222-savol: Majburlab uzatish mumkinmi?
Assalomu alaykum. Qiz bolani o'zi xohlamagan insonga uzatib yuborishga otaning haqqi bormi? Qiz 25 yoshda, ilm bilan mashg'ul. Yoshi o'tib qoldi deb berib yubormoqchi bo'lishsa. Kuyov bo'lmish boy, yaxshi va obro'li xonadondan, ammo qizga ma'qul emas. Qizlar bilan gaplashib yuradi degan gumoni ham bor. Qiz taqvodor yigit bo'lishini xohlaydi, ammo kattalar endi kutmaymiz tavakkal qilamiz deb turib olsa, nima qilish kerak?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Qiz o'ziga biroz bo'lsa ham ma'qul bo'lgan biriga tezroq turmushga chiqsin.
#Oia_qurish
Qaynonalar keliniga zulm qilishiga sabab nima?
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
237-savol: To'y yaqin, qo'rqayapman
Assalomu alekum va rahmatulloh. Ustoz yaxshimisiz. Avvalambor sizga rahmat. Berayotgan yordamlaringiz uchun Alloh ajriningizni ziyoda qilsin.
Meni bir narsa qiynayabti. Yoshim endi 18 da. 1 oylardan keyin InshaAlloh oila qurish arafasidaman. Istixora qildim. Tushimda biron narsa kòrmadim, ammo istixoradan keyin hammasi tezlashib ketti. Sovchilik, fotiha va boshqalar. Boshida ikkilanayotgandim ham. Keyinchalik bular òtib ketti. Ammo xozir yana tòy oldida qattiq qòrquv bòlyabti. U inson yaxshimi yoki yòqmi. Xuddi hayolimda nikohdan keyin menga zulum qiladi degan narsalar hayolimga kelaveradi. Shunday vaziyatda nima qilishni maslaxat berasiz? Keyin ular bilan yoshimiz farqi 12 yosh. Ammo gaplashganimizda umuman bunday farq sezmaganman. Oradagi yosh kun kelib qandaydir muammoga sabab bo'lishi mumkunmi? Javob uchun oldindan rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Agar munosib kuyov tanlash mezonlariga amal qilgan bo'lsangiz, gaplashganda ham dunyoqarash, tushuncha, maqsadlar mos kelgan bo'lsa, qo'rmang. Shu bilan birga, istixora ham xayrli chiqibdi.
#Oila_qurish
Yanada ko'proq savol-javoblar
Mehr faqat uyda
🌷 Taom uchun masalliqni bozordan olishingiz mumkin, lekin unga qo`shiladigan mehr faqat uyingizda!
📒 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Asl tarbiya bolani hurmat qilishdan boshlanadimi?
Ham qiz, ham oʻgʻil farzandli boʻlgan ota-onalar shu yerdamisiz?
Farzandlaringiz oʻrtasida adolat qilishga qiynalyapsizmi?
Toʻgʻri yechim va xolisona tavsiyani yuqoridagi lavha orqali bilib olishingiz mumkin.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kutubxonada:
— Ayollarni bahsda yengish usullari haqidagi kitoblar qayerda?
— Fantastik kitoblar ana u yerda.
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolning asosiy vaqti uyda o'tadi, shuning uchun u ko'chaga chiqqanda dam oladi — erkaklar ayoli dam olishi uchun ko'chaga olib chiqib turishi kerak, iloji bo'lsa, bolalarsiz.
Erkakning asosiy vaqti ko'chada o'tadi, shuning uchun u uyga kelganda dam olishi kerak — ayoli va farzandlari buni e'tiborga olib uyni halovat maskani bo'lishiga harakat qilsin.
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
168-savol: Bu holatda fotihani buzaymi?
Assalomu alaykum. Unashtirilganman. Menda ixtioz degan tug'ma kasallik bor. Buni yigitimga fotihadan oldin aytgandim. Lekin yaxshi tushunmagan ekan. Endi esa hozir buni tushungach meni har kuni ezgani ezgan. Uzoq qarindoshmiz. Fotihani qaytaring desam, uydagilar tushunmayapti shuni, deydi.
Ochig'i bilmay qoldim. Yoki o'zim qaytaraymi. Yoki davom ettiraylikmi?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Bor gapni kattalarga aytib o'zingiz qaytaring. Bir umr rangingizni chiqarmay o'tadi yo'qsa.
#Oila_qurish
Ayrim psixologlar tomonidan "O'zingni sev!", "O'zing uchun yasha!" kabi ayollarga berilayotgan "motivatsiyalar" oila daraxtining ildiziga bolg'a urmoqda!
