♻️Python nima?
Python - mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan.
📌Bu dasturlash tili o'rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo'r tanlov.
💰So'nggi hisobotga ko'ra, AQShda Python dasturchilarining o'rtacha maoshi yiliga 96 000 dollarni tashkil qiladi.
📆Kurs davomiyligi:
▪️Python basic (OOP) | 3 oy
▪️Python telegram bot | 1 oy
▪️Python django | 3 oy
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
Nega aynan Java❓
📌Java - mashhur umumiy maqsadli dasturlash tili va hisoblash platformasi.
Java egasi bo’lgan Oracle kompaniyasiga ko’ra, Java dunyo bo’yicha 3 milliarddan ortiq qurilmalarni yuritadi.
🌟Java dasturlash tilining xususiyatlari:
🔹Java mustaqil platforma;
🔹Obyektga yo'naltirilgan til;
🔹Java tez;
🔹Java xavfsiz;
🔹Katta standart kutubxona.
⚡️ICT Academyda Java kurslariga start berildi!
🧑💻Java kurslari davomiyligi:
6 oy | 1 oy amaliyot
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
🤔IT mutaxassisining o’rtacha daromadi qancha?
💰2022-yil 26-sentyabr holatiga ko‘ra, IT mutaxassislarining o’rtacha ish haqi 65.726 dollarni tashkil qiladi.
Ish haqi oralig‘i odatda 55.146 dollardan 74.536 dollargacha bo’ladi.
👨💻ICT Academy bilan malakali IT mutaxassisiga aylaning!
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
😍Sevimli web-saytingizga qaraganmisiz va nima uchun u shunday ko'rinishini, tugmalar qanday ishlashini o'ylab ko'rganmisiz ?
👨💻Web-saytda ko'rgan hamma narsa frontend ishlab chiqish bilan qurilgan va uning orqasidagi odamlar Frontend dasturchilar deyiladi.
🌏2022 yilgi Stack Overflow so'roviga ko'ra, Qo'shma Shtatlardagi Frontend dasturchilar uchun o'rtacha ish haqi yiliga 60 000 dollarni tashkil qiladi.
💡ICT Academyda Frontend ishlab chiquvchilar foydalanadigan va zarur bo’lgan barcha ko’nikmalarga ega bo’lasiz!
📆Frontend kurslari davomiyligi:
5 oy | haftada 5 kun | 3 soatdan
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
🤔Nega aynan dasturlashni tanlash kerak?
🌍 Dunyoga mashhur top 5 ta dasturlash tillari va ularning 1 yillik o’rtacha daromadi qancha ekanligini bilasizmi?
1️⃣Python - 110 000$
2️⃣Java - 100 000$
3️⃣C# - 95 000$
4️⃣Obj-C - 93 000$
5️⃣Javascript - 80 000$
ICT Academy bilan asosiy bilimlarni Foundation kursida o'rganib, soha mutaxassisiga aylaning!
👨💻Foundation kursida nimalar o’rgatiladi?
▪️C (funksional programming)
▪️Python (OOP)
▪️Algorithm (Problem Solving)
▪️Data Structure
▪️Database
💸 Ishlash uchun pul - asosiy maqsad emas. Lekin, pul bu motivatsiya. Cheksiz motivatsiyaga ega bo’lish uchun esa, dasturlashni o’rganish kerak!
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
🔥 Frontend ni ICT Academy da Javohir Group dan o'rganing!
ICT Academy IT cho'qqilarini zabt etishingizda yordam beradi!
Kursda o'rgatiladigan texnologiyalar:
• HTML
• CSS
• Bootstrap
• JavaScript
• React.js
Darslarni 2+ yil tajribaga ega Javohir olib boradilar.
Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
Manzil: Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
Kunlarning ichida eng chiroylisi.
Duolar qabul bo'luvchi, eng muruvvatlisi.
Yaxshilik mushkanbari tarqalgan kunda,
Juma muborak insonning baxtlisi.
🌹 Barcha musulmon birodarlarimizga, opa-singillarimiz-u, aka-ukalarimizga Juma muborak bo'lsin. Yaratgan ushbu fayzli kunni chiroyli va foydali amallar bilan o'tkazishni nasib qilsin.
Telegram | Instagram
O’zbekistonda ham hackerlar bormi ?
🤔 Judayam qiziq shunday emasmi ?
