hubbuna | Unsorted

Telegram-канал hubbuna - Hubbuna

20394

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Reklama: @Hubbuna_uz Konsultatsiya: @Kaatib

Subscribe to a channel

Hubbuna

Ilm o'rgating

▶️ Eng yaxshi talaba ahlingizdir! Ayolingizga, farzandlaringizga ilm o'rgating. Oz-ozdan davomiy bo'lsin. Darhol ko'p o'rgatib ularni ham, o'zingizni ham malollantirib qo'ymang.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

Читать полностью…

Hubbuna

Oila qurishdagi uch xato

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Eng yaxshi maslahat

Siz maslahat so'ramaydigan kishilarning tanqidini jiddiy qabul qilmang.

#tavsiya

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Farzandim itoatli va solih boʻlsin desangiz

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ota-onalar qizlarini qanday to‘g‘ri tarbiyalashi kerak? 🤔

✔️Qizingizni mehr-muhabbatga ko‘ming. Agar u ilk kunlardan boshlab cheksiz sevgini his qilmasa, undan mehribon va nazokatli ayol yetishib chiqmaydi;

✔️Chegaralarni muloyimlik bilan belgilang. "Buni qilsa bo‘ladi, buni esa mumkin emas". Aynan ona chegaralarni belgilashi lozim;

✔️Qizingizga moslashuvchanlikni o‘rgating. Bu juda qimmatli ayollik fazilati bo‘lib, u ko‘p jihatdan ayolning taqdirini belgilaydi;

✔️Oddiy haqiqat: qizingizni e’zozlang, seving, ardoqlang. Ota qizining bu hayotdagi qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi;

✔️Qattiq talabchan bo‘lmang. Agar qiz otasidan tegishli tarbiya olmagan bo‘lsa, uning fikrlashi ikki yo‘nalishda rivojlanadi:
1. Men bunga loyiq emasman, baxt men uchun emas.
2. Men hamma oldida qarzdorman.
Har ikkala yo‘l ham ayolni baxtsiz qiladi.

✔️Otaning vazifasi qiziga cheksiz muhabbat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va hurmat qilishdir.

#tarbiya #tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Farzandim menga mehribon emas deysizmi?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Kelajak rejalar haqida

Sog'lom, aqlli har bir insonda albatta kelajak rejalar bo'ladi. Albatta, ertaga nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz, ammo baribir orzu qilaveramiz. Shunday ekan, juftingizning ham o'z orzu-havaslari, rejalari bor.

Agar u bu rejalarini siz bilan baham ko'rayotgan bo'lsa, xursand bo'ling. Chunki u sizga ishonadi, kelajagini siz bilan tasavvur qilmoqda. Umumiy rejalaringiz, maqsadlaringiz bo'lishi esa yanada quvonarli holatdir.

Gaplashishga gap yo'q deysiz, mana sizga gap!

#Erkaklar #ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ming marta haq bo'lsang ham ayoling yig'lasa nima foyda?

Vladimir Visotskiy

#Erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ochiq va samimiy suhbatlasha oladigan er-xotin uchun psixologning keragi yo'q. Agar siz juftingiz bilan ochiq gaplasha olsangiz, munosabatlarga oydinlik kiritib, muammolarning yechimini birga topa olsangiz, oilaviy baxt, halovatni topibsiz!

Ba'zida ochiq gapirish uchun bir tomonda jur'at bo'ladi, lekin ikkinchi tomon buni qabul qilmaydi. Natijada u ham ochiq gapirmaydigan bo'lib qoladi. Demak, gapirishni ham, tinglash — qabul qilishni ham bilishimiz kerak.

"Sen nima xohlaysan?", "Mendan nimani kutasan?", "Hayotiy maqsadlaring nima?" kabi so'rovlar barcha muammolarning yarmini supurib tashlaydigan savollardir. Faqat bu haqida gapirishga sizga jur'at kerak!

#Erkaklar #ayollar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Azizlar, oilaviy munosabatlarni va xos hayotni yaxshilashga qaratilgan 40 kunlik marafonimizning ikkinchi mavsumiga qabul ochdik. Ikki kundan keyin darslar boshlanadi. Quyida ba'zi ma'lumotlar:

Marafon haqida batafsil ma'lumot

Birinchi mavsum haqida erkaklar fikri

Birinchi mavsum haqida ayollar fikri

Yana bir ayol fikri

#Ayollar #erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Agar bolalar biz oʻrgatgan usulda oʻrgana olmasa, biz bolalar oʻrgana oladigan usulni oʻrganishimiz kerak.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Hubbuna

Sevganingiz sizni sevmay qo'yishidan xavotir olsangiz, birinchi bo'lib dil izhor qilmay qo'ygandanoq tashvish qiling!

#Muhabbat

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Hech bir narsa ruhiy zarbalar kabi mashaqqatli emas. Stress, tasvish va qo'rquvlar bilan yashagandan ko'ra o'n ming marta jismonan charchagan yaxshiroq.

#tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sizning oilangizda ham faqat qarindoshlar turmush qurishgan. Ishonmaysizmi?

Yuqoridagi videoni oxirigacha koʻring, bilib olasiz.

Bir chiroyli tabassumingizga sababchi boʻlaylik. Aytgancha, sizga bu judayam yarashadi!

#tabassum

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

195-savol: Bir ko‘rishda yaxshi ko‘rganman

Assalamu alaykum, ustoz!
To'g'risi bu gaplarni yozishga bir oz xijolat bo'ldim, 18 yoshdaman bir insoni bir ko‘rishda yaxshi ko'rganman va ular ham menda ko'ngillari borligini aytdilar, biz halol yo'lini ya'ni nikohdan o'tishni tanladik. Ota-onamga tushuntirdilar, sovchi yubordilar. Ilmlari bor ota-onamga bu yoqmadi, ahli oilam boshqa boy insonga berishni xohlashyapti.
Ko'nglim bo'lmasa qanday yashayman?
Allohdan so'rab duo qilyapmiz, qiblagohim hech qachon rozi bo'lmayman, u bolaga rafiqa bo'lsang bir umr qiyinchilikda yashaysan puli yo‘q, lekin oilasi yaxshi ekan dedilar.
Rizqni Alloh beradi-ku, qolaversa pul topishlari yaxshi.
Ustoz shu holatda menga qanday maslahat bera olasiz?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu holatda siz emas, yigit ko'proq harakat qilib otangizni rozi qilishi mumkin. Ota-onangiz rozi bo'lsa, oila quringlar.

#Oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

"Siz bilan gaplashmayman!"

Bu iborani aytganimizda yoki eshitganimizda ko'pincha masalani hal qilishdan ko'ra, muammolarni chuqurlashtirishga olib kelishini tushunmaymiz. Sukut saqlash bizni yaqinlarimizdan uzoqlashtiradi, ammo muammoni hal qilmaydi. Balki o'sha paytda ozgina sabr va tushunish bilan vaziyatni ancha osonlik bilan yengish mumkin edi.

Ko'pincha, janjalga sabab bo'lgan tuyg'ularni qayta ko'rib chiqsak, o'zimiz ham shoshilib aytilgan gaplar yoki noto'g'ri tushunchalarga asoslangan bo'lishini anglaymiz. Balki kayfiyatimiz yomon bo'lgani sababli kichik narsalarni kattalashtirgan bo'lishimiz mumkin.

Shu sababli, ko'ngil xiraligiga berilib ketmasdan oldin, o'zingizdan bir necha bor so'rang: "Bu haqiqatan ham janjallashishga arziydimi?" Bu savol ko'p noxush vaziyatlardan qochishga yordam beradi va oilaviy munosabatlarda uyg'unlikni saqlab qolish imkonini beradi.

Unutmang, bir-biringiz bilan qadrli bo'lgan lahzalarni bekor qiladigan emas, balki birga bo'lishdan zavqlanishga imkon beradigan muloqot yo'lini tanlash kerak.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ayol gulga o'xshaydi: u e'tibordan gullaydi, befarqlikdan so'lib qoladi!

#Erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Doʻppili Kopirayter haqida eshitganmisiz?

Taʼlim sohasida oʻqib, keyinchalik zamonaviy kasblarga qiziqib qolgan bu yigit hozir Telegramda oʻz faoliyatini yuritmoqda.

Blogi orqali insonlarning foydali ilmi, halol rizqi va bir-biriga mehrli boʻlishiga sababchi boʻlishni niyat qilgan.

Niyati bir boʻlganlarning maqsadi ham bir boʻladi. Maqsadi bir boʻlganlarning hammasi uchun ushbu blog foydali boʻladi.

Obuna boʻlish uchun: 👉 @doppili_kopirayter

Читать полностью…

Hubbuna

Juftingiz sizni sevsa, o'zingizdan qoniqib, shu holatim yetarli ekan deb rivojlanishdan to'xtab qolmang. Siz o'zingiz uchun yaxshi tomonga o'zgaring!

#Muhabbat

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sevgan inson bu eng qiyin damlarda yoningizda bo'ladigan va butun dunyo sizdan yuz o'girsa ham sizdan voz kechmaydigan insondir!

#tarjima

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Qiziq, erkaklar g'amgin ayollarni qayerdan topar ekan-a, qizlarning hammasi quvnoq-ku!

#Sarkazm

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

📢 Hurmatli ota-onalar! 🌟

Hozirda yangi bir ajoyib loyiha boshlash arafasida turibmiz. Bu orqali farzandingizni ta'lim, tarbiya, sog'liq va yana bir qancha yo'nalishlarda sifatli o'quv materiallari, ekspert maslahatlari, blog va qiziqarli kontent taqdim etishni reja qilganmiz.

Loyihamizni siz uchun yanada qulay qilish uchun bizga yordam bering! 🧸✨ Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z fikrlaringizni bildiring. Sizning javoblaringiz orqali biz ota-onalar va bolalar uchun eng yaxshi resurslarni yaratamiz.

So'rovnomani to'ldirish: https://link.bambini.uz/hubbuna

👉 Telegramda bizni kuzatib boring: @bambini_rasmiy

Birgalikda har bir bola rivojlanishi uchun qulay platforma ishlab chiqamiz! 🌱

#Obunachilarimizdan

Читать полностью…

Hubbuna

Ayol arazlab ketib qolsa, erkak olib kelishi kerakmi yoki ayol oʻzi kelishi kerakmi?

Oilada ikki tomondan ham xatoliklar oʻtishi bu normal holat. Bunday vaziyatda har ikki tomonni aybdorga chiqarishdan ham avval qilinishi kerak boʻlgan asosiy yechimlar bor.

Yuqoridagi lavha orqali toʻliq javob olishingiz mumkin. Videoni yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying.

#Muammo

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

152-savol: Dindor yigit bilan hayotimni bog‘lashni istayman

Assalomu alaykum, ustoz savolim ko'p takrorlangan bo'lishi mumkin, lekin vaziyatim boshqacharoq. Yoshim 23 da, yarim yil oldin uydagilar roziligimsiz bir yigitga unashtirib qo'yishgan.

Yigitning xulqi yaxshi, ichmaydi, chekmaydi, lekin diniy bilimi, ibodati va ilm olishga rag'bati yo'q ekan.

Men dindor yigit bilan hayot yo'lim bog'lanishini istayman. Juda ko'p sovchi keldi, lekin nomzodlarning ichida hali 1 dona ham bunday yigit uchramadi.

Shu sabab ota-onam sen istagan odam topilmaydi baribir, yoshing o'tib ketyapti deb qancha aytsam ham unashtiruvni bekor qilishmayapti.

Bu yigitga turmushga chiqishga umuman ko'nglim tortmayapti. O'ziga aytib ota-ona norozi bo'lsa ham fotihani buzdiray desam uydagilardan qo'rqayapman. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Iltimos maslahat bering. Oldindan rahmat. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shunday qilsangiz bo'ladi.

#Oila_qurish

Читать полностью…

Hubbuna

– Hammasiga kelin tomon aybdor.

– Bularning shunaqaligini boshidan bilgandim.

– Nima, faqat senda xotin bormi?!


Yuqoridagi kabi dilni xira qiladigan gaplar oʻzi toʻgʻrimi? Nimaga faqat kelin tomon aybdor qilinadi hamma notinchliklarga?

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sog'lom oilaviy muhit yaratish

Oilada ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom muhitni saqlash har bir a’zo uchun katta ahamiyatga ega. Oila a’zolari bir-biriga mehribon bo‘lishi, sokin va samimiy muloqot qilishga harakat qilishi kerak. Jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va uyquga e’tibor berish esa har bir oila a’zosi uchun zarur bo‘lgan omillardir. Stressni kamaytirish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom va baxtli oilaviy muhit shakllantirish mumkin. Sog'lom muhitda o‘sayotgan bolalar esa o‘zlarini xavfsiz va baxtiyor his qiladi.

#tarbiya

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Ayol befarqlik darajasiga yetganda uni qaytarib olishga urinishning mutlaqo foydasi yo‘q. Chunki u bunga qadar juda ko‘p og‘riqni boshidan kechirgan. Bu og‘riq uning sevgisini yondirib kul qilgan. Va kul hech qachon yana yonmaydi.

#Erkaklar

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Bolalar tarbiyasida birdamlik

Ota-ona bolalarni tarbiyalashda bir xil yo‘nalishda bo‘lishi juda muhim. Agar ota-ona farqli qarorlar qabul qilsa yoki bir-biriga qarshi chiqsa, bu bolada chalkashlik va ishonchsizlik paydo qiladi. Tarbiya jarayonida hamjihatlikni saqlash bola uchun aniq va izchil yo‘l-yo‘riq beradi, uning ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ota-ona bir-birini qo‘llab-quvvatlasa, bola o‘zini xavfsiz his qiladi hamda oilaviy mehr-oqibat kuchayadi. Tarbiyada birdamlik oila mustahkamligining muhim omilidir.

#tarbiya

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Sevmagan inson bilan yashash mumkin agar o‘rtada hurmat bo‘lsa. Ammo hurmat qilmaydigan inson bilan yashash imkonsiz.

Alisher Sultonxo'jayev

#Muhabbat

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…

Hubbuna

Baxtingiz qanchalar maxfiy bo'lsa, shuncha uzoq umr ko'rishi mumkin. Chunki hasad yo'lida duch kelgan narsani yo'qotishga qodir bo'ladi!

#Baxt

✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Читать полностью…
Subscribe to a channel