Sog'lom oilaviy muhit yaratish
Oilada ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom muhitni saqlash har bir a’zo uchun katta ahamiyatga ega. Oila a’zolari bir-biriga mehribon bo‘lishi, sokin va samimiy muloqot qilishga harakat qilishi kerak. Jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va uyquga e’tibor berish esa har bir oila a’zosi uchun zarur bo‘lgan omillardir. Stressni kamaytirish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom va baxtli oilaviy muhit shakllantirish mumkin. Sog'lom muhitda o‘sayotgan bolalar esa o‘zlarini xavfsiz va baxtiyor his qiladi.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qulay paytni kutmang
Muvaffaqiyatingizning dushmani qulay vaqtni kutishdir. Siz "dushanbadan boshlayman" yoki "hozir ozgina ishlarimni bitiraman va keyin albatta qilaman" deb o'ylaysiz.
Ammo hech qachon qulay vaqt bo'lmaydi. Agar siz chindan ham biror narsa qilmoqchi bo'lsangiz, hoziroq boshlang.
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzand tarbiyasida kim mas'ul?
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
▫️Sadoqat — bu oddiy so‘z emas, balki hayot tarzi ⤵️
U qiyin paytlarda ham unga nisbatan doimiy hurmat va sodiqlikdir.
Sadoqat — munosabatlarimizni mustahkam va ishonchli qiladigan fazilatdir.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ilm o'rgating
▶️ Eng yaxshi talaba ahlingizdir! Ayolingizga, farzandlaringizga ilm o'rgating. Oz-ozdan davomiy bo'lsin. Darhol ko'p o'rgatib ularni ham, o'zingizni ham malollantirib qo'ymang.
📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Oila qurishdagi uch xato
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eng yaxshi maslahat
Siz maslahat so'ramaydigan kishilarning tanqidini jiddiy qabul qilmang.
#tavsiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandim itoatli va solih boʻlsin desangiz
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onalar qizlarini qanday to‘g‘ri tarbiyalashi kerak? 🤔
✔️Qizingizni mehr-muhabbatga ko‘ming. Agar u ilk kunlardan boshlab cheksiz sevgini his qilmasa, undan mehribon va nazokatli ayol yetishib chiqmaydi;
✔️Chegaralarni muloyimlik bilan belgilang. "Buni qilsa bo‘ladi, buni esa mumkin emas". Aynan ona chegaralarni belgilashi lozim;
✔️Qizingizga moslashuvchanlikni o‘rgating. Bu juda qimmatli ayollik fazilati bo‘lib, u ko‘p jihatdan ayolning taqdirini belgilaydi;
✔️Oddiy haqiqat: qizingizni e’zozlang, seving, ardoqlang. Ota qizining bu hayotdagi qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi;
✔️Qattiq talabchan bo‘lmang. Agar qiz otasidan tegishli tarbiya olmagan bo‘lsa, uning fikrlashi ikki yo‘nalishda rivojlanadi:
1. Men bunga loyiq emasman, baxt men uchun emas.
2. Men hamma oldida qarzdorman.
Har ikkala yo‘l ham ayolni baxtsiz qiladi.
✔️Otaning vazifasi qiziga cheksiz muhabbat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va hurmat qilishdir.
#tarbiya #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandim menga mehribon emas deysizmi?
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kelajak rejalar haqida
Sog'lom, aqlli har bir insonda albatta kelajak rejalar bo'ladi. Albatta, ertaga nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz, ammo baribir orzu qilaveramiz. Shunday ekan, juftingizning ham o'z orzu-havaslari, rejalari bor.
Agar u bu rejalarini siz bilan baham ko'rayotgan bo'lsa, xursand bo'ling. Chunki u sizga ishonadi, kelajagini siz bilan tasavvur qilmoqda. Umumiy rejalaringiz, maqsadlaringiz bo'lishi esa yanada quvonarli holatdir.
Gaplashishga gap yo'q deysiz, mana sizga gap!
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ming marta haq bo'lsang ham ayoling yig'lasa nima foyda?