Hackerlar to’grisida juda ko’p horij filmlari bor lekin uzbek film yoq bu uzbekistonda hackerlar yo’q deganimi ?
Aksincha hackerlar bor.
Hozirda ma’lum hackerlik guruhlaridan eng mashxuri bu - Clone Security
🛡Clone-Security (inglizcha: clone — qiyofadosh, security — xavfsizlik) — oʻzbek hakerlik guruhi, shuningdek Markaziy Osiyoda birinchi hakerlik guruhi hisoblanib, maʼlumotlarga qaraganda guruh 2011-yilda tashkil topgan va shu kungacha turli xil davlatlarga qarashli va nodavlat saytlarga hujumlar uyushtirgan.
Ayrim maʼlumotlarga asoslanganda guruhning maqsadi Oʻzbekistonda axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilganligi aytiladi.
📌Foydali va qiziqarli ma’lumotlarni do’stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
"Google search" qanday ishlaydi ?
🤔 Hozirgi kunda dunyodagi eng katta qidiruv tizimi bo’lmish google o’zi qanday ishlaydi. Siz so’rovni kiritganingizdan unga javob kelgungacha nimalar sodir bo’ladi.
🔥 Judayam qiziq shunday emasmi ?
🤝 Keling yaxshisi bu savolllarga javob topish uchun bir videoni ko’rib chiqamiz.
Ps. Video ingliz tilida bo'lsaham tushunarli holatda ishlangan.
📌Foydali va qiziqarli ma’lumotlarni do’stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
🤔O'zbekistonda TikTok nega bloklandi ?
Bunga asosiy sabab "O'zkomnazorat" talabiga javob bermaganligi deb aytilmoqda.
"O'zkomnazorat"dan xabar berishicha, Tik-Tok bilan birgalikda, Twitter va Vkontakte tarmoqlari ham RASMAN bloklangan.
Sababi: "O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi."
❗️Siz o'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishiga qanday munosabatdasiz.
Ps. Telegram va Instagram ham bloklansa qancha vaqt yashay olasiz. (albatta bu hazil)
📌 Foydali va qiziqarli ma'lumotlarni do'stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
Yangi veb-dasturchi qanday qilib qisqa fursatda ish topishi mumkin?
Hozirda dasturlash ommabop va daromadli kasb deb hisoblanishi sir emas. Har kuni IT-kompaniyalari katta imkoniyatlar yaratadi va loyihalar uchun yaxshi ish haqini taklif qiladi. Ammo, agar siz endigina veb-dasturchilik kurslarini bitirgan bo’lsangiz va siz bu sohada kam tajribaga ega bo’lsangiz nima qilish kerak?
Afsuski, yoshlarga bo’sh ish o’rinlari juda kam, axir barcha ish beruvchilar o’zlar kod yozishga qodir bo’lgan shaxsni ishga olishni xohlashadi. Shu bilan birga, dasturchilarga ehtiyoj katta.
Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?
Avvalo, tarjimai xold bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing a, masalan, JavaScipt. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondoshgansiz deb o’ylaydi.
To’g’ri tilni tanlang.
Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, HTML, CSS, JavaScript, PHP, C ++, Python, C #, Laravel va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling. Saytlarning faqat tashqi koʻrinishi bilan ishlash uchun kutishgan bo’lsangiz, u holda uchta tilni o’zlashtirishning oʻzi yetarli: HTML, CSS, JavaScript.
Shubhasiz, hech kim yangi veb-dasturchini kosmosga uchib ketishni kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.
Ta’lim.
Tarjimai xolda ta’lim darajasini yoki maxsus kurslarda olingan sertifikatlarning mavjudligini ko’rsatish kerakmi deb so’raysiz.
Dastlabki tanlovda ish beruvchilar aynan shu mezon bo’yicha ish tutishadi. Ular xulosa chiqarish uchun ish tajribangiz va maʼlumotingizga qarashadi. Shuning uchun diplom yoki sertifikat mavjudligi haqida aniq ko’rsatib qo’ying.
Portfolio.
Tanlov bosqichida portfolio juda katta ahamiyatga ega ekanini bilasizgiz kerak? Portfolioingizga qarab, ish beruvchi muayyan bir vazifani bajara olish-ollmasligingizni baholaydii.
Portfolioda nima yozish mumkin?
Kichik veb-sayt yarating va uni eng yaxshi Github-da joylashtiring. Ish beruvchiga saytingizning tafsilotlarini aytib bering, qanday texnologiyalardan foydalandingiz, veb-sayt nimadan tashkil topganini va kodni ko’rsating. Boshqa texnologiyalardan foydalangan holda boshqa saytlarni ham yaratishingiz mumkin.
Ishga taklif qiluvchi eʼlonlariga javob qoldiring.
Ish qidirishni boshlashdan oldin, ideal ish kuningiz qanday bo’lishi kerakligini o’ylab chiqing. Siz qaysi ofisda ishlashni va qanday loyihalarni olishni xohlayotganingizni tasavvur qiling. Biroq, hayolparastlik qilman, chunki maoshi zoʻr va katta shirkatda ishlash uchun siz qanday boʻlsa ham tajriba olishingiz kerak.
Qiziqarli deb hisoblagan barcha ishga taklif qiluvchi eʼlonlarga javob qoldiring. Agar siz test topshirig’ini olgan bo’lsangiz, javobgarlikni zimmamizga qabul qilib belgilangan muddatda bajaring.
Sinov muddati.
Sinov muddati ish beruvchining ehtiyot chorasi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida o’zingizni yaxshi qirralaringizni ko’rsating. Baʼzi masalalarda qiynalsangiz savol berishga uyalmang. Bir masalani yechishda ikki-uch kun ketkazgandan ko’ra katta veb-dasturchilardan yordam so’rash yaxshiroq. Aks holda, ish beruvchi sizni oddiy vazifani ham o’z vaqtida bajara olmaysiz deb o’ylaydi.
Yuqoridagi ma'lumotlar siz uchun foydali bo'ladi degan umiddamiz.
Telegram | Instagram
🤩Vanihoyat do'stlar Windowsingizni yangilashga tayyormisiz.
⚡️ Microsoft korporatsiyasi o’zining YouTube sahifasida yangi Windows 11 operatsion tizimini prezentatsiyasini o’tkazdi.
Operatsion tizim yangicha va juda qulay UI ga ega deyiladi Microsoft rasmiy web sahifasida.
Siz Windows’ni qanchalik yaxshi ko’rasiz ? Yoki boshqa qaysi OSga muhlislik qilasiz ?
Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Telegram | Instagram
🤔ICT Academy da qanday yo'nalishlar bor?
Bu savolga "Bizda IT sohasidagi barcha yo'nalishlar bor" deya javob bera olish uchun talab va takliflarni inobatga olgan holda kundan kunga yangi yo'nalishlar ochilmoqda.
Ps. So'nggi ochilgan Tarmoq adminstratorligi kursi ham takliflarga binoan ochildi.
Bizdagi yo'nalishlar haqida bilib olishingiz uchun keling yaxshisi o'zgacha yo'l tutamiz. Siz bizdan yo'nalishni so'rang biz esa bor yoki yo'qligini aytamiz.
yoki shunchaki quyidagi manzilga kelsangiz ham bo'ladi.
📍 Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko'chasi, 118 "A" - uy.
Telegram | Instagram
Dunyo taraqqiy etayotgan bir paytda biz...
O'zingizni 10 yildan keyin qay holatda tasavvur qilasiz🤔
⌛️ Hozir bu haqida o'ylashni ayni vaqti.
O'zingiz orzu qilgan kelajakni ko'ra olmasangiz demak harakat boshlash vaqti keldi.
❗️Unutmang: "Cho'qqida turgan inson u yerga osmondan tushib qolmagan."
Ushbu filmdan parchani ko'rgach o'zingizga savol bering dunyo taraqqiy etayotgan bir paytda men o'z kelajagim uchun nima qilyapman ?
Izohlarda sizdan javoblarni kutamiz.
Telegram | Instagram
Hozirgi kunda IT bu inson hayotining bir qismiga aylanishga ulgurgan. Kundan kunga IT sohasiga yangi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda.
Bunga asosiy sabab IT sahosidagi kasblarning xilma-xilligi.
IT sohasidagi qaysi kasb sizga yoqadi?
Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring👇👇👇
Telegram | Instagram
🔐Kiberxavfsizlik - bu kompyuter tizimlarini, tarmoqlarini, qurilmalarini va dasturlarini har qanday kiberhujumlardan himoya qilish va tiklash jarayoni.
Kiberxavfsizlik quyidagilarni anglatadi:
👤Shaxslar uchun - kiberxavfsizlik ularning shaxsiy ma'lumotlari va kompyuterlari to'g'ri ishlashini va zararli dasturlardan xoli ekanligini anglatadi.
👥Kichik biznes egalari uchun - kiberxavfsizlik kredit karta ma'lumotlari to'g'ri himoyalanganligini va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashni o'z ichiga oladi.
🌐Onlayn biznes olib boradigan firmalar uchun - kiberxavfsizlikga ishonchli serverlar bilan doimiy ishlaydigan serverlarni himoya qilish kiradi.
⚡️ICT Academy o’z o’quvchilariga xavfsizlik uchun IT xizmatlarni taqdim etadi.
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
🤕Hozirgi SMM menejerlarining dardlari.
⚡️Bu post orqali real hayotda SMM menejerlari ko’p duch keladigan mijozlarning aqlga sig’mas talablarini ko’rishingiz mumkin.
🧐SMM menejeri — aslida kim?
SMM so’zi Social Media Marketing so’zlarining qisqartmasi hisoblanadi.
👨💻Bu kasb egasini marketolog deb atash mumkin. Bu yo’nalishda ishlovchi marketologlardan ijtimoiy tarmoqlardagi texnik ko’nikma, copywriterlik mahorati va targeting bilimlari kerak bo’ladi.
🔝ICT Academy bilan SMM sohasini tajribali mutaxassisiga aylaning!
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
❓“Kompyuter savodxonligingiz bormi?” degan savolga ko’pchilik “Ha” deb javob beradi.
📊Lekin hammada bu savodxonlik darajasi har xil bo’ladi.
🤓Kompyuteringizda Telegram ilovasini ishga tushira olish yoki Facebook ni ishlata olish sizni savodli kompyuter foydalanuvchisi qilmaydi.
Siz ICT academy bilan tajribali kompyuter foydalanuvchisi bo’lishingiz mumkin!
🧑💻Kompyuter savodxonligi kurslari:
▪️BootCamp
1 oy | haftada 5 kun | 3 soatdan
▪️Standart
2 oy | haftada 3 kun | 2 soatdan
- Office dasturlari bilan ishlash, word, excel, powerpoint;
- Internet bilan ishlash;
- Klaviaturadan tezkorlik;
- Operatsion tizimni ichkaridan o’rganish;
- Terminal bilan ishlash;
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
📈Bugungi kunda butun davlatning rivojlanishi IT sohasining rivojlanishiga bevosita bog‘liq.
🥇Quyida siz nufuzli va eng daromadli IT-kompaniyalar bilan tanishasiz:
Apple inc - 2.294 trillion dollar
Mahsulotlar: Mobil telefon, iPod, Shaxsiy kompyuterlar va planshetlar.
Microsoft - 1.979 trillion dollar
Mahsulotlar: Windows operatsion tizimi, Microsoft Office, Xbox, qidiruv tizimi.
Alphabet - 1.524 trillion dollar
Mahsulotlar: Operatsion tizim, qidiruv tizimi, mobil telefon.
👣 Ict academy bilan IT olamiga ilk qadamni tashlang!
🔹Foundation kursida dasturlashning fundament bilimiga ega bo’lasiz.
🔹Frontend kursida website ning vizual qismini dasturlashni o’rganasiz.
📆 Kurslar davomiyligi:
5 oy | haftada 5 kun | 3 soatdan
📞Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404086,69.2911352,15z/data=!4m5!3m4!1s0x38aef4ac53676a65:0xb469ae753b3bc92d!8m2!3d41.3404086!4d69.2911352">Bodomzor masjid, Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
⚡️Frontend dasturlash nima ekanligini tushunish uchun shunchaki biror veb-saytni brauzeringizda ochsangiz bas!
🧑🏼💻Sababi veb-saytlarning foydalanuvchi uchun ya'ni sizga ko'rinadigan qismini Frontend Dasturchilar ishlab chiqadi.
Shuningdek bu soha kreativlik va aniqlikni ham talab etadi. Agarda sizda shunday jihatlar bo'lsa, unda bu soha siz uchun.
📌ICT Akademiyasining Frontend kurslariga ayni kunlarda qabul jarayonlari davom etmoqda ya'ni siz ushbu kurs davomida:
HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, React JS kabi texnologiyalarni o'rganib, qo'shimcha tarzda 1 oylik amaliyotda kurs olingan bilimlaringizni yanada mustahkamlash imkoniga ega bo'lasiz.
🖥Kursni esa sizga o'z sohasida 2,5+ yillik tajribaga ega bo'lgan Javohir Group olib boradi, darslar esa haftada 5 kun 3 soatdan darslar o'tib boriladi.
Kontakt: +998 (88)333-88-06,
@ictacademy_admin
Manzil: Respublika Axborot-Kutubxona Markazi
Telegram | Instagram | Website
⁉️Nega dasturlashni qiyin o'rganamiz, nega job interviewlardan "fail" bo'lamiz?
💡Buning sababi dasturlashni mohiyatiga e'tiborsizlik bilan o'rganishimizdan kelib chiqadi. Biz bunday muammolarni hal qilish maqsadida Foundation kurslarni tashkil qildik!
🧑💻Siz bizning Foundation kurslarimizda, dasturlashni asoslari bo'lgan bilimlarni olasiz.
1. Functional / OOP language
2. Memory Management
3. Algorithm (Leetcode 100 prb)
4. Data Structure
5. Database (Relational, NoSQL)
🤩Kurslarimizga o'quvchilarning bilim salohiyatiga qarab 30% gacha chegirmalar beramiz!
📌 Foundationni biz bilan mustahkam va dasturlashni asoslari bilan o'rganing. Ro'yxatdan o'ting, Joylar soni cheklangan!!!
📞 | +99888 333 88 06
📲 | @ictacademy_admin
📍Manzil: 41.3404244,69.2905864,19z/data=!3m1!4b1!4m5!3m4!1s0x38aef4adab5712d7:0xd32d2daa5aad85ad!8m2!3d41.3404166!4d69.291199">Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi.
@ictacademy_uz
🪑 Sog'lom bo'lay desangiz, stulda tog'ri o'tiring.
🔸 Yashash turmush tarzi va uning oqibatlari bizning davrimizning muhim muammolaridan biridir. Va bu kattalar va bolalar uchun ham amal qiladi.
🔹 Voyaga yetganlar ko'pincha ofislarda o'tirishadi, bolalar maktabda va uyda uy vazifalarini bajarishadi va ularning hammasi kompyuterda. O'z-o'zidan o'tirish juda katta zarar keltiradi va agar siz stolda o'tirish qoidalariga rioya qilmasangiz, sog'liq uchun oqibatlar juda salbiy bo'lishi mumkin.
🪓 Vaziyatni buzish, umurtqa pog'onasi kasalliklari oxir-oqibat ichki organlar ishining buzilishiga va umuman tanaga salbiy ta'sir ko'rsatishiga olib keladi.
Shunday ekan doimo o'z sog'lig'imiz uchun harakat qilaylik. Yuqoridagi videoda tog'ri o'tirish haqida ma'lumot berilgan.
📌Foydali va qiziqarli ma’lumotlarni do’stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
Jazirama issiqdan qanday saqlanish mumkin?
O‘zbekistonga Eron hududlaridan kirib kelgan issiq havo hisobiga ob-havo meyordan ancha ortdi. SSV va FVV issiq ob-havodan saqlanish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Ta’kidlanishicha, kuzatilayotgan bunday jazirama kunlarda birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin.
Buning oqibatida tana haroratining ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilashi mumkin.
Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarni yechib, muzdek suvga choyshabni ho‘llab butun tanasiga o‘raladi, sochiqni muzdek suvga ho‘llab boshiga qo‘yiladi. Bo‘yin va qo‘ltiq sohasiga muz xaltachalari qo‘yilsa foydadan holi bo‘lmaydi. Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.
Shuningdek, havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopishib turmaydigan kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ta’kidlashicha, eng issiq vaqt — 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik zarur.
Shuningdek, ko‘proq dush qabul qilish kerak. Qayd etilishicha, muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona xaroratiday bo‘lishi kerak. Sovuq suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
Shuningdek, oziqlanish ratsionini o‘zgartirish tavsiya etiladi. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qilish kerak. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmaslik zarur. Sutli maxsulotlar xarid qilishda rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.
📌Foydali va qiziqarli ma’lumotlarni do’stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
🎮 Cssni o'ynab o'rganamiz
Pedagog sifatida shuni ayta olamanki bola uchun o'yin kelajakka zamin yaratuvchi yo'llardan biri bo'lishi anniq. Keling endi o'yinni sizni hayotingizdagi roli haqida ozgina gaplashamiz. Postni o'qiyotgan insonlarning 75% albatta PUBG, gtaV, Clash of Clans, Mobile Legends,Brawl Stars, Clash royale,
Counter Strike Global Offensive (CS:GO) kabi o'yinlarni 3-4partiya o'ynab o'zidagi charchoq hissini chiqaradi. Bazida shu qadar o'yinnlarga sho'ng'ib ketgandan 3-4 soat vaqt qanday o'tib uyga vazifa bajarilmagan holda soat 3da uxlab tongda darsga kech qolib bahonani qatorlatib qo'yishgan vaziyatlar ham bo'lgan. Hozir sizga tavsiya qiladigan o'yinnlarim gta pubg kabi o'yinlardek lazzat bera olmasa ham ancha foydaliroq albatta, dasturlashga kirib kelgan insonlar uchun. O'qib izlab qidirib o'rgangandan o'ynab dam olib o'rgangan ancha foydaliroq.
Css grid va flexbox uchun 5ta foydali o'yinlar ro'yxati:
1) Flexbox Froggy www.flexboxfroggy.com - bu o'yin Flexboxga tegishli bo'lib 24 leveldan iborat.
2) Flexbox Zombies www.flexboxzombies.com - bu o'yin hikoyalar asosida olib boriladi, bu ham flexboxga tegishli, bunda siz zombilarni ovlaysiz. Ro'yhatdan o'tish shart.
3)Flexbox Defense www.flexboxdefense.com - bu o'yin ham flexboxga tegishli 12 leveldan iborat oxirgi 4 leveli albatta o'ynab ko'rishizni maslahat beraman.
4)Css Dinner flukeout.github.io - o'zingizni och qolgan odamdek his qilib 32 leveldan o'tsangiz albatta qorningiz ham aqllingiz ham to'yib css selektorlarini master darajada o'rganib olasiz
5)Grid Garden www.cssgridgarden.com - dehqon bobo obraziga kirib css grid layoutlarini 28ta levelda o'rganish uchun juda yaxshi o'yinlardan bittasi. Ha aytgancha sabzi qimmat bob ketgani eshitgandan keyin ja yaxshi o'ynaladigan o'yinlardan.
O'yinlarni yaratgan yaxshi amakilarga rahmat aytamiz va albatta shu o'yinlarni o'ynab ko'ramiz.
Manba: Seneorita Coder
📌 Foydali va qiziqarli ma'lumotlarni do'stlaringizga ham albatta ulashing.
Telegram | Instagram
🔥 Yoshlik – bu ajoyib, butun dunyo ko’z oldingizda bo’ladigan, dunyoni yanada yaxshi tomonga o’zgartirishga intilish tuyg’usi bor davrdir.
🤩 ICT Academy jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz!
🥳 Jamiyatimizni oldi qadam tashlashda o’z kuchini ayamaydigan barchani Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz.
Telegram | Instagram
🤔 Elon Mak haqida nimalarni bilasiz ?
⚡️ Mask tashkil qilgan kompaniyalar kamida uch sohada inqilob yasadi: onlayn to‘lov tizimi (PayPal), avtosanoat va energiya (Tesla) hamda fazo industriyasi (SpaceX).
💳 «PayPal» (dastlabki nomi X.com) orqali u gigant banklar shu paytgacha amalga oshirmagan ishni bajardi: internet-bank va onlayn to‘lov tizimlarini boshlab berdi.
🚗 «Tesla» orqali nafaqat avtonasoatni, balki energiya dunyosini titratdi: elektromobillarning ommalashishi ortidan an’anaviy avtomobil sanoati yo‘q bo‘lish arafasida turibdi; batareya va quyosh energiyasi bo‘yicha yaratgan kashfiyotlari esa bir necha asrlik neft va ko‘mir sanoatining tomiriga bolta urmoqda.
🚀 «SpaceX» esa imkonsiz narsani ro‘yobga chiqardi: shu paytgacha xususiy kompaniyalar u yoqda tursin, faqat sanoqli davlatlar hukumatlari shug‘ullana olgan kosmik industriyada nafaqat muvaffaqiyatli biznes qura oldi, balki qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketalar yaratib, sohada misli ko‘rilmagan inqilob yasadi.
💡 Maskning maqsadi insonlarni bir necha planetalarda yashaydigan mavjudotga aylantirish. «SpaceX»ni shu maqsadda tashkil qilgan. Maqsadi Mars sayyorasida koloniya qurish va umrining so‘nggi yillarini o‘sha yerda o‘tkazish. Unga ko‘ra, odamzotda boshqa chora ham yo‘q; chunki sun’iy intellekt shu darajada kuchayib ketadiki, u inson nazoratidan chiqib, odamning o‘ziga qarshi urush boshlashi mumkin («Terminator» filmini eslang). Shu bois ozamzot Yerni tark etib, boshqa sayyoraga ko‘chish uchun tayyor turishi kerak, deydi u. Bular hazil emas, Mask haqiqatda yuz berishiga o‘zi ishonadigan farazlar.
Yana bir ma'lumot bugun Elon Maskning tug'ilgan kuni🥳
Telegram | Instagram
🤔 Dam olish kunlarini qanday o‘tkazish kerak
🤦♂️ Dam olish kunlarida divanda yonboshlab yotasizmi? Buni o‘zgartirish vaqti keldi. Muvaffaqiyatli kishilardan o‘rnak oling.
🔹Benjamin Franklin: Rejaga ega bo‘ling
U har kuni o‘z-o‘ziga shunday savol bilan murojaat qilgan bo‘lsa ajabmas:
Bugun men qanday yaxshi ish qilishim kerak?
Muvaffaqiyatli kishilar kundalik vazifalarning ahamiyatini yaxshi anglaydilar. Dam olish kunlari ham bundan mustasno emas. Albatta, dam olish kunlari xordiq chiqarish mumkin. Biroq bu barini unutish uchun bahona bo‘lmaydi.
🔹Robert Iger: Erta turing
Disney studiyasining ijrochi direktori har kuni soat 4:30 da uyg‘onadi. Muvaffaqiyatli kishilar dam olish kunlari soat ikkigacha o‘rinda yonboshlab yotmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miyamiz uyg‘onganimizdan keyin 2-4 soat faol ishlaydi. Dam olish kunlari ertaroq uyg‘oning, dunyodagi boshqa insonlarga qaraganda ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lasiz.
O'ylaymizmi endi dam olish kunini qanday tashkil etish haqida ma'lumotga ega bo'ldingiz.
Telegram | Instagram
Telegramdan ajoyib yangilik🤩
📹 Telegram o'zining so'nggi yangilanishida guruh video qo'ng'iroqlarini taqdim etdi.
🪓 Endilikda ommaviy yig'ilishlar, uchrashuvlar uchun zoom platformasini o'rnatish shart emas.
📲 Ha aytgancha ekranni ulashish bo'limi ham qo'shilgan.
🤪 Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi.
Ps. Habarni o'qiyabsizmi demak sizda Telegram bor. Hoziroq telegramni yangilang va o'zingiz foydalanib ko'ring.
Manba: Durov's Channel
Telegram | Instagram
#hazil
▪️Hayot ekansan
▪️Ovqatlan
▪️Uhla
▪️Kod yoz
😂Ajoyib to'g'rimi ?
Lekin aslida dasturchining hayoti judaham qiziqarli, ular hayotga boshqacha ko'z bilan qarashadi.
🎥 Filmlardan bizda shunday taassurot bor:
🤦♂️ Dasturchilar faqat erkak, ozg'in soch soqoli o'sgan, achki toqqan holatda ko'z oldimizga keladi.
⚡️Lekin aslida shunday kuchli dasturchilar borki, ularni ko'rganimizda taasurotlarimiz butkul o'zgaradi.
😉 Kuchli dasturchilarni ko'rmoqchi bo'lsangiz biz tomonlarga ham kelavering.
📍 Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko'chasi, 118 "A" - uy.
Telegram | Instagram
Har kuni dunyo bo'ylab minglab kiber hujmlar sodir bo'ladi😱
⠀
Shunchalik ko'p sodir bo'lganidan ular haqida unchalik ma'lumot berishmaydi🤨
⠀
Ammo shunday kiber hujmlar borki, ular haqida ovoza qilmaslikning iloji yo'q🤔
⠀
Biz siz uchun dunyodagi eng yirik kiber hujumlar haqida ma'lumotlarni to'pladik.
⠀
Sizga qiziqmi? Unda o'zingizga saqlab qo'ying🚀
Telegram | Instagram