"Sen o'zing ham yashay olasan!", "Hayot erdan iborat emas" kabi gaplar noto'g'ri ishlatilmoqda. Bundan ta'sirlangan ayrim ayollar ajrashishdan aslo cho'chimaydigan bo'lib qolgan, uning yonida erning haybati, hurmati ham pasaygan.
Ha, ayollar erkaklarga qullik qilib o'tsin demayman. Ammo ayol o'z ayolligida tursin, erkak ham erkakligida tursin. Oilaga yengil qarashmasin.
Hayot faqat erdan iborat emas, ammo bu degani erni behurmat qilish kerak, joyi kelib qolsa, ajrashib ketaver degani emas. Imkon qadar oilani saqlab qolishga, uni farovon, tinch-totuv bo'lishiga harakat qilish kerak.
Ajrashish so'nggi chora. Unga sabab bo'luvchi holatlar alohida mavzu.
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Zamonaviy inson qaysi tilni bilishi kerak?!
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
FARZAND TARBIYASIDAGI AKS SADO
Doimiy tanqid ostida ulgʻaygan farzand - doim boshqalarni ayblashni oʻrganadi.
Mazah ostida ulgʻaygan farzand - birovga ishonmaslikni oʻrganadi.
Adovat ostida ulgʻaygan farzand - behuda tortishishni oʻrganadi.
Zulm ostida ulgʻaygan farzand - dilozorlikni oʻrganadi.
Tushunmaslik ostida ulgʻaygan farzand - oʻzgalarga quloq solmaydi.
Yolgʻon ostida ulgʻaygan farzand - ikkiyuzlamachilikni oʻrganadi.
Sharmandalik ostida ulgʻaygan farzandga tushkunlik doirasini tark etish qiyinlashadi...
BUNING QARSHISIDA
Qoʻllab-quvvatlash ostida ulgʻaygan farzand - boshqalarga yordam qoʻlini choʻzishni oʻrganadi.
Sokinlik ostida ulgʻaygan farzand - sabr-qanoatni oʻrganadi.
Maqtov ostida ulgʻaygan farzand - oʻziga ishonch xosil qilishni oʻrganadi.
Rostgoʻylik ostida ulgʻaygan farzand - adolatli boʻlishni oʻrganadi.
Chin muhabbat ostida ulgʻaygan farzand - sevilishdan koʻra sevgi bahsh etishni oʻrganadi.
Erkinlik ostida ulgʻaygan farzand - oʻz qarorlarida masʼuliyatni oʻrganadi...
Dilmurod Tillaxoʻjayev
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilada e'tiborsizlik kelib chiqishining sabablaridan biri.
#Muammo
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oriflar aytadi: «Ota-onaning niyati bolaning hayotiga katta ta’sir qiladi». Farzandli bo‘lishdan asl maqsadingiz nima ekanini o‘ylab ko‘ring.
Ayolingizni koʻproq maqtab turing
Har bir kichik ishida ham uni qadrlashingizni bildirib turing. Mehringizni ayamang.
Axir oila degan narsa shu ishlar bilan shirin emasmi?!
#erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Seni chindan ham sevganlar sen uchun qayg‘urganlar haqida bilmoqchimisan?!
Ular seni nimaga rag‘batlantirib, nimadan qaytarayotganlariga boq!
Haqiqiy sevganlar seni ma’siyat ko‘chasidan to‘sishadi. Haqiqiy qayg‘urganlar seni jahannam azobidan asrashadi...
Orif Taskin
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ular uylanayotganda tog'-tog' va'dalar beradi, ajrashayotganda esa qoshiq-vilkalargacha bo'lishib oladi!
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O'zingizni asrang — eringizning telefonini tekshirmang. Eringizni ham asrang — telefoningizni uzoqroq qo'ying!
#Tabassum
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol va erkakning huquqlari barobar bo'lgan, erkakning huquqi ustun bo'lgan, ayolning huquqi ustun bo'lgan o'rinlar bo'ladi. Umuman olib qaraganda, oilada erkakning rahbarligi so'zsiz qabul qilinadigan narsa bo'lishi kerak.
Ayol va farzandlar uchun erkak javobgar bo'lgandan keyin rahbarlik ham erkakka tegishli bo'ladi. Ya'ni erkak oilani ta'minlaydi, himoya qiladi, ta'lim beradi va boshqa majburiyatlarini bajaradi. Buning muqobilida ayol unga itoat, xizmat qiladi.
Oila rahbarligi ayolda bo'lishi nozik jins vakillari uchun nomunosib yuk bo'lib, bu ulug'lash emas, xorlash bo'lar edi. Demak, erkakning oila boshqaruvi ayolning huquqini toptash emas, unga imtiyoz berishdir.
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol qanchalik aqlli, boy bo‘lmasin, hatto o‘zlashtirgan ilmidan dunyoda tengi yo‘q olima bo‘lsa ham, koinotni zabt etgan taqdirda ham faqat va faqat o‘z sevgan erkakning ko‘ksiga boshini qo‘yganida o‘zini xotirjam va chin baxtli his etadi…
Bilasizmi nega?!
Chunki u erkakning ko‘ksidagi qovurg‘adan yaralgan.
Shohruh Mirzo
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dilingizdagi tilingizda
bo'lsin
Ey latofat sohibasi! Juftingizga shirin so'zlar aytib, hamisha sizga kerakligini his qildiring! Sizni tanlaganidan hech qachon afsuslanmasin, aksincha, bundan faxrlansin!
Sizni boshida ko'tarib yurishini istasangiz, «Begim, sultonim, hayotim mazmuni...» deb erkalang. Yoningizda bo'lganida ko'nglingiz yorishishini, o'zingizni baxtli his etishingizni aytib uni xushnud eting.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Do'stlarimizning nashriyoti — Taskin kitoblari tomonidan "Muhabbat madrasasi" nomli kitob nashr qilinibdi. Muhabbatli qalblar uchun ilindik!
Kitobni xarid qilish
#Muhabbat #kitob
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Instagram profilimda bo'ydoqlarni qo'llab-quvvatlab video qo'ydim. O'tib oila qurishingizga to'siq bo'layotgan muammolarni yozing. Yechim beramiz, inshaalloh.
Videoni ko'rish
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Saodatli turmush istaganlar uchun
✨ Turmush qurish oson. Lekin uni munavvar, saodatli va yaxshiliklarga boy qilish bir muncha mushkul boʻlishi mumkin.
📚 Saodatli turmush istaydigan yoshlarimiz, baxtiyor hayot sari harakat qilayotgan juftliklar uchun “Asal oyi emas, asal hayot” kitobini tavsiya qilamiz!
Muqovasi - yumshoq;
Sahifa - 130 bet;
Gʻiyosiddin Yusuf qalamiga mansub “Asal oyi emas, asal hayot” kitobi
Baxtli va mustahkam aloqa o'rnatishning 4 siri:
Muloqot: tushunmovchilik va nizolarning oldini olish uchun doimo o'z fikr va tuyg'ularingizni aniq va samimiy ifoda eting;
Qo'llab-quvvatlash va tushunish: qiyin damlarda bir-biringizga tayanch bo'ling, juftingizning kechinmalarini tushunishga harakat qiling va unga yordam bering;
O'zingiz uchun vaqt ajrating: o'zligingizni saqlab qolish uchun o'z qiziqish va sevimli mashg'ulotlaringizni unutmang;
Hazil va quvonch: birga ekaningizda kulib xursand bo'ling, vaqtingizni ko'ngilli o'tkazing va yoqimli xotiralar yarating.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bo'lajak juftingiz mustaqil fikrga ega bo'lsin.
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
175-savol: Arosatdaman
Hech sababsiz oramizni uyidagilari buzishdi. Erim uyga kel deyapti lekin ota-onam kelib olib ketsin, bizni oyoqosti qilma deyapti nima qilay arosatdaman?
G'iyosiddin Yusuf:
— Vaziyatni yotig'i bilan tushuntirib, eringizdan olib ketishini so'rang.
#Muammo
Yanada ko'proq savol-javoblar
Baxtingiz faqat o'z qo'lingizda
Ha, boshqalar sizga yordam berishi, qo'llab-quvvatlashi mumkin. Ammo asosiysi faqat sizga bog'liq. Chunki bugungi kunda boshingizga neki tushayotgan bo'lsa, bu kechagi tanlovlaringiz natijasidir. Agar hozirdanoq o'zingiz uchun harakat qilishni boshlamasangiz, hayotingizni boy berib qo'yishingiz mumkin.
Baxtni pul, muvaffaqiyat yoki erishilgan maqsadlar bilan o'lchab bo'lmaydi. U sizning ichingizdan kelib chiqadi. Va siz bunga erishish uchun kuch sarflasangiz, uni qo'lga kiritishingiz mumkin.
Esda tuting: baxtsiz bo'lish yoki baxtiyor bo'lishni tanlash o'z ixtiyoringizda. Hayotingizni o'zgartirishga qaror qilsangiz, buning uchun hech qachon kech emas. O'zingizga ishoning va harakatdan to'xtamang! 💪🌟
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Dugonajon, nega 30 ga kirsam ham baxtim ochilmayapti ekan-a?
— Alloh kimnidir asrayapti-da!
#Tabassum
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida