsa-da, ota-onasi uni uylab qo'yish haqida so'z ochmaydi. Shunday vaqtda yoshlar menga savol beradi:

– Oila qurishga tayyorman, ammo uydagilarga ayta olmayapman.

Videoda javob berdim. Bo'ydoqlarga ulashib qo'yarsiz.

#oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar

Читать полностью…

Hubbuna

Erkaklar, ayolingiz dasturxon boshidan arazlab turib ketsa, uni qaytaring, axir dasturxonni yig‘ishtirish kerak.

#Tabassum

✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Totli hayot uchun

Oila qurish arafasida boʻlgan juftliklar mustaqil hayotga qanchalik tayyor? Oʻz vazifa va burchlarini yaxshi bilishadimi?

📖 "Asal oyi emas, asal hayot" kitobida saodatli hayot uchun muhim maslahatlar berilgan.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 130 bet;
• Narxi – 22.000 soʻm.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘pasida.

Читать полностью…

Hubbuna

Farzandingiz yodida qoladigan narsalar

1. Bolaligi o‘tgan uy. Onasi uy yig‘ishtirishga ruxsat bermagan paytlar.
2. Ota-onasi ularga yangi narsalarni qanday o‘rgatgani.
3. Kattalar ular bilan birga sho‘xlik qilgani.
4. Ota-onasi ularning minglab savollariga qanday javob bergani.
5. Oilada ularni qanday qilib katta orzular qilishga o‘rgatishgani.
6. Ular uchun tayyorlangan mazali taomlar.
7. Ularga berilgan sovg‘alar.
8. Ota-onasi bilan birgalikda safarga chiqqan paytlar.
9. Ularning boshlagan ishlarini qo‘llab-quvvatlaganlari.
10. Oilaviy hikoyalar va voqealar.
11. Onasi yoki otasi ularga bir marta maxsus narsaga ruxsat bergan payt.
12. Tabiatni ota-onasi bilan birgalikda tomosha qilganlari.
13. Ular birinchi marta mustaqil qaror qabul qilganlari.
14. Ota-onasi ularga qanday ishonch bildirganlari.
15. Kattalar yordam uchun ularga qanday minnatdorchilik bildirganlari.
16. Yaqinlari ularning qiziqishlarini qanday qo‘llab-quvvatlaganlari.
17. Oilada ularga o‘zini qanday boricha bo‘lishga ruxsat berilganligi.
18. Ularning ulg‘ayishini qanday quvonch bilan qabul qilishgani va asta-sekin erkin qo‘yib yuborishgani.

#tarjima #tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sakinat istaganlar uchun ♡

👉 Kanalga obuna boʻlish 🤍

Reklama

Читать полностью…

Hubbuna

O‘yin orqali bolani kitob o‘qishga odatlantirish mumkin. 🌺

🔹Bolaning miyasi o‘yin paytida juda faol ishlaydi. Shuning uchun o‘yinlar orqali uni kitob o‘qishga osonlikcha va yoqimli tarzda o‘rgatishingiz mumkin.

🔸Masalan, dialoglari bor biror hikoya yoki ertak topib, farzandlaringizni chaqiring: «Kelinglar, birga o‘yin o‘ynaymiz!» Bolalaringiz kelganda ertakdagi muallif so‘zlarini o‘zingiz o‘qing, dialoglarni ularga o‘qiting. Ularga obrazlarni bo‘lib bering: «Sen ayiq bo‘lasan, sen bo‘ri bo‘lasan, sen quyon bo‘lasan», – kabi.

⭐️Ular rollarga qiziqib kitobni o‘qib qo‘yganlarini bilmay qoladilar. Shu tarzda o‘zlari ham o‘yin o‘ynab kitob o‘qishga odatlanib olishlariga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

G'iyosiddin Yusufning «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

📖 Arabiy kitoblarni bemalol o'qishni o'rganing!

Arabcha kitoblarni o'qish uchun har bir o'quvchi harflarning chiqadigan o'rni, ularning sifatlari va muhim mashqlarni bilishi juda zarurdir. Yaxshi poydevorni qurmasdan arab tilidagi kitoblarini fahmlab o'qish amrimaholdir.

🎙 Agarda arab tili darajangizni boshlang'ichdan yuqori darajagacha olib chiqmoqchi bo'lsangiz sizni 28-29 noyabr kunlari "Arab tilini 0dan o'rganamiz" nomli mutlaqo bepul darsga taklif qilamiz.

👇 Quyidagi havola orqali telegram kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan habardor bo'lib turing!

💬 /channel/+CwOfc1u5Vy5jMDIy

Reklama

Читать полностью…

Hubbuna

Xotinlarning odobiga kiruvchi muhim vazifalar

✅ Ovozini erinikidan balandlatib, behayolik va badaxloqlik koʻrsatmaydi, soʻzidan yoki xulqidan unga aziyat yetkazib, jonidan toʻydirmaydi.

✅ Eri borligida ham, yoʻqligida ham uni duo qiladi, Allohdan taqvo va insof, ikkovlariga totuvlik va saodat tilaydi.

✅ Faqat eri uchun bezanib, kiyinadi, iffat va nomusini oʻzgalardan asraydi, nomahram kishilarga roʻpara boʻlmaslik choralarini koʻradi, eri va xonadoni shaʼni va obroʻsini pok tutadi.

📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Toʻydan keyin tarbiyalab olgan yaxshimi yoki toʻydan oldin?

Yuqoridagi video orqali aniq yechimni bilib oling, boʻlmasa tarbiyalash bilan umringiz oʻtib ketadi. )

#erkaklar #oila_qurish

Yanada koʻproq videolar

Читать полностью…
Subscribe to a channel