«Erkaklar ayoliga nafaqa berishi kerak. Ko‘p erkaklar nafaqa bermaydi, ayollari hatto nafaqa olishi mumkinligini ham bilmaydi....»mi?
Erkakning ahliga o‘z gardanidagi farz nafaqasidan ortiqcha qilgan xarajatlari: oziq-ovqati, kiyim kechagi, sovg‘a-salomi, uy anjomlari nafaqa o‘rnidadir. Erlar xotininig shuncha xizmatiga bir-ikki so‘m bermaydi ham deganlar diqqatiga:
Er topganiga uy quradi;
Bolalarini kiydiradi;
Bolalarini o‘qitadi;
Oila a’zolaridan birortasi kasal bo‘lsa, davolatadi;
Uyiga olib kelganini hisob-kitob qilib, xotinidan hisobot so‘rayverib xunob qilmaydi;
Bulardan ham orttirsa, bolasiga to‘y qiladi;
Farzandlariga uy-joy quradi;
Endi tashvishlardan xalos bo‘lsa, qarib bo‘lgan bo‘ladi! Hali o‘rtada ro‘zg‘or qilaman deb qancha mashaqqatlar, diqqatchiliklar chekishi bor.
Shular nafaqa emasmi?!
Shular oila uchun harakat emasmi?!
Shular himmat emasmi?!
(Ro‘zg‘or qilish erning majburiyati, lekin mayonez va ketchup ham olib kelishi majburiyati emas. Pista-bodom, banan, ananas ham...)
Erning o‘zi bir kosa ovqatga to‘yadi, bir kosa ovqat pulini esa yarim kunda topa oladi. Lekin u yil-o‘n ikki oy tong sahardan tun qorong‘usigacha shu oilasi uchun tinmay ishlaydi...
(Xotin ham bekor o‘tirmaydi, buni juda yaxshi bilamiz.)
Ikrom Sharif
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
⚡️Odamlar ko'pincha o'zlarining taxminlaridan xulosa chiqaradilar. To'g'ridan-to'g'ri so'rashni o'rganing va shundan keyingina xulosa chiqaring.
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📌 Biz farzandlarimizni yaxshi yedirishga, yaxshi kiydirishga va hech kimdan kam bo‘lmasligi uchun tinmay harakat qilamiz.
Lekin, eng muhim narsa "Tarbiya-chi?"
Tarbiya haqida o‘ylab ko‘rganmizmi?🧐
🔑 Farzandlarimizni tarbiyalash uchun birinchi o‘zimizni tarbiyalashimiz juda muhimdir.
Zero, qush inida ko‘rganini qiladi. 😇
🌸 Shunday ekan qani keling, o‘zimizni va kelajagimiz poydevorlarini tarbiyalashni, "Tarbiya-chi" kitobini o‘qishdan boshlaymiz. 🫶
Oila qurishdan oldin qachon surishtirish kerak?
Baʼzan yigitlar xayrli ishni tezroq boʻlgani yaxshi deya surishtirmasdan darrov sovchi yuborib qoʻyishadi.
Oʻzi oldin sovchi yuborish kerakmi yoki surishtirish kerakmi?
Oila qurish istagidagi doʻstlaringizga yuborib qoʻysangiz, foydali boʻladi.
#oila_qurish
Yanada ko‘proq videolar
O’qish va turmush haqida qaror
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Men talabaman, 3 yildan beri dadam kontraktimni to‘lab o‘qitadi. O‘zim ishlamayman, qolgan chiqimlarimga ham dadamdan olaman. Ularni qiynab qo‘yayotgandekman. Ishlashimga ruxsat bermaydi, lekin o‘zim xijolat bo‘lyapman.
Ko‘p joylardan sovchilar keldi. Deyarli hammasi “o‘qitamiz, kontraktini to‘laymiz” deb aytishdi. Ulardan biriga ortiqcha uyimdagilarni qiynamaslik uchun rozilik bersam bo‘ladimi yoki o‘zimga ma’qul nomzod kelmaguncha shu holatda o‘qishimni davom ettiraveraymi?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Munosib nomzodga rozilik bering.
#oila_qurish
Yanada ko'proq savol-javoblar
Bolaligimda yaxshi kiyinmaganman, yaxshi yemaganman, yaxshi o'yinchoq o'ynamaganman deb bolangizga hamma narsani muhayyo qilib qo'yishingiz qanchalik to'g'ri?
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qaynonaning muomalasiga munosabat
Assalomu alaykum.
Men oila qurganimga 3 yil bo‘ldi. Hozirda erim bilan juda yaxshimiz. Ammo qaynonam meni va ishimni yoqtirmasligini aytib, ko‘ngilga va nafsoniyatga tegadi.
“Oila muqaddas” deb hammasiga chidashga majburmanmi? Tashlab ketay desam, erimni juda yaxshi ko‘raman. Nima maslahat berasiz?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Orani yaxshilashga harakat qilinglar, turmush o'rtog'ingiz ham bunga yordam bersin. Ajrashmang, juda bo'lmasa, alohida chiqib yashanglar.
#muammo
Yanada ko'proq savol-javoblar
Ota-onangizning ziyoratiga vaqt topmaysiz, hatto qo'ng'iroq qilishga yaramaysiz, lekin, Alloh asrasin, o'tib qolishsa, kunlab ta'ziyaxonada turishga vaqt topasiz!
Yaqinlaringizni borida qadrlang!
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nega munosabatlar barqaror bo‘lmaydi?
1. Siz sherigingizni hurmat qilmayapsiz. U sizga yoqishi mumkin, lekin hurmat bo‘lmasa, munosabatlar mustahkam bo‘lmaydi.
2. Munosabatlaringizda aniqlik yo‘q. O‘z fikr va his-tuyg‘ularingizni oshkor qilishdan qo‘rqyapsiz. Bu esa vaqt o‘tishi bilan munosabatlarning qadrsizlanishiga olib keladi.
3. Sog‘lom chegaralar yo‘q. Siz juda ko‘p vaqtni birga o‘tkazib, hamma ishni birgalikda qilasiz. Natijada o‘z ijtimoiy aloqalaringizdan ajralasiz va bu hissiy bog‘lanish va qaramlikka olib keladi.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar kimdir hayotingizda qolishini istasangiz, unga hech qachon befarqlik bilan munosabatda bo'lmang.
Richard Bax
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!
Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.
Xayriya haqida batafsil.
Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.
G'iyosiddin Yusuf
Bitta ayolning baxtli boʻlishi uchun nimalar kerak?
Aslida koʻp narsa kerak emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi hamma baxtlilar bilan oʻzini solishtirgan ayol uchun esa butun dunyoni bersangiz ham kam boʻlaveradi.
#ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qalb sovishi
Assalomu alaykum, ustoz. Bir masalaga yechim topishda yordam bersangiz, mamnun bo‘lardim. Oila qurganimga 1 yil bo‘ldi, bir nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im fotihalik bo‘lgan paytdayoq va to‘ydan keyin ham boshqa ayollar bilan gaplashib yurgan. Unga doim “Zino yomon” deb misollar bilan tushuntirib, insof berishini umid qilardim, ammo bu gaplarim ta’sir qilmadi. Homilador bo‘lganimda ham, uch nafar farzandi bor bir ayol bilan munosabatda bo‘ldi.
Shunda ajrashmoqchi ekanligimni aytib, janjal qildim. U esa “Ajrashmaymiz, o‘zimni idora qilaman” deb va’da berdi. Shu va’daga ishonib yashashda davom etdik. Ammo endi “Sen xunuksan” deb, bo‘yimni kalta qilib masxara qilmoqda, ayblarimni izlab, ustimdan kulib o‘ynamoqda. Bu vaziyatlar mening ko‘nglimni butkul sovutib yubordi.
Ajrashishga qaror qilib, onamlarning uyiga keldim. Sizning maslahatlaringizni kutyapman, ustoz. Nima qilishni bilmayapman.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom.
1. Nomunosib kishiga turmushga chiqqansiz. Foyihalik vaqtingizda qing'ir ishlarini bilgan zahoti hammasini to'xtatish kerak edi. Men doim avval o'zingizni isloh qiling, keyin o'zingizga munosibi bilan oila quring deyman, amal qilmaydilar va keyin mana shunday savollar beradilar. Qayerga qarab, qaysi o'lchov bilan oila qurasizlar?! Oila o'yinchoqmi sizlarga?! Shunaqa buzuq insonlarga qanday qilib hayotingizni topshirasizlar?! Munosib kuyov sifatlari qanday bo'lishi bayon qilingan-ku, shunga qarash kerak oila qurishdan oldin.
