hubbuna | Unsorted

Telegram-канал hubbuna - Hubbuna

20394

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Reklama: @Hubbuna_uz Konsultatsiya: @Kaatib

Subscribe to a channel

Hubbuna

Er-xotinlik rishtasi muddat bilan emas, mehr-muhabbat bilan mustahkam va mazmunli boʻladi. Oʻrtada sadoqat, vafodorlik va samimiyat qancha kuchli boʻlsa, qalb qalbga, ruh ruhga, tana tanaga shuncha yaqin boʻladi, shuncha talpinadi.

Manbasi noma'lum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

191-savol: Bu uyda boshqa yashagim kelmayapti

Assalomu alaykum kelin bo‘lib tushganimga 2 yil bo‘ldi. 7 oyli qiz farzandim bor. Lekin kelin bo‘lib tushgan oilamga ko‘nika olmayapman. Erim bilan boshidan chiqisha olmaganman, yangi kelinligimdan urib xo‘rlagan haligacha qo‘lini ko‘taradi. Bu uyda boshqa yashagim kelmayapti. Nima qilishni maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Orani isloh qilishga harakat qilish kerak, yangi oilaga ko'nikishga harakat qilish kerak. Dastlabki yillarda shunday tushunmovchiliklar bo'lishi mumkin. Sabr qilib, baxtiyor oilaga erishish uchun harakat qiling, ajrashish haqida o'ylamang, u eng so'nggi chora. Siz aytgan vaziyatda ajrashib ketilmaydi.

#Muammo

Читать полностью…

Hubbuna

"Farzandlar onalarining dinida bo‘ladi".

#tarbiya

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

— Menga bir hikoya aytib ber.
— Aytganim bilan quloq solmaysan-ku.
— Quloq solaman, aytaqol.
— Bir quyosh charaqlab turgan kechada bir boʻydoq dehqon xotini bilan oʻtirardi.
Jimlik...
— Davom etaver, nega jim boʻlib qolding?
— Aytdim-ku, sen quloq solmaysan deb.
— Quloq solyapman-ku.
— Shundaymi, kechasi quyosh chiqqanini yoki boʻydoqning xotini borligini hech eshitganmisan? 😂

Muqim Mahmud tarjimasi

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Oilaviy muammolarimizning sababi jin-shaytonlarmi deb o'ylasam, men bor joyda ularga ish qolmaydi! 🤣

#Tabassum

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Nega bola vaqtni cho'zadi? 🤔

Biz bolani yoqimsiz mashg'ulotga undamoqdamiz.

🔸 Bola biladi: sekin harakatlanish orqali u o'zi uchun yoqimsiz bo'lgan ishni qilmaslik uchun ozroq bo'lsa ham vaqt yutadi.

🔸 Masalan, maktabga yoki shifokorga borish, ota-onadan ajralish yoki uy ishlarida yordam berish. Bunday hollarda bola bilan gaplashib, nima yoqmayotganini tushunishga harakat qilish kerak.

🔸 Agar gap yoqimsiz mashg'ulotda bo'lsa, bolaga motivatsion dastur yoki kichik musobaqa elementini taklif qiling. Masalan: "Agar sen men bilan bir vaqtda kiyinsang, bog'chaga chiqishdan oldin bitta multfilm ko'rishga ulgurarmiz".​​​​​​​​​​​​​​​​

"Sog'lom bolalar" kanalidan #tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Boshqa yaxshiroq nomzod bo'lmagani uchun u bilan birga bo'lganing sevgi emas. Sevgi undan yaxshirog'i bor-yo'qligini o'ylamasdan uni tanlaganingdir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ayolingiz sizdan sovib qolsa, har doim shu ishni qiling

Ayol nozik xilqat, bir ojiza. Har doim ham unga sizning oilani taʼminlab qoʻyishingiz yoki moddiy tomonlama ehtiyojlarini ado etishingiz kifoya qilmaydi, hurmatli erkaklar.

Aynan qanday ishni qilishni esa yuqoridagi video orqali batafsil bilib oling.

#erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Uch narsa sabrdandir:
1. Musibatini birovga aytmaslik.
2. Og‘ringanini ko‘rsatmaslik.
3. O‘zini oqlamaslik.

Sufyon Savriy

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Agar sevsang, bir qarashimdanoq tushunar eding, sevmasang, tushuntirishga urunishimga ne hojat?!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Xotin o'z erini qanchalik hurmat qilsa, er shunchalik hurmatga sazovor insonga aylanadi. Lekin bunday muvaffaqiyatga erishish uchun ayolning fikrlari pok bo'lishi kerak. Ya'ni bu erkakdan yaxshiroq odam yo'q va bo'lishi ham mumkin emas degan fikrda bo'lishi kerak! Shu tariqa, xotin o'z eriga sodiqligini namoyon etadi va uni mas'uliyatli bo'lishga hamda o'z ustida ishlashga ilhomlantiradi!​​​​​​​​​​​​​​​​

#Ayollar #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sizga bu dunyoda muammosiz yashaysiz deb vaʼda berishmagan

Hozirgi siqilayotgan, dunyo koʻzingizga tor, ishingiz yurishmayotgan holatda ham sizning holatingizda boʻlishni orzu qiladigan insonlar bor.

Bekorga dunyo ishida oʻzingizdan pastga qarang deyilmagan.

Hozirgi holatingizga shukur qilgan holda chiroyli tabassum qilish sizga koʻproq yarashadi.

#ayollar #erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Otalar, qizlaringizni ikrom qiling, ularga shirinso'z bo'ling, iltifot ko'rsating. Toki hayotida birinchi uchragan erkakning shirinso'ziga aldanmasin!

#tarbiya #Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sizni sevishlarini qanday bilsa boʻladi?

Baʼzi oilalar juftim meni sevmaydi, eʼtibor bermaydi deb qolishadi.

Har ikkala tomon ham bir-biridan ayb topishadi-yu, ammo baribir bir-birisiz tura olishmaydi.

#erkaklar #ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Bilasizmi, aslida nima muhim?

Hayot narvonlaridagi navbatdagi pog'ona emas. Navbatdagi ko'tarilish yoki tushish ham emas. Begona odamlar va ularning fikrlari ham emas.

Yo'q.

Muhimi shuki, Siz bu yangi kunni kutib oldingiz. Muhimi shuki, bugun Sizda yana minglab yangi imkoniyatlar bor: hamma narsani o'zgartirish, tuzatish, erishish va yakunlash uchun. Aynan shuning uchun Siz bugun eng baxtli insonsiz. Qolgan hamma narsa Sizning qo'lingizda!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

10 mingdan oshiq jonli obunachisi bo'lgan saviyali kanal egalari bo'lsa, bizga aloqaga chiqing, iltimos. Pul to'lab reklama qildiramiz. Kanal havolasini yozsangiz, tanishib chiqamiz.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin

Читать полностью…

Hubbuna

Ota-onalar uchun ajoyib yangilik! 🎉👶

Farzandingizni mustaqil, baxtli va o‘ziga ishongan qilib tarbiyalashni xohlaysizmi?

Rivojlantiruvchi o'yinlar, foydali maslahatlar va hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha eng kerakli va qiziqarli resurslar endi bir joyda! 🌱🎥

Shu vaqtgacha quyidagi mavzularni yoritib ulgurdik:

- Hech qachon bu so'zni farzandiingizga aytmang 🚫👶

- Qancha masofa yura olishimni bilasizmi? 👣✨

- 1-3 yoshgacha bolalar harakatlarini rivojlantirish: Nimalar yordam beradi, nimalar to‘siq bo‘ladi? 🌟

Bundan tashqari, Youtube platformasida bir qancha mavzularda tahlillar, podkast va intervyular kutib turibdi. Allaqachon birinchi video tizerlari joylandi. Shu havola ustiga bosgan holda tomosha qilishingiz mumkin!

Obuna bo‘ling va farzandingizning baxtli va mustaqil kelajagini birga quraylik! 🌱✨

👉 Sahifaga o‘tish: @bambini_rasmiy

Reklama

Читать полностью…

Hubbuna

– Sen dunyodagi eng chiroyli ayollarning ikkinchisisan.
– Birinchisi kim?! 😳
– Tabassum qilgan vaqtingdagi sen!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sal narsaga ham arazlab yurish ulgʻaymaganlikning belgisi

Shunday xarakterdagi insonlar bilan muomala qila olish, ayniqsa oila qurib yashay olish Everestni har kuni zabt etish bilan teng)

Agar sizda ham shunday xarakter boʻlsa, yuqoridagi videoda aynan siz uchun foydali tavsiyalar berilgan.

#erkaklar #ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

204-savol: O‘zimni turli fitnalardan, zinodan saqlamoqchiman

Assalomu alaykum! Yoshim 22 da, universitetni tamomladim. Oʻzimni turli fitnalardan, zinodan saqlash uchun kelgan sovchilardan oʻzimga ma’qul kelganini aytib uydagilarga turmush chiqish istagimni bildirsam koyib berishadi. Qaysi yuz bilan qiz bola boʻlib turib turmushga chiqaman deyapsan deyishadi. Oʻzlari esa har doim hammadan bir kamchilik topib sovchilarni qaytarishadi. Sani ham peshonangga yozilgani bordir, shoshilma deyishadi. Men esa halol hayotni xohlayman. Bu vaziyatda qanday yoʻl tutishni bilmayapman. Maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ularga kimdir tushuntirsin, turmushga chiqishingiz kerak. 100 % ideal nomzod bo'lmaydi, asosiy talablarga javob bersa, yetarli.

#Oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

Qizning ota-onasi uzoq ekan deb rozi boʻlishmayaptimi?

Kelinning ota-onasi nimaga bunday deyishlari va qanday toʻgʻri yechim qilinsa, qiz tomonni koʻndirish mumkinligi haqida yuqoridagi video orqali toʻliq bilib olishingiz mumkin.

#Oila_qurish

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Telefon odobi

Ey fozila ayol, telefonda gaplashayotganingizda turmush o'rtog'ingiz qo'ng'iroq qilib qolsa, suhbatdoshingizdan izn olib, darhol unga javob qiling. Bu bilan unga mehr-muhabbatingiz, hurmatingizni bildirgan bo'lasiz. Shu bilan birga, suhbatdoshingizga ham juftingizga ehtiromingiz ila go'zal o'rnak bo'lasiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlashish ham xuddi shu kabidir.

Mening shaxsiy qoidam bor: boshqalarga qo'ng'iroq qilganda ikkinchi yo'nalishga tushganda qo'ng'iroqni tugatish kerak, illo xotinga qilganda kutib turish kerak. Xotin erning haybatini his qilib, ehtirom ko'rsatsin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

Nuqsonsiz insonni sevishning nimasi muhabbat?!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

‼️‼️‼️📤📤📤📤

Андижон шаҳридан Айюбхон домла қандли диабет сабаб қийналиб келган эканлар. Стоп диабет ичганларидан сўнг ўзида бўлган ўзгаришларни ҳолис айтиб бердилар. (Ушбу касалликдан қийналиб юрган яқинларингиз билан улашинг)

Аюбҳон домла каби СТОП ДИАБЕТ ичиб келаётган инсонлар билан гаплашмоқчи бўлсангиз ушбу гуруҳга қўшилинг👇👇
💬/channel/qandli_diabet_muhokama
💬/channel/qandli_diabet_muhokama

Батафсил маълумот учун:
+998(55)503-05-05

Тўлиқ суҳбатни кўриш👉 ВИДЕО

Стоп диабет олиш мажбурий эмас, ичиб юрган одамлар билан гаплашиб ишонч ҳосил қилиб кейин буюртма беришингиз мумкин. 😊


Реклама

Читать полностью…

Hubbuna

O‘smirlarning eng sezgir nuqtalari 🎄

😀 Bolaning ko‘zi bilan qarash:
Agar o‘smirga bolaning ko‘zi bilan qaralsa, u bu xatti-harakatdan ham sezgir, ham xafa bo‘lishi mum­kin. Ko‘pgina pedagoglar, ota-onalarning o‘smir­larga shunday munosabatda bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

😘 Qiyoslash:
O‘smirlar boshqalar bilan, jumladan, o‘z aka-ukalari yoki tengdoshlari bilan solishtirishni yomon ko‘radilar.

😘 Kamsitish:
O‘smir va uning aka-ukalari o‘rtasidagi kam­si­tilish eng nozik masalalardan biridir.

😀 Ishonchsizlik:
O‘smir boshqa odamning unga to‘liq ishonishini xohlaydi. Ota-ona va tarbiyachining ko‘plab sa­vol­lari yoki istehzosi, uning o‘ziga ishonchsizligi yoki ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi.

🎄 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hubbuna

Uch hayotiy tavsiya

🔹 Sevgi – bu faqat his-tuyg'u emas, balki mas'uliyat va mehnat ham. Sog'lom munosabat ikkala tomon bir-birini tushunish, hurmat qilish va qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. Bunda o'zaro ishonch, samimiyat va ochiq muloqot muhim o'rin tutadi.

🔹 O'tmishni unutmang – undan saboq oling, xatolarni tahlil qiling. Bu tajribalar sizni bugun to'g'ri qarorlar qabul qilishga yo'naltiradi. Bugungi kunni mazmunli o'tkazing, har bir daqiqaning qadriga yeting. Shu bilan birga, kelajakni ham rejalashtirishni unutmang: bilim oling, tajriba to'plang, moliyaviy jihatdan o'zingizni himoya qiling. O'tmish, bugun va kelajak – bular bir zanjirning halqalari. Birini e'tiborsiz qoldirsangiz, hayotingiz mukammal bo'lmaydi.

🔹 O'zgartirib bo'lmaydigan narsalarni qabul qilishni, o'zgartirish mumkin bo'lgan narsalarni yaxshilashni o'rganing. Hayot qiyinchiliklardan iborat bo'lishi mumkin, lekin har qanday vaziyatda ham yechim topish, undan saboq olish va olg'a qadam tashlash imkoni bor.

Qo'shimcha muhim eslatma:
Har bir inson o'z yo'liga ega. Birovlarning "to'g'ri yashash haqidagi" maslahatlarini eshiting, lekin oxirgi qarorni o'zingiz qabul qiling. Chunki har bir odamning hayot tajribasi, imkoniyatlari va maqsadlari o'ziga xosdir.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Har bir qalbda muhabbat boʻlsin

💯 Kitob har bir oilada, ayniqsa, yosh oilalarda boʻlishi kerak. Chunki u, oila qurish arafasida boʻlgan yoshlar uchun ham oila qurish va oilaviy hayotga doir zarur bilimlarni beradi.

📖 Juftliklar kitobni takror-takror oʻqib, unga amal qilish ila butun hayotni asal oyi kabi totli oʻtkazishadi.

Muqovasi - yumshoq;
Sahifa - 130 bet;
Ulgurji narxi - 20.000 so’m.

Gʻiyosiddin Yusuf qalamiga mansub “Asal oyi emas, asal hayot” kitobi


🚗 O’zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

Bog’lanish uchun:

📥 @qamar_ulgurji_admin
+998959914446
+998946022100

📱 Instagram | 📱 Telegram

Читать полностью…

Hubbuna

Asl yuzi shumi?

Kecha bir psixologning "Ajrashish vaqtida juftingiz sizga qo'pol muomala qilyaptimi — siz bir umr ana shu inson bilan yashab keldingiz, bu uning haqiqiy yuzi" degan ma'nodagi gapini o'qib qoldim.

Men bu fikrga qo'shilmayman, sababi ajrashish — bu hayotdagi eng og'ir damlardan biri. Bu paytda ikkala tomon ham kuchli ruhiy va emotsional bosim ostida bo'ladi.

Oila buzilganda inson qarshisidagi kishiga faqat shu vaziyatdagi xatti-harakatlariga qarab emas, balki butun birgalikdagi hayotlari davomidagi fe'l-atvori, o'zaro munosabatlari va xulqiga ko'ra baho berishi to'g'riroq bo'ladi.

Chunki stress holatida ko'pchilikda odatdagidan boshqacha xatti-harakatlar sodir bo'ladi. Bunday vaziyatda shoshilinch xulosa chiqarish o'rniga vaziyatga sovuqqonlik bilan qarash, o'tmishni tahlil qilish va xolis baho berish muhimdir.

Ajrashish — bu faqat bir tomonning aybi emas. Ko'pincha munosabatlarning buzilishiga ikkala tomon ham ma'lum darajada sababchi bo'ladi. Shuning uchun bir-birini ayblash o'rniga, xatolardan xulosa chiqarib, hayot yo'llari ayro ketganda ham yaxshilikcha orani ochiq qilish lozim.

#ajrashish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Erga e'tibor kerak

Ba’zi erkaklar haddan ziyod rashkchi bo'ladi. Juftini nafaqat erkaklardan, balki hammadan qizg'anadi. Ayolining e’tiboridan eng ko'p bahramand bo'lishni istaydi. Ayoli uchun birinchi darajali shaxs bo'lishni xohlaydi. Shuning uchun ayolini bolalaridan ham, ayollardan ham qizg'anaveradi. Bu, balki, muhabbatning o'ta kuchli bo'lganidandir. Nima bo'lganda ham, jufti shunday bo'lsa, ayollar shunga munosib muomala qilsa, yaxshi bo'ladi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

Oxirigacha gapirilmagan har qanday gap sizning ziyoningizga ishlaydi

Hammasini hozir aytaman, hamma ayb unda edi, bu gapi bilan nima demoqchi boʻldi?

Bir-biringizdan gumon qilib, arazlab yurgandan koʻra shunchaki odamlarday oʻtirib, hammasini gaplashib oling.

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…
Subscribe to a channel