Vladimir Visotskiy
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ochiq va samimiy suhbatlasha oladigan er-xotin uchun psixologning keragi yo'q. Agar siz juftingiz bilan ochiq gaplasha olsangiz, munosabatlarga oydinlik kiritib, muammolarning yechimini birga topa olsangiz, oilaviy baxt, halovatni topibsiz!
Ba'zida ochiq gapirish uchun bir tomonda jur'at bo'ladi, lekin ikkinchi tomon buni qabul qilmaydi. Natijada u ham ochiq gapirmaydigan bo'lib qoladi. Demak, gapirishni ham, tinglash — qabul qilishni ham bilishimiz kerak.
"Sen nima xohlaysan?", "Mendan nimani kutasan?", "Hayotiy maqsadlaring nima?" kabi so'rovlar barcha muammolarning yarmini supurib tashlaydigan savollardir. Faqat bu haqida gapirishga sizga jur'at kerak!
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Azizlar, oilaviy munosabatlarni va xos hayotni yaxshilashga qaratilgan 40 kunlik marafonimizning ikkinchi mavsumiga qabul ochdik. Ikki kundan keyin darslar boshlanadi. Quyida ba'zi ma'lumotlar:
Marafon haqida batafsil ma'lumot
Birinchi mavsum haqida erkaklar fikri
Birinchi mavsum haqida ayollar fikri
Yana bir ayol fikri
#Ayollar #erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar bolalar biz oʻrgatgan usulda oʻrgana olmasa, biz bolalar oʻrgana oladigan usulni oʻrganishimiz kerak.
📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Telegram | Instagram
E’tirof eting
Ey jufti uni intizor kutgan er, ishdan uyga qaytganda ayolingizga diqqat qiling, agar u siz uchun yasanib olgan bo'lsa, buni sezmasligingiz uni ranjitadi. Kelasi safar bu ishga hafsala qilmasligi mumkin. Shuning uchun undagi o'zgarishni darhol payqang, e’tiborli bo'ling.
Hech qachon: «Tinchlikmi? Biror joyga bormoqchimisan?» – deya ko'rmang, u siz uchun yasangan.
Yoki: «Ha, endi biroz ozsang bo'larkan», – demang! Hammasini bir pul qilasiz.
Mabodo undagi o'zgarishni sezmasangiz, u sizga buni sezdirishga harakat qiladi, shunda ham bo'lmasa, so'raydi! Shunda siz «Ha, sezmabman» deya ko'rmang! «Men buni eshikdan kirgan zahotim sezgan edim, azizam, atay sen bilan hazillashish uchun aytmay turgan edim. Juda go'zalsan!» deng.
📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Kecha bejiz "Kichik bo'lsa ham sadaqa qilib turasizmi?" deb so'ramadim.
Men imkon qadar boshqalar qilayotgan xayriya ishlariga aralashmayman, o'zim bosh bo'lib, qayerga yetib borayotganini aniq bilsam, keyin chiqaraman. Bo'lmasa, birovning haqqi birovga ketib qolmasin deyman.
Shunday qilib, yaxshilikka sababchi bo'lish maqsadida bir haftada bir marta ixtiyoriy xayriya e'lon qilsak degan fikr keldi. Karta beriladi va har kim eng kam miqdorda bo'lsa ham pul o'tkazishi mumkin.
Pullar arzirli miqdorga yetganda va haqdor chiqqanda shaxsan o'zim sarflab, hisobot beraman.
Mavzumizdan kelib chiqqan holda oilalarga yordam qilishga harakat qilamiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo. Qish kelyapti...
Kim meni qo'llab-quvvatlasa, 9860160605493933
ga qodir bo'lgancha o'tkazsin. O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf
O'ylab gapiring
Ayolingiz, farzandlaringizga imkon qadar «Falon ishni qilsang, seni kechirmayman» demang. Keyin shu ishni qilib qo'yganda kechirsangiz, so'zingiz kuchini yo'qotadi, kechirmaslikning ham iloji yo'q, baribir, jondek yaqinlaringiz.
Albatta, siz bu gapni shu ishni qilmasliklari uchun tahdid qilib aytasiz. Undan ko'ra boshqacharoq chora ko'ring. Masalan, «Falon ishni qilsang, bunday jazolayman», – deb. Shunday holat bo'lib qolsa, jazolash mumkin, lekin kechirmaslik mushkul...
Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
179-savol: Menga kam e’tibor beradi
Turmush qurganimizga yaqinda 2 yil bo'ladi. Alhamdulillah farzandimiz bor, oxirgi paytlarda ko'p tortishib qolyapmiz.
Men avval o'qirdim va ishlardim, hozir farzandimiz kichkinaligi uchun uydaman. Oldin ishlaganim uchun menga bilinmasmidi yoki doim shunday bo'lganmi turmush o'rtog'im bilan kam gaplashyapmiz.
Ertalab ishga ketib kech qaytadi. Dam olish kunlari ham deyarli uyda bo'lmaydi, o'rtoqlari bilan bo'ladi ko'proq.
Kunduzlari ham kam qo'ng'iroq qilishadi, hol so'rab ko'proq men qilaman, men telefon qilsam yoki sms yozsam gaplashamiz bo'lmasa yo'q lekin saytlarda qizlar bilan sms yozishadi.
Aytsam eski tanishlarim deydi. Oldin ham qizlar bilan gaplashgan ekan, lekin menga gaplashmaganman degandi.
Oxirgi paytlar o'zgargansan, izzat talab qaysar bo'lib qolgansan, deyapti. Lekin o'zi ham o'zgargan, aytsam o'zgarganim yo'q, deydi.
Avval bunday emasdi. Menga kam e’tibor beryapti meni nazarimda. Nima qilishga hayronman, uyda o'tirib qolganligim uchun shunday bo‘lyaptimikan deb o'ylayapman. Ishga qaytsam yana hammasi oldingidek bo'larmikan.
G'iyosiddin Yusuf:
— Ishga qaytsangiz, hammasi oldingidek bo'lishi mumkin, lekin bu yaxshi bo'ladi degani emas. Shunchaki gaplashishga vaqtlaringiz kamroq bo'lib, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bo'ladi.
Gaplashish yaxshi, kam gaplashish ham fojia emas. Imkon qadar qiziqish va dunyoqarash yaqin bo'lishiga harakat qilinsa, suhbatga ham mavzu topiladi.
#Muammo
"Siz bilan gaplashmayman!"
Bu iborani aytganimizda yoki eshitganimizda ko'pincha masalani hal qilishdan ko'ra, muammolarni chuqurlashtirishga olib kelishini tushunmaymiz. Sukut saqlash bizni yaqinlarimizdan uzoqlashtiradi, ammo muammoni hal qilmaydi. Balki o'sha paytda ozgina sabr va tushunish bilan vaziyatni ancha osonlik bilan yengish mumkin edi.
Ko'pincha, janjalga sabab bo'lgan tuyg'ularni qayta ko'rib chiqsak, o'zimiz ham shoshilib aytilgan gaplar yoki noto'g'ri tushunchalarga asoslangan bo'lishini anglaymiz. Balki kayfiyatimiz yomon bo'lgani sababli kichik narsalarni kattalashtirgan bo'lishimiz mumkin.
Shu sababli, ko'ngil xiraligiga berilib ketmasdan oldin, o'zingizdan bir necha bor so'rang: "Bu haqiqatan ham janjallashishga arziydimi?" Bu savol ko'p noxush vaziyatlardan qochishga yordam beradi va oilaviy munosabatlarda uyg'unlikni saqlab qolish imkonini beradi.
Unutmang, bir-biringiz bilan qadrli bo'lgan lahzalarni bekor qiladigan emas, balki birga bo'lishdan zavqlanishga imkon beradigan muloqot yo'lini tanlash kerak.
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol gulga o'xshaydi: u e'tibordan gullaydi, befarqlikdan so'lib qoladi!
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Doʻppili Kopirayter haqida eshitganmisiz?
Taʼlim sohasida oʻqib, keyinchalik zamonaviy kasblarga qiziqib qolgan bu yigit hozir Telegramda oʻz faoliyatini yuritmoqda.
Blogi orqali insonlarning foydali ilmi, halol rizqi va bir-biriga mehrli boʻlishiga sababchi boʻlishni niyat qilgan.
Niyati bir boʻlganlarning maqsadi ham bir boʻladi. Maqsadi bir boʻlganlarning hammasi uchun ushbu blog foydali boʻladi.
Obuna boʻlish uchun: 👉 @doppili_kopirayter
Juftingiz sizni sevsa, o'zingizdan qoniqib, shu holatim yetarli ekan deb rivojlanishdan to'xtab qolmang. Siz o'zingiz uchun yaxshi tomonga o'zgaring!
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
⏺ Sevgan inson bu eng qiyin damlarda yoningizda bo'ladigan va butun dunyo sizdan yuz o'girsa ham sizdan voz kechmaydigan insondir!
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qiziq, erkaklar g'amgin ayollarni qayerdan topar ekan-a, qizlarning hammasi quvnoq-ku!
#Sarkazm
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📢 Hurmatli ota-onalar! 🌟
Hozirda yangi bir ajoyib loyiha boshlash arafasida turibmiz. Bu orqali farzandingizni ta'lim, tarbiya, sog'liq va yana bir qancha yo'nalishlarda sifatli o'quv materiallari, ekspert maslahatlari, blog va qiziqarli kontent taqdim etishni reja qilganmiz.
Loyihamizni siz uchun yanada qulay qilish uchun bizga yordam bering! 🧸✨ Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z fikrlaringizni bildiring. Sizning javoblaringiz orqali biz ota-onalar va bolalar uchun eng yaxshi resurslarni yaratamiz.
So'rovnomani to'ldirish: https://link.bambini.uz/hubbuna
👉 Telegramda bizni kuzatib boring: @bambini_rasmiy
Birgalikda har bir bola rivojlanishi uchun qulay platforma ishlab chiqamiz! 🌱
#Obunachilarimizdan
Ayol arazlab ketib qolsa, erkak olib kelishi kerakmi yoki ayol oʻzi kelishi kerakmi?
Oilada ikki tomondan ham xatoliklar oʻtishi bu normal holat. Bunday vaziyatda har ikki tomonni aybdorga chiqarishdan ham avval qilinishi kerak boʻlgan asosiy yechimlar bor.
Yuqoridagi lavha orqali toʻliq javob olishingiz mumkin. Videoni yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying.
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
152-savol: Dindor yigit bilan hayotimni bog‘lashni istayman
Assalomu alaykum, ustoz savolim ko'p takrorlangan bo'lishi mumkin, lekin vaziyatim boshqacharoq. Yoshim 23 da, yarim yil oldin uydagilar roziligimsiz bir yigitga unashtirib qo'yishgan.
Yigitning xulqi yaxshi, ichmaydi, chekmaydi, lekin diniy bilimi, ibodati va ilm olishga rag'bati yo'q ekan.
Men dindor yigit bilan hayot yo'lim bog'lanishini istayman. Juda ko'p sovchi keldi, lekin nomzodlarning ichida hali 1 dona ham bunday yigit uchramadi.
Shu sabab ota-onam sen istagan odam topilmaydi baribir, yoshing o'tib ketyapti deb qancha aytsam ham unashtiruvni bekor qilishmayapti.
Bu yigitga turmushga chiqishga umuman ko'nglim tortmayapti. O'ziga aytib ota-ona norozi bo'lsa ham fotihani buzdiray desam uydagilardan qo'rqayapman. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Iltimos maslahat bering. Oldindan rahmat. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.
G’iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Shunday qilsangiz bo'ladi.
#Oila_qurish
– Hammasiga kelin tomon aybdor.
– Bularning shunaqaligini boshidan bilgandim.
– Nima, faqat senda xotin bormi?!
Sog'lom oilaviy muhit yaratish
Oilada ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom muhitni saqlash har bir a’zo uchun katta ahamiyatga ega. Oila a’zolari bir-biriga mehribon bo‘lishi, sokin va samimiy muloqot qilishga harakat qilishi kerak. Jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va uyquga e’tibor berish esa har bir oila a’zosi uchun zarur bo‘lgan omillardir. Stressni kamaytirish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom va baxtli oilaviy muhit shakllantirish mumkin. Sog'lom muhitda o‘sayotgan bolalar esa o‘zlarini xavfsiz va baxtiyor his qiladi.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida