Kulsam kulguchimga cho'kib ketasiz....
ππΈ@Ifora_audioπΈπ
Assalomu alaykum hayrli kun azizlarim! Yangi boshlagan kuningiz yaxshiliklarga boy bo'lsinπππ
#Zarnigor
ππΈ@Ifora_audioπΈπ
O'ZINGIZGA O'ZINGIZ...
Kuchli dalda bormi, dunyoda ayting,
O'zingizga bergan so'zingizdan ham.
Xojasi toshko'ngil eshikdan qayting,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham!
Qiziqmas o'zgaga dardli so'zingiz,
G'amlardan qizargan mungli ko'zingiz,
Hech inson eritmas yurak muzingiz,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham...
Hastaman, o'zimni o'zim yemirdim,
Sog'lom vujudimni siqdim, kemirdim,
Yig'lasam g'animlar to'ldi, semirdi,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham...
Hayotga qaramang...qaramang yengil,
O'zgadan hech kutmang mehr bir shingil,
Aslida eng yaqin do'stingiz ko'ngil,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham...
O'tib borayotir bu umr, davron,
Allohdan omonat vujuddagi jon,
Dard aytib nolishdan topilmas darmon,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham...
Ranjimang, uzmang hech yurak tolangiz,
Befoyda oqizmang ko'zdan jolangiz,
Do'stim so'lmasidan, umr lolangiz,
Bo'ling o'zingizga o'zingiz malham...
ZARNIGOR
&
XONDAMIR
Muallif:Noma'lum
Ijroda: Zarnigor
Kanalimiz a'zosi iltimosiga binoan o'qildi.
@Ifora_audioπ
Mening hayollarim daydi shamoldek,
Goh u yon, goh bu yon izg'ib ketadi,
Ba'zan buyuraman biroz tin ol deb,
Quloqsiz, har tomon to'zg'ib ketadi....
Zarnigor
@Ifora_audioπ
Kanalimiz obunachisidan kelgan ajoyib tuhfaπKatta rahmat borilarga shukur qadrdonlarimππππ
Π§ΠΈΡΠ°ΡΡ ΠΏΠΎΠ»Π½ΠΎΡΡΡΡ…8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin!
Qomusimiz bor
Biz o'zbek xalqimiz, beklarning xalqi,
Boshimiz tik tutar nomusimiz bor.
O'rgatib adolat ,insoniy xulqni
Xaq yo'lga boshlovchi qomusimiz bor!
Har bir sahifada tartib -intizom,
Insonlar huquqi eng oliy nizom,
Ahillik mujassam, tinchlik hukmron
Qadrimiz ulug'lar qomusimiz bor!
Doimo bexatar, yorug' yo'limiz,
So'z erki berilgan, erkin tilimiz
Yashaymiz xotirjam yayrab dilimiz,
Millatimiz faxri qomusimiz bor!
Zaminimiz go'zal va bag'ri kenglik,
Barchaga berilgan barobar tenglik,
Allohga shukurki hamisha tinchlik,
Yurtimiz ko'zgusi qomusimiz bor!
Β©Zarnigor Bozorova
Olib ket....
Ko'pchilikni ko'nglidan joy olgan tarona
@Ifora_audioπ
Olib ket dengiz....
Yana keldim yoningga bugun,
Qirg'og'ingda cho'kayapman tiz.
Qalbim bo'ldi azoblardan xun,
Azoblarim yuvib ket dengiz...
Tichlik bermay xotirlar hech,
Bu qalbimda qolgan ulkan iz.
Keldim sendan tilab bir ilinj,
Xotiramni yuvib ket dengiz...
Ko'zyoshlarim irmog'ing bo'lgan,
Ha men o'sha, o'sha o'ksik qiz.
Qara, ko'ksim gardlarga to'lgan,
Gardlarimni yuvib ket dengiz...
Kimga ham bor mening keragim,
Yashayapman dunyoda yolg'iz.
Senga muhtoj xasta yuragim,
O'z bag'ringga olib ket dengiz...
Β©Zarnigor Bozorova
@Ifora_audioπ
Moychegagim go'zal yuzing ko'rgan sayin,
Bag'ring tomon uchmoqlikka shaylanaman.
Qanot yasab,men o'zimga ipakdayin,
Bir kun kelib kapalakka aylanaman.....
βZarnigor
@Ifora_audioπ
Kulguchimga cho'kib ketasizπ
Ey g'anim men tomon boshlamang yurish,
Yo'qsa joningizni taslim etasiz.
Ovvora bo'lgancha qilmayman urush,
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz.
Necha bor otdingiz ta'na tuhmat tosh,
Mayliga,beryapman bariga bardosh
Aslo yig'lamayman, to'kmayman ko'zyosh,
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz.
Sizdayin qilmayman qalbni poralar,
Yoki nomingizni qilib qoralar,
Lek hali topolmay qolib choralar,
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz.
Sizda yo'q yurak deb atalgan a'zo,
Doimo turasiz,chiqsa deb nizo,
Eshiting! siz uchun eng oliy ja'zo
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz.
Bilaman,men kulsam yonar ichingiz
Halovatsiz o'tar erta kechingiz,
Baribir yetmaydi, yetmas kuchingiz,
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz.
Bas qiling shaytonni yo'lini tutmang,
Menga zahar ilinib, o'zingiz yutmang
Maslaxatim sizga yonimdan o'tmang,
Kulsam, kulguchimga cho'kib ketasiz....
βZarnigor Bozorova
ππΈ@Ifora_audioπΈπ
Kel qalamim bir she'r bitaylik,
Bu she'r bo'lsin ko'ngilga malham.
Yur tog'larga sayr etaylik,
Tashvishlarni unutib shu dam.
Kel qalamim bir she'r bitaylik,
Olamlar ham ketsin yorishib.
Baxt qo'lidan tutib ketaylik,
G'amlar qolsin dardga qorishib.
Kel qalamim bir she'r bitaylik,
Yuraklarda jo'sh ursin bahor.
Yaxshilik shahriga yetaylik,
Yomonlikni bosib qolsin qor.
Kel qalamim bir she'r bitaylik,
Muz yuraklar otashda yonsin.
Haqiqatga ko'zgu tutaylik,
Mudroq dillar zumda uyg'onsin.
βZarnigor
ππΈ@Ifora_audioπΈπ
Assalomu alaykum qalbga yaqin qadrdonlarim! Hayrli kun. Boshlagan kuningiz fayzli va barokatli o'tsinπ
@Ifora_audioπ
Kannalizi zor oboryapsiz Zarnigor oilamiz bilan xarbir yangi kegan xabarlarni korib boramiz
Π§ΠΈΡΠ°ΡΡ ΠΏΠΎΠ»Π½ΠΎΡΡΡΡ…Ilk ijrolardan!
Muallif:Sherzod Saydalimov
Ijroda:Zarnigor
@Ifora_audioπ
Ajoyib sokin tarona...
#Zarnigor
Do'stlarga ulashing !
@Ifora_audioπ
Ba'zida qalbing dardlarga to'lib ketgan vaqt, birgina dengiz shovqini qalbingga malham bo'lishga qodir....
#Zarnigor
@Ifora_audioπ
ποΈ πππ π³π¨ππ±π¨π§ πππ’ππ±π¨π§π¨π―
π§ Do'st deganim...
βππππππππ π©πππππππ
@Ifora_audioπ
Baxt sur'ati...
Mehr o'zi nima?
Baxt o'zi nima?...
Ba'zida qalblarga nafrat tizamiz,
Yaxshisi baxt nomin atab bir kema...
Yuringlar,olisga birga suzamiz.
Shunchalar qiyinmi ulashmoq mehr,
Eh... bilmay do'stlikning qo'lin uzamiz.
Yaxshilar yaratib bir ajib sehr,
Kelinglar,baxt rasmin birga chizamiz.
βZarnigor Bozorova
Sog'inchim ko'maymi?...
Mana seni yodga solgancha yana,
Boshimdan zarlardek sochilmoqda qor.
Xuddi shu ko'chada, xuddi shu sana,
Uchrashib qolgandik biz birinchi bor.
Yuragimga sevgi uchqunin tashlab,
Halovatim zumda o'g'irlab ketding.
Achchiq ko'z yosh ila ko'zlarim yoshlab,
Nahot osongina meni unutding.
Yo'lingga boqqancha ko'zim nigoron,
Ko'rmoqlik istadim bir bor yuzingni.
Qancha oylar o'tdi, kelmading bir on,
Qara ,qorlar bosdi bugun izingni.
Boshlandi izg'irin kunlar qo'shig'i,
Lek tanam titratmas zarracha sovuq.
Sen sabab qahraton bo'ldim oshig'i,
Muzlardan dilimga qadab ketding o'q.
Gunohim ne edi aytsayding bir bor,
Yoki osildimmi baland dorlarga.
Diydoringni qumsab yigΚ»lar yurak zor,
Sog'inchim ko'maymi?! oppoq qorlarga....
βZarnigor Bozorova
ππΈ@Ifora_audioπΈπ
Do'st deganim chiqdi g'anim
Ko'zlarimdan achchiq-achchiq yoshlar oqib,
Olov bo'lib yonmoqda oh butun tanim.
Bir paytlar eshigimni kelgan qoqib,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
Kulib -kulib ko'ksimga nish qadab qo'yib,
O'tmas pichoq bilan ketti meni so'yib,
Bugun ichdim alamimdan to'yib-to'yib,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
U kuyunsa men ham dildan kuygan edim,
Hammadan ham ko'proq uni suygan edim,
Sodda bo'lib mana oxir pandlar yedim,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
O'xshab qoldim yonib tugayotgan shamga,
Bosib ketdi yuragimga o'chmas tamg'a,
Qandoq chiday bu azob, jabr-u sitamga,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
Tuxmatlarning toshi bilan boshim yorib,
Qalbginamni qayg'ularga qorib-qorib,
Unutish chun qayga ketay boshim olib,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
Olov bo'lib yonmoqda oh...butun tanim,
Do'st deganim afsus bo'lib chiqdi g'anim.
βZarnigor Bozorova
(Zakaz uchun yozildi)
@Ifora_audioπ