2. Oila qurganlaringizdan keyin ham boshqa ayol bilan munosabatda bo'lganidan siz ham ayol sifatida yetarli bo'lmaganingiz, kamchiliklarga yo'l qo'yganingiz ma'lum bo'ladi. O'zingizni isloh qilishingiz kerak. Har bir ayol isloh qilishi kerak — bir ayol sifatida eriga kifoya qilsa, unga hamma narsani bera olsa, unda erkak ham boshqaga ko'z suzmaydi.
3. Bo'yning pastligi xunuk qilib qo'ymaydi. Umuman olganda, ayolning xunugi bo'lmaydi, o'ziga qarab yursa, xulqini go'zal qilsa, erini parvarishlab, e'tibor qilsa, chiroyli bo'lib boraveradi.
4. Ajrashmang, ikkingiz ham o'zingizni isloh qilinglar. Xatolarni takrorlamanglar. Turmush o'rtog'ingizga buni kimdir tushuntirishi kerak.
5. Xiyonatdan to'sadigan eng asosiy narsa iymondir. Turmush o'rtog'ingizning shu jihatini isloh qilishga alohida e'tibor lozim.
#Muammo
Yanada ko'proq savol-javoblar
Bunday paytda ayol kishi yigʻlamay, janjal qilmay va hatto gapirmay qoladi?
#ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevgining ta'rifi
Sevgi — bu kimdir bilan yilning to‘rt faslini birga boshdan kechirishni istash. Bahorda yomg‘irdan qochib, gullagan lila ostida panoh topish, yozda mevalar yig‘ib, daryoda cho‘milish. Kuzda birga murabbo qaynatish va sovuqdan himoyalanish uchun derazalarni yopish. Qishda esa birgalikda shamollashni yengib o‘tish va uzoq kechalarni o‘tkazishda bir-biriga yordam berish…
Rey Bredberi
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak kishi ayolidan uzr so’ramaydi! Chunki uzr so’rashga majbur bo’ladigan ishni qila olmaydi. 😁
#Tabassum
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oila mustahkamligi
Oiladagi tinchlik va totuvlik, oila mustahkamligi ko'p jihatdan erkaklarga bog‘liq. Shuning uchun quyida ularga ba'zi maslahatlar beramiz:
1. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.
Qaror qabul qilishda oila a'zolaringizni bilan maslahatlashishingiz mumkin, lekin oxirgi so‘z sizniki bo‘lishi kerak.
2. Mehr-e'tibor va hurmatni unutmang. Oddiy e’tibor va samimiy so‘zlar oilangizni baxtli qiladi.
3. Ish va oila orasida muvozanatni saqlang. Farzandlaringiz va ayolingiz bilan o‘tkazilgan vaqt eng shirin damlardir.
4. Sabrli bo‘ling. Har qanday muammoni o'zaro gaplashib, samimiy muloqot va tushunish orqali hal qilishga harakat qiling.
5. Namuna bo‘ling. Farzandlaringiz, ayolingiz sizdan o‘rnak olishadi, shuning uchun har bir xatti-harakatingizga e'tiborli bo'ling.
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👨🏻🦱: O‘sha qisqa romanda to‘g‘ri aytgan ekan: "Erkak tug‘ildi. Aybdor bo‘ldi. O‘ldi".
🧕🏻: O‘zi aybdor!
#tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sen yoqtirgan ishni qilishim uchun u ishni yoqtirishim shart emas, seni yoqtirishim kifoya!
#Muhabbat
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol — gul kabi nozik va go‘zal
Ayol – g‘amxo‘r va e’tiborli erkak qo‘lida butun husni bilan ochiladigan guldir. Yodingizda bo‘lsin, azizlarim, sizlarning barchangiz, istisnosiz, go‘zalsiz!
#Ayollar #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak uchun hurmat va ishonchning o‘rni
Hurmat va ishonch erkak uchun xuddi kislorod kabi zarur.
• Unga g‘amxo‘rlik qilishingiz mumkin, lekin nazorat qilishingiz shart emas.
• Ishlari, fikrlari va his-tuyg‘ulari bilan qiziqishingiz yaxshi, lekin ularni boshqarishga urinmang.
• Unga yaxshilik va muvaffaqiyat tilashingiz yaxshi, lekin buning uchun sizning izmingizda bo'lishini kutmang!
#tarjima #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eringiz uchun ayolsiz
💐Muhtarama ayol, farzandni deb erdan ajrab qolmang! Ya’ni bola ko'rish, uni parvarishlash, emizish kabi holatlarda o'zingizni ham unutib qo'ymang. Bunda sog'lig'ingiz, qomatingizga ahamiyat bering. Shuningdek, bola bilan bo'lib, er e’tibordan qolmasin. Uni sevib, ardoqlashda kamchilikka yo'l qo'ymang. Xos xizmatga ham dadil bo'ling. Muhtaram ota, siz ham bola parvarishida ayollarga ko'maklashing.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
O‘qish va oilaviy reja
Assalomu alaykum! Men 18 yoshdaman. Hozirda yuridik texnikumga o‘qishga kirganman. Lekin uyimdagilar sovchi kelavergani uchun bir yigitga berib yuborishmoqchi, ya’ni sovchilik orqali bo‘lgan. Ularga “beramiz” deb qo‘yishgan. Bir-birimizga nisbatan befarq emasmiz, lekin men o‘qib, ilm olishni xohlayapman. Mana shunday holatda nima qilsam bo‘ladi? O‘qib, ilm olib, oila qurishni keyinga suraymi?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Turmushga chiqing.
#oila_qurish
Yanada ko'proq savol-javoblar
Oila qurgandan keyingi xos ilmlarni ushbu kanaldan topasiz
Hamma maʼlumotlar odob doirasida va qogʻozga oʻralgan holatda beriladi.
Ulanib oling: Mubosharat
Ustozlar tavsiyasiga amal qiling.
#Erkaklar #ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shifoxonaning ro'parasida qabriston bor ekan. Bu bemorlarga ogohlantirish, menimcha: "Tezroq tuzalmasangiz, shu yerga kelasiz" degandek.
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush o'rtog'ingizning imkoni torligida uni tushunib turing, qaysarlik qilib qayerdan bo'lsa ham pul topib berishini talab qilmang, toki u qing'ir yo'llarga qadam qo'yishga majbur bo'lmasin.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Muhabbat faqat "Sevaman" deb qo'l ushlashib yurishdan iborat emas. Sevgan kishi yaxshi-yomon kuningizda yoningizda turib, sizni tushunib, halovat bo'la oladigan kishidir.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolaga yetarlicha vaqt va e'tibor berish
Ota-onalar bilan birga o'tkazilgan vaqt — bu bola uchun eng qimmatli hadyalardan biri. Ular bilan birgalikda sifatli vaqt o'tkazadigan bolalar salbiy xulq-atvor va salbiy emotsiyalarga kamroq moyil bo'ladilar, ko'proq baxtli va barqaror hayot kechiradilar. Nima uchun? Chunki ular qadrli, ahamiyatli ekaniga ishonadi.
Erta yoshdan bolalarni oila davrasida birgalikda dam olishga o'rgatib boring.
Haftada bir kechani butun oila birgalikda o'tkazish uchun ajratib qo'ying, buni an'anaga aylantiring. Birgalikda kechqurun ovqatlaning, parkda o'ynang, kafega borib choy ichinglar yoki kinoga boringlar. Haftalik ish kunlarining yakuni bo'lgan juma kechasi buning uchun ayni muddaodir.
Bundan tashqari:
- Bolangiz bilan kundalik suhbatlarga vaqt ajrating;
- Ularga e'tibor bering, muammolarini eshiting va ularni tushunishga harakat qiling;
- Ko'chada piyoda sayr qilib, turli tadbirlarda birgalikda vaqt o'tkazing;
- Birga ovqatlaning, o'ynang va ularga e'tiborli ekaningizni ko'rsating.
Siz bilan o'tkazgan vaqti bola uchun bebaho qiymatga ega. Bu uning rivojlanishi va har tomonlama sog'lom shaxs bo'lib shakllanishi uchun muhim.
#tarbiya #tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O'zingizdan boshlang
“Avval o‘zingiz haqingizda qayg‘uring, keyin boshqalar haqida — avval o‘zingizning qalbingizni poklang, keyin boshqalarning poklanishiga intiling".
Nikolay Gogolning Stepan Shevryovga yozgan maktubidan
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida